Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56

Tarixdan saboq 

 

Tarix ulkan dars kitobidir. Har bir beti bir oliy maktab, unda bitilgan har bir 



kechmish bir buyuk ustoz. Ammo, afsus, bu maktabda o‘qigan oz, o‘qib turib sabog‘ini 

chiqargan undan oz, ustozga quloq osgan oz. Balki tarixdan yaxshigina saboq olganlar 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

376 


ham bordir. Unda yo davlat odamlari bu maktabda o‘qimagan va o‘qigani ham saboq 

olmagan, yo tarixdan saboq chiqarganlar davlat tepasiga intilmaydi – shu ikkidan biri 

bo‘ladi. Har holda davlat tepasidagilarning xatti-harakatidan bular tarixdan saboq 

olganiga ishonish qiyin. 

So‘zimizga isbot axtarib uzoq tarix sahifalarini titkilab o‘tirishimiz shart emas, 

kechagi kechmishimiz bilan bugungi holatimizni solishtirsak yetadi. 

Xalqimizning katta bo‘lagi “SSSR” deb atalgan ulkan bir davlatda tug‘ilgan, 

yashagan, u zamonning achchiq-chuchugini tatigan. Shuning uchun u davrni bu davr 

bilan qiynalmay solishtira oladi. 

SSSRni boshlang‘ichda Lelin boshliq kommunistlar partiyasi qurgan. To‘ntarish 

yo‘li bilan. “Ulug‘ Oktabr revolyutsiyasi” deyilardi bu voqea. 1917 yildan to 1991 

yilgacha shu “revolyutsiya” kuylab kelindi, ulug‘landi. Uni amalga oshirgan shaxs ham 

ulug‘lana-ulug‘lana, payg‘ambarlarga tenglashtirildi. Payg‘ambar ne (unda ham 

insoniy kamchilik bo‘lishi mumkin), birato‘la Parvardigor darajasiga chiqarib qo‘yildi. 

Bu ham kam. Kommunistlar va ularning ta’siriga tushganlar Parvardigordan ham ayb 

topdi, hatto uni yo‘q deb e’lon qildi, lekin Lelinni mutlaq aybsiz deb e’tiqod qildi. 

Butun targ‘ibot-tashviqot moshinasini ishga solib erishgan natijasi – chindan ham 

ko‘pchilik Viladimir Ilich Lelinni “dohiyimiz”, “payg‘ambarimiz”, “parvardigorimiz” 

deb ishonib qoldi. Har kuni, har soatda – uyqudan oldin ham, uyqudan uyg‘onganida 

ham, hatto tushida u “zot” nomiga, rasmiga, haykaliga sig‘inilar edi. 

Bugun nima bo‘ldi? Bu yoqlarda Tojikistonu Qirg‘izistonda, u yoqlarda O‘rusiyayu 

Belorusiyada bitta-ikkita qo‘nqayib turgan haykalini demaganda u “dohiy”ning na 

nomidan, na ishidan bir nishon qoldi. Hatto jasadini yer bag‘riga olmadi, olmayapti, 

yer bilan osmon orasida osiq-ochiq yotibdi. “Ochiq mozor” qarg‘ishi shu bo‘lsa kerak-

da. Kechagi sadoqatli muridlari – kommunistlar o‘zi uni yo‘q qildi: tillaridan ham, 

eslaridan ham nomini o‘chirdi

250



O‘rniga... 



Endi yangi qo‘shiq boshlandi. Buni “yangi qo‘shiq” ham deb bo‘lmaydi: bitta-ikkita 

so‘zi o‘zgargani bilan asosiy matn o‘sha, ohang o‘sha. Xuddi O‘zbekiston madhiyasi 

singari. 

“Ulug‘ rus og‘amiz” o‘rniga “Serquyosh, hur o‘lkam” deb yozib qo‘yilishi bilanoq 

“mustaqil” bo‘lib qolganimiz singari. 

Xalq ongi va xotirasi “yuvilib”, eski changlar o‘rniga yangi loylar 

yopishtirilayotibdi. 

“Ulug‘ O‘ktabir” yeriga “istiqlol”, “mustaqillik”, “Butun dunyo proletarlari 

dohiysi” yeriga “mustaqillik me’mori” o‘rnashtirilyapti. 

                                                

250

 Ammo, e’tibor berilgan bo‘lsa, o‘zbekistonlik muridlari baribir sadoqatli chiqdi shekilli: Lelin juda unaqa yomonotliq 



qildirilmadi, u boshlagan yo‘l, u keltirgan g‘oya, u qurgan tuzum kishilik boshiga solgan kulfatlar rosmana ayttirilmadi, 

umuman, SSSR zamoni jiddiy va atroflicha tahlil-tanqid ettirilmayapti, odamlarga boricha tushuntirilmayapti, “sobiq 

sho‘ro davri”, “mustabid tuzum” singari chuchmal ifodalardan nariga o‘tilmayapti. “Yopig‘liq qozon” haqidagi matal 

kabi, bu ishlar hammasi yopildiyu unuttirildi. Ajab... 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

377 


“Jonajon Kommunistik partiyamiz rahnamoligi” yeriga “Muhtaram Prezidentimiz 

(yo Yurtboshimiz) rahnamoligi” singdirilyapti. 

“So‘sializmning to‘la va uzil-kesil g‘alabasi” o‘rniga “Mustaqillikning mustahkam 

poydevori” qurildi. 

“Oliy maqsad – kommunizm” edi, endi bir yumalab, “O‘zbekiston – kelajagi buyuk 

davlat!” bo‘ldi. 

“Amrikadan ham o‘zib ketamiz!” degan chaqiriq o‘rnini “Biz hech kimdan kam 

bo‘lmaganmiz, kam bo‘lmaymiz ham!” degan baqiriq egalladi. 

Va hokazo... 

Tarixdan saboq chiqarish yo‘q. Ularidan nima qoldi-yu, bularidan nima qoladi?! 

Beshikdan to qabrgacha “dohiy Lelin bobo” bilan birga yashalar, u kishisiz nafas 

olinmas, u zotning g‘oyasidan tashqarida g‘oya, asarlaridan tashqarida boshqa 

yo‘llanma-qo‘llanma yo‘q edi. Bir yilga borib-bormay oti ham, g‘oyasi ham izsiz 

o‘chdi. Qon-qonlarga, yurak-yuraklarga singdirib yuborilgan Lelinday kishidan nom-

nishon qolmadi-yu, bugungi “dohiy”dan ertaga bir nima qolarmidi... 

Yoki “xalqlar otasi” Istalinni olaylik. Davlatning butun targ‘ibot-tashviqot 

moshinasi bu “temir odam” haqida o‘ttiz yil davomida onglarga, zehnlarga shunaqa bir 

ijobiy timsolni singdirdi, odamlar Istalinsiz hayot bo‘lmasa kerak deb o‘ylab qoldi. 

Istalin o‘lganida, “Bo‘ldi, endi hayot to‘xtadi!” deb o‘zini poyezd tagiga tashlaganlar, 

juda bo‘lmasa, kunlab, haftalab yig‘laganlar bo‘ldi. 

Yo‘q, Istalinsiz hayot to‘xtab qolmas ekan, Istalinsiz ham yashasa bo‘laverar ekan, 

hatto yaxshi yashash mumkin ekan! Uzoq yillar unga sadoqat bilan yonginasida 

pildirab yurganlar, har mo‘ylov uchirishiga “labbay” deb javob berib kelgan 

safdoshlari birdan undan yuz o‘girdi, tirigida ko‘klarga ko‘tarib maqtashda musobaqa 

o‘ynaganlar bir yumalab go‘riga g‘isht qalashda musobaqa qila boshladi. 

Shuni ko‘rib-bilib suyagi qotgan odam, sog‘lom mantiqqa ko‘ra, bunday 

oqibatlardan tegishli saboq chiqarishi lozim edi. Ammo saboq chiqarish tugul, yana 

ayni xatoni takrorlay boshlasa, davlatni ayni o‘sha Istalincha tutim bilan boshqarsa, 

endi bu qilig‘ini sira tushunib bo‘lmaydi. 

Axir, seni ham ertaga tevaragingdagi safdoshlaring oborib go‘rga tiqadi! 

Istalin dinni, dindorlarni qatag‘on qilar ekan, ularni “sovetga qarshi”, “inqilobga 

qarshi”, “so‘sializmga yot unsurlar” deb qamagan yoki otib yuborgan bo‘lsa, bugun 

ko‘p musulmon “oqimchi”, “aqidaparast”, “konstitutsiya tuzumiga qarshi”, “terrorchi” 

kabi tavqila’natlar bilan qamalyapti, o‘ldirib yuborilyapti. 

Istalin siyosati qo‘ygan “ayb”lar u o‘lganidan keyinoq qurbonlarning bo‘ynidan olib 

tashlandi va ustiga yana minglab aybni tirkab o‘zining bo‘yniga ilib qo‘yildi. Ertaga bu 

zamongi jabrlanganlar bo‘ynidan ham davlat siyosati qo‘ygan “ayb”lar olib tashlanajak 

va hammasi ulgurji bitta marjonga tizilib, bugungi “Istalin”ning bo‘yniga ilinajak! 

Tarix ko‘p takrorlangan, yana bir marta takrorlanadi. Ammo O‘zbekiston 

boshliqlari bu tarixdan saboq chiqargilari kelmayotgani qiziq! 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

378 


Istalin bobo o‘zining fikridan boshqacha fikrdagilarni “og‘machi”, “opportunist”, 

“chet el josusi”, “terrorchi”, “sovet tuzumiga qarshi” kabi o‘nlab ayb bilan yo‘q qildi. 

Islom bobo ham hurfikrlilarni, dindorlarni, demokratlarni, boshqaruv usulidan 

norozilarni “konstitutsion tuzumga qarshi”, “terrorchi”, “qora kuchlar”, 

“O‘zbekistonning o‘ziga xos rivojlanish yo‘lini ko‘rolmaydiganlar” kabi o‘nlab ayblar 

yopishtirib ta’qib-tazyiq qilib yotibdi. 

Yolg‘onning umri qisqa – ertaga bu yolg‘onlar o‘tadi, haqiqatlar yuzaga qalqib 

chiqadi, o‘shanda bugun prezident tevaragiga kanadek yopishib olib davlatning 

shirasini so‘rib yotganlar va oliy ityaloqdan qorin to‘yg‘azib, bo‘lar-bo‘lmas har bir 

ishiga hamdu sano o‘qib turgan (jumladan, yozuvchi-jurnalist)lar ertaga birinchilardan 

bo‘lib undan yuz o‘giradi, “Puf sassiq!” deydi. 

Ertaga boshida shunday natija borligini bugun prezident xayoliga ham 

keltirmayapti. Saboq olish yo‘q! 

Ilgari Istalin “xalqlar otasi” edi, Leonid Ilich Birijniv “hammamiz uchun hurmatli” 

edi, bugun unisini kim ota deyapti, bunisini kim hurmat qilyapti?  

 “Xalqlar otasi”dan nima qoldi – qon, qon, qon va achchiq ko‘zyoshlar... 

“Hammamiz uchun hurmatli”dan nima qoldi – tuganmas latifayu masxara-

mazaxlar... 

Ketish shu bo‘lsa, bugungilardan nima qoladi – vayron ko‘ngillar, achchiq 

ko‘zyoshlar, borsa-kelmas qamoqlar, qonga yo‘g‘rilgan alamlar... 

Qurilgan binolar, ishga tushirilgan moshina zovutlari ertaga asqotmaydi. Axir, 

Istalin davrida ham, Birijniv davrida ham SSSRda nima narsalar qurilmagan! Ammo u 

narsalar egalarining dong‘ini tugul, nomini ham asrab qololmadi. Chunki zulm og‘ir 

keladi, hammasini bosib ketadi va hech qachon kechirilmaydi. Otiga “zolim” sifati 

qo‘yilib, to qiyomatgacha eslanadi. Xuddi Hajjoj necha asrdan beri “Hajjoji zolim” deb 

tilga olinayotgani kabi. 

Esi bor odam hech bo‘lmasa bir on yolg‘iz qolib o‘ylab ko‘rishi kerak: o‘zigacha 

nima ishlar bo‘ldi, u ishlar ertaga o‘zining ham boshiga tushmaydimi?  

Ne-ne “daho” tirigida yo ishboshidalik paytida qanaqa hamdu sanolar og‘ushida 

yayrab, bu hamdu sanolarga cheksiz-cheksiz ishonib, taltayib yurgan edi. O‘lgach va 

yo amaldan bo‘shagach, orqasidan nimalar bo‘ldi? Nahot bundan zarracha saboq 

chiqarilmasa?! Ertaga mening ham boshimga o‘tmishdoshlarim kuni tushmasin, 

o‘zimni o‘nglab olay, demasa?! 

Yo o‘zi yaratgan matbuot so‘zlariga, tevaragiga to‘plab olgan odamlarining 

chapagiga qarab, xalqim meni suyadi  deb o‘ylaydimi? 

Lelin chapak olmaganmi? Istalin har kuni har on maqtalmaganmi? Xurushcho‘p 

ulug‘lanmadimi? Birijniv chapaklar, “davomli qarsaklar”ga ko‘milib yashamadimi? 

Almoyi-jalmoyi so‘zlariga-da tikka turib chapaklar chalinmadimi?  

Oddiy kishi chapak olsa, samimiy bo‘ladi, demak, yaxshi ishi tan olinibdi, ammo 

Boshliqqa chalingan chapak aldamchidir ‒ yaxshi ishigami yo mansabigami 

chalinayotganini hech kim bilmaydi. Umuman, chapak yaxshi ishlarning o‘lchovi 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

379 


bo‘lganida, tirigida yo ishboshidalik chog‘ida chapak olib yurgan Boshliqlarni xalq 

bugun ham olqishlar bilan eslar edi. Ammo hayotda buning teskarisini ko‘rib turibmiz. 

Lelinning boshiga ham, Istalinning boshiga ham, Xurushcho‘pning boshiga ham, 

Birijnivning boshiga ham, Gorbachning boshiga ham, uzoqni va begonalarni qo‘ying, 

o‘zimizda Rashidip bovaning boshiga ham kimlar yetdi? Albatta, birinchi galda 

safdoshlari! Hatto o‘ligi sarson bo‘ldi! Qabrdan-qabrga ko‘chirilaverib, xo‘rlandi. 

O‘lganidan keyin ham tinch yotolmadi. “Butun dunyo proletarlari dohiyi”ning jasadi 

esa hamon ochiqda ‒ bir joyda qo‘nim topgani yo‘q. 

Qissadan hissa: zulm unutilmaydi, oradan yuz yillar o‘tsa ham o‘chi olinadi! 

Bu hodisalardan odam saboq olmagani qiziq! Aslida, Olloh taolo keyingi boshliqqa 

oldingi boshliqning, umuman, keyingilarga oldingilarning taqdirini o‘rnak qiladi, 

ammo hamma gap bir gapga kelib taqaladi: 



Saboqni ham olgan olarkan. 

 

Kichik xulosa 

 

SSSRda “qayta qurish” yillari kinochilar raisi lavozimida bor-yo‘g‘i ikki yilcha 



ishlab, so‘ngra janjalu to‘palonlar orqasidan vazifasidan ketgan o‘rislarning mashhur 

rejissuri Andrey Konchalovskiy bir telesuhbat chog‘i muxbirning: “Shu ikki yillik 

tarixingizdan qanday saboq chiqardingiz?” degan so‘rog‘iga: “Chiqargan sabog‘im ‒ 

hech kim tarixdan saboq chiqarmasligini bildim!” deb javob qilgan edi. 

Bundan ikki asr ilgari yirik nemis faylasufi, nemis mumtoz falsafasining eng 

mashhur vakili Georg Vilgelm Firidrix Gegel (1770 – 1831) ham: “Hukmdorlar 

tarixdan saboq chiqarmaydi”, degan ekan. 

Yanada ilgari, boshqa buyuklar ham shu to‘xtamga kelgan bo‘lishi tabiiy. Chunki 

millati, dini, vatani boshqa-boshqa bo‘lgani bilan insoniy xususiyatlar hammada 

deyarli bir xildir: chindan ham, ko‘plar tarixdan saboq chiqarmaydi. Nafaqat 

hukmdorlar, balki oddiy odamlar ham. 

Jumladan, O‘zbekistonning bugungi davlati ham! Davlatning bugungi boshlig‘i 

ham! Mamlakatning bugungi ziyolilari ham! O‘ttiz milyonli xalq ham! 

Kechagina hammasini ko‘rdi, biladi, bugun ham ko‘rib-bilib turibdi, ammo ko‘rish, 

bilish boshqa, ko‘rgan-bilganidan saboq olib, kechagilarning xatolarini takrorlamaslik, 

to‘g‘ri yo‘lni axtarish boshqa ekan. 



O‘zbekiston davlatining xatosi – asos xatoga qurildi: siyosat yo‘li xalqning dini, 

ruhi, ma’naviyati, xohish-irodasiga ko‘ra tanlanmadi, balki kechagi kommunist-sovet 

boshqaruv uslubi saqlab qolindi. Mafkura va siyosat oldga chiqarildi, xalq, vatan 

orqaga qo‘yildi. Ya’ni, mafkura va siyosat xalq va vatan ruhidan olinmadi, aksincha, 

xalq va vatan xato tanlangan mafkura va siyosatga moslashtirilmoqchi bo‘linyapti. 

Tuzum sovetcha bo‘lib qolaversa, oqibati ham sovetning oqibatiday bo‘ladi. 



Davlat boshlig‘i xatosi – xalqiga emas, tevaragidagi yaltoqi-yaloqxo‘rlarga ishondi, 

shularga suyandi; oshkoralik eshiklarini taqa-taq yopib, mamlakatdagi haqiqiy ahvol 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

380 


to‘g‘risida unga to‘g‘ri ma’lumot kelishi mumkin bo‘lgan yo‘llarni kesdi. Bo‘yama-

bejamachilarning so‘zlariga quloq soldi, o‘shalarning yolg‘onlarini qabul qiladigan, 

to‘g‘ri gapni yoqtirmaydigan, salbiy gapga jini qo‘zib ketadigan bo‘lib qoldi

251


Shaxsini o‘zgalarga ulug‘lata-ulug‘lata, oxiri ulug‘ligiga o‘zi ham chippa-chin ishonib 

o‘rgandi. O‘tgan “ulug‘-ulug‘ dohiylar”dan bugun nima qoldiyu ertaga o‘zidan nima 

qoladi – o‘ylab ham ko‘rmayapti. 



Ziyolilar xatosi – hammasini ko‘rib, bilib, aqli yetib turganiga qaramay, xuddi hech 

narsa bo‘lmayotganday ovsarlarcha tutyapti o‘zini. Bilib bilmaslikka olyapti, 

talmovsirayapti. Ertaga bugungi haqiqatlar yuzaga chiqqach xalqi oldida xijolatlarga 

tushib qolishini xayoliga keltirmayapti. 



Oddiy xalq xatosi – kechagina sovet rahbarlarining yolg‘onlariga ko‘r-ko‘rona 

ishonib-ergashib qayoqqa bordi-yu, “Mustaqillik egasi”

252

ning yolg‘on-yashiqlariga 



ishonib-ergashib bugun qayerga boryapti? Va bu odam o‘tib ketganidan keyin ertaga 

yana qanaqa nag‘malarga o‘ynay boshlaydi – hech yo‘q shularni o‘ylab ko‘rmayapti. 

Ha, bu kunlar o‘tadi, prezident ham o‘tadi. Boshliqlar almashadi. Zamonlar, 

siyosatlar o‘zgaradi. Tarixga boshqacha qarashlar boshlanadi. Ustma-ust to‘planib-

qalashib yotgan yigirma yillik gunohlar, jinoyatlar bir-bir ochiladi. O‘shanda nima 

bo‘ladi?! 

Kecha bu buzuq jamiyatning qaysi nuqtasida turgan bo‘lsak, ertaga yana o‘sha 

nuqtasida hech narsa ko‘rmaganday irshayib turaveramizmi?! 

Har qancha qudratli bo‘lmasin, prezident ham oddiy bir odam. O‘zini xudo deb 

e’lon qilgan Namrudday shoh burun katagidan kirib miyasiga joylashib olgan bitta 

chivinning g‘ingillashiga dosh berolmay ayanchli o‘lim topgani kabi, bugungi 

namrudlar ham ertaga kiprigini ko‘tarishga ham kuchi qolmaydi, yoshli ko‘zi chetida 

yurib g‘ashini keltirayotgan bitta xirapashshani hayday olmaydigan holga tushadi, 

albatta! 

O‘shanda kimning qo‘lidan nima keladi? Kim uning joniga ora kiradi? 

Esli kishi shunday ojiz holga tushmasidan burun xatolariga iqror bo‘lishi va tavba 

qilib qolishi kerak emasmi?!. 

Kamchilik yo xato ayb emas, u kamchilik va xatoni tan olmaslik, aksincha, 

yolg‘onlar ostiga yashirish ayb. Gunoh hali to‘la yo‘qotish emas, u gunohni yuvmaslik 

‒ tavba qilmaslik yo‘qotish. Xato qilish va gunoh ishlash bizga otamiz Odamdan 

(alayhissalom) meros, bu xato va gunohni yuvish yo‘lini ham otamiz Odam o‘rgatib 

ketganlar ‒ o‘sha zahoti tavba qilganlar. 

Shaytonning umidsizligi shu nuqtada: Ollohga osiy bo‘ldi, lekin tavba qilmadi. 

Unga bu dunyo berildi, oxirati abadiy azobdir. 

                                                

251


 Bir marta salbiy gap aytib qo‘ygan Orif Alimaxsumovning boshiga nima savdolar tushganini tepada aytdik. Bir tepki 

yedi, o‘shandan keyin sho‘rlik hofiz o‘nglanmay o‘lib ketdi (Olloh, unga rahm qil. Xalqning dardini aytgan edi harholda).  

252

 O‘tgan asr 60-yillarida Uyg‘uristondan hujjatsiz kelib qolgan, nimadir sabab bilan aqlu hushidan ayrilib, uzoq yillar 



O‘zbekiston musulmonlari idorasi atrofida kun kechirib, yaqinlarda olamdan o‘tgan Oxun aka (Olloh rahmatiga olsin) 

ismli jinni kishi telba-teskari gaplari orasida qachon so‘kingisi kelib qolsa, so‘zini “Mustaqillikning egasi!..” deb 

boshlardi. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

381 


Kishi shaytonning qavmida ketmaslik uchun tirigida tavba qilib qolsin. Aks holda, 

ertaga kech bo‘ladi. Tavba qilsa, qolgan umrini yaxshilik bilan o‘tkazsa, o‘lganidan 

keyin orqasida qiyomatgacha qilinadigan la’natu malomatlardan ham, oxiratdagi 

azoblardan ham qutuladi. 

Olloh marhamati cheksiz, o‘ta shafqatli Zot ‒ yuz nafar odamni o‘ldirgan kishining 

ham tavbasini qabul qildi va kechirdi. 

Adolati tomdir, mutlaqdir ‒ bitta chanqoq itga rahmi kelib uni sug‘organ ayolning 

ham, bitta mushukni uyiga qamab och va tashna qoldirgan ayolning ham munosib 

jazosini berdi: unisini jannatga, bunisini do‘zaxga hukm qildi

253


Oqil kishi bulardan saboq chiqaradi. 

Bugungi maddoh ziyolilar ertaga nima qilarkin? Manglayiga shappa urib, obbo, 

yana adashibmiz-da, deb... hech narsa ko‘rmaganday, yana yangisining yangi 

nag‘malariga ishonib-ergashib ketaveradimi?! 

Yoki xuddi kechagiga o‘xshab: “Sehrlanib qolgan ekanmiz...” deb qutulib 

qolmoqchi bo‘ladimi?! Desa, shu gapiga o‘zi ishonadimi? Vijdoni qonadimi? 

Ziyoli agar ziyoli bo‘lsa, ertangi holini bugun o‘ylasin. 

To‘g‘ri, xalq ham kechagi kunlaridan saboq chiqarmadi. Kechagi kunini unutdi. 

Kechagilar uning miyasiga qanday yolg‘onlarni singdirgan ediyu bugungilar qulog‘iga 

qanday lag‘monlarni ilyapti – ishi yo‘q. Kecha qanday aldanib yashagan bo‘lsa, bugun 

ham o‘shanday, balki undan battar aldanib yashamoqda. 

Lekin, yana takror aytamiz: xalqdan aslo ranjib bo‘lmaydi. Oddiy xalq narsa va 

hodisalarning taginiyu oqibatini o‘ylab o‘tirmasligi bilan ham oddiy xalqdir. 

Unga o‘zi ko‘p narsa kerak ham emas. Sho‘r peshonasiga vatanparvar, millatparvar, 

tarixlardan saboq chiqarib ishlaydigan, adolatli bir podshoh bitishi umidida yashaydi 

doim. To‘zim bilan kutadi, kutadi, kutaveradi... 

Zotan, ertaga yorug‘ kunlar kelishini kutishga va adolat hukmi ostida yashashga 

haqlidir, loyiqdir. 

 

 

Yigirmanchi ko‘chat 



Chinakam erkinlik sari 

 

Ushbu yigirmanchi bob boshqalari kabi alohida, mustaqil bob bo‘lish bilan bir 



qatorda, oldingi o‘n to‘qqiztasining o‘ziga xos yakunlovchisi ham desa bo‘ladi. 

Yakunlovchi bo‘lgach, qo‘shimcha ravishda bu bobda kitobni boshidan oxirigacha 

erinmay, sinchiklab o‘qib chiqqan kishilarda tug‘ilishi mumkin bo‘lgan ayrim 

savollarga qo‘ldan kelganicha oydinlik kiritishga ham harakat qilamiz. 

Demak: 

                                                



253

 

Buxoriy. “Anbiyo”, 54; Muslim. “Salom”, 151, 154; “Birr”, 133; Nasaiy. “Kusuf”, 14



 

 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

382 


 

Birinchi taxminiy savol. O‘zbekistonda shuncha kamchilik bor ekan, boshqalar 

buni ko‘rmayaptimi? Nimaga hech kim indamayapti? 

 

Javob. Jon, mol, ozodlik tahlikasi ko‘pincha dardni ichga yuttiradi. Jamiyat 

miqyosida ulkan qo‘rquv saltanati bo‘lganidek, har bir kishining yuragida ham bir 

qo‘rquv saltanatchasi hukmron. Chunki tevaragida nimalar bo‘layotganini ‒ ozgina 

haqni gapirib qo‘yganlar ne balolarga yo‘liqayotganini odamlar ko‘ryapti. Sog‘lom 

fikrlovchilar ko‘nglida hamisha eng kamida qamalish xavotiri yashaydi. Bunday 

vaziyatda kishi ixtiyorsiz ravishda o‘zini va bola-chaqasini o‘ylab qoladi. 

Shunday bo‘lsa-da, jonidan o‘tib ketganlar indab turibdi. Hushyor fikrlaydigan, 

ziyrak, qo‘rqmas vatandoshlarimiz ham bor. Ayniqsa, “mustaqillik”ning asosiy 

og‘irchiligi yelkasiga tushgan oddiy xalq har-har zamon uyida, ko‘cha-ko‘yda bir-

biriga indab qo‘yyapti. Yurak yutib otilib chiqqanlari chet radiolarda, ijtimoiy tarmoq 

sahifalarida fikrlarini goh ochiq, goh ishoralar bilan bildirmoqda. Chunki: 

O‘ttiz milyonli xalqimiz yoppasiga ahmoq bo‘lishi mumkin emas! 

Shuncha hokim, shuncha vazir, shuncha boshliq yoppasiga zolim bo‘lishi mumkin 

emas! 


Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar xodimlari, sudyalarimiz, purkurorlarimiz 

hammasi yoppasiga Bir Kishining quli bo‘lishi mumkin emas! 

Shuncha ziyoli, din odami yigirma yil ichida tushib qolgan ahvolimizga parvo 

qilmaydigan darajada yoppasiga vijdonini yutgan emas! 

Bilamiz, ichlarida qanchadan-qancha halol, fidoyilari bor. Vatanparvar, 

adolatsevarlari qancha. Xalqimiz, Vatanimiz manfaati yo‘lida jonini, molini, umrini 

ayamay ishlayotgan yaxshi kishilar talaygina. Shunaqa yaxshilar orasida yashayapmiz, 

iqrormiz. Mamlakatda bo‘lib yotgan bu yoqimsiz ishlarni ular ham ko‘rib turibdi. Chin 

yurakdan qayg‘urayotganlariga ham ishonaman. 

Oralarida dardini uncha-muncha ochiq aytayotganlari bor, lekin ko‘plari ichiga 

yashirgan va dardini ochmasdan chin yurakdan to‘g‘ri ishlab kelishyapti. Bunday 

olijanob kishilar, fidoyi boshliqlar borligi uchun ham mamlakatda ish yurib turibdi, 

ancha-muncha ijobiy o‘zgarish qilinyapti. Davlat tamoman o‘tirib qolmagan bo‘lsa, 

shunday kamtar va xalqparvar odamlar va boshliqlar evazigadir. 

Unda bo‘lib turgan qing‘irligu yolg‘onlarga, zulmu haqsizliklarga ko‘nib yurishlar 

nechun, deb goho yuraklar eziladi. 

Lekin bu aldamchi ko‘rinishdir. Sirtdan shunday ko‘rinadi. Aslida, ko‘plar bu 

ahvolga rozi emas, ko‘nayotgani yo‘q. Faqat, fikrini ochiq aytolmayapti, xolos. Balki 

tadbirini olib, yaxshi ishlar ham qilib yuribdi. 

Zulmdan qutulishga yashirin bir harakat seziladi yurt ichida ham. Boshqacha 

bo‘lishi mumkin emas. 

Mamlakatning, vatanning, davlatning, xalqning taqdiri o‘z holiga tashlab qo‘yilmas. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling