Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

324 


Oqposhsho va u “zoti sharif”ning oqbilak xotinchalari o‘rtadan viqor-la o‘tib 

boryapti... 

qadni ko‘tarishga, qomatni tik qilishga kimsa botinmaydi – jon shirin... 

Ummat yo‘lboshchilarining ta’zim-taslim holati aks etgan suratlarni gazet-

jo‘rnollarda e’lon qilarkan, O‘rusiya dunyoga boshqa, Turkiston xalqiga boshqa ikki 

ta’sirni mo‘ljallagan edi. Dunyoga go‘yo bunday demoqchi bo‘ldi: 

“Bir zamonlar chingiziy bo‘lib, temuriy bo‘lib, boburiy bo‘lib dunyoning yetti 

iqlimida saltanat surib dovruq qozongan millatning ahvolini ko‘ring, tomosha qiling! 

Ingliz emas, o‘ris hammasini tiz cho‘ktirdi! Angliya emas, O‘rusiya Turkistonni 

egalladi! Buyuk Turonni qo‘lga kiritdi! Mana, ko‘rib qo‘yinglar, O‘rusiya qanday 

qudratli!” 

Turkiston xalqlariga ham bu surat ila o‘ziga xos bunday xabar yo‘llandi: 

“Mana, boshliqlaring, yetakchilaring, yo‘lboshchilaring ahvoli! Hammasi O‘rusiya 

qudrati qarshisida ta’zim qildi! O‘rusiya g‘alabasini tan oldi! Bundan keyin senlarning 

egalaring bizmiz! Qarshimizda boshingni ko‘tarishga, ko‘zimizga tik qarashga 

botinmagaysanlar! To senlarning turklik yovqur ruhing sinib, to‘la qulimizga 

aylanmaguningcha ta’zim qildiraveramiz! Taslim bo‘l, boshingni eg!” 

Ha, Buyuk Turon, Ulug‘ Turkiston necha asrdan beri Angliya bilan O‘rusiya 

o‘rtasida talash bo‘lib keldi. Oxiri O‘rusiya uloqni qo‘lga kiritdi. Angliya yutqazdi. 

Ammo O‘rusiya harbiy qudrati ila janglarda Turkistonni yenggani va tuproqlarini 

qo‘lga kiritgani bilan turkistonliklarning yovqur ruhi hali yengilmagan, hali Turkiston 

yuragi bo‘yin sunmagan edi! 

Barcha mustamlakachi singari O‘rusiya ham bu kamchilikni sezar, endi yuraklarga 

egalik qilishni mo‘ljallar edi. Buning uchun oldin millat ruhini sindirishi kerakligini 

bilardi. “Oqposhshoni kutib olish marosimi” bu yo‘ldagi eng ta’sirli, eng hashamatli 

birinchi qadam bo‘ldi! 

Chindan ham, Vatan uchun ayovsiz janglarda sinmagan ruh boshliqlarining – 

ishongan tog‘larining ahvolini ko‘rib-eshitib sindi. Bu suratlarda aks etgan holat endi 

yuraklarni ham butkul bo‘yin sundirdi. Oldiniga gazet-jo‘rnollarda bosilib, keyinchalik 

uzoq yillar sovet maktab darsliklarida qayta-qayta chop etilib, bu suratlar har tug‘ilgan 

naslning ko‘ziga suqildi, boshini egdirildi.  

Dukchi eshon qo‘zg‘oloni bostirilganidan keyin 1898 yil 23 avgust kuni Turkiston 

general-gubernatori S. M. Duxovskiy Andijonga kelgan, temiryo‘l bo‘yida uni kutib 

olish marosimida oqsoqollarimiz boshlari yana ayni shu tarz egdirilgan. 

Unda general-gubernator yig‘ilganlarga qarata: “Sizlarga katta qora dog‘ tushdi, 

endi uni yuvish qiyin. Nahot sizlar qum zarrasi buyuk toqqa qarshi urushmasligi 

kerakligini tushunmadilaring?!” degan edi

224


Bosib olingan o‘lkada nima qilsa qanday natija berishini mustamlakachi o‘rislar 

oldindan hisobga olganini ko‘rsatuvchi ikki misol: 

                                                

224

 История Гражданской войны в СССР. "Колониальная политика царизма в Средней Азии. Приезд царских 



генералов", 1936 г.  

https://www.youtube.com/watch?v=aFHnIZEh4uE

 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

325 


1. “С победой Скобелева, пронесется гул по всей Азии, до самых отдаленных 

пределов ее: «Вот, дескать, и еще один свирепый и гордый правоверный народ 

белому царю поклонился». И пусть пронесется гул. Пусть в этих миллионах 

народов, до самой Индии, даже и в Индии, пожалуй, растет убеждение в 

непобедимости белого царя и в несокрушимости меча его. А ведь после неудачи 

генерала Ломакина непременно, должно быть, пронеслось по всей Азии 

сомнение в несокрушимости меча нашего – и русский престиж наверно был 

поколебен. Вот почему мы не можем остановиться на этой дороге. У этих 

народов могут быть свои ханы и эмиры, в уме и в вооброжении их может стоять 

грозой Англия, силе которой они удивляются, – но имя белого царя должно 

стоять превише ханов и эмиров, превыше индейской императрицы, превыше 

даже самого калифова имени. Пусть калиф, но белый царь есть царь и калифу. 

Вот такое убеждение надо чтобь утвердилось! И оно утверждается и нарастает 

ежегодно, и оно нам необходимо, ибо оно их приучает к грядущему”

225



2. “В Европе мы были приживальщики и рабы, а в Азию явимся господами. В 



Европе мы были татарами, а в Азии и мы европейцы. Миссия, миссия наша 

цивилизаторская в Азии подкупит наш дух и увлечет нас туда, только бы 

началось движение. Постройте только две железные дороги, начните с того, – 

одну в Сибирь, а другую в Среднюю Азию, и увидите тотчас последствия”

226

.  


Ha, nihoyat xalq yengilganiga rozi bo‘ldi – qulga aylandi... 

Bugun nimalar bo‘lyapti?! Bugungi ma’naviy yo‘lboshchilarimiz o‘zlarini qanday 

tutishyapti? To‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘ngil bilan ishlaydigan din olimlari va ziyolilarning 

ko‘ksilari kerikmi? Qad-qomatlari tikmi? Qiblaga qarab, yolg‘iz Ollohgagina bukilishi 

ko‘zlangan bellar, yolg‘iz Ollohgagina sajda qilishi lozim bo‘lgan boshlar bugun 

qayoqlarga va kimlarga egilib-bukilyapti?! O‘ngga, chapga, oldga, orqaga, tepaga, 

pastga – birvarakayiga olti tomonga bukilaverib eshiliblar ketmadimi bu bellar?! 

Aylaniblar ketmadimi bu boshlar?! 

Sal narsaga egilar-bukilar ekanmiz, orqamizda xalq, millat, ummat, Vatan turganini, 

har bir harakatimiz, har bir gap-so‘zimiz o‘zimizgagina emas, millatga, ummatga va 

Vatanga ta’sir qilishini bilamizmi?! Kimligimizni tanimasak, qilayotgan ishlarimiz 

nima natija berishini bilmasak, bizdan nima yaxshilik kutiladi?! 

Bugun xalq kitob, gazet-jo‘rnol o‘qimay qo‘ygan bo‘lsa, xalqdan nolimaylik, 

o‘zimizdan ko‘raylik. Bugun xalq ziyolisidan hafsalasi pir bo‘lgan bo‘lsa, hafsalasini 

pir etgulik ish qilganimiz uchundir. Bugun xalq ziyoliga quloq solmay qo‘ygan, unga 

ergashmayotgan bo‘lsa, butun ayb ziyolining bo‘yniga tushadi. Chunki u duch kelgan 

tomonga egilib-bukilishi, haqiqatga va adolatga xiyonati bilan el ko‘zida yuzining 

suvini to‘kdi! 

                                                

225


 Ф.М.Достоевский. Полное собрание сочинений в тридцати томах. Изд-ва “Наука” Ленинградское отделение, 

Ленинград, 1984. Т. 27, стр. 32-33. 

226

 Ф.М.Достоевский. Полное собрание сочинений в тридцати томах. Изд-ва “Наука” Ленинградское отделение, 



Ленинград, 1984. Т. 27, стр. 36-37. 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

326 


Bugun xalqqa uni to‘g‘ri yo‘lga yetaklovchi samimiy, xolis fikr va kuch kerak. 

O‘shanday fikr va kuch paydo bo‘lishi bilan xalq buni sezadi, unga quloq soladi, 

ergashadi. Bir zamonlar “peshvo” boshlarning bir yuviqsizga egilishi bilan singan 

ruhini qaytadan tiklaydigan chinakam mag‘rur yetakchilar kerak unga. Chunki ruh 

o‘lmaydi – eziladi, sinadi, vaqtincha panaga o‘tadi, mudraydi, ammo butkul yo‘q 

bo‘lib ketmaydi. 

Ezilgan ruhni davolash, singanini butlash, panada yotganini yuzaga chiqarish, 

mudraganini uyg‘otish lozim. Shunda qadlar qaytadan ko‘tariladi, qomatlar tiklanadi, 

ko‘kslar ochiladi – odam o‘zini odam his eta boshlaydi. 

Shu o‘rinda mazhabimiz boshlig‘i, buyuk imomimiz No‘‘mon ibn Sobit Abu Hanifa 

(Olloh ustlariga mo‘l-mo‘l rahmatini yog‘dirsin) hayotlaridan ibratli bir voqeani 

eslasak: 

“Imom Abu Hanifa (rahimahulloh) doimo Qur’oni karim va sunnati nabaviya 

ta’limotiga rioya qilib, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) olib kelgan haq va 

hidoyat yo‘lini mustahkam tutib o‘tdilar. Bu yo‘lda biron kishining malomatu 

ta’nasidan ham, zolimlarning zulmu g‘azabidan ham qo‘rqmadilar. 

Ibn Hubayra Ko‘fa shahriga hokim etib tayinlanganida Abu Hanifani qozilik 

mansabiga taklif etdi. Lekin Ollohdan qo‘rqqan, komil imonli, taqvoli alloma Abu 

Hanifa, bandalarga zulm qiladigan hukm chiqarishdan xavfsirab, Ollohning iqobidan 

qo‘rqib, bu taklifni rad etdilar. Shu bois ko‘p azoblarga giriftor bo‘lib, qiynoqlarga 

solinib, darralar urildi. 

Bu haqda Imom al-Muvaffaq rivoyat qilib aytadi: 

Bani Umayya xalifaligi vaqtida Umar ibn Hubayra Ko‘fa shahriga voliy (hokim) 

edi. Iroqda turli fitnalar bo‘lib turgan davr edi. Hokim Iroq fuqaholarini huzuriga 

to‘pladi, ular orasida Ibn Abu Laylo, Ibn Shibrima, Dovud ibn Abu Hind kabi ulamolar 

bor edi. Ularning hammasiga amal tayin qildi va Abu Hanifaga odam yuborib, uni qozi 

qilib tayinlamoqchi bo‘ldi. 

Abu Hanifa buni rad qildi, shunda Umar ibn Hubayra agarda Abu Hanifa shu 

mansabni qabul etmasa, uni kaltaklashga qasam ichdi. 

Buni eshitgan fuqaholar Abu Hanifa huzurlariga kelib: «Olloh haqqi, sizdan iltimos 

qilamiz, siz bizning birodarimizsiz, o‘zingizni halokatga qo‘ymang, bizlar ham 

noilojlikdan uning qo‘l ostida xizmat qilib yuribmiz, aslida biz ham bu hokimni 

yoqtirmaymiz, u aytgan mansabni qabul qiling», deb aytishdi. 

Abu Hanifa ularga: «Bu hokim odamlarning boshini olishga farmon yozdirib, bu 

farmonini men muhrlab tasdiqlab berishimni istaydimi? Ollohga qasamki, men bu ishni 

aslo qilmayman», deb ularning iltimosini rad etdilar. 

Shunda Ibn Abu Laylo: «Birodarlaringizni o‘z holiga qo‘yinglar, bu to‘g‘ri 

qilyapti», dedi. 

Ko‘p o‘tmay, Abu Hanifani qamoqqa tashlab, bir necha kunlar ketma-ket darra 

urdilar. O‘lim holiga kelib qolganlarini ko‘rgan hokim askarlari unga bu xabarni 

yetkazishdi. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

327 


Hokim atrofidagilarga, Abu Hanifaga borib nasihat qilinglar, agarda bir oz fursat 

berishimni so‘rasa, o‘ylab ko‘rishi uchun unga muhlat beraman, dedi.  

Abu Hanifaga bu so‘zni aytishgach, u kishi, mayli, men birodarlarim bilan maslahat 

qilayin, dedilar. Shundan so‘ng Ibn Hubayra uni qo‘yib yuborishga amr qildi. Abu 

Hanifa qamoqdan chiqishlari bilanoq ulovni minib Makkaga qochib ketdilar. 

Bu voqea 130-hijriy sanada bo‘lgan edi. Shundan so‘ng to abbosiylar xalifalikni 

olgunlariga qadar Makkada turdilar. Va Abu Ja’far Mansur davrida yana Ko‘faga 

qaytib keldilar. 

Abu Hanifa (rahimahulloh)ni yuz darra kaltaklashgan, ya’ni, o‘n kunga qadar har 

kuni o‘n darradan urishgan edi. Darra boshlariga, yuzlariga va tanalariga urilar edi. 

Barcha kaltaklarga sabr etib, Ollohdan ajr istab, haqiqatni tark qilmay chidadilar. Faqat 

kaltak zarbalarining asari yuzlarida iz qoldirganidan xafa bo‘ldilar, chunki onalari bu 

hollarini ko‘rib g‘amga botishidan o‘ksindilar. 

Haqiqatdan ham ona u kishidagi kaltak asarlarini ko‘rib, ko‘p xafa bo‘ldi va unga: 

«Seni ilming shu ahvolga solgan bo‘lsa, bunday ilmdan voz kechsang bo‘lmaydimi?» 

dedi. 


Abu Hanifa onalariga: «Agarda bu ilmim bilan molu dunyo izlaganimda unga 

allaqachon erishgan bo‘lardim, lekin men ilmni saqlaganimni va o‘zimni ilm yo‘lida 

halokatga tashlamaganimni Olloh bilishini xohlayman», dedilar. 

Darhaqiqat, haqiqiy halokat ilmni zoye qilib, shariat ko‘rsatmasiga zid ish 



qilishdadir (ta’kid bizniki. – N.M.R.), bunday qilguvchilar oxiratda temir gurzilar bilan 

urilib, do‘zax azobida jazolanadilar. Chunki ular ilmni havoyu nafsga berilgan 

amaldoru hokimlar istagan yo‘lga ishlatadilar va ulardan molu dunyo orttiradilar. 

Ko‘pincha amaldorlar shariatga va haqiqatga zid ishlarni qiladilar. Ba’zi olimlar esa 

ularning bu qilmishlarini ma’qullab, hattoki ularning bu noshar’iy ishlari shariatga 

muvofiq deb fatvolar ham topib beradilar va shu sababli haqiqat halokatga uchraydi. 

Bunday olimlar har zamonda, har sharoitda va har qanday tuzumda ham mavjudligi 

barchaga ayon. Ular bu foniy dunyoda o‘z mansabidan yo amalidan ajrab qolishdan 

qo‘rqib, haqiqiy rizq berguvchi Ollohning o‘zi ekanini unutib, amaldorlarning 

buyrug‘ini bajarib, shariatga zid bo‘lsa ham, ularning istagi-xohishiga qarab gapirib, 

fatvolar beradilar. Bunday kimsalar oxiratda Odil Hokim Olloh huzurida javob 

berishlarini aslo unutmasliklari lozim. 

Abu Hanifa (rahimahulloh) oxiratini bu foniy dunyoga almashtirmagan haqiqiy 

taqvodor, Ollohdan qo‘rqqan buyuk faqih edilar. Shuning uchun ham u kishi bilan Ibn 

Hubayra orasida vositachi bo‘lib, uni qozilik mansabini olishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan 

kishiga: «Bu dunyoda kaltaklanishim oxiratda temir gurzida jazolanishimdan ko‘ra 

yengilroq, Ollohga qasamki, meni o‘ldirsa ham qozilik qilmayman!» deb javob qilgan 

edilar”


227

                                                



227

 Imom A’zam hayot yo‘llari va fiqh usullari. O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro islom tadqiqot markazi. Musannif 

Qodirov Zohidxon Otaxon o‘g‘li. Toshkent, “Movarounnahr”, 1999, 81 – 83-betlar. Iqtibos bu asardan keltirildi. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

328 


E’tibor qiling: biron-bir kimsa bosh ko‘tarib “Fiqhul akbar” egasini “o‘zlaridan 

chiqqan boshliq”qa itoat etmaganlikda, bog‘iylikda ayblamadi. Aksincha, hatto Abu 

Hanifadan farqli o‘laroq hokim xizmatiga kirgan zamondosh ikkinchi olim Ibn Abu 

Laylo: “Birodarlaringizni o‘z holiga qo‘yinglar, bu to‘g‘ri qilyapti”, dedi! 

Bu voqeani har kim bugungi O‘zbekiston manzarasiga solishtirsin: burungi buyuk 

imomimiz Abu Hanifa qanday bo‘lganlar-u, “Hanafiymiz!” deb ko‘kragiga urayotgan 

bugungi “olim”lar va “imom”lar o‘zini qanday tutyapti?! 

Yana bir mazhabboshi, sunnat va jamoat ahli ulug‘ imomlaridan Ahmad ibn Hanbal 

boshlariga tushgan bir mushkul ham olimlarimizga o‘rnak bo‘larlidir. 

Ma’mun xalifaligi davrida mo‘‘taziliylar oqimi ta’siri kuchayib, ularning 

boshliqlaridan biri Ibn Abu Duad hatto xalifani ham qo‘lga olishga erishgan, birgalikda 

odamlarni majburlab: “Qur’on yaratilgan (maxluq)dir”, degizdirishar edi. 

Ma’munning o‘limidan keyin xalifa bo‘lgan ukasi Mo‘‘tasim ham akasining 

siyosatini davom ettirib, mo‘‘taziliylarning xato fikrlarini zo‘rlab yoyishga harakat 

qildi. 

Bu yo‘lga yurmagan Ahmad ibn Hanbal, boqing, qanday jabru jafolarni ko‘rdilar: 



“...Imom Ahmad ibn Hanbalni ikki yildan ortiq, aniqrog‘i, yigirma sakkiz oy 

qamoqda ushlab qiynashdi, ammo irodalarini buka olmadilar... Gap bilan yenga 

olmasliklariga ko‘zlari yetgandan so‘ng kaltaklashga o‘tdilar. ...Imomni (xalifa 

huzurida) hushidan ketib qolguncha darra bilan urishar, keyin esa, ko‘tarib qamoqqa 

olib ketishar, bu hol ertasiga yana yangidan boshlanar edi. 

Bir kuni kaltak zarbidan hushidan ketayozgan Imomning qulog‘iga fitnaboshi Ibn 

Abu Dovud: «Ey Ahmad, qulog‘imga “Qur’on maxluq” deb qo‘ygin, seni xalifaning 

qo‘lidan qutqarib olaman», dedi. Shunda Imom Ahmad boshlarini zo‘rg‘a ko‘tarib, 

«Ey ibn Dovud, qulog‘imga “Qur’on Ollohning kalomi, maxluq emas” deb qo‘ygin, 

seni Ollohning azobidan qutqarib olaman», dedilar. 

Bu voqea xalifaning tavba qilishi, fitnaboshi Ibn Abu Dovud va uning sherigi 

Bashir Musraysiyning boshi olinishi va Imom Ahmadning e’zozlanishi bilan tugadi. 

Shunday qilib, bu buyuk Imom musulmonlarning katta bir fitnadan qutulib qolishlariga 

sababchi bo‘ldilar”

228



Bu voqeadan ko‘p xulosa chiqarsa bo‘ladi, har kim o‘zi o‘ylab ko‘rsin. 



Lekin bittasini aytmasak bo‘lmaydi: buyuk imomning e’tiqodda sobitliklari ummat 

to‘g‘ri aqidada qolishiga sabab bo‘lganidan tashqari yana  xalifaning tavbasiga ham 

sabab bo‘ldi! 

                                                                                                                                                               

Qo‘shimcha qarang: Shayx Alouddin Mansur. Imomi A’zam buyuk imomimiz. Bishkek – 1998. 111-bet; Imomi A’zam. 

Asarlar. “Movarounnahr” nashriyoti, Toshkent – 2003. 10 – 11-betlar. 

228

 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Fiqhiy yo‘nalishlar va kitoblar. “Sharq” NMAK bosh tahririyati, 



Toshkent – 2011, 46 – 48-betlar. 

Qo‘lyozmani o‘qigan diniy olim yigitlarimizdan biri aytishicha, ko‘chirmada kelgan “Ibn Abu Dovud” ismi aslida Ibn 

Abu Duad ekan. “Bashir Musraysiy” deb yozilgan ism ham aslida “Bishr Marisiy” yoki (ikkinchi xil o‘qishda) “Bishr 

Mirrisiy” bo‘larkan. Bu ismlar matnda ikki-uch xil kelgani – ko‘chirma olingan o‘zbekcha kitobda qanday bo‘lsa, 

shundayicha keltirilganidandir.  


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

329 


Demak, teskarisi teskari natija beradi: olimning qo‘rqoqligi va xiyonati 

hukmdorning haddan oshishiga sabab bo‘ladi! 

Bugungi ulamolarimizga buyuk imomlar Abu Hanifa bilan Ahmad ibn Hanbalning 

jasoratlari, sobitqadamliklari yetishmayapti. Og‘izda hanafiymiz, sunnat va jamoat 

ahlidanmiz, deyishadi, ammo amalda Abu Hanifa nomlariga kir isnod keltirishadi. 

Agar hanafiylikda samimiy bo‘lsak, mazhabboshimiz tutimlaridan ham ibrat olishimiz 

lozim emasmidi?! 

Abu Hanifa zolim voliyning xohish-irodasiga muvofiq fatvo berishdan o‘zlarini 

qanday sabr-matonat bilan asragan bo‘lsalar, bugungi “ulamo”, aksincha, xuddi 

shunday jiddu jahd bilan qirolu prezidentlarning ra’yi va istagiga mos fatvolarni har 

kuni, har soatda oppa-osongina chiqarib yotibdi! 

Abu Hanifayu Imom Ahmadni haqorat, u zotlarning pok nomlarini xo‘rlashdir bu 

ishlari! 

Ollohning rahmati yog‘ilsin u ikkala Imomimizga! 

O‘rnida ishlatilsa, murosa juda kerakli omildir. Chunki jamiyatning xotirjamligi 

murosa bilandir. 

Lekin har qanday murosaning o‘lchovi, chegarasi bor. Chegaradan oshganidan 

keyin u xiyonatga aylanadi. Ayniqsa, din masalasida qirollaru prezidentlar

229


 bilan 

murosaga borilar ekan, nihoyatda ehtiyot bo‘lish kerak. 

Din hukmron bo‘lmagan bir sharoitda yoki mo‘min-musulmonlar boshqa dindagilar 

(yoki dinsizlar) qo‘li ostida yashaydigan holatlarda, ijtimoiy masala o‘laroq, murosa 

kerak va to‘g‘ridir. Ammo shunda ham aqida, Islom ustunlari kabi o‘zgarmas 

asoslardan zarracha chekinmagan holda. Bu masaladagi murosa o‘zingizning 

aqidangizni boshqaga tiqishtirmaslik, fiqhingiz bilan ularga xalaqit qilmaslik 

ma’nosidagina bo‘ladi, bizningcha. 

Ya’ni, aqida va fiqh masalalarida din bor so‘zini boricha aytmasa yoki qirol va 

prezidentlar ruxsat bergan darajada gapirib, undan ortig‘ini go‘yo yo‘qday indamasa, 

haqiqatga xiyonat, dinga xiyonat, Haqqa xiyonat qilgan bo‘ladi.  

Xiyonatdan tashqari, yo‘lboshchilarimizning o‘ris “oqposhsho”siga egilgan boshlari 

kabi, orqalarida turgan xalqning ruhini sindiradi, millatning bo‘ynini egadi. Bunday 

sharoitda juda ozchilikkina e’tiqodida sobit qoladi, ko‘plar ichiga qamalib oladi, yana 

boshqalar domla-imomlardan, ayrimlari hatto dindan hafsalasi pir bo‘ladi. 

Mana shu holatga javobgarlikni bo‘yinga olib murosaga borish kerak. Qiyomat va 

oxirat savol-javobini hamisha esda tutib murosaga boriladi. 

Ibratni Ollohning elchisidan (u zotga salot va salom bo‘lsin) olaylik. Bu sharafli zot 

shaxslari haqorat qilinsa chidardilar – yumshoq muomala qilardilar, ammo dinlari 

haqorat qilinsa chidamasdilar – peshonalari qizarib, yuzlari bo‘g‘riqib, bo‘yin tomirlari 

bo‘rtib ketgulik darajada g‘azablanar edilar. 

                                                

229

 Abu Hanifa zamonlaridagi musulmon hokim bilan “mustaqillik” zamonidagi bugungi kommunist prezidentning qanaqa 



boshqacha tomoni bor? Misoldan ko‘rildi, judayam unaqa boshqacha emas; deyarli bir xil! 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

330 


Murosa chegarasi bugun butkul unutildi. “Mulohazalar” ko‘payib ketdi. 

Mulohazalar hamisha ham haqiqatga eltavermaydi. Ko‘pincha g‘aflatga, xiyonatga 

eltadi. Aksincha, qahramonlik onda yuz beradi. Ortiqcha mulohaza ayrim hollarda 

qahramonlikning yo‘lini kesadi. 

O‘zbekiston davlati o‘quvchilarni, talabalarni juma namoziga qo‘ymasa yoki juma 

namoziga borganlarni o‘qishlardan haydasa, o‘qituvchi va melisalarni yo‘llarga qo‘yib, 

jumaga kelgan o‘quvchilarni machit eshiklari tagidan tutib ketaversa, shu ishni ham 

o‘zi eplayolmay O‘zbekiston musulmonlari idorasidan, domla-imomlardan ko‘mak 

so‘rasa, so‘rovlariga javoban haq dinimizning: “Yoshu qariga, erkagu ayolga ilm olish 

ham farz, balog‘atga yetgan har bir mo‘min-musulmonga namoz o‘qish ham farz!” 

degan haq hukmini to‘g‘ri yetkazmasdan, shariatni oyoqosti qilib, haqiqatni bekitib, 

itoatkorona: “O‘quvchi va talabalar namozga kelmasa ham bo‘laveradi, ilm olish farz”, 

deb fatvolar chiqarib bersak... bu endi murosa emas, bu endi... nima ekani ma’lum. 

O‘zbekiston davlati va hukumatiga ayollarning hijobi yoqmay qolib, o‘tgan asrning 

30-yillarida xudosiz Sovet davlati boshlab bergan siyosatni davom ettirib, ikkinchi 

katta “Hujum” kampaniyasini ochsa, muslima ayollarni yechintirishga kuch-g‘ayrat 

bilan kirishsa va yechganini yechintirib, e’tiqodi kuchlilarga kuchi yetmay qolganida 

yana-tag‘in domla-imomlardan yordam so‘rab murojaat qilsa, murojaatlariga labbay 

deb javob berib: “Hijob arablarning milliy kiyimi... Ular ko‘proq sershamol sahrolarda 

yashagan, uchib yurgan qum zarralaridan asranish uchun yuzlarini ham o‘rab 

yurishgan... O‘zbek xalqining o‘ziga xos milliy kiyimlari bor. Ro‘mol ham jumladan 

milliy kiyimdir”, deb fatvolar chiqarib berilsa, uyat yerlarni yopishga buyurgan shariat 

“unutilsa”... bu endi murosa emas, bu endi... nima ekani ma’lum. 

O‘zbekiston davlati bora-bora xalqning e’tiqodini susaytirish uchun necha yillardan 

beri namozga qarshi siyosat yuritadi. 

Bu qarshi siyosat ilk bor Namangan tumanlaridan birining hokimi haqida prezident 

ochiqchasiga: “Yo namoz o‘qisin, yo hokimlik qilsin!” degan hamda machit qurishga 

ko‘maklashgan boshliqlarni qattiq tanqid ostiga olgan paytlardan boshlangan edi. 

So‘ngra tobora jiddiy va keskin tus oldi. Sovetning oxirgi pallalari maktablarda, 

ishxonalarda, vokzal va qo‘nalg‘alarda, shifoxona va oshxonalarda ochilgan 

namozxonalar bitta-bitta yopildi. O‘qilsa, jarimalarga tortildi, namozxonasini 

yopmagan oshxonalar o‘zi yopildi. 

Keyin-keyin ishxonalarda yashirib namoz o‘qiydiganlar aniqlanib, yo namozni, yo 

ishni tashlash takliflari qilindi. 

Mahallalarda namozxonlar va o‘rangan ayollar ro‘yxatga olindi. Ularga tinimsiz 

“profilaktik ishlov”lar berildi. 

Machitlar har kuni va har juma maxsus ajratilgan “xolis odamlar” yordamida 

kuzatilib (bugun urf bo‘lgan til bilan aytganda: monitoring qilinib), besh vaqt namozga 

keladiganlari alohida, jumaga keladiganlari alohida, onda-sonda machitga 

qatnaydiganlar alohida, yoshlari alohida guruhlarga ajratilib ro‘yxatlar tuzildi, shaxslari 

o‘rganildi. Va nihoyat, shu kabi tadbirlar orqali machitga qatnaydigan va juma namozi 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling