Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Ishchilarga davolovchi-profilaktik ovqatlarni belgilash


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Ishchilarga davolovchi-profilaktik ovqatlarni belgilash 
Ishlab chiqarishga oid zaharlanishlar va spetsifik ta‘sir xususiyatiga ega 
bo‗lgan moddalar bilan ishlaganda profilaktik tadbirlar qatoriga umumiy 
tadbirlardan tashqari zararli ta‘sirga uchraydigan organizmning himoya qobiliyatini 
oshirishga qaratilgan va organizmning funksional holatini yaxshilashga 
yo‗naltirilgan tadbirlar muhim ahamiyatga egadir. Bu yo‗nalishdagi tadbirlarning 
eng muhimlari qatorida ishchilarni davolovchi-profilaktik ovqatlantirish tadbirlari 
muhim o‗rin egallaydi.
Davolovchi-profilaktik ovqatlantirish - bu ishchilarning asosiy ovqatlariga 
qo‗shimcha tarzda bepul beriladigan ovqat ratsionlari hisoblanib, zararli kasbda 
ishlovchilargagina beriladi. Bu ovqat ratsionlar organizmning rezistentligini 
oshirish bilan bir qatorda eng ko‗p ta‘sirga duchor bo‗ladigan organlar va 
sistemalarning funksional holatini yaxshilaydi. 
Ishchilarni davolovchi - profilaktik ovqatlar bilan ta‘minlash "Mehnat 
haqidagi qonunlarning asoslari" ga muvofiq belgilanadi. O‗zbekiston 
Respublikasining "Mehnat haqidagi qonunlarining asosi" da keltirilganidek - 
"Mehnat sharoitlari zararli bo‗lgan ishlarda ishlovchilarga, belgilangan 
me‘yorlarda bepul tarzda sut va unga tenglashadigan mahsulotlarni berish lozim. 
O‗ta zararli mehnat qilish sharoitlarida xizmat ko‗rsatuvchilarga esa belgilangan 
miqdorlarda bepul tarzda davolovchi - profilaktik ovqatlarni berish lozim". 
Bugungi kunda O‗zbekiston Respublikasida zararli kasblarda ishlovchilarga 
davolovchi - profilaktik ovqatlarni berish SanQ va M asosida amalga oshiriladi. 
Davolovchi-profilaktik ovqatlar 3 turga bo‗linadi:maxsus davolovchi - 
profilaktik ratsionlar;sut va sut mahsulotlari;vitaminlar. 


81 
Ovqatlarning zaruriy spetsifik ta‘sirini hisobga olib 5 ta davolovchi-
profilaktik ratsionlar ishlab chiqilgan. Bu ratsionlarga kiritilgan asosiy mahsulotlar 
qatoriga - non,un mahsulotlari, yormalar, makaronlar, dukkakli o‗simlik 
mahsulotlari, qant, go‗sht, baliq, jigar, tuxum, kefir, sut, tvorog, qaymoq, pishloq, 
hayvon yog‗ lari kiradi. 
Ovqat mahsulotlarining miqdori va ularning ta‘sir ko‗rsatish tabiati zararli 
omillarning turi va kasblarga muvofiq belgilanadi. 
№1 - ratsion - ionlantiruvchi nurlanish manbalari bilan aloqada bo‗ladigan 
shaxslar uchun mo‗ljallangan. Bu ratsion organizmda yog‗ almashinuvini 
stimullaydigan va jigarning antitoksik funksiyasini oshiruvchi ovqat mahsulotlari. 
№2 - ratsion - fosfor, ishqoriy metallar, simob va uning anorganik 
birikmalari, qo‗rg‗oshin birikmalari, sian birikmalari va fosgen bilan aloqada 
bo‗ladigan ishchilarga mo‗ljallangan. Ratsion oqsillarga boy, o‗zida o‗ta 
to‗yinmagan yog‗ kislotalarini tutuvchi, kalsiyga boy bo‗lgan mahsulotlardan 
tashkil topgan bo‗lib, organizmda zararli moddalarning to‗planishini 
sekinlashtirish xususiyatiga ega. 
№3 - ratsion - qo‗rg‗oshinning anorganik birikmalari bilan aloqada bo‗ladigan 
ishchilar uchun mo‗ljallangan. Ratsion tarkibiga qo‗rg‗oshin birikmalarini 
organizmdan tezroq chiqishini ta‘minlovchi pektinga boy bo‗lgan mahsulotlar 
bilan boyitilgan. 
№4 - ratsion - nitro - va aminobirikmalar, benzol, xlorli uglevodorodlar, 
margumush birikmalari, tellur, fosfor birikmalari bilan ishlovchilarga beriladi. 
Ratsion tarkibidagi mahsulotlar sut mahsulotlari va o‗simlik yog‗lari bilan 
to‗yintirilgan bo‗lib, tarkibida lipotrop moddalari bor va bu moddalar jigar 
funksiyasini yaxshilaydi. 
№5 - ratsion - tetraetilqo‗rg‗oshin, bromli uglevodorodlar, tiofos, simobning 
anorganik birikmalari, marganets, bariy moddalari bilan ishlovchilar uchun 
mo‗ljallangan. Bu ovqat ratsionining tarkibida letsitin (tuxum), O‗TYoK, to‗la 
qiymatli oqsillar bo‗lib, asab sistemasi va jigar faoliyatiga yaxshi ta‘sir ko‗rsatadi. 


82 
Keltirilgan ratsionlarga belgilangan mahsulotlarni qo‗shib, issiq ovqat 
tayyorlanadi va uni ish boshlanishidan oldin ishchilarga tarqatiladi. Bundan 
tashqari, kimyoviy moddalar bilan bog‗liq bo‗lgan kasbdagilarga qo‗shimcha 
tarzda sut va sut mahsulotlari (0,5 1 miqdorida) belgilangan. Sut va sut 
maxsulotlarini berish bilan bog‗liq bo‗lgan kasbdagilar ham SSV tomonidan 
tuzilgan maxsus ro‗yxat asosida berilishi ko‗rsatilgan. Beriladigan sut maxsus 
idishlarga solingan bo‗lishi kerak, flyagalarda keltirilgan sut bo‗lsa, tarqatilishidan 
oldin qaynatilishi shart. 
Bepul tarzda beriladigan vitaminlar (A vitamini - 2 mg, B1 , B2 - vitaminlari - 
3 mg dan, PP vitamini - 20 mg, C vitamini - 150 mg) issiq sexlarda ishlovchilar, 
tamaki fabrikalarida ishlovchilar uchun mo‗ljallangan. Sanoat korxonalaridagi 
mehnat gigiyenasiga kelganda shuni nazarda tutish kerakki, bu korxonalarda 
ishlovchi ayollar va o‗smirlarning mehnatlarini muhofaza qilish maqsadga 
muvofiqdir. 
Sanoatning deyarli hamma sohalarida kimyoviy birikmalarni qo‗llashda keng 
imkon berilgan. Kimyoviy birikmalar texnologiya jarayonida xom ashyo va ish 
joylarida esa ikkilamchi mahsulot sifatida zaharli birikmalar bilan ifloslanishi 
mumkin. 
AQSH da 70000 dan ortiq kimyoviy moddalar turlaridan foydaladi, 200 ta 
kimyo sanoat bozori mavjud bo‗lib, ular tomonidan yiliga 1000 ga yaqin yangi 
sintetik kimyoviy birikma turlari aniqlanmoqda. AQSHda kimyoviy moddalarning 
xavf xatarini o‗rganish uchun talab qilingan ma‘lumotlar bazasiga ko‗ra, xozirgi 
kunda 30000 ga yaqin kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish jarayonida 
qo‗llanilayotgani aniqlangan. Kompaniyalar ishlab chiqarayotgan kimyoviy 
moddalarning jamiyat uchun foydasi bo‗lasada, lekin kimyoviy birikmalar 
preparatlar, zaharli dorilar tarzida, inson va hayvonlardan ajraladigan chiqindilarni 
chiqarib tashlanishi natijasida atrof muhitga zararli ta‘sirini tarqatmoqda. Bu 
chiqindilar orasida oxirgi guruhga kiruvchi mikroblar, titrashga, ruhan 
tushkunlikka va rakka olib keluvchi birikmalar borligi misol bo‗la oladi. SHak 
shubhasiz, bu kabi ifloslanishlarning ko‗payishlarini daryolar va ariqlarda ko‗lami 


83 
kengayib borayotganidan ko‗rishimiz mumkin, bular o‗z navbatida suvdagi 
baliqlar va jonzotlarga turlicha zarar etkazishi mumkin. SHu va boshqalar 
natijasida, insoniyat va boshqa jonzotlar, ishda, uyda, atrof muhitda kimyoviy 
moddalar ta‘sirida qolgani ma‘lum bo‗lmoqda. Aslida toksik kimyoviy 
moddalarning asoratini kuchayib borishi oziq ovqatlarimizda, havomizda va 
ichimlik suvimizda xam namoyon bo‗lmoqda.
AQSHda olimlar tomonidan o‗tkazilgan tekshirish natijalari shuni 
ko‗rsatganki, ayrim kimyoviy birikmalar ta‘sirida inson organizmi immunitet 
tizimi faoliyatini susayishi kuzatilgan. Buning oqibatida insonlarda bosh og‗rishi, 
hotirani susayishi, toliqish, xotirjamlikni buzilishi, uyqusizlik kabi holatlar 
kuzatilgan. 
Ishlab chiqarish jarayonida zaharli kimyoviy moddalar ustidan kuchli 
nazorat olib borish muhim rol o‗ynaydi. Agar nazorat olib borishning iloji 
bo‗lmasa qo‗shimcha asosiy yondashuvlardan foydalanish mumkin. Bunga
erishish uchun oltita asosiy yondashuvlar tavsiya qilinadi: 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling