Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Millat yo davlat sha’nini xatolar bulg‘amaydi, qing‘irliklar, adolatsizliklar bulg‘aydi.
- So‘z erkinligi
- Bu kunlar
- 1. Prezident + qiyofasiz Devon, qiyofasiz Oliy Majlis, qiyofasiz Senat va qiyofasiz hukumat – birinchi tomon 79 .
- 2. Ichdagi va tashdagi ochiq-yopiq muxolifat – ikkinchi tomon.
- 3. Asosan ichkaridagi, turli sabablarga ko‘ra bor holatga ko‘nib-ko‘nikkan ziyoli va o‘rta tabaqa boshliqlar – uchinchi tomon.
- 4. Oddiy xalq – to‘rtinchi tomon.
- II. So‘z erkinligi nega kerak Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
- III. So‘z aytish erkinligi bo‘g‘ilishi oqibatlari
- IV. So‘z erkinligi nimaga berilmayapti
- V. So‘z erkinligi bo‘g‘ilishidan kimga foyda
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 111
Temur o‘ziga xos bir shaxs bo‘lganini bildiradi, u ham barcha qatori Yaratganning oddiy bir quli ekanini bizlarga eslatib turadi. Millat yo davlat sha’nini xatolar bulg‘amaydi, qing‘irliklar, adolatsizliklar bulg‘aydi. To‘g‘ri maqsad yo‘lida ham odam (yoki davlat) xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, ammo maqsad xato bo‘lsa, yo‘l xato bo‘lsa, u xatolardan ibrat olmay, keyin ham ko‘r- ko‘rona takrorlanaversa, endi ular oddiy xatolikdan chiqadi, asl manfaatlarga tersligi bilan qing‘irlikka do‘nadi, siyosiy ko‘rlikka dalolat qiladi. Bobolarimiz bosib o‘tgan shonli yo‘lni haqiqati bilan bilguvchi zukko shaxslar, tarixchi olimlar, ziyolilar, xuddi sog‘lom hujayralar tananing lat yegan yeriga zudlik bilan yetib borib tuzatishga kirishgani kabi, ilmda va siyosatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar boshiga tez yetib kelishlari va o‘nglashga-tuzatishga kirishishlari kerak bo‘ladi.
So‘z erkinligi Kishan kiyma, bo‘yin egma, Ki sen ham hur tug‘ilg‘onsen. Abdulhamid Cho‘lpon
O‘zbekistonda so‘z aytish, fikr-mulohaza bildirish erkinligi haqida oldingi boblarda o‘rnida ochiqroq, o‘rnida ishora bilan qisman aytildi. Ammo, o‘ylab qarasak, bu masala nihoyatda muhimligidan, alohida to‘xtalmasa bo‘lmas ekan. So‘z aytish kishining fitriy ehtiyoji. O‘g‘rilik, yolg‘onchilik, so‘kinish kabi salbiy xususiyatlar fitriy ehtiyoj emas, balki kishi o‘z manfaatini Ulug‘ Parvardigor xushlamaydigan yo‘llar bilan qondirish usullaridir. Ya’ni, asl fitriy ehtiyoj bo‘g‘ilishi natijasida bu kabi salbiy ishlarga keng yo‘l ochiladi va bu holat odamni ruhan ezadi, ichki muvozanatini buzadi, bora-bora eng so‘ngida katta bir g‘alayonlarga olib keladi. O‘zbekistonda bugun odamlar fikr bildirishda erkin emasligini 78 isbotlashga aslo hojat yo‘q – bu narsani ichkaridagilar ham, tashqaridagilar ham juda yaxshi biladi. Bu haqiqatni odamlarni erkin so‘z aytish huquqidan mahrum etganlarning o‘zlari ayniqsa juda yaxshi biladi. Lekin “Bizda chindan ham so‘z erkinligi yo‘q!” deb tan olmaydi, aytmaydi, xolos.
78 Holbuki, “mustaqillik”ning ilk yillari so‘z erkinligi, oshkoralik yo‘riqlari O‘zbekistonda yurib turgan edi. Hatto prezident Islom Karimovning o‘zi ham bu yo‘riqlardan unumli foydalangan. O‘sha paytdagi nutqlari va matbuotdagi chiqishlari bugungilari bilan solishtirganda ancha samimiy edi. Maskovda chiqadigan “Rabochaya tribuna” gazeti 1991 yil 3 iyul sonida muxbir Rustam Tell (Rustem Tell) bilan qilgan “Demokratiya ‒ qonunga va shaxsga hurmat demakdir” (“Xalq so‘zi” gazeti 4 iyul 126-sonida ko‘chirib bosgan) suhbatini yoki “Literaturnaya gazeta”da (1991 y. 14 avg.) maxsus muxbir Vladimir Sokolov bilan qilgan “Odamlar bir-birini o‘ldirmasin!” (“Xalq so‘zi” 1991 y. 15 avg.) deb nomlangan suhbatini o‘qib ko‘ringlar, oshkoralik va so‘z erkinligi nafasi shundoq ufurib turibdi! Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 112
Aslida yo‘q narsani biz ham takror-takror yo‘q degimiz kelmadi, hamma biladigan gapni chaynayvergandan kimga foyda? Uning o‘rniga, so‘z erkinligining bo‘g‘ilish sabablari, dardni ichga yutish qanday zararli oqibatlarga olib kelishi va so‘z erkinligi yo‘qligidan eng ko‘p kim ziyon ko‘rishi masalalariga ozgina boqib ko‘ramiz. Masalaga umumiyroq yondashamiz, hamma ko‘rib-bilib turgan misollarni takrorlab boshni qotirib o‘tirmaymiz. Hayotimiz bunaqa misolga to‘la, qay birini aytardik.
Eng lo‘nda va to‘poricha aytganda, aybi bor kishi aybining ochilib qolishidan qo‘rqqanidan birovni gapirtirmaydi. Xalq qo‘llovidan umidsizlar ham erkin fikrdan so‘ng darajada ‒ o‘limdan qo‘rqqanday qo‘rqadi. Shuningdek, ‒ bilimsiz bilimlidan qo‘rqadi; ‒ o‘ziga ishonchi yo‘q kimsa ko‘ringan cho‘pdan hadiksiraydi; ‒ o‘g‘ri to‘g‘rini ko‘rolmaydi; ‒ qorong‘ida ishini bitiradiganlar yorug‘likdan cho‘chiydi; ‒ qing‘ir ishini yashirmoqchi bo‘lganlar bilinib qolishidan xavotirda yashaydi... Bular hammasi erkin so‘zning bo‘g‘ilishi sabablaridandir. Nazariy tomondan yana ko‘p sabab keltirsa bo‘ladi, ammo ular bari aylanib tag‘in shu oddiy, lekin o‘zak sabablarga kelib taqalaveradi. O‘zbekistonda nega so‘z erkinligi yo‘q, degan savolga har tomon har xil javob beradi.
1. Prezident + qiyofasiz Devon, qiyofasiz Oliy Majlis, qiyofasiz Senat va qiyofasiz hukumat – birinchi tomon 79 . Bular O‘zbekistonda so‘z erkinligidan eng ko‘p qo‘rqadi, shuning uchun har turli vositalar yordamida uni bo‘g‘ib turadi. Tevarak olam so‘z erkinligi huquqini talab etsa, “kulimsirab” qarab, aybini yopishga bahona to‘qiy boshlaydi: biz demokratik yo‘lni tanlaganmiz, bu yo‘ldan aslo qaytmaymiz ham... konstitutsiyamiz demokratiyaning hamma talablariga javob beradi, unda barcha huquq va erkinliklar kafolatlangan... lekin hozircha davlatimiz yosh, demokratiyaga asta-sekinlik bilan erishiladi... ana, demokratiyaning beshigi bo‘lgan
79 O‘zbekistonda bironta boshqaruv idoraning o‘z qiyofasi yo‘q. Ularning siyosatga ta’sir darajasini sira bilib bo‘lmaydi. Bular oldida qaytaga Prezident qiyofasi jonliroq – harholda u butun ishiyu gap-so‘zi bilan qozonida borini cho‘michiga chiqarib turibdi. Bugun chanoq antennalar yordamida xalqimiz Turkiya, O‘rusiya, Ovrupa kabi demokratik davlatlar siyosatchilarining deyarli hammasini taniydi, ammo o‘zimizning boshliqlardan birontasini ularchalik bilmaydi. O‘zbekistonda siyosiy ob-havoni kimlar yaratadi deyilsa, prezidentdan boshqani ko‘rsata olmaymiz. Chunki boshqalar yetmish qavat parda ortiga olingan. Ishlayotgan bo‘lsa ham faqat prezident belgilab bergan yo‘nalishda ishlaydi. Vaziyat bora-bora buzilgani “mustaqillik”ning ilk yillari bilan solishtirishda ko‘rinadi. Ilgarilari prezidentdan boshqa yana Shukrullo Mirsaidov, Ismoil Jo‘rabekov, Shavkat Yo‘ldoshev, Muhammadjon Qoraboyev... kabi ancha-muncha siyosatchilar (salbiymi-ijobiymi, harholda) o‘zlariga xos qiyofalari bilan ajralib ko‘zga tashlanib turar edi. Hozir O‘zbekistonning siyosat maydonida sho‘ppayib bir kishi qoldi.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 113
Angliyada ham, uni dunyoga yoymoqchi bo‘layotgan Amrikada ham so‘z erkinligi to‘la o‘rnatilishiga yuzyillar kerak bo‘lgan-ku... Tasdiqlangan, qabul qilingan (rasmiy) javoblari shu, bundan tashqari, el oldida og‘izga chiqarmagan, lekin o‘zaro doim tillarida aylanib yuradigan tushuntirishlari ham bor: – xalqimiz demokratiyaga, so‘z erkinligiga tayyor emas, qo‘yib bersang, har narsaga burnini suqaverib, ishlagani qo‘ymaydi; – bizning mentalitet boshqacha, milliy an’anamizda betgachoparlik yo‘q, aksincha, kattalarni va boshliqlarni hurmat ruhida tarbiya topganmiz, so‘z erkinligi bu an’anani buzadi, o‘rtadan hurmat ko‘tariladi, ya’ni, g‘arbcha so‘z erkinligi bizga to‘g‘ri kelmaydi. Va hokazo... 2. Ichdagi va tashdagi ochiq-yopiq muxolifat – ikkinchi tomon. Bular birinchi tomonning tushuntirishlariga sira ko‘nmaydi, qabul etmaydi va bunday deydi: – davlatni boshqarishda zamon talabiga javob beradigan eng maqbul tuzum bugun demokratiyadir, demokratiya esa so‘z erkinligisiz bo‘lmaydi; – “xalqimiz so‘z erkinligiga tayyor emas” deyish “loyiq emas” degan kabi haqoratdir, kamsitishdir. Xalqimiz so‘z erkinligini bemalol ko‘taradi. Bu narsa qisqa davom etgan qayta qurish yillari va SSSR qulaganining ilk pallalari isbotini topdi; – to‘g‘ri, davlat hozir yosh, lekin uni yoshligidan suyagini istibdod bilan emas, hurlik havosidan nafas oldirib qotirish kerak. G‘arbga kelsak, agar u yoqlarda demokratiya yuzyillar ichida oyoqqa turgan bo‘lsa, biz ham ular boshlagan yerdan boshlashimiz va u yuzyillarni qayta bosib o‘tishimiz kerak degani emas. Axir valasapidni, kamputirni, qo‘ltilponni boshqatdan kashf qilishga urinish ahmoqlikdir, aksincha, kelgan yeridan davom ettirish taraqqiyotga eltadi; – asrlar davomida mentalitetimiz ayni to‘g‘riso‘zlik, samimiyat asosida shakllangan. Betgachoparlik boshqa, to‘g‘ri so‘zni aytish (samimiy bo‘lish) boshqa ekanini xalqimiz juda yaxshi ajratadi. Qolaversa, G‘arb demokratiyasining ilg‘or tomonlarini olish, iflos tomonlarini pokiza yurtimizga kiritmaslik ixtiyori va imkoni o‘zimizning qo‘limizda; – xullas, so‘z erkinligi mamlakatimizga suv bilan havoday zarur, davlat va hukumat doim xalq kuzatuvi ostida ishlashi kerak. Kuzatib-tuzatib turilmasa, nafs o‘pqoni ochiladi va uni to‘siqsiz qondirish uchun zulm bosh ko‘taradi. Yetmish yillik sovet davri va yigirma yillik “mustaqil O‘zbekiston” davri shuni ko‘rsatib turibdi.
Bularda ozmi-ko‘pmi vijdon bo‘ladi. Mamlakatda yuz berayotgan yoqimsiz ishlarni ko‘rib-bilib yuradi, jumladan, so‘z aytish erkinligi berilmasa, oqibati yaxshi bo‘lmasligini ham biladi. Ammo o‘zi indamaydi. Aytsa tili, aytmasa dili kuyadi bunaqalarning. U yer-bu yerda (oldin olti tomonga qarab olib!) bir-ikki ming‘irlab
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 114
qo‘yishi ham adolat istaganidan emas, vijdon xarxashasini bosish, ko‘ngliga o‘rnashib qolgan g‘ashlikni ketkazish uchundir. Qo‘rqoqligi, turli katta-kichik manfaatlar bilan oyoq-qo‘lini bog‘lab tashlagani uchun birinchi tomonga yon bosibroq fikrlaydi: – siyosat bilan siyosatchilar, iqtisod bilan iqtisodchilar shug‘ullansin, matbuot o‘zi bilmagan ishga bosh suqmasin; – bizda chinakam jurnalistlar yo‘q hisobi, dunyo jurnalistikasidan ancha orqadamiz, shu ahvolda bularga so‘z erkinligini berib bo‘lmaydi; – xalqimiz mish-mishlarga o‘ch, xilma-xil fikrlar orasida adashib qoladi, bitta xato gapga ergashib ketaveradi, bunaqada davlatni boshqarib bo‘ladimi; – xilma-xil fikrlar jamiyatni bo‘ldaklab tashlaydi, undan ko‘ra bitta fikr atrofida uyushgan yaxshi. Buning uchun siyosatni qattiqqo‘llik bilan yuritib, har xil buzg‘unchi g‘oyalarning ildiz otishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak... 4. Oddiy xalq – to‘rtinchi tomon. Undan odatda ko‘p narsa kutilmaydi. So‘z erkinligi bor-yo‘qligi uni ko‘p ham qiziqtirmaydi. Har holiga ko‘nib ketaveradi. Qorni to‘ysa, mushugini birov pisht demasa bo‘ldi unga. “Podshomiz shuncha kuyib-pishyapti, atrofidagilar ishlamayapti- da”, deb yuraveradi. “Sal bo‘sh qo‘yilsa, boshimizga dinchilar kelib qolarkan, podshomiz shunaqa deyaptilar”, deb ishonib ketaveradi. Aytayotgan gapining mohiyatini o‘ylab ham o‘tirmaydi (bu ham so‘z erkinligi yo‘qligidandir). Ammo bir kuni jonidan o‘tsa, bola-chaqasini boqishga u-bu narsa topolmay qolsa, shartta ko‘chaga chiqadi, ko‘r g‘alayonini boshlab yuboradi. Ungacha qancha qiynalsa ham, boshini egib yuraveradi. Juda nari borsa, molxonasining qorong‘i burchagiga biqinadi- da, bir-ikki bo‘ralab so‘kinib, hammayog‘ini shaltoq qilib tashlagan molini savalab hovuridan tushadi; yoki hech ikkilanmasdan alkash bo‘lib ketadi... Har boqimdan qaralsa ham, birinchi tomon qolgan uch tomondan ustun, imtiyozli. U – davlat, hamma kuch uning qo‘lida, shuning uchun xohlaganini qiladi va... qilib yotibdi ham. Bora-bora matbuot, radio, televideniye ustidan to‘la nazoratni o‘rnatib oldi. Mamlakatimizda bugun rasman senzura bo‘lmasa-da, qoyil qolmasdan iloj yo‘q, mafkurasini qattiq ushlagan SSSRday qudratli davlat ham qila olmagan ishni uddaladi – senzuradan battar tizimni yaratdi. Bironta boshqacha fikr matbuot yuzini ko‘rmaydi, tug‘ilishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Ona qornidagi chaqaloq jinsini oldindan aniqlay oladigan uskunalar singari odamning ko‘nglida paydo bo‘layotgan o‘ylarni ham oldindan bilib oladigan qanaqadir uskunalar yaratib olgan ko‘rinadi, o‘zi eshitgisi kelgan fikrlarni tug‘dirib, xavflisini nish ura boshlashi bilanoq bo‘g‘ib o‘ldirib yuboryapti. Yoki hur fikr shakllanadigan “bolaqorinlar” tozalanib-yuvilib, yo‘liga ispirallar qo‘yib tashlanyapti. Shu bois mamlakat ichida qachondan beri boshqacha fikr yo‘q. Hazrati Birfikr hukmron.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 115
Jamiyatda yaxshi va yomon, halol va harom, to‘g‘rilik va qing‘irlik, odob va odobsizlik, uyat va uyatsizlik, olijanoblik va pastkashlik boralarida umumiy o‘lchov qat’iy shakllangan bo‘lsa, jamiyat axloqini u kuzatib-boshqarib turadi. Odamlar gap qiladi, mahalla ayblaydi deb ham ko‘plar o‘zini xatodan va qing‘irlikdan saqlaydi. Bu o‘lchov bo‘lmasa-chi? Olloh saqlasin, har kim xohlaganini qilishga o‘tib ketsa va bu holga jamiyat parvo etmasa, qing‘irliklar kuchayadi, mamlakat ma’nan chiriy boshlaydi. So‘z erkinligi shuning uchun kerak. Umumiy milliy o‘lchovlardan kelib chiqqan holda bir tomondan davlatning, ikkinchi tomondan jamiyatning ishlari kuzatib turiladi: qabul qilingan to‘g‘ri yo‘ldan borayotgan bo‘lsa, unga hartomonlama yordam beriladi; bilmasdan xato yo‘lga kirib qolsa, yo‘lining xatoligi darrov bildiriladi, o‘nglashga harakat qilinadi; nima qilishni bilmay qolsa, tarixga va tajribaga tayangan holda, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib yuboriladi; bilib turib qing‘ir yo‘ldan ketsa, ogohlantirishlarga quloq tutmasa, unda yana o‘sha haq-huquqidan foydalanib, holatni o‘nglashning boshqa chora va usullari qo‘llanadi. Olloh elchisi (u Zotga salot va salom bo‘lsin): “Birodarlaringizga zolim bo‘lsa ham, mazlum bo‘lsa ham yordam beringlar”, dedilar. Shunda bir kishi: “Ey Ollohning elchisi, zulm ko‘rayotganga yordam beraman, ammo zulm o‘tkazayotganga qanday yordam beraman?” deb so‘radi. “Uni zulmdan qaytarishing unga yordamingdir”, deb javob qildilar. Ey bilib-bilmay xalqiga zulm qilayotganlar, quloqlaringiz chinlasin: zulmdan qaytarish ham aslida sizlarga yordam ekan! Matbuotmi, alohida shaxslarmi yo boshqa tuzilmami, so‘z erkinligidan foydalanib kimni yo kimlarnidir zulmdan, qing‘irliklardan qaytarsa, mantiqan qaraganda, boshliq bundan faqat xursand bo‘lishi kerak ekan! O‘zini tergab turishlari uchun qaytaga jamiyatga yanada ko‘p huquqlar, imkoniyatlar yaratib berishi lozim ekan! Hazrati Umar (Olloh undan rozi bo‘lsin) to sochiga oq oralagunicha bir kishini yollab, har-har zamonda “Ey Umar, o‘lim esingda tursin!” deb turishi evaziga unga cho‘ntagidan maosh bergani bejiz emasdi. Amir Temur ham, bugungi til bilan aytganda, saltanatida so‘z erkinligini joriy etgan. Ishlarini doim maslahat bilan yuritgan, o‘zining fikriga teskari bo‘lsa ham jo‘yali fikr bildirgan kishilarni yuksak qadrlagan. Bir galgi to‘plantida qayoqqadir yurish boshlash oldidan mulohazalarini aytib, yig‘ilganlardan munosabat so‘raydi. Har kim o‘z ko‘zqarashini bayon etadi. Bir a’yon laganbardorlik qilib: “Amirim, nihoyatda oqilona o‘ylabsiz. Yulduzlar joylashuvi ham shunga ishora qilyapti!” deya rosa oshirib-toshirib yuboradi. Yig‘ilishdan keyin Amir Temur tegishli odamlariga: “Bundan keyin bu odamni mashvaratimda ko‘rmayin!” deb u laganbardorni huzuridan haydaydi. Oqil, to‘g‘ri, o‘ziga ishongan har qanday podsho shunday qiladi.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 116
Aksincha, o‘ziga ishonchi bo‘lmasa, aqliy darajasi past, buning ustiga ishlari ham qing‘ir bo‘lsa, maddohlarni sayratib qo‘yadi-da, mustaqil fikrlovchilarning og‘zini yopadi, aybini ko‘rsatadiganlarni quvadi, qamaydi, o‘ldiradi.
1. Xalq (jamiyat) ko‘radigan zararlar: – fikriy o‘sish to‘xtaydi, mamlakat hartomonlama qoloqlikka yuz tutadi; – indamaslikka mahkumlik bora-bora tushkunlikka, tushkunlik loqaydlikka, loqaydlik xudbinlikka, xudbinlik asabiylikka, asabiylik... jinoyatga olib keladi; – indamaslikka mahkumlikdan bora-bora qo‘rqoqlik, qo‘rqoqlikdan vijdonga xiyonat tug‘iladi, xiyonat oldin nomusni, oxirida vatanni boy berish demakdir; – “so‘z erkinligi” otlig‘ tozalash moslamasi ishdan chiqsa, jamiyatdan tevarakka sassiq hid tarala boshlaydi. Suv to‘xtab qolsa zamonaviy hojatxonalar sal vaqtda sasiy boshlagani kabi. 2. So‘z aytish erkinligi bo‘g‘ilishidan davlatning o‘zi ham katta zarar ko‘radi. Birov mushugini pisht demayotganini ishini to‘g‘ri olib borayotganidan deb biladi. Holbuki, xalq uzoq vaqt indamagani, davlat bilan go‘yo ishi bo‘lmay yurgani mutlaqo parvosizligidan emas, davlatga ishonchi so‘nganidan, davlatini yomon ko‘rib qolganidandir. Davlatga ishonmay qo‘ydi degani davlat bilan xalq o‘rtasida jarlik paydo bo‘ldi deganidir. Boshqacha aytganda, aldamchi tasavvurlarda xalq bilan davlat bir bo‘lib ko‘ringani bilan voqelikda xalq davlatiga, davlat xalqiga suyana olmay qoladi. Bunday davlat eng kuchsiz davlatdir. Bunday xalq eng kuchsiz xalqdir. Afsus, O‘zbekistonda hozir ahvol shunaqa. Xalqning ovozi mutlaq bo‘g‘ilgani uchun ichkarida vaziyat juda og‘ir. Matbuot va televideniye hayotni qancha bo‘yab- bejab ko‘rsatmasin, rahbariyat orasida ham, xalq orasida ham asabiy bir vaziyat kuzatilyapti, katta alg‘ov-dalg‘ovlar yetilib kelayotgani tobora sezila boshladi. Ertaga nima bo‘lishini kimsa bilmaydi. Bir o‘xshatish. Odatda, ayollar tabiatan mulohazaga emas, hissiyotga beriluvchan bo‘ladi. Sal narsaga tez o‘t olib ketadi. So‘ng tez so‘nadi ham. Bir-biriga ters bu ikki xil holga surunkali tushaverilsa, hatto ayol ham tez kunda o‘ta asabiy bo‘lib qolishi hech gap emas. Lekin ayolni bunday asabiyatdan asraydigan himoya qobiliyati bor: erkakdan farqli o‘laroq, ular bir-biriga ichidagi bor dardini to‘kib solaveradi va, natijada, tez-tez “bo‘shanib” turadi. Bo‘lmasa, nimalar bo‘lib ketmas edi. Ikkinchi o‘xshatish. O‘rislarda “vipuskaniye par” degan ibora bor. Tilimizda uni “hovurini chiqarish” yoki “hovurini bosish” yoki “sovutish” desa bo‘ladi. Mutlaq yopiq qozon tagiga o‘t qalab suv qaynataverilsa, bug‘i (hovuri) chiqarib turilmasa, oxiri portlashi aniq. Dard hech bo‘lmaganda quduqqa to‘kib-solib turilmasa, odam ham bir kuni portlaydi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 117
Xuddi shulardek, ko‘ngilda tug‘ilgan fikr-mulohazalar ham erkin bildirib turilmas ekan, jamiyat tagiga qo‘yilgan bo‘mbaning piligiga o‘t ketadi. Pilikka o‘t ketgani to u halokatli nuqtaga yetgunicha bilinmay turishi mumkin, ammo keyin albatta portlaydi. Hech bo‘lmaganda shu hol so‘z erkinligini zarur qiladi.
Xavotirdan. Kim xavotirlanadi? O‘ziga ishonchi yo‘qlar. Ishini eplab qila olmaydiganlar. Ishini eplayotgan, o‘ziga ishongan boshliq nimadan xavotirlansin! O‘zbekistonimizda davlat nomidan so‘z erkinligi bo‘g‘ilayotgan ekan, demak, davlatning bir illati bor, albatta. Boshliqlar o‘ziga gap tekkizmoqchi emas. Aybini yashirmoqchi. Obro‘yi to‘kilishidan va hokimiyat qo‘ldan ketib qolishidan qo‘rqadi. Bundan bir mantiqiy xulosa chiqadi: demak, davlat boshlig‘i ishini eplay olmayotganiga o‘zi ham iqror! Xalqqa so‘z aytish huquqini bersa, boshi balodan chiqmay qolishini juda yaxshi biladi. Tanqid yoki har qanday boshqacha mulohaza shuning uchun ham uning eng birinchi dushmaniga aylangan. Unga achchiq haqiqatdan shirin yolg‘onlar yaxshi! Bu shirin yolg‘onlar xalqining miyasini suyultirib tashlagani, siyosiy hamda ma’naviy saviyasini pasaytirib yuborgani bilan ishi yo‘q...
Ichkarida hech kimga foyda yo‘q, lekin tashqarida... Tashqarida hali ham mustamlakachilik g‘oyasini sog‘inib yurganlar qancha. Ularga qolsa, bizda xalq bilan davlat hech qachon birlashib qolmasin. Birlik davlatni kuchli qiladi. Dushman davlatimizning kuchli bo‘lishini aslo istamaydi. Xalqi davlatiga qarshi, davlati xalqiga qarshi qancha xezlanib tursa, dushman uchun shuncha yaxshi. Kuchli davlatlarning yillar davomida sinovdan o‘tgan usuli bor: bir qo‘li bilan xalqning boshini silaydi-da: “O‘h-ho‘, davlating seni rosa ezyapti-ku, inson o‘laroq sening haq-huquqing yo‘qmi, bizga suyangin, senga yordam qilamiz”, deydi; ikkinchi qo‘lini davlatning qo‘yniga suqadi: “Xalqing seni yoqtirmaydi, qo‘yib bersang, tezda boshidan uloqtirib tashlaydi, ustiga ustak, yurtingni islomchilar bosib ketgan, agar bularning jilovini tortib qo‘ymasang, holingga voy, bizga suyangin, senga yordam ko‘rsatamiz”, deydi. Davlatni xalqqa qarshi, xalqni davlatga qarshi gij-gijlaydi. Urishtiradi. O‘zi bir chekkada turib, unisining ham, bunisining ham holdan toyishini va bir kuni o‘ziga muhtoj bo‘lishini, tiz cho‘kib yordam so‘rab kelishini poylaydi. Dunyoning qari jug‘rofiyasidan endigina joy olgan, yoshligi tufayli katta siyosiy nayranglar qozonida hali qaynab o‘rganmagan davlatimiz va xalqimiz, mana, necha yillardan buyon mana shu fitnaga uchib kelyapti. Davlat xalqimizni o‘zidan norozi qilib qo‘ydi, til topishish o‘rniga birda og‘izaki, birda qurol bilan urushgani urushgan.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling