Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


 Ishchi zonasi havosining kimyoviy ifloslanganligini baholash. Sanoat


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

3.7. Ishchi zonasi havosining kimyoviy ifloslanganligini baholash. Sanoat 
zaxarlari. 
Ishlab chiqarish muhitidagi kimyoviy omillar juda ko‗p uchraydigan omillar 
guruhini tashkil etadi. Zamonaviy sanoat korxonalarida 60 mingdan ortiq turli 
xildagi va ko‗rinishdagi kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Bu moddalar 
korxonalar uchun xomashyo mahsulotlari yoki ishlab chiqarish jarayonida hosil 
bo‗ladigan oraliq mahsulotlarga doir kimyoviy moddalar yoki korxonaning 
yakuniy mahsuloti bo‗lishi mumkin. Kimyoviy moddalarning fizikaviy va 
kimyoviy xossalari, agregat holatlari hamda texnologik jarayonning tabiatiga 
muvofiq ular ishchilar organizmiga turli yo‗llar bilan kirishi mumkin. 
Eng muhim kirish yo‗li ingalyasion ya‘ni nafas yo‗li orqali kirish hisoblanadi 
chunki juda ko‗p holatlarda kimyoviy moddalar bilan ishlash jarayonida ishchi 
zonasi havosi ana shu kimyoviy moddalar bilan ifloslangan bo‗ladi. Buning ustiga 
sanoat zaharlarining ingalatston yo‗li orqali tushishidagi ta‘siri yorqinroq namoyon 
bo‗ladi. Kimyoviy moddalar nafas orqali organizmga kirganda o‗pka orqali 
bevosita qonga o‗tadi va jigar to‗sig‗ini chetlab o‗tib hujayra, to‗qima va 
organlarning faoliyatiga ta‘sir ko‗rsatadi. Bundan tashqari kimyoviy moddalarning 
ishchilar organizmiga ta‘siri og‗iz bo‗shlig‗i, shikastlanmagan badan terisi yoki 
shilliq qavatlar orqali tushishi mumkin. 
Kimyoviy moddalar organizmga tushgandan keyin birinchi navbatda
organizmda u yoki bu nisbatda bir xilda tarqaladi, keyinchalik esa ularning qayta 
taqsimlanishi natijasida moddalar organ yoki to‗qimalarda to‗planishi kuzatiladi. 
Organizmda kimyoviy moddalarning aksariyat qismi oksidlanish, qaytalanish, 
metillanishjarayonlari tuf‘ayli zararsizlanadi. Bu jarayonlarning ko‗pchiligi jigar 
to‗qimasida sodir bo‗lganligi sababli aynan shu organ ko‗proq zararli ta‘sirga 


74 
ducho r bo‗ladi. Kimyoviy moddalarning ayrim qismi organizmdan o‗zgarmagan 
holda chiqarib yuboriladi. Kimyoviy moddalarning chiqarilishi yoki metabolik 
jarayondan hosil bo‗ladigan birikmalarning chiqarilishi ham jigar orqali amalga 
oshiriladi. Ayrimturdagi moddalargina ter bezlari, o‗pka, chiqaruv yo‗llari, so‗lak 
bezlari orqali chiqarilishi mumkin, ayrim yog‗da eruvchi moddalar ona suti orqali 
chiqarilib, bola organizmiga kirishi ham mumkin. 
Kimyoviy moddaning tabiati, moddaning dozasi va uning ta‘sir etish 
muddatiga bog‗liq holda organizmda o‗tkir va surunkali zaharlanish holatlarini 
yoki moddaning spetsifik ta‘sir samarasi kelib chiqishi mumkin. Zaharlangan 
holatning yuzaga kelishi bir qator gigienik xarakteristikalarga bog‗liq holda 
bo‗lishi ham mumkin: moddaning suvda yoki yog‗da eruvchanligi, barqarorlik 
darajasi, kumulyativlik xususiyati, zaharlilik sinfi va dozasi. 
Kumulatsiya - kimyoviy moddaning organizmda to‗planishi demak. Shunga 
muvofiq moddiy va funksional kumulatsiyalar farqlanadi. Moddiy kumulatsiya - 
ma‘lum bir moddaning organizmda to‗planishini bildirsa, funksional kumulatsiya 
— moddaning ta‘sir samarasini ko‗rsatadi. Moddiy kumulatsiya ko‗proq kimyoviy 
moddaning barqarorligiga bog‗liq bo‗lsa, funksional kumulatsiya moddaning 
zaharlilik darajasiga bog‗liqdir. 
Organizm uchun xavflilik darajasi bo‗yicha shu moddaning barcha gigienik 
ta‘riflarini inobatga olgan holda barcha sanoat zaharlarini 4 zaharlilik sinfiga 
bo‗lish qabul qilingan: 
1-sinf – o‗ta xavfli moddalar; 
2-sinf - yuqori xavfli moddalar; 
3- sinf - o‗rtacha xavfli moddalar; 
4- sinf - kam xavfli moddalar. 
Xavflilik sinfini aniqlash uchun bir qator toksikologik parametrlardan 
foydalaniladi: LD 
50
, CL 
50
(o‗rtacha o‗lim chaqiruvchi doza yoki konsentratsiya), 
Kkum (kumulyativlik koeffitsienti) hamda REK qiymatlari. Bularning hammasi 
toksikologik tajribalar asosida hisoblab topilgan qiymatlardir. Masalan, LD 
50
- 15 
mg/kg va undan kam bo‗lgan kimyoviy moddalar I sinfga doir xavflilik guruhiga, 


75 
15-159 mg/kg atrofida bo‗lsa - II sinfga, 151-5000 mg/kg bo‗lsa - III sinfga, 5000 
mg/kg dan ortiq bo‗lsa - IV xavflilik sinfiga taalluqli bo‗ladi. 
O‗ta yuqori kumulyativlik xususiyatiga ega bo‗lgan moddalar I sinfga, yuqori 
kumulyativlik xossasiga ega bo‗lgan moddalar II - sinfga, o‗rtacha kumulyativlik 
xususiyatga ega bo‗lgan moddalar III sinfga va past kumulyativlik xossasiga ega 
bo‗lgan moddalar IV sinfga taalluqlidir. 
Sanoat zaharlarining xavflilik darajasini baholanganda ayollar va bolalar 
organizmining yuqori darajadagi sezgirlik holatlarini hisobga olish zaruriy 
hisoblanadi. Ayrim moddalar masalan, marganets va bor moddalariga nisbatan 
erkaklar organizmi yuqori sezgirlikni namoyon qiladi. 
Zaharli moddalarning ta‘sir etish samarasi yuqori harorat va namlik 
sharoitlarida hamda bir vaqtning o‗zida yuqori darajadagi shovqin va tebranish 
ta‘sir etganda juda yuqori bo‗ladi. SHu bilan birga og‗ir jismoniy mehnat 
bajarganda ham sanoat zaharlarining ta‘sir etish samarasi juda yuqori bo‗lishi 
tasdiqlangan. 
Ishlab chiqarish muhitida sanoat zaharlari, odatda, kombinatsiyalashgan 
(birikkan) holda ta‘sir ko‗rsatadi, buning oqibatida turli ko‗rinishdagi ta‘sir 
samaralari namoyon bo‗ladi: qo‗shilgan ta‘sir (odditiy samara), ta‘sir samarasining 
kuchayishi (potensirovanie), antogonizm (ta‘sir samarasining pasayishi), bir-biriga 
bog‗liq bo‗lmagan ta‘sir kabilar. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling