Nurullayeva gulshan sunnatullayevna bitiruv malakaviy


MA‟NAVIY SAN‟ATLAR TADQIQI


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/30
Sana18.11.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1785714
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
1.2 MA‟NAVIY SAN‟ATLAR TADQIQI. 
Yuqorida qayd etilganidek ―Funun ul-balog‗a‖ risolasining uchinchi bobida 
39 ma‘naviy san‘at haqida ma‘lumot beriladi. Bu san‘atlarning ba‘zilari ichki 
turlarga ham ega. Jumladan, at-tashbehot, al-irsolul-masal, al-iltifot, al-jam‘-ul-
mufrad san‘atlari bu xususiyatga ega.
1. 
At-tashbehot san‘ati 7 nav‘ bo‗lib, nav‘lar quyidagicha nomlangan: tashbehi 
tanqis, at-tashbehi muallaq, at-tashbeh-ul-kinoyat, at-tashbehut-tavsiya, at-
tashbehul-aks, at-tashbehul-izmor, at-tashbeh-ut-taze‘. 
2. 
Al-irsolul masal san‘ati. Bu san‘at ham 2 nav‘ga ega: al-irsolul masal va al-
irsolul-masalayn. Biroq muallif nazarida ularning har biri alohida mustaqil san‗at 
sifatida talqin etilgan.
3. 
Al-iltifot san‘ati ikki turli, ammo nav‘lar nomlanmagan. 
4. 
Al-jam‘-ul-mufrad ikki nav‘ – muzhar va muzmar. 
Quyida ―Funun ul-balog‗a‖dagi ba‘zi ma‘naviy san‘atlarning izohi taqdim etiladi: 
AL-IBDO‟ san‘ati. Ibdo‘ arabchada ―bir yangi nimani keltirmak‖ ma‘nosini 
anglatadi. Shu ma‘noda bu san‘atning asl ma‘nosi ibtido so‗ziga mos keladi. Ibtido 
esa biror nimaning boshlanish yoki yangilanish qismidir. Muallif izohi: ―Bu san‘at 
aningtek bo‗lurkim, shoir har yangi ma‘no bila (bo‗yla) qilurkim, hech kimarsa 
etmamish bo‗g‗ay. Va muni bayoni voqe‘ taqi derlar‖. Ya‘ni bunda shoir baytlar 
yoki misralararo fikriy yangilik, kalomiy kashfiyot qilmog‗i darkor. Va bu ifoda 
boshqa hech qayerda hech kim tomonidan tilga olinmagan bo‗lishi shart. Misoli 
uchun Taroziy o‗z baytidan keltiradi:
―Borurmu zulfunga hargiz qaro basmosa ko‗nglumni, 
Tururmu qoshinga qorshu boshi evrulmasa ―yo‖ning‖
33

33
O‘sha asar, 101-bet. 


23 
Baytda muallif kitobat san‘ati bilan bog‗liq fikriy yangilik hosil qilgan. Bu san‘at 
Atoulloh Husayniy risolasida ―ibdo‘‖ deb nomlangan. ―Ochig‗i uldurkim, 
so‗zlaguchi bir ma‘noni ixtiro qilurkim, hech kim ul ma‘noda andin ilgarilamagan 
bo‗lur‖
34
. Va ibdo‘ning ikki nav‘i haqida ma‘lumot berilgan. Bu san‘at zamonaviy 
she‘rshunoslikda deyarli uchramasligi bilan xarakterlidir. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling