Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

283 


Nuriddin Zayniyevni Qashqadaryo viloyatiga prezidentning o‘zi hokim etib 

tayinlagan, undan keyin ancha-muncha ishlar qilingan, buni viloyatga keyinroq 

kelganida prezidentning o‘zi ham e’tirof etgan. Ul-bul ishlar bilan Qashqadaryoga 

borganimizda oddiy xalq tilidan “Zayniyev u qildi, Zayniyev bu qildi!”, “Zayniyev 

kelib hokimga yalchidik!” kabi maqtovlarni biz ham ko‘p eshitganmiz. Xalqining 

ko‘tar-ko‘taridan erib-shishib ketib balki o‘zi ham o‘zi sha’niga shirin so‘z gapirib 

yuborgandir. Mamlakatda hamma yaxshi ishlarni Bir Kishi qiladigan, hamma maqtov 

faqat Bir Kishiga yo‘llanishi qat’iy belgilab qo‘yilgan davlatda bunaqa shakkoklik eng 

katta gunoh-da! Nuriddin Zayniyev mana shu “muqaddas tartib”ni qo‘pol ravishda 

buzgan! Bordiyu boshliq taltaymagan va o‘zini o‘zi maqtamagan bo‘lsa ham, oddiy 

xalq uni maqtay boshlashi “davlatning tamal qoidalari”ga bolta urish bo‘ladi. Agar 

“erishilgan barcha yutuqlarni har qaysi rahbar o‘zining nomi bilan bog‘laydigan 

bo‘lsa, o‘rinli-o‘rinsiz maqtanib gapiradigan bo‘lsa”, davlat boshlig‘i qayoqda 

qoladi?! Prezidentning obro‘yiga soya tushib qolmaydimi?! Axir, OAVni o‘qing, 

tinglang, ko‘ring: hamma ezgu ish tepasida bosh-qosh bo‘lib faqat Bir Kishi – 

“Muhtaram Yurtboshi” turibdi-ku, hamdu sanoga loyiq zot O‘zbekistonda yolg‘iz 

prezident-ku! Har qanaqangi rahbar yoki rahbarcha o‘z hududida “...erishilgan barcha 

yutuqlarni... o‘zining nomi bilan bog‘la”shi, “o‘rinli-o‘rinsiz maqtanib gapir”ib 

yurishi yaxshi emas. O‘ziga qiyin bo‘ladi: “...birinchidan, bunday holat juda xunuk 



ko‘rinadi, ikkinchidan bu (ishi. – N.M.R.) rahbarga hech qachon obro‘ keltirmaydi...” 

Ana, Nuriddin Zayniyev taqdiri bunga o‘rnak – obro‘yi ham ketdi, lavozimi ham... 

Bu kabi misollar boshqa viloyatlarda ham kuzatilgan. 

1. Bundan olti-etti yil burun Qo‘qon shahriga Ma’rufjon ismli yigit hokim etib 

tayinlandi. G‘ayrat bilan ishga kirishdi. Qo‘qonliklar orasida tezda obro‘ qozondi. 

Odamlar shaharda qilingan ko‘p yaxshi ishlarni uning nomi bilan bog‘lay boshlashdi. 

Dong‘i chiqdi. Davlat hushyor va nozik, uning qitiqpatiga aslo tegib bo‘lmaydi. Tabiiy, 

g‘ashlandi. So‘ng nima qildi? Uzun qo‘lini cho‘zib Ma’rufjonni hokimlik kursisidan 

uzib oldi-da, poytaxtga keltirib, gavjumlik ichiga qo‘shib-aralashtirib yubordi. 

Ko‘tarishdi go‘yo. Mana, yuribdi (agar haliyam yurgan bo‘lsa). Nomidan nom-nishon 

ham qolmadi! 

2. Buxoro viloyati hokimi Samoyiddin Husenov lavozimida eng uzoq o‘tirgan 

rahbar edi. Uzoqlikda prezidentdan keyin turardi, xolos. Buxoroda juda ko‘p yaxshi 

ishlar uning nomi bilan bog‘liq. Ayniqsa, eski Buxoro ham, yangi Buxoro ham u 

rahbarlik qilgan davrda tubdan yaxshilandi. Odamlar buni sezdi, ko‘rdi va... gapira 

boshladi: “Samoyiddin aka... Samoyiddin aka...” Chamamda, viloyatda prezident 

nomidan ham ko‘ra uning nomi ko‘proq tilga olinadigan bo‘ldi. Xavfmi? Xavf! Nima 

qilish kerak? Javobini berish kerak! O‘ziyam bitta joyda juda ko‘p o‘tirib qoldi! 

Buyurildi – Buxoro to‘g‘risida material to‘plandi: qaralsa, ko‘p sohalar bo‘yicha ishlar 

pachava ekan... Dabdala... Bular ustiga, o‘g‘li ham ja-a chegaradan chiqib ketibdi 

(negadir bu narsani hushyor davlat oldin sezmay yurganday)... va hokazo. Xullas, 

tajribali, keksa hokim shuncha yillik mehnatlari, hatto prezidentga sadoqatlari ham 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

284 


unutilib, sharmandali ravishda ishdan olindi. Ayrim “shaxsiy, oilaviy kamchiliklari” 

pisanda qilinib, g‘ing demaydigan, qamalib ketmaganiga, sog‘ qolganiga bir kunda yuz 

marta shukr qiladigan etib qo‘yildi

189


Boshqa rahbarlar, rahbarlikka nomzodlar bu voqealardan o‘rnak olishsin. Kechayu 

kunduz tinim bilmay ishlashsa ham, yomon natijani o‘zlaridan bilib, yutuqlarni 

“Muhtaram Yurtboshi”ga yo‘llashsin. Bo‘lmasa, hech qaysi boshliq uzoqqa bormaydi. 

Lekin bir narsa bizni o‘ylantirib qo‘ydi: agar prezidentning “erishilgan barcha 

yutuqlarni har qaysi rahbar o‘zining nomi bilan bog‘laydigan bo‘lsa, o‘rinli-o‘rinsiz 

maqtanib gapiradigan bo‘lsa... birinchidan, bunday holat juda xunuk ko‘rinadi, 

ikkinchidan bu (ishi. – N.M.R.) rahbarga hech qachon obro‘ keltirmaydi...” degan 

gapi chin, samimiy bo‘lsa, o‘ziga ham tegib ketmaydimi bu qoida, deb qoldim. Axir, 

yigirma yildan beri o‘zi o‘zini maqtatib kelyapti-ku? Qashqadaryoda aytgan bu gapini 

ziyrak xalq jaydarichasiga (to‘ppa-to‘g‘richasiga) tushunib, prezidentning o‘zidan ham 

shu gapiga rioya etishini talab qilib qolmasin tag‘in, deb xavotirlandim bir oz. Parchani 

qayta-qayta o‘qib, ko‘nglim joyiga tushdi: hartugul prezident o‘zini nazarda tutmayapti 

ekan! “Tuman, shahar yoki viloyat miqyosida...”gi rahbarlarnigina nazarda tutgan 

ekan. Tuf-tuf-tuf, xayriyat-e, boshimizda soyabonimiz “dono va oqil”-da, do‘ppi tor 

kelganida qochib qolishga bitta tuynukcha qoldirib gapirgan ekan! Sichqon ini 

og‘zicha keladigan tuynuk!  

Demak, “tuman, shahar yoki viloyat miqyosida”gi rahbarlarga “juda xunuk” 

ko‘ringan va “hech qachon obro‘ keltirmaydi”gan hol respublika miqyosidagi rahbarga 

bemalol mumkin: o‘zi ham maqtanaversin, boshqalarga ham o‘zini maqtataversin – 

birov uning mushugini pisht demaydi. Shunday ekan, ey “Xalq so‘zi” boshliq barcha 

matbuot organlari, qanday uslubda ishlab kelgan bo‘lsalaring, xuddi shu uslubda 

davom etaverlaring! Bo‘yash, bejash, maqtash bo‘yicha sizlarga berilgan “so‘z 

erkinligi” bundan keyin ham aslo bo‘g‘ilmaydi! 

Bu “beqiyos g‘amxo‘rlikni” his etgan yozma, bosma, tinglama, ko‘rsatma axborot 

vositalarimiz tevarakka ochiq ko‘z bilan boqmay, vijdonlarini yetti qavat ichlariga 

ko‘mib, hammasi bitta ulkan butaning yuzlab shoxiga bittadan qo‘nib olib, bulbul 

bo‘lib sayrab yotibdi. Qarqunog‘i ham bulbul, qarg‘asi ham bulbul, popishagi ham 

bulbul; eshagi ham bulbul, iti ham bulbul, biti ham bulbul... 



“Istiqlol sharofati va muhtaram prezidentimizning bevosita tashabbuslari bilan 

hamda uzoq-uzoqlarni ko‘zlab yuritilayotgan dono va oqil rahnamoliklarida, yurtimiz 

“mustaqillik”ka erishganining ilk yillaridan boshlab” ...O‘zbekistonda ahvol shu! 

Ya’ni, “istiqlol sharofati va muhtaram prezidentimizning bevosita tashabbuslari 



bilan hamda dono va oqil rahnamoliklarida” ...matbuotimiz mana shu holga tushib 

qoldi! 

                                                

189

 Biz bu uchala boshliqni oq-oppoq deyayotganimiz yo‘q. Yaxshiligi qatorida yomonligi ham bordir, albatta. Kamchilik 



kimda yo‘q. Hatto odamlarga zulm ham qilgandir – bu yog‘ini to‘la bilmaymiz. Bilganimiz – O‘zbekistonda hali bironta 

hokimning bo‘yniga “xalqqa zulm qildi” degan ayb qo‘yilmadi! Bizda zulm uchun ishdan olinmaydi! Aksincha, mansabi 

yuksaltiriladi! 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

285 


Yetar. Kuzatishlarimizdan ayrim xulosalar chiqaradigan dam ham keldi. 

 

Kichik xulosa 

 

O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari eng ko‘p – har kuni o‘nlab, yuzlab marta 



qo‘llaydigan so‘z va iboralardan ayrimlarini takrorlaymiz: 

“Istiqlol sharofati”, “Prezidentimizning bevosita tashabbusi va g‘oyasi asosida”, 

“izchil islohotlar”, “yuksak natijalar”, betakror taraqqiyot”, “tub islohot”, “dono 

rahnamolik”, “yanada rivojlantirish”, “yuksak e’tibor”, “otalarcha g‘amxo‘rlik”, 

“jamiyatni demokratlashtirishni yanada chuqurlashtirish”,”iqtisodiy rivojlanishni 

yanada jadallashtirish”, “izchil ta’minlanmoqda”, “tobora mustahkamlanib”, 

“hayotga izchil tatbiq”, “rivojlanishning “o‘zbek modeli”, “butun dunyo e’tirof 

etmoqda”, “keng qamrovli ishlar”, “izchil va samarali”, “cheksiz g‘amxo‘rlik”, 

“beqiyos e’tibor”, “yuksak samaralar”, “ulkan e’tibor”, “keng ko‘lamli islohotlar”, 

“barqaror va mutanosib sur’atlar”, “samarali milliy model”, “salmoqli natijalar”, 

“islohotlar yanada jadallashmoqda”, “istiqlolning dastlabki yillaridan beri”, 

“salmoqli muvaffaqiyatlar”, “jadal rivojlanayotgan”, “betimsol o‘zgarishlar”, 

“islohotlarning yuksak samarasi”, “izchil davlat siyosati”, “boshqa mamlakatlar 

uchun namuna”, “ulkan iqtisodiy o‘sish” va hokazo, va hokazo... 

Ommaviy axborot vositalarimizga quloq solsangiz va ularning so‘ziga ishonsangiz: 



“Prezidentimizning bevosita tashabbusi va g‘oyasi asosida” O‘zbekistonda hamma 

sohada har kuni “izchil islohotlar olib borilmoqda”! (Savodsizlik: islohot hech qachon 

olib borilmaydi, qilinadi!) 

“...rivojlanish yanada jadallashtirilyapti”! (“Yanada jadal rivojlantirilyapti” tarzida 

yozilsa ham go‘rga edi!) 



“...jamiyatni demokratlashtirish tinimsiz chuqurlashtirilyapti!” (Chuqurlashtirib-

chuqurlashtirib, oxiri demokratiyani tubsiz go‘rga tiqadi, shekilli! Zotan, go‘rga tiqib 

bo‘lingan ham.) 

Bu va shu kabi jujur jumlalarni sinchiklab o‘qing, mag‘zini (agar bor bo‘lsa) 

chaqishga urinib ko‘ring va... bir zum tasavvur qiling: 

1. “Izchil islohot” degani nima degani? “Isloh”ning lug‘aviy ma’nosi “tuzatish” 

ekanini e’tiborga olsak, nimani tuzatyapmiz? Yana uning ustiga, izchil, tinimsiz, 

tubdan, har kuni, har nafas? Buni bilmadim nima deyiladi, aslo “tuzatish” deyilmaydi! 

Tasavvur etyapsizmi: izchil, tinimsiz, tubdan, har kuni, har nafas tuzatilyapti, 

tuzatilyapti, tuzatilyapti! Ya’ni, yamayapmiz – yirtilib ketyapti, tuzatyapmiz – buzilib 

ketyapti, tiklayapmiz – yiqilib tushyaptimi demak? Bir marta isloh qilsak (tuzatsak)-da, 

besh-o‘n yil natijasini ko‘rsak bo‘lmaydimi? Oqlamasa, natija biz kutganimizcha 

chiqmasa, ana undan keyin yana islohga kirishsak bo‘ladi-ku?! 

2. “Rivojlanish har kuni jadallashaversa”, allaqachon butun dunyoni changimizda 

qoldirib ketishimiz kerak edi. Hol bu ki, aholining 20 foizga yaqini qashshoq yashaydi; 

yarmi amal-taqal kun ko‘radi; qog‘ozda emas, hayotda ishsizlik eng baland cho‘qqida 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

286 


– kollej va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari sohasi bo‘yicha ish topolmay sarson-

sargardon; yoshlarning 50 foizi (desa bo‘ladi) bola-chaqasini va ota-onasini boqish 

ilinjida chetlarda ish axtarib yuribdi; ayollar bir tishlam non uchun tanini sota boshladi; 

maktab va kollej o‘quvchilari orasida buzuqchilik uchiga chiqdi, giyohvandlik, zino 

ko‘payib ketdi, yosh-yosh qizchalar homilali bo‘lib qolyapti; odamlar topayotgan 

daromadning katta bo‘ldagi ishlab chiqarishdan emas (avtomobilsozlik mustasno), 

tijorat va mardikorchilikdan kelyapti; mamlakat yo‘llarining 70 – 80 foizi talabga 

javob bermaydi, dabdala, ko‘p joylarda haliyam sovet yo‘llarida yuribmiz, xayriyat, 

qishloqlarimiz yo‘llarigacha aspallab ketgan ekan “mustabid tuzum”, o‘shandan beri 

tuzatilmagan-yangilanmagan... 

3. Davlat “jamiyatni demokratlashtirish, demokratlashtirishni chuqurlashtirish, 

chuqurlashtirishni jadallashtirish” bilan tinimsiz shug‘ullanishi (aslida, hayotda 

buning aksi, biz matbuot ta’rifini keltiryapmiz, xolos) yanada ishonarsiz. 

Bu gap rost bo‘lganida, boshqacha fikrdagilar ta’qib-tazyiq qilinmas edi; muxolif 

fikrlarga teng va keng yo‘l qo‘yilardi; xalqqa noroziliklarini erkin ifodalash huquqi 

berilardi; Andijondagi tinch namoyish o‘qqa tutilmagan bo‘lardi; fikrlar xilma-

xilligidan qo‘rqmasdan, mamlakat rivojiga xizmat qildirilar edi; qamoqlarda siyosiy 

mahbuslar bo‘lmasdi; muslimalar xohishlariga ko‘ra kiyinishar, hijoblilar ishlardan, 

o‘qishlardan haydalmas edi; dinini mahkam ushlaganlar qamoqlarga tiqilmasdi, hali 

qamalmaganlar har kuni qamalish xavfi ostida yurmagan bo‘lardi... 

Xullas, O‘zbekistonda demokratiya shunchalik chuqur va rivojlangan bo‘lganida 

ichkaridan tashqariga qochish emas, tashqaridan ichkariga talpinish kuchaygan 

bo‘lardi. Xalqimizning bir bo‘lagi O‘zbekistondan qochib chetellarga sig‘inib bormas, 

aksincha, o‘zining yurtida quvg‘inu tazyiqqa uchragan chetellik mazlumlar 

“demokratiyasi to‘xtovsiz va izchil rivojlantirilayotgan O‘zbekiston”dan boshpana 

topgan, bu yerda emin-erkin yashayotgan bo‘lardi! 

Bironta shunaqa hodisa uchradimi hozirgacha bizda?! 

Voqelik buning teskarisi. 

O‘zbekistonda “mustaqillikning ilk yillaridan beri” bu shirin orzuning tom tersini 

ko‘rib turibmiz. Ko‘ra-bilaturib ommaviy axborot vositalarimiz izchil va tinimsiz, 



yuksak pardalarda karnay-surnay chalishda davom etyapti! 

“Hamma soha bo‘yicha O‘zbekiston erishayotgan yutuqlarni, mamlakatda tinimsiz 

va uzluksiz amalga oshirilayotgan islohotlar natijasini” gazetdan o‘qigan zahoti bosh 

ko‘tarib o‘z turmushingizga, qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shni va boshqa har bir 

vatandosh ahvoliga qarasangiz, bir-biriga butkul to‘g‘ri kelmaydigan ikki qarama-

qarshi holni ko‘rasiz. Sovet zamonining baxt va shodlik kuychisi Hamid Olimjon 

so‘zlari ozgina o‘zgartirilsa, “Zaynab va Omon”ning (“Ichkarida o‘zga hol edi, Zaynab 

uchun o‘zga fol edi” degan) mashhur ikki satri 

 

“Mamlakatda o‘zga hol edi, 



Matbuotda o‘zga fol edi...” 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

287 


 

shakliga keladi va buni bemalol “O‘zbekiston madhiyasi” qilib olsa bo‘ladi. 

So‘zning qisqasi – odamlardan “jiddiy matbuot” haqida fikrini so‘rasangiz, bularda 

o‘qiydigan narsa yo‘q, deb lo‘ndasini aytib qo‘yaqoladi. Hatto bir gal gazet 

do‘konchilaridan biri tele orqali: “Bu gazetlarni odamlar u-bu narsani o‘rab sotish 

uchun oladi”, deb yubordi. Demak, saviyasi past. Demak, tussiz. Demak, sayoz. 

Demak, sariq. 

Ammo bu yoqda, boshda “Darakchi” o‘laroq, o‘nlab, yuzlab mayda, sariq, tussiz 

matbuot turibdi, ular oldida bularni qandayiga “sariq” deymiz?! 

Mundoq qaraganda, “sariq” deb atalayotgan gazet-jo‘rnollarni odamlar o‘qiyapti, 

unga qiziqyapti. El qiziqib o‘qiyotgan matbuot turi “sariq” bo‘ladigan bo‘lsa, adolat 

bilan tan olishi kerak, hech kim sevib o‘qimaydigan, davlat idoralari orqali majburan 

obuna qildiriladigan “jiddiy matbuot” hatto sariqlikka ham tortmasligi bilinib qoladi. 

Bularni hatto “sariq” desak haqimiz ketadi. 

Demak, ular sariq emas, sap-sariqdir! Tussiz emas, o‘ta tussizdir! Sayoz emas, 

chidab bo‘lmas darajada sayozdir! Tuzsizdir! Mazasizdir! 

“Adolat” gazetining 2011 yil 21 fevral sonida “Ommaviy axborot vositalari – 

jamiyat ko‘zgusi” degan sarlavha uchradi. Shuncha soxta, yolg‘on gaplar ichida to‘g‘ri 

gapni o‘qisa, odam birdan g‘alati bo‘lib ketarkan. 

Chindanam, ommaviy axborot vositalari jamiyat ko‘zgusidir. Ko‘zguning ayanchli 

va sharmandali ahvolini ko‘rdik, demak, jamiyatimizning ahvoli ayanchli va 

sharmandalidir! Chunki ko‘zgu jamiyatda borini ko‘rsatadi. 

Biz “Xalq so‘zi” timsolida “jiddiy matbuot”imiz qozonida borini cho‘michga 

chiqardik, xulosani har kim o‘zi qilsin. Matbuotimiz betiga ko‘zgu tutdik, o‘zini ko‘rib 

olsin, dedik... 

Tanqidimiz to‘g‘ri tushunilsin: bu gaplarda jurnalistlar vazifalarini eplayolmayapti 

degan kabi ma’no yo‘q. Bosh muharrirlari ham xafa bo‘lishmasin, biz ularni shaxsan 

tanqid qilmayapmiz. Bilamiz, o‘rinlarida boshqalar ham aynisini qilar, ya’ni, 

ko‘ngildagidek ishlay olmas edi. Burunduq o‘z qo‘llarida bo‘lsa, matbuotni gullatib 

yubormasmidilar! 

Gap umuman jurnalistikani, matbuotni qul holiga olib kelib qo‘ygan tuzum haqida 

ketyapti. Erkin so‘z aytish imkoni berilganida gazetchilar qo‘lidan nimalar kelishini 

sovetning oxirgi payti – qayta qurish yillari, oshkoralik chog‘i ko‘rsatishgan. 

Lekin mafkura sohasi shunaqa ayanchli holga tushib qolishida biz ziyoli-jurnalistlar 

ham ayblimiz, albatta. Eng katta aybimiz – fikriy qullikka o‘zimiz rozi bo‘ldik, 

maddohlik vazifasini bo‘ynimizga majburiy qo‘ya boshlashganida unga qarshi 

kurashmay, o‘z ixtiyorimiz bilan bo‘ynimizga oldik va allaqachon bu holimizga 

ko‘nib-ko‘nikib ketdik. 



 

 

 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

288 


O‘n to‘rtinchi ko‘chat 

Oqposhshoga bukilgan bellar 

 

Sovet davlati yetmish to‘rt yil umuman dinlarga, jumladan Islom diniga qarshi 



kurashib keldi. Albatta, bundan “qayta qurish” pallasida dinga erkinlik berilgan to‘rt-

besh yil sal mustasno. 

Dinga qarshi kurashida sovet samimiy edi. U: “Olloh yo‘q!”; “Payg‘ambarlar 

afsonaviy shaxslar”; “Kitoblar ilohiy emas, ularni odamlar yozgan”; “Faqat ko‘rib 

turganimiz shu dunyo bor, boshqa dunyo yo‘q”; “Odam o‘lganidan keyin qayta 

tirilmaydi, chirib yo‘q bo‘lib ketadi”; “Oxirat yo‘q, jannat yo‘q, do‘zax yo‘q – bular 

bari cho‘pchak!” deb o‘z qarashini ochiq bayon qilgan va nazarida eskilik sarqiti bo‘lib 

tuyulgan dinga qarshi ochiq kurashgan. 

“Mustaqil” O‘zbekiston davlati boshlig‘i “mustaqillik”ning ilk yillari Gorbachning 

qayta qurish davri ta’sirida dinga tegmadi, aksincha, hatto o‘zini moyilday tutdi. Hatto 

umra ziyoratini ado etdi. Boshini sajdaga qo‘ymagan bo‘lsa-da

190


, Ka’ba ichida ikki 

rakat “namoz” o‘qidi (chidab turib berdi!). 

Ammo asta-sekin va nimagadir ‒ ichki yo tashqi sabablar bilanmi yo shaxsida bir 

illat bormi, ishqilib dinga dushman mavqe ola boshladi. Sovetdan farqi – qarshiligida, 

dushmanligida samimiy emas ‒ yashiradi. Bu tomoni bilan sovetdan o‘ta xavflidir. 

Sovet xudosizligini bekitmasdi, “mustaqil” O‘zbekiston davlati bekitib kelyapti. 

So‘zda “Olloyi taollo bor” deydi, “Dinga ishonamiz” deydi, “Islom dini 

qadriyatlarimiz  manbai” deydi, ammo amalda tom teskarisini qiladi.  

Ayniqsa, 1995 – 96-yillardan bu yog‘idagi ishlari, yuritayotgan diniy siyosati bu 

davlatning chin yuzini ko‘rsatdi

191



                                                



190

 1992 yilgi haj chog‘i Haram yaqinida poliz mahsulotlari sotadigan bir do‘konchi bilan tanishib qoldim. O‘tgan asr 30-

yillarida ota-onasi sovetdan qochib Afg‘onistonga borib qolgan o‘zbeklardan ekan. O‘sha yigitning hikoyasi hech 

esimdan chiqmaydi. Mavzuimizga tegishli yerinigina keltiraman: “Hijratdagi biz o‘zbeklar Vatan sho‘‘raviy qo‘lidan 

qutulganiga boshimiz ko‘kka yetdi. Ayniqsa, endi tepamizda o‘zimizning podshohimiz bor deb har qayerda ko‘kragimizni 

kerib yuradigan bo‘ldik. Jumladan, Islom Karim janoblarining Saudiyaga kelishlari bu yerdagi barcha vatandoshning 

ko‘ksini tog‘dek ko‘tardi. Bu holatning nimaligini uzoq yil hijratda yursangiz bilasiz. Axir, qirollik aholisi bilan tengma-

teng gaplashadigan millatga aylangan edik biz ham! Fahd ibn Abdulaziz yurtimizga hurmatan prezident janoblari boshliq 

o‘zbekistonlik mehmonlarga Ka’ba eshigini ochib berganida yana quvondik! O‘zi bu tashrifga Saudiya qirolligi juda katta 

e’tibor qaratdi, har bir qadamni televizio‘n ko‘rsatib turdi, biz yuraklarimiz hapriqib izladik. Lekin namoz payti... 

Televizio‘n Ka’ba ichidagi namozni ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘liq olib berdi. Bir palla imom sajdaga bordi, orqadagilar 

ergashdi. Prezident ham enkaydi, qo‘lini yerga tiradi, biroq... boshini sajdaga qo‘ymadi! Shu enkaygan ko‘yi bir o‘ngiga, 

bir chapiga boshini burib (qolganlar nima qilyapti ekan deyayotganga o‘xshab) alanglay boshladi. Arablar oldida biz 

vatandoshlar yer yorilmadi, kirib ketmadik. Koshki ko‘rsatmasa edi deymiz. Aksiga olib, kameramanlar nuqul prezidentni 

ko‘rsatib yotibdi! Sharmanda bo‘ldik...” 

Afg‘onistonlik muhojir, mujohid (sovetga qarshi urushgan ekan!) o‘zbekning so‘zlarini aynan keltirdim. Bu voqea menga 

ham alam qildi. Lekin men vatan ichidagi vatandosh bo‘lganim uchun prezidentimizni afg‘on o‘zbekidan ko‘ra yaxshiroq 

tanirdim. Ko‘p ham hayron bo‘lmadim. Balki keyingi ko‘rgiliklarimizning bari o‘shanda prezidentning boshi sajdaga 

tegmaganidandir deb ham o‘ylayman. 

191


 Istasak-istamasak “davlat” atamasini ko‘pincha salbiy ma’noda qo‘llashimizga to‘g‘ri kelyapti. Davlat tizimida juda 

ko‘p yaxshi kishilar ham ishlashini inobatga olsak, yoppasiga hammani din dushmaniga chiqarish adolatsizlik bo‘lar edi. 

O‘zbekistonda davlatning butun kuch-qudrati, salohiyati bitta qo‘lda to‘plangani uchun shu bir kishining yoki 

tevaragidagi juda ozchilikning xohish-irodasi davlat xohish-irodasi o‘laroq taqdim etilmoqda. Bordiyu “davlat” so‘zi 

salbiy ma’noda ishlatilgan bo‘lsa, faqat shu holat hisobigadir. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

289 


Bir jumla bilan aytganda, tutumi munofiqlikka tortib ketadi. 

 “Munofiq” so‘zining eng qisqa ma’nosi “ikkiyuzlamachi”dir. 

“Arab tilida «nifoq» so‘zi ichi bo‘sh, tashqi ko‘rinishi o‘zgacha narsaga ishlatiladi. 

Misol uchun, yumronqoziq yoki tulkining uyasiga ham «nifoq» so‘zi ishlatiladi. 

Chunki ular ustidan oddiy yerga o‘xshaydi, (ammo ichi boshqacha bo‘ladi:) bir 

tarafdan kirsa, ikkinchi tarafdan chiqib ketaveradi... diniy-aqidaviy istilohda: sirtdan 

musulmonlikni e’lon qilib, ichidan unga loyiq bo‘lmaslikka «munofiqlik» deb aytiladi. 

Odamlar ko‘ziga Islom diniga mansubligini e’lon qilib, hatto ba’zi amallarni ham qilib 

yuradigan, aslida e’tiqodi buzuq kishilarni «munofiq» deyiladi”

192


Ya’ni, tilda imon keltirgani bilan yuragi kufrda qoladiganlar munofiqdir. Ular: 

“Imon keltirgan kishilarga duch kelib qolganlarida: «Biz ham imon keltirdik», 

deydilar. O‘z shaytonlari (boshliqlari) bilan xoli qolganlarida esa: «Biz, albatta, sizlar 

bilan birgamiz, faqat biz (mo‘minlarni) mazax qiluvchilarmiz, xolos», deydilar” 

(Baqara surasi 14-oyat) va nuqul orqadan mo‘minning, dinning zarariga ishlaydilar. 

Davlat din sohasida anchadan beri ikkiyuzlama (munofiqona) siyosat yuritib 

kelayotganini ko‘ngil ko‘zi ochiqlar ko‘rib-bilib turibdi, ammo tushunarli sababga 

ko‘ra ko‘plar ichiga yutib-chidab yuribdi. 

Albatta, “dushman”, “munofiq” so‘zlari davlatga ham, davlatboshiga ham qattiq 

tuyuladi va og‘ir botadi; ikki dunyoda tan olmaydi. Shosha-pisha o‘zini himoya qilib, 

“Mustaqillik yillari dinga qilgan yaxshiliklari”ni bittama-bitta sanab minnat eta 

boshlaydi. 

Nima ham derdik, haqiqat uni istamaganlarga juda achchiqdir, ammo biz borini 

aytamiz. 

1. “O‘zbekistonda hozir ikki mingdan ortiq machit ishlab turibdi!” degan 

minnatga javob: 

Agar diniy erkinlik machit soni yoki uning ochiqligi bilan o‘lchanadigan bo‘lsa, 

unda diniy erkinlikni bo‘g‘ish machitlarni yopish bilan o‘lchanadi. Masalaga bu 

tomondan qaralsa, O‘zbekistonda “mustaqillik” yillari diniy erkinlik faqat bo‘g‘ib 

kelinyapti. Chunki sovetning oxirgi (1989 ‒ 1991) yillari machitlar soni hozirdagidan 

uch-to‘rt karra ko‘p bo‘lgan! 

Bugun ishlab turgan machitlarning 90 foizi (yoki shunga yaqini) xudosiz (!) sovet 

davrining oxirgi pallalarida ochilgan! Qayta qurish yillari va “mustaqillik”ning ilk 

damlarida, masalan, bitta Namangan viloyatining o‘zida mingdan ortiq, Farg‘ona 

vodiyi bo‘yicha esa nari-berisi bilan 3 (uch) ming machit bor edi! Va hammasida 

to‘lib-toshib namoz o‘qilardi! 

Butun mamlakatda nechta machit bo‘lganini shundan o‘zingiz chiqarib olavering.  

Keyingi o‘n besh yil ichida yangidan ochilgan yigirmatacha machitni demaganda, 

“mustaqillik”imiz mustahkamlangani sari machitlar faqat yopildi (!) va bugunga kelib 

o‘ttiz milyonli xalqqa 2 ming 30tadan sal ko‘proq machit qoldi. 

                                                

192


 Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri hilol. Oltinchi juz, 153 – 154-betlar. “Sharq” NMAK 2012. 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling