Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi hujjatdan ko‘chirma
- Bu kunlar
- Xotin-qizlar qo‘mitasi
- “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi
- “islomlashuv” jarayoni chuqurlashuviga
- “Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi majlisining BAYONI № 25”
- “Yoshlar (ayollar)
- “islomlashuv”
- «islomlashuv»
- «islomiylashuv» jarayonlari
- “Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Obod turmush yili» bo‘yicha qo‘shma tadbirlar dasturi”
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 310
Afsus, O‘zbekiston davlati va hukumati dinga munosabatda birlashtiruvchi va hamjihatlik yo‘lini emas, tamoman teskari yo‘lni – o‘rtada jarlik paydo qiluvchi dushmanlik yo‘lini tanladi. Yigirma yillik, ayniqsa keyingi o‘n besh yillik tajriba shuni ko‘rsatib turibdi. Davlat diniy siyosatda tamoman no‘noq, chidamsiz, murosasiz ekanini bildirib qo‘ydi. O‘zining xalqi bilan, xalqining katta bir bo‘lagi bo‘lgan mo‘min-musulmonlar bilan til topisha olmayotgani aslida davlatning ojizligini bildiradi va buni sira oqlab bo‘lmaydi. III. Davlatning zug‘umi va doimiy bosimi diniy ilmni ham cheklab tashlagan. Olimlar dinning asl So‘zini to‘lasicha va oxirigacha aytmaydi. Aytolmaydi. Ayttirilmaydi. Demak, dinni turli tushunmovchilik va tuhmatlardan himoya qila olmaydi. Davlat nimani qay yo‘sin hal etishni talab qilsa, o‘sha yo‘sinda juma tezislari va fatvolar chiqariladi. Xuddi davlatning yo hukumatning tobe bir bo‘limidek, tepadan tushgan har bir “direktiva”ni hayotga so‘zsiz tatbiq etishga majbur. U “direktiva”lar davlat dinni qanday boshqarayotganini, qay ahvolga solmoqchi ekanini hamda, eng asosiysi, davlat dinga qarshi ekanini ko‘rsatadi, xolos... So‘zimizga dalil o‘laroq O‘zbekiston hukumatining ikkita muhim hujjatidan ko‘chirmalar keltiramiz:
A.N.Aripov 2011 yil 2 mart kuni imzolagan 07/44-1 raqamli (XDFU №4) “BAYON”dan olindi: KUN TARTIBI 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 17 martdagi 07/44- 17 DSP (“XDFU – Xizmat doirasida foydalanish uchun”ning o‘rischasi. – N.M.R.)- sonli va 2010 yil 4 martdagi 07/1-91-sonli majlislari bayonlarida belgilangan tadbirlarning bajarilishi to‘g‘risida. (Demak, yiliga bir-ikki marta bu masalada hukumat miqyosida maxsus majlis o‘tkaziladi. – N.M.R.) 2. Aqidaparastlik va missionerlikka qarshi kurash, konfessiyalar va millatlararo hamkorlik va bag‘rikenglikni ta’minlash borasidagi ishlarning saviyasi va ta’sirchanligini oshirish haqida. (“Aqidaparastlik va missionerlik” deb doim juftlab aytilishi davlat faqat Islom dini bilangina shug‘ullanmayapti, missionerlarni ham nazaridan chetda qoldirayotgani yo‘q, deya musulmonlarning o‘rtangan ko‘ngillariga suv purkashdan boshqa narsa emas. Aslida, missionerlikka qarshi “qanday kurashilayotgani”ni sal tepada ozgina bayon qildik. “Aqidaparastlik” deb o‘ta salbiy ma’no berilayotgan ifoda ostida nima yotganini hech kim tuzukli tushuntirib ham bermaydi. Quyiroqda qo‘limizdan kelganicha biz tushuntirishga harakat qildik. BAYONnomadagi“aqidaparastlik” atamasini kuchishlatar idoralari “Islom dini” deb qabul qiladi va nayzasi uchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri dinga qarshi qaratib qo‘yaqoladi. – N.M.R.) Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 311
“Respublikada diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar dasturi” doirasida muayyan ishlar amalga oshirilgan... Diniy ekstremistik oqim a’zosi sifatida ro‘yxatga olingan (!) shaxslar va ularning oila a’zolari bilan 21 mingdan ziyod (!) profilaktik (!) suhbatlar uyushtirilgan... ...Qonunga zid diniy mahsulotlar (bunga adabiyot ham, disk ham, hijob kiyimlar
(!) qo‘shma reydlar davomida qonunbuzarlardan 1,3 milyard so‘mlik (!) adabiyot va disklar musodara etildi... ... – joylarda diniy turmush tarzini mutaassiblik bilan targ‘ib qilayotgan soxta “tariqatchilar” va “otinoyilar” bilan profilaktik tadbirlarni tashkil etishda davomiylik ko‘zga tashlanayotgani yo‘q; ... – ogohlikka chaqiruvchi plakat va videoroliklar tayyorlash, telemuloqotlar uyushtirish, “Internet” tizimida aksiltarg‘ibot ishlarini amalga oshirish... “Dinshunoslik” fani bo‘yicha yangi avlod qo‘llanmalar turkumini yaratish yo‘nalishidagi ishlarning ham samarasi hozirgi zamon talablariga javob bermaydi... ...5. Xotin-qizlar qo‘mitasi (G. Marufova), “Mahalla” jamg‘armasi (A.Ahmedov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (O. Yusupov) O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov) ayol va qizlarning “hujra”larda noqonuniy (“mustaqil”, deb o‘qing. – N.M.R.) diniy ta’lim olishiga barham berish, otinoyilar faoliyatini tartibga keltirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda ayollarning kiyinish madaniyati bo‘yicha (asosan, hijobga qarshi. – N.M.R.) targ‘ibot ishlarini (davra suhbatlari, ma’rifiy uchrashuvlar, milliy liboslar ko‘rgazmasi, maqolalar e’lon qilish va boshqa shakllarda) kuchaytirish tavsiya etilsin. ...7. “Mahalla” jamg‘armasi (A. Ahmedov) joylarda... farzandlarini ko‘r-ko‘rona tarzda (!) diniy turmush kechirishga (!) majbur qilayotgan fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar uyushtirishni tashkil etsin. 8. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi (B. G‘aniyev) harakat yetakchilarida DEO (“diniy ekstremistik oqim” – N.M.R.)larga nisbatan qarshi qat’iy, murosasiz (V. I. Lelin suygan so‘zlar! U aksilinqilobchilarga va umuman o‘zidan boshqalarga qarshi doim qat’iy va murosasiz kurashga chaqirar edi. Buning tagida qanday ma’no yotishini qizil terror va istalincha qatliom ko‘rsatgan. ‒ N.M.R.) munosabat bildira olish qobiliyatini shakllantirish, yoshlar orasida diniy-ekstremistik guruhlarning faoliyatiga yoki “islomlashuv” jarayoni chuqurlashuviga moyillik bildirayotgan yetakchilarni aniqlash (!) hamda ular bilan mutasaddi (!) tashkilotlar hamkorligida individual profilaktik ishlar(!)ni tashkil etish hamda o‘quvchi va talabalar ichida noqonuniy tarzda (qonuniy bilan noqonuniy tushunchalari orasida aniq chegara yo‘q, xohlagan narsani noqonuniy deb e’lon etaversa bo‘ladi! ‒ N.M.R.) chop etilgan diniy mazmundagi adabiyot, disk, mobil telefonlardagi ma’ruza va lavhalarni tarqatish, ularni “mutlaq haqiqat” sifatida qabul qilish na islom diniga, na amaldagi qonunlarimizga to‘g‘ri kelmasligi haqida tushuntirish ishlari o‘tkazishni kuchaytirsin”. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 312
Mana shu Dasturning “bajarilishini ta’minlash yuzasidan ijro MEXANIZMI” bobida, qarang, nimalar deyilibdi: “2. Aholi ichida “islomiylashuv” jarayonlari o‘sishi va DEOning faollashuvi kuzatilayotgan hududlarda reja asosida kompleks tushuntirish va umumprofilaktik tadbirlarni tashkil etish. 3. Kichik biznes vakillari va yosh tadbirkorlarni aqidaparast oqim tarafdorlari ta’siriga tushib qolishini oldini olish maqsadida mazkur toifa vakillari bilan umumprofilaktik suhbatlarni uyushtirish... ...8. Harbiy qismlarda aqidaparast oqimlarning jinoiy faoliyati va islomiylashuv
...23. Mutaassib diniy g‘oyalar va xurofotga berilgan otinoyilar bilan profilaktik suhbatlar uyushtirish, ularning ayollar ichida tadbirlarni boshqarishiga yo‘l
Xullas, hammasini ko‘chirib keltirishning imkoni yo‘q, lekin “BAYON”ning qolgan qismi ham tom shu ruhda. Bu vazifalarning har biriga “mutasaddi”lar tayinlangan, qanday bajarish yo‘l-yo‘riqlari nuqta-verguligacha ko‘rsatilgan... Endi ikkinchi hujjatdan ko‘chirma. Bunisi: “Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi majlisining BAYONI № 25” (07-07/44-1. 05.02.2013y. XDFU №34) deb atalgan. Oldingi majlis oti bilan buni solishtiring – deyarli bir xil: sarlavha salgina boshqacha, muhokama mavzui unisida ham, bunisida ham asosan dindir! Kun tartibi, “BAYON”ning boshlanishi, majlis qatnashuvchilari oldingi hujjatda sanalganlar bilan deyarli bir xil bo‘lganidan uni ko‘chirib o‘tirmaymiz. Davlat organlariga, hukumat idoralariga, jamoat tashkilotlariga beriladigan “diniy topshiriq”lari qanaqa ekanini ko‘rsatadigan bir yeridan ko‘chirma keltirish bilan yetarinamiz. Majlis qarorining 5-bandidan: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosarlari (davlatning dinni doimiy kuzatib turuvchi ko‘zlari va boshqaruvchi qo‘llari. – N.M.R.), Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi (G.Ma’rufova), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (A.Ahmedov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (O.Yusupov), O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U.Alimov) otinoyilar bilan bog‘liq chora- tadbirlarni amalga oshirish hamda ayollar ichida “islomlashuv” jarayonlari chuqurlashuvining oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, mazkur ishlarda turli diniy ekstremistik oqimlarga mansub yoki moyilligi bor barcha xotin-qizlarni qamrab olish tavsiya etilsin”. Ya’ni, boshqa tashkilotlar qatori O‘zbekiston musulmonlari idorasi ham mamlakat ayollariga: “Islomlashmanglar, bu yo‘l xatarli!” deyishi talab etilmoqda!
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 313
“2013 yilda diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirish, konfessiyalar va millatlararo totuvlikni mustahkamlash DASTURI”dan: “7. Soha mutaxassislari, taniqli yozuvchi, estrada xonandalari, aktyorlardan iborat targ‘ibot guruhlari bilan chegara hududlarda va diniy fon yuqori bo‘lgan(!) mahallalarda ijodiy kecha va ogohlikka da’vat shaklidagi tadbirlarni tashkil etish”. Boshqacha aytganda, davlat siyosati “diniy fon”ni tushirish, iloji bo‘lsa, tagi-tugi bilan yo‘qotish va “dinsiz fon” yaratishga qaratilgandir. Shuningdek, Dasturning V bobi “Yoshlar ichida «islomlashuv» jarayonlari
Xullas, har yil boshida hukumat miqyosida “Diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirish” shiori ostida “kompleks majlis” o‘tkaziladi, qarorlar va dasturlar ishlab chiqiladi, butun jamoat va “mutasaddi” tashkilotlarga, eng ajablanarlisi, O‘zbekiston musulmonlari idorasiga ham, imom domlalarga ham yil bo‘yi mana shu qaror va dasturlar asosida ishlash buyuriladi. Bu hujjatlardan davlat dinni qay tariqa boshqarayotgani, o‘z oti bilan aytadigan bo‘lsak, dinni o‘z holiga qo‘ymayotgani ochiq ko‘rinadi. U hujjatlardagi har bir jumlani izohlagisi keladi odam, lekin ongli kishilar izohsiz ham tushunadi deb o‘ylaymiz. Bilgichga ishora yetadi. Shunday bo‘lsa ham, bir-ikkita masalaga diqqatni tortmasak bo‘lmaydi: 1. “Aqidaparst” deganda oddiy musulmonlar nimani anglaydi, davlat nimani tushunadi? “Aqida” so‘zi ko‘plarga tanish. Kishi nimalarga va qanday e’tiqod qilishi lozimligi haqidagi ishonchlar yig‘indisidir. “Parast” esa fors tilida “sig‘inish”ni bildiradi. Ya’ni, lug‘aviy tomondan boqsak, “aqidaga sig‘inuvchi” deyilayotgandek. Bu ma’no to‘g‘ri kelmaydi. Agar din dushmanlari “aqida” so‘ziga “parast” so‘zini qo‘shib, o‘zlaricha vahimali bir so‘z yaratdik deb o‘ylagan taqdirda ham, haqiqatga tersdir, yolg‘ondir. Chunki mo‘min-musulmon aqidaga sig‘inmaydi! U yolg‘iz Ollohga sig‘inadi, sig‘inishga Ollohdan o‘zga iloh yo‘q deb ishonadi. Mana shuning o‘zi aqida! Mo‘min- musulmon aqidasining o‘zagi shu! Bordiyu “parast” so‘zini ko‘chma ma’noda qabul qilsak, unda “aqidaparast” birikmasi “aqidani mahkam (qattiq) ushlovchi”, “aqidasida qattiq turib oluvchi” degan ma’noni beradi. Dinda esa, aqidani mahkam ushlash, aqidada turib olish so‘kishga loyiq ish emas, aksincha, maqtovga loyiq ishdir! Din aqidani mahkam ushlashni talab etadi va aqidasida turib olgan, yuragidan botil ishonchlarga o‘rin bermagan kishilarni ulug‘laydi. Aqidasi bo‘shlar dinni buzadi. O‘zingiz o‘ylang: aqida “Olloh taolo bor va U bitta, barcha payg‘ambarni Olloh yuborgan, Qur’oni karim Ollohning So‘zidir, o‘limdan keyin tirilish bor, tarozi bor, bu dunyodagi barcha amal o‘lchanadi, hisob-kitob qilinadi, Ollohga ishonganlar jannatga, ishonmaganlar do‘zaxga tushadi...” deb tursa-yu, kimdir bu inonchlarning loaqal biriga salgina shubhalansa, uning dini qoladimi?! Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 314
Chinakam mo‘min aqidani mahkam ushlaydi, hayotini shu aqidasiga ko‘ra yashab o‘tishga harakat qiladi. Ya’ni, chinakam mo‘min aqidaparast (ko‘chma ma’nosida, albatta) bo‘ladi va bu yaxshilikni bolalariga ham sog‘inadi. Ammo, afsus, bunaqa kishilarni davlat “farzandlarini ko‘r-ko‘rona tarzda diniy turmush kechirishga(!) majbur qilayotgan(!) fuqarolar” deb ataydi va ularni bu yo‘ldan qaytarish uchun tish- tirnog‘igacha qurollanib kurashadi. Eng kamida ular bilan barcha mutasaddi tashkilotlari orqali muttasil “profilaktik suhbatlar” qilib turadi. O‘z holicha yashashga qo‘ymaydi. Davlat “aqida” so‘zining yoki “aqidaparast” birikmasining asl ma’nolarini bilmaydimi? Qo‘lida qanchadan-qancha sharqshunosiyu islomshunosi turib buni tushunmasligi mumkin emas. Biladi, bilib turib atay shu atamani qo‘llaydi. Biladiganlar ham g‘iring demasligini bilgani uchun ulardan uyalib o‘tirmaydi, bilmaydiganlarni chalg‘itish niyatida qayta-qayta qo‘llayveradi bu so‘zni! Bu haqiqatni din ulamolari bilmaydimi? Ular ham biladi, juda yaxshi biladi, yotig‘i bilan tushuntirsa o‘lib qolmaydi, ammo xuddi o‘lib qoladiganday (jon shirin) mum tishlab turaveradi, o‘rtadagi tushunmovchilikni ketkazishga urinmaydi. Qaytaga, o‘zlariga “sal yoqmagan” ayrimlarni davlatga jo‘r bo‘lib “aqidaparast” deb so‘kadi. Oxir-oqibat kechagi araq ichuvchi ichkilikni tashlasa, kechagi qimor o‘ynovchi qimordan butkul voz kechsa, kechagi bezori, o‘g‘ri, muttaham barcha salbiy xislatlarini tashlasa va Olloh taolo uning ko‘nglini ochib, to‘g‘ri yo‘lga o‘tsa – chin ixlos bilan tavba qilsa va namoz o‘qiy boshlasa, bunday kishini davlat “aqidaparast” ataydi, qonunga qarshi deydi va tiqadigan joyiga oborib tiqadi! 217
xavfli deb hisoblashidan bu davlatning niyati aslida nima ekanini bilsa bo‘ladi. Niyati xalqimizning aqidasini buzish; dinidan uzoqlashtirish; kelajak avlodni diniy ta’lim va namozlarga qo‘ymaslik bilan umuman dinning davomiyligini kesish;
qo‘lidan kelgan barcha chora-tadbirni qo‘llab, xuddi sovet kabi bora-bora, din “bir hovuch sassiq chol-kampirning ishi”, “eskidan qolgan sarqit” degan tasavvur uyg‘otish. Bunaqada tinch-totuvlik bo‘ladimi? Aqidani mahkam ushlagan bir mo‘min uni aqidaparstlikda ayblab qo‘rqitayotgan, qamayotgan va aqidasidan voz kechtirishga urinayotgan davlatini suyadimi? Demak, mamlakatda necha yillardan buyon diniy vaziyat tarang bo‘lib kelayotgan bo‘lsa, bunga ko‘proq davlat va uning uzoqni ko‘ra olmayotgan siyosati ayblidir. Inshaolloh, hech bir davlat, hech bir kuch bunday jirkanch niyatiga yetolmaydi! Ollohning o‘zi bunga yo‘l qo‘ymaydi!
217 Bunga yuzlab misol bor. Jumladan, respublika tumanlari biridan “Hidoyat” jurnali tahririyatiga kelgan xatda yozilishicha, eri ichuvchi, qimor o‘ynovchi bo‘lganida hech kim indamagan, davlat ham mushugini pisht demagan, ammo yomon xislatlarini tashlab, namozxon, oilaparvar bo‘lganidan keyin davlat uni aqidaparast atab qamagan. (Xat egasiga va oilasiga zarar yetmasin deb adresi va ismini atay ko‘rsatmadim. Xat qo‘limda turibdi.)
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 315
Bir marta imon mazasini totgan chinakam mo‘min qaytib zalolatga kirmaydi. Davlatning “yangicha sarqiti”dan o‘zining “eskilik sarqiti”ni ustun ko‘raveradi. 2. Davlat dinga qarshi degan mulohazalarimizni yaqinlardan beri hukumat idoralarining og‘zaki va yozma nutqlarida tez-tez uchrayotgan ajabtovur “islomlashuv”, “islomiylashuv” so‘zlari ham tasdiqlaydi. Davlat va hukumat bu yangi atama bilan nima demoqchi ekanini rosa bosh qotirib ham birdaniga ilg‘ay olmaysiz. Bolalar, harbiylar va ayollarning musulmon bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, demoqchimi?! “…«islomlashuv» jarayoni chuqurlashuviga moyillik bildirayotgan yetakchilarni aniqlash (!) hamda ular bilan mutasaddi tashkilotlar (!) hamkorligida individual profilaktik ishlar(!)ni tashkil etish”; “Aholi ichida «islomiylashuv» jarayonlari o‘sishining zararlari”; “Harbiy qismlarda… islomiylashuv jarayonlarining xatarli oqibatlari...”; “Yoshlar ichida «islomiylashuv» jarayonlari kuchayishining oldini olish...”; “Ayollar ichida diniy mutaassiblikning oldini olish...” kabi xavotirli yo‘l-yo‘riqlar (bu ko‘chirmalar yuqorida keltirilgan ikki hujjatdan to‘plandi) bu davlat va bu hukumatning asosiy maqsadi nima ekanini ochiq ko‘rsatib turibdi. Bunda “islomiylashuv” so‘zi qo‘shtirnoqqa olinadimi-olinmaydimi, ahamiyati yo‘q. Do‘st bor, dushman bor – qo‘shtirnoqlar “dushman”ning ko‘zini shamg‘alat qilish uchun, xolos, ular qog‘ozda qoladi, asosiy maqsad so‘zning o‘ziga yuklangan! Qolaversa, qo‘shtirnoq yozuvdagina ko‘rinadi, topshiriq eng yuqoridan to eng quyigacha tushib kelarkan, qo‘shtirnoqlar “eshitilmaydi”. “Yoshlar, harbiylar, ayollar islomiylashmasin!” degan ochiq, tushunarli so‘zlar eshitiladi va topshiriq olgan tashkilotlar bu buyruqni oddiygina qilib: “Demak, aholining musulmonlashuviga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak ekan!” deb to‘ppa-to‘g‘ri tushunadi. Masalaning eng ayanchli tomoni – bu gapni davlat aytsa, “aholining islomiylashuviga” davlat qarshi chiqsa, ha, endi, din dushmani bo‘lganidan keyin shunaqa bo‘ladi-da, deb odam bir navi chidaydi. Ammo jamiyat (yoshlar, harbiylar va ayollar)ning islomiylashuv jarayonlarini xatarli deb O‘zbekiston musulmonlari idorasi (!) aytib tursa, islomiylashishni jinoiy faoliyatlarga tenglashtirib tushunsa, buni qanday izohlaymiz?! Mana, eng yangi misol: 2013 yil 8 yanvarida “Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Obod turmush yili» bo‘yicha qo‘shma tadbirlar dasturi” qabul qilindi va uni ikkala tashkilot rahbari imzo bilan tasdiqladi. Shu Dasturning 7-moddasida bunday deyilgan: “Joylarda aqidaparast oqimlarning jinoiy faoliyati va islomiylashuv jarayonlarining xatarli oqibatlari yuzasidan seminar, suhbat va uchrashuvlar o‘tkazish (yil davomida)” belgilangan. Bu gal “islomiylashuv” so‘zi hatto qo‘shtirnoqqa olinmabdi. Ya’ni, gapni aylantirib o‘tirmasdan, asosiy maqsad to‘ppa-to‘g‘ri yetkazib qo‘yaqolinibdi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 316
Bu hujjat, bizningcha, o‘zini o‘zi izohlaydi... O‘zbekiston musulmonlari idorasining yoki har bir imom-xatibning asl va asosiy maqsadi mamlakatni va aholini islomiylashtirish, keng qatlamlar orasiga dinni yoyish bo‘lgani holda mufti bunaqa teskari hujjatga o‘z ixtiyori bilan imzo chekarmidi? Yo‘q, albatta. Imzo chekibdimi, demak, din juda katta bosim ostida yashayotganiga ishora-dalildir bu 218
. Davlatning dinga munosabatini yanayam yorqinroq ko‘rsatadigan qiziq bir jonli misolni bu yerga qistirib qo‘yamiz.
Eski zamonlarda xudosiz sovet davlati dinni tizginida ushlab turish uchun ikki yo‘ldan foydalangan: 1) diniy “arboblar”ning deyarli hammasini alohida-alohida “xizmat”ga yollagan hamda
2) O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasiga Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (DXQ – KGB)dan maxsus bir xodimni singdirib qo‘ygan. “Mustaqil” O‘zbekiston davlati sovetning vorisi o‘laroq ayni shu an’anani to‘la saqlab qoldi. Saqlab qoldigina emas, yangi-yangi usullar chiqarib o‘zib ham ketdi. Masalan, sovet DXQsi o‘z josusini diniy idoraga bo‘lim boshlig‘i qilib tashlagan bo‘lsa, “mustaqil” O‘zbekiston MXXsi birato‘la mufti o‘rinbosari etib qo‘ydi. 2006 yil bahoridan beri bu vazifada Aydarbek Tulepov ismli shaxs ishlaydi. Idoraning xodimlar, moliya, xalqaro aloqalar, haj, umra kabi barcha nozik va asosiy ishlarini shu kishi boshqaradi. Lekin bu degani boshqa ishlariga aralashmaydi degani emas. O‘zbekiston musulmonlari idorasining deyarli barcha ishi usiz, uning “maslahat”isiz yuritilmaydi. Idorada so‘zi o‘tadigan, hukmi kesadigan asosiy boshliq ‒ “bosh qo‘mondon” kim ekanini hamma biladi va xodimlar mufti tevaragida emas, ko‘proq “o‘rinbosar” tevaragida uyushgan. Tashkilot o‘laroq diniy idora ham, boshliq o‘laroq mufti ham erkini, haq-huquqini shu yigitga to‘la va uzil-kesil boy berib bo‘ldi. Shu uchun bo‘lsa kerak, idora tevaragida o‘ralashib yuradiganlar bu yigitga ishora qilib bir-biriga mushtumini qattiq siqib ko‘rsatadi: “Idorani to‘la qo‘liga oldi!” demoqchi bo‘ladi. Albatta, gap Aydarbek Tulepov shaxsi ustida emas. E’tibor berilgan bo‘lsa, umuman, ushbu kitobda asosiy diqqat shaxslarga emas,
Download 3.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling