Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
- “Ey mo‘minlar! Sizlardan bir qavm
- mazax qilmanglar va bir-birlaringni laqablar bilan atamanglar! Imondan keyin fosiq degan nom naqadar yomondir. Kim tavba qilmasa, bas, aynan o‘shalar
- “Yana ayollar ham ayollarni
- Xotirani o‘chirish
Bosmaxonalar hali kamputirlashmagan pallalari – sovet paytida gazet-jo‘rnolda bosiladigan suratlar rosa qayta ishlanardi. Rasmga qalam tekkizmay moshinaga tushirib yuborilsa, bosmadan xira chiqishi mumkin edi-da. Maxsus qilqalamlar bilan maxsus bo‘yoqlarda odamning qoshi bo‘yalar, kipriklari bilintirilar, yuzlari tekislanar, suratdagi jussasi orqa tomon oqligidan ingichka va yupqagina chiziq bilan ajratilar... bu ishlar hammasi o‘rischa orqali kirgan ajnabiycha “retush” so‘zi bilan ifodalanar edi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 191
Hodisa “retush” bo‘lganidan keyin shu ish bilan shug‘ullanuvchi “retushchi” deyilardi. O‘zbekchasi u paytda o‘ylab topilmagan, chunki ilgarilari xalqimizda o‘zi yo‘q narsani bor qilib ko‘rsatuvchilik kasbi bo‘lmagan, bunaqa ishga harakat ham qilinmagan. Boriga ko‘nilgan. Qozonda bori cho‘michga chiqadi-da, deyilgan. Apting qiyshiq bo‘lsa, oynadan o‘pkalama, degan gaplar shunga dalolat. Tabiiy chiroylar maqtalgan, yasamalari ustidan kulingan. Hatto “Olloh taolo berganiga rozimasmisan, aptingni o‘zgartirib opsan?!” kabi malomatlar qilingan. Hodisaning o‘zi bo‘lmagani uchun xalq unga ot ham qo‘ymagan. Bo‘yab-bejab ko‘rsatishning oti ham tilimizga o‘sha bo‘yab-bejovchilarning o‘zlari bilan birga kirib keldi va shundog‘icha qabul qilindi: “retush”. Lekin baribir katta bir millat sifatida bunga ham o‘xshatib ot qo‘ysa bo‘ladi. Ya’ni, “bo‘yama”, “bejama” yoki ikkala so‘zni qo‘shib, “bo‘yama-bejama” desa bo‘ladi. Bu bo‘limchada qalamga olayotganimiz mavzu jiddiydir. O‘ta jiddiyligi – bir vaqtning o‘zida ham shaxsiy, ham ijtimoiy, ham davlat ahamiyatiga molikdir. Bular ustiga, ozgina nozik ham: odamning jismoniy kamchiligi tilga olinadi. Shuning uchun oldindan uzrimizni bildirgan holda, jismoniy kamchilik hech bir holda uyat emasligini, odamga chinakam baho unga ko‘ra berilmasligini, unga qarab odam hech qachon kamsitilmasligini alohida ta’kidlaymiz. Xalqimiz islomiy tarbiya ko‘rgan xalq sifatida yaqin-yaqinlargacha odamning jismoniy kamchiliklariga e’tibor ham bermagan. Odobli kishi birovning jismoniy kamchiligini yuziga solmaydi. Chunki Yaratuvchimiz Olloh taolo bizga shunday ta’lim bergan:
“Ey mo‘minlar! Sizlardan bir qavm (bir kishi boshqa) bir qavmni (kishini) kalaka qilmasin. Ehtimol (kalaka qilingan kishi) ulardan yaxshiroqdir. Yana ayollar ham ayollarni (kalaka qilmasin)! Ehtimol (kalaka qilingan ayol) ulardan yaxshiroqdir. O‘zlaringni (bir-birlaringni) mazax qilmanglar va bir-birlaringni laqablar bilan atamanglar! Imondan keyin fosiq degan nom naqadar yomondir. Kim tavba qilmasa, bas, aynan o‘shalar (gunoh ish bilan o‘zlariga) zulm qiluvchilardir” (Hujurot surasi 11-oyat ma’nosi). Buyruqning ikkinchisi ayolga qaratilganidan birinchisida kelgan “qavm” (millat) so‘zini “erkak” yo “kishi” deb ham tafsir qilishadi. Chunki, balog‘at ilmiga ko‘ra,
erkakni” degan ifodani taqozo etadi. Demak, umumiy qilib aytganda, bir odam boshqa bir odamni kalaka qilmasin! Suyukli Payg‘ambarimiz (u Zotga omonlik bo‘lsin) ham bu masalada qattiq gapirganlar. Buyuk olim-sahoba Abdulloh ibn Mas’ud (Olloh u zotdan rozi bo‘lsin) bir kuni yo‘ldoshlariga meva uzib berish niyatida daraxtga chiqadilar. Oyoqlari ingichka edi. Sheriklari uni qushning qiltiriq oyog‘iga o‘xshatib kulishadi. Shunda Rasuli Akram: “Nega kulasizlar? U (oyog‘i) qiyomat kuni tarozida Uhuddan ham og‘ir keladi!” deydilar (Hazrati Alidan Imom Ahmad rivoyati).
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 192
Bu tanbeh bilan, dunyodagi holimiz emas, oxiratdagi holimiz muhim ekanini ta’kidlaganlar. Bu ma’noda yana boshqa hadislar ham bor. So‘fi Ollohyorda “Bandaning aybi Ollohning aybidir” (“Sabotul ojizin”dan) degan satr keladi. Bu gapni ikki xil tushunsa bo‘ladi: 1. Bandadagi chiroyu boshqa fazilatlar singari kamchiliklarni ham unga Olloh taolo bergan.
2. Biron kamchilik tufayli bandani ayblash Olloh taoloni ayblash bilan tengdir. Ikkala xil tushunish ham asli bitta ma’nodadir: “Bandaga fazilatni ham, kamchilikni ham Olloh taolo bergan, bandani ayblasang, Olloh taoloni ayblagan bo‘lasan, shuning uchun hech bir odam boshqasini biron-bir jismoniy kamchiligi uchun kalaka qilmasin”. Dinimizdan shunday olijanob tarbiya olgan mo‘min-musulmon birovning jismoniy kamchiligini betiga solmaydi. Olloh huzurida balki u mendan yaxshidir degan boqimdan qaraydi. Ammo kimsaning o‘zi o‘zining jismoniy kamchiligiga e’tibor beraversa, kamchiligini ayb deb bilaversa, yuragi siqilaversa-chi? Masalan, yuzida bir oz cho‘tiri bo‘lsa-da, odam suratlaridan hech qoniqavermasa! Qozonda bori cho‘michga chiqadi, degan qoidaga sira ko‘nmasa! Suratiga alohida ishlov berdirib, har kuni bo‘yatib-bejatib, u “kamchiligi”ni “yo‘qotish”ga tirishaversa (Ajabtovur hodisa!)... endi ayb boshqalarda emas, o‘sha odamning o‘zidadir. Bu borada mulohaza bildirar ekanmiz, niyatimiz birovning jismoniy aybini yuziga solish emas. Diqqatimiz kichikkina jismoniy kamchiligini Ollohdan deb qaramayotgan, undan uyalayotgan, tarixda va tasavvurlarda tabiiy holi bilan qolishni istamayotgan kishiga qaratilgan. Boringizdan uyalmang va o‘zingizdagi jismoniy kamchilikni ayblash bilan Olloh taoloni ham ayblamang, deb nasihat qilmoqchimiz, xolos. Ya’ni: Yuzingiz cho‘tir bo‘lsa ham, ishingiz cho‘tir bo‘lmasin. O‘zingiz xunuk bo‘lsangiz ham, ishingiz xunuk bo‘lmasin. Aftingiz qiyshiq bo‘lsa ham, hayotingiz to‘g‘ri bo‘lsin. Ishingiz to‘g‘ri (silliq) va chiroyli bo‘lsa, yuzingizni ham to‘g‘ri (silliq) va chiroyli ko‘rsataveradi. Sizni olamga bejamachilar chiroyli ko‘rsata olmaydi, balki shafqatli yuragingiz, to‘g‘ri siyosatingiz, xalqingiz bilan muhabbatli muomalangiz... – bir so‘z bilan aytganda, ich go‘zalligingiz chiroyli ko‘rsatadi. Bundan chiqadigan xulosa: Agar ichingiz qora va xunuk, ishlaringiz rasvo bo‘lsa, mingta retushchi suratingizni bo‘yab-bejamasin, baribir el ko‘ziga xunuk ko‘rinaverasiz. Siyosatingiz chiroyli bo‘lganida yuzingizdagi cho‘tirlar ham o‘zingizga yarashib, qiyofangizni tabiiy bezab turgan bo‘lardi. Yuzingizni bo‘yab-bejab ko‘rsatayotganlaridek, mamlakatda qilayotgan ishlaringizni ham zo‘r berib bo‘yab-bejab yotibdilar. Yuzini bo‘yatgan odam, albatta, ishlarini, qilmishlarini, mamlakatning ahvolini ham bo‘yab-bejashlarini istab qoladi. Yuzingizni zo‘r berib bo‘yatyapsizmi, sizni elga “chiroyli ko‘rsatish” uchun bo‘yab-bejashlariga rozi bo‘lyapsizmi, demak yuzingizni xunuk deb bilasiz.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 193
Ishlaringizni, siyosatingizni, mamlakat ahvolini zo‘r berib bo‘yatyapsizmi, olamga “chiroyli ko‘rsatish” uchun tirishib bo‘yab-bejashlariga rozi bo‘lyapsizmi, demak, ishlaringiz ham, siyosatingiz ham, mamlakat ahvoli ham aslida xunuk va yomon ekanini bilib turibsiz, tan olyapsiz va uyaliblar ketyapsiz. Uyalsangiz, qilgan ishlaringizdan uyaling. Ayblasangiz, yigirma yildan beri gapirayotgan yolg‘onlaringizni, xalq boshiga solgan zulmlaringizni, siyosatda yo‘l qo‘ygan xatolaringizni... ayblang. Bular oldida yuzingizning ozgina cho‘tirligi nima degan gap. Cho‘tirlik hatto erkak odamga yarashib turadi, undan aslo o‘ksinmang. Hech bir jismoniy kamchilik odamni o‘ksintirishga arzimaydi. Aksincha, bundan battar kamchilik bilan yaratib qo‘ymagani uchun Olloh taologa shukr qilish kerak. Qolaversa, siz shu holingizda ham ko‘rkam bir insonsiz! Har kim tabiiy holida go‘zal bo‘ladi. Shuning uchun bu dunyoda emas, gazet-jo‘rnol sahifalarida emas, Qiyomatda, Oxiratda yuzingizni yoritish payida bo‘ling, yetadi. Qayg‘ursangiz, shunga qayg‘uring. Oxiratda yuzingizni porloq qiladigan ishlar qiling... Qiziq bir holat: suratingizni ‒ yuzingizni, qoshu ko‘zingizni faqat o‘zbek matbuoti bo‘yab-bejaydi, dunyo matbuoti hech buyamaydi, boringizni boricha ko‘rsatadi. Xuddi shuningdek, ishingizni, siyosatingizni va mamlakat ahvolini ham ular boricha yoritadi. Demak, o‘lib-tirilib bo‘yab-bejatishlaringiz ichkari uchun, o‘z xalqimizning ko‘zini bo‘yab turish uchundir, xolos. Tashqariga o‘tmaydi. Shaxsingiz haqida ham, O‘zbekiston ahvoli haqida ham ichkari bilan tashqarining baholari harxilligi shundan. Siyosat boshiga kelgan kishilarda ozgina ma’rifat bo‘lsa edi, masalan, Jaloliddin Rumiy hazratlarining “Yo boringdek ko‘rin, yo ko‘ringaningdek bo‘l” degan hikmatlarini bilar, o‘zining tabiiy yuzidan ham, ishlaridan ham uyalmas, yuziniyu ishlarini bo‘yatib-bejatmas edi. Eng muhimi – odamni uyaltiradigan va bo‘yama- bejamalarga muhtoj etadigan ishlarni qilmas edi. Ilgari retush rassomlikning eng past daarajasi ‒ qora ish hisoblanar edi. Tahririyatlarda bu ish bilan rassomlarning pachaqlari shug‘ullanardi. Matbuot maydonida ham obro‘-martabalari shunga yarasha bo‘lardi – birov ularni tanimasdi hatto. Tanisa-da, mensimasdi. Hozir O‘zbekistonda bu xil bo‘yoqchilik eng obro‘li kasb bo‘lib qoldi. Mashhurlikda ashulachi va sportchilarni ham ortda qoldiradi. Hamma ishini tashlab, bejamachilikka o‘tib ketdi: shoirlar, adiblar, jurnalistlar, imomlar, katta-kichik boshliqlar... bir-biri bilan musobaqa o‘ynagandek, bir-biridan oshirishga tirishib, O‘zbekiston suratini bo‘yab-bejab yotishibdi! Hamma maktab, madrasa, kollej, institut va universitetda bo‘yab-bejashga o‘rgatadigan maxsus fakultalar, kafedralar, yo‘nalishlar, maxsus kurslar ochildi, kechayu kunduz ishlab turibdi. Bu o‘quv dargohlarini o‘qib bitirganlar, bugun Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 194
qo‘llarida imtiyozli diplomlar bilan, “bo‘yoqchi”lik vazifasiga ishga joylashib olishgan. Ko‘plar maosh olmasa ham rozi. Kunlari tuqqaniga shod bo‘lib, cho‘tir hayotlarini bo‘yab-bejab yotishibdi. “Bo‘yoqchi”lik qora ishlikdan chiqib, oq ish darajasiga yuksaldi, “bo‘yoqchi”ning o‘zi esa bugun eng obro‘li shaxsdir. Buning ustiga, bo‘yamachilik va bejamachilik osonlashib, hozir hamma ishlar kamputirlashib ketdi. Ilgaridagidek qilqalamlar, bo‘yoqlar eskilik sarqitiga aylandi. Kamputir bir soniyada cholni yigit, kampirni qiz qilib qo‘yyapti. Suratini, albatta. Aslini o‘zgartirolmaydi. Aslini aslining Egasi – Yaratgan Zotgina o‘zgartira oladi. Ammo U o‘rtaga qo‘ygan qonuniyatga ko‘ra, yigit chol, qiz kampir bo‘ladi, aslo teskarisi bo‘lmaydi. Buning hech bir o‘ksinadigan yeri yo‘q. Har holdan go‘zallik, har ishdan hikmat axtarilsa, har pallaning o‘ziga yarasha toti, zavqi, go‘zalligi bor. Esli odam qariyotganidan, qarigan sari aptini tirishlar qoplab borayotganidan o‘ksinmaydi, faqat sevinadi. Boriga hamda shu kunlarga yetkazganiga shukr qiladi.
Bu hikmatli so‘zni birinchi bo‘lib kim aytgani qorong‘i. Lekin turlicha ko‘rinishda tillarda, kitoblarda aylanib yurishidan xabarimiz bor. “Muloqot” jurnali uchun tarixchi olimlar va jurnalistlar bilan (1998 yil 5-son) qilgan suhbatida O‘zbekiston prezidenti ham o‘ziga xos va mos uslubda, bir oz quvlik bilan bu gapni aytdi. Zud ko‘chalarga shior qilib osildi, kitoblarga mayoqso‘z bo‘lib kirdi. Boshqa barcha hikmatli gaplarini aytganida yuz berganidek, bu yangisi aytilganidan keyin ham maddohlarning kuni tug‘di: biron ishga kirishishdan oldin shu so‘zlarga tahorat olib, “bismilloh”lari ham, “alhamdulilloh”lari ham shu dono so‘zlar bo‘lib qoldi. Chunki ko‘plarga prezident bu gapni jiddiy aytgan bo‘lib tuyuldi. Agar ish bu aytilganlar bo‘yicha ketsa, tarix ilmimiz rosa yuksaladi, deb o‘yladi. Lekin gapirish uslubidagi ayyorlikni va maqsadidagi quvlikni birov sezmay qoldi. Gapida samimiy bo‘lganida mamlakatda chinakam tarixni yuzaga chiqarish uchun katta harakat boshlanar edi. Xalqimiz va vatanimiz haqida ming yillar narisida ilk uchragan ma’lumotlardan tortib to shu bugungacha har bir voqea-hodisani jiddiy o‘rganishga kirishilar, tarixiy adolat tiklanar edi. “Xo‘sh, tarixning ma’naviyatimizda tutgan o‘rni qanday? Tarixni yaxshi bilmasdan turib, yuksak ma’naviyatga erishish mumkinmi? Albatta, mumkin emas! Ma’naviyatini Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 195
tiklashi, tug‘ilib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko‘tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak”; “Maqsad shuki, fanda bizning tarixiy tomirlarimizni aniqlaydigan, milliy g‘ururimizni yuksaltiradigan yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lishi kerak”; “Bir so‘z bilan aytganda, davlatimiz, millatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchiligimiz uchun g‘oyat muhim va dolzarb masalaga aylanishi lozim”. Bular “Muloqot” chop etgan suhbatdan bo‘ldakchalar. (Albatta, esli-hushli kimlardir yozib bergan!) Xo‘sh, endi“Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” hikmatli shiori o‘rtaga tashlanmasidan oldingi palla bilan bu suhbat “Muloqot”da chop etilganidan keyingi pallani solishtiring-chi, biron o‘zgarish bo‘ldimikan. Faqulodda deyarli hech qanaqa o‘zgarish bo‘lmadi! Nimadir o‘zgarish sezilgan bo‘lsa, ayrim vatanparvar tarixchilar shior-piorsiz shundoq ham o‘zlari bilib ishini qilayotganidandir. Asosan esa, milliy mafkuramiz shakllanmaganidan va tarixga mustaqil ko‘zqarashimiz yo‘qligidan o‘tmish voqea-hodisalarga munosabat tobora yomonga qarab ketyapti. Ilm ham, siyosat ham, xalq ham haligacha mo‘ljalni to‘g‘ri ololmayapti. Maktab tarix darsliklari ahvoli misolida buni ko‘rdik. Tariximizga ko‘ptomonlama boqa oladigan ilmiy g‘oya (konsepsiya) yaratilmadi, hisob. O‘zimizning kimligimizni va kishilik tarixida tutgan o‘rnimizni to‘la-to‘kis o‘rganish ishiga jiddiy kirishilmadi. Oqibatda tarixiy voqealarga, tarixiy shaxslarga rasmiy munosabat haligacha oydin emas. Bir kishi hukmronligi sharoitida “olimlar” o‘sha bir kishining ko‘ziga, og‘ziga qarab: mana bu voqeaga qanday qarar ekanlar? mana bu tarixiy shaxs u kishiga yoqarmikan? deya fol ochish bilan ovora. Bunaqada ilm xolis bo‘la oladimi?! Millatimiz millat bo‘lib shakllanishida buyuk o‘rin tutgan voqea, hodisa va shaxslar ham iloji boricha tilga olinmay qo‘ydi. Tilga olinganlari esa yo chala, yo teskari qarashlar bilan eslanyapti. Oqilona bu shior aytilayotganida yuz ifodada jiddiyatdan ko‘ra quvlik ko‘proq bo‘lgani shularda ko‘rinadi. Tarixiy xotirani tiklash u yoqda tursin, aksincha, borini ham ochiqdan-ochiq o‘chirish harakati ketyapti. 1. Eng qadim tarixdan, masalan, Attiladan osongina voz kechildi. Uni xalqimizga aloqasi yo‘q deb chiqildi. Ovrupaga bostirib borgani, hatto Rimni egallagani sabab qilib ko‘rsatilib, “Shunday go‘zal Ovrupani bosgan varvarlar qanday qilib bizning ota- bobolarimiz bo‘ladi?!” degan ilmga ters g‘oya va soxta ovrupaparvarlik ruhi ila butun boshli o‘tmishimizdan osongina voz kechildi, tarixiy haqiqatdan yuz o‘girildi. Ovrupa go‘zal bo‘lsa, bugun go‘zal; kuchli bo‘lsa, bugun kuchli. U zamonda varvar ular edi, madaniyat va kuch bobolarimizda bo‘lgan. O‘zidan-o‘zi Rimgacha borib qolmagandir axir Attila! 2. Amir Temur va temuriylar nomlari ulug‘lanib, chegaradan oshib ham ko‘tar- ko‘tar qilingani holda, tarjimai hollarining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan Islom dini haqida, u podshohlar eng oldin musulmon bo‘lgani, har bir ishida din tutgan o‘rin haqida lom-mim deyilmayapti. Keyin, bu bosqich tariximizni yoritishda ilmiy
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 196
yondashuvdan ko‘ra ko‘proq aravani quruq olib qochish sezilyapti. Ya’ni, ilmiy tarix emas, “jurnalistik tarix” ruhi bosib ketyapti. 3. Turkiy olam, turkiy jug‘rofiya birbutunlikda yoritilmayapti. Xalqdan yashirilyapti. Umumturk birligi haqida uzuq-yuluq gaplardan tashqari jiddiy izlanishlar yo‘q hisobi. “Ilmiy tadqiqotlar”ni, maktab va oliy o‘quv yurtlari darsliklarini varaqlasangiz, xuddi xalqimiz o‘zi bir alohida xalqday, tevarak-atrof bilan bog‘lantilari yo‘qday taassurot qoladi odamda. O‘zbek, qozoq, turkman, qirg‘iz, tojik va qoraqalpoq xalqlari bu tuproqlarga birday voris bo‘lgani holda, Turon-Turkiston hammamizning umumiy uyimiz ekanini xalq tobora unutyapti. Unuttirilyapti. Ayniqsa, yangi naslga bu ruh eslatilmayapti. 4. Bizning diyorlarga Islom dinining kirib kelishi voqealari o‘ris va ovrupaliklar ko‘zqarashlariga mos tarzda biryoqlama talqin etiladi. Bir ming uch yuz yildan beri musulmon millat bo‘laturib, butun tarixiy, ilmiy, adabiy merosimiz va hamma buyuk olimlarimiz shaxsiyatlari va ijodlari Islom dini bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgani holda, ularning so‘zlariga ishonmay, ularning so‘zlarini asos qilib olmay, ruhlarini chirqillatib, ya’ni o‘zligimizga, o‘z mafkuramizga emas, o‘ris (va G‘arb) mustamlakachilari miyalarimizga singdirgan mafkuraga suyanamiz. Masalan, din olib kelgan arablarni bosqinchi deb la’natlaymiz-da, yurtni haqiqatda bosib olish va talash uchun kelgan o‘rislarni haligacha to‘la-to‘kis bosqinchi deya olmaymiz. Masalan, armani dashnoqchilari bilan o‘ris bolshavoylari birikib Turkiston muxtoriyatini yiqqanidan keyin 1918 yilgi Qo‘qonda qilgan qatliomini butun dahshati bilan yorita olmaymiz. 5. Vatan ozodligi yo‘lida shahid ketgan yuzminglab ota-bobomizni haligacha “bosmachi” deymiz, mayda-chuyda gap-so‘zlar ila ularni kamsitamiz, bolalarimizga hamon olabo‘ji qilib ko‘rsatamiz. Qisqagina davom etgan qayta qurish davrida endigina muomalaga kira boshlagan “milliy ozodlik harakati” atamasini ham ishlatmay qo‘ydik. (Bu atama-unvon boshqalarga berilsa, unda mening xizmatim qayoqda qoladi, deb g‘ashlari kelib qolishidan cho‘chiymiz.) Kamchilik hammada bor. Qidirsa, juda yomon illatlar ham topiladi. Ammo, qaysi zamon bo‘lmasin, Vatan ozodligi yo‘lida kurashgan, ayniqsa, bu yo‘lda jonini qurbon qilgan ota-bobolarimizdan kamchilik qidirishni to‘xtatish kerak, ayblashlardan voz kechish kerak. Tarix uchun, ilm uchun ular qayd etilsa ham, bu qayd ularning sharafli kurashlari tarixiga soya tashlamasligi lozim. Ular jonini, molini, oilasini qurbon qildi, shahid bo‘ldi, biz yuz yil beridan turib maydagap xotinlarga o‘xshab ularni g‘iybat qilib o‘tirsak, to‘g‘ri bo‘ladimi?! Unaqada o‘tmishimizda bironta qahramon qolmaydi! Mustamlakachilar o‘tmishimizga tosh otishni o‘rgatib ketishdi, biz hamon tosh otib yotibmiz, afsus... 6. Ikkinchi jahon urushiga ham haligacha o‘ris nuqtai nazari bilan boqishga majbur qolyapmiz. Umrini o‘ris-sovet bosqinchiligiga qarshi kurashga bag‘ishlagan Vali Qayumxon, Boymirza Hayit, Mustafo Cho‘qay, Ro‘zi Nazar... singari o‘nlab, yuzlab vatanparvar otalarimizga “mustaqil” O‘zbekistonning rasmiy munosabati sovet
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 197
davridagidan zarracha o‘zgarmadi. Xuddi hali ham sovetdan qutulmagandek, go‘yo hanuz o‘risga qaramdekmiz. Tarix ilmimiz suyanayotgan mafkura O‘rusiya tarix ilmi mafkurasi bilan bir xil bo‘lsa, tarixga qarashimiz ham o‘rislarnikidan boshqacha bo‘lmasa, unda bizni tom ma’noda mustaqil deb bo‘ladimi?! O‘zimizga xos tariximiz bo‘lmasa, o‘z tariximizga o‘zimiz ega chiqolmayotgan bo‘lsak, unda qanaqa mustaqillikni qo‘lga kiritdik?! Ya’ni, biz hali tarix mustaqilligiga erishmadik hisob! Xo‘p, biz o‘ris-sovet mustamlakachiligidan qutulganimizga qaramay, bugungi O‘rusiya “hurmati”dan uning qadriyatlarini qadriyat o‘laroq ushlab kelayotgan bo‘lsak, bunga javoban O‘rusiya nima qilyapti? Har bir qarich tuprog‘i uchun ota-bobolarimiz to‘kkan qonlar evaziga bugun O‘rusiya bizdan minnatdor bo‘lyaptimi? “Vatanimizni nemis fashistlaridan ozod etishda turkistonliklar biz bilan birga tengma-teng va yelkama-elka jang qilib, vatanga katta yordam bergan, kamiga yana yuzminglab yetim- esirimizni, ko‘chirilgan xalqimizni bag‘riga olib, uyini bo‘shatib, rizqini bo‘lashib bergan”, deb bugun o‘ris xalqi yo o‘ris davlati biron marta eslayaptimi?! Minnatdor bo‘lyaptimi?! Chorasizlikdan bir paytlar non (“Toshkent – non shahri”) va issiq boshpana axtarib Turkistonimizga yopirilib kelgan O‘rusiya bugun chorasizlikdan ish axtarib u yoqlarga borishga majbur bo‘layotgan turkistonliklarni quchoq ochib kutib olyaptimi?! “Bu tuproqlarni nemis fashistlaridan ozod qilishda bir zamonlar bobolarining qoni to‘kildi, O‘rusiyaning bugungi noz-ne’matlarida, boyligida nevaralarining haqqi bor, ularni hurmat qilaylik”, deyaptimi?! 133
Qayoqda! Nima deyayotgani, turkistonliklarga bugungi munosabati ma’lum. Qulday ezyapti, ustimizdan kulyapti: “Churkiston” deyapti, haqoratlayapti, xo‘rlayapti, imkon topildi deguncha, o‘ldirib yuboryapti! Hol bu ki, biz umrining oxirgi daqiqasigacha Vatan ozodligi yo‘lida kurashgan Boymirza Hayitday zotni mana shu nonko‘r O‘rusiya xafa bo‘lib qolmasin deb o‘z Vatani tuproqlaridan quvib chiqardik! Sho‘rlik Boymirza Hayit Vatan mustaqil bo‘ldi deb o‘ylab ne-ne umidlaru ne-ne quvonchlar bilan, ne qadar sog‘inchlaru ne qadar armonlar bilan qadam bosib kelgan edi bu tuproqlarga! Biz esa uni o‘z uyidan quvib soldik. Olamga sharmanda qildik. Boymirza Hayitni emas, albatta! O‘zimizni, O‘zbekistonni sharmanda qildik! Mustaqilligimiz necha pul bo‘ldi bu ishimizdan keyin?! Tarixiy xotira hurmatimi bu?! 7. Mayli, qanday bo‘lmasin, Vatan ozod bo‘ldi, mamlakat mustaqil bo‘ldi, shunga ham shukr, deylik, ammo kechagi mustamlaka holatimizning tarixi jiddiy o‘rganilmayotgani ajablantiradi kishini. Matbuotda, kitoblarda “sobiq mustabid tuzumida” yoki “sobiq ittifoq davrida” kabi chuchmal jumlalar ishlatilyapti (faqat shunday deb aytishga ruxsat bor 134
), ammo u davr mustabidligi nimalarda ko‘rinadi,
133 Masalan, Toshkent viloyati Zangiota tumani Xonobod qishlog‘ida yashagan onaxon Zulfiya Usmonova bu la’nati urushda har biri Alpomishdek keladigan besh nafar o‘g‘lidan ayrilgan. Bunaqa oilalar O‘zbekistonda juda ko‘p. O‘rusiya bu yo‘qotishlar qarshiligida minglab, o‘nminglab otaxon va onaxonlarga nima karomat ko‘rsatib qo‘ydi?! 134 2012 yil kuzida radiochilar bir suhbatga chorlashdi. Mavzu yoqib, rozi bo‘ldim. Suhbat yozib olinayotganida “sovet davrida” degan birikma og‘zimdan chiqdi. Shu zahoti muxbir juvon so‘zimni to‘g‘riladi: “Sobiq ittifoq davri” deb ayting”, |
ma'muriyatiga murojaat qiling