Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 213
Eshitib eshitmaslikka olish san’ati! Ha. O‘zbekistonda yigirma yildan beri nimalar bo‘layotganini hammamiz bilib turibmiz, lekin bilmaslikka olib yashab kelyapmiz! Ko‘rib turibmiz, ko‘rmaslikka olib yuribmiz! Eshitib turibmiz, eshitmayotganga solyapmiz o‘zimizni! Bir so‘z bilan aytganda, talmovsirayapmiz! Yana bir anglab yetgan haqiqatim: bilib bilmaslikka olish san’atini o‘rganish uchun biron yerda maxsus o‘qish shart emaskan. Men xomkalla naq besh yillik umrimni uvol qilib universitet ostonasini yalabman-a! Undan keyin ham necha yildan beri adabiyot tevaragida o‘ralashib yuribman! Baribir tushunmay qolaverdim. Mana, bo‘larkan-ku! Katta-katta domlalar o‘qitib tushuntirolmagan narsani hayotning o‘zi birpasdagina o‘rgatib qo‘yarkan-ku! Bu san’atning otini atamasdan ham bip-binoyidek ‒ juda o‘rnida va qoyilmaqom qilib hayotimizda necha yillardan beri qo‘llab kelyapmiz! Mumtoz shoirlarimiz bizga havas qilsa arziydi! Hasad qilsa ham bo‘laveradi! U bechoralar mashaqqatlar chekib, izlanib, butun ijodlarida besh-o‘nta san’atni qo‘llab qo‘yib o‘zlarini mohir san’atchi deb o‘ylashgandir! O‘tmishda bir shoir bobomiz kechalari sallasini sandalning bir chekkasiga to‘nkarib qo‘yib, jinchiroqning lip-lip shu’lasida, qalami uchini qitirlatib, ora-sira yalang va tajang chakkasini qalam orqasi bilan qashlab, zo‘rg‘alatdan izlab topib qo‘llagan san’atni bizda bugun oddiy dehqondan tortib akademikkacha, mahalla oqsoqolidan tortib ...gacha hammamiz har kuni har onda oppa-oson ishlatib-qo‘llab kelyapmiz! Bilib bilmaslikka, ko‘rib ko‘rmaslikka, eshitib eshitmaslikka olib bemalol yashab yuribmiz! Gazet-jo‘rnol, tele-radiolarimizni-ku, qo‘yavering: bitta tajohulul orifni emas, boshqa san’atlarni ham qiyratib yuborishyapti. Bitmas-tuganmas madhiyalarga sinchiklab quloq soling: oxirgi satrlari tugul, har bir so‘zi qofiyadoshdir (tarfe’
satrlarda ham tinimsiz va muttasil takrorlanib yotibdi (raddi matla’ san’ati); ichki ohangi ham mukammal, tashqi ohangi ham to‘kis: sharofatlari... tashabbuslari... bevosita rahbarliklari... dambira-dumbur... do‘mbira-dumbur... voha-voha, voh-vaha- ha... voha-voha, voh-vaha-ha... (tavze’ san’ati). Va hokazo, va hokazo... Albatta, shoirning talmovsirashi she’rini chiroyli qiladi, bizning talmovsirashimiz hayotimizni go‘zal qilarmikan? Shoir bilib turib o‘zini bilmaslikka olsa, o‘quvchiga og‘ir botmaydi, qaytaga zavqini qo‘ziydi, biz ijtimoiy o‘pirilishlarni bilib turib bilmaslikka olaversak, vijdonlarga, avlodlarga yoqarmikan?! Zavqnimi qo‘ziydi, nafratnimi?!
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 214
O‘n to‘qqizinchi shox: Bobomeros, otameros kasb Olloh rahmat qilsin Dadajonim 140 o‘qimishli odam edilar. Aytishlaricha, to‘rt yoshlaridan (1920 yili) Qo‘qondagi Jome machiti maktabida o‘qiy boshlaganlar. Hovlisining qoq o‘rtasida bir minora, qibla tomonida uzun va katta ayvon, uning markazida sal ichga olib qurilgan ko‘rkam xonaqoh bor edi. Yoshi ikki yuz yillarga borib qolgan bu jome hozir ham Qo‘qonning bahosiz bir boyligi bo‘lib turibdi. Aytgancha, ayvon ustuni juda ko‘p va baland-baland. Yog‘ochlari Hindistondan fillarga yuklab maxsus keltirilgan, deyishadi. “Shu ustunlarni sanayverib oxiriga borguncha adashib ketar edik”, deb hikoya qilardilar Dadajonim. To‘rt-besh yoshli bola to‘qson olti ustunni sanashda adashishi tabiiy, albatta. Dadajonimning beshinchi (yo to‘rtinchi) katta bobolari Mirzo Qalandar Mushrif Qo‘qon xoni Umarxon davrida davlat kutubxonasi mudiri, lashkar qozisi, tarixchi olim va shoir bo‘lganlar. U kishining o‘g‘illari, Dadajonimning to‘rtinchi (yo uchinchi) bobolari Mirzo Ayyub Bahjat ham shoir va olim, ayni choqda saroy kutubxonasi boshlig‘i bo‘lganlar. Xonlar ularga maxsus yorliq bilan “Kitobdor” degan unvon bergan 141
. Xullas, oxirgi xon davrida ham, to o‘ris Qo‘qon xonligini to‘la bosib olgunicha, davlatning nodir kitoblari hammasi Dadajonimning bobolari qo‘lida bo‘lgan. O‘ris Qo‘qonni egallagach, tabiiy, ular vayrona saroydan eng birinchi galda kitoblarni eson- omon olib chiqib ketish va asrab qolishga qayg‘urishgan. Shahardan kunbotar tomon chapga qiyalab yigirma besh chaqirimcha yurilsa, xonlar bobolarimizga vaqf qilib bergan yerlar keladi 142
‒ hozirgi O‘zbekiston tumani Oyimcha qaqir (ikkinchi oti “Karimdevona”) qishlog‘i va tevaraklari. Dadajonimning bobolari o‘risning taloni va qirg‘inidan qochib o‘sha vaqf yerlariga ko‘chishgan. Kitoblarning bir qismini ham o‘sha yerga olib kelishgan. Davlat kutubxonasida hammasi bo‘lib qancha kitob bor edi, ulardan qanchasi bosqin chog‘i yo‘qolgan, qanchasini asray olishgan, qayerlarga va qanday yashirishgan ‒ afsus, bu yog‘ini men bilmayman. Olloh rahmat qilsin Ayajonim gapirib berganlari bo‘yicha, 1940 yili Dadajonimga turmushga chiqqanlarida katta uylardan biri to‘la kitob bo‘lgan ekan.
140
Rahmatli Onajonimizning tarbiyalari bilan biz bolalar “Dadajon”, “Ayajon”, “Opoqdadajon”, “Buvijon” deb tilimiz chiqqan. Bugun o‘zim bobo yoshidaman, lekin tilim bulardan boshqacha ifodaga sira ko‘nikmadi. Tirikliklarida shu kabi hurmatlab o‘rganganim uchun endi olamdan o‘tib ketishganidan keyin ularni “dada”, “aya”, “opoqdada” yoki “buvi” deyishga ko‘nglim bormaydi. Bilaman, bu xil murojaat ko‘plarga erish tuyuladi, ammo na chora, bizning oilaviy ko‘nikmamizni hisobga olarsizlar deb umid qilaman. 141
Mirzo Qalandar Mushrif mashhur “Majmuatush shuaro”ni tuzishda Fazliy Namangoniyga hammuallifdirlar. Hamda Qo‘qon xonligi tarixiga (Umarxon davrigacha) oid “Tarixi Nusratpayom” asari, “Risolai asakariya” risolasi va boshqa nasriy va she’riy asarlar muallifi bo‘lganlar (To‘ng‘ich o‘g‘lim Qo‘qon davlati tarixiga oid doktorlik ishiga mavzu qilib shu asarlarni va o‘sha davrni olgan, alhamdulilloh!). Mirzo Ayyub Bahjat el orasida “Kitobdor mirzo” nomi bilan mashhur bo‘lganlar; devon tuzganlari aytiladi. (Bu va boshqa ma’lumotlar uchun qarang: Po‘lotjon Domulla Qayyumov. “Tazkirai Qayyumiy” 1-jild 234 ‒ 236-betlar; 2-jild 293 ‒ 295-betlar. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasining davlat kutubxonasi, Toshkent ‒ 1998.) 142
Р. Н. Набиев. Из истории Кокандского ханства (Феодальное хозяйтво Худояр-Хана). Изд-во “ФАН” Узбекской ССР, Ташкент – 1973, стр. 380. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 215
“Eshik zo‘rg‘a ochilardi, yerdan to shipgacha kitob taxlab tashlangan edi! Ne-ne kitoblar edi!..” deganlari esimda. Yana bir gapni talabalik paytimda Dadajonim aytganlar. Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” ro‘manini o‘qib chiqqanlaridan keyin: “Ulug‘bek to‘plagan bebaho kitoblar (yo‘qolgan xazinasi) bir qismi shu yerda edi...” deb qo‘ygan edilar boshlarini afsuslangannamo chayqab. Bu uyda 1957 yilgacha Dadajonimning ayalari Mirzo Maryamxon buvijonim 143
Buvijonim to 1950 yillargacha iloj boricha asrab-avaylab kelganlar. Lekin xudosiz kommunistlarning zolim siyosati baribir u kitoblarning boshiga yetgan ‒ bitta qolmay yo‘q bo‘lib ketdi hisob. 1937 ‒ 38 va 1947 ‒ 48-yillarning kommunistcha-istalincha qama-qama va qatli omlarini ko‘rgan Dadajonim bu gaplarni bizga yoshligimizda ko‘p ham aytavermaganlar. Umuman, ajdodlari kim bo‘lganini ham gapirmasdilar. Harholda men eslamayman. Chunki biz uyda ota-onamizning bolalari bo‘lsak-da, ko‘chada va jamiyat orasida oldin o‘ktabiryat, keyin pioner, undan keyin komsomol, ya’ni g‘irt sovet bolasi edik! Ko‘cha-ko‘yda o‘rtoqlariga gullab qo‘yadi deb o‘ylagan bo‘lsalar kerak. O‘zlari 1947 yili “uyidan arabcha kitob chiqdi” degan ayb bilan bir marta qamalganlar ham. Bir yilcha azoblar chekkanlar. Uzoqlarga “etap” qilinayotganlarida o‘sha paytlar bizning tumanimiz boshlig‘i bo‘lgan Buzrukxo‘ja eshonning 144 aralashuvi bilan ozodlikka chiqarilganlar (Dadajonim bu voqeani aytayotganlarida u odamni har gal ayricha hurmat bilan “Eshon aka” deb tilga olardilar). Shuning uchun sovetdan yurak oldirib qo‘yganlar. Ya’ni, eski gaplar qo‘zg‘alib qolishidan xavotir olib yurishlarida jon bor edi. Savodli, ongli bo‘lganlari bois keyinroq (balki o‘sha “Eshon aka” qo‘llab) rayo‘n moliya idorasiga ishga olishgan. Rayo‘n markazi Yaypanda hukumat idoralarida qachon “eskilik sarqitlari” muhokama qilinsa, uyma-uy tintuv uchun hozirlik ko‘rilsa, eski odamlar bir-birini ogohlantirsa kerak, Dadajonimga ham shipshib qo‘yisharkan. Dadajonim darrov yordamchilarini qishloqqa choptirib (orasi besh-olti chaqirim): “Tez bor, kitoblarni yashir! Iloji bo‘lsa, ko‘m! Katta uyni qulfla! Unday qil, bunday qil!” deb tayinlar ekanlar. Dadajonimning yordamchilari rahmatli Tojiboy akamiz ko‘p kitoblarni har qayoqlarga ‒ hovlimizga, balki o‘zlarining hovlilariga ham, qabristonga va yana biz bilmaydigan qayoqlargadir ko‘mib tashlayvergan ekanlar. Boshqa tinch paytlari uyimizga vodiyning har yeridan kelgan mehmonlarga ham, foydalanishsin, bahonada uyda harna kamaysin deb ko‘pincha kitob tarqatishganini eshitganman.
143 Qo‘qon atrofida qodiriya sulukini yuritgan mashhur murshida, shoira bo‘lganlar. U kishidan “Xoniy” taxallusida bir devon va “Nozimbek va Kozimbek”dostoni bizga meros qolgan. (Po‘lotjon Domulla Qayyumov. O‘sha asar. 3-jild 575 ‒ 576-betlar.) Bu uy qadimgi uslubda qurilgan bo‘lib, mayda tokchali, shiplari baland edi. 1979 yillargacha saqlandi, talabalik paytim qishloqqa “Genpilon” kelib buzilib ketdi. O‘rtasi dahliz, ikki tomoni uy edi. O‘ng tomon uyda Buvijonim yashagan bo‘lsalar, chap tomondagisida to‘la kitob saqlangan. 144 1983 ‒ 1988 yillar O‘zbekistonni (Sharof Rashidov o‘lganidan keyin) boshqargan Inomxo‘ja Buzrukxo‘jayevich Usmonxo‘jayevning otasi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 216
Xudosiz, ma’rifatsiz, kitob dushmani bo‘lgan kommunist-sovet siyosati orqasidan butun boshli Qo‘qon davlatida necha asrlar davomida to‘plangan boy kitoblar ‒ davlat kutubxonasi (milliy boyligimiz!) xonlik o‘ris qo‘liga o‘tganidan tortib to 20-asr elliginchi yillarigacha ‒ yetmish besh yil ichida shu tariqa ko‘mib-tarqatib, qolgan- qutganini davlat talab, tugatilgan... Shoshma-shosharlikda kitoblarning ko‘pi qayerga yashirilgani keyinchalik unutilgan. Umrlari oxirida Dadajonim o‘zlari eslagan joylarni kavlab ayrim kitoblarni topdilar. Afsus, yer tagida asrash qoidasiga rioya etib ko‘milmagani uchun ko‘plari “kuyib” ketibdi. Kavlab olayotganlarini bir gal men ham ko‘rganman ‒ kitoblar burda-burda bo‘lib to‘kilib ketaverdi. Yoqib yuborishga majbur bo‘ldilar. Lekin bir Qur’oni karimning burda qoldiqlarini yoqmadilar, xaltachaga solib qo‘ydilar (hozir o‘sha burdalar esdalikka menda turibdi). Sal-pal butun chiqqanlarini esa avaylab olib, to o‘lgunlaricha qalin qog‘oz (karton)ga jildlab, tikib, sahifa chetlari kuygan yo yirtilgan bo‘lsa, choydan bo‘shagan shildiroq qog‘oz yopishtirib, o‘chib ketgan so‘zlarni, bilsalar o‘zini, bilmasalar ma’nosiga qarab o‘zlaridan chiqarib so‘z va harflarni yozib, ta’mirlab qo‘ydilar. Ammo bular juda kam edi. Ming dona gugurt yoki besh yuz yumaloq choy sig‘adigan eski sovet qutisiga joy bo‘lgani ko‘z o‘ngimda. Bu gaplarni men bobolarimizni tanitish uchun yozmadim. Ma’rifat dushmani bo‘lgan siyosatdan kitobni yashirish odati bizga oldin bobomizdan, so‘ngra otamizdan qolgan eski kasb ekanini bildirish uchun yozdim. Ne yoziq, katta bobomiz o‘ris bosqinidan milliy boyligimizni ‒ kitobni yashirgan, otamiz sovet-kommunist-o‘ris siyosatidan eski arabcha yozuvdagi kitoblarni ko‘mib yashirgan va yo‘qotgan bo‘lishsa, endi menga va o‘g‘illarimga kelib uyimizdagi arabcha va turkcha diniy kitob, kasset va dumaloqlarni, siyosiy kitob va maqolalarni ko‘mish meros bo‘lib qoldi!.. Bitta menmi kitob ko‘mayotgan desam, yo‘q, kutilmagan tintuvlar ko‘paygach, eshitishimcha, O‘zbekistonda uyidagi kitoblarni yashiradiganlar soni ham keskin ortgan.
G‘ayri insoniy tuzum mana shunaqa muhitni yaratadi. Bunaqa muhitda chumchuq pir etsa, yurak shir etadigan bo‘lib qolar ekan. Ikki-uch marta uyimga odam qo‘yildi; yo‘lim poylandi. Qama-qama kuchayib, kechalari bosti-bosti ko‘payib, shunday pallalar bo‘ldi, xuddi 37-yillar qaytib kelib qoldimi deb ham o‘ylab qoldik: eshik tiq etsa, quloqlarimiz ding, ko‘zlarimiz lang! Ana olib ketadi-mana olib ketadi deb poylash bilan o‘tdi oylarimiz, yillarimiz. Kunini kutib yotgan bunaqa oilalar yana qancha bo‘lsa mamlakatda! Shuning uchun ehtiyotini qilishimga to‘g‘ri keldi. Aslida men ko‘mgan kitob, gazet-jo‘rnollar uyda turaversa bo‘ladigan xilidan edi. Davlatga hech xavfi yo‘q edi. Lekin bilib bo‘ladimi, davlat u kitob va yozuvlarning ma’nosini xohlasa u yoqqa, Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 217
xohlasa bu yoqqa burvorayotgan zamonda jonimga va oilamga tahlika ehtimoli kuchli bo‘lib qoldi. Ishtonsizning hadigi cho‘pdan deganlaridek, keti ochiq davlat ham o‘zi hadiksiragan odamlar uyiga yo‘q yerdagi varaqa, giyohvand modda, hatto to‘pponcha, avtomat va bo‘mba tashlab qo‘yib ushlab ketayotgan, adolatli mahkama (sud) degan narsa anqoning urug‘iga aylangan, odamning qadri bir tiyin bo‘lib qolgan, yosh-yosh yigit-qizlar o‘n besh-o‘n sakkiz yillab qamoqqa osongina hukm qilib yuborilayotgan bir sharoitda siyosatga salgina tegib ketishi mumkin bo‘lgan yozuv uydan chiqib tursa, bu ochofat odamxo‘rlarga tayyor osh bo‘lmaydimi?! Xullas, ota-bobomning kasbini qilishimga to‘g‘ri keldi: uyimda necha yil davomida to‘plangan turkcha, arabcha va hatto o‘zbekcha diniy kitob va yozuvlarni suvqog‘ozlar ila pishiq-puxta kafanlab, har yer-har yerga ko‘ma boshladim. O‘tgan asr 90-yillari o‘rtalaridan beri shu ahvol: tepada shamol sal qaltis esa boshlasa, men yeng shimarib kitob ko‘mishga kirishaman. Endi, albatta, ota-bobom xatosini takrorlamaslikka harakat qildim. Kitoblarni o‘zimning hovlimga emas, bir-biridan uzoq, jin ham topolmaydigan joylarga ko‘ma boshladim 145
. Bir-ikki marta u yer-bu yerdan chuqur qaziyotganimda unda hali ancha yosh bo‘lgan o‘g‘illarim ko‘rib qolgan. Shunda bittasi: ‒ Nima qilyapsiz, dadajon? ‒ deb so‘ragan qiziqib. ‒ Qo‘yaver, bobolarimning va otamning ishini qilyapman. Kitob ko‘mish bizga bobomeros, otameros kasb! ‒ deb qo‘yganman kulib. Shunaqa. Kitobni kim sevmaydi? Undan kim qo‘rqadi? Umuman, hur fikrdan kim cho‘chiydi? To‘g‘ri gapni kim yoqtirmaydi? Bu kabi savollarga bitta jumla bilan “Ma’rifatsiz siyosat!” yoki “O‘zidan, kuchidan, aqlidan, qilayotgan ishidan doim xavotirda yashovchi kimsalar!” deb javob bersa ham bo‘ladi. Lekin, tag‘in, bilmadim... Chor O‘rusiyasi o‘zi bosib olgan xalqni o‘tmishidan uzish uchun kitoblariga o‘t qo‘ygan bo‘lsa; xudosiz Kompartiya boshliq sovet davlati millat yuragidan dinini, qadim ruhini siqib chiqarish va tayinsiz qanaqadir “sovet kishisi”ni yaratish uchun umuman arab yozuvidagi eski kitoblarga qarshi qaqshatqich urush ochgan bo‘lsa; “mustaqil” O‘zbekiston ham arabcha va turkcha kitoblardan labiga uchuq toshayotgan bo‘lsa... 146
145 Masalan, bir xalta kitobni Qashqadaryoning yog‘in kam dashtiga ko‘mgan bo‘lsam, ikkinchi xalta kitobni Qoraqalpog‘istonning Ustyurt past-tekisliklariga oborib ko‘mdim. Yaxshi kunlar kelsa qayta kavlab olishda adashmay deb u joylarga faqat o‘zim biladigan belgi-qoziqlar qoqdim. Yanayam ishonchli bo‘lsin deb kitob ko‘mgan yerlarimning qartasini chizib YUNESKOning gadoytopmas saytlaridan biriga, orqa tuynugidan kirib, hatto o‘sha mo‘‘tabar tishkilotning o‘ziyam bilmaydigan internet tokchalaridan biriga joylab qo‘ydim. Chunki u ablahlarga ham ishonib bo‘lmaydi, Doda bilan tili bir chiqib qolishi mumkin, bitta Opachamiz o‘sha yerda ishlaydi axir! Faqat, tiriklay ko‘milgan u kitoblarim bu gal yer tagida uzoq qolib ketmas deb umid qilaman. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 218
...tushunmadim: bir-biriga teskari uch davrda, uch xil tuzumda ham siyosat bir xil bo‘laveradimi? Yo hamma zamon bir zamonmi?! Yoki, yana dehqonchasiga aytganda, hammasining siyosati bir go‘rmi?! Yigirmanchi shox: Kalava uchi maktabdan chiqdi
Hammamiz ham shu osmon ostida, shu tuproq ustida birga-birga yashab kelyapmiz. Ko‘z o‘ngimizda yuz berayotgan bu ishlarni ko‘rib, bilib yuribmiz. Garchi adabiyotdagi tajohuli orif (bilib bilmaslikka olish) san’atini hayotimizda ommaviy ravishda qo‘llab miq etmay yurgan, kamchiliklarni o‘zaro ochiq muhokama qilmayotgan bo‘lsak-da, miyalarimizni: “Nahot shu darajaga tushdik?! Jamiyat burnigacha yolg‘onga botdi ‒ o‘ngda yolg‘on, chapda yolg‘on, tepada yolg‘on, pastda yolg‘on: bor narsalar yo‘q deyilyapti, yo‘q narsalar bor etib ko‘rsatilyapti... Va hamma buni bilib turibdi, lekin miq etmaydi! Es-hushimizni shu qadar yeb qo‘ydikmi?! Kap- katta odamlar nima qilayotganini o‘zi bilmaydimi?!” kabi o‘ylar tinimsiz kemirib keladi. Bu kabi og‘ir savollar iskanjasida siqilib, boshim gangib, kalavam chuvalanib, uchini hech qayerdan topolmay yurgan kunlarimda nihoyat bu zormanda uch lop etib... maktabdan chiqib qoldi. Ikki o‘g‘lim bir maktabda, ikki qizim boshqa bir maktabda o‘qidi, kenja qizim hamon o‘qiyapti. To‘ng‘ichim 1-sinfga borganidan to kenjam bitirgunicha o‘tadigan vaqtni qo‘shib hisoblasam, umrimning yigirma olti yili ‒ chorak asrdan ko‘pi maktab hayotiga chambarchas bog‘liq, yonma-yon kechyapti. Buning ustiga o‘zim o‘qigan o‘n yilni ham qo‘shsam... Xullas, maktabdagi har bir o‘zgarish yilma-yil ko‘zim o‘ngida yuz berdi desam bo‘ladi. Ammo hozir u o‘zgarishlarni ipidan-ignasigacha yozib chuqur ketmayman, bolasi maktabda o‘qigan va o‘qiyotgan hamma biladi ularni. Shu kunlarda yuz bergan bittagina voqeani aytaman.
146 1. Bir necha yil burun turkchadan tarjima qilganim bir diniy kitobni Eski Jo‘vadagi 1-bosmaxonaga (hozir buzilib ketgan) topshirdik. Kitob bosib bo‘lindi, puli to‘landi, chiqarib ketishimizga bir kun qolganida kitobimiz hibsga olindi. Uch-to‘rt kun noshir ikkimizga tahlika bo‘lib turdi, hatto eshigim tagida ikki kuncha bir “Jiguli”da allaqanday yigitlar poyloqchilik ham qilishdi. Lekin har tugul, teginishmadi. Orqavoratdan eshitsak, 15000 (o‘n besh ming)ta kitobni bitta qo‘ymay qiymalab tashlashibdi va bizga tegmaslikka qaror qilishibdi. Kitobdan ayrildik, puliga kuydik, lekin jonimiz omon qoldi. Shunisiga ham shukr qildik. 2. Toshkent metrosiga kiraverishda sumkalar, xaltalar titkilanishiga odamlar ko‘nikib ham bo‘ldi. Xudo ko‘rsatmasin, birontasining xaltasidan diniy kitob chiqib qolmasin! U kitob hatto Qur’oni karim bo‘lsa ham, birdan qiyomat qo‘padi! Ayniqsa, uni hijobli ayol ko‘tarib yurgan bo‘lsa! Bomba topilganida ham bunchalik vahima ko‘tarilmaydi: o‘taketgan qo‘poruvchi tutilganday darrov maxsus xonaga olib kiriladi, tez u yoq-bu yoqlarga sim qoqiladi: “Bitta hijobli ayol ushlandi! Xaltasidan arabcha yozilgan shubhali kitob chiqdi!!!” “Olloh yarlaqasin, bu shubhali kitobmas, Qur’on-ku, buning ustiga men diniy idorada ishlayman...” degan tushuntirishlar ham foyda bermaydi. Shoshilinch “vizov” bo‘yicha yetib kelgan guruhning boshlig‘i agar insofliroq bo‘lib, “E bu Qur’on ekan-ku, namuncha vohma qilasanlar?” deb kasbdoshlariga tanbeh berib sizni qo‘yib yubormasa, kerakli yerlarga opketib qolishlari ham hech gap emas. (Diniy idora nashriyotida men bilan birga ishlaydigan bir ayol va bir erkak boshiga shu savdo tushgan.) Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 219
Kuzatishimcha, yil o‘tgan sayin eng katta o‘zgarish ota-onalar yig‘ilishlarida bo‘ldi. O‘zimiz o‘qigan davrdagi ota-onalar yig‘ilishlarini eslamay qo‘yaqolay, sovetni qo‘msayapti deb o‘ylashlari mumkin. To‘ng‘ich o‘g‘illarim o‘qigan damlarda ham bunday yig‘ilishlarda ko‘proq bolalarning davomati, o‘zlashtirishi, xulqi muhokama etilar, u-bu tadbirlarga pul to‘plash haqida xijolatlik bilan aytilar edi. Bir ozgina, onda- sonda... Endi-chi? Endi ota-onalar yig‘ilishi faqat pul haqida kechyapti: unga ber, bunga to‘pla! Hech kim xijolat ham bo‘lmaydi ‒ ular so‘rayverib, biz beraverib o‘rganib bo‘ldik! Yaqin o‘n yildan bu yog‘ida bolalarning bilimi haqida umuman so‘z ochilmay qo‘ydi. Maktab soladigan “ixtiyoriy” soliqlarining otlari: “farroshga”; “sinf jamg‘armasiga”; “maktab jamg‘armasiga”; “sinf ta’miriga”; “maktab ta’miriga”; “pardaga”; “gulga”; “ustozlar kuniga”; “ustozning tug‘ilgan kuniga”; “boshlang‘ichni tugatgan ustozga tilla sovg‘a”; “qo‘shimchaga”; “ingliz tiliga”; “o‘ris tiliga”; “ona tili va adabiyotga”; “matematikaga”; “paxtaga umumiy yordam”; “paxtaga borayotgan ustozning chiqimlari uchun”; “shanba kuni maktabga bormaslikka” va hokazo... Bulardan tashqari, bolalar nashrlariga obunalar ham bor (Lekin u nashrlar uyga kelmaydi, bolalar ko‘pi ko‘rmaydi ham)... Ollohga shukr, bu soliqlarni to‘lab turibmiz. Harholda bolamiz o‘qiyapti, o‘rtoqlari oldida kamsitilmasin deb ham so‘ralgan zahoti, qarz olib bo‘lsa-da, vaqtida o‘tayapmiz. Iloj qancha, ko‘pga kelgan to‘y deymiz, g‘ingshisak ham-mingshisak ham beramiz-da. Dunyoda eng demokratik deb maqtalgan Konstitutsiyamizdagi “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tekin” degan qoidani tog‘oradagi mag‘zavaga qo‘shib allaqachon kir o‘raga to‘kib tashlaganmiz. Kecha to‘rtinchi sinfda o‘qiydigan kenja qizim qiziq gap ko‘tarib keldi: ‒ Maktabimizga tekshiruvchilar kelarkan. Bugun shunga tayyorgarlik qildik, ‒ dedi. Darrov xayolimizga sinf xona va maktabning tozaligi keldi. ‒ Yo‘q, ‒ dedi qizim, ‒ hammayoq o‘zi shundog‘am toza. Biz ustoz bilan tekshiruvchilarning savollariga nima deb javob qilishimiz kerakligini mashq qildik. Xullas gap bunday: Ustoz bolalarni to‘plab, ularga “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tekin”ligi, bolalarning bu huquqi Asosiy Qonun bilan kafolatlangani haqida picha ma’ruza qilibdi. So‘ngra: “Bordiyu tekshiruvchilar sizlardan qo‘shimcha darslarga pul to‘planyaptimi deb so‘rab qolsa, yo‘q-yo‘q-yo‘q, deb javob qilinglar, bo‘ptimi?! Pardagami, ta’mirgami, ustozlar kunigami, ishqilib nimaga bo‘lsa ham, ustozlaring sizlardan pul to‘playdimi deb so‘rasa, bir xil qilib: “Yo‘q-yo‘q-yo‘q!” deb javob qilinglar, xo‘pmi?!” deb tayinlabdi. Bolalar bir ovozdan “Xo‘p!” deyishibdi. Yana uch-to‘rt marta o‘rgatibdi. Keyin, qani, endi sinab ko‘ramiz deb yo‘lakka chiqib ketib, sal o‘tmay “tekshiruvchi” qiyofasida kiribdi. Va... |
ma'muriyatiga murojaat qiling