Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

331 


o‘qiydiganlar sonini besh-olti yil nariga qaraganda ancha-muncha ozaytirishga 

erishildi. 

Bu “g‘aroyib” ishlar O‘zbekiston musulmonlari idorasi, imom-domlalar hamda 

butun millat ko‘zi o‘ngida ochiqchasiga davom etarkan, machit minbarlarida, ulamolar 

kengashlarida, oliy hay’atlarda “Biz mo‘min-musulmonlarga ibodatlarimizni emin-

erkin ado etishga imkon yaratib bergan davlatimizga, muhtaram Yurtboshimizga, u 

kishi boshchiliklaridagi barcha boshliqlarimizga shukronalar keltiramiz!” kabi hamdu 

sanolar yangrashi... bu endi murosa emas, bu endi... nima ekani ma’lum

230



No‘‘mon ibn Sobit Abu Hanifa... Ahmad ibn Hanbal... 



Ular bunaqa “murosa” qilmadilar-ku! Murosa qilsalar, begonagamas, dini tayinsiz 

kimsagamas, musulmonga, mo‘minlar hokimiga, xalifaga murosa qilardi-ku! 

Hozirgilar osongina borayotgan “murosa”ga shariatdan yo‘l topsa, shu buyuk 

mazhabboshilar topardi-ku! 

Ular bunday qilmadilar. Butun jabr-sitamni yelkalariga olib, so‘zlaridan qaytmay 

turaverdilar! 

Nimaga? Nima ularni bosh egishga qo‘ymadi? 

Ular bosh egsalar edi, ilmning boshi egilardi, dinning boshi egilardi, ummatning 

boshi egilardi. Shuning uchun ular qattiq turdilar. Va shu tariqa dinni, ilmni, or-

nomusni asrab qoldilar. Chinakam yetakchilik namunasini ko‘rsatdilar. Ummatning 

ko‘ksini ko‘tarib qo‘ydilar. Tik qomatlar va aziz boshlar aslida nimaga va kimga 

egilishi kerakligidan ta’lim berdilar. 

Abu Hanifa bilan Ahmad ibn Hanbal hayotlaridan bu misollar ko‘p kitoblarda 

keltiriladi. Minbarlarda aytiladi. Nimaga? O‘rnak uchun, albatta. Unda nega o‘rnak 

olmayapmiz? Nimaga bemalol ularga teskari ish qilaveramiz? 

Dunyo tarixi, insoniyat tarixi imon bilan kufr kurashidan iborat ekan, eng 

achinarlisi – bugun kufr bir chetda qolib, mo‘min (imon keltirgan)lar bir-biriga qarshi 

kurashmoqda. Bir-birining yuziga loy chaplash, bir-birining etagini ochish, bir-birining 

oyog‘idan chalish bilan ovora. Bir-birini har xil oqimu har xil maslak va turli 

mazhabda ayblab (ayblasa, o‘zining xato ishi to‘g‘ri bo‘lib qoladigandek), shayton bu 

xunuk ishini unga chiroyli ko‘rsatayotganidan xabarsiz, bir-biriga qarshi qon va jon 

jangiga kirishgan. 

Ajab... Ajab... Ajab... 

Haq biz mo‘minlar qo‘lida bo‘laturib nimaga ishimiz nuqul haqsizlik, degan so‘rov 

kishini o‘ylantiradi, qiynaydi, alamlarga botiradi. 

                                                

230

 “O‘zbekiston musulmonlari idorasi”, “Diniy qo‘mita”, “machitlar”, “imom-domlalar” der ekanmiz, bunda aslo shaxslar 



nazarda tutilmayotganini alohida ta’kidlamoqchimiz. Ko‘plari yaxshi, samimiy musulmondir. O‘ziga qolsa, hech kim 

dinning tersiga ishlamaydi (dinni shaxsiy manfaat quroliga aylantirib olgan vijdonsizlar mustasno). Ya’ni, gap alohida 

shaxslarda emas. Bugungi vaziyatda din boshiga kim kelsa ham ahvol o‘zgarmaydi – xuddi shu yo‘sinda, balki battar bir 

tarzda davom etaveradi. Chunki asosiy gap tuzumda! Shunday bir tuzum yaratildi, hamma bu tuzumning quliga aylandi. 

Bunday sharoitda “falonchilar xoin” deyavergan bilan ahvol yaxshi bo‘lib qolmaydi. Ko‘ngildagidek natijaga erishish 

uchun birgalikda buzuq tuzumni tuzatishimiz, xato boshqaruv tizimini tagi-tubi bilan almashtirishimiz kerak bo‘ladi. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

332 


Albatta, bunday ayanchli holga tushishimiz sabablari, ildizlari juda chuqur va ko‘p. 

Har qaysi zamon olimlari bu masalani kuyunchaklik bilan o‘rganishgan, kasallik 

illatini aniqlab, davolash yo‘llarini ham ko‘rsatib berishgan. 

Eng katta sabablardan bittasi menga ta’lim uslubimizdagi bir xatolik bo‘lib 

tuyuladi. “Ustoz ‒ shogird” munosabati xato tushunilishi, xato talqin etilishidir. 

To‘g‘rirog‘i ‒ bu munosabatning haqiqati unutilganidir. 

Dinda chinakam ustoz deb kimni aytsa bo‘ladi? 

Menimcha, dinda chinakam ustoz shogirdini Ollohga va Uning elchisiga (sollallohu 

alayhi va sallam) bog‘laydi, o‘ziga emas. 

Ollohni va Uning elchisini (sollallohu alayhi va sallam) sevdiradi, o‘zini emas. 

Shogirdining yuragini Ollohga va elchisiga (sollallohu alayhi va sallam) muhabbat 

bilan to‘ldirib tashlaydi, u yurakdan o‘ziga muhabbat uchun joy qoldirmaydi. 

Olloh elchisiga (sollallohu alayhi va sallam) chinakam voris bo‘lishdek sharafga 

erishaman degan ustoz o‘rtada o‘zi bo‘lmasligi kerak, shogirdi yuragida Ollohga va 

elchisiga (sollallohu alayhi va sallam) tom ixlosni tarbiyalashi-qozontirishi lozim.  

Buning uchun birinchi galda ustoz o‘zi tom ixlosli bo‘lsin. Men kim bo‘libman, 

hech kimman, nari borsa, gunohlarga botgan, qiyomatdagi holidan xavotirda titrab-

qaqshab turgan bir ojiz kimsaman ‒ o‘zimning holim bu ekan, qaysi yuz bilan 

Payg‘ambarga (sollallohu alayhi va sallam) vorislik da’vo qilaman, degan his uni doim 

muhokama qilib tursin, shogirdi yuragiga ham shu tuyg‘uni singdirsin. 

Olimning boshqalardan farqi ‒ Olloh nasib etgan ozgina bilimi bor, vazifasi shu 

bilimini qo‘lidan kelganicha, Olloh qodir etganicha ommaga yetkazishdir. To‘g‘ri 

yetkazishdir. Xolos. 

Bizda nima bo‘lyapti? 

Ustozlar shogirdini, pirlar muridini ko‘proq o‘zlariga bog‘layaptilar, o‘zlarini 

sevdiryaptilar, o‘zlarining so‘zlarini hammaning so‘zidan ustun qo‘ydiryaptilar. 

Hozirgi ta’lim-tarbiya uslubi natijasi o‘laroq shogird yoki murid o‘zining ustozi yo 

piridan boshqasini tanimay, tan olmay yetishyapti. 

O‘rtada din qayg‘usidan ko‘ra ko‘proq ustoz va pir qayg‘usi bo‘lib qoldi. Har bir 

shogird yoki murid o‘zining ustozi yoki pirini maqtash, ko‘klarga ko‘tarish bilan 

ovora. 

Bu degani Ollohdan qo‘rquv va ixlos o‘rniga tarafkashlik o‘rtaga chiqdi deganidir. 



Tajribadan bilamiz: tarafkash shogird yoki murid jon jahdi bilan tarafdor to‘plashga 

kirishib ketadi. Bu ishini ustozi yo piriga muhabbat deb o‘ylaydi. Odamni jalb etish 

uchun ustozi yoki pirini ko‘klarga ko‘tarib maqtay boshlaydi, ulardagi bor xislatlar 

yetarli tuyulmasa, yo‘q xislatlardan lof uraketadi.  

Ayrim ustoz yo pirlarni shunday shishirib maqtaydilar, orqasida Olloh ham, Uning 

sevgili payg‘ambari (sollallohu alayhi va sallam) ham ko‘rinmay ketadi. Davralarida 

Olloh va Uning elchisidan (sollallohu alayhi va sallam) ko‘ra ustozlari yo pirlarining 

oti ko‘proq yangraydi! 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

333 


Bu holat o‘tmishda ko‘p bora kuzatilganidek, bugun ham davom etib kelyapti ‒ 

ko‘zimiz bilan ko‘rib turibmiz

231

.  


Hukmi vahiydan bo‘lmasa hatto payg‘ambarga e’tiroz bildirish mumkin bo‘lgani 

holda hamma gapi insoniy-nafsiy bo‘lgan ustoz yo pirning so‘zini mutlaq haqiqat deb 

bilish, e’tiroz bildira olmaslik; dinimizda hatto gunohsiz payg‘ambarga sig‘inish qattiq 

taqiqlangani holda yurgan yo‘lida gunohlarga botib yurguvchi ustoz yo pir shaxsiga 

sig‘ingudek itoat etish illatlarning boshi va asosiysi bo‘lib tuyuladi menga. 

To‘g‘ri tushunilsin, ustozni hurmat qilish lozimligi shubha ostiga olinmayapti bu 

yerda. So‘zsiz, har qanday ustoz hurmat-e’zozga loyiq zotdir.  

Ammo hurmat boshqa, muhabbatda chegaradan oshish boshqa. Hurmat qilsangiz, 

izzat topasiz. Bu yerda gap ustozni hurmat, ustozga muhabbat chegarasida turish 

haqidadir. Chunki muhabbatda chegaradan oshsangiz, o‘zingiz ham to‘g‘ri yo‘ldan 

chiqasiz, boshqalarni ham chalg‘itasiz. 

Shialar ayni shu ‒ muhabbatda va nafratda chegaradan oshishlari (ifrot va tafrit) 

tufayli haqdan toydi. Hazrati Alini (Olloh u zotdan rozi bo‘lsin) yaxshi ko‘rishda 

chegaradan oshdi, bor holicha sevmay, u kishida yo‘q sifatlarni to‘qib chiqarib “seva” 

boshladi va bora-bora oralaridan Hazrati Alini payg‘ambar deydigan, hatto iloh 

deydigan toifalar chiqdi! 

Muhabbatda chegaradan oshish oxir-oqibatda mana shunaqa natija beradi. 

Buning aksi ‒ nafratda chegaradan oshish ham xavflidir. Shialar Hazrati Aliga 

(Olloh u zotdan rozi bo‘lsin) to‘g‘ri yo‘ldagi boshqa xalifalarni qarshi qo‘yib, 

boshqalarini yomonlay boshladi. Bora-bora chegaradan oshib, siyosiy qarama-qarshilik 

diniy nafratga aylandi va yomonlashdagi jazava ko‘zlarini ko‘r qildi. 

Olloh, O‘zing saqla bunday natijadan. 

Ustozga yoki pirga muhabbatda chegaradan oshish hayotda qanday yuz beradi? 

Biz bu kamchilikni ta’lim-tarbiya uslubida ko‘rdik. 

Tasavvur etaylik: o‘rtada katta, keng maydon, tevaragi aylanasiga uy.  

O‘xshatish joiz bo‘lsa, u maydonni Islom jamiyati desak, tevaragidagi uylar har biri 

bir ustozning ilm dargohidir. 

Shogirdlar xilma-xil bu uylarga kirib o‘qiyapti, tarbiyalanyapti. Har bir ustoz o‘zi 

bilgan narsani shogirdiga yetkazyapti, ta’lim-tarbiya beryapti. Lekin yetishtirilgan u 

shogirdlarni keng-katta Islom maydoniga chiqazish o‘rniga o‘ziga, o‘zining tor 

hujrasiga bog‘lab olyapti. Kamchilikli bo‘lish ehtimoli kuchli bo‘lgan yo‘lini eng 

to‘g‘ri yo‘l deb o‘rgatyapti. O‘rtadagi maydon bo‘m-bo‘sh qolyapti. 

Natija esa ayanchli. 

Qobiliyatiga yarasha ilm hosil qilgan talaba nihoyat bir kuni u hujradan o‘ziga mos 

tuynuk ochib maydonga mo‘ralaydi. Qarasa, boshqa hujralardan ham maydon tomonga 

tuynuk ochilibdi: har bir tuynukdan boshqa-boshqa ustozlarning shogirdlari bosh 

chiqarib turibdi. 

                                                

231

 Albatta, bu xulosamiz ko‘proq O‘zbekistonga tegishli. Hududni bir oz kengroq olsak, qo‘ni-qo‘shnilarimiz ahvoliga 



ham tegishli bo‘lar. Dunyoni ko‘p bilmaymiz, ularda ahvol boshqacha bo‘lishi mumkin. 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

334 


Asta-sekin bir-birlari bilan muloqotga kirishishadi. Har qaysisi o‘z ustozidan olgan 

ilmini ko‘rsatgisi keladi. Tabiiy, bilimlarida ozmi-ko‘pmi farq ko‘rinadi. Chunki 

shogird o‘rtadagi keng-katta maydonga ‒ Islom maydoniga ustozi yo piri ochib bergan 

tuynukdan boqayotgan edi. U keng maydonni bor bo‘yicha ko‘rmas, ko‘rolmas, 

tuynugi katta-kichikligi miqyosidagina ko‘rar-qamrar edi.  

Natijada tortishuv boshlanadi. Tortishuv kuchaygani sayin tarafkashlik yuzaga 

chiqadi. Har bir shogird yoki murid o‘z ustozini maqtay ketadi. Hech biri yon bosgisi, 

narigi tuynukdagining bilimiga tan bergisi kelmaydi. Masala talashishlar o‘z ilm 

dargohi va ustozi sha’ni uchun kurashishga aylanib, oxiri shogirdlar bir-birining etini 

yeyish darajasiga yetadi!

 

Xayriyat, O‘zbekistonimizda hozircha tuynuk tortishuvlari og‘izaki ketyapti, 



xayriyat shunday tor dunyoqarash va tarafkashlik fe’li bilan shogirdlar qo‘liga biron 

qurol olmay turibdi. Maydonga birodarlik tuyg‘usi bilan emas, qurol bilan tushsa 

bormi, o‘rtada qon to‘kilishi hech gap emas.  

Bunda holni o‘tmishda ko‘p marta uchratganmiz, o‘xshashlari yaqinlarda o‘zimizda 

ham ko‘rindi, hozirgi kunlarda dunyoda-da ko‘rib turibmiz. 

Hol bu ki, ustoz o‘ziga sadoqatli shogirdni emas, diniga sadoqatli ummatni 



tarbiyalashi kerak! 

Har bir ustoz uyini shogirdga to‘ldirmasin, o‘rtadagi keng-katta Islom maydonini 

ummat bilan to‘ldirib tashlasin! 

Bilim berarkan, markazga o‘z shaxsini qo‘ymasin, balki keng-katta Islom ma’naviy 

shaxsini qo‘ysin! 

Shogird muhabbatini o‘ziga va o‘zining tor hujrasiga yo‘naltirmasin, balki Ollohga 

va Uning sevikli elchisiga (sollallohu alayhi va sallam) yo‘naltirsin! 

Ey shogird yo murid! Behuda tortishuv va janjallarni to‘xtating! Tarafkashlik 

tuynugingizni tark eting, o‘rtadagi katta birodarlik maydoniga tushing! Shogird 

edingiz, endi ummatga aylaning! Bir-biringizga dushman deb emas, birodar deb 

boqing! Bir-biringizga qo‘l uzating, jilmaying! 

Masala talashishga, ustoz talashishga sovurayotgan kuch-g‘ayratingizni ummat 

uchun foydali ishlarga yo‘naltiring! Biringiz uchoq, ikkinchingiz kema, uchinchingiz 

Mirrihga uchadigan raketa, boshqangiz jamiyat og‘irini yengil qiladigan yana boshqa 

narsa kashf etishga kirishing. 

G‘ayridin yoki dinsiz dunyo eng oddiy uy-ro‘zg‘or buyumidan tortib yadro 

quroligacha yaratayotgan bir paytda biz mo‘min-musulmonlar umrimizni arzimagan 

masalalar ustida bir-birimiz bilan talashib-tortishib o‘tkazayotganimiz nihoyatda 

achinarlidir. 

Buyuk kashfiyotlar yo‘lida sarflashimiz lozim bo‘lgan butun ongu shuurimiz va 

kuch-g‘ayratimizni dinda o‘zimizni haq ko‘rsatishga band qilib qo‘yganimiz 

kechirilmas xatodir. 

Mo‘min-musulmonlarning birikishiga, katta kuchga aylanishiga to‘siqlardan yana 

biri mazhab harxilligini tabiiy hol deb qabul etmaslikdir. Har kim o‘zining mazhabini 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

335 


yoqlashi, himoya qilishi va ilgari surishiga birov qarshi emas, ammo buning natijasida 

qaysar taassub paydo bo‘lishi yomon. Mazhabni ushlashda bir xatolik yo‘q, har kim 

o‘zining mazhabini yoqlashi va ilgari surishida qo‘llayotgan uslubi xato

“Sunniy ‒ shia” tortishuvini qo‘yaturaylik, chunki u tortishuvning asosli diniy-

siyosiy, ijtimoiy-tarixiy sabablari bor, ammo to‘g‘ri yo‘ldagi sunnat va jamoat ahli 

ichida ham mazhablararo munozara-tortishuv kuchayib borayotgani o‘sha xato uslub 

oqibatidir. 

Olloh taoloning “Dinda zo‘rlash yo‘q...”

232

 hukmini qabul qilamiz, tan olamiz, 



juda olijanoblik ila rioya etamiz, ammo mazhab harxilligiga chidamaymiz ‒ qavmni bir 

mazhabni ushlashga zo‘rlaymiz, bordiyu o‘zimizning kuchimiz yetmay qolsa, davlatni 

yordamga chaqiramiz. 

Harholda O‘zbekiston sharoitida bir necha yillik tajriba shuni ko‘rsatadi.   

Hatto dinda zo‘rlash bo‘lmagani holda mazhabda zo‘rlash avjga mingandan-minib 

bormoqda. Dinning o‘zi harxillikni tabiiy hol deb turganida xayolimizda olijanob 

bo‘lib tuyulgan niyatda hammani birxillikka solishga tirishib yotibmiz. 

Ammo xayolda olijanob tuyulgan niyat aslida xato bo‘lishi, din hukmiga ters kelib 

qolishi mumkin. Ya’ni, har qanday olijanob niyat dinning hukmini o‘zgartirishga sabab 

bo‘la olmaydi. 

Hazrati Umar (Olloh u zotdan rozi bo‘lsin) ayollar mahr so‘rashda haddilaridan 

oshib ketmasinlar, mo‘‘tadil bo‘lsinlar degan olijanob niyatda mahr miqdorini 

cheklashga uringanida nima bo‘ldi? 

Olloh taolo bitta kampir tili bilan xalifasiga tanbeh berdi va mahr masalasida 

Ollohning hukmi o‘zgarmay qoldi! 

Hamma bir xil yursin deb talab etish, majburlash teskari natija berishini kundalik 

hayotimizda ko‘rib turibmiz.  

Oldingi boblardan birida jamiyatda fikrlar xilma-xilligi bo‘lishini lozim deyayotib, 

“Muvatto” egasi Imom Molik bilan xalifa Abu Ja’far al-Mansur (Olloh, ikkalasiga ham 

rahm qil) o‘rtasida kechgan voqeani tilga olgan edik. Islom dini dunyoga yoyilib, turli 

mazhablar paydo bo‘lib, har yerning odami dinga har xil amal qila boshlagach, buni 

ko‘rgan xalifa butun ummatni “Muvatto” tevaragida birlashtirish g‘oyasini o‘rtaga 

tashlagan, ammo uning bu qaroriga Imom Molik qarshi chiqib mazhablar harxilligini 

himoya etgan edi. 

Xalifa ‒ siyosat, Imom Molik ‒ ilm. 

Siyosat birlashtiraylik dedi, ilm haqiqatni ‒ harxillikni himoya qildi va siyosatni 

ummat orasida fitnaga olib kelishi mumkin bo‘lgan buzg‘unchi fikrdan qaytardi. 

Chunki “birlashtirish” g‘oyasi har qancha jozibali tuyulmasin, unda zo‘rlik bor edi. 

Zo‘rlik qarshi harakatni paydo qiladi, isyonga olib keladi. 

                                                

232

 Baqara surasi 256-oyatdan. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

336 


Sunniylik to‘g‘ri yo‘l, sunnat va jamoat yo‘li unga ergashganlarni jannatga eltadi, 

ammo dinparastlik qolib mazhabparastlikka

233

 berilganlarning xatti-harakatini, 



tortishuv uslublarini ko‘rib turib, qolgan uch mazhab boshqa dinmi deb o‘ylab qolasiz. 

Bir mazhabga taassub bizda yuksak cho‘qqisiga chiqdi, hatto mazhabga zo‘rlash 

mafkurasini davlat diniy siyosatiga qurol qilib oldi. 

Siyosat “mazhabparastlar”ning gij-gijlashi bilanmi yo o‘z tashabbusi bilanmi, 

xalqni bir mazhabni ushlashga zo‘rlayotgan ekan, bu ish samarasiz yoki teskari samara 

beradigan ekanini aytib siyosatni xatarli yo‘ldan qaytaradigan ILM qani?! 



“Dinda zo‘rlash yo‘q!” oyati karimasini tushuntirar ekan, mazhabga zo‘rlash 

umuman yo‘qligini uqtiradigan OLIM bormi?! 

Albatta, biz hanafiymiz, ammo shofiiy ham, hanbaliy ham, molikiy ham sunnat va 

jamoat ahli bo‘lgan birodarlarimiz emasmi?! 

Ichimizda kimdir bu mazhablardan biriga amal qilsa, o‘shani to‘g‘ri deb o‘ylasa, 

xuddi u dindan chiqib ketganday dod-voy solishlarimiz nechun? 

Kimdir namozda oyog‘ini keribroq tursa, har takbirda qo‘lini ko‘tarsa, Fotiha 

surasidan keyin tovush chiqarib “Omin!” desa, uni machitdan quvib solishlarimiz 

yetmaganiday davlatga tutib berayotganlarimiz uchun qiyomatda javob 

bermasmikanmiz ishqilib?! 

Bir kishining 1) mo‘min ekani, 2) namoz o‘qishi, 3) namozini yigirma yetti baravar 

savob umidida machitda o‘qiyotgani... kabi fazilatlari turgani holda ahli sunna ichidagi 

mazhablararo farqdan keladigan arzimas harxillik uchun uni naq dushmanga chiqarib 

qo‘yishlarimiz to‘g‘ri emas deb o‘ylayman. 

Bu masaladagi tortishuv va janjallarimiz bilan bilib-bilmay kufr olamini sevintirib, 

Islom dushmanlari tegirmoniga suv quyib kelyapmiz.  

Mazhab harxilligi bizni bir-birimizga dushman qilmasin. Chunki to‘rtala mazhab 

ham najotga eltuvchi yo‘ldir, mo‘minlarning o‘zaro do‘st-birodarligi farzdir! 

Mazhab harxilligini tugatib bo‘lmaydi, tugatishga, Imom Molik aytganlaridek, hojat 

ham yo‘q, demak, dinimizning mo‘minlar bir-birlari bilan birodar ekanlari to‘g‘risidagi 

ilohiy yo‘riqni mahkam ushlagan holda har kim o‘z mazhabiga rioya etishi eng to‘g‘ri 

uslubdir. 

Ustozparastlik qilib yoki mazhab talashib janjal chiqaruvchilar asosan o‘rtacha 

olimlar yoki chalamullalar bo‘ladi. Bularni, ha, mayli, darajasi past-da, desak, yirikroq 

olimlarimiz ham shogirdlarini bu illatdan shiddat bilan qaytarmayapti. Ummatni ham, 

davlatni ham to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘ymayapti. 

Yo bizda chinakam ma’noda ILM, chinakam ma’noda OLIM yo‘qmi?! 

Bu mamlakatda o‘ttiz milyonli yirik xalqmiz. Katta ummatmiz. Shunga qaramay, 

dinni bilgich olimlarimiz barmoq bilan sanarli. Ammo, afsus, shu uch-to‘rt nafar ilmli 

ham bir-biri bilan inoq emas. 

                                                

233


 “Mazhabparast” deganda bir mazhabni qattiq ushlagan odamlarni nazarda tutmayapmiz (mas., o‘zim ham hanafiy 

mazhabiga ergashaman), balki mazhabini yagona to‘g‘ri yo‘l deb o‘ylaydigan, boshqa mazhabga ergashuvchilarni bo‘lar-

bo‘lmas so‘zlar bilan kamsitadigan kishilarni nazarda tutyapmiz. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

337 


Bir zamonlar Mavlono Rumiy hazratlari musulmon bag‘irlarini dunyoga keng 

ochib: “Nasroniy bo‘lsang ham kel! Yahudiy bo‘lsang ham kel! Dinsiz bo‘lsang ham 

kel!” deya huzuriga hammani chorlab, o‘zi ham nihoyatda ustun mavqeda turgan holda 

Islomning naqadar buyukligini ko‘rsatgan bo‘lsa, bugungi olimlarimiz bag‘ri hatto bir-

birini sig‘dirmayapti. Ilmlar musobaqasi emas, nafslar raqobati ustun. Shu uchun bir 

mo‘min olim ikkinchi mo‘min olimni pisand qilmaydi, o‘zidan nari suradi, hatto 

orqadan bir-birini yoqtirmaydi. 

Boshqacha aytganda, bugungi mo‘min bag‘irlar hatto nasroniyni, yahudiyni va yo 

dinsizni sig‘diryapti, ammo ikkinchi bir mo‘minni sig‘dirmayapti

234


Shu ma’noda, bugun agar davlat Islomga va musulmonlarga bag‘rikenglik 

ko‘rsatmayotgan, aksincha, past yoki dushmancha nazar bilan boqayotgan bo‘lsa, 

davlatning o‘zidangina o‘pkalab bo‘lmaydi, kattaroq ayb mo‘min-musulmonning, 

ayniqsa, din olimlarining ‒ ustoz yoki pirlarning bo‘yniga tushadi. 

O‘zimiz shunaqa past munosabatga loyiq ekanimiz bilinib qoldi. 

Ikki ustoz-olim bir-birini bag‘riga tortmaydi, ikki musulmon shogird bir-biriga 

Olloh buyurganiday do‘st-birodar bo‘lolmaydi-yu, davlat musulmonga bag‘rikeng va 

do‘st bo‘lsinmi?! 

Ayniqsa, o‘tgan asr to‘qsoninchi yillari voqealarini eslasam, davlatning dinga 

qattiqqo‘lligi qaytaga rahmatmikan deb ham o‘ylab qolaman goho.  

Andijonda, Namanganda, Qo‘qonda kechgan sharmandali ishlarni eslang. Yonma-

yon ikki machit bir-biriga shunaqa dushman bo‘ldi, boshqa dushmanning keragi 

bo‘lmay qoldi. Bir juma bir machit qavmi pichog‘u tayoqlar bilan qurollanib narigi 

machit qavmi ustiga bostirib borsa, yanagi juma endi narigi machit qavmi bu yoqqa 

qurol ko‘tarib keldi. Na Olloh So‘zi ularni qaytara oldi va na hadis! Nihoyat, davlat 

oraga kirdi. Qamadi, zindonga otdi. Va... hamma tinchidi! 

Bu nimani ko‘rsatadi? Imonimizning samimiy emasligini, naqadar yuzaki ekanini 

ko‘rsatadi. Qur’onga quloq solmadik, hadisga quloq solmadik, ichki ishimizga davlat 

aralashishiga to‘g‘ri keldi. Shunga majbur qildik! 

Ollohdan qo‘rqmadik, oxirat savol-javoblaridan qo‘rqmadik, davlatdan qo‘rqdik! 

Davlatning so‘roq-savoli va qamoqlari bizlarni mo‘mingina-qobilgina qilib qo‘ydi! 

Shu ma’noda, ikki mo‘min orasiga davlat kirgani va o‘rtani birmuncha tinchitgani 

davlatga sharaf bo‘lsa ham, mo‘minga sharmandalikdir. Davlat bo‘lmaganida mo‘min-

musulmonlar bir-birimizni yeb bitirar ekanmiz-da!..

 235


 

Bu turishda bordiyu bugun yana ozgina erkinlik berilsa, chamamda, endi qavmlar 

bir-biriga pichoq o‘qtalib o‘tirmaydi, birato‘la avtomatlar tilga kiradi

236


                                                

234

 Albatta, dinda bor-yo‘g‘i ergashuvchiman. Ushbu mulohazalarim dinimizni qattiq sevganimdan, bugungi holiga xolis 



Olloh uchun kuyunganimdandir. Bilib yo bilmay xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsam, Yaratgan Egamdan kechirim so‘rayman. 

Olloh rahmli va kechiruvchi Zotdir. Bilag‘onlarimiz ham kamchiliklarimdan o‘tib bag‘rikenglik ko‘rsatadilar deb umid 

qilaman. 

235


 Bir musulmon bag‘riga ikkinchi musulmon sig‘mayotganiga misol: haqsiz qamalgan bir imom 11 (o‘n bir) yillik 

muddati tugab, ozodlikka chiqish vaqti kelganida ochiqdagi imom o‘zidan maslahat so‘ragan “davlat”ga: “Chiqsin-e bola-

chaqasining oldiga!” demadi. “U chiqsa yaxshi bo‘lmaydi”, dedi. O‘shandan beri qamoqdagi imomning muddati ketma-

ket uzaytirilib, umri qafasda o‘tyapti. “Ochiqdagi imom” ochiqda bemalol yuribdi. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling