Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bunaqa yovvoyi tuzumni yaratgan kishi oxir-oqibatda o‘zi shu yovvoyi yirtqichning changaliga tushadi!
- Bu kunlar
- – Ey o‘g‘lon, seni o‘qitdik, yetishtirdik, o‘zimizga bosh qilib qo‘ydik, bundan
- “Haq berilmaydi, olinadi”
- Muxolifat
- “Xilofiyyun”, “muxtalafun”
- “qarashlar xilma-xilligi”
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 118
Bu ketishda yaqin orada ikkala tomon ham holdan toyadi. Birikib, bir-biridan madad olib kuchayish o‘rniga, har qaysisi o‘zining jonini omon saqlash uchun unisi bu ko‘chadan, bunisi boshqa ko‘chadan borib, bir chekkada tomosha qilib turgan qashqir davlatlardan yordam so‘raydi. Ana o‘shanda holimizga maymunlar yig‘laydi! Ommaviy axborot vositalari erkin bo‘lsa edi, siyosatdagi bunaqa kemtikliklarni biri bo‘lmasa boshqasi o‘z vaqtida, ochiq-oshkora tushuntirib, davlatini ham, xalqini ham fitna-fasodlardan ogohlantirib turardi, muqarrar falokatning oldi olinishiga hissa qo‘shgan bo‘lardi. Hozir-chi? Bu ahvolimizda ertaga nelar bo‘lishini bilib bo‘lmaydi. Demak, so‘z aytish erkinligining yo‘qligi tashqarida bizni yutaman deb og‘zini katta ochib turgan ajdarholarga foyda xolos, ichkariga – mamlakatning o‘ziga juda katta zarardir. Va nihoyat, so‘z erkinligining yo‘qligi to‘lasicha Davlat boshlig‘ining o‘ziga ziyon! Bir o‘ylab ko‘ring: o‘zbekistoncha “demokratiya” sharoitida faqat prezident erkin “fikrlaydi” (aslida u ham erkin emas!), faqat u gapiradi, faqat u maqtaydi, faqat u tanqid qiladi, boshqa hech kim miq etmaydi. Matbuot yo televideniyeda na Bosh vazirni, na Oliy Majlis raisini, na senat raisini, na Bosh purkurorni, na Oliy sud raisini, na bironta boshqa vazirni ko‘rasiz. Bir Kishidan boshqa hech kim ishlamaydi go‘yo. Xalq boshqa boshliqlarini ko‘rmagan, tanimaydi, ular nima ishlar qilayotganidan xabarsiz. Ichki va tashqi siyosatdagi va iqtisoddagi yutuqlar kimniki, xatolar kimniki – bilmaydi. Hozir yurib turgan qoidaga ko‘ra barcha yutuq Bir Kishiniki, lekin bironta xato uniki emas. Qolgan boshliqlari qobiliyatini, kim nima ishga javob berishini bilmaganidan xalq o‘zi tushib qolgan og‘ir ahvol uchun butun nafratini o‘z-o‘zidan... to‘g‘ri topdingiz... o‘sha bir kishiga qaratadi! Bu bir kishi kim? Prezident! Bunaqa yovvoyi tuzumni yaratgan kishi oxir-oqibatda o‘zi shu yovvoyi yirtqichning changaliga tushadi! Har bir boshliq o‘zining ishiga javob berganida edi, xato uchun asosan kim aybli ekanini xalq bilardi va o‘shandan so‘rardi. Maqtovini ham, nafratini ham haqli egasiga yo‘naltirardi. Yomon ishlaganlarni aniqlash va, kerak bo‘lsa, almashtirish ham prezidentga oson bo‘lardi. Lekin O‘zbekistonda davlat ham, hukumat ham, parlament ham, sud-purkuratura ham Bir Kishi bo‘lgani uchun butun respublikadagi hamma qing‘irliklar – o‘g‘rilik, poraxo‘rlik, ma’naviy buzuqlik, xullas, hamma yomonlik uchun endi marhamat qilib o‘sha Bir Kishi javob berishi, shunchaki emas, qattiq javob berishi kerak bo‘ladi! So‘z aytish huquqi yo‘qligidan keladigan yana bir muqarrar natija: ertaga agar davlat boshlig‘i boshi uzra qora bulutlar yopirilib kelsa, bir kimsa uni yuragidan chiqarib himoya qilmaydi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 119
Kichik xulosa
xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar”. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi I BOB 2-moddadan.
ko‘taradi. Ichidan loyiqlarni topib, tanlab-ajratib, o‘ziga boshliq etib saylar yoki tayinlar ekan, ular oldiga jaydarichasiga bunday shart qo‘yadi: – Ey o‘g‘lon, seni o‘qitdik, yetishtirdik, o‘zimizga bosh qilib qo‘ydik, bundan buyon tirikchiliging bizning bo‘ynimizda, endi sen butun borlig‘ing bilan bizga xizmat qilasan: ichki va tashqi ishlarimizni har doim bizning xohish-irodamiz ifodachisi o‘laroq yuritasan; buning uchun senga ayrim vakolatlar beramiz, tarixan shakllangan odoblarimiz, urf-odatlarimiz doirasida ruhimizga mos qonun-qoida va nizom ishlab chiqib, o‘shalarga suyangan holda bizni boshqarasan; chet davlatlar bilan ham oqilona siyosat yuritasan, hamma bilan yaxshi muomalada bo‘lib, millat va mamlakatga foydali bitimlar tuzasan; do‘st orttirasan, dushman orttirmaysan; shunda ham biron dushman vatanimizga ko‘z olaytirsa, mana o‘g‘illarimiz, mana boyliklarimiz, o‘zing bosh bo‘lib oxirgi tomchi qoning qolgunicha yurtimizni himoya qilasan... biz ham bu yoqda qarab o‘tirmaymiz, hayotimiz to‘kis, davlatimiz kuchli bo‘lishi uchun tinmay ishlaymiz; vatanimiz tinchligi va taraqqiyoti yo‘lida jonimizni- molimizni tikamiz; ayni choqda biz sening har qadamingni vakillarimiz orqali har on kuzatib turamiz, to‘g‘ri yo‘ldan sal og‘sang, to‘g‘rilab qo‘yamiz, qing‘irlik qila boshlasang, tartibga chaqiramiz, buzilsang, boshimizdan uloqtirib tashlaymiz , kelishdikmi? Unda, qani, ishni boshla! – deydi. Davlat o‘zi shu. Davlat xalqqa va vatanga xizmat qiladi. U siz bilan biz yetishtirib, tanlab, saylab qo‘ygan vakillarimiz va ularning ish tashkilotidir, xolos. Bundan ortiq emas.
Yetishtirilib, tanlanib, saylanib (ya’ni, xalqning boshiga chiqib) olganidan keyin asl vazifasini unutsa, o‘rtadagi shartni buzsa, xalq izmidan chiqib o‘z boshicha ish yurita boshlasa, davlatni nafsi va shaxsiga bo‘ysundirib olsa, bular ustiga, o‘zi qabul qilgan Asosiy Qonunni necha yillardan beri qayta-qayta o‘zgartirib-buzaroq: “Hech kimga bermayman seni, O‘zbekiston!!!” deya mansabga chippa yopishib olsa... endi tez buning chorasini ko‘rish lozim bo‘ladi 80 .
80 Shunday choralardan birini va oxirgisini 1991 yil 30 sentabir sessiyasida ko‘rishga urinish bo‘lgan. O‘shanda Islom Karimov respublika parlamentida prezident etib saylanganidan to “mustaqillik”ni e’lon etgunicha o‘tgan qisqa davr ichida yo‘l qo‘ygan xatolari, qonunbuzarliklari, demokratiyani bo‘g‘ib asta-sekin diktatorlikka og‘ib borayotgani, deputat Shovriq Ro‘zimurodovni qonunsiz qamoqqa oldirgani, hokimiyatni bitta qo‘lda to‘plashga intilayotgani uchun bir guruh demokrat deputatlar unga qarshi uyushdi va prezidentga ishonchsizlik (impichment) masalasini sessiya kun tartibiga qo‘yishga harakat qilishdi. Toshpo‘lat Jo‘rayev, Shuhrat Nusratov, Jahongir Mamatov va boshqa ayrim deputatlar ancha
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 120
Davlat ishini xalq nomidan kuzatib-to‘g‘ri yo‘lga solib turish uchun saylab qo‘yilgan vakil (deputat)lar hamda vazifasi xalqning kayfiyatini aks ettirishu bu yo‘l bilan davlat va hukumat ishlarini ziyrak kuzatib turish bo‘lgan matbuot yeng shimarib ishga tushishi kerak. Asosiy Qonun: “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat
Lo‘nda va tushunarli. Bundan davlat a) xalq irodasini ifoda etish va b) uning manfaatlariga xizmat qilish uchun tuzilgani bilinadi. Demak, xalq birlamchi, davlat ikkilamchidir. Xalq davlat uchun emas, davlat xalq uchundir. Davlatdan xalq va uning irodasi ustuvor. Davlat ezuvchi, bosuvchi, talovchi tashkilot emas, balki xalqning xizmatini xalqning o‘zi bilan maslahatlashib qiladigan tashkilotdir! O‘zbekistonda hozir ahvol buning teskarisi: a) davlat iroda qiladi, xalq shu irodaga ko‘ra yashashga mahkum; b) davlatning mavhum manfaatlariga xizmat qilishga majbur! Davlat birlamchi, xalq o‘nlamchi bo‘lib qolgan. Hamma balo ildizi shu yerda. Davomida: “Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar”, deyilgan. Bu jumlani jaydari o‘zbekchaga aylantirsak, bunday bo‘ladi: “Davlatni va mansabdor shaxslarni jamiyat va har bir vatandosh so‘rab-tergab turishga haqlidir! Ular har bir ishiga jamiyat oldida ham, bitta vatandosh oldida ham javob beradi!” Asosiy Qonunning bu moddasi qog‘ozda juda go‘zal bitilgan, lekin amalda ish chatoq. Oddiy xalqni-ku qo‘ying, so‘z aytish erkinligi bo‘lmaganidan, ommaviy axborot vositalari ham davlatidan umuman hisob so‘rayolmaydi. So‘rashga tashabbus qilishi bilan davlat uning og‘ziga qopqoq, qo‘liga kishan uradi. Bunday og‘ir sharoitda “Nimaga so‘ramayapsan? Nimaga davlatingni tergamayapsan?” deb oddiy xalqni malomat qilib bo‘lmaydi. Ammo xalq nomidan so‘z aytish vakolatini olgan hamda so‘z aytishi lozim bo‘lgan Oliy Majlis deputatlari-chi? Ular ham mum tishlagan. To‘g‘rirog‘i, to‘g‘ri gapga – soqov, maqtovga – biyron. Jamiyat nomidan hokimiyat ishlarini tekshirib-tergab turishi lozim bo‘lgan matbuot esa, asosiy vazifasini butkul unutib, bo‘ynidagi vazifaning tom teskarisini qilib yotibdi: xalq irodasining ifodachisi bo‘lishdek sharafni tashlab, davlat irodasining qo‘g‘irchog‘i bo‘lishdek olchoqlikni tanlagan. Natijada rangli-rangsiz sahifalarini yolg‘on-yashiqqa va tagi yo‘q maqtovlarga to‘ldirib yotibdi, xalq dardi bir chekkada qolib ketyapti. O‘zbekistonda so‘z erkinligi berilgan bo‘lsa, faqat va faqat prezidentni va uning ishlarini maqtash uchun berilgan. Qancha oshirib-toshirib maqtasangiz ham birov
jangovar so‘zlagani esimizda. Afsus, Shukrullo Mirsaidov so‘nggi daqiqalarda fikridan qaytgani oqibatida bunday demokratik chora ko‘rilmay qoldi. Millat ham, mamlakat ham shu kungacha amalga oshmay qolgan o‘sha harakatning badalini o‘tab kelyapti. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 121
sizning og‘zingizga urmaydi, “maqtash huquqi”ngizni cheklamaydi. Ya’ni, maqtovga cheklov yo‘q! Ha, bu ikki qudratli kuch ‒ Oliy Majlis va matbuot haqiqatga va xalqqa emas, ochiqdan-ochiq yolg‘onga va amalsevar shaxslarga xizmat qila boshladi. Davlat tepasiga chiqqanidan beri hech qaytib tushgisi kelmayotgan, davomli “hiylai qonuniy”lar ishlatib, bir qo‘li bilan tojni, ikkinchi qo‘li bilan taxtni changallab olgan, necha marta modda o‘chirib-modda yozaverganidan Asosiy Qonunni ham ilma-teshik qilib yuborgan zotning gunohiga sherik bo‘lyapti. Yurtboshining kichkina yaxshiligini olamga nog‘ora qoqib bildirar ekan, katta-katta ayblarini xas-xashak yo tuproq bilan yopib kun ko‘ryapti. Yaqin yigirma yildan beri mamlakatda hur fikrga qarshi salib yurishi e’lon qilingan – bu haqda kim yozdi yo kim yozyapti?! Din siquvda, dindorlar har xil nomlar ostida yoppa quvg‘inga uchragan – qaysi matbuot ularning yonini olib chiqdi?! 16 fevral portlashlari yuz berdi – qaysi gazetachi xalq nomidan mustaqil o‘rgandi bu voqeani?! Andijonda xalq o‘qqa tutildi, mingdan ortiq kattayu kichik, erkagu ayol o‘ldi – bironta dovyurak yozuvchi bironta matbuot organida bironta so‘z deya oldimi?! Milyonlab yosh-yalang ota-onasini, bola-chaqasini boqish uchun chet ellarga chiqib qul bo‘lib yuribdi. Ayrimlarining yurtga puli emas, o‘ligi keldi – birontamiz vatanimiz tushib qolgan bu ahvolning ildizlarini o‘rganishga tashabbus qildikmi?! Mamlakat ichida ham, tashida ham ochiqdan-ochiq tanini sotayotgan ayollar soni ko‘payib ketdi ‒ ayrimlar o‘zi buzuqligi uchun, “lazzat” uchun bu ishni qilayotgandir, ammo boshqa ayrimlar bola-chaqasini boqish ilinjida, kun ko‘rish maqsadida chorasizlikdan bu iflos ishga qo‘l uryapti; ming yillar davomida to‘plangan boyligimiz – odob-axloqimiz qisqa muddatda yer bilan bitta bo‘ldi; ko‘chada ayol og‘zidan chiqayotgan shalaq so‘zlarni eshitsa, erkak tugul, eshak po‘st tashlab yuboradigan holga yetdik – bularni masala qilib ko‘tarib chiqadigan mard bormi?! Boshimizda shuncha gap turgan bir paytda ichkaridagi ommaviy axborot vositalarimiz har kuni har daqiqa Bir Kishining u yog‘idan o‘tib, bu yog‘idan o‘tib ta’zim qilgani qilgan. Boshqa aytar so‘zi, boshqa qilar ishi yo‘qday sho‘rliklarning. Eng achinarlisi – shu holiga o‘zi rozi... Bu qadar xo‘rliklarga loyiq xalqmizmi? Ko‘ndikmi-ko‘nikdikmi? To‘ymadikmi? Sha’nimiz shu qadar pastmi? Nahot yon qo‘shnilarimizchalik ham bo‘lmasak?! Ko‘rib turibmiz, ularning ham o‘zlariga yarasha qiyinchiliklari tiqilib yotibdi, lekin so‘z erkinligi borasida Qirg‘iziston, Qozog‘iston va hatto Tojikiston bizga qaraganda ilg‘orroq ekani aniq. Aslida, O‘zbekiston xalqi ham xuddi boshqalar kabi tugal mustaqillikka, tugal erkinlikka, tugal hurlikka loyiq xalqmiz! Milliy mentalitetimiz ham, an’analarimiz ham Islom dini doirasida shakllanganini e’tiborga olsak, dinimiz so‘z erkinligini bo‘g‘maydi, aksincha, xalqni so‘z va harakat
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 122
erkinligiga chaqiradi. Abu Bakr Siddiqning (Olloh u kishidan rozi bo‘lsin) xalifa bo‘lib saylangan zahoti so‘zlagan xutbalarini eslaylik: “Men Ollohga va Uning elchisiga bo‘yin sunsam, menga bo‘yin suninglar. Ollohga va Uning elchisiga teskari ishlarni qilsam, sizlar menga bo‘yin sunmanglar!” degan edi u zot 81
Abu Bakr Siddiq hozirgi ayrimlardek Qur’on kitobiga qo‘lini qo‘yib qasam ichmagan, ammo ikki yillik xalifaligi davrida so‘ziga ters ish qilmadi. To‘g‘ri yo‘ldan zarracha chekinmadi. Va’dasiga vafo qildi. Abu Bakr Siddiqning bu vasiyat-xutbasida bugunimiz uchun ham eng zarur yo‘l- yo‘riq bor: siyosat to‘g‘ri olib borilsa, bo‘yin sunish; xatoga yo‘l qo‘yilsa, so‘z erkinligidan foydalangan holda betiga aytib tuzatish; din, vatan, millat va davlat manfaatlari bir chekkada qolib, qing‘ir yo‘lga kirib ketilsa, unga bo‘yin sunmaslik, hatto boshliqlikdan olib tashlash. Fitratimiz (mentalitetimiz) va an’analarimiz manbai bunday deb turganida o‘rtada kechgan “mustabid va zolim podshohlar, xonlar o‘rnatib ketgan yalpi itoat usuli” bizga begonaligi, bizning an’anamizdan ham, diniy qadriyatlarimizdan ham, milliy mentalitetimizdan ham emasligi bilinadi. Mashhur arab sayyohi Ibn Battuta “Sayohatnoma” kitobida o‘rta asrlar Movarounnahr sultoni Tarmashirin tutumidan ikki shingil misol keltiradi: 1. “Bir kuni men peshin namozini ado etish uchun machitga bordim. Ammo sulton hali yo‘q edi. Uning mahramlaridan biri joynamoz keltirib, mehrob yaqinidagi odatda sulton namoz o‘qiydigan joyga yozdi va (imom) Hisomuddin Yog‘iyga: “Sultonimiz tahorat olib bo‘lgunlaricha namozni boshlamay turarkansiz, shunday deb yubordilar”, dedi. Imom o‘rnidan turib: “Namoz Olloh uchunmi yo Tarmashirin uchunmi?” dedi va muazzinga namozni boshlashni buyurdi. Sulton machitga kirib kelganida ikki rakat namoz o‘qib bo‘lingan edi. U namozini odamlar oyoq kiyimlarini yechib qo‘yadigan joyda, machit ostonasida, qoldirgan rakatlarini ham qo‘shib o‘qib oldi. So‘ng o‘rnidan turdi va imomga yaqin keldi, qo‘l olib so‘rashmoqchi bo‘lib jilmaydi. Men imomning yonginasida turgan edim. Sulton menga bunday dedi: “Yurtingga borganingda ajamlarning bitta juldurvoqi imomi turk sultoniga qanday muomala qilganini aytib bergin”.
81 Qasamyod-xutbaning to‘lig‘i: “Ichlaringda eng yaxshilaring bo‘lmaganim holda ustlaringga meni boshliq qilib sayladilaring. Agar men vazifamni chiroyli bajarsam, bo‘yin suninglar, vazifamni yaxshi bajarolmasam, meni to‘g‘rilanglar va yordamchi bo‘linglar. To‘g‘rilik omonat, yolg‘onchilik xiyonatdir. Oralaringdagi zaif kishi to haqqini zolimdan olgunicha mening yonimda quvvatli, e’tiborli odam kabi muomala ko‘radi. Sizlarga ko‘ra quvvatli bo‘lgan kishi esa, to undan zaifning haqqi olingunicha zaif va ojiz odam o‘laroq baholanadi. Bir qavm Olloh yo‘lida haqiqatni tark etsa, mutlaqo ularni zillat yoqalaydi. Bir millatda yomon ishlar yoyilsa, Olloh ular ustiga umumiy bir balo yuboradi. Men Ollohga va elchisiga bo‘yin sunsam, sizlar ham menga bo‘yin suninglar. Ollohga va elchisiga teskari ishlarni qilsam, sizlar menga bo‘yin sunmanglar”. (Anas ibn Molikdan Zuhriy, undan Ibn Ishoq, undan Ibn Hishom rivoyat qilgan. Ibn Hishom, "As-siyratun nabaviya", 4/240.)
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 123
2. “Imom har juma kuni jamoatga va’z qilib, sultonni yaxshilikka undar, gunoh ish va zulmdan qaytarar, u bilan suhbatlarda ayab o‘tirmas, sulton esa uning so‘zlariga quloq solib, yig‘lab o‘tirar edi. Shayx sultondan hech bir sovg‘a olmas, hech qachon taomini yemas, tuhfa qilingan kiyim-kechakni kiymas, chindan ham Ollohning taqvoli bandasi edi” 82
. Mana bizning imomlarimiz! Mana sultonlarimiz! Mana, to‘g‘ri gapga, tanqidga va nasihatga sultonlarimiz munosabati! Mana bizning mentalitetimiz! Tenglik va kenglik bo‘lsa shunchalik bo‘lar! Bunday olib qaraganda, O‘zbekiston prezidenti ham bu lavozimga ilk saylangan pallasida Qur’onga va Konstitutsiyaga qo‘lini qo‘yib qasam icharkan, “To‘g‘ri yo‘ldan boraman!” deb xalqiga qattiq va’da bergan edi. U qasamni rasmiy tildan xalq tiliga o‘girsak, bunday bo‘ladi: “Agar ushbu Konstitutsiyaga va boshqa qonunlarga to‘la rioya etsam, menga itoat qilinglar, agar yo‘ldan chiqsam, to‘g‘rilanglar, ishimni eplayolmasam yoki butunlay yomon boshqarsam, vazifamdan olib tashlanglar! Menga bildirilgan ishonchlaringni oqlamasam va ushbu qasamimni buzsam...” Va’daga vafo qilinmadi, ishonchlar oqlanmadi, qasam ham necha martalab buzildi, ammo qasam davomidagi uch nuqta o‘rni hamon bo‘sh turibdi. Uni faqat so‘z erkinligi to‘ldira oladi. Yigirmanchi asr boshlarida – bundan yuz yilcha burun, xuddi hozirgiday taloto‘p zamonda, rasmiy til bilan aytganda, “o‘tish pallalarida” buyuk ma’rifatparvar mufti Mahmudxo‘ja Behbudiy hazratlari: “Haq berilmaydi, olinadi”, degan edi. Erkinliklar ham onadan hur tug‘ilgan odam o‘laroq bizning eng qiymatli haqqimiz ekan, uni olaylik. Olishga harakat qilmasak, berilishini kutib, boridan ham ayrilib qolishimiz turgan gap. Haqqimizni olish esa, sharafimizni olishdir, nomusimizni olishdir. Yettinchi ko‘chat Muxolifat “Muxolifat” so‘zi O‘zbekistonda xuddi olabo‘ji bir narsaday, muxolifatchilar esa zararli unsurlarday taqdim va qabul etilayotgani bois, masalani o‘rganishga kirishishdan oldin bu so‘zning asl ma’nosini aniq bilib olaylik. Shunda munosabat ham aniqroq chiqadi. “An-Naym” lug‘atini varaqlaymiz:
82 Ibn Battuta. “Sayohatnoma”, 372-bet. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati. Toshkent 2012 yil. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 124
“Muxolifat” so‘zi arabcha bo‘lib, “xilafun” so‘zidan yasalgan, ikkalasining o‘zagi bitta – “xolafa”dir. “Xolafa” so‘zi esa lug‘atda bir necha ma’noni ifodalaydi: 1) izidan bormoq, orqasidan ergashmoq; 2) o‘rnini olmoq, o‘rnini bosmoq, vaqtincha o‘rnida ishlamoq, o‘rinbosar bo‘lmoq; 3) tashvish tortmoq, qayg‘urmoq; 4) (kimdandir) keyin qolmoq, (kimningdir) orqasida qolmoq. “Xilafun” so‘zi ham o‘z navbatida bir necha ma’noni beradi: 1) xiloflik, qarama-qarshilik, nifoq, to‘qnashuv, janjal, nizo; (qarashlarning) turli xilligi; 2) (botanikada:) tol daraxti. “Xilofiyyun”, “muxtalafun” ko‘rinishlari esa bahsli, munozarali ma’nosida keladi. Shuningdek, “xulfun” shakli ham bor, u 1) qarama-qarshilik, xilma-xillik; 2) farq ma’nolarini tashiydi. Bu o‘zakdan yasalgan “xilof”, “ixtilof”, “muxtalif”, “muxolif” yoki “muxolifat” so‘zlari bizga eskidan tanish. O‘zbek tiliga o‘zlashganidan keyin bu so‘zlarning ma’no doirasi bir oz toraygan yo o‘zgargan bo‘lishi tabiiy, lekin baribir, sinchiklab boqilsa, arab tilidagi hamma ma’nolaridan bir chimdim-bir chimdimdan borligi seziladi. Masalan, “muxolifat” so‘zini ishlatar ekanmiz, mohiyatida “tol daraxti”dan boshqa ma’nolaridan qo‘shilgan ulushlarni his etamiz. Lekin eng asosiy ma’no – bir chimdimgina emas, qolgan hammasini bosib ketadigan ulgurji ma’no “qarashlar xilma-xilligi”dir. Bunga yordamchi sifatida
Ushbu maqolada “muxolifat” so‘zi tahliliga ham, muxolifat a’zolari tahliliga ham mana shu ma’nolar eshigidan kirib boramiz. Ammo, sal teparoqda aytganimizdek, qandaydir miqdorda boshqa ma’nolar ham borligini aslo unutmaymiz. Lug‘at bilan ozmi-ko‘pmi shug‘ullanib oldik. Endi asosiy maqsadga kechsak.
O‘zbekiston ichida muxolifat bormi? Bor bo‘lsa, qay ahvolda? Umuman, bizning mamlakatda davlat bilan muxolifat munosabatlari qanday? Boshidanoq tan olishga majburmiz: ochiq, uyushgan, tashkillashgan rosmana muxolifat O‘zbekiston ichida yo‘q. Ammo bu degani boshqacha fikrdagilar hech yo‘q degani emas 83 . Muxolifatni mamlakat ichidagi va tashidagi deb katta ikki guruhga ajratsa bo‘ladi. Mamlakat ichidagi muxolifatni o‘rganishga kirishishdan oldin kichik bir xotira: O‘tgan asr boshlarida jadid (yangi) usulli milliy maktablar ochib, uxloq millatni uyg‘otishga, qorong‘i Turkistonni yoritishga va jahonning ilg‘or o‘lkalari qatoriga olib chiqishga qattiq bel bog‘lagan bir guruh oydinlarimiz – olimlar, adiblar va o‘qituvchilar oldin o‘ris, so‘ngra sovet mustamlakachilari qarshisiga katta ma’rifiy- ijtimoiy-siyosiy muxolifatchilar o‘laroq maydonga chiqdi.
83 Mamlakatda rasman ro‘yxatdan o‘tib ishlayotgan “partiya”lar davlatning qo‘yni-qo‘njidagi tuzilmalar o‘laroq bu yerda tilga olishga arzimaydi. Qolaversa, qo‘yindagi partiyalar mavzuiga alohida bob bag‘ishlash niyatidamiz. |
ma'muriyatiga murojaat qiling