Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Vibratsion kasallikning oldini olish tadbirlari quyidagilarni o„z


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Vibratsion kasallikning oldini olish tadbirlari quyidagilarni o„z 
ichigaoladi: texnik jihatdan bajariladigan og‗ir mehnatni avtomatlashtirish
tebranish bilan bog‗liq ishlarni ma‘lum masofadan turib boshqarish, agregatlarni 
yaxshilab tuzatish, ruxsat etilgan me‘yorga rioya qilish, amortizatorlar, ya‘ni 
tebranishni pasaytiruvchi ashyolarni ishlatish, tebranish asosida ishlaydigan 
mashinalarning uzluksiz ish vaqtini 15-20 daqiqadan oshmasligi kerak. 
Ishchilar ish boshlangandan 2 soat o‗tgach 20 daqiqa, tushlikdan hamda 2 
soatdan keyin 30 daqiqa dam olishlari, badantarbiya bilan shug‗ullanishlari, suv 
muolajalarini olishlari zarur. Bundan tashqari, quyidagi profilaktik tadbirlar tavsiya 
qilinadi: 
-dam olish kunlari tebratuvchi moslamalar bilan ishlamaslik 
-1 yilda 1 marta tibbiyot ko‗rigidan o‗tish 
-dam olish xonalaridagi miqroiqlim qulay sharoitda, ya‘ni harorati 18
0
, nisbiy 
namligi 40-60%, havoning harakat tezlgi 0,3 m/sek atrofida bo‗lishi; 
-shaxsiy himoya vositalarini ishlatish (qo‗lqoplar, tebranishni kamaytiruvchi 
o‗tirgichlar va h.k.); 
-S, B, RR vitaminlariga boy taomlar iste‘mol qilish 
-suv muolajalarini qabul qilish (bunda suvning harorati 38
0
S atrofida bo‗lishi) 
-uqalash muolajalarini qo‗llash. 
3.6. Ultratovush va infratovushlar 
Shovqin va tebranish kabi ta‘sir tabiatini ultratovush namoyon qiladi. 
Ultratovush odamning qulog‗i qabul qilmaydigan 20 000Gs yuqori bo‗lgan 
chastotadagi egiluvchi muhitlarning mexanik tebranishidir. Ultratovushlar 
sanoatda juda ko‗p sohalarda va tibbiyotda (davolash, diagnostika) qo‗llanadi. 


72 
Ultratovush biologik to‗qimalarga ta‘sir etganda mexanik, termik va fiziko - 
kimyoviy samaralarni namoyon qiladi. Ultratovush bilan uzoq muddat davomida 
bevosita aloqada bo‗lganda ishchilarda asteno - vegetativ reaksiyalar kuzatiladi 
(toliqish, achchiqlanish, bosh og‗rishi, uyquning buzilishi, eshitishning buzilishi), 
ayrim hollarda polinevrit belgilari kuzatilib, hattoki barmoq va bilaklarning 
parezini keltirib chiqaradi. Ultratovushning nomuvofiiq ta‘sirining oldini olish 
tadbirlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- ultratovushni gigienik reglamentlash va ish joylarida uning darajasini 
nazorat qilish; 
- ultratovushlarni avtomatik holda boshqarish va o‗chirish; 
- masofa orqali boshqarish, generatorlarni izolatsiya qilish; 
- foydalanilmaydigan nurlanishlarni yo‗qotish; 
- ShXVdan foydalanish (rezinali qo‗lqoplar, antifonlar); 
- oqilona ish tartibi (har 1,5 soatda tanaffuslarni tashkil qilish); 
- fizioterapevtik muolajalar (massaj, iliq vannalar); 
- ovqatlarni vitaminlashtirish (B guruhidagi vitaminlar); 
- ishchilarni davriy tibbiy ko‗riklardan o‗tkazish. 
Zamonaviy korxonalarda yana bir muhim omil uchrab turadi, ya‘ni qattiq 
jismlarning mexanik tebranishi - infratovush. Bu chastotasi 20 Gs dan kam bo‗lgan 
akustik tebranish hisoblanadi va qoida bo‗yicha eshitiluvchi tovushlar bilan 
kuzatiladi. Infratovushning eng muhim manbayi katta tebranishga ega bo‗lgan 
yuzalar hisoblanadi. Infratovushlar odam qulog‗i orqali qabul qilinmaydi. Ular 
katta masofalarga tarqalish xususiyatiga ega bo‗lib, har qanday to‗siqlardan ham 
o‗ta oladi va yirik obektlarning tebranishiga sabab bo‗ladi. 
Infratovush odam organizmiga ta‘sir etganda MNS, yurak-tomir sistemasi
nafas organlari va eshitish organlarining funksional o‗zga rishlari kelib chiqadi. 
Infratovushning eng diqqatga sazovor ta‘siri odamning emotsional holatiga 
ta‘siridir (qo‗rqish sezgisini chaqirishi). Infratovushning zararli ta‘sirining oldini 
olish tadbirlari: 
- infratovushlarga gigienik reglamentlar belgilash va uni nazorat qilish; 


73 
- manbalarda infratovushni kamaytirish, kichik gabaritli mexanizmlardan 
foydalanish, transport harakatini cheklash, texnologik jarayonlardagi tezlikni 
oshirish; 
- katta tebranishga ega bo‗lgan yuzalarni mustahkamlash; 
- ishchilarni tibbiy ko‗riklardan o‗tkazib turish. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling