Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

276 


qilish borasida tub islohotlar olib borilib, qator davlat dasturlari hayotga tatbiq 

etilayotganini alohida ta’kidlash kerak”. 

Bunaqa qaytariqqa bir marta duch kelsangiz, ha, endi, jurnalistikada nimalar 

bo‘lmaydi, esdan chiqib tasodifan ikki marta bosib yuborgandir-da deb o‘ylaysiz, 

ammo yana boshqa bir chetellikning “madhiya”si ham sondan-songa ko‘chib yurganini 

ko‘rib, bunaqa tajriba “Xalq so‘zi”day bir “jiddiy matbuot”ga xos an’ana ekanini 

anglab qolasiz. Gazetning 26 no‘yabir sonida Garvard universiteti professori, Garvard 

tibbiyot maktabi xalqaro dasturlar bo‘yicha ilmiy jamiyat qo‘mitasi raisi Edvard 

Jeyms O’RURK (AQSH): “O‘zbekistonga birinchi marta bundan o‘n yil oldin 

kelgandim. To‘g‘risi, bu safar Toshkent yanada zamonaviylashib, chiroy ochibdi. 

Ushbu yangilanishga monand yurtingiz tibbiyoti ham shunchalik jadal 

rivojlanmoqdaki, uni bir so‘z bilan ifodalab bera olmayman. Pediatr bo‘lganim uchun 

kelishim bilanoq poytaxtingizdagi pediatriya ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan 

yaqindan tanishdim. U yerdagi sharoit, qulayliklar yuksak darajada. Bu yerda 

bolalarning sog‘-salomat kamol topishlari uchun neki zarur bo‘lsa, barcha-barchasi 

muhayyo qilingan. Poytaxtingizda o‘tkaziladigan ushbu nufuzli simpozium xalqaro 

tajribalarni ommalashtirish, yirik mutaxassislar bilan tanishish barobarida, 

O‘zbekiston haqidagi tasavvurlarimizni yanada boyitishi shubhasiz”

185


, degan bo‘lsa, 

xuddi shu gaplar 6 dekabir sonida ham (ya’ni, atigi o‘n kundan keyin!) deyarli bir xil 

shaklda takrorlanadi. Faqat ikkita o‘zgarish bor: 1) birinchi maqolada “muhayyo 

qilingan” birikmasi ikkinchi maqolada “muhayyo etilgan” deb berilibdi; 2) birinchi 

maqoladagi “Poytaxtingizda...” deb boshlanuvchi oxirgi jumla ikkinchi maqolada: 

“Binobarin, yurtingizga tashrif buyurgan har qanday inson O‘zbekiston tom ma’noda 

barqaror taraqqiyot mamlakati ekanligini yurakdan his qiladi. Muxtasar aytganda, 

O‘zbekiston butun olamni o‘ziga mahliyo etmoqda”, deb o‘zgartirilibdi (“Olamni 

mahliyo aylagan diyor!”). Demak, o‘n kun oldin simpozium bahona “O‘zbekiston 



haqidagi tasavvurlarning yanada boyishi”ga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, o‘n kundan 

keyin siyosiy direktiva o‘zgarib, endi diqqat-e’tiborni “O‘zbekiston tom ma’noda 



barqaror taraqqiyot mamlakati ekanligi”ga qaratish lozim bo‘lib qolgan! Qolaversa, 

bu gazetni muntazam o‘qib yuradigan ayrimlar o‘zgartirilgan bu oxirgi jumlani ham 

darrov tanib qoladi – uni gazetning boshqa sonida boshqa bir chetellik aytgan bo‘lib 

chiqadi! 

3. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa Mintaqaviy Byurosi direktori Jujanka 

YAKAB: “O‘zbekiston – jadal rivojlanib, nufuzi tobora oshib borayotgan navqiron 

mamlakat. Xususan, bugun dunyoning ko‘plab davlatlarida jahon moliyaviy-

iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siri yaqqol sezilayotgan bir sharoitda yurtingiz 

ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda yuksak yutuqlarga erishmoqda”; “Ta’kidlash joizki, 

mamlakatingiz mustaqillikka erishgan ilk yillardanoq Prezident Islom Karimov sa’y-

                                                

185

 No Bo Kim, Jujanka Yakab, Edvard Jeyms O’Rurk suhbatlarini yozib olgan muxbirlar ko‘rsatilgan, ammo No Bo Kim 



bilan Edvard Jeyms O’Rurkning oldingi suhbatlarini kim yozgani gazetda bildirilmagan. 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

277 


harakatlari bilan aholi farovonligini yuksaltirish, ayni chog‘da jamiyatda sog‘lom 

turmush tarzini qaror toptirishga katta e’tibor qaratildi”. 

Bu gaplarni yana qaydadir o‘qiganday bo‘lyapsizmi? To‘ppa-to‘g‘ri, o‘qigansiz. 

Aniqrog‘i, sal tepada, Fransiya mehnat, bandlik va sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari 

Meri Kamel Kenormand nomidan o‘qidingiz. Ishonmasangiz, sal orqaga qaytib, 

boshqatdan o‘qib ko‘ring. Imzo qo‘yuvchilari boshqa-boshqa davlatdan, boshqa-

boshqa millatdan bo‘lishsa ham, maqola muallifi bittaga o‘xshaydi. Mana, solishtiring: 

“O‘zbekiston – izchil taraqqiy topib, nufuzi tobora oshib borayotgan davlat. Bugun 



dunyoning ko‘plab davlatlari, xususan, yevromintaqada moliyaviy-iqtisodiy 

inqirozning salbiy ta’siri yaqqol sezilib, o‘tkirlashib borayotgan bir sharoitda 

yurtingiz ijtimoiy-iqtisodiy sohada yuksak yutuqlarga erishayotgani e’tirofga 

loyiqdir”, degan edi Meri Kamel Kenormand. 

Farq ko‘ryapsizmi? Men hech qanday farq ko‘rmayapman! 

Radio-televideniyemizda ham ahvol bu kabi, balki bundan ham battardir. 

Yaxshiyam bu sho‘rlik chetelliklar o‘zbekcha bilmaydi, yaxshiyam “Xalq so‘zi”ni 

o‘qiyolmaydi, o‘zbekcha radioni eshitmaydi (eshitsa ham, tushunmaydi), o‘zbekcha 

teleko‘rsatuvlarni ko‘rmaydi (ko‘rsa ham, tushunmaydi). O‘qisa, orqasidan nima ishlar 

qilinayotganini, gapi tele-radioga qanaqa o‘girilayotganini, gazet-jo‘rnollar uning 

nomidan nimalarni yozib yuborayotganini bilsa, sovg‘aga berilgan do‘ppi-

choponniyam itqitib (nonko‘r!), matbuoti odamga o‘xshab yozadigan yurtlariga 

tiraqaylab qochib ketgan bo‘lar edi. U yurtlar boshida jiddiy moliyaviy inqirozlar 

kechayotgan bo‘lsa ham. Ular iqtisod sohasida O‘zbekiston o‘rnaklariga juda-juda 

muhtoj bo‘lsa ham. Boshida “Islom Karimovday dono va oqil rahnamosi” bo‘lmasa 

ham! 

Kichkinagina lirik chekinish. 



“Hammamiz uchun hurmatli, otashin lelinchi, jonajon Kommunistik partiyaning 

sodiq yo‘lboshchisi, kommunizmning tolmas kurashchisi” o‘rtoq Leonid Ilich Birejnev 

o‘ziga ketma-ket berilayotgan orden-medallarni ko‘ksiga taqish bilan ovora bo‘lib, 

mamlakatni boshqarishga, boshqarish ne, hatto bosh qashishga vaqt topolmay qolgan 

pallalarni hali o‘rta avlod esidan chiqarib ulgurmagan bo‘lsa kerak. Keyinroq u davrga 

“turg‘unlik yillari” deb ot berildi. Turg‘unlik eng uchiga chiqqan o‘sha yillari bosilgan 

gazetlarni, xossatan, O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining organi “Sovet 

O‘zbekistoni” gazetining 1981 yilgi sonlarini bir-bir varaqlab chiqishimga to‘g‘ri keldi. 

Hozirgi matbuotimiz bilan solishtirmoqchi, o‘xshash tomonlar topmoqchi bo‘ldim. 

Bugungi matbuot ilgarigi matbuot yo‘lidan zarracha chekinmagan, farqi – u zamonda 

hamma ishlarning tashabbuskori Kompartiya bo‘lardi, bugun – prezident; u zamonda 

mamlakat Kompartiyaning dono va oqil rahnamoligida izchil rivojlanib borardi, bugun 

– muhtaram yurtboshining dono va oqil rahnamoliklarida; u zamonda erishilgan 

hamma yutuq Kompartiyaniki, xato va kamchiliklar “joylardagi tashkilotlar...”niki 

bo‘lardi, bugun barcha yutuq prezidentniki, xato va kamchiliklar xalqniki, juda nari 

borsa, “joylardagi rahbarlar”nikidir; u zamonda mustamlaka bir xalq edik, hozir esa, 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

278 


tepadagilar qistov miyalarimizga quyayotgani rost bo‘lsa, “hech kimdan kam 

bo‘lmagan mustaqil xalqmiz!..” va hokazo... degan tezisimni isbotlamoqchi, isbotlab, 

bugungi matbuotimiz po‘stagini rosa qoqmoqchi bo‘lgan edim. Ammo... 

Ammo ahvol kutganimcha bo‘lib chiqmadi. Meni nihoyatda ajablantirgan narsa – 

rahbarlarni ulug‘lash, maqtash, ularning panohiga sig‘inish hatto sovet davri 

matbuotida hozirgidek ko‘p bo‘lmagan ekan! Insof bilan aytganda, rahbarga yo rahbar 

tashkilotga hamdu sano borasida ilgarigi “Sovet O‘zbekistoni” hozirgi “Xalq 

so‘zi”ning changida qolib ketibdi! (Lekin u zamonlarda bizga shu ham ko‘p ko‘rinar, 

ko‘ngillarimiz aynigudek bo‘lar edi.) Bitta son gazetning birda-yarim joyida partiya 

sha’niga maqtov yo birnima uchraydi. Shu bilan bo‘ldi. Boshqa yo‘q. Qolgani – hayot. 

Albatta, ko‘tarinki hayot. Ishonmasalaring, erinmasdan Alisher Navoiy kutubxonasiga 

kelib (chunki endi sovet davriga tegishli arxivlarni, matbuot organlari va kitoblarni 

tuman yo viloyat kutubxonalaridan topolmaysiz – hammasi yo‘qotilgan!), o‘qib 

ko‘ringlar. Mana, urug‘liqqa men topgan uchtagina misol, lekin shu uchta misolni ham 

topish uchun gazetning anchagina sonini titkiladim: 

1. “O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti rahbarligida respublikamizda 



qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari ham shahdam rivojlantirilib, mahsulot 

yetishtirish ko‘paytirilyapti”. (Ilgari Markaziy Komitet edi, hozir – prezident 

rahbarligida! – N.M.R.) 

2. “Partiya, uning Markaziy Komiteti, Siyosiy byurosi va shaxsan L.I.Brejnev 

mamlakatimizda adabiyot va san’atning rivoji to‘g‘risida doim otalarcha g‘amxo‘rlik 

qilib keldilar va g‘amxo‘rlik qilmoqdalar. Bu g‘amxo‘rlik sovet ijodkor ziyolilarining 

qalbida qizg‘in minnatdorchilik, partiya ishiga sadoqat va e’tiqodning samimiy 

tuyg‘ularini qulf urmoqda”. (Shaxslari almashtirilsa, xuddi bugungi gap! – N.M.R.) 

3. “Rivojlangan sotsializm sharoitida barcha sovet respublikalari bilan birga, 



O‘zbekiston xalqlari ham ajoyib muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ular KPSS XXIII, XXIV, 

XXV s’ezdlari, partiya Markaziy Komiteti Plenumlari qarorlarini, KPSS Markaziy 

Komitetining Bosh sekretari, SSSR Oliy Soveti Prezidiumining raisi o‘rtoq 

L.I.Brejnevning ko‘rsatmalari va yo‘l-yo‘riqlarini izchillik va faollik bilan amalga 

oshirmoqdalar”. (“Izchillik” sovet davrida ham bo‘lgan ekan! – N.M.R.) 

O‘tmish bilan hozirni har kim o‘zi solishtirib, o‘zi xulosa chiqarsin.  

Bu bobda mavzu talabiga ko‘ra ko‘chirma ko‘payib ketdi, uzr so‘rayman. 

Maqsadim o‘quvchining miyasini achitish emas, rasmiy matbuotimizning rangini-

tusini ko‘plashib-birgalashib aniqlash edi, xolos. Sizlarda ham bir fikr tug‘ilgandir, 

axir?! Ya’ni, bugun O‘zbekistonda “sariq matbuot” sariqmi, “jiddiy matbuot” sariqmi? 

Tag‘in ham bor-yo‘g‘i bitta gazetning nari borsa besh-olti sonini varaqlab ko‘rdik, 

har bir sondan ikkita-uchta maqoladan parcha keltirdik. Tasavvur qiling: 

O‘zbekistonning har tongi shu gaplar bilan otadi, har kuni shu gaplar ila kechadi, har 

tuni shu kabi allalar og‘ushida uyquga toladi! 

Oldiniga cho‘chqa terisidan o‘ttiz milyon qalpoq tiktirildi – uni xalqimizning o‘zi 

bichdi, o‘zi tikdi. So‘ngra aholining boshi taqir qilindi – buni ham chekkadan birov 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

279 


kelib qilmadi, vatandoshlar o‘zi Bosh Sartarosh kuzatuvi ostida bir-birining sochini 

qirdi. Undan keyin har kim o‘zi u qalpoqni boshiga sirib tortdi va... mana,  yigirma 

yildan beri yozma, bosma, so‘zlama, ko‘rsatma axborot vositalari miyalarimizni 

shunaqa puch gaplar bilan emlayverib-emlayverib, oxiri qip-qizil manqurt bo‘ldik-

qoldik. 

Lokin... Lokin boshqacha gaplar ham bor. Onda-sonda tanqid ham bo‘lib turadi. 

Xato va kamchiliklar qiyg‘os-qiyg‘os ochib turiladi. Faqat, bu ishni OAV emas, 

bironta boshqa odam emas, shaxsan prezidentning o‘zi qiladi. Chunki tanqid qilish 

huquqi va vakolati bizning “demokratik davlat”da faqat Bir Kishiga berilgan. Mana, 

o‘shanday tanqidlardan bittasi: 

“Xalq so‘zi” gazetining 2011 yil 1 dekabir payshanba (233-) soni birinchi va 

ikkinchi beti deyarli to‘lasicha prezident Islom Karimovning Qashqadaryo viloyati 

kengashining sessiyasida so‘zlagan nutqi bayonini bosgan. Nimaga nutqning o‘zini 

to‘lig‘icha emas, qisqartirilgan bayonini bosgani to‘g‘risidagi taxminlarimizni o‘rni 

kelganida etakroqda aytamiz. Hozircha o‘sha nutq va bayonidan ayrim parchalar 

keltiramiz: 

“Agarki o‘zimiz o‘z ishimizga tanqidiy baho bermasak, hech kim chetdan kelib bu 

ishni biz uchun qilib bermaydi. Bag‘rikeng, o‘z kuchiga ishongan odamlargina 

o‘zining ishiga to‘g‘ri baho berish, kamchiliklarni mardona tan olib, ularni tuzatishga 

qodir bo‘ladi

186


Shu nuqtai nazardan qarab, viloyatda amalga oshirilgan ishlarga xolisona baho 

berar ekanmiz... oxirgi yillarda... iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish sur’atlari pasayib 

borayotganiga e’tibor berishimiz zarur. Xususan, qishloq xo‘jaligini oladigan bo‘lsak, 

islohotlarni amalga oshirish, sohani modernizatsiya qilish va unga zamonaviy 

texnologiyalarni jalb qilish masalalarida jiddiy kamchiliklar mavjudligi yaqqol 

kuzatilmoqda. Joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 32 ming tonna paxta, 164 ming tonna 

g‘alla kam yetishtirilgani bu boradagi ana shunday oqsoqlikka misol bo‘la oladi. 

Paxtachilikda 5 ta tuman va 950 dan ortiq fermer xo‘jaligi yoki jami fermer 

xo‘jaliklarining 19 foizi shartnoma majburiyatlarini bajarmagani tufayli 18 ming 

tonnadan ko‘proq paxta xom ashyosi yetkazib berilmadi. Paxta hosildorligi esa 8 ta 

tumanda o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha 2 sentnergacha kamayib ketdi. G‘alla bo‘yicha 

ham shunday ahvolni ko‘rish mumkin. Ya’ni, 270 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 

shartnomada belgilanganidan 10 ming tonna don kam yetkazib berilgan”. 

“Avvalambor, viloyatda seleksiya va urug‘chilik ishlarining o‘z holiga tashlab 

qo‘yilgani, navlarni to‘g‘ri tanlash va joylashtirishdagi kamchiliklar, mavjud texnika 

parkining eskirgani, agrotexnika tadbirlarini qo‘pol buzish holatlari shunday salbiy 

oqibatlarga olib kelayotganiga e’tibor qaratildi...” 

                                                

186


 Biz ham “Bu kunlar” kitobimizni prezidentning “bag‘ri kengligidan, o‘zining kuchiga ishongan inson” ekanidan umid 

qilgan holda yozdik. Prezidentning shaxsini emas, u yaratgan boshqaruv usulini tahlil etdik. ...hech kim chetdan kelib bu 



ishni biz uchun qilib bermasligini” bilganimizdan, shu tuproqlarning haqli bir farzandi, shu Vatanning bir jon kuyari 

o‘laroq, o‘zimiz tanqid qildik. Prezident agar chindan ham “o‘z kuchiga ishongan”lardan bo‘lsa, bu “tanqidiy baholarni 



mardona tan olib, ularni tuzatishga” kirishadi, deb kutamiz. 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

280 


“Ma’lumki, 2008 yilda viloyatda... Boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi 

ilmiy tadqiqot instituti tashkil qilingan edi. Bugunga qadar bu institutda 16 mingdan 

ortiq turli nav va liniyalar sinovdan o‘tkazilgan bo‘lsa-da, hali ishlab chiqarishdan o‘z 

o‘rnini topgan navlar yo‘q, bir so‘z bilan aytganda, aniq natija ko‘rinmayapti. Bu 

yerdagi ishlar pala-partish tashkil etilib, institut faoliyatida mantiq va mazmunning 

yetarli emasligi tobora o‘z isbotini topmoqda...” 

“Viloyatda sanoat tarmoqlarini barqaror rivojlantirishga yetarli e’tibor 

berilmayotgani, rejalashtirilgan loyihalar o‘z vaqtida amalga oshirilmayotgani, mavjud 

salohiyat va quvvatlardan samarali foydalanilmayotgani ham jiddiy muammoga 

aylanib bormoqda. 

Birinchidan, viloyatda o‘tgan yili sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 2009 

yilga nisbatan pasayib, 96.8 foizga tushib qolgan... Bugungi kunda viloyatda zarar 

ko‘rib ishlayotgan korxonalar soni 9 taga yetib, umumiy zarar miqdori1.2 milliard 

so‘mni tashkil etayotgan bo‘lsa, bunday murakkab ahvolni tuzatish uchun zarur amaliy 

choralar ko‘rilmayapti. 

Ikkinchidan, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni diversifikatsiya qilish,  ya’ni 

ularning turini kengaytirish va raqobatdosh (“raqobatbardosh”, “raqobatga chidamli” 

deyilmoqchi shekilli. – N.M.R.) mahsulotni ko‘paytirish bilan bog‘liq masalalarga 

alohida e’tiboringizni qaratishni istardim... Bu borada muhim o‘rin tutishi lozim 

bo‘lgan mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish ishlari ham talab darajasida emas. 

Viloyatdagi mavjud 2 ming 821 ta korxonadan faqat 7 tasi ana shunday mahsulot 

ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda. 

Har yili mamlakatimiz poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro sanoat yarmarkasi va 

kooperatsiya birjasi doirasida yaratilgan imkoniyatlardan keng va samarali 

foydalanilmayapti... O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: viloyat rahbarlarining bundan xabari 

bormi yoki yo‘qmi? 

Uchinchidan, sanoatning qayta ishlash tarmog‘i ham e’tibordan chetda qolmoqda... 



(Misollar keltirilgan. – N.M.R.) 

To‘rtinchidan, ...tumanlarda nooziq-ovqat iste’mol mollari ishlab chiqarishda 

deyarli o‘zgarish sezilmayapti... Agarki bu masalani tumanlar misolida tahlil qiladigan 

bo‘lsak, ahvol yanada achinarli ekaniga guvoh bo‘lamiz... 

Yana bir jiddiy kamchilik... mahalliy hokimliklar tomonidan xorijiy investitsiya 

ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishga va hududning eksport salohiyatini oshirishga 

yetarli e’tibor berilmayapti...” 

“O‘tgan o‘quv yilida viloyatdagi kollejlarni bitirgan yoshlarning 96 foizi ishga 

joylashtirilgani

187


 e’tiborga loyiq, albatta. Ammo 1 ming 516 nafar yosh bitiruvchi ish 

                                                

187

 Bu ko‘rsatkichni izohlamasak bo‘lmaydi. 96 foiz – qalbaki natija. “Yuqori”ga qalbaki bo‘lsa ham ijobiy natija kerak. 



Buning uchun o‘quv yurtlari ma’muriyati bitiruvchining ota-onasiga: “Bolangizni bironta ishxona ishga olayotgani haqida 

ma’lumotnoma olib keling, diplomini o‘shandan keyin beramiz”, deydi. Sho‘rlik ota-onasi tanish-bilish axtaradi. Topsa: 

“Erkakcha so‘z beraman: bolam (yoki: jiyanim) o‘qishni bitirgach sizdan ish talab qilmaydi! Diplomini olvolsin... 

yo‘liga... manavi uchtomonlama shartnomaga qo‘l qo‘yib bersangiz”, deb iltimos qiladi. Yalinadi, yolvoradi, kerak bo‘lsa 

ozgina uzatadi ham. Yuz issiq, biron ishxona boshlig‘i bu ishni “hal etib” beradi. “96 foiz”lik natija mana shunaqa 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

281 


bilan ta’minlanmasdan qolgani joylarda haligacha biz uchun o‘ta muhim bo‘lgan bu 

masalaga yetarlicha ahamiyat qaratilmayotganidan

188

 dalolat bermoqda...” 



“Lekin ana shu o‘ta muhim masalada (gap namunaviy loyihalar asosida uy-joylar 

qurish borasida ketyapti. – N.M.R.) mas’uliyatsizlik va pala-partish yondashuvlar 

ko‘zga tashlanayotgani joylardagi ko‘pchilik rahbarlar bu masalaning mohiyati va 

ahamiyatini hanuzga chuqur anglab yetmaganini ko‘rsatadi... 

Buning ustiga, qurilishni amalga oshirish uchun pudratchi tashkilotlarni tanlashda 

ham jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda... 

Yuqorida ko‘rsatilgan qo‘pol xato va kamchiliklarni, birinchi navbatda, shu 

sohalarga mas’ul bo‘lgan rahbar va xodimlarning ishga sovuqqonlik bilan qarashi

eng muhimi, butun O‘zbekiston bo‘yicha keng rivoj topayotgan bunday loyihalarning 

ahamiyatini, naqadar dolzarbligini tushunishga aqli yetmaganining natijasi deb qabul 

qilish kerak. Avvalambor, katta kelajagi bor bunday ishlarni obro‘sizlantirish 

harakatlariga yo‘l qo‘yishni chidab bo‘lmaydigan holat, deb baholayman... Bu masala 

bo‘yicha Bosh prokuratura tomonidan maxsus komissiya tuzib, viloyatdagi ahvolni 

chuqur o‘rganish, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlarni qonuniy javobgarlikka 

tortish zarur, deb ta’kidladi Prezidentimiz. 

“...bu boradagi amaliy harakatlar keyingi vaqtda yangi bosqichga ko‘tarilish 

o‘rniga, susayib borayotganidan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi”. 

“Viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va nuqsonlar 

haqida yana ko‘p gapirish mumkin, o‘ylaymanki, bu zalda o‘tirgan faollarimiz ham 

mavjud oqsoqliklar va ularning sabablari haqida yana qo‘shimcha misollar keltirishi 

qiyin emas...” 

“Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. N.Zayniyev Qashqadaryo viloyati hokimi 

lavozimidan ozod etildi”. 

Shunday qilib, murod-maqsadga yetildi... 

Endi bu ko‘chirmalarning qisqacha sharhiga o‘tamiz. 

Prezidentning oxirgi gapiga suyansak, demak, “kamchilik va nuqsonlar haqida 

yana ko‘p gapirish mumkin”. Bu degani, mamlakatning katta bir viloyatida sessiyada 

aytilmagan yana qanchadan-qancha kamchilik va xatoliklar bor. Bunday holda mantiq 

ne deydi? 

1. Prezident viloyat hokimlarini ishdan olishda har gal u viloyatdagi xato va 

kamchiliklarni avra-astarini ag‘darib-ochib tashlaydi. Natijalar nuqul salbiy ekan degan 

taassurot qoladi odamda. Ijobiy natija ko‘p bo‘lganida hokimni almashtirish mantiqqa 

to‘g‘ri kelmas edi-da. Ishdan olindimi, demak, viloyat deyarli o‘tirib qolgan. 

Mamlakatda esa hokimi salbiy baho bilan ishdan olinmagan viloyat yo‘q hisobi. Bu 

narsa nimani bildiradi? Demak, hamma viloyatda ish chatoq. “Hamma viloyat” degani 

                                                                                                                                                               

nayranglar bilan yuzaga keladi! Qashqadaryodagina emas, butun mamlakatda va uning poytaxtida ham ahvol shu! 

Yolg‘onlar ichra aniq ma’lumot topish mushkul, tevarakka boqib taxmin qila olamiz: bitiruvchilarning 80 foiziga yurtda 

ish yo‘q! Chetga survoradi yo ota-onasi bo‘yniga osilib yuraveradi. 

188


 “96 foizini ishga joylashtiribsanlar, 4 foizginasini eplayolmadilaringmi?!” demoqchi. Laqmami bu odam?! 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

282 


butun bir mamlakat ‒ O‘zbekiston deganidir! O‘zbekistonning hokimi kim? Mamlakat 

o‘tirib qolgan bo‘lsa, nimaga u javob bermayapti?! Uni kim ishdan olib tashlaydi?! 

Uning xatolarini kim ko‘rsatadi?! OAVga quloq solsangiz, mamlakatda hammasi 

yaxshi! Zo‘r ketyapti! Dunyo lol! Prezidentning o‘zi ham respublikani hech 

yomonlamaydi ‒ hammayoq go‘zal, naq jannat! Viloyatga chiqqanida esa u yerdagi 

kamchiliklarni sanayverib jazavasi qo‘zib ketadi. Tushunib bo‘lmaydi. Bu 

boshqotirmani yechaman deb miya ishdan chiqib qolishi hech gap emas. Prezidentning 

viloyatlardagi so‘zi yolg‘onmi, Toshkentdagi so‘zi yolg‘onmi? Yoki masalani bunday 

qo‘yamiz: prezidentning har bir viloyatga chiqqanidagi so‘zi to‘g‘ri bo‘lsa, OAVning 

so‘zi yolg‘on, OAV to‘g‘ri gapirayotgan bo‘lsa, prezident yolg‘onchi ‒ qay birining 

gapiga ishonaylik biz sho‘rlik xalq?! 

2. Respublikaning eng katta bir viloyatida ahvol bunaqa ekan, “jiddiy matbuot”imiz 

shu damgacha qayoqqa qarab turgan edi?! Bir Kishining ko‘nglini ovlab hadeb karnay-

surnay chalavermasdan, voqelikka haqiqat ko‘zi bilan boqsa, bu xato va kamchiliklarni 

ko‘rmasmidi? “Xalq so‘zi”ning shu sessiyadan oldingi sonlarini atay varaqlab ko‘rdim: 

umuman respublikadagi, xossatan Qashqadaryo viloyatidagi ishlar haqida bironta 

tanqidiy maqola uchratmadim. O‘rniga nuqul quloqlarni qomatga keltiradigan 

karnaybazm – “tinimsiz rivojlanish”, “yuksak samaralar”, “ulkan natijalar”, “tub 



islohotlar”, “izchil taraqqiyot” va hamma sohada “Prezident tashabbusi bilan amalga 

oshirilayotgan beqiyos ishlar”! Sessiya o‘tgach – prezident “barcha kamchiliklarni 

jasorat bilan ochib tashlaganidan keyin” balki matbuotda ahvol o‘zgargandir, deb 

gazetning keyingi sonlarini ham ko‘zdan kechirib chiqdim – zarracha o‘zgarish yo‘q. 

Jim suvga tosh tushdi, cho‘lp etdi, so‘ng yana jimlik. Bir marta “cho‘lp” etgan 

tovushini eshitib qoldik, xolos. Hech bo‘lmaganda prezident tanqid qilgan sohalar 

haqida, hech bo‘lmaganda prezident tanqidiga suyangan holda tanqidiy yondashuv 

bo‘lishi kerak edi-ku! Yo‘q! Hokim almashdi – maqsad hosil bo‘ldi, manfaatdor 

tomonlar murodlariga yetdilar, qani, yana karnaybazmga marhamat! 

Uyat yo‘q! O‘likning ustida ham to‘y qiladi bizning “jiddiy matbuot”! 

Prezident nutqi bayonidagi har bir so‘z va jumlaga shu qabilda yondashib, 

mamlakatimiz ahvoli aslida qandayu ommaviy axborot vositalarida qanday ekani 

haqida mantiqiy kuzatuvlarimizni uzoq davom ettirsak bo‘lardi, lekin biz bu ish 

davomini ziyrak o‘quvchilarimizga qoldirishni to‘g‘ri deb topdik. Sharhsiz ham 

tushunarli,telba-teskari ishlar har kimning ko‘zi o‘ngida ochiq turibdi. Lekin bitta 

nozik masalaga diqqatimizni qaratmasdan o‘tolmaymiz. 

Prezident so‘zi oxirida: “Yana bir muhim masala borki, u haqda ham eslatib 



o‘tishni joiz, deb bilaman. Tuman, shahar yoki viloyat miqyosida erishilgan barcha 

yutuqlarni har qaysi rahbar o‘zining nomi bilan bog‘laydigan bo‘lsa, o‘rinli-o‘rinsiz 

maqtanib gapiradigan bo‘lsa, birinchidan, bunday holat juda xunuk ko‘rinadi, 

ikkinchidan bu (ishi. – N.M.R.) rahbarga hech qachon obro‘ keltirmaydi...” deb 

Qashqadaryo viloyati hokimini ishdan olishining asosiy sababini bildirib qo‘yibdi. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling