Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
- “Ramazon va Qurbon hayitlari dam olish kuni deb e’lon qilingan!”
- 1. Birlamchi farz
- 2. Imondan keyin eng ulug‘ farz namozdir. Namoz yo‘li ham tobora to‘sib
- 3. Avratni yopish farzi ham hukmdan qoldirildi
- 4. Halol-harom masalasi ham hukmdan qoldirildi
- “Jihod va yurishlar kitobi”
- 6. Davlat necha yillardan beri qo‘l ostidagi ommaviy axborot vositalari orqali Islom dini haqida asosan salbiy, boshqa dinlar to‘g‘risida ijobiy fikr uyg‘otish
- 7. Azonni ovozkuchaytirgichlarda aytish turli bo‘lmag‘ur bahonalar ila bekor qilib turiladi
IV. Abu Lays Samarqandiyning “Tanbehul g‘ofilin” kitobidan: 31-betdagi “Ular (shahidlar. – N.M.R.) ikkinchi bor hayoti dunyoga qaytib, Alloh yo‘lida jang qilib, halok bo‘lishni orzu qiladilar” deb yozilgan jumlani qisqartirish; 145-156 betlardagi 15-bobni, “Zino haqidagi” 45-bobni, 347-betda berilgan 536-hadisni (!) to‘liqligicha qisqartirish... lozim” (2013.8.04. 890-raqam).
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 297
Bunaqa misollardan yuzlabini keltirsa bo‘ladi. Bu misollar dinning o‘zak masalalari ‒ aqida va hukmlari hatto mo‘‘tabar manbalardan o‘chirib tashlanayotganini yoki o‘zgartirilayotganini ko‘rsatadi. Mo‘‘tabar manba ne, hatto Qur’oni karimning ayrim oyatlari (mas., jihod, halol- harom, ko‘pxotinlilik haqlaridagi oyatlar) machitlarda gapirtirilmaydi, gazet- jo‘rnollarda sharhlatilmaydi, chop etilayotgan kitoblardan o‘chirtiriladi. Oyatga munosabat shunday, hadislarni qo‘yavering: ular ham qattiq chig‘iriqdan o‘tkazib beriladi. Imom Buxoriyga ham, Imom Muslimga ham davlat ishonmaydi, ular tanlagan sahih hadislar davlatni qoniqtirmaydi, ularni sahih yo sahihmas deb o‘zi boshqatdan “aniqlaydi”. Qaytadan jiddiy tekshiruvdan o‘tkazib, elakda qolganlarigagina ruxsat beradi 197
. Xullas, davlat dinning xohlagan joyidan xohlagan patini yulib, xohlagan ko‘yiga solyapti. Hamma narsaga aqli yetadigan “ulamoi kirom” bu kabi ayanchli ishlarga ochiq munosabatini bildirish o‘rniga qaytaga har kuni har yig‘in va har to‘plamda tomoq yirtib: “Olloh taolo: «Shukr etsalaring, ne’matimni ziyoda qilaman», degan. Shuning uchun, muhtaram ahli Islom, ahli mo‘min birodarlar, muqaddas diniy qadriyatlarimizni xalqimizga qaytarib bergan, eminlikda-erkinlikda ibodat qilishimizga to‘la sharoit yaratib qo‘ygan davlatimizga, shaxsan Prezident bovamizga karrot-karrot shukrlar aytaylik, hamdu sanolar yo‘llaylik”, deb turibdi... 198
5. “Ramazon va Qurbon hayitlari dam olish kuni deb e’lon qilingan!” degan minnatga javob: Diqqat qilinsa, bu yerda yashirin bir nayrang bor. “Mustaqil” O‘zbekiston davlati musulmonlarning ikki buyuk hayitini bayram deb ochiq tan olmagan! Tan olgan bo‘lganida, “mustaqillik”ning ho‘v o‘sha boshidayoq “O‘zbekistonda Ramazon va Qurbon hayitlari umumxalq bayrami hisoblansin va dam olish kunlari deb e’lon etilsin”, degan bitta Farmon chiqarilar va qonun bilan mustahkamlanar edi. Bunday bo‘lmadi va o‘rniga har yili alohida farmon chiqarish an’anaga kirdi. Bu ikki xil yo‘l orasida katta farq bor! Nimaga ikkinchi yo‘lni tutganini davlat juda yaxshi biladi. Faqat biz qoralargina har yili chiqadigan omonat farmonni ham olqishlab, hayitimizni dam olish kuni qilib berdilar, deb har yili prezidentga hamdu sanolar yo‘llab yotamiz. Hech o‘ylab ko‘rganmizmi: prezident Yangi yil, 8 mart, Navro‘z, Mustaqillik, o‘qituvchilar bayrami, hatto jurnalistlar kuniga har doim tabrik yo‘llaydi, lekin musulmonlarning ikki buyuk bayramida xalqimizni umuman tabriklamaydi?! Nimaga?! Axir, 90 foizdan ortiq xalqimiz musulmon-ku!
197 “Hadis va Hayot” turkumidan ko‘p jildlar bosilib chiqqanidan keyin ham uzoq vaqt 2-kitobga ruxsat berilmay yotganini eslash yetarli. Qolganlari ham ancha “tozalanib” chiqqanini nashriyot muharriridan eshitib turardik. 198
Holbuki, Olloh taolo “Menga shukr qilsalaring...” degan. U shukr qanaqa bo‘lishi tafsir kitoblarida sharhlangan. Biz bo‘lsak minbarlarda qavmlarimizni zo‘r berib prezidentga shukr etishga targ‘ib qilib yotibmiz. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 298
Xullas, davlat dinga qarshi emasligini, aksincha, unga keng yo‘l berayotganini ko‘rsatish uchun yana ko‘p “minnat-dalil”lar keltirishi mumkin. Ammo ming tirishmasin, baribir o‘zini oqlayolmaydi. Chunki haqiqat qaysar, prezident siyosati mohiyatan Islom diniga qarshi ekanini hayot aylanasiga ham, tikkalayiga ham, ko‘ndalangiga ham isbotlab turibdi. Xo‘sh, bu qaysar haqiqat nima deydi? Eng mashhur ayrimlarini sanaymiz: 1. Birlamchi farz (farzi ayn)lardan biri – da’vat (dinga chaqiriq) keskin taqiqlangan: – imonga, namozga, ro‘za tutishga chaqiriq “qonunga ters” deb baholanadi, da’vatchi ming turli bahona ila ishdan olinadi yoki qamoqqa tiqiladi; – ko‘chada, uylarda, ma’raka-marosimlarda tugul, hatto machitlarda odamlar imonga, namoz o‘qishga, ro‘za tutishga chaqirtirilmaydi. Machitga qatnaydiganlar aytsin: imom xalqni imonga, namozga, ro‘zaga oxirgi marta qachon da’vat qilgan? Albatta, ayrim machitlarda jasoratli imom-domlalarimiz yo‘lini qilib, qalovini topib, da’vat ham qilib turishibdi, lekin “tepa”lardan tushgan topshiriqqa qattiq yopishib olgan ko‘p machitlarda nuqul ijtimoiy-siyosiy gaplar aytiladi, davlat siyosatini targ‘ib- tashviq etish bo‘yicha musobaqa qilinadi, xolos. To‘g‘ri, machitlarda aytilayotgan ijtimoiy gaplar ham jamiyatga kerakli gaplar, ammo imon, namoz, ro‘za asosiy masalalar-ku! Islom dini ustunlaridan-ku; – diniy gazet, jo‘rnol, kitoblar ham da’vat ruhidan keskin “tozalanadi”. O‘quvchini o‘ylab ko‘rishga chaqiruvchi maqola yo parcha ham “Da’vat bo‘lib qolibdi!” degan “jiddiy ayb” bilan o‘chirib tashlanadi. Ikki-uch marta shunaqa “ayb”ga yo‘l qo‘ygan muharrir kamida: “Qayoqqa qarayapsiz o‘zi! Odamlarni hayajonga soladigan materiallar bermang!” 199
degan qattiq dashnom eshitadi; – bolalar va yoshlarni dinga chaqirish borib turgan jinoyatday qilib qo‘yildi. – ...
keltirishga, Unga hech narsani sherik qilmaslikka chaqirish, Olloh muyassar qilgan barcha uslub va imkoniyatlar bilan ochiq-oydin va go‘zal holda Islomni yetkazishdir” 200 .
borilyapti: – namoz o‘qiydiganlar asta-sekin o‘qishlardan, ishlardan siqib chiqarildi; – maktab, kollej va oliy o‘quv yurtlari talabalari bo‘ynidan namoz farzi “bekor qilindi”; – kasalxona, qo‘nalg‘a, vokzal, ishxona va oshxonalarda ochilgan namozxonalar bitta qo‘ymay yopib tashlandi;
199
Prezident Devonida dinga qarovchi mas’ul shaxslardan (dinning qorovuli) Nuriddin Hoshimovning topib olgan gapi shu edi. U yana: “Diniy gazet-jo‘rnol tirajini ko‘paytirmanglar, diniy idoraning gazet-jo‘rnoli bormi ‒ bor degulik darajada chiqsa bo‘ldi!” deb po‘pisa qilardi. “Hidoyat” jo‘rnoli adadi 23000 (yigirma uch ming)ga chiqqan yili tilponda yarim soat kaminaning boshini qotirgan! 200 Abdulloh Sa’d. Islomning asosiy haqiqatlari, 40-bet. “Turusel” bosmaxonasi, 1997 yil. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 299
‒ uyidan va machitdan tashqarida bir ish bilan yurganlarga, ayniqsa ayollarga namoz o‘qish imkoniyati deyarli qoldirilmadi; – namoz o‘qiydigan tadbirkorlar ta’qib va tazyiq ostiga olindi 201
. ‒ ...
Aslida: “Namoz har bir musulmon o‘z vaqtida ado etishi lozim bo‘lgan eng ulug‘ farz bo‘lib, sog‘ bo‘lsin, kasal bo‘lsin, hech qachon undan ozod bo‘lmaydi. Banda bilan Olamlar Parvardigori orasida doimiy yangilanib-takrorlanib turadigan ahdnoma va ozuqa bo‘lishi uchun Olloh taolo kecha va kunduz soatlaridan besh vaqtni namoz vaqti qilib tayinladi” 202
. 3. Avratni yopish farzi ham hukmdan qoldirildi: – yopinish-o‘ranish haqidagi Ollohning buyrug‘ini machitlarda ham, diniy adabiyotlarda ham aytish, erkagu ayolni avratni yopishga chorlash mutlaq to‘xtatilgan. Uning o‘rniga “milliy kiyim” iborasi joriy etildi, ammo unga ham targ‘ib qilinmaydi 203
; – hijobga jamiyatda dushmancha qarash shakllantirilgani va har kuni unga qarshi kurashilgani holda mammani, kindikni, orqani, ketni ochib yurishga qarshilik qilinmaydi. Aksincha, targ‘ib-tashviq etiladi 204 ;
205 – o‘qishlarga, ishlarga olinmadi, oldindan o‘qib yo ishlab kelganlari bo‘lsa haydaldi 206
;
201 Hujjati pastroqda keladi. 202 Shu asar, 34-bet. 203 Dinga qarshi siyosat kundan-kunga tezlashib, misollar qalashib bormoqda. Xuddi atay qilinganday, deyarli har kuni ketma-ket bir mojaro chiqib turibdi. Mas., bugun – 2013 yil avgustining 14-kuni endi ishdan qaytib, so‘rida o‘tirsam, uy tilponi jiringladi. Mahalla idorasidan diniy maslahatchi ayol ekan. Bolalarimning onasini so‘rabdi. Uzoq gaplashishdi. Oldiniga yaqinda Turkiyaga borib kelganimiz haqida so‘rabdi. “Nimaga bordilaring? Qayerga qo‘ndilaring? Qancha yurdilaring? Kimlar bilan uchrashdilaring? Qachon keldilaring?” Va hokazo... So‘ngra mavzu hijobga burilibdi. “Hokimiyatga bizning mahallada hijobli qolmadi, hammasini yechtirdik, deb hisobot berib yuborganmiz. Bitta sizlarning oilalaring qolibdi. Ro‘molni yechinglar. Hech bo‘lmasa, orqamachasiga o‘rab yuringlar, bizga gap tegmasin. Hijob arablarning milliy kiyimi, iqlimlari shunaqa kiyinishni taqozo etadi, bizga to‘g‘ri kelmaydi. Bizdan ham qattiq talab qilishyapti-da”, dermish... Beva ekan. Melisa eri boshqa xotinga ilashib ketib qolgach, bu ayol mahalla idorasida xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha diniy maslahatchi lavozimiga loyiq ko‘rilibdi... “Hujum – 2” boshlanganiga o‘zi ancha bo‘lgan, endi battar kuchayganga o‘xshaydi. Bu ketuvda O‘zbekistonda yaqin oralarda hijob yot unsur sifatida, hijoblilar sinf sifatida butkul tugatilsa kerak. Eng yangi misol yana o‘z oilamdan: katta qizim uzoqdan kelgan dugonasini do‘xtirga olib chiqayotganida uyimizga yaqin yerda ikki nafar melisa ularni to‘xtatibdi. “Jamoat joylarida ibodat libosida yurib qonunni buzyapsizlar! Yo jarima to‘laysizlar, yo bo‘limga oborib ustlaringdan “Ish” ochamiz!” debdi. Qizim ham topqirlik qilib: “Bu ibodat libosi emas, moda-ku! Mana, qarang, ko‘zoynak ham taqib olganman!” deb qutilib qolibdi. Yovvoyi tuzum! 204 Masalan, Toshkent shahar Hamza tumani 69-maktab kiraverishiga qo‘yilgan qorovul ayol shu kunlarda (2012-2013 o‘quv yili) ham qizlarga: “Ro‘mol o‘rama!”, “Ishtoningni yech!”, “Kalta yubka kiyib kel!” deb turadi. Yaqindan beri yana bir “ta’sirchan” yangicha usul chiqdi: Bi-bi-si radiosi xabariga ko‘ra, bolaga ajratilgan nafaqa pulini olish uchun mahalla idorasiga chiqqan ayollar, agar o‘rangan bo‘lsa, haqlari berilmayapti. “Hijobingni tashlasang, beramiz”, deya boshlabdi mahalla boshliqlari. Mas., Qo‘qon shahrida shunday qilishgan. 205 O‘quv yurtlarida o‘rangan qiz eng a’lochi bo‘lsa ham, olimpiadalarga, musobaqalarga qo‘yilmaydi; biron teleko‘rsatuvga suratga olishga kelsa, sinf xonasidan chiqazib yuboriladi (Bunga o‘zimning ikki qizim jonli misol). Ammo yozgi ta’til chog‘i sinfning ayrim mulkini saqlab berishni “Sizlar omonatdorsizlar” deb qizlarimdan iltimos qilishardi. “Sening yaxshiligingga va Ollohdan qo‘rqish xush xulq ekaniga tan berishyapti, shunisiga ham shukr”, deb qizlarimning ko‘nglini ko‘tarardim. 206 Milliy universitetning turli fakultetlaridan 90-yillar ikkinchi yarmida 25 (yigirma besh) nafar hijobli qizning o‘qishdan haydalishi bilan boshlangan kampaniya hozirgacha quturgandan-quturib davom etib kelyapti. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 300
– hatto bozorda ketayotgan o‘rangan qizlarni “jamoat joylarida ibodat libosida yuribdi” degan ulkan jinoyat (!) ustida tutib ketib, jinoiy ish ochib, sud qilib, jarimaga tortildi 207
; – bozorlarda o‘rangan tadbirkor ayollar tinimsiz ta’qib qilindi, ro‘molini yechtirishga majburlandi, ro‘molini yechmaganlarning do‘konlarini soliq idoralari bosdi, mollari tortib olinib, yo‘q yerdan ayblar topib, musodara qilib yuborildi 208 ;
taqiqlandi; chetdan keladigan “diniy libos”lar mamlakatga kiritilmaydigan bo‘ldi. ‒ ...
Aslida: balog‘atga yetgan qiz va ayollar ikki qo‘l kafti, ikki oyoq kafti va yuzidan boshqa yerlari avrat sanaladi va mahram bo‘lmaganlar oldida avratini yashirishi, o‘rashi (hijoblanishi) farzdir.
– mast qiluvchi ichkiliklarni harom deb bo‘lmaydi! “Nega?” desangiz, “Hamma rahbarimiz ichadi, ichuvchilarning ko‘nglini og‘ritib qo‘yasizlar”, deyishadi; – qimorni harom deb bo‘lmaydi! “Nega?” desangiz, “Qimorxonalarni davlat rasman ochib qo‘ygan, nima, sizlar davlat siyosatiga qarshimisizlar?!” deb do‘q urishadi; – cho‘chqa etini harom deb bo‘lmaydi! “Nega?” desangiz, “Cho‘chqa etini halol deb hisoblaydigan dinlarning huquqiga tajovuz qilmang!” deyishadi; – Ollohdan boshqaga atab yoki Ollohning nomini aytmasdan so‘yilgan hayvonlar etini harom deb bo‘lmaydi! “Nega?” desangiz, “Nima, aralashiga yeb yurganlarni haromxo‘r demoqchimisizlar?!” deb po‘pisa qilishadi; – halol mahsulot chiqara boshlagan ishxonalarning yorlig‘idan “halol” so‘zi oldirib tashlandi! “Nega?” desangiz, “Nima, boshqalarning mahsuloti harommi?!” deyishadi; – halol taomlar tayyorlaydigan oshxonalar yopildi, nomida “halol” so‘zi bo‘lsa o‘chirtirildi yoki ulardan, peshtaxtangga mast qiluvchi ichimliklarni ham qo‘yasan, deb talab qilindi. “Nega?” desangiz, “Nima, oshxonalarni halol-haromga ajratib, jamiyatda g‘avg‘o chiqarmoqchimisizlar!” deb so‘zingizni kesishadi. ‒ ...
kiyim, ziynat yoki o‘yin-kulguni ruxsat berdi. Bular «halol» deyiladi. Olloh taolo insonni o‘ziga va o‘zgalarga zararli bo‘lgan narsalardan – iflos-fahsh so‘z, ish, ovqat, ichkilik, kiyim, ziynat va o‘yin-kulgudan qaytardi. Bular «harom» deyiladi. Albatta, halol yoki haromni aniqlash va bayon qilish Ollohning o‘ziga xos ishdir. Bu ishni O‘zidan boshqa hech kimga – davlat, hay’at, jamiyat, boshliq, shayxga ruxsat bermagan” 209
.
207 Xorazm viloyati Gurlan tumanining “Gurlan hayoti” gazeti 2012 yil kuzgi sonlaridan birida “Sud zalidan” degan rukn ostida shu xabarni chop etgan (Bu haqda gapirib bergan imomning ovozi yozib olingan, saqlanyapti). 208
2011 yili o‘zimning jiyanim bilan dugonasi boshiga shu savdo tushdi. Oldiniga: “Ro‘molni yechsalaring, ishlaysizlar, bo‘lmasa, do‘konlaringni yopamiz!” deb ogohlantirishdi, bular yechmagan edi, tovarini tortib olib, musodara qilib yuborishdi. Sud ham eplayolmadi. 209
Abdulloh Sa’d. Islomning asosiy haqiqatlari, 39-bet. “Turusel” bosmaxonasi, 1997 yil. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 301
5. Jihod hukmi tagdan bekor qilindi: – jihod haqida ijobiy gap aytish yo yozish tugul, tilga olishning o‘zi qat’iyan taqiqlangan 210
. Bu bilan aqida asoslariga bolta urilyapti; – aksincha, jihod haqida salbiy gaplar aytish va yozishgagina ruxsat bor; – rasmiy doiralar talabiga ko‘ra, “ulamo” orasida jihodni asosan: 1) nafsga qarshi kurash ma’nosida tushuntirish va shu ma’nosinigina targ‘ib-tashviq etish urfga kirdi; 2) bu so‘zning lug‘aviy ma’nosidan kelib chiqib: «“Jihod” so‘zi lug‘atda urush ma’nosini anglatmaydi... kishi bor imkoniyatini ishga solib, biron ishni bajarishga harakat qilishi jihoddir. Shar’iy ilmlarda jihod qilganlar shuning uchun “mujtahid” deyiladi», deb tushuntirilyapti. Albatta, bu gap ham to‘g‘ri. Lekin Imom Buxoriy hazratlari “Sahih”da urush, g‘azot va qaysidir tomoni bilan shularga tegishli mavzulardagi 309 hadisi sharifni 199- bobga biriktirib-to‘plab, bu bo‘limni “Jihod va yurishlar kitobi” deb ataganlarini qanday tushunamiz bo‘lmasa! Savollar tug‘iladi: 1. Buyuk imomimiz bugungi “olim”lar bilgan lug‘aviy ma’noni bilmaganmi edilar? 2. Nafsga qarshi jihod haqidagi hadisni nimaga bu bo‘limga kiritmadilar? 3. Xo‘p, bu ikki ma’noni ham diqqatdan qochirmaslik kerak, albatta, lekin hech bo‘lmasa, bular qatorida nimaga Imom Buxoriy nazarda tutgan ma’nolar ham aytilmaydi?! Ayttirilmaydi?! Hamma gap shunda. Bu yerda aql egalarini o‘ylantiradigan nimalardir bor. ‒ ...
boshchiligida davom etadi. Ularni hech narsa bekor qilmaydi” 211 . 6. Davlat necha yillardan beri qo‘l ostidagi ommaviy axborot vositalari orqali Islom dini haqida asosan salbiy, boshqa dinlar to‘g‘risida ijobiy fikr uyg‘otish siyosatini yurityapti, bu ishi bilan (ayniqsa O‘zbekiston televideniyesi barcha kanallari orqali) necha yillardan beri bilib-bilmay missionerlarga xizmat qilib kelyapti, missionerlik tegirmoniga suv quyyapti: – turli oqimlarni bahona qilib, Islom dini haqida doim qoralovchi, aksincha, nasroniylik haqida, ulardagi sekta va mazhablarni ajratib o‘tirmasdan faqat ijobiy tasavvur uyg‘otuvchi badiiy filmlar ko‘rsatadi; bu filmlar orqali muttasil nasroniylikning ijobiy obrazini yoyyapti, musulmon xalqimiz ongi va yuragiga yot din g‘oyalarini yerlashtiryapti; – o‘zbek kinolarida bironta imom yo din olimining ijobiy obrazi yaratilmaydi; aksincha, nasroniy olamidan ko‘rsatiladigan deyarli barcha kinolarda nasroniylarning ijobiy obrazlari targ‘ib-tashviq etiladi;
210 Olloh ko‘rsatmasin, ertaga biron tashqi dushman O‘zbekistonga bostirib kirsa, hozirgi davlat o‘z hokimiyatini asrab qolish uchun domla-imomlarga hatto: “Jihod e’lon qilinglar!” deb yalinsa ham ajab emas. 211
Imom Tahoviy. Aqoid, Toshkent, 1992. Shayx Abdulaziz Mansur tarjimasi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 302
– nasroniycha “hijob”li ayollar bemalol ko‘rsatilavergani holda bironta musulmoncha hijobli ayol ekranlarga chiqarilmaydi. Chiqarilsa ham, faqat salbiy talqinda, salbiy qiyofalarda, ommani hijobdan va hijoblilardan nafratlantirish maqsadida ko‘rsatiladi; – bironta filmda qahramon machitga bormaydi, go‘yo O‘zbekiston voqeligida machit yo‘qday; aksincha, chet el filmlari qahramonlari tinimsiz cherkovga boradi, cherkovdagi ibodatlar yotig‘i bilan ko‘rsatiladi, nasroniylar diniy masalalarini xotirjam-malolsiz gaplashadi 212 ;
mamlakatlar ishlagan islomiy kinolar ko‘rsatib turilgan edi, bora-bora unga barham berildi. O‘rniga endi hatto Ramazon oyida din haqida salbiy siyosiy ko‘rsatuv va eshittirishlar tayyorlanyapti (mas., 2012 – 2013 yillari); aksincha, nasroniylik haqida bironta salbiy baho yoki tanqid yo‘q; – “Diniy bag‘rikenglikka to‘g‘ri kelmaydi!” degan bahonada nasroniylikning salbiy tomonlarini gapirishga yo ko‘rsatishga ruxsat yo‘q, ammo butun OAV Islom dini to‘g‘risida faqat salbiy material beradi, hech kim: “Bag‘rikenglik yo‘rig‘iga to‘g‘ri kelmaydi-ku!” demaydi; – har kuni har daqiqada Islom dinidan va musulmonlardan davlatga, siyosatga, boshqa dindagilarga, dinsizlarga... nisbatan bag‘rikenglik talab etiladi, lekin davlat ham, siyosat ham, boshqa dindagilar ham, dinsizlar ham Islom diniga va musulmonlarga bag‘rikenglik ko‘rsatmaydi! Aksincha, bahona topilsa-topilmasa Islomni, musulmonlarni xo‘rlash, kamsitish, siqish, jamiyatga ta’sir qildirmaslik, umuman, jamiyatdan uzish, ijtimoiy faoliyatini cheklash bilan ovora. 7. Azonni ovozkuchaytirgichlarda aytish turli bo‘lmag‘ur bahonalar ila bekor qilib turiladi: – boshidan-bosh davlat minoraga va azonga qarshidir. Eski zamondan qolgan minoralarni istisno qilganda, keyingi zamonlarda qurilgan machitlarning kamdan- kamida minora bor. Minorali machitning loyihasi ko‘pincha tasdiqlanmaydi. Hatto Toshkent markazidagi “Xo‘ja Ahror Valiy” machiti ham minorasiz qurildi, minoraga mo‘ljallangan o‘rin haligacha bo‘sh turibdi 213 ;
yashirmaydi. Yigirma yillik o‘tmishimiz azonga davlat munosabatining xilma-xil
212 Hatto bir yili Qurbon hayiti namozini o‘qib kelib, hayitga tegishli biron ko‘rsatuv bormikan degan niyatda televizorni qo‘ysam, O‘zbekiston televideniyesi Lotin Amrikasining nasroniylikni targ‘ib qiluvchi filmini namoyish etyapti! Bir erkak orqasi yalang‘och ayollarga: “Qani, tezroq bo‘linglar, cherkovga kech qolmaylik!” deb turibdi! Hayit kuni! Bundan ortiq xo‘rlik bo‘ladimi! Otangga rahmat-e, deb televizorni o‘chirdim. Shartta mamlakatning mafkura mutasaddisiga xat yoza boshladim. Yarmiga borib, xafsalam pir bo‘ldi – gap shu mutasaddining o‘zidami?! Uning ustiga, davlat bu ishni bilmasdan qilayotgani yo‘q. Aksincha, bilib qilyapti! Demak, yig‘i-sig‘idan foyda yo‘q, degan qarorga keldim. (Balki xatni o‘sha zahoti jo‘natmay xato qilgandirman...) 213 Yangisini qurdirmayotgani yetmaganiday yaqinda (2014 yil yozi) Toshkentning “Kox ota” va “Boshliq” mavzelaridagi eski minoralar buzib tashlandi. “Nimaga?” deb so‘ralsa, “Shu kunlarda prezident manov ko‘chadan o‘tadi, ko‘zi tushmasligi kerak ekan”, deb javob qilishibdi buzuvchi ustalar. (Bir o‘qituvchi tanishim aytib berdi.) |
ma'muriyatiga murojaat qiling