Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

262 


Bular orasida nechtasi tussiz, sayoz, nechtasi tusli, jiddiy matbuot ekanini ajratish 

juda qiyin.  

Birinchidan, hech bir gazet o‘zini tussiz hisoblamaydi, sayozlar qatoriga 

qo‘shishlarini xohlamaydi. Ammo sovet zamonidan ishlab kelayotgan katta-kichik 

gazet-jo‘rnol o‘zini “jiddiy”lar qatoriga qo‘shishi aniq. Bu gazet-jo‘rnol jurnalistlari 

boshqalarini, ayniqsa, “mustaqillik”dan keyin xususiy maqomda ochilgan gazet-

jo‘rnollarni sariq sanashi ham tayin. Lekin bunda ham aniq-tiniq bir chegara-o‘lchov 

yo‘q. Masalan, Kommunistik partiya hukmron bo‘lgan sovet zamonidagi “Qishloq 

haqiqati” gazetining “mustaqillik” zamonidagi vorisi “Qishloq hayoti” o‘zini jiddiy 

hisoblasa, unda shu gazet qoshida chiqadigan haftalik “Hayot”ni qaysi qatorga 

qo‘shamiz? Hol bu ki, “Hayot” o‘zini tug‘dirgan “ota gazet”dan ko‘ra o‘qishliroqdir. 

Yoki sovet zamonida ochilgan “Oila va jamiyat” gazetini olaylik: o‘zi haqida o‘zi 

qanaqa fikrda bo‘lmasin, bugun biz chetdan uning rangi-tusini qanday aniqlaymiz? 

Ikkinchidan, sayozlik yo yuksaklik sahifalarida berilayotgan materiallar saviyasiga 

qarab belgilanadigan bo‘lsa... unda ularni bir-biridan ajratish battar qiyinlashadi. 

Saviyaning o‘lchovi qolmagan bir paytda nimaga asoslanib birini sayoz, ikkinchisini 

baland deymiz? Agar o‘quvchining didiga qaralsa, “sarig‘i” yutib ketadi! Chunki 

o‘quvchi bugun biz ”sariq” deydigan gazetlarni ustun ko‘ryapti, ko‘proq o‘shalarni 

o‘qiyapti. O‘zini “jiddiy” hisoblaydigan gazetlarni oddiy o‘quvchi xohlab olmay 

qo‘yganiga yigirma yillarcha bo‘ldi. 

Odamlar, ayniqsa bekorchilar, bozorchilar tussiz, sayoz, sariq matbuotga qiziqib 

ketdi. G‘iybat bo‘lsa ham, oldi-qochdi bo‘lsa ham, ularda notavon ko‘ngillarini 

qitiqlaydigan nimadir bor. Izlaganini, ruhiga to‘g‘ri kelganini topyapti. Hech 

bo‘lmaganda, talvasada kechayotgan hayotini vaqtinchaga bo‘lsa-da esidan 

chiqartiradigan, turmush qiyinchiliklaridan chalg‘itib, fikru xayolini hayotda uchrab 

turadigan ayrim shaxsiy va shilta voqealar ichiga olib kirib ketadigan qanaqadir 

ovunchoq maqolalarni o‘qiydi. O‘zining darajasida o‘ylaydigan jurnalistlar ularni 

qoniqtiradi. 

Jiddiylarida nima bor? Ularda shu ham yo‘q! 

Da’vomiz og‘ir, albatta. Bu da’voga yarasha uzil-kesil dalillar keltirishimiz 

lozimligini ham tushunamiz. Lekin misolni qaysi gazetdan (yoki: gazetlardan) olgan 

yaxshiligi borasida ko‘p o‘yladik. Oxiri “otaxon gazet”imiz bo‘lmish “Xalq so‘zi”ni 

tanladik. Birinchidan, bu gazet mamlakatning yuzi. Ikkinchidan, taxminimizcha, o‘zini 

eng jiddiy hisoblaydi. Uchinchidan, boshqa “jiddiylar”dan to‘rttasining (“O‘zbekiston 

ovozi”, “Milliy tiklanish”, “XXI asr”, “Adolat”) ahvolini bundan oldingi bobda 

birmuncha ko‘rdik. Demak, endi hartomonlama o‘rganishga loyiq gazet “Xalq 

so‘zi”dir. 

Bir qaraganda, “Xalq so‘zi” hech kimning gazeti emas ‒ xo‘jayini ko‘rsatiladigan 

yerda hech narsa yozilmagan. Deylik, “O‘zbekiston ovozi” bitta O‘zbekiston Xalq 

Demokratik partiyasining gazeti, “Xalq so‘zi” esa, alohida olganda, na Prezidentning, 

na Oliy Majlisning va na hukumatning gazeti. 4-betning eng pastida faqat muassislari 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

263 


sanab o‘tilgan: “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi, 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi 

Vazirlar mahkamasi”. Ya’ni, xo‘jayinlari o‘zini bir oz panaga olgan “mustaqil” gazet! 

Shiori: “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat”. 

Chinakam demokratiya gazi bilan o‘lchaganda bunday bo‘lishi mantiqqa tersdir. 

Biri qonun chiqaradigan, rasman qaraganda, prezidentning ham, hukumatning ham 

ishini kuzatib boruvchi tashkilot, ikkinchisi qonunlarni tasdiqlaydigan tashkilot, 

uchinchisi shu qonunlar doirasida ishlaydigan ijrochi tashkilot. Demokratiya bu 

tashkilotlar bir-biridan mustaqil bo‘lishini taqozo etadi, biroq ularning fikr yoyuvchisi 

bitta bo‘lsa... axir, kulgili-da. 

Bir jumla bilan aytganda, “Xalq so‘zi” tug‘ilishidanoq qo‘l-oyog‘i to‘rttomonlama 

bog‘liq bir gazetdir – na xolislik ila unisini tanqid qila, na mustaqillik ila boshqasining 

ishini tahlil eta oladi. Qoladi – maddohlik. Natijada, mana, necha yillardan beri u aslo 

xalqning so‘zi bo‘lib emas, davlatning, hukumatning, Oliy Majlisning, hammasini 

to‘plab bitta qilib aytganda esa, “Prezidentning so‘zi” bo‘lib kelmoqda. Har kungi 

qiyofasi – bir xil. Har kungi mavzui – bir xil. Har kungi so‘zi – bir xil. Uslub bir xil, 

xulosa bir xil. Kuyi ham, qo‘shig‘i ham bir xil. Zerikarli. 

Oddiy xalq yurakdan xohlab bu gazetga obuna bo‘lmaydi, ko‘ngli tortib o‘qimaydi 

ham. Boshliqlar toifasi ham qatordan qolmaslik uchungina obuna bo‘ladi, ammo 

deyarli o‘qimaydi. Onda-sonda sport yangiligiga yoki ta’ziya xabarlariga ko‘z 

tashlamasa, boshqa maqolalari hech kimni qiziqtirmaydi. Chunki qolgani har kuni 

ming bora takrorlanadigan gaplar, madhiyalar... 

Necha yillardan beri bu gazetga davlat idoralari va soliq tashkilotlari orqali katta-

kichik idoralar majburiy obuna qildiriladi. Ko‘chada do‘kondan biror kishi 

olayotganini ko‘rsangiz, biling, u odam qaysidir bir idorada ishlaydigan, o‘sishga 

orzumand mayda amaldor bo‘lib chiqadi. Oddiy xalq bu gazet uchun cho‘ntagidan pul 

chiqarmaydi. Aytmoqchi, do‘konlarda turib qolgan sonlarini arzonlashtirib oladiganlar 

bor. Ammo ular ham o‘qishga yo eski gazetlarni to‘plashga ishqivoz bo‘lganidan emas, 

bozorlarda yo ko‘cha-ko‘yda ul-bul narsani o‘rab sotishga oladi (bu holni bir gal 

O‘zbekiston televideniyesining o‘zi bilib-bilmay tan olib qo‘ydi!). 

Nimaga? Chunki o‘qib maza oladigan hech narsa yo‘q. Har yangi sonida nima 

borligini bilishga ko‘pi bilan bir-ikki daqiqa ketadi, xolos. Boshdan-oxir ko‘z 

yugurtirishga ketadigan vaqt ichida butun boshli katta gazetni “o‘qib chiqsa” bo‘ladi. 

Ichida nima borligini sarlavhalarining o‘ziyoq aytib turibdi... 

O‘quvchilar yanglish anglamasinlar: bu “otaxon gazet”da ishlaydigan o‘nlab 

jurnalistning mehnatini bitta so‘z bilan yo‘qqa chiqarmoqchi yoki, ularning 

dunyoqarashlari ham bizniki kabi bo‘lsin, demoqchi emasmiz. Agar bu gazet “Xalq 

so‘zi” bo‘lib emas, balki, masalan, “Prezident ovozi” bo‘lib chiqqanida edi, har qancha 

maddohlik qilsa, hozirgiday  karnay-surnayini chalaversa, ishimiz yo‘q edi. Nega? 

Egasi bergan nonni oqlab yegan bo‘lardi, xolos. Demokratiya tamoyillariga ham ters 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

264 


bo‘lmasdi. “Prezident ovozi” bo‘lganidan keyin, to‘lasicha davlat tomon bo‘lib, nima 

desa deyaveradi-da. 

Yoki davlat siyosatiga, mamlakat ahvoliga xalqning chinakam munosabatini 

ifodalaydigan boshqa mustaqil, muxolif gazet-jo‘rnollar bo‘lganida ham mayli edi. 

Bular yo‘qmi, hozirgi “Xalq so‘zi” ham siyosiy loqayd xalq nomidan nuqul davlatning 

qo‘ltig‘iga suv purkash bilan ovorami, unda bizning tanqidlarimizga ham chidashiga 

to‘g‘ri keladi. Chunki biz uning oti “Xalq so‘zi” bo‘lgani uchun, mening, sizning – 

hammamizning nomimizdan so‘ylayotgani, demak, unda mening, sizning – 

hammamizning haqqimiz borligi uchun ham xalq tomon bo‘lib bu so‘zlarni aytyapmiz. 

To‘g‘ri, mamlakatda chiqadigan boshqa gazet-jo‘rnollarning ahvoli ham “Xalq 

so‘zi”dan battar bo‘lsa battar, undan kam emas. Lekin misolni hammasidan qalashtirib 

keltirish shart bo‘lmagani uchun bitta gazet bilan yetarindik. 

Endi dalillarga o‘tamiz. Gazetning 2011 yilgi ayrim sonlarini varaqlaymiz. 

Misollarning o‘zini keltiramiz, xulosa chiqarishni o‘quvchiga qoldiramiz. Juda chidab 

bo‘lmaydigan yerlarigagina izoh berish bilan to‘xtaymiz. Imlo va jumla xatolarini 

shundog‘icha qoldiramiz. Chunki madhiya chog‘i jazbalanib ketgan jurnalistlar 

gapning to‘g‘ri yozilishiga diqqat qilib o‘tirmaydi, ular uchun madhiyaning o‘zi 

muhim. Qancha ko‘p qolip so‘z va qolip jumlalar ishlatilsa, shuncha yaxshi! 

Ko‘chirmalardagi bu qoliplarga o‘quvchi diqqatini tortish uchun yotiq harflarda ajratib 

ko‘rsatdik. Demak... 



2011 yil 27 o‘ktabir sonida: 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Yesemurat 

Kanyazov O‘zA muxbiri bilan qilgan suhbatini bunday boshlaydi: “Prezidentimiz 

Islom Karimov tashabbusi bilan yurtimizda xususiy mulkning huquqiy himoyasi izchil 

ta’minlanmoqda. Bu boradagi qonunchilik bazasi tobora mustahkamlanib, tadbirkorlik 

faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning huquqiy kafolatlari kengaymoqda”. 



2011 yil 29 o‘ktabir sonida: 

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida tanlangan mustaqil taraqqiyot 

yo‘limiz hamda hayotga izchil tatbiq etilayotgan rivojlanishning “o‘zbek modeli” 

naqadar to‘g‘ri ekanligini bugun dunyo e’tirof etmoqda”. 

2011 yil 18 no‘yabir sonida: 

Prezidentimiz rahnamoligida qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ularning boy 

mazmun-mohiyatini yosh avlod ongiga singdirish yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-

harakatlar tufayli hunarmandlarimiz ijodi yanada sayqal topayotir” (“Milliy 

san’atimizning betakror namunalari” maqolasidan). 

2011 yil 22 no‘yabir sonida: 

“Istiqlol yillarida milliy musiqa san’atimizni rivojlantirish, uning betakror an’ana 

va maktablarini tiklash, targ‘ib-tashviq etish borasida keng qamrovli ishlar amalga 

oshirildi” (“El ardog‘idagi san’atkorning qalb navolari” maqolasidan). 



2011 yil 23 no‘yabir sonida: 

“Yuqori xalqaro reyting banklarimizning izchil va samarali faoliyati ifodasidir”. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

265 


2011 yil 24 no‘yabir sonida: 

“Maqsadimiz – yuksak e’tiborga munosib javob qaytarish” deb nomlangan sport 

xabari: “Mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida sportni rivojlantirish borasida 

olib borilayotgan izchil islohotlar hamyurtlarimizning jahon va qit’a 

chempionatlaridagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlashga xizmat qilayotir”, deb 

boshlanadi. 



2011 yil 26 no‘yabir sonida: 

 Jahon chempioni Abdulla Tangriyev bilan qilingan suhbat sarlavhasi: 

“G‘alabalarimiz – e’tibor va g‘amxo‘rlik mevasi”. 

2011 yil 2 dekabir sonida: 

“Istiqlol yillarida Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilib, hayotga izchil tatbiq 



etilayotgan taraqqiyotning “o‘zbek modeli” xalqimiz farovonligini ta’minlashda asos 

bo‘lmoqda”

 181

 (“Ilg‘or texnologiyalar va sanoatimiz istiqboli” nomli rasmli bosh 



maqoladan). 

                                                

181

 “O‘zbek modeli” matbuotda shunday, hayotda esa mana bundaydir (eng yangi ikkita misol): 



1. Islom Karimov Vazirlar Mahkamasining 2013 yil yakunlari va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturga 

bag‘ishlangan 17 yanvar yig‘ilishida mamlakatdagi 140 dan ortiq aksar yirik sanoat va kimyo korxonalarining “zarar 

ko‘rib ishlayotgani”ni ochiq e’tirof etdi. Unga ko‘ra, singan korxonalar orasida Toshkent traktor zavodi, “Agregat 

zavodi”, “Chirchiqqishloqmash”, “O‘zpaxtamash” ochiq aksiyadorlik jamiyatlari bor. 

Prezident aytishicha, bu korxonalar “og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan”. Yana: “Kommunal sohada 26 ta zarar ko‘rib 

ishlayotgan korxona, shu bilan birga, yo‘l qurilishi sohasida 13 ta iqtisodiy nochor korxona mavjud ekani ham tashvish 

uyg‘otadi”, deb aytdi Karimov. Bu so‘zlar uning o‘zi ayni yig‘ilishda keltirgan O‘zbekiston iqtisodida sanoatning ulushi 

oshib borayotgani haqidagi raqamlarga ziddir. 

...Gazga boy O‘zbekiston aholisi so‘nggi yillarda gaz va elektr taqchilligidan jabr chekib keladi. Mutaxassislarga ko‘ra, 

O‘zbekistonning Xitoy oldida olgan gaz yetkazib berish bo‘yicha yirik majburiyatining bir qismi ichki iste’mol hisobidan 

qoplanmoqda. 

UZBEK.FM  2014 yil 18 yanvar 

* * * 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

266 


2011 yil 3 dekabir sonida: 

“Bugun Prezidentimiz rahnamoligida Qurolli Kuchlarimiz tizimida amalga 

oshirilayotgan tub islohotlar zamirida...” 

2011 yil 6 dekabir sonida: 

Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan namunaviy loyihalar asosidagi 

zamonaviy uy-joylarni yurtdoshlarimiz aholiga cheksiz g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasi 

sifatida qabul qilishmoqda...” 

“Yurtimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan beqiyos e’tibor yuksak samaralarini 

bermoqda. Bunday yutuq va muvaffaqiyatlar zamirida jamiyatimizda xotin-qizlar rolini 

oshirish borasidagi islohotlar muhim rol o‘ynamoqda... Ushbu yutuqlarimga asos, 

avvalambor, Prezidentimiz tomonidan biz, yoshlarning hech kimdan kam bo‘lmay 

o‘sib-unishimiz, ta’lim olishimiz uchun yaratib berilgan qulay shart-sharoitlardir. Men 

kabi minglab navqiron avlod vakillarini rag‘batlantirib, otamizdek boshimizni 

silayotgan Yurtboshimizga rahmat!” (Umidaxon Jo‘rayeva, Zulfiya nomidagi Davlat 

mukofoti sovrindori). 

“...istiqlol yillarida san’atni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor o‘z 

samarasini bermoqda” (Munojot Yo‘lchiyeva, O‘zbekiston xalq artisti, “Buyuk 

xizmatlari uchun” ordeni sohibasi). 

                                                                                                                                                               

2. WhatsApp orqali “Ozodlik”ka kelgan xatlardan birida aytilicha, Jomboy tumani markaziy shifoxonasida ahvol juda 

ham yomon: 

“Men Jomboy tumanidanman. O‘tgan yil 25-noyabrda farzandli bo‘ldim. Imoratga deb yig‘ib qo‘ygan yog‘ochlarni 

yoqib, qishni o‘tkazayotgan edik. 2014 yil 13 yanvar kechasi o‘g‘limning tobi qochdi. Doktorga olib bordik. 

Shamollatgansizlar deb reanimatsiyaga yotqizishdi. Bugun palataga olishgan ekan, ishdan qaytishda ko‘rishga kircam cvet 

yo‘q, xonalar covuq, pechka yo‘q. Hali 2 oylik bo‘lmagan go‘dak sovuqdan yuzlari ko‘karib ketgan. Bolamning 

yig‘laganini ko‘rib, yig‘lagim keldi. Shumi bolalarga e’tibor, hech bo‘lmasa shifoxonaga gaz-cvet bermaydimi?” deb 

yozadi jomboylik tinglovchi. 

“Ozodlik” bu holatga izoh olish maqsadida Jomboy tumani markaziy shifoxonasi bilan bog‘landi. 

Ovozi efirga berilmaslik sharti bilan gapirgan kasalxona shifokorlaridan birining aytishicha, ular ham bu vaziyatdan 

chiqishning ilojini qilisholmayapti: 

- Tumanimizda to‘rt sutkadan beri svet yo‘q. Mana hozir ham yo‘q. Kasalxonamiz kotelniysi svet bilan isitishga 

mo‘ljallangan. Bizga sutkasiga ikki soat svet beryaptiyu, lekin kotelniy suvni qizitishga ulgurmayapti. Bosh vrachimiz 

ahvol shunday bo‘lsa bolnitsani yopamiz deyapti. Haqiqatan ahvolimiz juda og‘ir,- deydi kasalxona shifokorlaridan biri. 

Ayni paytda, jomboylik shifokor tasvirlagan holat mamlakatning boshqa tumanlaridagi kasalxonalarda ham deyarli bir xil. 

Qashqadaryo viloyatidagi kasalxonalardan birida ishlaydigan shifokorning aytishicha, bemorlar qalin kiyimlari bilan 

yotadilar: 

- Bizda ham ahvol shu. Xonalarga elektr pechkalar qo‘yilgan. Ularning aksariyatini kasallar uylaridan olib kelgan. Ikki-

uch soat svet berganda xonani sal ilitib olishadi. Keyin ro‘mollarga o‘ranib, issiq kiyimlari bilan uxlashadi, -  deydi 

qashqadaryolik shifokor. 

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yashaydigan shifokor Abdurayim Bozorov aytishicha, issiqlik yetkazib 

berolmagani sababli tumandagi tug‘ruqxona yopilgan: 

- Bizlarda ham isitish sistemasi umuman ishdan chiqqan. Bolnitsami, maktabmi hammasida ahvol yomon. Kattaqo‘rg‘on 

tumanidagi roddomni yopib qo‘yishdi. Hozir to‘lg‘oq tutgan ayollarni qo‘shni Navoiy shahriga olib borishyapti. Lekin bu 

ahvolni birov so‘ramaydi, - deydi Abdurayim Bozorov. 

So‘nggi bir necha kun ichida “Ozodlik”ka Namangan, Samarqand, Jizzax viloyatlaridan kelgan shikoyatlarda elekr toki 

ta’minotidagi uzilishlar bois shifoxonalardagi ahvol og‘irlashib borayotgani tilga olingan edi. 

Gaz ta’minotidan batamom uzilgan maktablarning o‘quvchilari sovuqdan azob chekmoqda. Ba’zi tumanlarda, 

sinfxonalarni isitish uchun o‘quvchilar navbat bilan o‘tin olib kelishga majbur bo‘lmoqda. 

http://www.ozodlik.org/content/article/25233459.html

 

 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

267 


“Mustaqil diyorimizda navqiron yigit-qizlarning mustahkam bilim olishlari uchun 

beqiyos shart-sharoit yaratilgan” (Barnogul Sanaqulova, O‘zbekiston Respublikasi 

Prezidenti Davlat stipendiati, Toshkent Moliya instituti aspiranti). 



2011 yil 8 dekabir sonida: 

“Mamlakatimiz sportchilarining xalqaro maydonlarda yuksak g‘alabalarga 

erishayotgani – istiqlol sharofati va Prezidentimizning navqiron avlodni har 

tomonlama barkamol etib tarbiyalashga qaratilayotgan ulkan e’tibori samarasidir”. 

Shu maqola tagida: “Uzoq yillar o‘qituvchilik, ilmu ma’rifat sohasida ishlagan kishi 

sifatida yaxshi bilamanki, ilgari bunday zamonaviy maktablarni ko‘rish u yoqda tursin, 

bu haqda tasavvur ham qilolmas edik. Bugun esa Istiqlol sharofati va 

Prezidentimizning ezgu g‘oya va maqsadlariga hamohang holda qad rostlayotgan kollej 

va litsey hamda maktablarni ko‘rib g‘ururlanib ketasan kishi. (Bunday “e’tirof”ni 



xuddi shu muallif sovet davrida ham xuddi shu tarz ifodalashi bemalol mumkin edi! 

Faqat “istiqlol” o‘rniga “Ulug‘ O‘ktabir” deb, “Prezidentimiz” so‘zi o‘rniga 

“Jonajon Kommunistik partiyamiz” deb qo‘llagan bo‘lardi! – N.M.R.) 

Shuni alohida ta’kidlash joizki, biz, ilmu ma’rifat sohasi vakillarining ko‘ngilda 

iftixor hissini tuygan holda sidqidildan mehnat qilishimiz uchun eng katta asos, bu, 

Prezidentimiz g‘amxo‘rligi va e’tiboridir (Diqqat qiling: birinchidan, “eng katta asos” 

bolalarimizning ilmga tashnaligi yoki xalqimizning ma’rifotga muhtojligi emas, balki 

prezident g‘amxo‘rligi va e’tibori, deyilyapti; ikkinchidan, bundan oldingi son gazetda 

“zulfiyachi” yosh shoira ham xuddi shu gapni aynan aytgan edi! – N.M.R.). Shunday 

ekan, Yurtboshimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar ulkan 



samaralarini beraveradi” (Mapar Haydarova, O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi). 

2011 yil 16 dekabir sonida: 

Birinchi betdagi bir maqola: “Soliq sohasida islohotlar kichik biznes va xususiy 

tadbirkorlikni izchil rivojlantirishga xizmat qiladi” deb ataladi va u: “Prezidentimiz 

rahnamoligida mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar 

iqtisodiyotning barqaror va mutanosib sur’atlarda o‘sishini... ta’minlamoqda”, deb 

boshlanadi. 

Yana shu betda “Mahalla” jamg‘armasining hisobot-saylov konferensiyalari” 

ruknida “Xalqimiz hayotining yorqin ko‘zgusi” sarlavhali maqola-xabar bosilgan. 

Unda bunday deyiladi: “Mahalla” xayriya jamg‘armasining Samarqand viloyati bo‘limi 

hisobot-saylov konferensiyasida delegatlar bo‘limning besh yillik faoliyatini baholash 

asnosida bo‘lim tomonidan aholining huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha targ‘ibot 

ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilganini alohida qayd etdi. Jumladan, viloyatdagi mahalla 

fuqarolar yig‘inlarida Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari 

taqdimoti izchil olib borilayotir. Umuman olganda, davlatimiz rahbari asarlari 

targ‘iboti yuzasidan 117 mingdan ziyod tadbirlar tashkil qilinganligi e’tirof etildi...” 

Birinchidan, “aholining huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari” 

“prezident asarlari taqdimotini izchil olib borish” bilan qilinayotganiga tushunish qiyin. 

Ikkinchidan, hisobot-saylov yig‘ilishlarida aytiladigan bundan boshqa ishlar yo‘qmi? 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

268 


Uchinchidan, bir yilda 365 kun bor, besh yilda (ortiqcha bir kunni ham 

qo‘shganimizda) 1826 kun bo‘ladi. 117000 ni 1826 ga bo‘lsak, 64 chiqadi. Demak, 

prezident asarlari mahalla fuqarolar yig‘inlarida har kuni 64 martadan targ‘ibot 

qilingani bilinadi. Bundan “Mahalla” xayriya jamg‘armasining prezident asarlarini 

targ‘ib-tashviq qilishdan boshqa ishi chindan ham yo‘qqa o‘xshab qoldi... 

Yana shu sonda: “...Prezidentimiz rahnamoligida sanoat korxonalarini 

modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash masalasiga alohida e’tibor 

qaratilmoqda...” (“Modernizatsiya – jahon bozoriga keng yo‘l”). 



2011 yil 30 dekabir sonida: 

 “Davra suhbati qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligining 20 

yili mobaynida mamlakat Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida sog‘liqni saqlash 

tizimida tub islohotlarni amalga oshirgani va buning mantiqiy natijasi o‘laroq, 

sog‘liqni saqlashning samarali milliy modeli yuzaga kelganini qayd etdilar” (Saudiya 

Arabistonining Jidda shahrida O‘zbekiston konsulxonasi uyushtirgan simpoziumdan 

xabar). 

“Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh 

Qo‘mondoni Islom Karimov rahnamoligida mudofaa tizimini mustahkamlash, 

zamonaviy, harakatchan, yaxshi qurollangan, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni 

ta’minlashga hozir milliy armiyani tashkil etish borasida salmoqli natijalarga erishildi” 

(1-bet). 

“Istiqlol yillarida tadbirkorlik harakati, ayniqsa, kichik biznes rivoji uchun barcha 

shart-sharoitlar yaratildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan 2011 yil “Kichik biznes va 

xususiy tadbirkorlik yili” deb nomlanishi bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan 

islohotlarni yanada jadallashtirib yubordi” (“Modernizatsiya yaratgan imkoniyat”) 

(shu bet). 

“Xabaringiz bor, yaqinda Prezidentimiz tomonidan imzolangan...” (shu bet). 

Tagidagi maqolada: “Prezidentimiz tomonidan taqdim qilingan...” (shu bet). 

Tagida, yonboshda: “Prezidentimiz tashabbusi bilan istiqlolning dastlabki yillaridan 

boshlab yoshlarning ma’nan yetuk...” (shu bet). 

O‘ngda teparoqda: “Prezidentimizning bevosita tashabbusi va g‘oyasi asosida 

Mustaqillik maydonida bunyod etilgan har bir inshoot, har bir monument o‘ziga xos 

ramziy ma’noga ega” (shu bet). 

Shuning tagrog‘ida: “Prezidentimiz Islom Karimovning «O‘zbekiston mustaqillikka 

erishish ostonasida» kitobi hozirgi kunga qadar istiqlolimizning yoritilmagan 

sahifalarini ochib bergani, o‘zida noyob manba va ma’lumotlarni mujassam etgani bois 



xalqimiz tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda” (shu bet). 

Shu yerda bir tajriba qilib ko‘raylik. Bu matnni xuddi shu holicha xayolan 30 yildan 

ko‘proq orqa zamonga yo‘llasak, aniq mana bunday o‘qiladi: “Otashin lelinchi, 

kommunizmning tolmas kurashchisi, hammamiz uchun hurmatli Leonid Ilich 

Birejnevning “Kichik yer”, “Qo‘riq”, “Tiklanish” kabi asarlari hozirgi kunga qadar 

Ulug‘ Vatan urushining, cho‘lni o‘zlashtirishning hamda urushdan keyingi iqtisodiy-



Nurulloh Muhammad Raufxon

 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling