Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

383 


Sinov uchun, saboq uchun, ko‘r ko‘zlar ochilishi uchun zulmni aylantirib qo‘ygan 

Zot uni ketkazuvchi qobiliyatni ham yaratib qo‘ygan, zulmdan qutulish chorasini ham 

mutlaqo bildirajak. 

Va vijdonli, halol, chinakam vatanparvar kishilar qo‘li bilan bir kuni bu zulmni 

boshimizdan ko‘tarajak. 

Saboqni keragicha olsak, sinovdan eson-omon o‘tsak, bir kuni qo‘llarimizni ilkis 

duoga ochamiz, inshaolloh. 

 

Ikkinchi taxminiy savol. Axir, O‘zbekistonda prezidentni chin yurakdan 



sevadiganlar ham bor-ku? Yaxshi ko‘rganidan ham siyosatini qo‘llasa, haqqi yo‘qmi? 

 

Javob. Kimnidir yaxshi ko‘rish yo yomon ko‘rish har kimning haqqi. Did 

masalasida bahs ortiqcha va behuda ish. Marhamat, sevsin. Marhamat, qo‘llasin. 

Ammo o‘rtada Vatan, Millat, Xalq, Din, Davlat taqdiri turganida shaxsiy 

munosabatlar orqaga chekinadi. Siyosat ham, oqibati ham umumga tegishli masala 

bo‘lgani uchun umum manfaati oldga chiqadi. Vatan, xalq, millat, din, davlat manfaati 

har qanday shaxsiy munosabatlardan ustundir. 

“O‘zbekiston prezidentini chin yurakdan sevadigan” o‘sha shaydolar ham agar 

vatan, xalq, millat, din, davlat manfaatini ustun ko‘rsa, yigirma yildan beri mamlakatda 

yuritilayotgan ichki va tashqi siyosatda katta o‘pirilishlar borligini ko‘rardi, ertadan 

kechgacha prezidentga muhabbat izhori bilan mashg‘ul bo‘lmay, ko‘proq vatan, xalq, 

millat, din, davlat taqdirini o‘ylagan, shunga qayg‘urgan bo‘lardi.  

Shaxslar kechadi, Vatan qoladi. 

Prezidentlar vaqtinchalik, millat qiyomatgacha yashaydi. 

Qolaversa, prezident ham shu Vatan, shu xalq, shu millat, shu davlat borligi uchun 

prezidentdir, shularning xizmatkoridir. Yaxshi xizmat qilgan bo‘lsa, bu dunyoda 

xalqidan olqishlar, u dunyoda Yaratgandan tuganmas savoblar oladi. Yomon xizmat 

qilgan bo‘lsa, bu dunyo mahkamasida xalqidan eshitadigan la’natu malomatlardan 

tashqari, u dunyoning Buyuk Mahkamasida ham o‘zi loyiq bo‘lgan jazolarni oladi! 

 

Uchinchi taxminiy savol. Balki Olloh yarlaqagan kishi bo‘lganidan Islom Karimov 

necha yillardan beri mamlakatni boshqarib kelayotgandir? Buning ustiga, o‘rnini bosa 

oladigan bironta butun siyosatchi ham ko‘rinmayapti... 

 

Javob. Birinchidan, uzun zamondan beri prezidentlik qilib kelayotgani uni Olloh 

suyganini yo yarlaqayotganini bildirmaydi. Aksincha, uzun zamon balki sinov uchun 

berilgandir, gunohida yanayam tubanlashsin, degan hikmat ila arqon uzun tashlab 

qo‘yilgandir. 

Ikkinchidan, bu lavozimga u ilk damlarda qanday erishgani va yigirma yildan 

buyon qay yo‘llar bilan muddatini uzaytirib kelayotganiga qarash kerak. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

384 


Savolni bunday qo‘ysak to‘g‘riroq bo‘ladi: prezidentligining cho‘zilib ketgani 

halolmi, halol emasmi? 

Hamma gap shunda. 

Bu boqimdan qaralsa, nomzod ko‘rsatishdagi yasamaliklarniyu saylov qog‘ozlarini 

qalbaki to‘ldirishlarni bir chekkaga qo‘yib turganimizda ham, lavozimda qolish uchun 

Asosiy Qonunni bir necha marta o‘zgartirganining o‘ziyoq uning prezidentligini 

allaqachon halollikdan chiqargan. 

Bir og‘iz to‘g‘ri so‘zini deb kimlardir “konstitutsion tuzumga qarshi” degan 

qo‘rqinchli ayblov olyapti, necha yillarga qamalib ketyapti, biroq amalimda qolay deb 

Konstitutsiyani necha marta buzgan shaxsga nimagadir bunaqa ayblov qo‘yilmadi! 

Ayblash tugul, prezidentning konstitutsion tuzumga ochiq tajovuzini qonun ishlab 

chiquvchilar ham, qonun qo‘riqchilari ham ko‘rmaganga oldi. Bu tajovuzni hamma bir 

ovozdan ma’qulladi, halol hisobladi!.. 

Endi ikkinchi masalaga – mamlakatni boshqarishga layoqatli siyosatchi bormi-

yo‘qmi masalasiga kelsak, o‘rnini bosa oladigan munosib bir kadr topilmasa, demak, 

prezident yaxshi ishlamabdi. U faqat o‘zini o‘ylabdi. O‘rniga munosib kadr tarbiyalash 

o‘rniga, munosiblarni birma-bir yo‘qotish bilan shug‘ullanibdi. O‘ttiz milyonli xalq 

ichidan prezidentlikka loyiq bitta odamning topilmasligi prezident sha’niga eng yomon 

ko‘rsatkich sanaladi. 

Lekin xavotirga o‘rin yo‘q: prezidentlik o‘rni hech qachon bo‘sh qolmaydi, albatta 

munosib bir kishi topiladi va, inshaolloh, hozirgidan yomon bo‘lmaydi! 

 

To‘rtinchi taxminiy savol. Nimaga nuqul prezident? hamma mayda-chuyda 



kamchilikka ham bitta prezident ayblimi? boshqa boshliqlar oppoqmi? 

 

Javob. Bu aytilgan kamchilik va qing‘irliklarda boshqa boshliqlarning ham hissasi 

bor, albatta. Bunga shubha yo‘q. Hatto ayrimlari prezidentning obro‘yini to‘kish uchun 

balki orqadan atay qilinayotgandir – bu ehtimolni ham nazardan qochirmaslik kerak. 

Ya’ni, ayrim salbiy ishlar to‘lig‘icha boshqa boshliqlarning aybi bo‘lishi mumkin. 

Lekin ular kim? Qani ular? Mamlakat ichki-tashqi siyosatida o‘zining mustaqil 

qiyofasi bormi ularning? Kim nima ish qilayotganini, kim qaysi ish uchun javob 

berishini O‘zbekistonda kim biladi? 

Televizorda, masalan, Bosh vazirni hech ko‘ryapmizmi, radioda uning ovozini 

eshityapmizmi? Kunda tugul, haftada tugul, hech bo‘lmasa oyda-yilda bir marta 

o‘zining mustaqil fikr-mulohazasi bilan xalq oldiga chiqyaptimi? Ishni eplayolmasa, 

o‘z xohishi bilan iste’foga chiqqan bitta Bosh vazir bormi bizda?! 

Oliy Majlis raisi-chi? Bo‘layotgan-bo‘lmayotgan ishlar haqida nahot uning bir og‘iz 

mustaqil fikri yo‘q? Chiqargan qonunlari hayotda ishlayaptimi-yo‘qmi – nimaga hech 

hisob bermaydi? 

Milliy xavfsizlik xizmati boshlig‘i ham siyosiy sahnada ko‘rinmaydi. Ichkarida va 

tashqarida bo‘layotgan ishlar haqida qachon qaysi muxbir bilan suhbatlashdi? 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

385 


Mamlakatda barcha ish silliq ketmayotgandir ‒ nimaga bu haqda indamaydi? Davlat, 

milliy xavfsizlik masalalari birinchi galdagi vazifasi bo‘lgani holda necha yillardan 

beri faqatgina prezident oilasining tinchi va manfaatini himoya qilib kelayotgani bu 

mo‘‘tabar tashkilotning obro‘yini to‘kdi. 

Ichki ishlar vaziri-chi? Yigirma yildan beri “diniy jinoyatchilar”, “oqimlar”, 

“terrorchi guruhlar”, “konstitutsion tuzumni o‘zgartirmoqchi bo‘lganlar”ga qarshi yeng 

shimarib ishlayotgan sohaga boshliq bo‘lsa-yu, biz uning hatto qiyofasini tanimasak! 

Tanib ulgurmasimizdan bir nechtasi almashib ketaversa! 

Tashqi ishlar vazirini-ku hech kim tanimaydi! Bormi shunaqa odam o‘zi? Agar 

rasmiy xabarlarga ishonsak, yigirma yil narilarda “mustaqil”likka erishganmiz. Dunyo 

bizni tanidi. Biz dunyoga ochildik. Bordi-keldilar, oldi-sotdilar bo‘lib yotibdi. Kamiga 

aylanasiga yonqo‘shnilarimiz bilan og‘izaki urush holatidamiz. Birgina Afg‘oniston 

masalasi O‘zbekistonning tashqi siyosatini olamga tanitishi kerak edi. Ammo biz na 

vazirlikni bilamiz, na vazirimizni taniymiz! Biron marta dunyo voqealarini sharhlab 

chiqdimi, tevaragimizda bo‘layotgan mojarolarga mustaqil munosabatini bildirdimi?! 

Yigirma yil ichida tashqi ishlar bo‘yicha nechta vazir ishlagan bo‘lsa, xalq ularning 

birontasini tuzukli ko‘rmadi, tanimadi. Ya’ni, u nima ish qilib o‘tganini bilmay ham 

qoldi. 


Va hokazo. Oliy sud raisi qani, Bosh purkuror qani, har bir soha vaziri, viloyat 

hokimlari qani? Bular hech biri ko‘rinmasa, qaysi ishni qoyillatdiyu qaysi ishni 

eplayolmaganini bilmasak, nimani so‘raymiz ulardan?! 

So‘z aytish erkin bo‘lgan davlatlarda xalq o‘z boshliqlarini yaxshi taniydi. 

Televizorni qo‘ying, chet el xabarlarini ko‘ring, har bir ishga o‘zining egasi javob berib 

turganini ko‘rasiz. Demak, o‘sha mamlakatlar xalqi qaysi siyosatchi-boshlig‘i nima ish 

qilayotganini doim bilib turadi, yutuqqa erishsa, o‘shani taqdirlaydi, xatoga yo‘l 

qo‘ysa, o‘sha siyosatchi-boshliqning o‘zidan hisob so‘raydi. 

O‘zbekistonda bunaqa emas. O‘zbekistonda hech kim yo‘q, bitta prezident bor! 

Hech kim ishlamaydi, bitta prezident ishlaydi! Siyosat pog‘onalarida undan boshqa 

hech kim ko‘rinmaydi, hamma pog‘onada, hamma ish ustida faqat u! Nima yaxshilik 

bo‘lsa, Bir Kishi oti bilan bog‘lanyapti. Tashabbuschisi ham o‘zi! 

Bu gaplarni o‘zimdan chiqarib aytayotganim yo‘q. OAV har kuni faqat shu haqda 

yozadi, gapiradi. Havo qulay kelib hosil mo‘l bo‘lsa ham, baliqlar daryoda har 

qachongidan ko‘proq urug‘lasa, tovuqlar katakda har qachongidan ko‘proq tuxum 

qo‘ysa ham... prezidentning dono siyosatiyu tashabbusi bilan deb taqdim etyapti! 

Deylik, prezident sportni rivojlantirishga alohida e’tibor bermaganida bironta 

sportchi ichki yo xalqaro maydonlarda yuta olarmidi? Yo‘q! 

Prezident shaxsan qishloq xo‘jaligiga g‘amxo‘r bo‘lmaganida bechora fermerning 

holi ne kechardi?! O‘tirib qolardi! 

Prezident bevosita o‘zi imkoniyat yaratib bermasa, yoshlar ilm ololmay ko‘cha-

ko‘ylarda sanqib-sandiroqlab yurmasmidi?! Battar bo‘lardi!.. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

386 


Xullas, gazet-jo‘rnol o‘qisangiz, tele-radioga va minbarlarga quloq solsangiz, 

mamlakatda jonini jabborga berib ishlayotgan, kecha-kunduz xalq dardini 

chekayotgan, “elim deb, yurtim deb yonib” yashayotgan odam bitta ekani ko‘rinadi. 

Oliy Majlis boshlig‘i ham, Bosh Vazir ham, jurnalist (savol beruvchi) ham, javob 

beruvchi ham, purkuroru sud ham, mayda qonunlardan tortib Asosiy Qonungacha ham 

faqat shu Odam! 

Bunday vaziyatda, tabiiy, prezident o‘zi yaratgan tizimning eng katta qurboni o‘zi 

bo‘ladi. Yigirma yildan beri el-yurtga “Hamma ishni men qilyapman, hamma yutuq 

meniki!” deb ko‘rsatyaptimi, demak, hamma kamchiligu qing‘irlik ham uniki bo‘lib 

chiqadi! Uning bo‘yniga ilinadi. 

Yigirma yildan buyon prezident siyosiy maydonda o‘zidan boshqa hech kimni el 

ko‘ziga ko‘rsatmagan va hamon ko‘rsatmayotgan bo‘lsa, boshqa siyosatchi-

boshliqlarni xalqdan panada tutgan va hamon panada tutib kelayotgan bo‘lsa, bunday 

sharoitda hisob-kitobni bitta prezidentdan so‘rashdan boshqa nima ilojimiz qoladi? 

Hammasi uchun bitta prezident aybli bo‘lib chiqaversa, ayb kimda?!  

Ushbu kitobda esga olingan xunuk ishlar aslida borlaridan bir chimdim, xolos. Har 

bir soha mutaxassislarigina biladigan, orqasidan tushilsa shir-shir ochilib ketadigan 

yana qanchadan-qancha ayblar bor! Shularning bariga bitta o‘zi javob berishiga to‘g‘ri 

keladi! 

Bunday tuzumni o‘zi qurdi, qulasa ham o‘zining boshiga qulaydi. O‘zi pishirgan 

oshni xalq o‘ziga yediradi. 

 

Beshinchi taxminiy savol. Hech bir yorug‘lik yo‘qmi? Nuqul tanqid bo‘lib qolibdi, 



“mustaqillik” yillari erishilgan yutuqlar sira eslanmabdi... 

 

Javob. Yorug‘lik bor. Nega bo‘lmasin! Mamlakatda yaxshi ishlar qilindi va bundan 

keyin ham qilinadi. Taxtda kim o‘tirishidan, u shaxsning rangi, tusi qanday bo‘lishidan 

qat’i nazar, birinchidan, yaxshi kishilar hisobiga mamlakatda hamisha yaxshi ishlar 

ham bo‘lib turadi, ikkinchidan, har qanday mustabid tuzum, har qanday zolim diktator 

ham o‘zidan yaxshi izlar qoldirgisi keladi. Dunyo tarixi va tajribasi bunga misol. 

Uzoqqa bormaylik. Kechagi SSSRni bugun biz “mustabid davlat edi” deyapmiz. 

Istalin o‘taketgan zolim, qonxo‘r bo‘lgani ham haqiqat. Ammo SSSR davlati ayni u 

boshliq bo‘lgan yillari olamshumul yutuqlarga erishdi: tarixda ilgari o‘xshashi 

bo‘lmagan yangicha tuzumning oyoqqa turishi; mamlakatning sanoatlashuvi... Ikkinchi 

jahon urushidagi g‘alaba... Undan keyingi davrlarda: ilm-fan yuksalishi, televideniye 

kashf etilishi, koinotga ilk uchirilgan sun’iy yo‘ldosh, ilk uchirilgan itlar, ilk uchirilgan 

odam, ochiq fazoga ilk chiqish, harbiy kuch-qudrat, nihoyat, urushdan charchab 

chiqqan SSSRning qisqa muddat ichida qudratda dunyoning ikkinchi davlatiga 

aylanishi... va hokazo. Ammo, shuncha ulkan yutuqlarga qaramay, umumiy baho 

baribir g‘ayriinsoniy tuzumga, xalqi boshiga keltirgan kulfatlarga qarab berildi!  


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

387 


O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar mamlakati. Qadim tarix, boy madaniy-ma’naviy-

ilmiy meros, qulay iqlim, tabiiy sharoitlar, yerosti va yerusti boyliklari, ilmiy salohiyat, 

kuch-qudrat, va nihoyat, mehnatkash xalqimiz... 

Bunday sharoitlar bilan moddiy va ma’naviy o‘smaslikning o‘zi uyat.  

Iqtisodda erishilgan eng katta yutuqlardan biri, shubhasiz, avtomobilsozlikdir. 

Bugun mamlakat ko‘chalarini o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan moshinalarsiz tasavvur 

etib bo‘lmaydi. Asaka moshinalari yurt qiyofasini keskin o‘zgartirib yubordi. 

Kechagina sig‘inib yurganlarimiz – yengil moshinalarning qiroli sanalgan “GAZ – 

24”u “GAZ – 31”lar va yengil moshinalarning malikasi sanalgan “Jiguli” bugun 

o‘zimizning Asakada ishlab chiqarilayotgan moshinalar oldida yuk tashishdan 

boshqaga yaramay qoldi. Taraqqiyot qonuni shu o‘zi. Biroq... 

Biroq bu moshinalar ham ertaga yovuz tuzumning joniga ora kirmaydi, kirolmaydi. 

Qaysi yo‘l va qanaqa usullar bilan bo‘lmasin, shaharlarimiz yangilanayotgani ham 

bor gap. Qadimdan qolgan yodgorliklar ta’mirlanib, obod qilinyapti

254

. Lekin bu ishlar 



hammasi sovetchasiga – shosha-pisha va urho-urchilik bilan bajarilganidan uzoqqa 

bormayapti. Sifat o‘rniga tezlik birinchiga qo‘yilayotgani

255

 uchun bitar-bitmas qayta 



ta’miri boshlanyapti. Oshkoralik yo‘qligidan bir kimsa: “Shuncha mablag‘ qayoqqa 

ketdi?! Kimlarning aybi bilan yana shuncha mablag‘ sarflanyapti?!” deb so‘ray 

olmaydi. 

Misol uchun: 

– Farg‘ona vodiyini mamlakatning boshqa viloyatlari bilan bog‘laydigan Qamchiq 

dovoni necha yil “qurildi”? “Bitgan”iga necha yil bo‘ldi? Bitganmi o‘zi? Bilmadim. 

“Bitgan”idan beri ta’mirlanadi! Yanayam to‘g‘rirog‘i, hali bitib ulgurmasidan qayta 

qurish boshlangan! 

Dovon yo‘li yetarli mablag‘ ajratilib biryo‘la yaxshi qilinmagani evaziga, mana 

endi, uch... besh... o‘n barobar ortiq mablag‘ ketkazib yirtiqlar yamab yotilibdi, bir 

yirtig‘i yamalgunicha yangi-yangi joylari yirtilib ketyapti. Qurilish mafkurasi 

o‘zgarmasa, bu ketishda hech qachon uzil-kesil bitmaydi... 

– Toshkentda Alisher Navoiy ko‘chasi bo‘ylab shoshilinch qurilgan qator oq uylarni 

olaylik. Poytaxtni bezab tushdimi shular? Aslo! Qanday o‘ziga xos tomoni bor? Hech 

qanday! Rastadan bo‘shagan besh-olti yuz metrlik bo‘sh yerni to‘sish kerak bo‘ldi, 

to‘sildi, xolos. O‘nta uy emas, uzun bitta devor qurildi go‘yo. Shakli bir xil, rangi bir 

xil. Me’morlik nuqtai nazaridan qadrsiz, tarixiy ko‘chaning ham qadrini tushirdi. 

Devor shaklida qurilgani uchun yo‘lni siqib tashlagandek taassurot uyg‘otadi. 

Holbuki, o‘rniga yigirmatacha bino, yigirma xil me’moriy yechim bilan, 

shoshilmasdan, kelajakni o‘ylab, bu ko‘cha Toshkentning eng so‘lim va tarixiy 

                                                

254


 “Ziyoratgoh” eskidan bor bo‘lsa ta’mirlanib, yo‘q bo‘lsa yangidan qurilib yotibdi. Yuzaki qaralsa, ijobiy ishga 

o‘xshaydi, ammo mulohaza bilan boqilsa, tagi shiltaligi bilinadi. Chunki odamlarni Yaratgandan uzib qabrga 

topintirilayotgani katta bir kulfat bo‘lsa, u “ziyoratgoh”larga “ehsonquti”lar tikib tashlab, har biri yoniga bittadan 

“shayx”ni o‘tqazib qo‘yib, sho‘rlik elning teshik cho‘ntagi battar shilinayotgani kulfat ustiga kulfatdir. 

255

 Hech bir yirik qurilish o‘z maromida bitkazilmaydi, albatta “mustaqillik” kuniga bitishi kerak! 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

388 


ko‘chasi ekanini hisobga olib, xilma-xil tartibda loyihalashtirib, baland-baland etib 

qurilganida edi, shahar ochilib ketardi. 

Hozir-chi, istarasiz, sovuq. Ilgari rosa gavjum bo‘lgan ko‘chadan bugun hech kim 

yurmay qo‘ydi. Dabdaba bilan ochilgan ikki qavat do‘konlar bo‘m-bo‘sh, xaridor 

yo‘q... 

– Eski shahardagi “Hazrati Imom” majmuasi ham kelgan-ketganga g‘oyat qisqa 

muddatda qurilgani bilan maqtaniladi, ammo qurilganidan buyon qayta-qayta 

ta’mirlanayotganini birov aytmaydi. Machitning ikki yonboshida begonasirab turgan 

ellik to‘rt metrlik ikki minora na san’at asarilikka va na me’moriy yodgorlikka yaraydi. 

Qoshidagi kungurasi bilan boshidagi gumbazchasini demaganda, nari borsa, katta 

kimyo zovutining mo‘risini eslatadi, xolos. 

Bu gaplarni havodan olmayapman, chinakam vatanparvar me’morlar fikriga 

suyanib gapiryapman. 

Yana takror aytaman: mamlakatda ijobiy ishlar ham bo‘layotganiga qaramay, baho 

O‘zbekistonda o‘rnatilgan yakkahokimlik tuzumiga, boshqarishning xunuk tizimiga va 

bu tizim mamlakat hayotida qoldirayotgan salbiy izlarga, moddiy va ma’naviy 

zararlarga ko‘ra beriladi. 

“Nuqul tanqid bo‘lib qolgan” deyishga shoshilmang. Yutuqlarni bilamiz, ko‘rib 

turibmiz. Ular haqida har kuni, har soat, har daqiqada gapirib, yozib yotishibdi. 

Boricha aytish yetmay, ko‘pirtirib-gupirtirib, yopishsa-yopishmasa prezident nomiga 

bog‘lab, uning xurjunidan ortib qolganlarini “istiqlol”u “mustaqillik sharofati”ga 

yopishtirib, qo‘shib-chatib, og‘izlaridan ko‘pik sachratib gapirishyapti. 

Bo‘kdik bunaqa maqtovlarga. Oshqozonlarimiz hazm qilmay qo‘ydi. Ko‘ngillar 

ag‘darilib, qusish darajasiga yetdik.  

Ko‘pirtirish va gupirtirishlar hatto teskari natija berdi: yutuqning chiniga ham 

odamlar ishonmaydigan, mazax qilib kuladigan bo‘lib qoldi. Kimo‘zarga qilinayotgan 

hamdu sanolar oxir-oqibatda o‘zlariga qarshi ishladi – el ko‘zida davlatning ham, 

davlatboshining ham, “mustaqillik”ning ham qadri tushdi! 

Lekin shu damgacha hech kim bir og‘iz: “Hoy, maqtovni rosa oshirib yubordik-ku!” 

demadi. Jiddiy kamchiliklarga birov e’tibor qaratmadi. Ichkarida turib endi bir marta 

tanqid qilinsa, darrov pisillab: “Voy-bo‘, nuqul kamchilik yozilibdi! Muncha-a? 

Mamlakatda bironta yaxshi ish qilinmayaptimi?!” deyish adolatdan emas. 

Ya’ni, maqtovning marrasi oshirib-toshirib bajarib bo‘lindi, xirmoni ko‘kka 

yetgudek uyib tashlandi, endi ozginagina va bor-yo‘g‘i bir martagina qilinayotgan 

tanqidga chidash kerak, demoqchiman. 

Ya’ni, e’tiroz ham halol bo‘lsin, demoqchiman. 

Aslida, tilga olingan ishlarni kamchilik desak haqimiz ketadi, qip-qizil 

sharmandalikdir. Hamda dengizdan tomchi, xolos. Bunaqa sharmandali ishlardan yana 

o‘nlabi, yuzlabi, minglabi qog‘ozga tushmay qolib ketdi. Biz bilmaganni xalq bilib 

turibdi. Biz eplayolmaganni bizdan kuchli va bizdan bilag‘onlar bizdan oshirib yozadi 

hali. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

389 


Har bir mavzuga qo‘l urar ekanman, bor narsani boricha yozishga harakat qildim. 

O‘zimdan to‘qimadim. Tag‘in ham rosa ayab yozdim. Vijdonini yutmagan kishi bitta 

ham yolg‘on topa olmaydi. 

To‘g‘rimi shu ishlar?! 

Davom etaversinmi shunday?! 

Buncha qing‘irliklarga nimaga rozi bo‘lishimiz kerak?! 

Odamlar orasida tushkun kayfiyat seziladi. Butun bu ko‘rgiliklar uchun aybni 

xalqimizning o‘ziga xosligidan, mentalitetidan axtarishga moyillik bor. 

Yurt ichida ham, chetda yurganlar orasida ham “Xalqimiz o‘ta mute, dinimiz sabrga 

chaqiraverib pachag‘imizni chiqarib tashlagan” deganga o‘xshash xato mulohazalarga 

boradiganlar ancha-munchani tashkil etadi. Tarixni unutishdan, o‘zini ko‘rib, dunyoni 

hisobga olmaslikdan keladi bunaqa xato mulohazalar. 

Aslida, xalqimizda ham, dinimizda ham ayb yo‘q. Agar faqat musulmon o‘zbek 

xalqigina mute, har qanday zulmga rozi bo‘lib ketaveradi, deb o‘ylaydigan bo‘lsangiz, 

butun tarix davomida dunyo bo‘yincha kechgan diktatorlik tuzumlarini bir-bir eslang. 

U mamlakatlar aholisi na o‘zbek, na musulmondir. 

Bugun o‘zini eng demokratik tuzum quruvchisi deb maqtanayotganlar ham yaqin-

yaqinlargacha o‘taketgan diktator qo‘l ostida mute edi! Dunyoning deyarli hamma 

millati zolim tuzumni boshidan kechirgan va hammasi o‘z vaqtida diktatorlariga 

qarshilik qila olmagan. 

Demak, bugungi tushib qolgan holimizga o‘zbekchilikning ham, 

musulmonchilikning ham hech qanday aloqasi yo‘q. 

Shimoliy Quriya xalqi Kim Ir Senigayu Kim Chen Ыniga qanday mute bo‘lsa, 

sovet davrida ikki yuz ellik milyonli xalq Lelinu Istalinga xuddi shunaqa mute edi. 

Hali eslarimizda turibdi. Harbiy diktator Pol Potning xalqi kampuchiy, general 

Pinochetning xalqi chililik, general Frankoning xalqi ispan, fashist diktator 

Mussolinining xalqi italiyon, millatchi diktator Ado‘lf Hitlerning xalqi nemis va, 

nihoyat, kommunist diktator Istalinning xalqi sovet – bular bari diktatoriga itoatli va 

sadoqatli emasmidi?! 

Nafaqat itoat etar, balki ko‘chalarga, maydonlarga to‘planib har biri o‘z diktatorini 

tinimsiz olqishlar, shaxsiga sig‘inar va bu bilan uning hokimiyatini battar kuchaytirib-

quturtirib berar edi

256



Holbuki, u xalqlar o‘zbek ham, musulmon ham emas! 



Diktatorlik va zolimlik bironta millatga xos bo‘lmaganidek, zulmga rozilik ham 

milliy xususiyat emas. Boshqacha aytganda, zolimlik ham, ko‘r-ko‘rona mutelik ham 

umuminsoniyatga xos xususiyatdir. Zulm va mutelik insonshunos va ruhshunoslar 

maxsus o‘rgansa arziydigan ijtimoiy hodisadir. 

Xalqimiz o‘ta mute deya tushkunlikka tushadiganlar shu yerda xato qiladi. Xato 

xulosa esa kelgusi qadamlar ham xato tashlanishiga olib keladi. 

                                                

256


 Misol uchun ko‘ring: Gitler. Istoriya odnoy karerы. 1977 J.Fest/W.Rieb. 

https://www.youtube.com/watch?v=NV-UgtakADM

 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

390 


To‘g‘ri, Odam bolasi fitratida itoatga intilish tuyg‘usi bo‘ladi. Mo‘min bu tuyg‘uni 

“Yaratganni axtarish tuyg‘usi” deydi. 

Olmoniyalik juhud tadqiqotchisi Erix Furom uni “Ozodlikdan qochish” deb atabdi. 

Odam yaralganidan beri ozodlikdan qochadi, deb hisoblaydi olim va shu hodisaning 

ruhiy-ijtimoiy ildizlarini o‘rgangan

257


Kimningdir, nimaningdir itoatiga intilish tuyg‘usiga sirtdan qaralsa, Furom 

tushunchasi va talqini to‘g‘riga o‘xshaydi. Ammo bu tuyg‘uning mohiyatiga boqilsa, 

Furom va u kabi liberalcha fikrlaydigan G‘arb olimlari tubdan xato xulosalar 

chiqarganlari bilinadi. Bugun fitratidagi “itoatga intilish tuyg‘usi”ni o‘ldirib, “mutlaq 

ozodlik” sari intilayotganlar, u g‘arblik bo‘ladimi, sharqlik bo‘ladimi, Yaratgan bilan 

bog‘lantisini ham qo‘shib uzib yubordi. “Cheksiz ozodlik”, “inson haqlari” bo‘lib 

tuyulayotgan chiroyli va aldamchi orzular insonning tabiiy hayotini butkul izdan 

chiqardi. “Mutlaq ozodlik” g‘oyasi eshitgan quloqqa yoqimli tuyulgani bilan, aslida, 

inson zotini bir-biriga bog‘layaroq hosil qiladigan butun bir jamiyat bog‘larni uzib 

tashlaydi va... inson hayvon kabi bo‘lib qoladi. “O‘rmon qonuni”, boshboshdoqlik 

o‘rtaga chiqadi. 

Chindan ham, hozirning o‘zida ko‘rinib turibdi: “inson huquqlari” va “cheksiz 

ozodlik” deb o‘ylangan narsalar sarob bo‘lib chiqdi va asli mutlaq hurlik istagan inson 

asta-sekin o‘zi sira kutmagan kimlargadir va nimalargadir oldingidan ham ko‘ra 

battarroq bog‘lanib, hurriyatini qo‘ldan berib, qul bo‘lib qoldi. 

Bu hodisani umumlashtirib, “Ozodlikka qullik” deb atasa bo‘ladi. 

Bu hodisa juda qiziq hodisadir: bugun G‘arb kishisi o‘zi istagan ozodlikka 

erishmadi, aksincha, “ozodlik” keltirgan juda ko‘p kulfatlarning quliga aylandi. 

(So‘zimizni uzoq va misollar bilan sharhlasak bo‘lardi, lekin mavzu boshqa bo‘lgani 

uchun shu yerda qisqa kesdik.) 

G‘arb derkanmiz, tayin bir hududni nazarda tutmayotganimizni alohida 

urg‘ulaymiz. “G‘arb kishisi” deganda fikr, tushuncha, madaniyat, ma’naviyat, 

dunyoqarashlar to‘plami ko‘zda tutilyapti. 

Qolaversa, bugungi G‘arbning o‘zida ham fikrlar bir xil emas. “Mutlaq va cheksiz 

ozodlik” g‘oyasi qanaqa xunuk oqibatga olib kelganini to‘g‘ri baholayotgan 

mutafakkirlar ham bor. Ular ayniqsa keyingi ikki asrdan beri insoniyatni bu xato va 

xatarli yo‘ldan qaytara oladigan bir chora axtarib, jamiyatlarini hayvonlashuv 

jarayonidan asrab qolish masalasi ustida jiddiy bosh qotirib kelmoqda. 

Ha, kishi o‘z ozodligining bir (yoki ko‘p) bo‘lagini boy berishi hisobiga itoat 

yuzaga chiqadi. Ammo, ikkinchi tomondan, shoirning: “Kishan kiyma, bo‘yin egma, ki 

                                                

257

 Erix Zeligmann Fromm (Erich Seligmann Fromm). “Бегство от свободы” (1941). Asarini “Ozodlikdan qochish” deb 



atagan, ammo bechora o‘zi ozodlikdan mutelikka emas, nazariyasiga teskari borib, mutelikdan ozodlikka qochgan. Ya’ni, 

Hitler hokimiyatga kelganidan keyin 1933 yili Jenevaga, so‘ngra 1934 yili Amrikaga ko‘chib ketgan. Ilmda Freyd izidan 

borgan Erix Furom bu asarida G‘arb madaniyati ruhida o‘sgan odamning o‘zimbo‘larlikka talpinishi yolg‘izlikka, o‘zini 

hech kimmas va ojiz deb his etishga olib kelishini ruhiy tahlil orqali o‘rgangan. Biz bu o‘rinda umuman asar haqida emas, 

uning sarlavhaga chiqarilgan g‘oyasidan bahs etyapmiz. 

https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A4%D1%80%D0%BE%D0%BC%D0%BC,_%D0%AD%D1%80%D0%B8%D1%8

5

 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling