Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 168
bilan tashkillashtirilayotgani oqibatida deyarli hamma imorat shaklan bir-biriga o‘xshaydi. Rangi-bo‘yog‘i ham bir xil: yo sariq, yo sariqqa tortib ketadigan jigarrang! Qayerga bormang, tus bir xil: sariq... sariq... sariq... Qo‘qon sariq, Andijon sariq, Namangan sariq, Jizzax sariq, Samarqand sariq, Termiz sariq... Sariq... sariq... sariq... sariq... O‘zbekiston sariq!
Gap qurilish haqida ketdi, poytaxtdan bir-ikkita misol. Muncha qurilishga osilib oldingiz, deyishingiz mumkin. Chunki qurilishlar orqasida gap ko‘p.
paytlari yirik qurilishlarga bosh-qosh bo‘lib dong‘i chiqqan Odilboy ismli yigit quradigan bo‘ldi. U Opachaga qarashli “O‘zbek – Shveysariya” qo‘shma korxonasining ijrochi direktori edi. “Opachaning pultoparmon o‘ng qo‘li” deb tanishtirishardi odamlar. Bundan oldin “Hazrati Imom” majmuasi, so‘ngra Amir Temur xiyobonidagi Anjumanlar saroyi kabi bir necha ulkan qurilishni eplab, odamlarning og‘ziga tushgan. Bitta istadion qurilishi nima bo‘pti?! Buning ustiga, istadion “Bunyodkor” 120 jamoasi uchun mo‘ljallangan, “Bunyodkor” esa, o‘sha pallalar shu Odilboy boshliq tashkilot (kechirasizlar, Opacha) homiyligida to‘p surardi! Yenglar shimarildi, belbog‘lar sirib bog‘landi – ishga kirishildi: eski istadion 121
tashlandiq yerlar birpasda ulkan qurilish maydoniga aylandi... Hammasi yaxshi ketayotuvdi, orada nimadir bo‘ldiyu Odilboy bilan hukumat orasidan olamushuk o‘tib qoldi. Natijada Odilboy saltanati birdan quladi. Bir qavlda “ichkariga olindi”, boshqa bir qavlda “tashqariga chiqib ketdi”! Qay biri to‘g‘ri bo‘lsa ham, Odilboy hamma ishdan chetlatildi, eski Odilboyligi qolmadi. Shu kungacha qilgan va Kottaga chapak olib bergan ishlari ham “unutildi”. Kechagacha nuqul olchi turgan oshig‘i bugun chikka bo‘ldi. Odilboy “ketib”, istadion ishlari ham taqa-taq to‘xtadi. Chala holicha anchagacha yotdi. Xalq indamay turolmaydi. Darrov: “Ana, Odilsiz bular bir ish qilolmaydi”, deya boshladi. Odilboy bilan chaplashgan hukumatning oriyati keldi shekilli, istadion qurilishini o‘z bo‘yniga oldi. Har qanday ish, tabiiy, chiqimsiz bo‘lmaydi. Chiqimni topish – bosh masala. Demak, ishni qurilishga pul axtarishdan boshladi. Birovdan qolgan chala ishni bo‘yniga oldi degani chiqimini ham bo‘yniga oldi degani emas, albatta. Butun boshli
120
Esidan chiqqanlarga eskartish: bu jamoaning eski oti “Quruvchi” edi. Toza o‘zbekcha ot o‘zbeklarning qulog‘ida jaranglamay qo‘ygan shekilli, o‘zagi arabcha, qo‘shimchasi forscha bo‘lgan “Bunyodkor” so‘ziga almashtirishdi. 121 “Eski” deganimiz ham hov sovetdan qolgan “Mehnat zahiralari” isport majmuasi emasdi, yaqindagina katta pul chaplab tuzatilgan yangi majmua edi! Baribir tag-tugi bilan buzib tashlandi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 169
“asr qurilishi” chiqimini hukumat bi-ir o‘zi ko‘tararmidi? Unda hukumatligi qoladimi? Hukumat – hukumat, darrov boy tashkilotlar qulog‘iga azon chaqirdi. “Olihimmat tashkilot”lar ham “labbay” deb yetib kelishdi. Odamlar aytishicha, cheklardan bittasi O‘zbekiston Davlat avtonazorati (DAN – GAI)ga tushdi. Baxt qushi boshiga qo‘ndi, deyavering. Lekin... yo‘l qoidasi buzilishi hisobiga amal-taqal kun ko‘rib kelayotgan bu tashkilot o‘zidan orttirib bunaqa katta qurilish qila olarmikan? Chorasiz qolganda miya ham ishlab ketarkan. Yo o‘zi tez chora topdi, yoki unga chora topib berildi: yo‘l qoidalari buzilishiga qo‘yiladigan jarimalar miqdori birdaniga o‘n baravariga oshdi! Oliy Majlis o‘ylab o‘tirmay qarsillatib tasdiqlab berdi yangi o‘zgarishlarni! Bunda aholining cho‘ntak imkoniyatiga ham, respublikada belgilangan eng kam ishhaqi miqdoriga ham qaralmadi, qurilish ehtiyojlaridan kelib chiqildi! Aholisi farovon yashaydigan mamlakatlarda bu qadar katta jarima oila bujetiga 122
balki bilinmas-sezilmas, ammo oylik ishhaqlari kamtargina bo‘lgan O‘zbekiston uchun bu miqdorlar har qanday chegaradan oshib ketgani aniq edi. So‘zimni jarimalarning kechagi bilan bugungi miqdorini solishtirib isbotlamoqchi edim. Fikrimdan qaytdim. Hammasini sanab, vaqt va qog‘oz ketkazishga hojat yo‘q, bittasi solishtirilsa bo‘ldi, deb o‘yladim. Mas., jarima narxlari oshmasidan burun, qanaqa yo‘l qoidasi buzilmasin, DAN noziri qo‘liga bir-ikki ming so‘m berilsa, qo‘yib yuborardi, narxlar oshganidan keyin ular ham choychaqalarini tikkalayiga oshirib yuborishdi. Hozir naqd yigirma-o‘ttiz ming bilan zo‘rg‘a qutulasiz. Bo‘lmasa, kamida ellik ming talab qilib turib olishadi! Jarima miqdori eskisidan yangisi qancha nisbatda oshganini shu misoldan bilib olsa bo‘ladi! “Inson haqlari oyoqosti qilinyapti”, deb bir kimsa sas chiqarmadi. Bunaqa xurmacha qiliqlarga O‘zbekistonda allaqachon o‘rganib qolingan. To‘g‘rirog‘i – o‘rgatib qo‘yilgan. O‘rgatib qo‘yilgani, o‘rganib qolingani uchun odamlar bu gal ham g‘iring demadi. G‘iring demadi-yu, jarima miqdori qanaqadir qurilish chiqimlarini qoplash uchun oshirilgani og‘ir botdi. Kuppa-kunduzgi qaroqchilikka o‘xshab ketdi bu ish.
Rost-da, birovning cho‘ntagidagi pulni zo‘rlab tortib olishni halol qiladigan modda bo‘lmasa kerak bironta Qonunda?!
122
Asli ingizcha “budget” so‘zi o‘zbekchada “cho‘ntak”, “hamyon”, “mablag‘” ma’nolarini beradi. O‘rislar uni o‘z talaffuziga moslab “budjet” deb qabul qilgan. Biz tilimizda o‘rni bilan va ma’nosiga qarab tepadagi uch so‘zdan birini qo‘llasak bo‘laverar edi. Lekin, afsus, o‘ris tili orqali “budjet” shakli kirib tom o‘rnashib qoldi. Hech bo‘lmasa tilimiz talaffuz qoidasiga moslab qabul qilmadik. Turkchada “bütçe” yoziladi, “buchcha” eshitiladi. Aytilishga oson va qulay.. Qolaversa, o‘ris tilida jarangli “j” tovushi bo‘lmaganidan ular yozuvda “j” harfi oldiga “d” harfini tirkab (“dj”) bitta jarangli “j” tovushini chiqargan. Inglizlarning tovush va harf tizimi umuman tushunarsiz. O‘zbekning “j”si shundoq ham jarangli bo‘lgani uchun bu chet so‘zni (juda agar tilimizga kiritishimiz lozim bo‘lsa) jillaqursa talaffuzimizga moslab “bujet” shaklida yozishimiz lozim edi. Ammo mustamlakachilar, o‘rischadan kirgan so‘zlarni biz qanday aytsak shunday aytasan, degan qoidani joriy etib, tilimiz tovush mustaqilligini ham yo‘qotgan edi. Mana endi bugun o‘zimiz: “O‘rnashdimi – o‘rnashdi, endi uni o‘zbekchalashtirish nimaga kerak?” deyapmiz, afsus... Xato o‘rnashib qolgan shu ko‘nikmani sindirish va jamiyat diqqatini chekish uchun ham bu kitobda ayrim so‘zlarni hamma o‘rganib qolgan shaklda emas, o‘zbekcha talaffuzga mos shaklda atay yozdim. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 170
Buning ustiga, o‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q qandaydir uchinchi tomon birdan xirmonda hozir bo‘lib, butun maqtovlarni ilib ketsa – bu yog‘iga nima deysiz?! Ya’ni, cho‘ntak birovniki, qurilish ikkinchi birovniki, olqish va maqtovlar uchinchi Birovga yo‘llansa... “Prezidentimizga rahmat, istadion qurib berdilar! Bunaqasi dunyoda yo‘q!” Bo‘ladimi shunaqasi? Bo‘ladi! Faqat O‘zbekistonda bo‘ladi! Bu xil jarima turini oddiy xalq darrov “Zo‘raki ehson” deb atadi. Bir qarasangiz, qonuniyga o‘xshab tuyuladi – yo‘l qoidasini buzdingizmi, to‘lashga majbursiz. Boshqa tomondan qarasangiz, haqsizlik ustiga haqsizlik yuz berayotgani ham bor gap: jarima miqdori qoidabuzarlikning darajasiga qarab emas, hukumat boshlab qo‘ygan qurilishning miqyosiga qarab belgilanishi bir haqsizlik bo‘lsa, jarimaga deb bergan pulingizni sizdan so‘ramasdan butunlay boshqa narsaga – hukumatning bo‘ynidagi ishga sarflanishi ikkinchi haqsizlikdir. Hech bo‘lmaganda, “Buyuk qurilishimizda siz aziz haydovchilarning ham hissangiz bor, rozi bo‘lasizlar endi”, deb harom ishlarini halollab qo‘ysa ham mayli edi. Aksincha bo‘ldi: qoidabuzar haydovchilarning haqqi bo‘lgan butun maqtov va shon-sharaflar birdan “muhtaram prezidentimiz”ga yo‘llab yuborildi... – bunisi endi ochiq uchinchi haqsizlik edi! Har qancha kuchanmasin, homiylarning mablag‘i baribir ozlik qildi. Buning ustiga, hukumat boshlagan ishda odatda bo‘ladigan hol istadion qurilishida ham yuz berdi – olib kelingan xomashyolardan bir qismi aylanma yo‘l bilan bozorga chiqarib yuborildi. Bu ish nima deyiladi? O‘g‘rilik, o‘marish! Qurilish o‘rtalariga borganda hukumat “o‘g‘rilik”ni bahona qildi-da, yangi bir chora qo‘lladi. Surni bir chaldi, qoshida maxsus desantchilar saf tortdi. Ularni tish-tirnog‘igacha qurollantirdi-da, betiga yirtiq paypoq tortib, “Ol! G‘us!” deya bozorlarga yo‘llab yubordi. Bir necha marta shunday qildi. Birpasda qurilish bozoridan moshin-moshin qurilish moli, kiyim bozoridan vago‘n- vago‘n kiyim-kechak, temir bozoridan to‘nna-to‘nna temir-tersak to‘plandi. O‘g‘rimolga qo‘shib, haloliga ham chang solindi – bir boshdan tashib ketildi, bozor ship-shiydam qilib qo‘yildi! Shaharda mish-mish tarqaldi. Hatto chet elning buzg‘unchi radiolari ham gapirdi: “Nima bo‘pti?” “Istadion qurilishiga armatur kerak bo‘pqopti...” Eng qizig‘i – kuppa-kunduzi qilingan bu talon-torojga hech kim ajablanmadi. Odamlar “to‘g‘ri” tushundi: hukumat cho‘ntagi teshik bo‘lganidan keyin boshqa nima qilsin?! Nimadir qilishi kerak-ku, axir. Yo‘lini topibdi – qandini ursin! Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 171
Yanayam qizig‘i – qaroqqa uchraganlarning o‘zi ham miq etmadi! 123
“Mol, jon daxlsizligi haqida Konstitutsiya bergan huquq”ni talab qilish birovining esiga kelmadi! Nimaga? “Hammasining ishida ishkal bor, – deb tushuntirdi ayrim davlat odamlari og‘izaki suhbatlarda. – Bojxonadan rasman bir to‘nna metal olib o‘tadi-da, qolgan to‘qson to‘qqiz to‘nnasini aylanma ko‘chalardan olib kiradi. Hujjati yo‘q. O‘g‘rilikmi? O‘g‘rilik! Tortib olsak ham indayolmayotgani shundan. Nima deya olardi?!” “Mushuk tekinga quyoshga chiqmaydi – hammasini vaqtida rozi qilganmiz, – deydi metalbozordagilar yelka qisib, – molimizni o‘tkazib olgunimizcha yuzlarini bir chetga burib turishgan edi... Bilmadik, nima jin urdi...” Har kuni, har soatda, har onda davlat chegaralarida nima ishlar bo‘layotganidan xabarsiz chekkadagi siz bilan biz ikki tomonning bu ikki xil tushuntirishidan hayron bo‘lamiz: molini tortib olsa tadbirkor g‘ing deya olmasligini bilishidan, demak, ko‘p mollar davlat bojini chetlab o‘tishini davlatning o‘zi juda yaxshi biladi! “Biladi”gina emas, vaqtida tadbirkorning “hadya”sini olib hojatini chiqarib yuborgan ham shu davlatning o‘zidir! Demak, pul kerak bo‘lganida pulini olgan edi, temir kerak bo‘lib qolganida endi temirini oldi! Bor gap shu! Tortib olingan kiyim-kechak qayoqqa olib ketilganini bilmadig-u, metalbozordan yuklangan armaturlar to‘ppa-to‘g‘ri olib kelinib, “ulkan qurilish maydoni”ga to‘kilgani haqida ishonchli manbalardan xabarimiz bor. Balki kiyim-kechak ham, eski tajribaga tayangan holda, qaytadan ega-egalariga sal arzonroq narxda “sotib” yuborilib, puli qurilishga kiritilgandir? Bilmadik. Bilmagan narsamizni bilmadik deymiz. Albatta, hech bir bozorchi: “Konstitutsiya bergan huquqimiz qayoqda qoldi?” deb bir og‘iz so‘ramadi. So‘ray olmaydi ham! So‘ray olmaydi...-yu, lekin, mabodo kutilmaganda yuragida jasorat tug‘ilib, baribir so‘rab qolsa, tepadagilar indamay kulib turaverishardi... Shunday ekan, ey tadbirkor, bekorga qonun so‘qishmay, tek yuring! Bozordagi molingizni, og‘zingizdagi oshingizni tortib olibdi, joningizni olmabdi-ku hozircha! Shukr qiling! Shunisi tinch. Kelgusingizga ham shunisi yaxshi. Ertaga yana mol olib kirishingiz bor... Bu xil ishlar O‘zbekistonda g‘ij-g‘ij. Poydevori haqsizlik bilan quyilsa, devori haqsizlik bilan tiklansa, tomi haqsizlik bilan yopilsa, bunday qurilishning oti nima bo‘ladi? Men topolmadim. Siz toparsiz?.. Aytgancha, “Bunyodkor” istadioni bitdi. Bir-ikki marta to‘p surildi ham. Lekin ko‘pchilikni norozi qilib, molini tortib olib qurilgani uchunmi, qarg‘ish tekkan bu
123 Temirbozorda ishlaydigan bir tanishim aytishicha, uch aka-uka ellik ming do‘llardan o‘rtaga tashlab, endigina katta ish boshlashgan ekan, chapak chalib qolaverishibdi. “Yurak changallaganlar qancha, o‘lganlar qancha!..” deydi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 172
istadion hech kimga buyurmadi: to‘p tepsa, to‘pcha keladigan chimi ham qo‘shilib uchadigan bo‘lib qoldi. O‘shandan beri ko‘ngli chiqib bironta o‘yin o‘ynalmadi. Qurilish bitdi, lekin qurilishga bag‘ishlab ko‘tarilgan yo‘ljarimalar nimagadir bir so‘mga ham pasaymadi. Yoki O‘zbekiston hukumati yana bironta “asr qurilishi” mo‘ljallayaptimikan?.. Unisini bilmaymiz. Biladiganlar bo‘lsa, aytsin. Faqat, tushunmovchilikdanmi, ko‘nglimizda bitta kichkinagina savolcha tug‘ilib qoldi, shu savolcha javobsiz qolib ketmasin: – Agar “ketib” qolmaganida Odilboy ham istadionni xuddi shunaqa usulda –
– ...
Ikkinchi misol. Toshkentdagi Alisher Navoiy ko‘chasida eskida Xadradan boshlanib to Abay ko‘chasigacha cho‘zilgan savdo qatorlari bo‘lardi. Sovet payti “rasta” deyilardi. Izlasa, hamma narsa topilardi u rastadan. Ora-orada kitob do‘konlari ham bo‘lardi. Choyxonayu oshxonalari bilan. Xullas, juda fayzli edi. So‘ngra “mustaqillik” keldi. Sotsialistik rastani buzib o‘rniga kapitalistik bozor qurgilari kepqoldi. Qurildi ham. Buzilgan rasta egalari qanday rozi qilinganini bilmaymiz, ammo yangi rasta yangi boyvachchalarga otasining bahosida pullandi. Yomoni ‒ orasida bitta ham kitob do‘koni qoldirilmadi! Bahonada odamlar sotsializm bilan kapitalizmning farqini bilib oldi ‒ kitob sinf sifatida tugatildi, pul ishlashga xalaqit qilarmish. Yangi savdo qatoridan odamlarning oyog‘i sal uzildi-yu, yo‘q, hartugul asta-sekin o‘rganib qaytadan gavjumlashdi. So‘ngra... Oradan bir necha yil o‘tib yangi farmon keldi: bu rastalar ham buzila boshladi. Do‘kon egalari qanday rozi qilinganini bu gal ham bilmay... qolar edig-u, Ahmadjon aka ismli keksa bir saudiyalik vatandoshimizning “O‘zbekistonda qonun yo‘q ekan, rastadagi do‘konimiz buzilib, naqd 400000 (to‘rt yuz ming!) do‘llarga kuyib qolaverdik, kimsa hol so‘ramadi”, degan dardini (o‘z qulog‘im bilan!) tuyib, masalaning tagiga sal-pal yetganday bo‘ldik. “Xo‘jalik mahkamasi (sudi)ga arz qilmadingizmi? Harholda, undirib olishingizga bir imkon-da buyam”, degan fikrimizga javoban asli buxorolik Ahmadjon aka: “Biz sovetning jabrini tortib Vatandan ayrilgan va bir umr uning ozodligini kutib yashagan odamlarmiz, endi mustaqil bo‘lganimizda o‘z Vatanimizni mahkamaga bersak yarashmas...” dedi xomush 124 .
124
2012 yil Kattaqo‘rg‘on tumani Qozoqovul qishlog‘i “Ergash ota” tibbiy markazida tanishganmiz. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 173
Buzdi-buzaloqdan keyin ochilgan katta maydon tekislanib, nimaningdir harakatiga tushildi. Odamlar og‘zida: “Bog‘ bo‘larmish, ko‘li bilan...” degan gap yurib qoldi. So‘ngra yangi gap chiqdi: ko‘pqavatli uylar qurilarmish, ikki qavat tagi qator do‘kon bo‘larmish. Aytishlaricha, tashabbuschisi Bosh vazir emish... Tashabbuschisi hukumatmi, demak, bu gal ham ishlar “istadionchasiga” bo‘lsa kerak... Aytganimizdek, qurilish maydonini o‘ragan yasama devorlar sirtida tezda homiylarning nomlari bitilgan reklam yozuvlari paydo bo‘ldi. “O‘zneftegaz” va yana qanaqadir boy tashkilotlar. Balki O‘zbekiston Davlat avtonazorati ham bu “baxtlilar” qatoriga tag‘in qo‘shilgandir. Shaharliklar aytishicha, “boy tashkilotlar” gilamga chaqirilgan-da, tiz cho‘ktirilib: “Chiqim senlarning bo‘yningga! Pulini qanday va qayerdan topasan – ishimiz yo‘q!” deyilgan. Muzokara chog‘i u gilam ustida turmaganimiz uchun yanayam anig‘ini bilavermaymiz. Bizning bilganimiz – qurilish hayya-hayya bilan boshlanib, hayya- hayya bilan bitkazildi. Keyin, odatdagidek, tag‘in eski qo‘shiq yangradi: “Prezidentimizga rahmat, uylar qurib berdilar! Bunaqasi dunyoda yo‘q!”
boshlangan emas. Bundan bir necha yil burun hukumat yo‘laklarida yuradigan qaysidir bir aqllining boshiga moshinasi borlardan yilda bir olinadigan yo‘l solig‘ini benzin narxiga qo‘shib yuborish fikri kelib qoladi. Taklif Davlatga jo‘yali tuyuladi. Mamlakatni kapitalistchasiga boshqarish uslubiga ham ayni mos. Konstitutsiya ko‘zdan pana qilib turiladi, tez yangi yo‘l-yo‘riq ishlab chiqiladi. Odatdagidek, Oliy Majlis qo‘l ko‘taradi. Qonun kuchga kiradi. Benzin narxi yo‘l solig‘i hisobiga 20 (yigirma) so‘mga oshadi. O‘sha paytgacha bir yilda bir marta to‘lab kelingan yo‘l solig‘ini endi vatandosh yonilg‘i shahobchasiga har kirganida to‘laydigan bo‘ldi! Har bir litr ustiga 20 (yigirma) so‘mdan! U kundan bu kunlargacha benzin narxi necha marta, necha barobarga oshdi. Ustidagi soliq qismi hozir qancha bo‘lganini bugun hech kim bilmaydi. Birov aytmaydi. Matbuot yozmaydi. Shopirlar ham qiziqmay qo‘ydi. Har gal benzin narxiga qo‘shib qanchadir miqdorda yo‘l solig‘i ham to‘lanayotgani bugun ko‘plarning esidan-da chiqib ketgan bo‘lsa kerak. Jamiyat antiqa bu bid’atga (yangilikka) ko‘nikdi. Aslida parvo qilsa arziydigan ish bu. Bir kunda, bir oyda, bir yilda O‘zbekiston bo‘yicha necha litr benzin sotiladi, shundan qanchasi yo‘l solig‘iga ajratiladi va to‘plangan u tog‘day mablag‘ qayerga sarflanyapti –o‘rganilsa, juda qiziq gaplar chiqib ketsa kerak.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 174
Lekin Ommaviy axborot vositalari Oqsaroyga qarab karnay-surnay chalish bilan ovora, shovqini olamni buzaman deydi, bunaqa “mayda-chuyda” masalalarga vaqt qayda ‒ ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar. Har litrga mingan yo‘l solig‘i miqdorini to‘plam litrga, to‘plam litrni kunga, so‘ng oyga, yilga, o‘n yilga ko‘paytirib ko‘ring! Aqlingiz boshingizdan uchadi! Yo‘l qurilishi tashkilotining tuvagi oltindan bo‘pketganini ko‘rasiz! Mamlakat yo‘llari oynadek tekis bo‘lganida ham mayli edi. “He, haloli bo‘lsin-e!” deb yuborardingiz. Qayoqda?! To‘qson foiz yo‘l hamon dabdala! Sho‘rlik vatandoshning moshinasi ajalidan besh kun burun to‘kilib qolyapti ‒ g‘ildiraklari pachaq, balonlari yorilgan, qalpoqlari uchib, murvatlari sochilib ketgan! Kulgingiz keladi: yo‘lga eng ko‘p chiqadigan shopirlar eng ko‘p benzin ishlatadi, demak eng ko‘p soliq to‘laydi, lekin bu dabdala yo‘llarda eng ko‘p zararni ham o‘shalar ko‘ryapti! Ana adolat! Masalaning achinarli tomoni ham bor: chuqur-chanoqdan baloni shishmak bo‘lib qolgan yoki yirtilib ketgan bironta shopir (jumladan kamina ham!) hali Yo‘l qurilishi tashkilotini mahkamaga berib, haqini talab qilganini eshitmadik. Bu yo‘llardan yoppa xalq jabr ko‘rib turganida nima qilaman shu ishni, desa kerak-da. Yana takrorlaymiz: yo‘llar tep-tekis qilib qo‘yilganida ham mayli edi! So‘rash qandaydir uyat-u, lekin tushunmaganimizdan keyin so‘ramay ham ilojimiz yo‘q: O‘zi soliq olishning shunaqa usuli Asosiy Qonunimizga to‘g‘ri keladimi? Birovning cho‘ntagidagi pulni egasidan so‘ramay, qancha olayotganini ham aytmay tortib olib qo‘yish inson haqlariga ters emasmi? Konstitutsiya mahkamasi, agar u haliyam ishlayotgan bo‘lsa, nima deydi bu haqda?
O‘n-o‘n besh yillar ilgari O‘zbekistonda birdan do‘ppi muammosi o‘rtaga chiqdi. Oqdo‘ppi kiyilmasin. Ko‘kdo‘ppi kiyilmasin. Nega?
“Muhtaram Prezident”ga yoqmas ekan. Iye... Obbo... Menga yoqar edi-ku... Endi nima qilaman? Aralashmaganlari bitta do‘ppi qoluvdi, shunga ham ko‘z olaytiribdilar-da. Hech bo‘lmasa, uyda kiysam bo‘larmikan? Qaydam... Tili qichigan ayrimlarga gap topildi: Olloh-Olloh, bu “Muhtaram”ga nima bo‘lgan o‘zi, qiladigan boshqa ishlari yo‘qmi?! O‘zbekistonda boshqa hech qanaqa muammo qolmadimi?! Birov kiygan, kiyishni xohlagan do‘ppi bilan nima ishing bor?! Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 175
Oqdo‘ppidan tushingda qo‘rqdingmi? Ko‘k do‘ppini ko‘rib labingga uchuq toshdimi? Butun dunyoga podshoh bo‘lgan taqdiringda ham birovning boshkiyimiga nimaga aralashasan?! Milliylikka qayg‘urayotgan bo‘lsang, eng oldin o‘zingning qizingning kiyimlariga boq: bir gal kalta ishtonchalarda, boshqa gal yarim badani ochiq, ko‘kraklari torsillagan holda xalqqa ko‘rinish beradi! Ko‘cha ayollaridan biri bo‘lganida ham mayliydi, battar bo‘lsin, deb ketaverardik. U axir prezidentning qizi – kattagina bir mamlakat boshlig‘ining arzandasi! O‘zini prezidentlikka chog‘lab yurgan ayol! Hozirdan o‘zini tiymasa, ertaga boshimizga kelganidan keyin mamlakatda qanaqa milliylikni joriy etadi?! Mening oq do‘ppimga qarshi kurashgandan ko‘ra qizingning oyog‘iga atlas ishton kiydir, egniga uzun va keng ko‘ylak ildir, boshiga ro‘mol o‘rat. Nimaga qizingning butiga qaramaysan-da, mening boshimga qaraysan? Oqdo‘ppi kiyamanmi, ko‘kdo‘ppi kiyamanmi, anjando‘ppi kiyamanmi, qo‘qondo‘ppi kiyamanmi, marg‘ilondo‘ppi kiyamanmi, chustdo‘ppi kiyamanmi – senga nima! O‘risning shapkasini kiysam, indamaysan. Inglizning shilyapasini kiysam, yelkamga qoqasan, “Malades!” deysan. Oqdo‘ppidan nega jazavaga tushasan?! Yaqinda ishxonamga televideniyedan kelib, yosh ijodkorlar haqidagi bir ko‘rsatuvga qatnashishimni iltimos qilishdi. Oldiniga ko‘nmadim, keyin qarshimda turgan yosh shoir o‘ksimasin deb rozi bo‘ldim. Ishxonamiz hovlisiga chiqdik. Muharrir chaynalib-chaynalib, oxiri aytadiganini aytdi: ‒ Do‘ppingizni yechib qo‘ysangiz bo‘ladimi? ‒ dedi. ‒ Yechmayman! ‒ dedim. ‒ Yeching! ‒ dedi. ‒ Boshimda izi bilinib qoladi, ‒ deb bahona qildim. Xullas, ko‘nmadim. Muharrir ayol televideniyedagi boshliqlariga tilpon qildi. ‒ Aka do‘ppili ekanlar, nima qilaylik? ‒ deb so‘radi. U yoqdagilar do‘ppisi qanaqa ekan deb surishtirdi shekilli: ‒ Shu, o‘zimizning marg‘ilonnusxa... ‒ deb javob qildi. Nihoyat, ruxsat tegdi... Bu mojaro nimani anglatadi? “Muhtaram Prezident” qisqa muddat ichida do‘ppi masalasida butun O‘zbekistonni gangitib tashlaganini anglatadi! 2007 yili “Hazrati Imom” machiti ochilishi marosimi oldidan oqdo‘ppililar, ko‘kdo‘ppililar ogohlantirildi: o‘zbekcha do‘ppi kiyib kelinglar, deb buyurildi. Shunda ham o‘zining bilganidan qolmaganlar machitga kiritilmadi. Ha?
|
ma'muriyatiga murojaat qiling