Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

198 


yomonliklari nimada edi – atroflicha yoritilmayapti. Go‘yo tariximizda yetmish yillik 

bir davr mutlaqo yo‘qday. 

8. O‘rischa “sovet” so‘zi bilan arabcha “sho‘ro” so‘zining ma’nosi teng yoki bir-

biriga juda yaqin – “maslahat”, “kengash” ma’nolarini beradi. Ikkalasi ham tagi 

o‘zbekcha emas, ammo “sho‘ro” necha asrlardan beri qo‘llab kelingani uchun 

o‘zbekchalashib ketgan. Sovet hokimiyati o‘rnatilgan ilk yillari tilimizda bu 

hukumatning nomi “sho‘ro” deb atalardi. Bora-bora o‘rislashtirish siyosati oqibatida 

atamalar o‘rischa-baynalmilalcha shaklda yozishga majbur qilindi. Natijada “sho‘ro” 

yana “sovet”ga aylandi va necha yillar “Sovet Ittifoqi”, “Sovet hukumati”, “Sovetlar 

mamlakati”, “sovet xalqi” deb onglarimizga singdi. Oldin kuchimiz yetmagan ishlarga 

“mustaqillik”dan keyin... nimagadir faqat “sovet” so‘zini o‘zbekchalashtirishga 

kuchimiz yetib, uni birdan “sho‘ro” deb atay boshladik. Go‘yo milliylikka qaytdik. 

Lekin bu milliylikka qaytish emas! Chunki ayni shu kabi masalalarda juda nozik ruhiy 

holat bor: ellik-oltmish yil u davrni “sovet” deb maqtab keldik, endi so‘kish navbati 

kelganida “sho‘ro” deb so‘kyapmiz! “Sovet” suvdan quruq chiqdi, aslida juda chiroyli 

“sho‘ro” so‘zi baloga qolib o‘tiribdi. Ilgaridan “sho‘ro” deyilganida ham mayli edi. 

Mayda narsaga o‘xshaydi, lekin mening qat’iy ishonchimga ko‘ra odamlarning, kelajak 

avlodning ongini chalg‘itishda, tarixiy xotirasini buzishda, tarixni unuttirishda shu 

birgina, shu kichikkina “o‘zgarish”ning ham ta’siri juda ulkandir. 

9. Bo‘lg‘usi voqeani biron tadbir ishlatib chetlab o‘tsa bo‘lar, ammo o‘tilgan tarixni 

endi o‘chirib bo‘lmaydi. U o‘tdi. Xalq yo vatan tarixining bir bo‘lagiga aylandi. 

Tamom. Xohlaymizmi-yo‘qmi, uyalamizmi-yo‘qmi, endi undan qochib 

qutulolmaymiz. Shuning uchun ilm uni bor bo‘yicha, bor holicha o‘rganishga, yaxshi 

bo‘lsa ham, yomon bo‘lsa ham ibrat ruhida talqin etishga majbur. Hech bo‘lmaganida, 

ilm aniq faktlarni aytadi, xulosani har kim o‘z qarichi bilan o‘lchab-chiqarib olaversin. 

O‘zbekistonda keyingi yigirma yildan beri o‘rtadan o‘ris-sovet qo‘l ostida bo‘lgan 

davrimizni o‘chirib tashlashga harakat qilinyapti. Kutubxonalardan u davrga tegishli 

gazet-jo‘rnollar, kitoblar, Marks, Engels, Lelin va barcha lelinchilarning asarlari 

yo‘qotib yuborilyapti. Hatto daraxtlar kesilyapti, shaharlar qiyofalari o‘zgartirilyapti, 

rang-baranglikdan voz kechilib, bitta sariq rangga bo‘yalyapti. Tarixiy xotirada katta 

bir bo‘shliq paydo qilinyapti. Omma e’tibori ko‘proq bitta davrga – sariq “mustaqillik” 

davriga qaratilyapti. Unaqada “mustaqillik”dan bu yog‘ida tug‘ilgan yoshlarda qanaqa 

tarixiy xotira shakllanadi? 

Kitobdan nega qo‘rqamiz? Bolalarimiz bu kitoblarni o‘qisa, uzoq-yaqin tarixini 

o‘rgansa, u zamonni bu zamonga solishtirsa, teran xulosalar chiqarsa, kelgusida yana-

tag‘in o‘zgalar qo‘lida mustamlaka bo‘lib qolmaslik chora-tadbirini ko‘rsa, xalqimizga 

va davlatimizga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqlar ishlab chiqsa, qaytaga yaxshi emasmidi?! 

Ma’naviyati butun, dunyoda hech bir xalqdan kam bo‘lmagan millat hatto 

dushmanining asarlaridan ham foyda chiqara oladi. Kutubxonasi tokchalaridan irg‘itib 

                                                                                                                                                               

dedi. Ikki marta so‘zimni bo‘lib shunaqa “tuzatish” qilganidan keyin kayfiyatim tushdi va... suhbatdan ko‘nglim to‘lmadi. 

Ketayotib, iloji bo‘lsa, bu suhbatni radioda bermanglar, deb ketdim. Ammo, afsus, e’lon bo‘libdi. Eshitmadim ham. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

199 


tashlamaydi, kechagi kuniga tegishli kichkinagina dalil-hujjatni ham arxivlarida 

to‘lasicha saqlaydi. Afsus, uzoqni ko‘rmay yuritilgan siyosat orqasida viloyat, tuman, 

shahar, qishloq kutubxonalaridan ular izi quritildi: yondirildi, kuydirildi, qiymalab 

yuborildi. SSSR tugab bitishi arafalari, undan keyingi ilk yillari-ku, o‘sha paytdagi 

Davlat xavfsizligi qo‘mitasi xodimlari aytishicha, tajribasizligimiz oqibatida va “qayta 

qurish”u “mustaqillik” taloto‘plarini fursat bilib, Turkistonda SSSR yuritgan 

mustamlakachilik siyosatini ochadigan juda ko‘p arxiv hujjatlari O‘rusiyaga tashib 

ketildi. O‘shanda boyligimizni – tariximizni o‘g‘irlatib bir boy bergan bo‘lsak, keyin 

qolgan-qutganini o‘z qo‘llarimiz bilan yo‘qotib tamoman boy berdik. 

10. Tibbiyot ilmi “yuksalib”, naslni cheklash uchun ayol-qizlarimiz bolaqorni 

majburiy yuvib (sterillab) tashlanayotganidek, tarix “ilmi” ham yigirma yildan beri 

xalqning tarixiy xotirasini yuvish bilan ovora. Iloji bo‘lsa, hamma tarix o‘chirilib, bitta 

shu yigirma yillik tarix qolsa va kelgusi avlod ko‘proq shu davrni o‘rgansa. 

Tarixiy xotirasi yuvilgan millatning kelajagi ham yo‘q. Bu degani, bugun tarix bor 

bo‘yicha o‘rganilmasa va bor bo‘yicha o‘qitilmasa, tarixga qo‘shilib kelajak ham rasvo 

bo‘ldi deganidir. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” deyilarkan, ko‘zlar yiltirab, quvlarcha 

jilmayib qo‘yilishining siri shu yerda. Siyosatga qurbon etilgan tarix “ilmi” bu 

“hikmatli so‘z”ga tahorat olib, uni har ishining “bismilloh”i va “alhamdulilloh”iga 

aylantirib olgan bir choqda kimlardir tahoratini bu “hikmat”ning ustiga ushatib ketgani 

bilindi. 

11. Tarixdan, tarixiy biron haqiqatdan qo‘rqish bilimsizlargagina xos. Lelinning 

haykallarini maydonlardan olib tashlagan bilan, ko‘cha va joy nomlarini 

milliylashtirgan bilan, “Sovet O‘zbekistoni”ni “O‘zbekiston ovozi” deb o‘zgartirgan 

bilan... millat va davlat mustaqil bo‘lib qolmaydi. Sovet davrini eslatadigan hamma 

narsani o‘chirib ham sovet odami bo‘lib qolaverish mumkin. Aksincha, “SSSR xalq 

artisti” yoki “SSSR Davlat mukofoti laureati”, “Sovet Ittifoqi qahramoni” kabi 

xotiralarni o‘chirmasdan ham mustaqil bo‘laverish mumkin. Masalan, O‘rusiya o‘zi 

ham qolgan o‘n to‘rt respublika kabi 1991 yil avgusti-sentabirida sovetdan qutuldi ‒ 

mustaqil bo‘ldi. Bugun uning oti “Rossiya Federatsiyasi”dir. Lekin kechagi tarixini bir 

boshdan yuvib tashlamadi. Bir sportchi o‘z vaqtida “SSSR chempioni”, o‘yinchi 

“SSSR artisti”, askar “Sovet Ittifoqi qahramoni” (va h.k.) bo‘lgan bo‘lsa, hali ham 

shunday atalyapti, bu bilan O‘rusiyaning mustaqilligi yeyilib qolgani yo‘q. 

To‘g‘rirog‘i, bizdan ko‘ra mustaqilroqdir. 

Ya’ni, tarix boshqa, siyosat boshqa demoqchimiz. Tarix bor bo‘yicha 

o‘rganilaverishi kerak. Bugungilar tarixning bitta bo‘ldagini o‘chirsa (yo o‘zgartirsa), 

ertaga boshqalar boshqa bo‘ldagini o‘chirsa (yo o‘zgartirsa), bora-bora tarixdan nima 

qoladi? Mustaqilligimiz agar chinakam bo‘lsa, davlat kechagi kunidan qo‘rqmasligi 

kerak. 


Yana aytamiz: o‘ziga ishongan xalq, o‘ziga ishongan davlat va o‘ziga ishongan 

boshliq hech qachon o‘zgacha fikrdan qo‘rqmaydi. Aksincha, o‘zgacha fikrlardan kuch 

oladi va yanada qudratli bo‘ladi. Xuddi Amir Temur va u qurgan davlat kabi! 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

200 


 

O‘n beshinchi shox: “Andijon polkasi” 

 

Bolaligimizda shu nomda bir sho‘x musiqa bo‘lardi. To‘ylarda, paxta dalalarida, 

so‘ngra askarlikda... rosa yer tepib o‘ynardik o‘ziyam. 

Ichimizga sig‘may yotgan butun kuch-g‘ayratimizni o‘z o‘rniga 

ishlatolmaganimizdan keyin o‘yinga sarflar edik-da! 

O‘zbek o‘g‘loni ekanimizni, yovqur ruhimizni tevarakka shu musiqaga o‘ynab 

ko‘rsatardik. 

Sirklarda hayvonlarni o‘ynatuvchining qo‘lida uzun qamchi bo‘ladi-ku? Xuddi 

shunaqa bir ko‘rinmas qamchi ko‘rinmas bir “o‘ynatuvchi” qo‘lida boshimiz uzra guv-

guv havoni kesib silkitilgan sari biz bu polkaga o‘ynayverardik, o‘ynayverardik...  

Bir necha yil burun Andijon viloyati paxta ekish bo‘yicha bir yangilik yaratib, 

mamlakatga dong taratdi. Birpasda hammaning tilida “Andijon tajribasi” degan jumla 

aylana boshladi. Bu tajriba boshqa viloyatlarga ham o‘rnak qilindi. Matbuot yozgani 

yozgan, tele-radio gapirgani-gapirgan, boshliqlar minbarlarda hayqirgani-hayqirgan 

edi: “Yashasin Andijon tajribasi!.. Andijon tajribasidan o‘rnak olinglar!..” 

Biz endi yangi zamonning bu “polkasi”ga o‘ynay boshladik. Yanada shiddat bilan, 

oyoqlarimizni yanada qattiq tepib! 

2005 yildan boshlab bu viloyat “Andijon voqeasi” bilan ham mashhur bo‘ldi. 

Nafaqat O‘zbekistonga, butun dunyoga nomi yoyildi. 

“Andijon voqeasi” deb tag‘in ham juda yumshoq aytilgan, aslida, 2005 yil 13 may 

kuni Andijon shahrida ommaviy qirg‘in bo‘ldi. Chet el OAV yozishicha, eng kamida 

mingdan ortiq tinch aholi otib o‘ldirilgan. Voqea ichida bo‘lganlar o‘lganlarni undan 

ham ko‘p deydi. Hukumat o‘lganlarni yuzdan ortiq, ikki yuzga yetmaydi dedi. Biz 

hozircha anig‘ini bilmaymiz. Lekin guvohlarning shivir-shiviridan ular juda ko‘pligini 

taxmin qila olamiz

135


Xo‘p, mingta emas, hukumat aytganicha ikki yuzga yaqin kishi o‘ldi deylik. Nima, 

ikki yuz odam kammi?! He yo‘q-be yo‘q ikki yuz kishini o‘ldirib yuborsa 

bo‘laveradimi?! Ular odammasmi?! O‘ldirilganlar soni ellikta, qirqta, o‘ttizta, 

yigirmata... yo hatto o‘nta bo‘lmaydimi! Ular shafqatsizlarcha o‘ldirildi, nimaga 

o‘ldirilganlarini bilmay ketdi sho‘rlik o‘zlari! Shuning uchun u dahshatli voqeani 

bemalol “Andijon qirg‘ini” desa birovning haqi ketmaydi. 

Xalq ham, muxolifat ham, dunyo afkor ommasi ham “Tinch aholi edi”, deydi. 

Davlat “Terrorchilar, akromiylar edi”, dedi. 

Bir tomon: “Sud-purkuratura tizimidagi adolatsizlik va haqsizliklar, mamlakatdagi 

iqtisodiy qiyinchiliklar xalqni ko‘chaga chiqishga majbur qildi”, desa, ikkinchi tomon: 

                                                

135

 Toshkent viloyatiga qarashli Tuzel qishlog‘i yaqinida ilgari Toshkent samolyotsozlik zavodi ishlab chiqqan yuk 



uchoqlari uchadigan aerodrom bor. Shu aerodrom tevaragida yashaydigan ayrimlar aytishicha, Andijon qirg‘inidan 

keyingi kunlar o‘nlab “Tez yordam” moshinasi tinimsiz o‘lik va yaradorlarni tashigan. Toshkentga olib kelingani buncha, 

yana Andijonning o‘zida qolgani qancha, qo‘shni viloyatlarga tarqatilgani qancha! Qarang: 

http://dunyouzbeklari.com/archives/135912

 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

201 


“«Akromiylar» nomidagi qanaqadir ekstremistik diniy oqim odamlarni gij-gijlab, pul 

berib, konstitutsion tuzumga qarshi oyoqlantirdi”, dedi. 

O‘zbekiston xalqi bo‘lsa, o‘rtada xayoli sochilib, ongi qorishib-chaplashib, hech 

narsaga tushunmay qolaverdi. 

Bu qanaqa tortishuv: ular nechtaligining yo kimligining nima ahamiyati bor?! Ular 

eng birinchi galda odam emasmidi?! 

Andijonda bu gal suvqog‘oz ostiga chigit ekilmadi, hammaning ko‘zi o‘ngida 

yuraklarga, miyalarga ajal o‘qlari ekildi! Shahar maydoniga paxta xirmoni uyulmadi, 

odam o‘ligidan xirmon uyuldi! Ayol, bola, chol, kampir o‘ldi! Xalq o‘ldi! Chol qanaqa 

terrorchi?! Kampir qanaqa akromiy?! Bola-chi, ayol-chi – ularning nimasi jangari?! 

Xo‘p, agar chindan ham “akromiy” yo “jangari” bo‘lsa, sudsiz-hukmsiz otib 

yuborsa bo‘laveradimi?! Nimadandir norozi bo‘lsa kerak, jonini tikib ko‘chaga 

chiqqan. Har kuni davlat mingta og‘zi bilan bu zamonni eng dorilomon zamon deb 

kuylamasin, hayotimizni farovon deb tinimsiz sayramasin, chin ahvol ular 

aytayotganichalik emasligini O‘zbekistonda yosh bola ham biladi. Zamon dorilomon 

bo‘lsa, hayot farovon bo‘lsa, xalq ko‘chaga chiqarmidi?! 

Akrom Yo‘ldosh kim o‘zi? Eshitishimcha, bir vaqtlar “Hizbut tahrir”ga qo‘shilgan, 

keyin undan ajralgan. Boshqa tafsilotini bilmayman. Ammo dinda oqim chiqara 

oladigan darajada olim emasligi aniq. Juda nari borsa, omadli bir tadbirkor! Hech 

qanaqa oqim yaratgani yo‘q. Yarata olmaydi ham! 

Uni yoqtirganlar, undan yaxshilik ko‘rganlar o‘ntadir, yuztadir, uni haqsiz qamaldi 

deb hisoblaganlar davlatdan adolat istab ko‘chaga chiqqandir. 

Lekin ulardan tashqari minglab kishi-chi? Ularni ko‘chaga yetaklagan narsa nima?! 

Ichkaridagi zulm, adolatsizlik, qalbakiliklardan va tashqaridagi qullik, 

mardikorchiliklardan ko‘rilgan xo‘rliklar orqasida nafaqat Andijonda, balki butun 

vodiyda, nafaqat vodiyda, balki butun mamlakatda ommaviy norozilik kayfiyati asta-

sekin kuchayib borayotgan edi. Hatto g‘alayon ehtimoli yetilib kelayotgan, bir kunmas-

bir kun bu norozilik yuzaga chiqib ketishi tayin bo‘lib qolgan edi. Buni davlat 

anchadan beri sezib, xavfsirab kutayotgan, nimadir chora axtarib payt poylayotgan edi. 

Andijon qo‘zg‘oloni “yaxshi” bir bahona bo‘ldi. Davlat ozgina bo‘shlik qilsa, 

qo‘zg‘olonchilarning talabiga yursa, bundan ruhlangan butun vodiy, nafaqat vodiy, 

balki butun mamlakat harakatga tushib qolishi turgan gap edi. Hokimiyat qo‘ldan 

ketishi muqarrar bo‘lib qoldi. Namoyishchilarni hech o‘ylab o‘tirmay, sira ikkilanmay, 

shafqatsizlarcha otib tashlashga qaror qilinishining eng asosiy sababi shu! 

Qamoqxonalarga hujum... Jinoyatchilar chiqarib yuborilishi... Qurol-yaroqqa 

bosqin... Odamlarga qurol tarqatilishi... Hokimiyat binosining bosib olinishi... kabi 

jiddiy voqealar, guvohlar aytishicha, maxsus yetishtirilgan odamlar amalga oshirgan 

amaliyotlardir. Bu haqda o‘sha kunlariyoq chet OAV xabarlar tarqatdi. 

Yetilib kelayotgan ko‘r g‘alayonni boshlang‘ich nuqtasidayoq bostirib yuborish 

uchun qattiqqo‘llik va shafqatsizlik ko‘rsatilishi lozim edi, ko‘rsatildi va haligi “ishlar” 

bu shafqatsizlikni oqlash uchun oldindan tayyorlangan izohlar edi. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

202 


Nimaga bu ehtimolni hisobga olmasligimiz kerak? 

Mamlakatda “16 fevral”ni uyushtirib elini-yurtini qonga botirgan davlatga  

Andijonda “qamoqxonaga hujum va qurol-yarog‘ni egallash” voqeasini ham 

uyushtirish cho‘t emas, albatta. U og‘irini qilgan bu yengilini ham qila oladi. 

Bu ishni g‘alayonchilar qilishi ehtimoli yuzdan birga ham teng emas. Chunki 

aytilayotgan u qamoqxona ilgari Sovet Ittifoqida, so‘ngra O‘zbekistonda eng qattiq 

qo‘riqlanadigan qamoqxonadir. Faqat davlat o‘zi signal tizimini ishdan chiqarib, 

darvozalarni ochib bermasa, chekkadan birov u yerga qadam bosa olmasligi aniq edi. 

Ha, Andijonda rosmana bir “tajriba” qilib ko‘rildi. Nafaqat andijonliklarga, balki 

butun vodiyliklarga, nafaqat vodiyliklarga, balki butun O‘zbekiston xalqiga o‘ziga xos 

bir ishora qilindi: “Diqqat, ko‘zingni och, noroziligingni ichingdan tashingga chiqarar 

ekansan, boshingga mana shu kun tushadi!” deyildi. 

Chindan ham, butun O‘zbekiston xalqining dami ichiga tushib ketdi. Davlat 

niyatiga yetdi: yaqin kunlarda boshiga tushajak juda ko‘p palakatlarning oldini ola 

bildi! 

Andijon qirg‘ini davlatga ham, xalqqa ham ulkan tajriba bo‘ldi. Xalq kamida yana 



yigirma yilcha sasini chiqara olmaydigan bo‘lib qoldi. Paxta bilan boshlangan tajriba 

qirg‘in bilan yakuniga yetdi. Paxta yetishtirishda erishgan yutuqlari uchun 

minnatdorligini davlat andijonliklarga ommaviy qirg‘in bilan bildirdi! 

Yana bir bor, lekin endi hol tili bilan: “Andijon tajribasidan o‘rnak olinglar!” 

deyildi. Xalq birato‘la ko‘p o‘rnak oldi. 

Ya’ni: 


Birinchi o‘rnak: davlatga qarshi isyonning oqibati mana shunaqa bo‘ladi! 

Ikkinchi o‘rnak: ey norozilar, g‘ing deb ko‘rgin, davlat rahm-shafqat qilib 

o‘tirmaydi – qirib tashlaydi! 



Uchinchi o‘rnak: davlat istasa, “Bizning eng katta boyligimiz – mehnatkash 

xalqimiz”, deb bong uradi, istasa, mehnatining va insonligining qadrini so‘rab 

ko‘chaga chiqqan xalqni “oqimchi”, “terrorchi” deb yuboraveradi! 

To‘rtinchi o‘rnak: bu yoqdagilar ham sodda, go‘l – o‘lganlar oqimchilar edi desa, 

xuddi ular odam emasday, qirilishga mahkumday, achinish tuyg‘usi uyg‘onmaydi. Bot-

bot aldanib qolaveradi. 

Beshinchi o‘rnak: xalqdan chapak va obro‘-martaba lozim bo‘lganida, “Belimizga 

qiyiq bog‘lab xalqimizga xizmat qilamiz!” deb og‘iz ko‘pirtirib maqtanadigan ayrim 

“adib”lar sotqin, vijdonsiz chiqdi. Chorasizlikdan haq-huquq talab etib ko‘chaga 

to‘kilgan xalqni bir Qahramon shoir “olovga o‘zini uradigan ahmoq parvona” desa, 

boshqa bir adib ularni “sho‘rva betidagi ko‘pik”ka o‘xshatdi! 

Ya’ni, Qahramon shoir: o‘limiga parvonaning o‘zi aybli, o‘t bilan o‘ynashdi, 

demoqchi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi adib: sho‘rva betiga to‘planadigan kir ko‘pikning bir 

chaqalik qiymati yo‘q, uni qancha ko‘p suzib tashlasangiz, sho‘rva shuncha mazali-

toza bo‘ladi, dedi. Qanchadan-qancha gunohsiz-aybsiz odam bekordan-bekor o‘lib 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

203 


ketgani, o‘lganlardan ancha-munchasi ayol va bola ekani bu “gumanitar”larning esiga 

kelmadi, bir tuki qilt etmadi! 

Va hokazo. 

Vijdonlar qiynalishi, dod deb yuborishi o‘rniga bundayin alay-balay 

mulohazalarimiz ichimizdagi qo‘rqoqning, “ichimizdagi xoin”ning (Shavkat Rahmon 

iborasi) og‘zidan chiqayotganga o‘xshaydi. Qo‘rqoqligimizni, xiyonatimizni bu kabi 

ojiz mulohazalar panasiga yashirmoqchi bo‘layotgandekmiz. 

Ajab, shu holda ham ‒ ko‘zlarimizga yosh, yuraklarimizga zardob to‘lganiga, 

dardimiz ulkan ekaniga qaramay, davrani hech bo‘shatgimiz yo‘q: dunyoni unutib, 

o‘zimizni ham unutib, yer tepib, hamon “O‘zbekiston polkasi”ga o‘ynab yotibmiz.  

Chaluvchisi yangi bo‘lgani bilan musiqa o‘sha eski, o‘yin o‘sha eski... 

 

O‘n oltinchi shox: Bo‘rdoqilar 

 

Amir Temur (sobiq “Inqilob”) xiyobonidan boshlangan katta yo‘l Pushkin 

haykalining tumshug‘iga tegib-tegmay ikkiga ayriladi. Prezident ishxonasidan 

Do‘rmondagi qarorgohiga borayotib shu yo‘ldan o‘tadi. Taqdir ekan, men ham 

ishxonamdan uyimga shu yo‘ldan kelaman. Faqat, Prezident bilan mening yo‘limiz 

ikki bekat teparoqda ‒ metroning Hamid Olimjon bekati ustida qo‘shiladi va Pushkin 

maydoniga kelganida ajraladi: prezident chapga yurib Do‘rmonga ketadi, men o‘ngga 

burilib eski Shastri mahallasidagi kulbamga boraman (xayriyat kulbam o‘ng tomonda, 

deb qo‘yaman ko‘pincha shukr qilib). 

Sovet davrida Inqilob xiyoboni qoq o‘rtasida sersoqol “dohiy” Karl Marksning 

ulkan bosh haykali bo‘lardi. U o‘zidan bir yarim chaqirimcha oldindan yer olgan Lelin 

haykaliga qarab turardi. Marks boboydan bir yarim chaqirimcha orqaga, xuddi “dohiy” 

ortidan ergashib borayotganday bo‘lib esa Pushkin haykali viqor bilan qo‘nqayib 

turibdi: ikki qo‘l orqada, oldga tashlangan chap oyoq oliftalarcha xiyol bukilgan... 

Yaqin-yaqinlargacha Pushkindan bir yarim chaqirimcha orqada hassasining uchini 

yerga do‘qillatib buyuk proletar yozuvchisi Maksim Gorkiy ham mag‘rur turardi. 

Xullas, Lelindan boshlab Gorkiygacha bir chiziq tortilsa, bu to‘rt haykal timsolida 

Turkiston tuproqlari O‘rusiya-sovet mustamlakasi ostida ekanining o‘ziga xos bir 

ramzini ko‘rsa bo‘ladi

136


Mayli, chalg‘imaylik, asosiy gapga o‘taylik. 

Shu Pushkin haykalining chap biqinida sovet davrida Umumqo‘shin harbiy bilim 

yurti bo‘lardi. Sovet armiyasining Turkiston harbiy okrugiga qarardi. Piyoda 

qo‘shinlariga ofitser yetishtirib berardi. 

Bilim yurti hozir ham bor. Faqat, endi uning egasi O‘zbekiston respublikasi 

Mudofaa vazirligi, nomi esa “Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim 

                                                

136

 Bugun bu to‘rttala haykal ham aytilgan yerlarida yo‘q ‒ Marks bilan Lelin o‘rab-netilib biron ovloq omborda har 



ehtimolga qarshi saqlanayotgan bo‘lsa kerak, bu ikki “dohiy”dan keyin Gorkiy ko‘zdan panaroq Rus tili va adabiyoti 

institutining hovlisiga tikka qilib qo‘yildi, oxirida (2015 yili) Pushkin ham To‘qimachilar saroyi oldiga ko‘chdi. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

204 


yurti”dir. Albatta, davlatga ham, xalqimizga ham juda kerakli, juda muhim bilim yurti. 

Qo‘shinlarimizga aqlli, dono, vatanparvar, xalqparvar qo‘mondonlar doim kerak. 

Ichkarida nimalarni o‘qitishadi, zobit bo‘lishni istagan bolalarimiz ongiga qanaqa 

mafkurani singdirishadi, nima yegizdirishadi-nima ichkizishadi ‒ bularni biz 

o‘tkinchilar uncha bilmaymiz, ichkaridagi hol bizga qorong‘u. Katta yo‘ldan, bilim 

yurtining old tomonidan u yoqqa-bu yoqqa o‘tarkanmiz, bu ishlarga burnimizni 

suqmaymiz. Shunisi g‘alvasiz. 

Burnimizni suqmas edik, lekin xom sut emgan qulmiz-da, ichimizda bir narsa hech 

tinchlik bermay: “Old tomonini ko‘p ko‘rdik, orqasi qanaqa bo‘lsa ekan?” deb 

jikillayveradi. 

“Orqa” ‒ sirli, jozibali diyor! Doim o‘ziga tortib turadi. Nimaga? Chunki ko‘pincha 

asosiy ishlar “orqada” qilinadi. Orqada gap ko‘p. Oldga niqob tutilgan bo‘lishi 

mumkin, lekin orqa doim ochiq bo‘ladi. Old ‒ mehmon kutayotgan mezbonning 

charaqlab turgan yuzi, orqa ‒ oshxona, molxona, hojatxona. Old doim supurilgan-

sidirilgan bo‘ladi (har onda mehmon kelib qolishi mumkin-da!), asl holatni ko‘pincha 

orqa ko‘rsatadi. “Old” o‘tgan-ketganning ko‘zini quvontiradigan qilib qo‘yiladi, “orqa” 

orqada qolib ketaveradi. 

Odam nuqul katta va tekis yo‘llarda yuravermay, birda-yarim orqa tomonlarga ham 

o‘tib turishi kerak ekan. Oldda hech ko‘rmaganingiz asl haqiqatlarni ko‘rvorasiz 

orqada!  Ko‘rmasangiz, bilmaysiz, bilmasangiz, burningizni tortib yuraverasiz. 

O‘zimning boshimdan o‘tdi. 

Harbiy bilim yurtidan Toshkent Kichik halqa yo‘li bo‘ylab eski ToshMIga qarab 

picha yursangiz o‘ngda ko‘rimsizgina Asaka ko‘chasi keladi. Bilim yurtining orqa 

darvozasiga va sal naridagi mahallalarga shu ko‘chadan boriladi. Ko‘cha boshida chap 

qo‘ldagi birinchi, ikkinchi temir darvozalar shu bilim yurtiga tegishli: birinchisiga 

qanaqa muassasa ekani yozilmagan, ikkinchisi harbiy jangovar moshinalar turadigan 

garaj deb qo‘yilibdi. Ko‘p ko‘rganman: birinchi darvoza doim yopiq turadi. 

Moshinada kirachilik qilib yurgan edim, bir harbiy mijozim yo‘lni shu yoqqa 

boshladi. Burildim. Qarasam, doim yopiq turadigan sirli darvoza nimagadir bugun lang 

ochiq; ikki askar bola ko‘cha supuryapti. 

Tabiiy, sekinladim. 

Shu palla ichkaridan bitta turqi sovuq, tanasi iflos cho‘chqa chiyillab otilib chiqib 

qolsa bo‘ladimi! Boyagi ikki musulmon askar supurgisini tashlab uning oldini 

to‘sishga chopdi. Cho‘chqa darvozadan uzoqlamasidan qayirib ichkariga hayday 

boshlashdi. Bolalardan bittasi jahl bilan ketiga tepgan edi, cho‘chqa battar chiyilladi... 

Bildim: hayvonxona ekan. “Cho‘chqaxona” demadim, chunki ichkarida qo‘y-mol 

ham bo‘lishi mumkin. To‘g‘risi, sira kutmagan edim. Ixtiyorsiz, moshinani to‘xtatib 

qarab qolibman. Ikkala askar haligi qochoq cho‘chqani haydab borib qo‘rasiga qamadi. 

Keyin jildim. 

‒ Cho‘chqa boqiladimi bu yerda?! ‒ deb yubordim ixtiyorsiz ravishda. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling