Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Mutagenli ta’sir -ayrim ishlab chiqarish omillarining mutagenli ta‘sir 
samarasi hujayralarning genetik kodini jarohatlashi bilan bog‗liq bo‗lib, natijada 
ishlovchilarning kelgusi avlodlarida organizmning irsiy belgilarini uzatilishiga doir 
kuzatiladigan kasalliklar qayd qilinadi. Mutagenli ta‘sirga ko‗pgina kanserogenli 
xususiyatga ega bo‗lgan moddalar egadir, ammo hamma mutagenlar ham 
kanserogenli ta‘sirga ega emas. Profilaktik tadbirlar, xuddi kanserogenlarga 
bo‗lgan talab va tadbirlarning ko‗rinishi kabidir. 
Gonadotrop ta‟sir - sanoat zaharlarining gonadotrop ta‘sirlari erkak 
kishilarda spermatogenezning, ayollarda esa ovogenezning izdan chiqishi bilan 
ta‘riflanadi. Bunday ta‘sir ishlovchilarning o‗zlarida ham, ularning kelgusi 
avlodlarida ham uchrashi mumkin. Gonadotrop ta‘sir xususiyatiga - benzol va 
uning gomologlari, xlororganik birikmalar, marganets, xlorpren, kaprolaktam, 
borat kislotasi, fenol, qo‗rg‗oshinlar egadir. Bundan tashqari, bir qancha moddalar 
embriotoksik ta‘sirga ega bo‗lib, xomilador ayol organizmiga ta‘sir etganda xomila 
organizmida gistomorfologik o‗zgarishlarni keltirib chiqaradi (teratogenli samara), 
ayrim sharoitlarda esa (moddaning zaharlilik sinfi, moddaning yuqori dozasi) 
xomilaning nobud bo‗lishiga ham sabab bo‗ladi. Teratogenli ta‘sir aniq bo‗lgan 
moddalar qatoriga - xlorpren, formaldegidli qatron, emallar, laklarni kiritish 
mumkin. Bunday ta‘sirga xomilaning 3-7 haftasidagi davri eng sezgir hisoblanadi. 
Embriotoksik ta‘sirning oldini olish uchun umumiy profilaktik tadbirlardan 
tashqari sanoat zaharlari bilan bog‗liq bo‗lgan kasblarda ishlash uchun homilador 
ayollarni umuman qo‗ymaslik maqsadga muvofiqdir. 
Sanoat zaharlarining umumzaharli ta‟sirlarining oldini olish 
tadbirlarining asosiylari quyidagilardan iborat: 


79 
Texnikaviy usulni qo‗llash mehnat uslubini tubdan o‗zgartirishi mumkin, 
bunda texnologik jarayon zamonaviy moslamalarda (zich yopiq holda) ma‘lum 
masofadan turib bajariladi. Texnologik jarayonlarni takomillashtirish (masalan, 
buyumlarga ishlov berish usullarini o‗zgartirish, texnologik jarayonlarni 
avtomatlashtirish, yopiq turkumdagi texnologiyalarni qo‗llash). 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling