Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
Kanserogenli ta’sir - bu kimyoviy moddalarning xavfli o‗smalarni keltirib
chiqarish xususiyatidir. Sanoat kanserogenlari ko‗p va xilma- xildir. Butun dunyo 77 Sog‗liqni Saqlash tashkiloti tarkibiga kiruvchi guruhining tasnifiga ko‗ra (1982) barcha kanserogenlik xususiyatiga ega bo‗lgan moddalar ikki guruhga bo‗linadi: 1-guruh - odam organizmi uchun kanserogenli ta‘siri aniqlangan moddalar; 4- aminodifenil, margumush va uning birikmalari, asbest, benzol, benzidin, xlormetilmetalli efir, xrom va uning birikmalari, 2- nafitilamin, qurum qatronlar, mineral yog, vinilxlorid va b.q. 2 guruh - odam organizmi uchun kanserogenli xususiyati bo‗lishi mumkin bo‗lgan moddalar. Bu guruhga kiruvchi moddalar yana 2 guruhga bolinadi: a) odam organizmi uchun kanserogenli xususiyati yuqori bo‗lgan moddalar (akrilonitril, benz(a)piren, berilliy, dietilsulfat, 0-toluidin, nitrozoaminlar va b.q.); b) odam organizmi uchun kanserogenlik xususiyati past bo‗lgan kimyoviy moddalar (to‗rtxlorli uglerod, xloroform, xlorfenollar, dibro- metan, formaldegid, ayrim turdagi gerbitsidlar va b.q.) Kasb kasalliklari ro‗yxatiga yana badan terisida uchraydigan rak kasalliklari kiritilgan, bundan tashqari nafas organlari, jigar, oshqozon, siydik pufagi, suyaklarda uchraydigan xavfli o‗smalar, 1 guruhga kiruvchi kanserogenli moddalar va 2 guruhdagi ayrim kanserogenli ta‘sirga ega bo‗lgan moddalar ta‘sirida yuzaga keladigan leykozlarni aytish mumkin. Xavfli o‗smalarni kelib chiqishida organizmning rakdan oldingi holati katta rol o‗ynaydi, masalan, mexanik va termik jarohatlar, zararli odatlar (spirtli ichimlik ichuvchilar, chekuvchilar). Xavfli o‗sma kasalliklarining oldini olishda umumiy tadbirlardan tashqari shu narsani inobatga olish zarurki, kanserogenli effekt kanserogenlarning juda kichik dozalar ta‘sirida ham yuzaga kelishi mumkin, buni kanserogenlarning bo‗sag‗asiz effekti deb nomlanadi. Shuning uchun eng yaxshisi ishlab chiqarish muhitida kanserogenlarning bo‗lmasligiga erishish kerak. Bir qator kanserogenlar uchun Butun Dunyo Sog‗liqni Saqlash Tashkilotining tavsiyasiga ko‗ra REK "0" qiymatga ega bo‗lishi kerak, jumladan shunday qiymat - benzidin, alfa naftil amin, betta nitrozo- dimctilamin, alfa propiolaktamlar uchun belgilangan. 78 Boshqa kanserogenlarning havo muhiti uchun REK faqat ishlab chiqarish havosi uchun benz(a)pirenga nisbatan ishlab chiqilgan bo‗lib, bu 15mg/m3 qiymatga tengdir. Kasbga doir xavfli o‗sma kasalliklari uchun dastlabki va davriytibbiy ko‗riklarni sifatli o‗tqazilishi katta ahamiyatga ega bo‗lib, rakdan oldingi holatlarni o‗z vaqtida aniqlash maqsadini ko‗zda tutadi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling