Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
deputatlar esa, hokimdan tashabbus kutayotgani haqida”
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Axborot erkinligi ta’minlanmoqda”
- “Ulug‘ orzularning amaldagi ijobati”
- Bu kunlar
- “O‘nglar ham, so‘llar ham mahallani unutdilarmi”
- “Adolat” tush ko‘ryaptimi, uyqusirayaptimi”
- “Quruq qoshiq og‘iz yirtar”
- “XDPning tushunarsiz mafkurasi uning maqsad va vazifalarini qo‘llab-quvvatlovchilar orasida ikkilanishlarni keltirib chiqara boshladi”
- “Adolat” SDP partiya sifatida to‘la Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
- “Holva degan bilan og‘iz chuchimaydi. Quruq va’da va maqtanish obro‘ keltirmaydi”
- Ulardan 1338184,0 ming so‘mi davlat budjetidan ajratilgan mablag‘dir
- O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonuni
- “Sarig‘i” sariq bo‘lsa, “jiddiyi” sap-sariqdir
deputatlar esa, hokimdan tashabbus kutayotgani haqida” degan maqola chiqqan. Oxiri “Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan Konsepsiyada belgilangan vazifalar siyosiy partiyalar va deputatlik guruhlaridan, eng avvalo, eskicha ishlashdan voz kechishni, yangicha vazifalarga yangicha yondashishni talab etadi”, degan odatiy va otashin so‘zlar bilan tugaydi (Ibrohim Jonuzoqov, “O‘zb. ovozi” muxbiri). Eskicha ishlash qanday ediyu endi yangicha ishlash qanaqa bo‘ladi – o‘lay agar, hech kim bilmasa kerak! 11 iyun 70-sonda “Axborot erkinligi ta’minlanmoqda” deyilibdi va, tabiiy, albatta Muhtaram Yurtboshi boshchiliklarida! “Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida axborot sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda, fuqarolarning axborot olish huquqlarini ta’minlashga doir izchil choralar ko‘rilmoqda...” Shu sonning 4-betida “Vatanimiz mustaqilligining 20 yilligi oldidan” rukni ostida “Ulug‘ orzularning amaldagi ijobati” katta sarlavhasi ostiga bitilgan kichikroq tagsarlavha bunday jaranglaydi: “Prezident Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida ishlab chiqilgan hamda izchil amalga oshirilayotgan qishloqlarda zamonaviy uy-joylar qurish borasida O‘zbekistonning noyob tajribasi haqida”. (O‘zbekning tili bu “o‘zbekcha” matnni o‘qiguncha qontalash bo‘lib qavarib ketsa ketadi, ammo miyasi bir narsani tushunmaydi!) Shu maqolaning har bir xatboshisi Prezidentga bir qulluq qilib olish bilan boshlanadi. O‘rtasida: “Davlatimiz rahbarining taklif va tavsiyalari asosida ilgari ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar hartomonlama sinchiklab tahlil qilindi...” deyilgan. Yoki gazetning 25 iyun 76-sonini olaylik. 1-betda katta bir surat bosilgan. Unda bir deputat (albatta, XDP a’zosi) o‘zi kabi silliq-silliq yuzli besh kishiga nimalarnidir uqtiryapti. Yo‘q, deputat uqtirayotgan, qolganlar eshitayotgan bo‘lib rasmga tushishgan, xolos. Shu rasm tagiga bunday olamshumul yangilik bitilibdi:
Bu misollardan xulosa: demak, O‘zbekiston XDPning o‘z yo‘li, o‘z maqsadi, o‘z konsepsiyasi yo‘q! Boshqa partiyalar yo‘lidan bir oz boshqacha bo‘lsa-da, prezident yo‘lidan zarracha ham boshqacha emas. Demak, u prezident partiyasidir.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 255
Hayrona savol tug‘iladi: “Yasama urchitib tug‘dirilgan bo‘lsa ham baribir “partiya” degan oti bor, nahot iqtidordagi hokimiyatga qulvachchalikdan boshqa ish qilmasa, nahot o‘zining g‘oyasi bo‘lmasa va nahot o‘sha g‘oya uchun kurashmasa, nahot boshqa partiyalar bilan munozaraga kirishmasa?!” Eng qizig‘i, dunyo bilag‘onlari “O‘zbekistonda demokratiya yo‘q!” deb hisoblaydi, ammo bizdagi hamma partiya “demokratik”dir. Faqat old qo‘shimchasi boshqacha: biri “liberal”, ikkinchisi “xalq”, uchinchisi “sotsial”, to‘rtinchisi “milliy tiklanish”. Bu atamalar hech bir vazifasiz, bizning sharoitda hech bir ma’no tashimaydi, ma’nosini o‘sha partiya a’zolarining o‘zi ham bilmaydi. Bir-birlaridan ajralib turish uchungina peshanalariga yopishtirib olishgan. Shuning uchunmi, onatovuq tevaragidagi jo‘jalar singari uyushib yashashadi. G‘oyaviy zaruratdan (ya’ni, aniq va tiniq bir g‘oya asosida) tug‘ilmaganidan bu sho‘ring qurg‘ur “partiya”lar o‘zaro nimani talashishni ham bilmaydi. Qaytaga jo‘ja bulardan jonli ‒ u harholda don talashadi. Bular shuniyam qilmaydi! O‘zbekchilik. Bu partiyalar prezident siyosatini mutlaqo tekshirmaydi, uning ishlarida xato ko‘rmaydi, ko‘rsa ham, ko‘rmaganga oladi – g‘iring demaydi. Aytgancha, onda-sonda don “talashadi” ham. Prezidentning mushugini pisht demasa-da, bir-biri bilan nimalar haqdadir g‘idi-bidilashib turadi. Arzimas sabablardan “janjal” chiqarib, “demokratiya-demokratiya” o‘ynashadi. Jo‘jalarga o‘xshamoqchi bo‘lishadi. Mana, misol: “Adolat” gazeti 2010 yil 10 dekabir sonida XDPga qarshi “O‘nglar ham, so‘llar
XDP bilan mahallani talashyapti. XDP “chidamay ketadi” va “O‘zbekiston ovozi” gazeti 2010 yil 16 dekabir sonida unga qarshi: “Adolat” tush ko‘ryaptimi,
“isbotlaydi”. Ya’ni, dushman tomondan sekingina, mayin-yumshoqqina o‘q kelib qolgan edi, ushlab olib, qaytarib o‘ziga otildi. Endi navbat “Adolat”ga! U 2011 yil 7 yanvar sonida Abdulla Fayzullayev qalami bilan “O‘zbekiston ovozi”ga qarshi: “Quruq qoshiq og‘iz yirtar” deya o‘t ochgan. Jim turgan – moxov! Javob qilmasa, yengilgan bo‘ladi. “O‘zbekiston ovozi” ham zudlik bilan qarshi hujumga o‘tgan: 2011 yil 15 yanvar sonida muharrir Safar Ostonov imzosi bilan “Adolat” liberalcha
tashlagan! So‘ngra “Adolat” g‘o‘zapoyadan yasalgan nayzasini qo‘lga oladi va 2011 yil 4 fevral sonida XDPning naq “yuragi”ga sanchadi: “XDPning tushunarsiz
sarlavha bilan birato‘la jonini sug‘urib olmoqchi bo‘ladi. Lekin “O‘zbekiston ovozi” ham osonlikcha jon beradiganlardan emas, endi u ham “dushman” partiyaning jontomiriga xotinchasiga chang soladi: g‘o‘zapoyanayza hamlasidan bir kun o‘tar- o‘tmas, ya’ni, 5 fevral sonining 1-betida “Adolat” SDP partiya sifatida to‘la
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 256
shakllandimi o‘zi?” (Elmurod Egamqulov) deb masalani uzil-kesil, bor bo‘yi bilan va ko‘ndalangiga qo‘yadi... Xullas, ikki partiya orasidagi mashmasha bir oycha davom etadi. Orada O‘zXDP O‘zLiDeP bilan ham “arazlashib” qoladi: “Holva degan bilan og‘iz chuchimaydi. Quruq va’da va maqtanish obro‘ keltirmaydi” degan balandparvoz sarlavhalar ostida... mayda-chuyda gaplar qiladi. Munda-ay qarasangiz, O‘zbekistonda partiyalararo jiqqamusht bor. Demokratiyami? Demokratiya! Gazetlar ham bir-biriga qarshi maqolalar beryapti. So‘z erkinligimi? So‘z erkinligi! “Bor ekan-ku, – deb yuborgingiz va birdan hayqirgingiz kelib ketadi: – Yana nima istaysizlar, ey chet ellik siyosatchilar, ey yutuqlarimizni ko‘ra olmaydigan muxolifatchilar?!” O‘zingizni bosib, hovuringizdan tushib, bu yozmaki janjallarning mavzuiga boqsangiz... birdan kulgingiz qistaydi: nima ustida talashyapti bu partiyalar? va qanday talashyapti? “Anov partiya saylovoldi va’dasini bajarmayapti!” deb g‘avg‘o solyapti bittasi. “Nimaga o‘zlaring xotinlaringga kovush olib bermadilaring?!” deb aybini ochib tashlayapti ikkinchisi. Shu xolos. Bor-yo‘q tortishuv shu. Ammo shu gaplarniyam o‘zlari mustaqil aytmayapti, aytolmayapti. Yuz ellik ming so‘mga chekkadan “tajribali” jurnalist yollab, o‘zini o‘zi bilan tortishtirib yotibdi. “Demokratiya”, “so‘z erkinligi” qilyapti. Ya’ni, partiyalararo munozara ochiq yasamaligi va zo‘rakiligi bilan ajralib turadi. Partiya degan nomi bor, harholda yegan tuzini oqlashi kerak, shuning uchun xo‘jako‘rsinga “jang” boshlab, bir-biriga qarshi... paxta otadi. Bir me’yor “urishib-cho‘qishib” xumorlari tarqagach, “jang maydoni”dan o‘liklar va yaralilarni yig‘ishtirib olish uchun berilgan ozgina fursat ichida nafas rostlab, engil- boshlarini qoqib-netib, “Qalay, qoyillatdikmi?” deganday, tevarakka mamnun ko‘z tashlab qo‘yishadi: “Adolat” o‘zicha bunday xulosa yasaydi: “Keyingi paytlarda partiya nashrlarida
Unga qarshi yozilgan maqolada “O‘zbekiston ovozi” ham osmondan keladi: “Xalqimiz 2011 yilga katta orzu-umidlar, yangi rejalar bilan qadam qo‘ydi. Mamlakatimiz rahbarining Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasining qo‘shma majlisidagi tarixiy ma’ruzasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi o‘z elektorati manfaatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, o‘z g‘oyaviy dasturiga tayangan holda Prezidentimiz ilgari surgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 257
konsepsiyasi”ni amalga oshirishda faol ishtirok etish bo‘yicha 2011 – 2014 yillarga mo‘ljallangan harakat dasturini qabul qildi”, deydi. O‘rtadagi “jang”lari xo‘jako‘rsinga (prezidentko‘rsinga, xalqko‘rsinga, chetelko‘rsinga) “demokratiya o‘yini” bo‘lganini shu kabi xulosalari bilan bildirib qo‘yishadi. Lekin qalbakilikning umri qisqa bo‘ladi. Partiyalararo bu “jang”ning ham tezda etagi ochilib qoldi. O‘zbekistonda ko‘plab gazetchilarning ustozi, sobiq muharrir, nomi chiqqan jurnalist akamiz bir o‘tirishda yaqin do‘stlarini o‘ziga yanayam yaqin olib, og‘zidan bir chimdim gullab qo‘ydi. Aytishicha, ikkita partiya gazeti muharriri bir kuni bu kishini ochiqdan-ochiq “xolis xizmat”ga yollashibdi. Har bir maqola uchun 150000 (bir yuz ellik ming) so‘mdan va’da qilishibdi. Ovqat bilan pulga suyagi yo‘qligidan bu “ustoz” akamiz arzongarovga sotilib, darrov yeng shimarib maydonga otilibdi: oldiniga narigi partiya tomon bo‘lib bu partiyaga, keyin bu partiya tomon bo‘lib narigi partiyaga “qarshi” maqola yozibdi. Ikkala “tomon” ham bir kishi bo‘lgani uchun katta ayblarni ochmagan, albatta, ehtiyotlab, qonchiqmas yeriga... tosh bilan emas, paxta bilan urgan. Jurnalist akamiz mahoratli emasmi, “partiyalararo jang”ni shu tariqa rosa qizdirib beradi 175
. Qizdirishga qizdirgan-u, bu voqea bizni boshqa tomondan o‘ksintirdi: demokratiyaning narxi shu darajada tubanmi?! so‘z erkinligini shunaqa arzonga sotsa bo‘laveradimi?! Xo‘sh, bu xil “munozara” g‘oyasi ikkala muharrirdan chiqqanmi? O‘zlari eplayolmaganidan mahoratli jurnalistga murojaat qilishganmi? Ustoz, siz boshlab bering, shogirdlaringiz davom ettirishadi, deyishganmi? O‘zbekiston sharoitini bilmaganlar shunaqa deb o‘ylaydi. Aslida, bu kabi takliflar bizda Yuksak Devonlardan tushadi. Yo‘q demokratiyani bor qilib ko‘rsatish kerak-da, axir! “Hammang bir xil sayrayversang, seni sayratayotgan nuqtani afkor ommaga bildirib qo‘yasanlar-ku? Munda-ay, bir-biring bilan talashib-tortishmaysanlarmi?! Lekin chegaradan chiqmaslik sharti ila...” deya sekingina og‘zaki ijozat beriladi. Shundan keyin boshlanadi. Va davom ettiriladi...
Partiyalar bir-biri bilan musobaqalashganday Muhtaram Prezidentga muhabbatlarini izhor etishlari, u muborak og‘izdan chiqqan hamma gapni ma’qullashlari, u kishining ichki va tashqi siyosatini, hamma sohadagi tashabbusini, konsepsiyasini qo‘llab- quvvatlashlari va “aholining keng qatlamiga izchillik bilan” tushuntirishlari odamni to‘xtovsiz ajablantirib kelar edi: bular bari nega?!
175
Chindan, Olloh sirni ochishni xohlasa, birov uni yopib qololmaydi. Karomatmi yuz berib, Alisher Navoiy nomidagi Davlat kutubxonamizda ayni shu mavzuga material to‘plab yurgan kunlarim “ikki partiyaning ham mahoratli jangchisi” bo‘lmish jurnalist akamizning o‘sha yaqin do‘sti ushbu voqeani gapirib qoldi. Tag‘in kelib-kelib menga! Uzuk tayyor, unga faqat ko‘z qo‘yish qolgan edi. Ko‘z ham qo‘yildi.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 258
Nihoyat, parda sal ko‘tarilganday bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonuni (2004.29.08.)ning II bob 7-moddasida jumladan bunday deyilgan: “Siyosiy partiya... Qonunchilik palatasida siyosiy partiya fraksiyasini tuzish uchun zarur miqdorda deputatlik o‘rinlarini olgan bo‘lsa, o‘zining ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablag‘larini olish huquqiga ega bo‘ladi”; “...ajratiladigan davlat mablag‘larining yillik hajmi shu mablag‘larni ajratish mo‘ljallanayotgan yildan oldingi yilning 1 yanvaridagi holatga ko‘ra belgilangan eng kam ish haqining ikki foizini Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan oxirgi saylovda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar soniga ko‘paytmasi miqdorida shakllantiriladi”. Bu miqdor taxminan qancha bo‘larkin, deb o‘ylanib tursak, “Adolat” gazetining 2011 yil 4 mart 11-soni bizga yordamga keldi. Unda “O‘zbekiston “Adolat” Sotsial- demokratik partiyasi 2010 yil budjetining ijrosi va 2011 yil budjetining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumot” e’lon qilinibdi:
(bir milyard besh yuz o‘n besh milyon to‘qqiz yuz yigirma besh. – N.M.R.) ming so‘m mablag‘ kelib tushdi. Ulardan 1338184,0 ming so‘mi davlat budjetidan ajratilgan mablag‘dir (urg‘u bizniki. – N.M.R.). Partiyaning o‘z faoliyatidan olingan tushumlar 177741,0 ming so‘m (155623,0 ming so‘mi a’zolik badallaridan, 2410,0 ming so‘mi homiylik yordamidan hosil bo‘lgan)ni tashkil etdi...” Maqola davomida partiyaga davlat bergan pullar nima ishlarga va qancha sarflangani batafsil yozilgan. Siyosiy partiya ustavda belgilangan faoliyatini davlat hisobidan moliyalashtirishga erishay desa, qonunga ko‘ra, “Qonunchilik palatasida siyosiy partiya fraksiyasini
176
. “Zarur miqdor”ni to‘plashning qiyin yeri yo‘q: bizda bu shart demokratik yo‘l bilan emas, davlat yashirin qo‘li bilan ajratgan “kvota”ga ko‘ra o‘rinlatiladi. Ya’ni, O‘zbekistonda siyosiy partiyalar odamlarning g‘oya asosida ixtiyoriy birlashuvlaridan tashkil topmaganidek, Oliy majlisdagi o‘z o‘rinlarini ham haqiqiy demokratik saylov yo‘li bilan egallamasliklarini hamma biladi. Hech bo‘lmasa surati demokratiyaga o‘xshasin deb davlat har bir siyosiy partiyaga ular Qonunchilik palatasida “fraksiya
yuboradi. Va bu bilan partiyani davlat mablag‘iga muhtoj qilib qo‘yadi. “Adolat” partiyasining tepada keltirilgan moliyaviy hisobotiga qaytadan bir boqilsa, bu ochiq ko‘rinadi: bor-yo‘g‘i 10 foizdan sal ortiqroq mablag‘nigina partiya o‘zi topar ekan, qolgan deyarli 90 foizini davlat beryapti!
176 O‘zbekistonda siyosiy partiyalar. Toshkent, “Mintaqaviy siyosat jamg‘armasi”. 2007. 234-bet. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 259
Bu raqamlar nisbatini boshqacha ifodalasak, partiyaning erkinlik darajasi 10 foiz atrofidadir, qolgan 90 foiz faoliyatida u qaram hisoblanadi. Zotan, tepada rasmiy gazeti keltirgan ma’lumotda bu nisbatning isbotini ochiq-oydin ko‘rdik ham. Ixtiyorsiz og‘zingizdan: “Erkinlik va qaramlik nisbati ellikka ellik bo‘lganida ham mayli edi!” degan hayqiriq chiqib ketadi. “Ellik” qayoqda, o‘n foiz ham erkinlik yo‘q partiyalarda! Axir, davlat partiyaga 90 foiz himmat qiladi-yu, partiya davlatga 10 foiz himmat qilmaydimi? Himmat qilmasa, nonko‘rlik bo‘ladi-ku?! Shu mulohaza ila har bir partiya o‘zining o‘sha oxirgi 10 foiz erkinligini ham davlati va prezidenti foydasiga baxsh etib yuboradi! Ya’ni, 100 foiz kuch-quvvati, salohiyati va bilimini ustini but, qornini to‘q qilib turgan mehribon davlatining va Muhtaram Prezidentining xizmatini ado etishga sarflaydi! To‘g‘ri, boshqa demokratik mamlakatlarda ham siyosiy partiyalar davlat bujetidan ulush olishini eshitganmiz. Masalan, Olmoniyada siyosiy partiyalar “Asosiy Qonun tomonidan o‘z zimmalariga yuklangan faoliyatning qisman moliyalashtirilishi (biz urg‘u berdik. ‒ N.M.R.) uchun moliyaviy mablag‘lar oladi”. Qonun davlatdan olinadigan mablag‘ miqdorini partiya olgan ovoz soniga bog‘lab qo‘ygan. Har bir ovoz uchun 0.70 yevrodan mablag‘ oladi 177 . Harholda qo‘llov miqdori bizdagidek 10ga 90 emaskan, ancha oz bo‘larkan... Bizda ko‘p bo‘lsa, nima qipti? Shungayam ota go‘ri qozixonami, dersiz. Deyarli to‘lasicha davlat hisobiga kun ko‘radigan partiya qanaqa partiya bo‘lardi?! Partiyalarda ularni bir-biridan keskin ajratib turadigan o‘zlarigagina xos yuz bo‘lmaganidan, bu yog‘i endi kimning ityalog‘idan kun ko‘rayotganiga qarab bo‘ladi- da! Yaloq birovnikimi, o‘yinni ham, musiqasini ham u belgilaydi. Xohlasa childirmaga, xohlasa nog‘oraga o‘ynatadi! Qullarcha sadoqat ila yaloq egasining oyog‘ini yalab-yulqab yurishlar sababi endi bir oz oydinlashgandir... Hol bu ekan, rosmana tagini surishtirsangiz, ular partiya bo‘lib partiya ham emas. Boshqa-boshqa ota-onadan alohida-alohida partiya bo‘lib tug‘ilmabdimi, qanaqasiga partiya bo‘lsin?! To‘rtta nomdagi bitta narsa u. Bitta bo‘lganidan keyin “ular” ham emas, “u”dir! Aslida, O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonuni (1996.26.12.)ning “Siyosiy partiya tushunchasi” deb nomlangan 1-moddasida “Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmasidir” 178 .
177 Germaniyaning siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi qonuni. 34-bet, 18-bob (1) va 1-moddalar. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Toshkent, 2007. 178
O‘zbekistonda siyosiy partiyalar. Toshkent, “Mintaqaviy siyosat jamg‘armasi”, 2007. 224-bet. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 260
Bu ta’rif o‘zi o‘ta yumshoq ifodalangan, lekin O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar mana shu yumshoqqina ta’rif talabiga ham javob berolmaydi. Ta’rifga ko‘ra, har qanday siyosiy partiya butkul boshqacha (muxolif) fikrdan yoki biron-bir yo‘nalishdagi harakatdan tug‘ilishi lozim edi. Hokimiyat “partiyasi”ning fikri yo yo‘lidan boshqacha fikr, boshqacha yo‘l, boshqacha mafkurasi bo‘lmasa, partiya tuzishga hech qanday ehtiyoj yo‘q. Oddiy mantiq shu. Boshqacha (muxolif) fikr yo‘q degani hamma bitta fikr tarafdori deganidir. O‘zbekistondagi hozirda bor to‘rttala “partiya” ham, ko‘zgulari bo‘lmish matbuotlaridan ko‘rdik, arzimas g‘oyalarda bir-biridan boshqacha bo‘lsa-da, prezidentga qaynoq tarafdorlikda va muhabbatda hammasi birlashib ketadi, o‘rtalaridan qil ham o‘tmaydigan bo‘lib qoladi. Ya’ni, prezidentga tugul, bir-biriga ham muxolif emas bu partiyalar. Muxolif bo‘lmasa, prezident tevaragida jips uyushgan bo‘lsa, unda nimaga o‘zini partiya ko‘rsatib millatni chalg‘itadi?! Nimaga o‘ziga ayri-ayri ot qo‘yib olib, aslida bir xil bo‘lgan foydasiz ishlari uchun davlat cho‘ntagi (bujeti)dan katta mablag‘lar olib yashayapti?! Davlat bujeti degani havodan yasaladigan mablag‘ emas, u siz bilan bizning cho‘ntagimizdan, peshana teri bilan topgan pulimizdan olinuvchi soliqlardir. Demak, xalq pulidan bir qismi yasama “partiya”lar yalog‘iga solinib qornini to‘yg‘azishga sarflanayotgan ekan, buni havoga sovurish deyiladi! Havodan pul yasab cho‘ntakka solinsa, buni tadbirkorlik deb taqdirlasa bo‘lardi, ammo cho‘ntakdagini sug‘urib olib havoga sovurilsa, bu endi borib turgan telbalikdir! Kichik xulosaning qaymog‘i bu: Tussiz partiyalar, tussiz matbuot, tussiz “oliy” majlis, tussiz senat, tussiz Devon!.. Tussiz islohotlar, tussiz iqtisod, tussiz demokratiya, tussiz siyosat, tussiz hayot!..
Matbuotda o‘zga fol edi...”
“Sariq” so‘zi alohida ishlatilsa, rang o‘laroq ham, boshqa ma’nolarda ham har bir o‘zbekka ochiq tushunarli. “Matbuot” so‘zi ham alohida kelsa, bosma nashrlar ko‘zda tutilayotganini hamma biladi. Ammo hammaga tushunarli bu ikki so‘z qo‘shilib birga kelsa, tushunarsiz, chuchmal, begona bo‘lib qoladi. “Sariq matbuot”... Ongingizda nima aks etdi? Aytarli hech nima. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 261
Ovrupa tillarida bu ma’no qanday ifodalanishini men bilmayman, lekin o‘rischada jaranglagan “Jyoltaya pressa” birikmasi bizning tilimizga so‘zma-so‘z tarjimada o‘sha sovuq o‘lkalardan yasama qog‘ozlarga o‘rangan holda kirib keldi. Yasama bo‘lgani uchun haliyam to‘la yerlashib ketgani yo‘q. Bu birikma orqali ovrupalik nimani nazarda tutgan bo‘lsa, o‘sha ma’noda qabul qilishga qancha tirishmaylik, g‘irt o‘zbekcha “sariq” so‘zi o‘zbekning tasavvurini baribir boshqa yoqlarga tortib ketaveradi, onglarimizda kutilgan ma’noda suratlanmaydi. Anchadan beri kuchli tillarning taqlidchisi va soyasiga aylanib qolgan tilimiz bu birikmani ham aynan qabul qilib, yangi so‘z yasashda uquvsizligini, bosqin ostidagi til ekanini yana bir bor ko‘rsatib qo‘ydi. To‘g‘rirog‘i – so‘z yasash uquvi, mustaqil tillik layoqati yo‘qotilgani bilinib qoldi. Ovrupa va O‘rusiya “jyoltaya pressa” derkan, maza-matrasiz, oldi-qochdi, shilta, g‘iybat xabarlar bilangina kun ko‘radigan gazet-jo‘rnolni ko‘zda tutadi. Ularni jiddiy gazet-jo‘rnollardan ajratish uchun ham shu birikmani o‘ylab topgan chog‘i. “Sariq”dan ham battar matbuot turi “bulvarnaya” deb ataladi. Bir so‘z bilan aytganda, tussiz, sayoz matbuot! Ha, “Jyoltaya pressa”ni hech bo‘lmaganda “Tussiz, sayoz matbuot” deb (bilag‘onlar ozgina bosh qotirsa, balki bundan-da o‘zbekona birikma yaratsa bo‘lar) olganimizda edi, onglarimizda o‘zligimizga yaqin qandaydir ma’nolar akslangan bo‘lardi. Xullas, ilg‘angan bo‘lsa kerak, ushbu ko‘chatimizni O‘zbekistondagi matbuot tomorqasiga ekyapmiz va matbuotimiz ahvoliga bag‘ishlaymiz. Bunda asosiy diqqatimizni o‘zini “jiddiy matbuot” deb taqdim qilayotgan nashrlarga qaratamiz, lekin, o‘rni kelsa, tussiz nashrlarga ham umumiy ko‘z tashlab qo‘yamiz. Lekin “jyoltaya pressa” o‘rniga biz taklif qilayotgan birikma to ommalashgunicha “tussiz” yo “sayoz” so‘zlari bilan bir qatorda, hozircha majburiy murosa o‘laroq “sariq” so‘zini ham ishlatib turamiz, sarlavhaga ham bu so‘zni shu uchun chiqardik va aziz o‘quvchilarimizdan bizni tutimsizlikda ayblamasliklarini so‘raymiz. “O‘zbekistonda 1305 ta ro‘yxatdan o‘tgan ommaviy axborot vositasi bor bo‘lib, ulardan 712 tasi gazeta, 264 tasi jurnal, 16 tasi axborot byulletenlari, 4 tasi axborot agentligi, 63 tasi telekanal va 34 tasi radiokanaldir” 179 .
axborot vositalari soni ikki barobarga oshgan. Bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlis qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasining so‘nggi yig‘ilishida ma’lum qilindi. Bugungi kunda mamlakatda 1243 ta nodavlat ommaviy axborot vositalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 160 dan ziyodi mustaqil veb-saytlar, 43 foizi bosma nashr, 53 foizi telekanal va 85 foizi radiokanallardir” 180 .
179 O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi direktori Bobur Alimov hisobotidan. “Ozodlik” radiosi, 2012.29.12. 180
http://www.ozodlik.org/content/article/24438826.html |
ma'muriyatiga murojaat qiling