Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 399
Har qanday yaxshilik kabi, yomonlik ham o‘zimizniki. Uni birov emas, o‘zimiz tuzatamiz. Birov kamchiligimizni o‘nglab, buzug‘imizni tuzatib bermaydi. Yordam bersa, o‘ziga katta foyda ko‘zlab yordam beradi. Foydasiga ishlasa, zolim-diktatorlarga ham yordam berib, siyosiy maydonda ularni qo‘llab kelayotgani shundan. Iroqqa, Afg‘onistonga, Liviyaga ozodlik berdimi? Yo‘q! O‘zining odamini hokimiyatga keltirib, tilini qisiq qilib olib, u mamlakatlarning yerosti va yerusti boyliklarini qo‘liga olvoldi, xolos. Manfaati kesilgan zahoti “qo‘g‘irchoq hukumatlari”ni ham o‘z holiga tashlab, boshqacha kuy, boshqacha qo‘shiqni varanglatib qo‘yib, kelgan tomoniga qarab ketaveradi...
Bunday zulmdan qutulish yo‘llarini har bir yurtning asl egalari shu yurtning o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan va mahalliy shart-sharoitdan kelib chiqqan holda o‘zi
Aslida, zolimga zulm qilishiga imkon bermaslikning chorasini topishi lozim, ammo biron-bir sabab bilan zulm uch bera boshlasa, faqat shu xalqning o‘zi uni zudlik bilan ketkazishga kirishishi kerak. Turli ta’sirli yo‘l va choralar qo‘llab, dunyoning ilg‘or va ijobiy an’ana-tajribalarini mamlakatiga qonsiz-talofatsiz olib kirishga harakat qilishi zarur.
Ya’ni, agar boshlig‘imiz zolim bo‘lsa, birinchidan, u o‘zimizning zolimdir, ikkinchidan, zolimni boshimizga chiqarib qo‘ygan o‘zimiz ayblimiz. Bu ayanchli holatdan chiqib ketish yo‘lini ham endi o‘zimiz topishimiz, zolimning o‘rniga adolatli boshliqni hokimiyatga o‘zimiz keltirishimiz kerak bo‘ladi. Bu ishni chetdagi kuchli davlatlar emas, faqat shu yurtning sal teparoqda sanaganimiz chinakam egalari qila oladi. Yurt ichidagilar o‘z xalqimiz bo‘lganidek, chekkaga chiqib ketgan muhojiru muxolifat ham o‘zimizning xalqimiz. Hatto chetga chiqib, qo‘liga qurol olganlar ham (usullari yoqish-yoqmasligi boshqa masala) bizning vatandoshdir, xalqimizning bir bo‘lagidir. Har biri o‘zicha Vatan, Millat, Davlat, Din uchun qayg‘uryapti. Bular hammasi alohida olganda ham, birgalashib harakat qilganida ham, bu aziz narsalar uchun qayg‘urishga, jon kuydirishga, mamlakat hayotini yaxshilash yo‘lida, kerak bo‘lsa, hokimiyatni qo‘lga olishga haqlidir. Birdan-bir sharti – faqat o‘zigina haqlidir! Orqasiga uchinchi bir davlatni olish bilan bu haq o‘rtadan ko‘tariladi. Takror bo‘lsa ham aytamiz: bugun qurolli qo‘zg‘olon juda xatarli bo‘lganidek, qurol ishlab chiquvchi va harbiy tomondan kuchli bo‘lgan davlatlarga qaram bo‘lib qolish ehtimoli borligidan kechirilmas xato hamdir! Keyingi yillarda Iroq, Afg‘oniston, Liviya, Suriya, Misr kabi davlatlar yo‘l qo‘ygan xatoni biz takrorlamaylik. Vatan birovning puli va quroli bilan yashamaydi-yashnamaydi. Vatan o‘z xalqining manglay teri bilan yashaydi-yashnaydi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 400
Men ham bir jonkuyar vatandosh o‘laroq, shu yurtni jonidan ortiq sevadigan, Vatani va xalqining hartomonlama ravnaqini chin ko‘nglidan istaydigan bir kishi o‘laroq, yigirma yillik kuzatuvlarim, o‘ylarim, hayotiy tajribalarim, dunyoda va yurtimda kechgan va kechayotgan hodisalardan olgan saboqlarim natijasida o‘zimcha bir xulosaga keldim: Olloh ko‘rsatmasin, chekkadan bironta davlat, har qanaqa olijanob g‘oya bilan, hatto “zolimni ag‘darib tashlab xalqqa ozodlik berish” maqsadi bilan-da bo‘lsin, agar Vatanimga xavf solsa va mamlakatimga bostirib kiradigan bo‘lsa, u davlat qanchalik kuchli-qudratli bo‘lmasin, yoshim ham oltmishga borib qolganiga qaramay, qo‘limga qurol olib Vatanim himoyasiga chiqaman! O‘zbekistonning bugungi prezidentini zolim deb hisoblayman, u qurgan tuzumni yoqlamayman-yoqtirmayman, ammo biron chet davlat “Zolim prezidentni ag‘darib demokratik tuzum o‘rnatish” bahonasida agar yurtimga bostirib kiradigan bo‘lsa, Olloh tanamdan g‘ayratni olmasin, hech ikkilanmasdan bu tajovuzga qarshi prezident yoniga kiraman! Bunda men uning shaxsiyatini yo mansabini emas, orqasida turgan Vatanimni, xalqimni himoya qilgan bo‘laman. Garchi chiniyu qalbakisi bilan barcha saylovda uning nomzodiga qarshi ovoz bergan, yuritayotgan ichki va tashqi siyosatini qo‘llamagan bo‘lsam ham, istaymanmi- yo‘qmi, bugun u yurtimga bosh bo‘lib turibdi! Oddiy bir shaxs emas, O‘zbekistonni tamsil etadi. Qayerga borsa, O‘zbekiston nomidan gapiradi! Unga qarata otilgan begona o‘q O‘zbekistonga qarata otilgan hisoblanadi. Unga qarshi yo‘naltirilgan tashqi tajovuzni mamlakatim mustaqilligiga qarshi tajovuz deb baholayman. Zolim boshliqni yovuz deyishga, qonxo‘r deyishga faqat shu yurtning egalari – men, siz, biz haqlimiz! Uni boshimizdan ag‘darib tashlab, o‘rniga boshqasini keltirishga ham faqat o‘zimiz – shu yurtning asl egalari haqlimiz! Chet davlat boshlig‘i bizning boshlig‘imizni zarracha haqoratlasa yoki xo‘rlasa, bu bilan millatimiz, Vatanimiz, davlatimizni xo‘rlagan bo‘ladi. Bundan aslo sevinilmaydi, aksincha, u haqoratlar to‘ppa-to‘g‘ri kelib yuragimizga tegsin. Vatan tomirlari har bir vatandoshning yuragiga ulangandir, yuraklarimiz zirqirasin! 264
Birovning haqoratiga yo‘l bermaganimiz singari, Vatanimiz tuprog‘ini yotlar oyoqosti qilishiga ham aslo yo‘l qo‘ymasligimiz kerak! O‘zbekiston – Turkiston – Turon o‘z mushkullarini o‘zi hal etishga, boshiga tushgan og‘ir vaziyatdan o‘z kuchi ila chiqib ketishga layoqatlidir.
264 Qaysidir bir yili O‘rusiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovni Qora dengiz bo‘ylaridagi ko‘shkida qabul qilar ekan, suhbat asnosi a’yonlari eshikdan eshakdek keladigan timqora itini ichkari kirgazib yubordi va Putin bizning prezident bilan u xunukdan-xunuk itining boshini silab o‘tirib gaplashdi. Bu hodisadan (chuqur o‘ylangan tadbir edi bu!) o‘zimni xuddi shaxsan kamsitilganday his qilganman, xo‘rligim kelgan, ichimda o‘chmas alam qolgan. Bu makkorona ishi bilan kechagi mustamlakachi Putin “Itim senlardan aziz!” dedi go‘yo. Bizning qadriyatlarimizni oyoq ostiga oldi!
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 401
Boshni baland ko‘tarib. Ko‘krakni keng kerib. Endi Islom Karimov shaxsi va unga munosabat haqida bir-ikki mulohaza: Ora-orada men bu odamga chin yurakdan achinib ketaman. Taqdir ekan, O‘rusiyaga qaramlikdan qutulishimiz uning davriga to‘g‘ri keldi. Birinchi prezident bo‘ldi. Eng og‘ir pallada yurtni boshqardi. Yaxshi ishlar ham qildi, ammo tarozi pallasini xatolari, zulmi bosib ketdi. Yigirma yillik faoliyatiga boqsak, uning tabiatida qattiqqo‘llik, siyosiy puxtalik kabi ijobiy xislatlarga ayyorlik, quvlik, kin saqlash, shafqatsizlik, kechirimsizlik, mahalliychilik singari salbiy xislatlar ham qorishib ketganini ko‘ramiz. Ijobiy xislatlari O‘rusiyaning tajovuzkorona niyatlariga qarshi turishda asqotayotgan bo‘lsa, salbiy xislatlari o‘zini ham, mamlakatni ham boshiberk ko‘chaga olib kirib qo‘ydi. Agar mamlakatda zulm va adolatsizlik qilinmaganida, so‘z erkinligi bo‘g‘ilmaganida el nazarida ham, tarixda ham balki ijobiy nom qoldirishi mumkin edi. Ammo turli sabablar girdobida ezgulik bilan yovuzlik chegarasini yo‘qotdi va ko‘proq salbiy baho bilan eslanadigan ishlar qildi. Shunday bo‘lsa-da, siyosatchi o‘laroq kuchli shaxs ekanini tan olish kerak. O‘rusiya, Amrika, Xitoy kabi kuchli davlatlar orasida turli xil aylanma yo‘llar qilib yurtni ularga yem qilmay olib kelyapti. Dunyo siyosati, afsus, ko‘pincha kir ishdir 265
. Bu kir ishni ham eplagan eplaydi. Islom Karimov eplab kelyapti. Yuzini kir, qo‘lini qon qilib bo‘lsa-da. Shu holatlarni hisobga olib, el boshiga, yurt boshiga solgan shuncha kulfatga qaramay, insonmiz-da, ayrim pallalarda ko‘ngilda bir g‘alati shafqat tuyg‘ulari uyg‘onadi, unga yaxshilik sog‘ingim keladi. “Ey Prezident, davlat boshlig‘i o‘laroq ishlaringizni har kuni tahlil qilasiz, albatta. Yutuqlaringiz qatorida qing‘ir ishlaringiz ham borligini va u qing‘irliklaringiz xalqimizni ko‘p jabr-sitamga qo‘yganini-da bilasiz. Shu damgacha xalqingiz orasidan ayb qilgan-qilmaganlarni o‘zingizga tavba ettirib keldingiz. O‘zingiz-chi, siz tavba etmaysizmi? Tavba etishga loyiq ishlar qilmaganmisiz? Sakarot holatigacha imkoningiz bor. Vatan oldida yo‘l qo‘ygan xatolaringiz, ayniqsa xalqqa yetkazgan jabr-zulmlaringiz uchun umringizda hech yo‘q bir marta... xalqqa emas, Haqqa yuzlanib chin yurakdan tavba eting! Va prezidentlik vakolatingizning hamda umringizning qolgan qismida odamlarga yaxshiliklar qiling! Ollohning marhamati keng, samimiy tavbangizni qabul etadi! Gunohlaringizni kechiradi! Olloh kechirganni odamlar kechirmaydimi? Odamlar ham kechiradi!” degim keladi. Tavba nihoyatda lazzatli ishdir. Ilgarigi katta-kichik hamma gunohni o‘chirib yuborishi bilan nihoyatda huzurbaxshdir ham. Tavba bo‘yinni egish emas, boshni tik ko‘tarishdir!
265 Sahih e’tiqodga, to‘g‘ri huquq va adolatga, ma’naviyatni asos olgan so‘z erkinligi va chinakam xalqchillikka asoslangan siyosat istisno. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 402
Yuzi qora bo‘lish emas, xalq va Haq huzuriga yorug‘ yuz bilan chiqishdir! Tavbaning erta-kechi yo‘q, eshigi hamisha lang ochiq. Bitta sharti ‒ xato- kamchiliklar va gunohlar chin yurakdan tan olinib, nadomat chekilsa bo‘ldi 266
. Qamoqxonalarda prezidentga tavba qilasan deb mo‘min-musulmonlarni ko‘p zo‘rlashdi, ammo Ollohga tavba qilasan deb hech kimni zo‘rlab bo‘lmaydi. Yasama bo‘lib qolmasligi uchun tavba ixtiyoriy bo‘lgani yaxshi. Bizdan ‒ yetkazish, bajarish o‘zining ixtiyorida. Tavba qilsa-qilmasa, oxiratini Ollohga havola etib, bu dunyosini o‘ziga va xalqimizga qo‘yish kerak. Bu borada bir taklif: bordiyu Islom Karimov yaqin orada prezidentlik lavozimidan ketsa ‒ saylanmay qolsa yo o‘zi taxtdan voz kechsa yoki taxtidan tushirilsa, qolgan umrini tinch yashab o‘tishini ta’minlash lozim. Chunki, nima bo‘lganida ham, chorak asr bir yurtga podsho bo‘ldi. Bu bo‘ldak tariximizni endi hech kim o‘zgartira olmaydi! Dunyoda O‘zbekistonni tamsil etdi. Eng qiyin, eng og‘ir, eng murakkab pallada ishlagani uchun ham uning chin mukofotiyu jazosini bu ishlarni boshimizda hikmat ila yuritib qo‘ygan Zotga qoldiraylik. Bu deganim Vatan va xalq boshidan kechirgan qora kunlarni unutish kerak deganim emas. Bo‘lib o‘tgan hamma ishni xolis o‘rganish, xalqqa yetkazish lozim, to kelgusi avlod bulardan to‘g‘ri saboq chiqarsin, xatolarni takrorlamasin, takrorlanishiga yo‘l qo‘ymasin. Kechirimlilik jismoniy shaxsiga nisbatandir, ma’naviy shaxsini xalqimiz har qancha tergashga va tanqid qilishga haqlidir. Biz o‘tmishda ilm-ma’rifatda buyuk va sharafli millat edik, ammo siyosatda, hokimiyat uchun talashishlarda qanchadan-qancha qonli mojarolarni boshimizdan o‘tkazganmiz. Endi u ayanchli xatolarni qaytarmaylik, ilm-ma’rifatda bo‘lganidek siyosatda ham o‘shanday buyuk va sharafli millat bo‘laylik, johillardan bo‘lib qolmaylik. Shunda kelajakdagi boshliqlarni ham orqalaridan muxoliflari hurmat qiladigan bo‘ladi. Zotan, muxoliflik, qarashlar xilma-xilligi kishi otda o‘tirgan paytiga yarashadi, otdan tushganidan keyin uni bir chetda o‘z holiga qo‘yib, Vatan ravnaqi yo‘lida oldga ketavergan yutadi. Aql ham, adolat ham shuni deydi. Yana bir gap: asarda ko‘p masalalar qatori qo‘limizdan kelganicha zulm tabiatini yoritishga harakat qildik. Sovuq basharasini ko‘rsatdik. Ammo kimdir zulmni qattiqqo‘llikka yo‘yishi ham mumkin. Qattiqqo‘llik boshqa, zulm boshqa. Qattiqqo‘llik ijobiy, zulm salbiy hodisa. Eng qisqa, jaydaricha aytganda, qattiqqo‘llik davlat qonunlariga birinchi galda davlat (hukmdor)ning o‘zi rioya etishi va xalqidan ham rioyani qattiq talab qilishi, qonunlardan zarracha chekinilishiga yo‘l qo‘ymasligidir.
266
Olloh buyukdir! Yorlaqasa ajabmas! Agar prezident Islom Karimov chin yurakdan tavba qilsa va besh vaqt namoz o‘qiy boshlasa, ushbu kitobimni uning ikki rakat xolis namoziga almashtirib yuboraman! Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 403
Zulm buning teskarisi ‒ o‘zi chiqargan qonunlarni birinchi galda davlatning o‘zi buzishi va boshqalarga ham buzishiga yo‘l qo‘yishi. Qalbaki saylovlar, poraxo‘rlik, birovning haqini yeyishlar, tajovuzlar, yasama ayblar bilan qamashlar... va hokazo barcha ko‘rgilik davlat o‘zi qonunlarni oyoqosti qilishidan boshlanadi. Qamash o‘zi zulm emas, haqsiz qamash zulmdir. “Mustaqillik” yillari uylarga, cho‘ntaklarga, moshinalarga varaqa, giyohvand modda yo qurol tashlab qo‘yib qamoqqa olishlar kuchaydi. Bu ish halol emas. Erkakning ishi emas. Pusib kelib orqadan xanjar sanchishdir. Kimlardir bunday chirkin usullar bilan qamoqlarga otildimi, demak, qamoqqa olinishi “rejalashtirilgan” kishining aybi yo‘q. Aybi bo‘lganida to‘ppa-to‘g‘ri oldidan kelaverilardi. Aybi bo‘lmagani uchun orqadan kelinyapti. Bu hol davlatda qonun ishlamayotganini, davlat zolim ekanini ko‘rsatadi. Mamlakatda o‘taketgan zulmga olib kelgan eng katta illat ‒ Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Respublika purkuraturasi, sud-mahkama singari kuchishlatar idoralarning mustaqil emasligi, ular qonunga emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bitta qo‘lga ‒ prezidentga bo‘yin sundirilganidir 267 .
tantanalar bilan nishonlanadi, ammo haligacha Ichki ishlar vazirligi haqida maxsus qonun ishlab chiqilmagan! Bu hol nimaga dalolat qiladi? Ularning ishini qonun nazorat qilmasligini ko‘rsatadi. Ular ko‘pincha og‘izaki topshiriq bilan ishlashiga dalolat qiladi. Masalan, prezident qachonlardir o‘zi yoqtirmay qolgan bir kimsani televizordami, ko‘chadami ko‘rib qolib: “Bu haliyam bormi?” deb qo‘ysa, tamom ‒ “nazarga tushib qolgan sho‘rlik” shu zahoti qamoqqa olinadi. Prezidentning u odamga sovuq munosabatini oldinroq bilmagani va yoqmasvoyni nimaga “o‘z vaqtida” qamamagani uchun dakki eshitib qolishdan cho‘chib ham turiladi. Shu o‘rinda 2012 yili yozilgan, “Dunyo o‘zbeklari” ijtimoiy tarmog‘ida e’lon etilgan “Sobiq deputat Shuhrat Nusratov yetti yilga hukm qilingan” degan maqoladan 268
ikki ko‘chirma keltiraman (xatolar tuzatilmadi): 1. “Bir paytlar poytaxtdagi Kuybishev raykomining birinchi sekretari, keyinchalik Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi bo‘lib ishlagan Shuxrat Tuhfatovich Oliy Kengashning tarixiy yettinchi sessiyasidagi nutqi bilan tarixga va odamlarning yuragiga kirgandi. Endigina Prezident etib saylangan davlat rahbariga qarata u shunday degan edi: “Razvedka va kontrrazvedka organlari barcha texnik vositalari bilan birgalikda bitta odam¸ ya’ni Karimovning qo‘liga berib qo‘yilmoqda. Bu mumkin bo‘lmagan bir narsa. Bunga sira yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Agar bunga yo‘l qo‘ysak¸ bizni 37- 40 yillardagidek qatag‘onlar kutadi. Oqibatlarni hatto taxmin ham qila olmaymiz.
267 O‘zingiz o‘ylang: chekka bir tumanning fuqarolik ishlarini ko‘radigan oddiy sudyasi ham prezident imzosi bilan ishga tayinlanadi, prezident imzosi bilan ishdan bo‘shatiladi. 268
Ismat Xushev: http://dunyouzbeklari.com/archives/133914
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 404
O‘rtoqlar bizni kutaëtgan dahshat ko‘lamini taxmin ham qila olmayapsizlar¸ ayniqsa¸ bizning prezidentning jilovsiz xarakterini hisobga olsak. Ertaga bizni qamashadi. Ertaga sizni qamashadi.” 1991 yil 30 sentabir kuni Oliy Kengashning mashhur 7-sessiyasida qilingan ogohlantirishga diqqat qiling. O‘shanda notiq Milliy xavfsizlik idorasi butun kuch- qudrati bilan bitta odam, ya’ni Islom Karimovning qo‘liga berib qo‘yilsa: “Oqibatlarni hatto taxmin ham qila olmaymiz”, degan ekan! Orqasidan yana: “O‘rtoqlar bizni kutaëtgan dahshat ko‘lamini taxmin ham qila olmayapsizlar¸ ayniqsa¸ bizning prezidentning jilovsiz xarakterini hisobga olsak”, deb qattiq ta’kidlagan ekan! Bir zamonlar deputatlar hatto taxmin qila olmagan ishlarni ‒ zulm va adolatsizliklarni yigirma yildan beri ko‘zimiz bilan ko‘rib, boshimizdan kechirib kelyapmiz. Kuchishlatar idoralar millat va davlatning baqosi yo‘lida xizmat qiladigan oliy maqomlardan prezidentning shaxsiy-oilaviy qorovullari maqomiga tushirib qo‘yilgach, bundan battar bo‘lmaydi. Endi maqoladan ikkinchi ko‘chirmani birga o‘qiylik: 2. “O‘zbekiston mustaqilligining yigirma yilligi munosabati bilan (2011 yil haqida
Albatta, kuchishlatar idoralar sobiq deputatni qamarkan, “uning 20 yil burungi nutqi uchun” deb ayta olmagan. Shu bois uning keyingi tijoriy faoliyatidan “ayb” topib, jurnalist dalolat qilishicha, “Moliyaviy ishkalliklar bois hibsga olishgan”. Maqola garchi sobiq deputat Shuhrat Nusratovga qilingan adolatsizlikka qarshi isyondek ko‘rinsa-da, ikkinchi ko‘chirma mazmunidan prezident sha’ni qattiq turib oqlanayotgani anglashiladi. “Qamanglar!” demagan, “Bu haliyam bormi? Nima ish qilyapti hozir?” deb so‘ragan xolos”, deyapti. Ayb salla opke desa kalla opkeladigan tashkilotlarda, deyapti. “Agar Islom Karimov o‘ziga bir paytlar o‘sha otashin so‘zlarni aytib, qaysidir ma’noda shakkoklik qilgan Shuhrat akaning qamalganini eshitsa, o‘sha zahotiyoq uni ozod qilishga ko‘rsatma berishiga va uni hibsga olganlarni jazolashiga ishonaman”, deyapti. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 405
Prezident bu sobiq deputatning oradan 20 yil o‘tib (2011 yili) qamalib qolganini bilmaydi, bilsa, chiqarib yuborgan bo‘lardi, deyapti. Aslida ham shundaymi? Bizningcha: Birinchidan, prezident u gapini oqibatni bilib turib aytgan! Ya’ni, “20 yillik”ka atab chiqarilayotgan filmda bir paytlar o‘ziga qarshi qattiq ayb qo‘ygan sobiq deputatning qiyofasini ko‘riboq jazavasi tutib ketgan! Va: “Hali ham yuribdimi? Nimaga qamamadilaring?!” degan ma’noda gapirgan! Ikkinchidan, mayli, bilmagan deylik. Lekin bilmagani Islom Karimovni oqlamaydi. Mamlakatda prezidentning bir og‘iz gapi yo bitta ishorasi bilan bir inson taqdiri teskari hal bo‘lib ketishi hodisasi borligining o‘zi prezident sifatida Islom Karimovning eng katta aybidir! Uchinchidan, O‘zbekistonda prezident bilmasdan haqsiz qamalib ketgan yana qanchadan-qancha inson bor! Taniqli kishi haqsiz qamalganini prezident bilib qolsa uni qutqarib olsa, unda taniqsiz minglab odamning taqdiri nima bo‘ladi? Ular yotaveradimi qamoqxonalarda? Eng katta haqsizlik va zulm shu nuqtada. Ya’ni, birovning qamalish yo qamalmasligi, uzoq yillardan beri qamoqxonalarda yotish yo yotmasligi prezidentning bilish-bilmasligiga bog‘liq bo‘lib qolgan! Qonun qani?! Kuchishlatar idoralar qonun bo‘yicha ishlaydimi o‘zi?! Prezident qonunga rioya etadimi?! Prezident “Bu haliyam bormi?” deganida ham sobiq deputat qamalmay qolganida edi, ana o‘shanda bu mamlakatda qonun ishlayapti desak bo‘lardi. Mavzuimizni ochadigan bir misol bo‘lgani uchun bu mashmashaga sal ko‘proq to‘xtaldik. Gap zulm va qattiqqo‘llik haqida, haqli yo haqsiz jazo xususida borayotgan edi.
Tabiiy, misolda ko‘rilgan jazo ochiq zulmdir. Chunki u haqsizdir, adolatsizdir ‒ sobiq deputat (va yana boshqa juda ko‘plab u kabi insonlar) ochiq jinoyati uchun emas, qonunga ko‘ra emas, bir kishining kayfiyatiga qarab qamoqqa tashlandi! Qonunga muvofiq belgilangan jazogina haqli bo‘ladi, zulmga kirmaydi. Asos etib qonunni ushlash qattiqqo‘llikka kiradi.
Siyosat ikki narsaga ‒ mehrga va kuchga tayanadi. “Kuch adolatdadir” (Amir Temur) 269
. Bu degani, siyosat adolat bilan kuchli, deganidir.
269 Ibora bizda Amir Temur nomi bilan mashhur bo‘lgani uchun qavs ichiga u kishining otini yozdik. Aslida, bu hikmatning manbai dinimizdan keladi.
“O‘zi fosiq, lekin adolatli boshliq yaxshimi yoki o‘zi taqvodor, lekin zolim boshliqmi?” degan savolga Ibn Taymiya (unga Ollohning rahmati yog‘ilsin) bunday javob bergan ekan: “Albatta taqvodor zolim boshliqdan fosiq bo‘lsa-da adolatli boshliq yaxshi! Chunki taqvodor zolim boshliqning taqvosi o‘ziga foyda, zulmi esa bizga zarar! Fosiq adolatli boshliqning fisqi o‘ziga zarar, adolati esa bizga foyda!” (“As- siyosatush-shar’iyya fi islahir-ra’yi var- ra’iyya” kitobidan.) Amir Temurning pirlaridan biri asli hirotlik Zaynuddin Abu Bakr Tayobodiy ham hali muridi “amir” yo “sohibqiron” bo‘lmasidan burun unga yozgan xatida: "...unutmang, saltanat kufrda bo‘lib ammo adolatli bo‘lsa ravnaq topadi, ammo imonli bo‘laturib adolat o‘rnatmasa barbod bo‘ladi", deb nasihat qilgan (“Temur tuzuklari”dan). O‘sha ustoz Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 406
Adolat bilimga tayanadi. Bilimsiz adolat bo‘lmaydi. Adolatsiz kuch yovvoyidir. Mehrsiz va kuchsiz siyosat kasaldir, chalajondir, orqasi kesikdir. Demak, hamma narsaning tagida bo‘lganidek, siyosatning tagida ham bilim yotadi. Siyosat bilimga tayanmas, bilim asosida yuritilmas ekan, u siyosat adolatsizdir, mehrsizdir, kuchsizdir. Men adolat, mehr, kuch va bilim tomonidaman, aslo zulm tomonida emas. Ammo adolatni talab qilish oson, adolatga chidash qiyin. Adolat har kimga xohlaganini berish (ya’ni, hammaning ko‘nglini olish)gina emas. Adolat eng oldin halollikni, intizomni, burchni, to‘g‘rilikni o‘rtaga qo‘yadi va talab etadi.
Adolatda lazzat bo‘lganidek, jabr ham bor. Adolat nafaqat beradi, oladi ham. Adolat shaxsga bergan mutlaq huquqdan bir bo‘lagini jamiyat manfaati hisobiga qaytib olib qo‘yadi. Bu ma’noda adolat hatto shu adolat istovchilarning o‘ziga-da yoqmasligi mumkin. Bulardan tashqari, adolat o‘rtani (jamiyat va davlat hayotini) tinch va osoyishta ushlab turish uchun qattiqqo‘llikni va jazoni taqozo etadi. Kamdan-kam odam o‘zini ayblaydi va jazoni to‘g‘ri qabul qiladi. Hatto adolatli jazo ko‘pincha odamga yoqmaydi, uni o‘z qarichi bilan o‘lchaydi va adolatsizlik deb o‘ylaydi.
Adolat bir tomonda emas, o‘rtadadir. Adolat tarozining pallasi emas, o‘rtasi – shayinidir. Chunki palla biriga amal, ikkinchisiga qonun qo‘yiladigan ikki idishdir, xolos. Pallani har kim o‘z foydasiga og‘dirib olmasligi uchun tarozining ipi hech bir tomonga bog‘liq bo‘lmagan, barcha tomonni birday ko‘radigan, tomonlar torligini tashlab, adolat kengliklarini qat’iy tutgan zot qo‘lida bo‘lishi kerak. Bu zot Olloh taolodir, albatta. Bu tarozi Uning dinidir. Salgina og‘ishni ham ko‘rsatadigan darajadagi hassos shayin Uning shariatidir. Kim tarozi pallasini o‘zi tomoniga zig‘ircha og‘dirib olmoqchi bo‘lsa, sezgir shayin uning niyatini darrov bildiradi: “Hoy, sen xato qilyapsan!” deb qaytaradi. Narigi tomonning haqini ham himoya qiladi. Biz zulmni inkor etib, adolat istar ekanmiz, orzu qilganimiz o‘sha adolatni o‘zimiz o‘rnata olamizmi? Olloh nasib etib, o‘rnatsak, o‘zimiz u adolatga tom chidab yashab keta olamizmi? Bu doimiy savollar bir davr tugab, o‘rniga keladigan, kelayotgan ikkinchi davrning savollaridir. Javobi o‘shanda – ikkinchi davr kelib bo‘lganida chiqadi...
yana: “Mamlakat kufr bilan turishi mumkin, lekin zulm bor yerda turmaydi”, degan (Xurshid Davron. “Amir Temur pirlari”. “Tafakkur” jurnali 1994 yil 1-son). Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 407
Chiqish
ataganim ushbu kitob uzoq yillik kuzatishlarim, og‘riqli o‘ylarim mahsulidir. To 2011 yil erta bahorigacha xayolimning ikir-chikir tokchalarida bir-biriga bog‘lanolmay sochilib yotgan edi, Bosh vazirning tashabbusi – “mustaqillik”ning yigirma yilligiga yigirma tupdan ko‘chat o‘tqazish chaqirig‘i turtki berib kitobga shakl topildi; tarqoqlikdan tayinli bir qolipga kirdi.
Mo‘ljalimda “mustaqillik”ning yigirma yilligi (2011 yil 1 sentabiri)gacha bitishi kerak edi, lekin o‘ylaganimdan sekin yozildi. Dard og‘irligidan bayoni ham sekin va og‘ir kechdi. Bitganidan keyin ham qayta-qayta tahrir jarayonida orada yuz bergan yangi voqealar goh izoh ko‘rinishida, goh to‘ldiruvchi mulohazalar o‘laroq tegishli o‘rinlarga qistirib ketildi. Bilaman, bu kitobda hali hamma gap aytilmadi. Yozsa arziydigan yana ko‘p gap borligi, mavzu bu yozilganlar bilan tugamagani aniq. Lekin, bir yondan, “Yigirma tup ko‘chat” shakli qo‘limni bog‘lagan bo‘lsa, ikkinchi yondan, menimcha, muayyan bir davr to‘g‘risida tasavvur berishga shuning o‘zi ham yetadi. Gapni cho‘zgan bilan muammo cho‘zilib 270
qolmaydi. Qaytaga o‘quvchi zerikib qolishi mumkin. “Kirish”da alohida ta’kidlaganimdek, balki yana boshqalar bundan boshqa mavzularni bundan ko‘ra yaxshiroq qilib yozar, birimizning kamchiligimizni ikkinchimiz to‘ldirarmiz. Siyosat va iqtisod bilag‘onlari, ijtimoiy fanlar olimlari, har bir ongli, vatanparvar, yuragi yurt qayg‘usida yonadigan kishilar bu murakkab davrni hali bot-bot tahlil qilishadi deb o‘ylayman. Chunki sobiq SSSRda boshlangan qayta qurish davridan to ilk prezident davri oxirigacha bo‘lgan palla, istaymizmi-yo‘qmi, mamlakat hayotining juda muhim pallasidir. Bu oraliqda erishilgan yutuqlar ham, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham kelgusi hayotimiz qanday kechishiga ta’sirini o‘tkazadi, albatta. Yutuqlar ibratli iz qoldirgan bo‘lsa, xatolar yuragimizda alamli yaralar qoldirdi. Bu davrni jiddiy o‘rganish, undan xolis xulosalar chiqarish kelgusida bu kabi alamli xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka, tajribalardan foydalisini olib, zararlisini tashlashimizga yordam beradi. Mustaqil milliy yuksalish yo‘limizni topib, uni qurishimiz qulaylashadi. Endi bir mahram gap. Bu asarim bitganidan to e’lon etayotganim shu kunlargacha o‘zim ishongan, fikrlarini hurmat qiladiganim ancha-muncha kishiga o‘qitdim. Ular yozuvchi, adabiyotshunos olim, davlat arbobi, diniy ulamo, talaba, noshir, tadbirkor va oddiy
270 “Hal bo‘lib” ma’nosida (eski o‘zbekcha). Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 408
odamlardir. Har xil toifa kishilarga o‘qitib ko‘rishimdan murod – jamiyatning katta qatlamini qamrab ololmasam-da, hech bo‘lmaganda bir bo‘lagining fikrini o‘zimcha oldindan o‘rgangim keldi. Munosabatlar qanday bo‘ldi? I. O‘qiganlardan hech kim bu yerda yozilganlarni yolg‘on demadi. II. Hech biri hech qaysi nuqtaga jiddiy e’tiroz bildirmadi. III. Ayrimlar, e’lon qilmay turing, joningizga jabr bo‘ladi, dedi. Bildirilgan mulohazalardan ayrimlari bulardir: 1. Din olimlarimizdan biri yozilganlarning hammasi to‘g‘riligini tan oldi, lekin oqimlar tilga olingan joylarda ularni tanqid qilmagansiz, dedi. Bunday mulohaza tug‘ilishini o‘zim ham bilardim. Lekin mavzu u oqimlar haqida emas, ular tanlagan yo‘lga diniy yo siyosiy baho berish kitobning maqsadiga kirmagan, ular davlatning “16 fevral”ga tegishli ayblovi munosabati bilan eslangan, xolos. Shunday bo‘lsa ham matnda “yo‘llari qandayligidan qat’i nazar”, “usullarining to‘g‘ri yoki xatoligi boshqa masala” kabi iboralar bilan bu haqda turli qarashlar borligiga hamda muallif o‘zini ulardan ajratayotganiga ochiq-ravshan ishora qilingan. 2. Din olimlarimizdan yana birining mulohazalarini, afsus, turli sabablarga ko‘ra, o‘zidan to‘liq ololmadim. Birov orqali “ahmoqlik” degan bir munosabatnigina eshitdim. Lekin u kishi bu so‘z bilan nimani nazarda tutganini – mamlakatda bo‘lgan va bo‘layotgan bu ishlar ahmoqlikmi; ularni sodir etayotgan shaxsning ishi ahmoqlikmi; ularni tilga olish-yozish ahmoqlikmi; u olim akamizga o‘qishga berganim ahmoqlikmi; yoki jamoatchilikka e’lon etishni mo‘ljallayotganim ahmoqlikmi... ekanini hozircha aniqlay olmadim. Nimani nazarda tutib bunday deganini taxmin qilib turibman, ammo taxmingagina suyanib munosabat bildirgim kelmayapti. 3. Bir yozuvchi akamiz va bir adabiyotshunos ukamizdan: “Xatlarda ulug‘ shoirlarimizdan birini ayabroq yozibsiz, ikkinchisini ayamabsiz”, degan yumshoqroq e’tiroz bo‘ldi. Mening nazarimda, bu yerda ayirmachilik ham, hurmatsizlik ham yo‘q. Bu xil munosabat mamlakatda kechayotgan jarayonlarda ular o‘zlarini qanday tutganlariga qarab tug‘ildi. 4. “Menimcha, yana bitta ko‘chatga joy topib, umumiy soni yigirma bitta bo‘lib ketsa ham, prezidentning o‘ziga alohida murojaat-xat bitish kerak”, degan fikr ham aytildi. To‘g‘riga o‘xshadi. Yozmoqchi ham bo‘ldim. Qarasam, yozilgan gaplarni yana takrorlashimga, niyatimni tushuntirishimga qarab ketarkan. O‘yladim: axir, ushbu kitobning o‘zi boshdan-oxir prezidentga murojaat-xat emasmi? Bunda ayrim kinoyalar chegaradan oshgan va yo shaxsiga tegib ketayotganday tuyulsa-da 271 , aslida unday emasligi, faqat yurt qayg‘usida yozilgani kunday ravshan. Hatto, to‘g‘ri qabul qilinsa, ushbu kitob eng ko‘p prezidentning foydasini ko‘zlab yozilgani bilinadi. Shularni o‘ylab, alohida xat bitmadim.
271 Har qancha o‘zimni bossam, o‘rtada turishga har qancha harakat qilsam ham, yozuvchiligimga borib, badiiyat uchun bir oz hayajonli uslubda yozilgan yerlari bo‘lishi mumkin. Bunday o‘rinlariga istisno bilan qarashlaringizni umid etaman. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 409
5. Nomi chiqqan bir yozuvchi ukamiz boshqa mulohazalari qatorida: “Hammamiz biladigan gaplar...” dedi. Buni u mehnatimni yerga urish ma’nosida aytmadi, asarning ahamiyatini bildi, keragicha maqtadi ham, ammo-lekin ko‘nglining bir chetida turgan haqiqat ham ixtiyorsiz ravishda og‘zidan chiqib ketdi: “Hammamiz biladigan gaplar...” Gap shunda-da! Biron gapni havodan olib yozmadim ‒ bu asarda tilga olingan voqealar hammamizning ko‘zimiz o‘ngida sodir bo‘lgan va bo‘lyapti! Hammamiz ko‘rib turibmiz, hammamiz bilamiz... Lekin... lekin... Gap shunda-da! 6. Bir jurnalist ukamiz asarni o‘qib chiqqach og‘riqli bir yerimga tegib ketdi: “Shuncha yil diniy sohada ishladingiz, bir jurnal va bir nashriyotning boshlig‘i bo‘ldingiz, davlatning dinga qilgan va qilayotgan zug‘umlarini ichidan ko‘rib-bilib turib nimaga o‘z vaqtida bong urmadingiz?!” deb qoldi. Savol o‘ta jiddiy bo‘lgani uchun unga sal kengroq izoh bermasam bo‘lmaydi. To‘g‘ri, men o‘tgan asr 91 ‒ 93-yillari (Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf muftilik qilgan davrda) ham Diniy idoraning “Movarounnahr” nashriyotida bosh muharrir bo‘lib ishlaganman. So‘ng 1999 yil iyulidan “Hidoyat” jo‘rnolini tashkil etib to 2013 yil dekabri oxirigacha bosh muharrirlik qildim. Orada 2010 yil avgustidan jo‘rnol va gazet “Movarounnahr” tarkibiga qo‘shib yuborilgach, to ishdan bo‘shagunimcha nashriyotni ham boshqardim. Xullas, hammasi bo‘lib 16,5 (o‘n olti yarim) yil diniy sohada ishlabman. Bu orada ko‘plab kitoblarga muharrirlik qildim. Yana bir qanchasini o‘zim tarjima etdim. Yaxshi kishilar bilan ishlash nasib etdi. Ulardan ko‘p narsa o‘rgandim. Uncha-muncha ilm ham oldim. Kamchiliklariga boqmadim, doim yaxshiliklarini o‘zlashtirish payida bo‘ldim. 1999 yili Diniy idoraga ikkinchi kez ishga chaqirilganimda xolis Olloh uchun ishlashni, shaxsimga biron narsa so‘ramaslikni, nafsimni dinga xizmat yo‘lida qurbon etishni niyat qilib bordim. Yana bir niyatim faqat musbat harakat qilish edi. Bu nima degani? Misol uchun, kimdir davlat nomidan dinga zug‘um qilarkan, men unga dushman deb emas, johil deb qaradim. Ya’ni, davlat tashkilotlarida ishlaydiganlar ham musulmon bolasi, lekin sovet ta’limi ta’sirida dinini bilmaydi, bilganida bunaqa qilmas edi, demak, unga oldin dinni bildirish kerak, degan mavqeni tanladim. “Hidoyat” jo‘rnoli nishona sonining Kirish So‘zida mana shu g‘oyamni ifodaladim. Va to u yerdagi oxirgi kunimgacha shu niyatda qattiq turdim. Devondagi mutasaddi bo‘ladimi, Diniy qo‘mita raisi yo o‘rinbosari bo‘ladimi, jo‘rnolga tayyorlangan har bir maqola uchun yotig‘i bilan va chiroyli tarzda talashib- tortishdim, qaytarilganlaridan ko‘pini ishontirish usulini qo‘llab qaytadan tiklatdim, ayrim pallalarda murosa ham qildim. Mana shu jarayonda bir narsaga qayta-qayta iqror bo‘ldim: o‘rtada turgan u bechoralar ham bor-yo‘g‘i bajaruvchi, xato asosga qurilgan katta tuzumning bir murvatchasi, xolos. Kerak bo‘lsa, uning o‘zi ham shu xato tuzumning qurboni. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 410
Hol shunday ekan, ikki qurbon bir-biriga qarshi qilich yalang‘ochlashidan foyda bormi? Yo‘q. Bunaqa vaziyatda shaxslarga qarshi emas, tuzumga qarshi kurashiladi. Tuzum esa, bir-ikki rahbarga baqir-chaqir qilgan bilan o‘zgarib qolmaydi. Bunga uzun zamon, ulkan to‘zim, keng ma’rifat va tinimsiz harakat lozim bo‘ladi. Shundan chiqib kelib men o‘zimga ko‘ksidan itarish emas, bag‘irga tortish usulini tanladim. Johil odamni battar jaholat botqog‘iga botishini tomosha qilmasdan, qo‘lidan tutib ma’rifat qirg‘og‘iga chiqarib qo‘yishni afzal va to‘g‘ri deb bildim. Ayniqsa, keyingi o‘n to‘rt yarim yil mana shu mavqeda turib ishladim. Agar jo‘rnol sahifalarida, deylik, 50 foiz murosa maqola berilgan bo‘lsa, birinchidan, ularni ham xiyonat darajasidan zararsiz darajaga keltirib tahrir qildim, ikkinchidan, ziyrak o‘quvchi o‘ziga kerakli fikrni jo‘rnoldagi boshqa xolis maqolalardan topib olishiga ishondim. Bu ishlarim indamay yurganga kirmasa kerak. Qolaversa, ushbu kitobimni men hali “Movarounnahr” nashriyoti boshlig‘i (!) bo‘lib ishlab turganimda yoza boshladim va o‘sha yerda yozib tugatdim. Faqat, turli ichki-tashqi sabablarga ko‘ra e’loni orqaga surildi, xolos. Sezilgan bo‘lsa, ushbu kitobimni ham men boshda tanlagan usulimga ‒ musbat harakatga sodiq qolgan holda yozdim deb o‘ylayman. Ya’ni, sevimli mamlakatimda uzoq yillardan beri davom etayotgan haqsizlik, adolatsizlik va yolg‘onlarni xalqimga bildirish, zararli oqibatlaridan ogohlantirish va bu kabi illatlardan qutulish yo‘llarini ko‘rsatish usulini ushladim. Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash deyiladi bu... 7. Ayrim do‘stlar bu asarimni e’lon qilish-qilmaslik masalasida jiddiy xavotirlarini bildirishdi. Mamlakatimizda siyosiy vaziyat o‘ta og‘irligidan ‒ so‘z aytish erkinligi butkul yo‘qligi va davlat boshqacha fikrga chiday olmasligi xususiyatidan, menga va oilamga jon xavfi o‘ta yuksakligidan e’lonni kechiktirish maslahatini berishdi. Shu ehtiyot-tavsiyani hisobga olmasak, o‘ndan yetti fikr deyarli bir joydan chiqdi – buni xalq o‘qishi kerak! O‘qisin, o‘zi tushib qolgan holni ko‘rsin, uyg‘onsin!
yurganlar borligini, oxiratdagina emas, shu dunyoning o‘zida ham bir kuni xalqi oldida javob berishi muqarrar ekanini bilsin!”
o‘zlari ishlayotgan muhim tashkilotlar vazifasi bitta shaxs va uning oilasinigina himoya qilish emas, balki millat va davlat xavfsizligini ta’minlash ekanini, millat va davlat esa bir shaxs yoki uning oilasidangina iborat emasligini his etsin. Shaxslar o‘tadi, millat va davlat yashaydi!”
Fikrlab, mulohaza qilib ko‘rsin va Vatan manfaati yo‘lida birlashib, mamlakat ahvolini o‘nglashning musbat usullari ustida bosh qotirsin!”
Haq so‘z o‘lmaganini, xalq zulm qarshisida yolg‘iz o‘z holiga tashlab qo‘yilmaganini, uning yonini oladiganlar mamlakat ichida ham borligini bilib qo‘ysin!”
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 411
* Bir ustoz yozuvchi akamiz alqab ham qo‘ydi: “Yuzimizni yorug‘ qilib beribsiz. Ertaga «Ziyolilar nega jim turdi?!» deyilganida yerga qarab qolmaydigan bo‘libmiz...” dedi. Bu fikrlar kitobni o‘qishdan tug‘ilgan chet mulohazalarning qaymog‘idir. Ammo o‘rtada hozircha “ahmoqlik” degan bir munosabatinigina biladiganim olim akamiz bor. U kishini men juda hurmatlayman, fikrlarini iloji boricha amalga olishga harakat qilaman. Bu achchiq, haqoratomuz so‘zdan keyin, bularni e’lon qilish nari tursin, hatto yozib to‘g‘ri qildimmi o‘zi deb ham o‘ylab qoldim. Ha-da, necha yillardan beri mustaqil badiiy asar yozmay qo‘ygan, ammo yozsa yaxshi narsalar yoza olishidan umid qilinayotgan 272 bir yozuvchi... qissa va ro‘manlar o‘rniga... uzoq yillik jimjitlikdan keyin... birdan bunaqa narsa yozib o‘tirsa?! Albatta, bu e’tirozda jon bor. O‘zim ham uzoq yillardan beri do‘stlarim kutayotganiday arzirli badiiy asarlar yozish ilinjida va harakatidaman. Lekin: bir yoqdan, mamlakatda yuzaga kelgan, yuraklarni ezuvchi bu og‘ir siyosiy- ijtimoiy vaziyatdan chekinib zamon va makon etaklarida qolib ketgan bir tashlandiq kulbamdan o‘zimga go‘r qazib bekinib olgan va o‘nyillarga cho‘zilgan tushunarsiz bir chillaga o‘tirgan bo‘lsam, ikkinchi yoqdan, bunaqa taloto‘p zamonda ko‘ngil to bir ma’naviy muvozanatini topmasidan yozilgan badiiy asarda yaxshilik ko‘rmadim. Natijada badiiy qalamimni vaqtinchaga zamon tokchalarining tub-tubiga irg‘itdim. Zotan, vatanim va xalqim ahvoli bunday bo‘lib turganida, yangi zamonning tohir- zuhrolari, farhod-shirinlari, otabek-kumushlari, mirzo anvaru ra’nolari haqida yozish ko‘ngilga sig‘mas edi ham. To‘g‘rirog‘i – yillar ichra yuraklarga zardob yanglig‘ to‘plangan bu hayotiy og‘ir tuyg‘ular, o‘ylar, mulohazalar ularni to bir quduqqa to‘kib-solmagunimcha boshqa har qanday badiiy to‘qima asar bitishdan meni to‘sib keldi. Qolaversa, bir tashvish chulg‘ab olgan xayolga boshqa tashvish sig‘mas ham ekan. Nihoyat, mana, u dardlarni qog‘ozga to‘kib soldim ‒ ichim bir qadar bo‘shandi. Yozilishini qachondan buyon orqaga surib-surib kelganim asarlarni endi yozishga kirishsam bo‘lar deb o‘ylayman. Bu gaplar mendan yuksak saviyada badiiy ijod kutgan olim akamiz va boshqa do‘stlarimning chiroyli umidlariga ojizona javobimdir. Lekin baribir “Bu kunlar”imni e’lon qilish-qilmaslik borasida yaqinlargacha ham ikkilanib keldim. Shunday kunlarning biri (2013 yil yozi)da bir mashhur yozuvchi oshnamdan eshitganim dahshatli voqea qarorimni qat’iylashtirdi: “E’lon etaman!” dedim. U aytishicha, nimadir sabab bo‘lib toshkentlik bir chol-kampir bilan tanishib qolibdi. Chol qarib ketgan, kampir ham beli bukchayib, hassaga tayanib yuradi, deydi.
272
“Ahmoqlik” so‘zini ishlatgan olim akamiz birov orqali: “Men bu kishidan Abdulla Qodiriy asarlari kabi bir narsa kutib yursam... bu nima degan gap?!” deb aytib yuboribdi. Ey Olloh,O‘zingga shukr, orqamdan men haqimda shunday chiroyli orzu-tilaklar qiladiganlar bor ekan! Uning bu tanbehini haqqimga duo o‘rnida qabul et va menga bu olim akamiz oldida ham, Abdulla Qodiriy oldida ham uyatga qo‘ymaydigan asarlar nasib qil! Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 412
Surishtirsa, ular asli ja unaqa qari ham emaskan. Boshlariga tushgan savdo bir-ikki yil ichida ularni o‘n yillarga qaritib yuboribdi. Chol-kampirning uch bolasi – uch o‘g‘li bor ekan. Xuddi ertakdagidek, uch og‘a- ini botirlar! Ota-onasiga ham, bir-biriga ham mehribon. Chunki ular dindor, namozxon bo‘lib voyaga yetishibdi. Afsus, ota-ona ularning rohatini uzoq ko‘rmabdi – bolalar “diniy oqimchi”likda ayblanib birvarakayiga uchalasi ham qamoqqa tiqilibdi. Uncha- munchaga emas, naq o‘n besh-o‘n sakkiz yildan kesib yuborishibdi. Davlatning bu shafqatsiz hukmi ota-onaning ularni tiriklikda ko‘rish umidlarini ham qo‘shib kesib tashlabdi. “Hatto Istalin ham bunaqa sharoitda bolalarning hammasini Sibir qilmagan, keksalarga hech bo‘lmasa bitta boquvchi qoldirgan!” deydi yozuvchi oshnam. Eng ajablanarlisi va yozuvchi oshnamni hayratga solgani ‒ shuncha musibatga qaramay, chol-kampirning ruhi juda tetikmish. Qamoqda bolalariga ochiq namoz o‘qishlariga yo‘l qo‘yilmayotganidangina nolishibdi. Aytishlaricha, bolalari ko‘zlari bilan namoz o‘qishyapti ekan! “Tasavvur qilyapsizmi, namozni ko‘zlari bilan o‘qisharkan!” deydi oshnam dahshat ichra. Shu voqeani eshitganimdan keyin... qamoqlarda ko‘zi bilan, imo-ishora bilan namoz o‘qiyotgan o‘nlab, yuzlab mazlum xayolimdan ketmay qoldi. Ular oldida o‘zimni burchli sezdim. Ochiqda, keti ko‘rinmas turli-tuman mulohazalar ila o‘zimizni ko‘r, kar va soqovga solib yurishlarimizdan uyaliblar ketdim. Fikri men uchun aziz bo‘lgan u hurmatli olim akamizning g‘oyibona qaytarig‘iga ham qaramay, asarni e’lon etishga qaror qildim.
Niyatimni ko‘ngillardagi eng yashirin niyatlarni ham Biluvchi Zot juda yaxshi biladi: bu asarni yozishdan asosiy maqsadim vatanimga, xalqimga, davlatimga, hatto bugun mutlaq hokimiyat tepasida o‘tirgan mana shu prezidentga ham yaxshilik sog‘inishdir. Hadis hikmatiga ko‘ra, mening unga yordamimdir 274
. Bu nuqtani ushbu asarimni xolis ko‘z bilan o‘qigan kishi ham tan oladi. Bundan tashqari, asarda hech bir yo‘sinda buzg‘unchilikka chaqiriq yo‘q. Aksincha, buzuqni tuzatishga chorlov bor. Talab qilinayotgan bo‘lsa, bor-yo‘g‘i so‘z erkinligi talab qilinyapti. Davlatdan o‘zi yaratgan qonunlarga to‘la-to‘kis rioya etish, qonunlar xalqqa bergan huquqni hayotda ham berish talab qilinyapti. Bor narsa bor bo‘yicha aytilsin, yozilsin, xalqqa to‘g‘ri gap yetkazilsin deyilyapti, xolos. Dunyoda muammosiz mamlakat yo‘qligini, qiyinchiliklar ham, qing‘irliklar ham bitta O‘zbekistonga xos emasligini bilamiz. Ammo boshqa yerlardan O‘zbekistonning farqi ‒ bu yerda muammolar, qiyinchiliklar, qing‘irliklar aytilmaydi ham, ayttirilmaydi ham, xalq ularni kuzatib turish va tanqid qilish huquqidan mahrum etilgan. Ya’ni, davlat xalqni eng oddiy haq-huquqlaridan ham to‘sgan. Natijada umumga foydali muhokamalar o‘rnini hech kimga foydasiz quruq maqtovlar egallagan, haqiqat
273 Hadisi sharif. Umar ibn Xattobdan (Olloh rozi bo‘lsin) Imom Buxoriy (Olloh rahmatiga olsin) rivoyati. 274 Bu ishora suyangan hadis tepada ‒ Oltinchi ko‘chat “So‘z erkinligi” bobida keldi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 413
o‘rniga maydonda faqat yolg‘on javlon uradi. Xalq ko‘pi qiynalib kun ko‘rayotgan bir paytda minbarlardan, matbuotdan butunlay boshqa ‒ “rangli hayot” kuylanmoqda. Aholining 70 ‒ 80 foizi gazsiz, chiroqsiz yashayapti-yu, “Butun dunyo O‘zbekiston erishgan yutuqlardan hayratda!” 275 emish.
Xo‘rlik ustiga xo‘rlik. Mamlakat ustidan kulish. Xalq hayoti ustidan kulish. Eng katta ayb shu! Agar butun dunyo hayratlanayotgan bo‘lsa, O‘zbekistondagi bu masxarabozlikka hayratlanyapti! Shuncha o‘pirilishlar manzarasida uyalmay ko‘pirtirilayotgan yolg‘onlarga ishonib (ishonmagan taqdirda ham ularga parvo qilmay) yashab kelayotganiga hayratda! Dunyo O‘zbekistonga lol qolayotgan bo‘lsa, botqoqda burnigacha botib turgan holda ham “Muhtaram prezidentimizga rahmat!” deyishlarimizga lol qolmoqda! Odam og‘irchilikka chidaydi, yolg‘onga chidamaydi! Shu bois bu yerda “Yo‘qolsin yolg‘on, yashasin to‘g‘riso‘zlik!” degan g‘oya ilgari surilyapti. Davlat o‘zini demokratik deb e’lon qilgan ekan, gapida tursin, jamiyatga chinakam demokratiyani bersin, inson haqlari toptalmasin, deyilyapti. Xalqimiz risoladagi boshqa davlatlar xalqi kabi emin-erkin yashasin deb orzu qilinyapti. Siyosatdagi ayrim xatolar ko‘rsatilar ekan, xalqning orzu-umidiga to‘g‘ri keladigan tuzumni oyoqqa turg‘izish uchun ijobiy yo‘l-yo‘riqlar taklif etilyapti, xolos. Hatto zulmni ham yaxshilik bilan, o‘z kuchimiz bilan tugatishga targ‘ib etilyapti. Faqat o‘z kuchimizga tayanish, ichki masalalarimizni o‘zimizgina hal etishimiz, bunda xalqimizning tengsiz aql-zakovatiga, tajribasi va layoqatiga suyanish eng to‘g‘ri yo‘l ekani uqtirilyapti. Bularning nimasi yomon? Nimasi ayb? Agar shu aziz vatan chindan barchamizniki bo‘lsa, shu barchaning bittasi o‘laroq mening ham, sizning ham, boshqa vatandoshlarimizning ham mamlakat ishlarini yuritishda xuddi prezident kabi to‘laqonli haqqimiz bor va taqdiriga qayg‘urishga burchlimiz. Qat’iy ishonchimga ko‘ra, bor ichki muammolarimizni faqat o‘zimiz ‒ shu aziz yurtning chinakam egalari tinchlik-totuvlik bilan hal etishimiz shart! Yuksalishning milliy yo‘llarini ham faqat o‘zimiz birlashib-birgalashib axtarishimiz lozim! Sinchi o‘quvchilar sezadi: garchi voqealar yashab turgan hayotimizdan olingan va hozirgi prezident faoliyati misolida yoritilgan bo‘lsa-da, tagida faqat tanqid niyati yotmaydi. Ya’ni, tanqid tanqid uchun emas, balki: milliy mafkuramiz qanday bo‘lishi kerak; milliy va siyosiy doktrinamiz qanday bo‘lishi lozim; milliy o‘zligimiz qanday qozoniladi; davlat bilan jamiyat munosabatini qanday asoslarga qurish kerak; ichki va tashqi siyosatda nima qilsa yaxshi va nima qilsa yomon; qonunlar mahalliy xalqlarning urf-odati, o‘zligi va orzu-umidlariga uyg‘un bo‘lishi, milliy o‘ziga xoslik asosida huquq va burchlarini ifodalashi lozim... kabi mag‘iz masalalarga diqqatni qaratish uchundir.
275
137-izohga qaytadan boqilsin. Aslida, u izohga emas, kundalik hayotga boqishning o‘zi yetadi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 414
Keyingi yigirma yilda tushib qolgan holatimizni tahlil va muhokama qilar, fikr va mulohazalarimni o‘rtaga tashlar ekanman, ikkala oyog‘im bilan ham shu aziz Vatanim tuprog‘ida turdim. Buyuk xalqimning va davlatimning irodasiga, orzu-umidigagina suyandim. Milliy manfaatlarimizni birlamchi bilib, ko‘nglimdagilarni samimiy ifoda etishga harakat qildim. Aslo yotlarga suyanmadim, hech bir davlatga orqa qilmadim. Niyatim xolis ‒ Olloh taoloning roziligi bo‘ldi. Xalqimga, Vatanimga, Millatimga, Dinimga va Davlatimga xizmatdan boshqa manfaatni ko‘zlamadim. Aslida ham bundan boshqa qayg‘um yo‘q. Bordiyu ushbu asar bois shaxsimga davlatimdan zulm yetsa, Ollohning panohidan o‘zga umidim yo‘q. Biron-bir yot orachilik xizmatini taklif etgan taqdirda ham men uning xizmatini chiroyli suratda qaytaraman va:
deyman.
Ha, Olloh nasib etsa, shunday deya olaman! Kimgadir asarda mamlakatimizdagi diniy vaziyatga ko‘proq diqqat qaratib yuborilganga yoki dunyoviy vaziyatga ham din ko‘zi bilan boqilayotganga o‘xshab tuyulishi mumkin. Bunday bo‘lishi tabiiydir. Birinchidan, men bir musulmon o‘laroq dinimni qattiq sevaman va, tabiiy, voqealarga bir musulmon o‘laroq qarayman. Ikkinchidan, bugun bir O‘zbekistonda emas, balki butun dunyo siyosatida Islom dini va musulmonlarga munosabat oldga chiqdi. Biz esa asosan musulmon xalqmiz, mamlakatimiz ham musulmon o‘lkadir. Bu diyorlarda qanday siyosat yuritilmasin, nima ish qilinmasin, u yoki bu tarzda musulmonlar hayotiga, diniy vaziyatga ta’siri bo‘ladi. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston yuritayotgan ichki va tashqi har qanaqa siyosat bundan keyin, istaymizmi-yo‘qmi, Islom diniga va musulmonlarga qanday munosabatda bo‘linayotgani bilan baholanadi. Shunday ekan, davlatning dinga va dindorlarga munosabati masalasiga ko‘proq diqqat qaratilgani tabiiy. Lekin men bu asarda biron-bir hodisaga din nuqtai nazarini bildirmadim, hech bir yo‘sinda sof diniy masalani hal etishga kirishmadim. Zotan unga kuchim ham yetmaydi. Din ishi nihoyatda hassos ekanini, bu masalada ozgina xato ham yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bilaman. Men faqat dinning ijtimoiy hayotimizda tutgan o‘rni va davlatning bu sohada yuritayotgan siyosatini tahlil etishga harakat qildim. Menga ochiq xato bo‘lib tuyulgan siyosat tufayli mamlakatimizda vujudga kelgan qaltis diniy vaziyat borasidagina fikrlar bildirdim. Ko‘p yillardan buyon o‘zim kuzatib kelayotgan, boshimdan o‘tkazgan va ko‘zim bilan ko‘rganlarimnigina yozdim. Sof diniy masalalarda esa men ergashuvchiman, xolos. Olimlarni hurmat qilaman, yo‘l-yo‘riqlaridan tashqari chiqmaslikka harakat qilaman. Shu munosabat ila bir narsaga urg‘u bermoqchiman: ko‘ksida ozgina vijdoni, ko‘nglida ozgina insofi bor hech bir kimsa meni biron-bir oqim yoki tariqatga
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 415
mansublikda ayblay olmaydi. Chunki men chindan ham u yo‘llarning hech birida emasman. Men musulmonlar hayotida keyin o‘rtaga chiqqan har qanday kichik va xususiy yo‘llardan “Islom” deb atalgan katta yo‘lni ustun qo‘ygan bir odamman. Ollohga ko‘p shukrlar bo‘lsin, men Islom ummatidanman, musulmonman – shu birgina sifat menga yetadi. Birgina musulmonlik sifatimni har qanaqa “...iy” va “...chi”lardan baland ko‘raman. Har qanday vijdon mening bu tutgan o‘rinimni tan oladi va buning teskarisini tuhmat qilmaydi deb o‘ylayman. Yozganlarim shaxsiy mulohazalarimdir va men bunda Vatanimga, xalqimga ozgina taskin, ozgina yengillik sog‘indim, xolos. Yaratgandan bu kitobimni xalqimizga foydali qilishini, bilib-bilmay yo‘l qo‘ygan kamchiliklarimni kechirishini, savobini ko‘paytirib berishini umid qilaman.
Fikr-mulohazalar uchun oldindan rahmat. El.pochtam qutisi: nurulloh.uzb@gmail.com Document Outline
Download 3.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling