Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Ishlab chiqarish muhitidagi biologik omillar


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

3.3. Ishlab chiqarish muhitidagi biologik omillar 
Ishlab chiqarishga doir biologik omillarga biologik ob‘yektlar yoki ularning 
hayot faoliyati maxsulotlari hisoblanib, ish vaqtida ishchilar ular bilan aloqada 
bo‗ladilar. Bu yo‗nalishda eng ko‗p ahamiyatga ega bo‗lgan omillar makro- va 
mikroorganizmlar bo‗lib, ular bilan aloqada bo‗ladigan ishchilarda kasbga oid 


65 
infeksiyalar yoki invaziyalar kuzatiladi. Bunday ishlar qatoriga yuqumli kasallikga 
chalingan bemorlar bilan muloqatda bo‗lish, kasallangan qishloq xo‗jaligi 
xayvonlari bilan muloqatda bo‗lish, ayrim turdagi qishloq xo‗jaligi maxsulotlarini 
qayta ishlash bilan aloqada bo‗ladigan ishlar (sut, go‗sht, mol terilari ya‘ni jun), 
infeksiya bilan ifloslangan materiallar bilan ishlash (baklaboratoriya), hamda 
infeksiyani tashuvchilar bilan aloqada bo‗lish mumkinligiga bog‗liq ish sharoitlari 
(kanalar) kiradi. Yuqumli kasallik kasbiy bo‗lishi mumkin qachonki, ishchi ish 
jarayonida shu nomdagi infeksiya manbai bilan bevosita aloqada bo‗lgan bo‗lsa, 
lekin bunda boshqa joyda zararlangan bo‗lishini ham inobatga olish kerak 
(inkubatsion davrni, kontaktda bo‗lmaganlik va b.q.). Eng axamiyatli qasbiy 
infeksiyalar qatoriga - sil kasalligi, brutsellyoz, sap, kuydirgi (sibir yarasi), kanali 
ensefalit, ornitoz, "sut sog‗uvchilar tugunchasi", mikozlar qiradi. Keltirilgan 
kasalliklar odamga kasallangan xayvonlardan yuqishi mumkin, shuning uchun 
ularni kasbiy zoonozlar deyiladi. Ammo kasallik bemor odamlardan ham yuqishi 
mumkin yoki kasallangan odamning qoni, balg‗ami, siydigi, axlatini tekshirish 
jarayonida qasallik o‗tadi. Bunday xolatlarda kelib chiqadigan kasallikga 
antroponoz kasallik deyiladi (gepatit, ich terlama, ichburug, SPID). 
Kasbiy infeksiyalarning oldini olish tadbirlariga birinchi navbatda shaxsiy 
gigiyena qoidalariga qatiyan rioya qilishni kiritish mumkin, bundan tashqari, 
quyidagi tadbirlar katta axamiyatga egadir: 
-kasallangan odam yoki xayvonlarni aniqlash, xisobga olish, izolyasiya qilish 
va davolash
-profilaktik emlash tadbirlarini o‗tkazish; 
-kasallik tarqalgan joylarni sog‗lomlashtirish, jumladan, kasallangan 
kemiruvchilarni tutish va yo‗qotish; 
-kasalxonalar, chorvachilik komplekslari, go‗sht kombinatlari, sut va terini 
qayta ishlash zavodlari, bakteriologik laboratoriyalarni gigienik talab asosida 
qurish, jixozlash va ulardan to‗g‗ri foydalanish; 
-yuqorida ko‗rsatilgan ob‘yektlarda sanitar-epidemiologik tartibga rioya 
qilish; 


66 
-ko‗rsatilgan ob‘yektlardagi hodimlarni gigienik qoidalarga o‗qitish, 
ishchilarni maxsus kiyimlar bilan ta‘minlash; 
-ishchilarni tibbiy ko‗riklardan o‗tkazib turish 
Biologik omilar, chunonchi antibiotiklar, mo‗g‗orlar, oqsil-vitamin 
qomplekslar (konsentratlari)i, achitqilar bilan muloqatda bo‗lish mikrobiologik, 
farmatsevtik korxonalarda bo‗lishi mumkin, korxonalarda biotexnologiyalarni 
qo‗llashda kuzatilib, ishchilarda disbakteriozlarni, kandidomikozlarni, allergik 
kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday xollarda profilaktik tadbirlar 
birinchi navbatda ko‗rsatilgan omillarning miqdorini ishlab chiqarish muhitida 
kamaytirishga qaratilgan bo‗lishi kerak. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling