Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
O‘zbekiston “Fidokorlar” Milliy-demokratik partiyasi (O‘zFMDP)
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
- 5. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi (O‘zASDP).
- 6. O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP).
- “O‘zimizga xos va o‘zimizga mos yo‘l”
- “Izchil islohotlarning amaldagi samarasi”
- “Parlament faoliyatini Konsepsiya talablariga moslashtirmoqda”
- “Ustuvor maqsadlarimiz ijobat bo‘lg‘usidir”
- “Konsepsiya – taraqqiyotimiz dasturi”
- “Quyi bo‘g‘in kuchli bo‘lsa, elektorat bilan aloqa yanada mustahkamlanadi”
- “Taraqqiyot konsepsiyasi. O‘zMTDP hududiy tashkilotlari mazkur hujjatdan kelib chiqadigan vazifalarni belgilab olishdi”
- “MAHALLA O‘zMTDPning eng yaqin hamkori”
- “MILLIY QADRIYATLAR. Uni e’zozlash va huquqiy madaniyatni yuksaltirish – demokratik taraqqiyot garovi”
- “Qog‘ozdagi rejalar qachon bajariladi”
- “Inson hayoti va salomatligi hamma narsadan ustun”
- “Konsepsiya – faoliyatimiz dasturilamali”
- “Uy-joy shirkatlari: yuksak samaralar”
- “Burchga bo‘lgan munosabat yoki hokim deputatlardan
3. O‘zbekiston “Fidokorlar” Milliy-demokratik partiyasi (O‘zFMDP). 1998 yil 28 dekabirda tashkil topgan. Markaziy nashri “Fidokor” gazeti. Bu partiya chala tug‘ilganidanmi, mustaqil o‘laroq uzoq yashamadi: partiyalarning qo‘shma Qurultoyida O‘zFMDP “Vatan taraqqiyoti” partiyasi bilan bir yostiqqa bosh qo‘yishga majbur qilindi. Partiya dasturiga prezidentning “Elim deb, yurtim deb deb yonib yashash kerak!” degan so‘zi mayoq qilib olingan. Bu partiya aslida kimning partiyasi ekanini shundan ham bilib olsa bo‘ladi. Kimning partiyasi bo‘lsa bo‘lsin, chala baribir chala bo‘larkan. Jonsiz tomirlariga yangi qon quyish (“Vatan taraqqiyoti” partiyasini qo‘shish) bilan yashatib qolishga ming urinilmasin, oradan hech qancha o‘tmay yana ikki partiyaning qo‘shma qurultoyi chaqirilib, unda endi “Fidokor” yetti yot begona
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 248
boshqa partiyaga – “Milliy tiklanish” partiyasiga qo‘shib yuborildi va... aslidan nom ham, nishon ham qolmadi.
iyunida tashkil etilgan. “Millatning ma’naviy birligi; Vatan – yagona oila; Kuchli demokratik davlat; Milliy qadriyatlar; Ilm-texnikaviy taraqqiyot va integratsiya; Zamon kishisi; Milliy istiqbol” kabi chuchmal va aldamchi g‘oyalarni harakatining asosiy yo‘nalishlari deb e’lon qilgan. E’tibor bering: bu masalalar alohida partiya bo‘lib uyushishga arziydigan g‘oyalar emas. Bularni nari borsa bironta nodavlat jamoat tashkiloti yoki jamg‘armasi o‘ziga shior qilib olsa bo‘ladi. Partiya siyosiy maqsadni ko‘zlamas ekan, u aslo siyosiy partiya bo‘lolmaydi. Shuning uchun ham turli toifadagi “partiya”lar osongina bir-biridan ajrab yoki bir-biriga qo‘shilib ketmoqda. Markaziy nashri haftalik “Milliy tiklanish” gazeti. Hozir ham ish boshida. Shiori: “Vatan tuyg‘usi har narsadan ustun”. Oddiylikka ham tortolmaydigan jo‘n bir gap. “Har narsadan ustun” degani qolgan barcha tuyg‘ular undan ostda deganidir. Hol bu ki, bizda tez-tez boshqa ko‘p tuyg‘ular ham “har narsadan ustun” deb e’lon qilib turiladi. Masalan: “Mustaqillik tuyg‘usi har narsadan ustun”. Duch kelgan tug‘ruqxonaga kiring, devoriga: “Onalik tuyg‘usi har narsadan ustun!” deb yozib qo‘yilgan. Va hokazo...
aprelida tashkil etilgan. Fikr tarqatuvchisi haftalik “Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazeti. Shiori: “Inson manfaatlari – oliy qadriyat”. Diqqat qiling: hech jahonda inson manfaatlari oliy qadriyat bo‘la oladimi? “Inson manfaatlari – oliy maqsad” deyilganida ham harna edi.
no‘yabirida “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi”ning Ta’sis qurultoyida tashkil qilingan. Markaziy nashri “XXI asr” ijtimoiy- siyosiy gazeti. Haftada bir marta chiqadi. Shiori: “Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir!” Diqqat qiling: Bu shior Amir Temurning “Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard, shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir” degan so‘zidan qo‘pollarcha tahrir qilib olingan. Ayrim so‘zlari boshqacha bo‘lsa ham, shiorning egasi Amir Temur ekani qat’iy. Ammo hayronman: liberal-demokratik yo‘lga Amir Temurning yoki Amir Temurga O‘zLiDepning nima aloqasi bor?! Ya’ni, hech qanday aloqasi yo‘q!
Demokratiyaning bitta talabi ko‘ppartiyaviylik bo‘lsa, ko‘rilganidek, O‘zbekistonda unaqa partiyalardan birato‘la 6 (olti) tasi tuzib tashlandi. Bu borada demokratiyaning namunasi bo‘lmish Amrikani ham ortda qoldirib ketdik. Amrikada Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 249
chuli-chulilarini demaganda, hokimiyat talashadigan bor-yo‘g‘i ikkita – Respublikachilar partiyasi bilan Demokratlar partiyasi bo‘lsa, O‘zbekistonda naq oltita! Albatta, ikkitasi bir partiyaga, undan keyin yana ikkitasi bittaga birlashib, endilikda to‘rt partiya qoldi, lekin baribir ikkita emas-da! Bitta-ikkita mayda-chuyda farqimiz bor. Masalan, Amrikada partiyalar o‘rtasidagi raqobat bir kunga ham to‘xtamaydi – iqtidordagi partiya doim qarshi partiyaning tanqidiy nazorati ostida bo‘ladi. Ayniqsa, saylov yaqinlashganida Amrikaning tinchi butkul buziladi: har ikkala partiya butun kuch-qudrati, salohiyati, mol-dunyosi, hatto hiylayu nayrangini ishga solib, hokimiyat uchun hayot yo o‘lim jangiga kiradi. Bizda esa, aksincha, hech bir partiya hokimiyat talashmaydi 173
. Hammasi ahil-inoq. O‘zbekistonda hammayoq tinch. To‘rtala partiya bir yoqadan bosh chiqarib, to‘rtta og‘iz bir og‘izga aylanib, har gal eski prezidentning nomzodini qo‘llaydi. Saylovdan keyin ham prezident siyosatini tanqid qilmaydi, aksincha, yaxshiyu yomon barcha ishini olqishlaydi, u belgilab bergan yo‘ldan borib, tinimsiz va yana tinimsiz ravishda, u kishi buyurgan ishlarni, olib borayotgan “tub va izchil islohotlar”ni hayotga tatbiq etish bilan shug‘ullanadi. Amrikada muxolif partiyalar prezidentlikka nomzodni oldin o‘z ichlaridan saylab oladilar. Bu palla ham juda qizg‘in kechadi. Bizda Muhtaram Prezident hamma partiyaning faxriy a’zosi! Faxriy a’zo ne, Bosh kotibi! Demak, prezidentlikka hamma partiyadan birinchi no‘mirali nomzod! Boshqa nomzod ko‘rsataman deb xomtama bo‘lmang, tortishmang ham! To‘rttala partiyaning ham “Rais”i to‘g‘ridan-to‘g‘ri yagona boshliqqa – shu “Bosh kotib”ga bo‘yin sunadi. O‘zining mustaqil g‘oyasi, mustaqil yo‘li, mustaqil mafkurasi bo‘lmagani uchun “Bosh kotib”ning yo‘l-yo‘rig‘idan zig‘ircha chiqmaydi, siyosatini to‘lasicha qo‘llab-quvvatlaydi! “O‘zimizga xos va o‘zimizga mos yo‘l” deganimiz shu! Gazetlarni o‘qing, radio- televideniyega quloq soling: butun dunyoni hayratga solayotgan, tajribasini o‘rganish ilinjida butun dunyo navbatda turgan O‘zbekistonning taraqqiyot modeli – “o‘zbek
I. Endi bu umumiy fikrlarimizni misollar bilan isbotlashga harakat qilamiz. Gapni oliftaroq nomli “O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi” va uning fikr tarqatuvchisi, yanayam olifta nomlangan “XXI asr” gazetidan boshlaymiz.
173
Partiya tuzishdan maqsad madaniy yo‘l bilan hokimiyat talashish bo‘lgani holda O‘zbekistonda bironta partiya hokimiyatga ko‘z tikmaydi, tikolmaydi ham. Bordiyu chetellarning ko‘zini bo‘yash uchun prezidentlikka nomzod ko‘rsatgan taqdirida u partiya a’zolaridan tortib o‘sha nomzodning o‘zigacha bir ovozdan Islom Karimovga ovoz beradi va buni uyalmay-netmay teledan butun xalqqa aytaveradi (1999 yilgi prezidentlik saylovida XDPdan nomzod etib ko‘rsatilgan Abdulhafiz Jalolov shunday degan. 2014 yilgi saylovlarda prezidentlikka nomzod, huquqshunos Akmal Saidov ham o‘zining saylovchilariga “Prezidentga (ya’ni, Islom Karimovga) ovoz beringlar!” degan). Bu turishda hokimiyat talashish madaniy, ochiq usuldan yopiq va yovvoyi usulga ko‘chadi. Ya’ni, bugun O‘zbekistonda hokimiyat uchun tepada sanalgan ochiq partiyalar emas, hech qaysi partiyada nomi uchramaydigan shaxslar ‒ Islom Karimov, Gulnora Karimova, Shavkat Mirziyoyev, Rustam Inoyatov, Rustam Azimov v.b. zimdan kurashib yotishibdi.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 250
Gazetning 2011 yil 21 yanvar sonini qo‘lga oling. 1-betga ko‘z yugurtiring. Muxbir Qahramon Saydaliyevning “Munosabat” ruknida e’lon qilingan “Izchil islohotlarning amaldagi samarasi” maqolasini o‘qing 174
. Unda O‘zLiDeP Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Muhammadyusuf Teshaboyevning mana bunday so‘zlari keltirilgan: “Yurtboshimizning 2011 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2012 yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzasi har birimizni yangi marralar sari ruhlantirganini alohida ta’kidlash lozim. Ma’ruzada belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar to‘g‘ri tanlangan yo‘lning tarixan qisqa muddatlardagi amaliy natijalaridan dalolatdir. Bu ayni paytda olib borilayotgan tub islohotlar samarasining amaldagi yorqin namunasi ham bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu ma’ruzani kelgusi o‘nyilliklarga mo‘ljallangan va aniq maqsadlarga qaratilgan konseptual dasturlarning uzviy davomi, deyish mumkin”. Yana shu sonning 1 – 2-betlarida “Parlament faoliyatini Konsepsiya talablariga moslashtirmoqda” sarlavhali maqola berilgan. Parlament ko‘ppartiyaviylik asosida tashkil bo‘lganini hisobga olsak, bundan, demak, hamma partiyalar faoliyatini Prezidentning Konsepsiyasi talablariga moslashtirayotgani anglashiladi. Agar gap O‘zLiDeP fraksiyasi faoliyatigagina tegishli bo‘lsa, unda ham qiziq: Prezident taklif qilgan Konsepsiyani jiddiy tahlil qilish, xatolari bo‘lsa, unga qarshi o‘zlarining konsepsiyalarini ilgari surish o‘rniga, “so‘zsiz qabul qilib”, “to‘la ma’qullab”, “butun faoliyatini Prezident talablariga moslashtirib” olyapti! Prezidentning ma’ruzasi ko‘p, yillik hisobotlariyu ilgari surgan g‘oyasi ko‘p, mantiqan bir-biriga raqib bo‘ladigan partiyalar o‘z faoliyatlarini har gal ularga moslashtiraversa, bundan boshqa ish ham qiladimi bu partiyalar, degan savol tug‘iladi. O‘zining yo‘lidan yurishga vaqti qoladimi? O‘zi, umuman, bu partiyalarning o‘z yo‘li bormi? Shu sonning 5-betida O‘zLiDeP Matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Toshkent, Namangan, Qashqadryo va Xorazmda partiyaning shahar-viloyat kengashlaridagi yig‘ilishlar Prezident taklif etgan Konsepsiyani muhokama qiladi. Hammasi bir ovozdan ma’qullaydi, “ma’ruzadan kelib chiqadigan vazifalari”ni belgilab oladi. 10 fevral sonining 1-betida gazet muxbiri Nosir Toshevning “Ustuvor
3-betda, partiya hayoti yoritilgan “Mas’ullik shahodati” maqolasida: “Fraksiyaning navbatdagi (bundan keyingi, demoqchi. – N.M.R.) faoliyati Prezidentimiz tomonidan taqdim etilgan Konsepsiyada ilgari surilgan asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqib tashkil etilmoqda”, deyilgan.
174 Jiddiy eskartish: misolda keltirilgan ism va sarlavhalardan, faqat shular shunaqa ekan, deb chalg‘ib qolinmasin. Aslida, butun OAVmizning va jurnalistlarimizning ahvoli bir. Bu yerda so‘zimizning isbotiga va umumiy holatni baholash uchun bir-ikki misol keltiryapmiz, xolos. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 251
Bu misollardan xulosa: demak, O‘zLiDePning o‘z yo‘li, o‘z maqsadi, o‘z konsepsiyasi yo‘q! Boshqa partiyalar yo‘lidan bir oz boshqacha bo‘lsa-da, Prezident yo‘lidan zarracha ham boshqacha emas. Demak, u prezident partiyasidir.
II. Endi O‘zbekiston “Adolat” Sotsial-demokratik partiyasining “g‘oya- maqsadlari”ni o‘rganib chiqamiz. Partiyaning fikr tarqatuvchisi “Adolat” gazeti 2011 yil 21 fevral sonida “Munosabat” ruknida “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi Anvar Sulaymonovning so‘zini bergan. U ko‘rga hassaday qilib: “Konsepsiya – taraqqiyotimiz dasturi” deb yozadi. 2-betda “Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi jamiyat taraqqiyotining
E’tibor berilsa, “tashabbuslari bilan...”, “rahnamoliklarida...” amalga oshirilayotgan ishlar va cheksiz g‘amxo‘rliklar haqida gap borganida, odatda, jumlalar uzun tuziladi, bitta gapda hamma yaxshilikni sanab o‘tishga tirishiladi va, natijada, deyarli hammasida “mustahkamlash”, “yanada demokratlashtirish”, “yuksaltirish”, “ta’minlash”, “keng ko‘lamli”, “tub islohotlar”, “izchil islohotlar”, “amalga oshirilmoqda”, “ustuvor yo‘nalishlar” kabi jujur so‘z va iboralar qayta-qayta takrorlanadi. Bu so‘zlar ko‘p chaynalgani va o‘rinli-o‘rinsiz ishlataverilganidan ayrim hollarda ma’no mutlaqo anglashilmay qoladi. Bunaqa matnlarni o‘qiyversangiz, mualliflari ma’noga ko‘p ham urg‘u bermayotganini anglab qolasiz. Chindan ham, ma’no o‘zi nimaga kerak?!. Bu misollardan xulosa: demak, “Adolat” SDPning o‘z yo‘li, o‘z maqsadi, o‘z konsepsiyasi yo‘q! Boshqa partiyalar yo‘lidan bir oz boshqacha bo‘lsa-da, Prezident yo‘lidan zarracha ham boshqacha emas. Demak, u Prezident partiyasidir.
III. “Adolat”da hol bu bo‘lsa, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasida nima gap ekan, deymizu partiyaning ko‘zgusi – “Milliy tiklanish” gazetiga boqamiz. 2011 yil 5 yanvar 1-soni 3-betida “O‘z-o‘zini tanqid” ruknida “Quyi bo‘g‘in
bosilgan. Unda jumladan bunday deyilgan: “Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan g‘oya va maqsadlarni keng aholi ongiga singdirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini jonlantirishda partiya tashkilotlarining o‘rni katta...” Iye, bu partiya ham boshqa partiyalar singari bir xil sayrayapti-ku. Demak, “Milliy tiklanish” DP joylardagi tashkilotlarining asosiy ishi, xuddi boshqa partiya tashkilotlarining vazifasi singari, o‘z partiyasining g‘oya va maqsadlarini emas, Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 252
Muhtaram Prezidentning g‘oya va maqsadlarini aholi ongiga singdirish, keng ko‘lamda targ‘ib-tashviq qilish ekan! Gazetning 19 yanvar soni “O‘zMTDP hayoti” ruknida chop etilgan “Taraqqiyot
ushbular ajratib yozilgan: “Plenumda Prezidentimiz Islom Karimov ma’ruzasida (Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 no‘yabir qo‘shma majlisida prezident qilgan ma’ruza haqida gap ketyapti. – N.M.R.) belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan O‘zMTDP viloyat partiya tashkilotlarining Harakat dasturi tasdiqlandi”. 2 fevral. “Hamkorlik” rukni. “MAHALLA O‘zMTDPning eng yaqin hamkori” maqolasidan ko‘chirma: “Bunga, ayniqsa, istiqlol yillarida Yurtboshimiz
Hamma ish Yurtboshi rahnamoligida qilinayotgan va to‘g‘ri qilinayotgan bo‘lsa, oyoq tagida sen nimaga o‘ralashib yuribsan, ey O‘zMTDP? 2011 yil 10 avgust kungi 31-sonida yuridik fanlari doktori, professor Shuhrat Ro‘zinazarov “MILLIY QADRIYATLAR. Uni e’zozlash va huquqiy madaniyatni
kamida olti joyida Prezidentdan iqtibos keltiradi, unga suyanadi, to‘lasicha Prezident so‘zlari ruhida fikrlaydi. Undan tashqarida na shaxsiy va na partiyasining fikri bor. Bir zamonlar bu kabi lektor-professorlar Kompartiyaning har bir qarorini sharhlab shu xil ma’qullov maqolalar yozib turardi. O‘shalardan hech farqi yo‘q... Bu misollardan xulosa: demak, O‘zMTDPning o‘z yo‘li, o‘z maqsadi, o‘z konsepsiyasi yo‘q! Boshqa partiyalar yo‘lidan bir oz boshqacha bo‘lsa-da, Prezident yo‘lidan zarracha ham boshqacha emas. Demak, u Prezident partiyasidir.
IV. Kichiklardan nihoyat kattaga keldik. Endi so‘z O‘zbekiston XDPsi haqida. Muxoliflik darajasi masalasida boshqalarining holini ko‘rdik, qani, boqaylik-chi, kommunistlikdan demokratlikka do‘ngan partiya nichik ekan? Burun “Sovet O‘zbekistoni” jurnalistlar davrasida “otaxon gazet” deb tilga olinardi. Uning egasi Kompartiya tugatilib kommunistlar eski choponlarini XDPga yangilagach, gazet ham bir yumalab oldiyu kechagacha kuylab kelgan g‘oyalaridan tondi. “Sovet” so‘zi “ovoz”ga aylanib gazetning “bosh”i sal o‘zgardi, ammo kuychi jurnalistlarning boshlari almashmadi, eski bo‘yicha qolaverdi. Boshlari o‘zgarmagani bilan sayrashlari o‘zgardi ‒ endi ular tushunarsiz bir ovozda tushunarsiz bir nag‘mani olib yotishibdi. Misollar: “O‘zbekiston ovozi”ning 2011 yilgi ayrim sonlarini ko‘zdan kechiramiz. 18 yanvar sonida gazeta “Qog‘ozdagi rejalar qachon bajariladi?” deya sal ilgariroq – 2010 yil 2 dekabir kuni berilgan tanqidiy material orqasidan tekshiruv o‘tkazadi. Unda Bo‘ka tuman partiya kengashi ishi tanqid qilingan ekan. “Shuningdek,
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 253
qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari ijrosi ustidan deputatlik va jamoatchilik nazorati o‘rnatilishi... zarur edi”, deyilgan. Bundan, demak, xalq deputatlari tuman kengashidagi deputatlik (XDPdan, albatta) guruhi rahbari Abdurashid Rasulovning asosiy vazifasi o‘z partiyasining g‘oya va maqsadlariga xizmat qilish emas, “qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari ijrosi ustidan deputatlik va jamoatchilik nazorati o‘rnatish...”dir, degan xulosa chiqadi. 3 fevral sonining bosh maqolasi “Inson hayoti va salomatligi hamma narsadan ustun” deb ataladi. Unda: “O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillar mobaynida aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan yaratilgan favqulodda vaziyatlarda ogohlantirish va harakat qilish davlat tizimining (FVDT) kuchlari hamda vositalari tomonidan amalga oshirilmoqda”, degan kabi jumlalar bor. Butun diqqatingizni bir yerga to‘plang-da, bu jumlani eniga ham, bo‘yiga ham qayta-qayta o‘qib ko‘ring. Oldidan orqaga qarab o‘qisangiz ham, orqasidan oldiga qarab o‘qisangiz ham natija bir xil – hech narsa tushunmaysiz. Ortiqcha so‘zlarni olib tashlab, yetishmayotganlarini qo‘shib, o‘rin almashtirib, bir balo qilib ma’noni tushunib olishingiz mumkin, ammo... obunaga pul to‘lagan oddiy o‘quvchiga bu gaplar nimaga kerakligini anglamay qolaverasiz. “Favqulodda vaziyatlarda ogohlantirish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)” ham boshqalarning emas, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan yaratilganini bilib olasiz, xolos. Hol bu ki, buni har gazetda, har sonda uqtirishga sira hojat yo‘q. Chunki O‘zbekistonda prezident Islom Karimov tashabbusisiz bironta ish yo yaxshilik qilinmasligini xalqimiz yigirma yildan beri biladi!
Yana shu son gazetning 2-betida “Fraksiya faoliyati” ruknida bitta surat berilgan, suratga tahririyat bunday so‘z yozgan: “Yurtboshimiz mamlakatimiz taraqqiyotini belgilab bergan Konsepsiyada: “Islohotlarning muvaffaqiyati, avvalambor, mamlakatimizni yanada demokratlashtirish va liberallashtirish yo‘lidagi sa’y- harakatlarimiz sur’atiga, fuqarolarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligiga, ularning siyosiy va huquqiy madaniyatining yuksakligiga va o‘z-o‘zidan ayonki, birinchi navbatda siyosiy partiyalarning yetuklik darajasiga, ularning O‘zbekistonimiz taqdiri va kelajagiga daxldor bunday ulkan mas’uliyatli vakolatlarni o‘z zimmasiga olishga qay darajada tayyor ekaniga bevosita bog‘liqdir”, deya ta’kidladi. Shundan kelib chiqib Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidagi fraksiyamiz o‘z pozitsiyasi va qonun ijodkorligi faoliyatining yo‘nalishlarini belgilab oldi”. Shu so‘zning shundoq ostida “O‘zXDP hayoti” ruknida “Konsepsiya – faoliyatimiz dasturilamali” sarlavhasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida Konsepsiya muhokamasiga bag‘ishlangan partiya kengashlarining yig‘ilishlari haqida turkum xabarlar bosilgan. Unda jumladan: “Oliy
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 254
vazifalarni amalga oshirishda partiya a’zolari ishtiroki va tashkilotlar o‘rni atroflicha tahlil qilinmoqda”, deyilgan. 9 iyun kungi 69-sonida “Qaror va ijro” ruknida “Uy-joy shirkatlari: yuksak samaralar” nomli maqola chop etilgan. Unda: “Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida kommunal sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, xizmatlar sifatini, xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan”, deyilibdi. Shu sonning 2-betida “Burchga bo‘lgan munosabat yoki hokim deputatlardan, Download 3.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling