Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


machitga ayollar namoz o‘qish uchun kelishi mumkin emas ekan, ashula aytish


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56

machitga ayollar namoz o‘qish uchun kelishi mumkin emas ekan, ashula aytish 

uchun kirsa joiz ekan. Namozga adashib kelib qolsa, betiga darvozani yopamiz, 

ashula uchun esa, marhamat, eshigiyu tuynugini ham ochib beramiz. Xonaqohi ham, 

sahni ham, ayvoni ham, tomi ham ashulaga va ashulachiga halol. Hatto namozga 

chaqiriladigan minorasiga chiqib inglizcha shilta ashula aytsa ham bo‘ladi! Machitga 

o‘ranib, dinimiz talab qilgan kiyimda kirish taqiqlangan, ashulachi Gugusha xonim 

kabi sochlaringizni sharshara qilib kiring, so‘lqildoq ko‘kraklaringizni olamga ko‘z-

ko‘zlab kiring ‒ bunaqasiga ruxsat! 

                                                

130

 Albatta, bu masala bir oz tortishuvli, hatto hanafiy mazhabimiz ichida ham qarashlar har xil ‒ ruxsat bilan bir yonda 



har zamonning turli holatlarini hisobga olib chiqarilgan taqiq fatvolari ham bor. 

 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

184 


Masala kitoblari: “Machit Ollohning uyi, bu yerga Ollohga qullikni bildirish 

(ibodat) uchun kelinadi. Machitda hatto dunyoviy gaplar gapirilmaydi”, deydi. 

Bo‘larkan-ku, gaplashish tugul, ashula aytsa ham bo‘larkan-ku! Eski olimlar 

og‘ziga kelganini yozavergan ekan-da, mana, bugungi olimlar Masjidi Kalonda 

aytilgan “Ashulai Kalon”ga indashmayapti-ku! Demak, mumkin ekan. Bugun – ashula, 

ertaga... shu bilan ke-et-ti!.. 

Yana bir gap: ayol kishi machitga boshqa payt kira olsa ham, uzrli (hayz, nifos) 

holatlarda kirolmaydi – harom. Mabodo klip suratga olingan kunlari... Ko‘ngil kir 

bo‘lgani qoldi. Bilmadim, “shayx”larimiz masala kitoblaridan ruxsat topib berishgan 

bo‘lsa, biz omilar nima ham deya olardik. 

Bir men emas, sezishimcha, butun mamlakat hayron: ulamo-sulamomiz bilan 

qo‘shib hisoblaganda birortamiz g‘ing deya olmadik! Shunisi odamga alam qilar 

ekan. 

O‘shandan beri bu klip navbatma-navbat O‘zbekiston telekanallarida har kuni o‘n 



martalab ko‘rsatiladi, lekin birnima deyishga tillarimiz kalimaga kelmaydi. Tushovlab 

tashlanganday go‘yo. “Muqaddas yerlar”, “muqaddas tuyg‘ular”, “muqaddas 

qadriyatlar” haqidagi balandparvoz gaplarimiz, otashin nutqlarimiz eslarimizdan 

chiqdi. U tuyg‘ular toptaldi. Piypalandi. O‘zimizni chorasiz, yetimcha, ko‘chada 

qolgan his etdik... 

Bundan keyin ashulachi Gugusha xonim yana bitta klip qildi. Balki yana o‘sha 

rejissurdir, balki Buxoroda “shayton” ro‘lini o‘ynagan yana o‘sha epchil yigitdir. Balki 

ular emasdir, boshqalaridir. Ammo makkorlikda oldingilaridan sira qolishmaydi. 

Bunisida tuppa-tuzuk o‘zbek o‘yinchi (aktirisa)si ham qatnashibdi; shu klipda ishtiroki 

bilan yuziga loy chaplabdi. Lip etkazib bir ko‘rsatib qo‘yilganidan, taxminimizcha , 

voqea Toshkentda – eski va tashlandiq “Chorsu” (yana ham eski oti “Moskva”) 

mehmonxonasining tashlandiq bir qavatida kechadi

131

. Ashulachi Gugusha xonim 



buzilgan-to‘zg‘igan beton bo‘ldaklari o‘rtasida oldiniga o‘tirib, keyin tikka turib olib, 

hamma ashulachi ayolga xos muqomlar ila qo‘shiqlarini kuylaydilar, anov “shayton” 

yigit qayerlardandir pisandsizlarcha yurib kelaveradi. U yoq-bu yoqqa nafratli 

qarashlarini yo‘llab qo‘yadi. Og‘zini karrakdek ochib, juda xunuk birnimani ifodalaydi. 

Ora-orada belidan tepasi yalang‘och holda tashlandiq mehmonxona ichida paydo 

bo‘lib qoladi. Shu onlarda bir yoqimtoygina o‘zbek ayoli ham ko‘rinadi. Qulog‘ida va 

bo‘ynida xoch tasviri tushirilgan taqinchoqlar... Klipda bu ayolning vazifasi nima 

bo‘lganini ochiq bilish qiyin, lekin u nuqul haligi yigit tomon yuradi, unga talpinadi. 

O‘rtada yigit yana og‘zini karrak qiladi... bir bosqon bilan bu tashlandiq binoning 

tashlandiq ustunini urib sindiradi... yigitning har bir ma’nisiz qilig‘ini yoqimtoy o‘zbek 

ayoli cheksiz quvonchli jilmayish bilan qarshilab-qo‘llab turadi... yana “shayton”ni 

nazarda tutibmi, endi qo‘rqinchli bir qop-qora bashara ham paydo bo‘ladi... u 

“shayton-bashara” oppoq so‘yloq tishlarini ko‘rsatib ikki marta tirjayadi ham... 

                                                

131

 Harholda o‘sha yerga o‘xshadi. Balki boshqa bir tashlandiq binomizdir. Farqi nima? 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

185 


nimalardir deb g‘o‘ldiraydi... keyingi gal katta-katta, oppoq tishlarning o‘zini 

ko‘rasiz...  

Ashulachi Gugusha xonim uzun qomatini xuddi ertakdagi ilonday to‘lg‘antirib, 

berilib inglizcha qo‘shiqni kuylashda, Amrikalik “shayton”-yigit esa buzg‘unchiligida 

davom etadi. Oldiniga katta bir deraza oynasini parchalab tashlaydi... o‘zbek ayoli 

zavqlanadi! So‘ngra tashqarida qanaqadir bir televizorni ko‘tarib yerga uradi... o‘zbek 

ayoli shavqlanib ketadi! 

Ma’nosini anglash qiyin. G‘arb(lik yigit) O‘zbekistonda “Moskva”ning qoldiqlarini 

buzyapti, deb ramz qilingan desangiz, yuziga “shayton” niqobini tortib olib 

tirjayishlarida qanday ramz bor ekan? “Moskva” oti, mayli, O‘rusiyani bildirsin, 

televizor, mayli, eski mafkurani bildirsin, “Chorsu” oti g‘irt O‘zbekiston-ku! 

O‘zbekistonning ham eski ustunlari buziladimi endi?! Yoki, bundan bu yog‘iga 

O‘rusiya ham, O‘zbekiston ham yo‘q, bularning mafkurasi eskirdi, qadriyatlarini 

(televizor) ko‘chaga chiqarib pachaqlab tashlash payti keldi, endi yangizamon – 

shaytonparast (satanist)lar zamoni keldi, demoqchimi?! Yoqimtoy ayol timsolidagi 

O‘zbekiston “shayton”-yigit timsolidagi G‘arb bilan yo‘lning o‘rtasida birlashdi – 

bundan keyin endi mana shunaqa bo‘ladi, demoqchimi?! 

“Shayton”-yigit (G‘arb)ning hamma qilg‘ilig‘ini o‘zbek ayoli (O‘zbekiston) 

yoqimtoygina qarash va kuldirgichli jilmayishlar ila olqishlab turishi xuddi 

taxminimizni tasdiqlayotganday. Oxirrog‘ida bu yoqimtoy o‘zbek ayoli anov 

“shayton”-yigitning yelkasiga ohista qo‘lini qo‘yib, buzdi-buzaloqlar va nariyog‘i 

ko‘rinmaydigan qorong‘iliklar ichra qayoqlargadir baxtiyor ko‘z tashlaydi. Shunday 

qilib ikki yosh murod-maqsadiga yet... 

...yo‘q, bu ertak-klip hali tugamadi. Oxiri juda qiziq. Ramzlarning eng kuchlisi ham 

shu sahna bo‘lsa kerak. 

G‘arblik buzg‘unchi nihoyat ichkaridagi katta bir toshoynaga (bunisini nimagadir 

sindirmagan!) yetib keladi. Unga g‘olibona boqib tursa, oynakda u “shayton” qiyofasi 

o‘rnida sekin Gugusha xonim aksi balqib chiqadi. Klip shu sahna bilan tugaydi. 

Ana ma’no! Mana g‘oya! 

“Buxoro” klipi “shayton”-yigit va ashulachi Gugushaning madrasa zardevori ustida 

topishishi bilan tugagan edi, “Toshkent” klipi ham oxirida g‘arblik “shayton”-yigit 

bilan ashulachi Gugushaning oyna qarshisida topishishi bilan yakun topadi!.. 

Xullas, xalqimiz tuyg‘ularini, ruhoniyatini, Vatanimiz timsollarini haqoratlashda 

“Toshkent” klipi “Buxoro” klipidan qolishmaydi! 

Taxminimizcha, u kelgindi rejissur bilan u o‘yinchi yigit cho‘ntagini rosa 

qappaytirib, ammo ustimizdan armonsiz kulib ketgan bo‘lsa kerak. Bu ikki syujetday 

ahmoqona syujet bironta vatandosh klipchimizning xayoliga ham kelmasligi aniq. 

Miyasini qurt yeb qo‘ygan bo‘lsa ham, bironta o‘zbek bunaqa haqoratomuz klip yarata 

olmas edi. Chunki ular baribir o‘zligiga borardi. Shu bois ham klipchilarni chetdan 

yollashga to‘g‘ri kelgani ko‘rinib turibdi. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

186 


Eng kamida, oxirgi mana shu ikki hodisa Gugusha-Gulnora Karimovaning millatga 

ham, Vatanga ham, qadriyatlarimizgayu dinimizga ham, bir so‘z bilan aytganda, 

O‘zbekiston deb atalmish aziz bir muqaddasotga hech qanday bog‘liqligi yo‘qligini 

ochiq-oydin ko‘rsatdi. 

“Ashillachi” Opachamizning ijod buloqlari ochilib ketdimi, bir klipiga munosabat 

bildirib ulgurmasimizdan ikkinchisi, ikkinchisini xazm qilmasimizdan uchinchisi 

chiqib ketyapti.  

Uchinchisiga endi mashhur farang qochoq o‘yinchisi Deparde ham yollanibdi. 

Butun qo‘shiq davomida u Gugushaga hamdardlik bildirib turadi. O‘zining tilida 

(ekzotika!) g‘o‘ldirab, yangi “shogirdi”ga nimalarnidir doim o‘rgatadi.  

Ashulachi Gugusha esa, ona tilida o‘rischalab, taqdirini tushunmayotganidan 

noliydi. “Nimaga axir?” (“No pochemu-u?”) deb xo‘rsinib-xo‘rsinib qo‘yadi.  

Deparde farangchada birnimalar deb uning ko‘nglini ko‘tarishga urinadi: 

“Qo‘yaver, Malikam, xafa bo‘lma, sen bu olamning ayoli emassan! Bu olamga 

sig‘mayapsan, bu olam senga torlik qilyapti. Sen G‘arb madaniyati ruhida tarbiya 

topgan zamonaviy ayolsan! Milliy qobiqlar seni sig‘dirmasa, sen unga kirishga harakat 

qilma, aksincha, milliy qoliplarni buz, yorib chiq va o‘zingga moslashtir, so‘ngra 

hamma sening qolipingga kirsin!” deb maslahat berdi shekilli, Opachaning yuziga 

mayin tabassum yoyildi, erka qarash qilib qo‘ydi. 

Deparde ham oxirida kursisida o‘tira olmay qoldi, turib Gugushaning qo‘lini tutdi: 

“Mana, menkim farang Deparde, qo‘lingni o‘pib tasdiqlayman: sen farang ayolidan-da 

farangroqsan!” 

Lekin shuncha tirishayotganiga, milyonlab muxlisi qurshab olganiga qaramay, 

Sharqning bu “farang” ayoli tevaragida o‘zini tushunadigan bir kimsa yo‘qligi 

(“...pustota”), nimagadir osmon ham indamayotganidan hayron edi. Har ikki gap birida 

“Nebo molchit... Nebo molchit...” deb shikoyat etishlari bekorga emas, axir. 

“Nebo molchit”ni yana boshqa ma’noga yo‘ysa ham bo‘larkan: “Bu atrofda bitta 

menman! Mendan boshqa kimsa yo‘q! Taqdir meni shunday tanladi (“Eto sudba-a”)! 

Boshqalar buni tushunmaydi (“Ne otgada-at”)! Nima qilsam ham, birov mushugimni 

pisht deyolmaydi, xohlaganimni qilaman, ko‘nglim tusagan ko‘chaga kirib 

chiqaveraman, osmon (Olloh) ham mening yo‘limni to‘solmaydi” (“Nebo molchit”)!.. 

Birinchidan, ey Opacha, “Nebo” molchit qilayotgani yo‘q – hammasini ko‘rib 

turibdi, hammasi u chizgan chiziqdan ketyapti! Sizning nazaringizda agar hozircha 

“molchit” qilib turgan bo‘lsa ham, “molchaniya”si “Nebo”ning loqaydligidan emas, 

sabridandir, sabri kengligidandir. 

Aldanib qolmang tag‘in, Opacha.  

“Nebo”ning odati shunaqa – gunohiga toza botib olsin deb biron muddat “molchit” 

qilib turadi. Turadi-turadi-da, bir kuni bir o‘kiradi! Bir uradi! Hech kutmagan kuningiz 

dahshatli “groza”lari, “molniya”lari,  “buran”lari, “tornado”lari bilan bir tutib qoladi, 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

187 


albatta! O‘shanda, kalta aqli bilan, hech narsa bo‘lmayapti-ku, deya chuchvarani xom 

sanab yurganlar qochgani joy topa olmay qoladi!..

132

 

 



Eslatma: Biz “shayton” so‘zini, asli emasligiga ishora o‘laroq, atay 

qo‘shtirnoq ichiga oldik. Chunki asl shayton: “Men bunaqa ahmoqona ishlar 

qilmayman. Men Rabbimning izni-la faqat odamlar bilan shug‘ullanaman, 

machitlar, madrasalar bilan ishim yo‘q – ichiga ham kirmayman, tomiga ham 

chiqmayman. Men qing‘irlikka chorlayman, xolos, majburlamayman. Odamlar 

o‘z ixtiyori bilan qiladi bunaqa razil ishni! Qolaversa, men hech qachon 

niqoblanmayman, asl yuzimni yashirmayman – boshda shayton edim, 

qiyomatgacha ham shayton bo‘lib qolaman, odamlar u – mening orqamga 

o‘tib, men bilan niqoblanib ish qiladi! Menga tuhmat qilma!” deb ustimizdan 

da’vo ochib qolishi ham mumkin. Shu ma’noda asl shaytonni yasamasining 

qilmishlaridan qo‘shtirnoqlar ila qo‘rishimizga to‘g‘ri keldi. 

 

O‘n ikkinchi shox: Kapitalizm 



 

Ilgari yashab ko‘rmaganimizgami, kapitalizmning fe’l-atvoriga hech tushunib 

bo‘lmayapti. O‘z vaqtida so‘sializmni ham tuzuk-quruq anglab yetmagan edik. Ko‘pga 

bormay tugab qoldi. 

Davlatda so‘sializm hukm surganiga qaramay, uyimizda musulmonchilik yashar 

edi. Har ishni bismilloh bilan boshla... o‘ng qo‘ling bilan ushla... uni qilma – gunoh... 

buni yema – harom... birovning haqidan qo‘rq... namoz... jannat... do‘zax... haqlarida 

gapirilardi. 

So‘sializm ko‘chada, maktabda, ishxonada, maydonlarda yashardi. Ko‘chaga 

chiqishimiz yo maktabga borishimiz bilan: “Uyda aytilgan gaplarga ishonmanglar, ular 

bari eskilik sarqiti”, deyilardi. “Olloh yo‘q, jannat yo‘q, do‘zax yo‘q, hammasi ertak. 

So‘sializmda birovning haqi yo‘q, faqat davlat va umumxalq mulki bor”, deb o‘qitilar-

uqtirilar edi. 

Bugun endi ko‘chada, maktablarda, oliy o‘quv yurtlarida, maydonlarda va 

minbarlarda “kapitalizm”, “bozor” degan so‘zlar aylanib qoldi. Musulmonchilik yana 

uylarga kirib ketdi. “Har ishni bismilloh bilan boshla... o‘ng qo‘ling bilan ushla... uni 

qilma – gunoh... buni yema – harom... birovning haqidan qo‘rq... namoz... jannat... 

do‘zax...” kabi gap-so‘z yana qaytib uylarga kirib ketdi. Hatto machitlarda bu gaplar 

ehtiyot bo‘lib aytiladi. Ko‘chada esa, asosan kapitalizm hukmron. 

Bu “kapitalizm” deganlarining asosiy maqsadi nima o‘zi? Marks nima deb 

tushuntirgani esimda yo‘q, qoralagani aniq. Kapitalizm tarafdorlari uni o‘lib-tirilib 

oqlagani va haligacha oqlab kelayotgani ham aniq. Bizga bu kapitalizm hozircha bor 

                                                

132


 Uzoq kuttirmadi. Urdi ham. Lekin hozircha juda ayab, sekin urdi. Tavba qilmasa, hali boshqacha urishlari ham bor 

(2013 yil kuzi). 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

188 


yuzini ochib ulgurmagani uchun tiniq tanib bo‘lmayapti. Lekin ilk ko‘ringan 

alomatlaridan ham unga qisqa va lo‘nda ta’rif bersak bo‘ladi. Ya’ni: 



Kapitalizm – cho‘ntaklardagi yoki ko‘rpacha qatlaridagi birovning pulini 

nima qilib bo‘lmasin qo‘lga kiritish. 

Ammo pul bitta cho‘ntakda, unga tikilgan ko‘z va olaman deb cho‘zilgan qo‘l 

sonmingta. Nima qilish kerak? 

Olishning yovvoyi usuli – masalan, bozorlarda, vokzallarda, uchoq qo‘nalg‘alarida 

maxsus kiyim kiyib turvolib, cho‘ntagida puli bor yoki uzoqlarga borib pul ishlab 

qaytgan sho‘rlik vatandoshdan bironta “ayb” topib, cho‘ntagidagi bor pulini shilib 

olish. Shunday olinsin, tuyaning ustida it qopgan u manglayi sho‘r bor pulidan ayrilsa 

ham, sog‘-omon qutulganiga shukr qilib ketsin! Bu usul sal xunuk bo‘lsa-da, 

O‘zbekistonda keng tarqalgan va hamma o‘rganib ham qoldi. 

Birovning cho‘ntagidagi pulni olishning madaniy usuli – tungi klublar, 

qimorxonalar, kamputir o‘yinxonalari, uqalash xizmatlari... ochib sug‘urib olish. 

Lekin pul ishlashning eng katta yo‘li bozor qurish ekan. Uyingni sot, molingni sot – 

bozor och! Hech ish qilmasdan, zahmat chekmasdan, boshni ham qotirmasdan, 

birovning pulini olishning ham yovvoyi, ham madaniy usulini qo‘llab, birdan 

milyonchi boyga aylanasan! 

Toshkentda eng birinchi bo‘lib “Otchopar” (oddiy xalq tilida: “Ippodrom”) bozori 

ochildi. Boshida rosa erkin qo‘yib berildi: hamma o‘zi uchun ishladi va rosa boyib 

oldi. Keyinroq bozor havosini olib, oq bilan qorani ajrata boshlaganlar ko‘p ter 

to‘kmasdan ham pul ishlash mumkinligini bilib qolishdi. O‘zi uchun ishlab kelganlar 

endi boshqalar uchun ham ishlay boshladi. Birin-ketin yangi bozorlar ochildi. Birgina 

poytaxtning o‘zida “O‘rikzor”, “Abu Saxiy”, “Jomiy” (“Qorasaroy”), “Parkent”, 

“Qo‘yliq”, “Bek baraka”, “Bekto‘pi”, “Korzinka”... bozorlari ochildi. 

Bu bozorlardan tadbirkorlarga ijaraga joylar berildi. Berilmadi, pullandi. Ya’ni, 

ijaraga olish huquqi tadbirkorga “sotildi”. Oralatib, yangi tartib joriy etiladi deb u yer-

bu yeri ozgina o‘zgartirildi, yangi chiziq-chegaralar tortildi va shu joyning 

ijarachilariga ikkinchi marta pullandi. Ya’ni, ijaraga olish huquqi tadbirkorga “sotildi”. 

Keyinroq yana buzdi-buzaloq boshlandi, o‘rniga oq do‘konchalar qurib chiqildi va... 

necha yildan beri shu joyda savdo qilib kelgan tijoratchiga... uchinchi marta pullandi! 

Ya’ni, ijaraga olish huquqi tadbirkorga “sotildi”. Nihoyat, oxirida “Endi do‘konlarni 

xususiylashtirib olinglar!” deb tadbirkor to‘rtinchi marta shilindi! Xususiylashtirishga 

esa ikki xil baho belgilandi: davlatga so‘mda va ozroq, bozor egalariga AQSH 

do‘llarida va... u yog‘i tushunarli! Bu narsa kapitalizm bo‘lmay, nima?! 

Masalan, “Abu Saxiy” savdo do‘konlari ma’muriyati bu xil “tadbirkorlik”da 

hammadan o‘zib ketdi. Topqirlikda ham unga gap yo‘q ekan lekin! Bu yerda birovning 

cho‘ntagidagi pul nihoyatda ehtiyotkorlik bilan, asta-sekin, bosqichma-bosqich, pul 

egasini cho‘chitmasdan, rozi-rizolik bilan, egasi “o‘zi istab” ixtiyoriy berayotganday 

ko‘rinishda, silliqlab olinadi. Buning tartibi bunday: 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

189 


Oldin 25-30 kv.m.li zamonaviy do‘konchalar quriladi. Shartnoma asosida ijaraga 

beriladi deb rosa targ‘ib qilinadi. Ijara puli oyiga 150000 (bir yuz ellik ming) so‘m 

(oshib-oshib hozir 1000000 (bir milyon) so‘mga chiqqan. – N.M.R.) qilib belgilanadi. 

Tijoratchi tadbirkor ishqiboz bo‘lib keladi. Ishqibozning qulog‘iga sekin: “To‘g‘ri, 

ijara puli shuncha, lekin ijaraga olish imkoniga ega bo‘lish uchun ozgina chiqimi bor. 

Bo‘lmasa, talabgor ko‘p...” deyiladi. 

Tijoratchi qachondan beri bozorda ishlaydi, pishib ketgan, to‘g‘ri tushunadi. 

“Qancha?” deydi. Joylashgan yeriga qarab bitta do‘kon yigirma ming do‘llardan tortib 

yigirma besh ming do‘llargacha (bu narx 2009 yillardagi gap, hozir qanchaga 

oshganini bilmayman. – N.M.R.) ekanini bilib oladi. 

Chamalaydi. Do‘kon tezda chiqimini oqlashini bilganidan, rozi bo‘ladi.  

Shunday qilib, ijara haqi davlat ko‘ziga 150000 so‘m qilib belgilangan do‘kon 

uchun bir tijoratchi oldin naq 25000 (yigirma besh ming) do‘llarni tavakkaliga “havoga 

berib” (nimaga deganda, u pulni berganini bildiradigan hujjat olmaydi, kimning 

cho‘ntagiga qarab ketishini ham bilmaydi!) “ijaraga olish huquqini qo‘lga kiritishi” 

kerak! 


Nihoyat, do‘konga erishdi. Ishni boshladi. Qo‘liga pul kirib, do‘kon olishda 

sarflagan “ustama pulini” (bergan porasini) endi chiqarib, yuzi kulib, ovozini ko‘tarib 

dangal-dangal gapira boshlagan bir paytda... do‘konlarni xususiylashtirish kerakligi 

haqida yangi gap chiqadi. 

To‘g‘ri, bitta do‘konni xususiylashtirishga davlat uchun belgilangan narx 

do‘konning katta-kichikligiga qarab besh yo olti milyon so‘m (o‘sha kunlari 2500 

do‘llar tevaragida. – N.M.R.), lekin u yog‘i... o‘zingizdan qolar gap yo‘q... Uning 

ustiga, sizning “narusheniya”ngiz ko‘p, xususiylashtira olmay qolishingiz ham 

mumkin. Xo‘p, qancha? Ustiga 15000 (o‘n besh ming) do‘llar berasiz! Har bir do‘kon 

uchun xususiylashtirish narxining “do‘ppichasi” (porasi) shuncha! 

Tijoratchilar dod deb yuborsa kerak, deb o‘ylagan edim. Kimsa g‘iq etmadi! Talab 

qilingan pulni o‘z ixtiyori bilan yana “havoga berdi”, do‘konini xususiylashtirdi. 

Davlat bilib qolsa, bu qiliqchilarning kunini ko‘rsatvorsa kerak deb kutgan edim.  

Ko‘rib, bilib turibdi. Davlat ham g‘ing demadi! 

Bitta “Abu Saxiy” tarmog‘ining o‘zida nechta do‘kon bor-u!!! Shunchani 

shunchaga ko‘paytiring. Aqlingiz shoshadi. Birpasda-ya! Imi-jimida-ya! Shuncha pul! 

Yuzta do‘kon bo‘lsa, 1500000 (bir milyon besh yuz ming), ikki yuzta do‘kon bo‘lsa, 

naq 3000000 (uch milyon) do‘llar! AQSH do‘llari! 

Tijoratchi pul topishi kerak, bola-chaqasini boqishi kerak, uning ustiga boy 

bo‘lmoqchi, bozordan boshqa yerda ish ham yo‘q, ishlayolmaydi ham, shu uchun 

orqasi kirligini bilib tursa-da shuncha chiqimni bo‘yniga olib, “mutasaddilar” talab 

qilgan porani berishga ixtiyoriy majbur. Va berdi. Va ishini davom ettirib yuribdi. 

Yana qachon qanaqa “yangilik” chiqib qolarkan, degan xavotirda, har ehtimolga 

qarshi, “qora kunga” deb to‘plab ham boryapti. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

190 


Men sira tushunmayotgan, aqlim yetmayotgan tomoni – bu ishlar kuppa-kunduzi, 

minglab odam ko‘zi o‘ngida, bozorning qoq markazida, hatto “Abu Saxiy”ning bosh 

idorasida qilinyapti; do‘llarlar bemalol sanab olinyapti. Ammo... yer tagida ilon 

qimirlasa biladigan, hatto qop-qorong‘i uyga yashiringan tim-qora mushukni ham ko‘ra 

oladigan maxsus tashkilotlar bu ishlarni “ko‘rmayapti”, “bilmayapti”!!! Bir dindorning 

hatto ko‘nglida yashirin imonini ko‘rib oborib qamayapti, dinini-imonini yutgan 

jinoyatchilarning ochiq jinoyatini esa, “ko‘rmay” bemalol qo‘yib beryapti! 

Biladi – nima qipti?!. Ko‘rib turibdi – nima qipti?!. Baribir hech narsa qila olmaydi. 

Chunki ko‘cha-ko‘yda yurgan gaplarga qaraganda, “Abu Saxiy” savdo to‘plami 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kichik Xonim Malikaga (aytishlaricha, “etimparvar” Lolaxon 

Karimovaga) qaraydi. O‘shaning tomorqasi hisoblanadi. U “Zoti Musharrafa” bu bozor 

loyihasini bir zamonlar Birlashgan Arab amirligidagi sheriklari bilan birgalikda 

“chizgan” va quruvchisi bo‘ladi (“Abu Saxiy” deb arabcha nomlanishi ham balki 

shundandir. O‘zbekchada “Saxiyning otasi” ma’nosini beruvchi bu birikma 

Amirlikdagi sherikning laqabidan olingan bo‘lsa ehtimol. Mayli, u yog‘i bizning 

ishimiz emas. Diqqatimizni tortgani – pul topib imlo topmagan ucharlar kirilchada 

nimagadir ikki so‘z o‘rtasiga chiziqcha qo‘yib, “Abu-Saxiy” deb yozishyapti). 

Endi tushunarli bo‘lgandir? 

“Abu Saxiy”ga hozircha hech qanaqa tashkilotning kuchi yetmasligiga yana bir 

dalil 2012 yil ramazonida o‘rtaga chiqdi. “Abu Saxiy”ga yaqin yerda, halqa yo‘lning 

shundoq narigi tomonida joylashgan idish-tovoq bozori mutasaddilari ham 

qo‘shnilarining tadbirkorligiga havasdanmi, yutuqlaridan ruhlanib ketibmi, xuddi shu 

kabi “xususiylashtirish tadbiri”ni o‘tkazishdi. Rosa pul ishlashdi. Lekin uzoqqa 

borisholmadi. Kimdir sotib qo‘ydi shekilli, ularni davlat bosdi. Jinoyatlarini ochib 

tashladi. Televizorda ko‘rsatdi. Bo‘ron turdi. Dovul turdi. Odamlar, ana adolat, dedi. 

Lekin halqa yo‘lning bu tomonidagi “Abu Saxiy”ga bu to‘s-to‘palangning changi ham 

urmadi. 

 Bir-birda o‘ylab qolaman: balki bu ishlar oddiy holdir, balki men bekorga 

jig‘ibiyron bo‘layotgandirman, kapitalizm deganlari o‘zi aslida shudir, deyman. 

Bilmadim tag‘in. Bunaqa ...izmni hech tanib bo‘lmayapti. 

 

O‘n uchinchi shox: Bo‘yoqchilik 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling