Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
- Nimaga bu ish huquq yo‘li bilan izchil oxiriga yetkazilmadi!
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 234
Dashnoqlar aslida bolshavoy-sovetlarga ham qarshi ekaniga vaqtincha ko‘z yumildi va “Dashnaq sutyun”ning qo‘shinini Qo‘qonga tashladi. “Mana, bular ham turk, o‘chingni qancha istasang shuncha ol!” deb tish-tirnog‘igacha qurollantirib olakishlab yubordi. Orqasiga o‘ris bolshavoylarini olgan dashnoqchi armanilar 1918 yil fevral oyida Qo‘qonga yetib kelib xalqni shafqatsizlarcha qirgan, shaharni qonga botirgan, binolarga o‘t qo‘yib vayron qilgan edi. Ularni quturtirgan narsa, bir tomondan, turklarga dushmanlik bo‘lsa, ikkinchi tomondan, orqasida bolshavoylar hukumati turgani edi! Endi, mana, oradan 67 yil o‘tib O‘zbekistonga Gdlyan bilan Ivanov “qo‘shini” bostirib keldi! Xo‘sh, bu Gdlyan bilan Ivanov deganlari aslida kim? Bunday qaraganda, bor-yo‘g‘i ikkita oddiy tergovchi! Yo‘q, ular shunchaki oddiy tergovchi emas, biri dashnoq, ikkinchisi bolshavoy o‘ris! Guruhboshi dashnoq armani ekani, orqasida unga bolshavoy o‘ris tayanch etib qo‘yilgani ham tarixiy ittifoqning takroriga o‘xshardi! Bu ikkalasining orqasida esa SSSR Kompartiyasi Siyosiy Buyrosi, SSSR purkuraturasi, SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB), SSSR Ichki ishlar vazirligi, bir so‘z bilan aytganda, butun kuch- qudrati bilan SSSR davlati turardi! Xullas, Turkiston tuproqlari ikkinchi marta “Dashnaq sutyun” qo‘shini bilan o‘ris bolshavoylari qo‘shini birligining ishg‘oli ostida qoldi. Oltmish yetti yil burungi ommaviy qirg‘in (genotsid)ni unutmagan xalqning tizzasi yana bir bor qaltiradi. Endi ommaviy ravishda “yo‘lboshchilar” qirg‘ini boshlandi... Gdlyan bilan Ivanov nima uchun oddiy tergovchi emas, “Hazrati Tergovchilar” ekanining sababini endi anglagandirsizlar. Bu yuzsizlar orqasida butun kuch-qudrati bilan SSSRday ulkan bir davlat turgach... shapaloqdek keladigan qaram O‘zbekistonni nima qilsa qildi. Deyarli har kuni yo har kecha kimdir qamalar, ertasiga matbuotda katta maqola yoki kichikroq xabar chiqib, u odamning qilmishlari yozilar edi. Respublikada anchadan beri nimadir qing‘ir ishlar bo‘layotganini ko‘rib-sezib yurgan odamlar oldiniga, adolat bor ekan-ku, deya bu ishlarni tozalovga yo‘yib iliq kutib oldi. Qoyillatyapti, deya chapak chaldi. “Desantchilar” o‘zlari ham oppoq emasligini, ularning niyatlari qing‘irligini ilg‘amay qoldi. Go‘yo “jinoyatlarni o‘rganish, ochish, tugatish, adolat o‘rnatish” uchun kelgan u ochofatlar, qarasa, O‘zbekistonda mo‘maygina boylik orttirib olish mumkin ekan. “Paxta ishi” niqobi ostida yeng shimarib pul to‘plashga, oltin yig‘ishga kirishib ketdi. Xalqni aldab va talab, davlatni aldab va talab, paxtalarni qo‘shib yozib to‘plangan u harom boyliklar egalariga nasib etmadi, desantning cho‘ntagiga kelib tushdi, Maskovning oliy kabinetlariga oqdi. Fayzulla Xo‘jayev zamonida O‘rusiyaga qizil vagonlarda oqqan oltin karvoni bilan boshlangan an’ana tiklanib, endi zamonaviy uchoqlarda uchdi. U zamonda majburiy-ixtiyoriy jo‘natilgan bo‘lsa, bu zamonda kuppa-kunduzi rosmana talab ketildi...
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 235
Xullas, gapiraman desa, gap ko‘p. Lekin biz hozir u qora kunlarni butun tafsiloti bilan bir boshdan eslamoqchi emasmiz. Bu haqda, jumladan, ushbularni yozayotgan muallif birinchilardan bo‘lib, hali Gdlyan bilan Ivanov guruhi O‘zbekistonda hech bir to‘siqsiz qora ishini davom ettirib turgan bir pallada “Brigadir nega yig‘ladi?” degan maqola yozib “Yoshlik” jurnalida e’lon qilgan 162 . Keyinroq, ayniqsa “mustaqillik”ning ilk yillari rosa va ko‘p yozildi 163 . Hatto eng oliy minbarlardan eng oliy rutbali shaxslar gapirdi. Xalqimiz boshiga qora kunlar solindi, deb qancha g‘avg‘o ko‘tarildi. Onda-sonda haligacha eslab turiladi. Bular tushunarli. Bizni o‘ylantirgan va hech tushunolmay turgan tomonimiz boshqa: yozuvchi yo gazetchining vazifasi yozish, haqiqatni xalqqa yetkazish, biron-bir muammoga jamoatchilik e’tiborini tortish, tegishli shaxs yo idoralar orqali masalani hal etish. Qo‘lidan kelganicha bu ishni uddaladi yozuvchi xalqi. Ammo ish shu yerda to‘xtadi. Tegishli shaxs va idoralar qulog‘iga yetib bormadi go‘yo. Yozilgan shuncha gap quruq gapligicha qoldi. Agar Gdlyan bilan Ivanov boshliq tergovchilar desanti chindan shuncha haqsizlik qilgan bo‘lsa, qanchadan-qancha odamning umriga zomin bo‘lgan bo‘lsa, qanchadan-qancha xonadonni qon qaqshatgan bo‘lsa, huquq doirasidan tashqari chiqib, odamlarni bekordan-bekor qamab, boyliklarni talab, o‘zlari ham katta jinoyatlar sodir etgan bo‘lsa, dunyoda o‘zbek xalqining va O‘zbekistonning obro‘yini to‘kib, sha’nini bulg‘agan bo‘lsa,
va agar O‘zbekiston hozir chindan ham mustaqil bir davlat bo‘lsa, Nimaga bu ish huquq yo‘li bilan izchil oxiriga yetkazilmadi?! Tajribali huquqchilardan iborat maxsus guruh tuzilib, barcha dalil va hujjatlarni to‘plab, tirik guvohlar hali olamdan o‘tib ketmasidan ularning ko‘rsatmalarini olib, yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri, yoki xalqaro huquq o‘lchovlariga tayangan holda xalqaro huquq tashkilotlari orqali u paytda SSSR, so‘ngra O‘rusiya davlatiga nega rasman murojaat qilinmadi?! Bunaqa tajriba dunyo huquq olamida bor va deyarli har kuni amalda qo‘llanib turibdi. Nega bunga hatto harakat qilinmadi?! Huquq sohamiz va idoralarimiz o‘ta kuchsizligidanmi yoki uquvsizligidanmi?!
162 “Yoshlik” jurnali 1986 yil 10-son. Maqolada “Paxta ishi” bilan haqsiz qamalgan Oltiariq rayon Moskva kolxozi raisi Xolbek Otaboyevning ayanchli taqdiri bitilgan. Maqola chiqqanidan keyin Respublika Oliy sudi orqali uning “ish”i qayta ko‘rilishiga va qamoqdan ozod etilishiga erishdik. Hatto raislikka tiklandi. Hozir nafaqada, bola-chaqasining qurshovida tinch-omon yashayapti. Olloh uzun umr bersin. 163
Bu haqda yozilgan maqolalarning eng salmoqlisini turkiylarning buyuk yozuvchisi Chingiz Aytmatov, otoqli yozuvchimiz O‘tkir Hoshimov yozishdi (Olloh ikkalalarini ham rahmatiga olsin). Keyinroq Maskovda SSSR xalq deputatlari minbaridan Odil Yoqubov, Islom Karimov ham gapirishdi.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 236
Yoki yov qochib orqasidan ko‘tarilgan u barcha g‘avg‘olar dunyoda yomonotliq bo‘lgan xalqimizning alamini ketkazish uchun qo‘llangan aldamchi usul, yo‘qdan ko‘ra bor qabilida qilingan tagi puch, quruq gaplarmi edi?! Yozuvchi va gazetchilar ketidan huquqchilar ishga tushishi kerak bo‘lgani holda ularning churq etmagani shubhali va alamlidir. Bu hodisa dunyo hamjamiyatida bizning hech kim emasligimizni ko‘rsatadi. Zotan, xalqining toptalgan nomusini, qadrini huquqqa asoslanib tiklashga harakat qilmagan davlatni birov hurmat ham qilmaydi, tan ham olmaydi. Bu masalaning ikkinchi tomoni ham bor, albatta: Gdlyan bilan Ivanov boshliq desant O‘zbekistonda hamma ishlari xamirdan qil sug‘urgandek, hatto o‘zlari o‘ylaganidan ham oson ketayotganidan ruhlanib, jazavada “Paxta ishi”ni “O‘zbeklar ishi”ga aylantirib yuborgani millatimiz oldida ularning eng katta jinoyati ekani haq, lekin o‘sha yillari O‘zbekistonda Maskovga yoqish uchun paxta rejalarini ortig‘i bilan do‘ndirishga chindan ham ruju qo‘yilmaganmidi? Haqiqatda qo‘shib yozishlar bo‘lmaganmidi?! Kremlda o‘tirgan oqboshu qoraqosh amakilarga yoqish, notavon ko‘ngillarini ovlash uchungina yetti yashardan yetmish yashargacha xalqimiz Ollohga qullikdan chiqarilib, Paxta Hazrati Oliyalariga qul etilmaganmidi?! Ertadan kechgacha qiblaga emas, Maskov tomonga ruku-sajda qildirib qo‘yilmaganmidi chorasiz erkagu ayollar, keksayu bolalar?! O‘quvchilik va talabalik pallalarimizda to 31 dekabirgacha g‘o‘zapoyadan qor-muz qoqib, chanoqda qolib ketgan uvadalarini diydirab axtarganlarimiz, ko‘rak chaqib ho‘l “sichqoncha”larigacha terib topshirganlarimiz hali eslarimizdan chiqqani yo‘q. Hamma bu qiyinchiliklar Maskovning qornini va ko‘zini to‘ydirish uchun edi. Qishloq joylarida o‘quvchi maktab partasida deyarli o‘tirmasdi: bahorda bir-ikki oy yagana, chopiq, begona o‘tlardan tozalash, so‘ngra pilla, kuzda esa sentabir kirar- kirmasidan boshlab uch-to‘rt oy paxta terimi. To‘qqiz oylik o‘quv yilidan yaqin olti oyi dalada, g‘ijimlab kelsa uch oychasigina maktabda kechardi... Butun boshli xalq, butun boshli respublika Paxta Hazrati Oliyalariga sig‘inar edi. Oqibatda paxta odamdan aziz, tiriklikdan ustun bo‘ldi. Xalqni ezib ishlatish hisobiga obro‘, mansab olishni, boylik to‘plashni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Qo‘shib yozishlar ham shu “ehtiyoj”dan boshlandi. Bu ishlar jinoyat emasmidi? Albatta, jinoyat edi! Gdlyan bilan Ivanov boshliq desantni ular eson-omon ishlarini bitirib yurtlariga chiqib ketganidan keyin orqasidan so‘kar ekanmiz, o‘rtada o‘zimizning boshliqlar sodir etgan ko‘plab jinoyatlarni ham inkor etmasligimiz kerak. Balki orqamiz mana shunaqa shilta bo‘lgani uchun ham huquqchilarimiz g‘ing deya olmagandir?! Yozuvchi va gazetchilarni gapirtirib qo‘yib, xalqimizni chinakam huquqiy tomondan oqlashga shuning uchun harakat qilinmagandir?! “Mustaqil” davlat Gdlyan bilan Ivanovga qarshi maydonga tushishga kuchi yetmasligini oldindan bilgandir?! Shuncha shov-shuvlarimiz, dod-voylarimizdan Gdlyan bilan Ivanovning bir
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 237
tuki qimirlab qo‘ymagani balki shundandir?! Yozuvchi va gazetchilarimiz yov qochgach ularning qilmishlarini “ochib” qanchalik dod-voy solishmasin, ikkalasi Maskovda bemalol tarallabedod qilib yurgani, hatto partiya tuzib olib, O‘rusiya Davlat dumasiga deputat bo‘lib kirgani shundandir?! Quloqlar ovutildi, yuraklar alamga botib qolaverdi. So‘zimizning, xalqimizning, davlatimizning, mustaqilligimizning kuchi shunchalik... Mayli, bu gaplar o‘tdi. Yaralar endi bita boshlaganida uni qaytadan tirnamoqchi emasmiz. Biz yana odatdagidek bugunimizga qaytamiz, bugun bo‘layotgan ayrim ishlar tagiga sizlar bilan birga yetishga urinib ko‘ramiz. Kechagina, yaqindagina shu qurib ketkur qo‘shib yozishlar orqasidan boshimizga ne-ne savdo tushgan edi. Hali u sharmandagarchiliklar eslardan chiqib ulgurmay “mustaqil” O‘zbekistonda oq paxtaning qora ishlari yana boshlab yuborildi! Paxta yetmaganday qo‘shib yozish degan balo bug‘doyga ham ko‘chdi. “O‘zbekiston don mustaqilligiga erishdi!” degan yangi soxta qichqiriq chiqdiyu uni rost deb ko‘rsatish uchun potirlatib qo‘shib yoza boshladik! Endi ustimizga desant tashlaydigan Maskov yo‘q. Endi bizni qon-qaqshatib ketadigan Gdlyan bilan Ivanov yo‘q. Endi Siyosiy buyro ham, uning boshlig‘i Qoraqosh bobo 164 ham tarix mozoriga kirib ketgan. Endi qo‘shib yozishda to‘la mustaqilmiz. Tepamizda Siyosiy buyro turmasa ham, qilayotgan hamma ishini yaxshi deb o‘ylaydigan, mamlakat hayotidan faqat yaxshi xabar eshitgisi keladigan Yurtboshi bor, u kishining ko‘zu quloqlarini moylash uchun yo‘q bug‘doyu yo‘q paxtani qo‘shib yozib yotibmiz. Bugun hatto SSSR zamonidagidan ham battar bo‘ldi. Qalbakilikning yangicha usullari chiqib ketdi! Hamda ilgari imi-jimida, go‘yo birovga bildirmay qilingan bo‘lsa, bugun kuppa-kunduzi, el-yurt ko‘zi o‘ngida, ochiqchasiga qilinyapti. Yangicha usullardan ayrimlarini sanab o‘tamiz.
kilo paxta terib topshirasan, yo o‘rniga kishi boshiga yuz ming so‘mdan 165
pul berasan!” deb soliq solinadigan bo‘ldi. Qog‘oz puldan tola chiqmasligi tayin. Pulni qoplarga tiqib, chaqqonlar darrov paxta zovutiga chopadi, ismi-rasmi qilinadi... majburiyat “bajariladi”.
yurtiga odam solig‘i solinadigan bo‘ldi: “Shuncha muddatga shuncha odam ajratasan, paxta – siyosiy masala, yubormasang, enangdi ko‘rasan!” deyilyapti. So‘ralgan odam darrov ajratilyapti. Hasharchi cho‘ntagidan yo‘lkira qilib boradi; ovqat ham o‘zidan
164
Leonid Ilich Birejnevning qoshi qalin, qop-qora edi. 165
Bu bob yozilgan paytlari “soliq” miqdori shuncha edi, bu (2012) yil 300.000 (uch yuz ming) so‘mga chiqdi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 238
yoki ishxonasi hisobidan; kunlik majburiyat falon kilo – undan kam terishga hech kimning haqqi yo‘q! No‘noq shaharlik buncha kiloni terib berolmasligi aniq, lekin tadbirkor emasmi, darrov yo‘lini topadi: o‘rniga qishloqdan terimchi yollaydi, qo‘liga ortiqchasi bilan pul (yana cho‘ntagidan!) tutqazadi, o‘zi baragida yo-o-o-tadi. Yoki shahariga survoradi. Bugun qishloqlik ham tadbirkor: “paxtakor shaharlik”ni uyiga ijaraga qo‘yadi, o‘rniga paxta terib beradi va har kilosiga davlat belgilagan narxdan ikki baravar ko‘p haq oladi; devoridan tuynuk ochib, chekish, saqich, hojatqog‘ozi sotadi... xullas, ikki oy ichida ancha-muncha pul ishlab oladi. Ayniqsa, qishloq ayollarining boshi osmonda: “Prezidentimizga rahmat, shu shaharlik hasharchini yaxshi o‘ylab topdilar, orqasidan qo‘limiz pul ko‘rdi, bolalarimiz et yeyapti!” deb tunu kun “shukrini ziyoda qilib” yotibdi... Fermerga yordammi shu?! Qip-qizil sharmandagarchilik bu! Hammasiga la’nati ovrupalik injiqlar sabab: nimaymish, voyaga yetmagan bolalar mehnatidan foydalanib yetishtirilgan paxtani sotib olmasmish, boyqo‘t qilarmish. Uying kuygurlar, senlarni deb endi butun mamlakat kattalari jabr ko‘ryapti! Paxtani bola teradimi, xomilali xotin teradimi ‒ senga nima, o‘zing ekmasang-o‘zing termasang bo‘ldi-da! Bolalar terimi tuppa-tuzuk yo‘lga qo‘yilgan edi-ya! Ham arzon kuch edi! Bizga o‘sha eski sovetcha usul yaxshi edi. Mana endi davlatning kuni shaharlik hasharchiga qoldi. Ham turgan-bitgani chiqim... Esi butun bitta iqtisodchi chiqsa edi (aytmoqchi, Yurtboshi o‘zi katta iqtisodchi edi shekilli), shuncha ovoragarchilikni, ishxonadagi zararlarni pulga chaqib, yaxshilab hisob-kitob qilib ko‘rsa edi, tugunni boshqacha yechgan bo‘lardi. Aslida-ku yerni dehqonga xatlab berib, hosilini sotishni ham ixtiyoriga topshirib qo‘yganida bunaqa sharmandagarchiliklar bo‘lmas edi. Xo‘p, yerni xatlamadi, sotishni ham dehqon ixtiyoriga bermadi, unda paxta narxini oshirsin, hech bo‘lmaganda hashar uyushtirishga ketayotgan chiqimlarni dehqonga bo‘lib bersin, umuman hasharchiga ish qolmas edi. Dehqon paxtani bitta chanoqda ham qoldirmay terib dalasini ship-shiydam qilib qo‘ygan bo‘lar edi. Hozir ham amalda shunaqa bo‘lyapti – hasharchi termayapti paxtani, dalachining o‘zi teryapti! Tabiiy, ikki baravar qimmatiga teryapti! To‘xtang-to‘xtang, xuddi shu nuqtada bir nayrangning hidi chiqib qoldi-ku. Tirriq davlat (yo davlat nomidan ish ko‘ruvchi, aslida cho‘ntagini qappaytiruvchi ishbilarmonlar) yil bo‘yi paxta dalasidan chiqmay mehnat qilgan dehqonga iloji boricha kam haq to‘lab, paxtasini iloji boricha eng arzonga sotib (tortib) olishning “chiroyli” yo‘lini topgan ko‘rinadi. Bir kilo paxta uchun dalachiga berilayotgan haqqa, tabiiy, qishloqlik ayol ko‘nmaydi. Ko‘nsa, ko‘ngli og‘rinib ko‘nadi. O‘rniga shaharga borib mardikorchilik qilsa, ikki-uch baravar ko‘p pul ishlashini biladi. Ham kun bo‘yi belini bukib-ezilib paxta terishdan qutuladi. Lekin davlat terimchiga ish haqini oshirmoqchi emas. Davlat bermasa, dalachi termasa, nima bo‘ladi? Paxta dalada qolib ketadi! Shu yaxshimi? Yo‘q, albatta. Demak, o‘ylash kerak.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 239
Davlat o‘yladi va yo‘lini topdi. Topganida ham, hatto pixini yorgan kapitalist olam ham yetti uxlasa tushiga kirmaydigan yo‘l topdi. Qoyil! Davlatimizning kallasi ishlamaydi deganlar xato qiladi. Bugungacha men ham shunaqa o‘ylardim, endi qaytdim bu fikrimdan. Tan berdim: davlatimizning kallasi ishlar ekan! Orqasida juda katta aqllar turarkan! Chunki hozir bizda qo‘llanayotgan usul uncha-muncha aqlning xayoliga kelmaydi! Ya’ni: Qishloqlik ayolni dalaga chiqarish va ikki baravar kuch-g‘ayrat bilan ishlatish uchun davlat... nima qildi? Dalachi talab qilayotgan, o‘zi bergisi kelmayotgan pulni hasharchining cho‘ntagidan oldi. O‘g‘irlamadi, majburlamadi, ammo shunday usul ishlatdi ‒ shaharlik hasharchi o‘z ixtiyori bilan cho‘ntagini qoqlab dalachining qo‘liga tutqazdi! Qanday qilib? Uyma-uy yurib pul to‘plashga poytaxtlikdan qo‘rqdi. Harholda ongliroq-da, “Nimaga pul berishim kerak?!” deb qolishi mumkin 166 . Shuning uchun ishxonalarni ishga soldi. Har bir tuman hokimiyati hududidagi ishxonalar boshliqlarini to‘plab: “Odam soniga mana bunchadan hasharchi ajratmasang, o‘zingdan ko‘r! Paxta – siyosiy masala. Terishdan bosh tortsang, enangdi ko‘rasan!” dedi. “Ha, aytgancha, hasharchining yo‘lkirasi, yemak-ichmagi, yo o‘zining, yo ishxonaning bo‘yniga!” deb qo‘shib qo‘ydi. Sho‘rlik shaharlik issiq kiyimlarini olib dalalarga yo‘l oldi. Paykal boshiga keldi. Cheksiz paxtazorga boqdi. Qansharini qashladi. O‘zining imkoniyatini chamaladi. Terolmasligiga iqror bo‘ldi va... sekin cho‘ntagiga qo‘l yubordi. Uni bir chekkada kuzatib turgan qishloqlik darrov yoniga bordi. Shunday qilib, dehqonga berishga davlat qisinib turgan haqni endi shaharlik hasharchi o‘z hisobidan bera boshladi! Ana sizga yangicha usul! Bir kilo paxta uchun davlat yuz so‘m, hasharchi ikki yuz so‘m beryapti, ikkalasi bo‘lib uch yuz so‘m. Kim majburlayapti? Hech kim. Ixtiyoran. Yana ortig‘i bilan. Enasini ko‘rmaslik uchun! Dalachiga esa, pulni kim berayotgani emas, o‘zi qancha olgani muhim: u bir kilo paxtasiga uch yuz so‘m ola boshladi! Uchala tomonning ham murodi hosil: davlat oz beryapti, dehqon ko‘p olyapti, shaharlik hasharchi og‘ir mehnatdan qutulyapti! Unisi ham rozi, bunisi ham rozi, uchinchi tomon ham rozi. Faqat, o‘rtada sho‘rlik shaharlik hasharchining cho‘ntagi yutqazyapti, cho‘ntak shir etib yirtilishi mumkin, ammo g‘ing deya olmaydi! 167
166 Eshitishimizcha, Toshkentning Eski shahar qismi mahallalarida 2011 – 2012 yillari uyma-uy aylanib, “paxta solig‘i” to‘plangan ekan. Demak, qo‘rqmabdi. Yoki Eski shahar aholisini ongsizroq deb o‘ylaganmi... 167
Aytgancha, hokimiyatga sovetlar va komunistlar kelganining ilk yillaridayoq paxta iqtisodiy (dehqonchilik va savdo- sotiqqa oid) masaladan siyosiy masalaga aylantirilgan edi. Buyuk yozuvchimiz Abdulla Qodiriyning o‘g‘li Habibulla Qodiriy xotira kitobida qiziq bir misol keltiradi: “Shu yil (1928) bo‘lsa kerak, O‘zbekiston respublikasining paxta plani to‘lmadimi yoki to‘lgan bo‘lsa ham davlatimizning paxtaga bo‘lgan ehtiyoji taqozo etdimi, har holda xonadonlarga paxta solig‘i solindi. Har bir xonadon qavib qo‘ygan ko‘rpalaridan ikkitasining avra-astarini shilib, paxtasini davlatga topshirishi kerak edi. Dadam “O‘tkan kunlar” romani uchun material to‘plashga Farg‘onaga borganlarida Marg‘ilondan sakkiz tepkilik qora xonatlas keltirgan edilar. Ikki kiyimligidan oyim bilan Josiyat bibim ko‘ylak tikib kiyishgan, qolganini esa besh-oltita katta-katta ko‘rpa qilishgan edilar. Shu ko‘rpalardan ikkitasini so‘kib, paxtasini dadam o‘z qo‘llari bilan mahallaqo‘mga chiqarib topshirdilar... Shunda oyim bir narsa demasalar ham, Josiyat bibim e’tiroz bildirdilar: Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 240
Shoshmang-shoshmang, davlat bilan terimchi o‘zaro yashirincha kelishib o‘ylab topmadimikan bu “asr hiylasi”ni? Obbo, shunaqa bo‘lishi ham mumkin. Dalachi ayol ikki gapining birida bekorga “Prezidentimizga rahmat, shu shaharlik hasharchini yaxshi o‘ylab topdilar, orqasidan qo‘limiz pul ko‘rdi, bolalarimiz et yeyapti!” demayapti, axir! Hah, sabil. Ana sizga Davlat! Tadbirkorlikda u shaharlikdan ham, qishloqlikdan ham o‘zib ketdi! Hatto ikkalasining mahorati davlat tadbiri oldida ip esholmaydi. ...Yo‘q, rosa o‘ylab ko‘rdim, yana o‘yladim: baribir davlatning miyasi ishlamaydiganga o‘xshadi. Mana, o‘zingiz ham bir xomcho‘tlab ko‘ring: shuncha ishxonaning, shuncha odamning ko‘nglini og‘ritmay... ishlarga, o‘qishlarga zarar keltirmay... necha-necha xonadonni bezovta qilmay... hasharni uyushtirishga ketadigan qanchadan-qancha mablag‘ni havoga sovurmay... odamning esini og‘dirib yuboradigan hiylalar izlab yurmay... qolaversa, chet elliklar, hatto qo‘shni davlatlar oldida ham kulgiga qolmay... eng to‘g‘ri yo‘lni, eng samarali yechimni qo‘llasa bo‘lardi. U esa juda oddiy. Maktab ko‘rmagan, eng orqada qolgan odam ham biladigan darajada oddiy – dehqonga mehnatiga loyiq darajada haq to‘lash kerak, tamom-vassalom! Ana undan keyin ko‘rasiz – dalada bir chanoq paxta qolarmikan! Shuncha ovoragarchilik va hayya-hayyalar dehqonga tirriqlik qilishdan kelib chiqyapti, xolos. Qishloqqa ozgina pul berib, ustidan katta pul ishlab olishga tirishishdan, ochofatlikdan boshqa narsa emas!
Esda bo‘lsa, O‘zbekistonda bir kilo paxta 50 so‘mga terilayotgan yillari shundoqqina qo‘shnimiz Qirg‘izistonda bir kilo paxtaga 300 so‘m berilardi! Qaysi ahmoq 300 so‘m turganida 50 so‘m uchun ishlaydi?! Vodiyning chegara tumanlarida yashovchi ayollarimiz o‘zimizning terimga boyqo‘t e’lon qilib, ikki-uch yil Qirg‘izistonga o‘tib paxta tergan edi o‘shanda 168
. Va xotin boshi bilan bir dalachi to‘g‘ri qilgan! Lekin davlat bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmadi – paxta narxini oshirmadi. Teskari xulosa chiqardi – chegarani taqa-taq yopdi. Odam garang bo‘pketadi: narxni ozgina oshirsang, asakang ketadimi, Davlat? Axir shu dehqonning orqasidan kun ko‘ryapsan-ku! Shu mehnatkash xalqing yetishtirgan paxtani sotib cho‘ntaging qappayyapti-ku! Yaxshiyam sho‘rlik dehqon shuncha ezilib-qiynalib yetishtirgan paxtasini davlati chet ellarga necha do‘llarga pullayotganini bilmaydi. U puldan qanchasi xazinaga, qanchasi kimlarningdir cho‘ntagiga tushishini-ku, so‘rash tugul, o‘yiga ham keltirmaydi. Chunki baribir tagiga yetolmaydi.
- Nima balo, hukumat shu ko‘rpalarning paxtasiga zor bo‘lib qolibdimi, Abdulla? - Zor bo‘lganmi-yo‘qmi, bu siyosatchilik, oyi. Bunga qarshi “yo‘q, bermayman” deb bo‘lmaydi. Zarur bo‘lganki, soliq solganlar...” (Habibulla Qodiriy. “Qodiriyning so‘nggi kunlari”. Xotira qissa. “Yoshlik” jo‘rnoli 1989 yil 4-son 46-bet.) 168
Davlatimiz bu masalada ham “tadbirini oldi”: chegaralarni aylanasiga zichlab yopib, tashqariga zog‘ ham chiqa olmaydigan qilib qo‘ydi va... ichkarida bir kilo paxta terimiga dunyoda eng past narx belgiladi! Mana, “istiqlol sharofati bilan” uch-to‘rt yildan buyon hech kim qo‘shnilarning paxtasini termayapti, arzon bo‘lsayam, o‘zimiznikini terib yuribdi... |
ma'muriyatiga murojaat qiling