Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

290 


2. “Besh vaqt namoz, juma va hayit namozlari barcha machitda emin-erkin 

o‘qilyapti!” degan minnatga javob: 

Agar diniy erkinlik faqat namoz o‘qish, ro‘za tutish, hajga borish bilangina 

belgilansa, hatto xudosiz sovet davrida ham oz bo‘lsa-da machitlar bor edi va o‘sha 

qattol zamonda machitlaru uylarda namoz o‘qilgan, ro‘zalar tutilgan, iftorliklar, Qur’on 

xatmlari qilingan, chekli miqdorda bo‘lsa-da hajga borilgan, nikohlar, janozalar 

to‘xtamagan, bitta-ikkita istisno, diniy marosimlar asosan ommaviy ado etilgan. 

Keksalar aytsin: qishloqlarda hayit hozirgidan ancha fayzli o‘tardi. O‘zim 

guvohman. 

Ikkinchidan, “Namozlar emin-erkin o‘qilyapti”, deyish o‘zini o‘zi aldashdan boshqa 

narsa emas. Sovet payti diniy hayot maxsus tashkilotlar orqali qattiq kuzatib-boshqarib 

turilganidek, bugun ham ayni shunday. Usullari hatto battardir. 

Namoz o‘qish imkoniyatlari ham, sharoitlar ham borgan sari siqishtirib tashlandi. 

Siyosat namoz o‘qiydiganlar ko‘ngliga g‘ulg‘ula solish, sonini ozaytirish, iloji bo‘lsa, 

namoz o‘qitmaslikka erishishga qaratilgan. 

Namoz o‘qiydiganlar yoshga, ijtimoiy toifaga qarab har xil ro‘yxatlarga kiritiladi. 

O‘rganiladi. “Profilaktik suhbatlar” qilinadi. Haftada bir keladigan juma namozi tugul, 

yilda bir marta keladigan hayit namoziga ham voyaga yetgan, namoz o‘qishi farz 

bo‘lgan yoshlar qo‘yilmaydi. Melisalar, maktab-kollej o‘qituvchilari machitni 

aylanasiga qurshab olib, o‘quvchilarni ochiqdan-ochiq ovlab o‘tiradi... 

Bu kabi “tadbir”lar, albatta, natija bermay qo‘ymadi: umuman namozxonlar, 

xossatan machitga qatnaydiganlar soni yildan-yilga sezilarli darajada ozaydi va ozayib 

bormoqda


193

Juma – mo‘minning bayrami. Ammo bayramligi his ettirilmaydi. Tevarak melisalar 



bilan qurshab olinganidan, juma shu qadar xavotirli kunmi, musulmonlardan doimo 

tahlika kutiladimi, deb o‘ylab qolasiz. 

Ikki hayitni-ku, qo‘yavering. Nasroniylarning “Rojdestvo”si davlat boshchiligida, 

”Yangi yil” niqobi ostida, O‘zbekistonday musulmon mamlakatda, shaharlarning 

gavjum-gavjum joylarida xalq sayillari uyushtirib, ko‘ngilxush tadbirlar, turli-tuman 

o‘yinlar tashkil etib, ayniqsa bolalarga sovg‘a-salomlar ulashib, savdo bo‘limchalari 

ochib, katta tantanalar bilan haftalab nishonlangani holda, mo‘min-musulmonning ikki 

buyuk bayrami – Ramazon va Qurbon hayiti xuddi mo‘min-musulmonning o‘zi kabi 

g‘arib, xo‘rlangan holda nishonlatiladi. 

                                                

193

 Albatta, besh-o‘n yil oldingi holat bilan bu yilgi holatni solishtirib ko‘rsatish uchun qo‘limizda aniq raqam yo‘q. Har 



kuni ichida bo‘lganimizdan ko‘zimiz bilan ko‘rganlarimizga suyanib aytyapmiz bu gapni. Besh-o‘n yil burungi juma, 

tarovih va hayit namozlarini eslaydiganlar hozir machitlarda odam anchagina ozayganiga iqror bo‘ladi. Mahalla machitlari 

deyarli hammasi yopilgan, bordiyu ramazonda tarovih namozi o‘qilsa, tegishli idoralarga chaqirilib, so‘roq-savol, do‘q-

po‘pisa qilinadi, eng oson qutulgani – jarimaga tortiladi. 

Tug‘ilgan qishlog‘imda yuz bergan bir voqea: machit ro‘yxatdan o‘tmagan degan bahonada besh-olti yil burun yopilgan 

edi. Yaqinda (2013 yili) organ xodimlari birdan tekshiruvga kelib ochtirishibdi va ichkarida yozig‘liq sholchani va 

tokchada eski bir joynamozni ko‘rib: “Nimaga yo‘qotmadilaring?! Demak namoz o‘qigansanlar!” deb jarimaga 

tortishibdi. Shu ishni qilayotganlar ham musulmon bolasi! Teskari siyosat odamni birpasda aynitadi! 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

291 


Hayit namozini “biron mashmashasiz, tinch-omon o‘qitib olish” niyatida 

qo‘shimcha melisa kuchlari tashlanadi. Odamlar (18 yoshdan kattalar) shu melisalarni 

oralab machitga kiradi va yana shularni oralab machitdan chiqadi. Hadik-xavotir 

vaziyati vujudga keltiriladi.  

Ichkarida imom-domlalar har gal: “Namozlarimizni eminlikda-erkinlikda 

o‘qishimizga sharoit yaratib bergan muhtaram prezidentimizga shukronalar aytamiz! 

Juma va hayit namozlarimiz tinch kechishi uchun jon kuydirayotgan ichki ishlar 

xodimlariga tashakkurlar bildiramiz!” deb duolariga qavmni ham “Omin!” 

degizdirishadi. 

Tashqarida esa, melisaning ko‘zlari olazarak: 

1) tig‘iz olomon ichidan yosh bolalarni ajratib, iziga qaytarish bilan ovora;  

2) ayni choqda, olomonning qo‘liga, qo‘ltig‘iga, cho‘ntagiga xavotir bilan qaraydi – 

ishqilib, biron portlovchi modda yo‘qmi? 

Xuddi machitga keladiganlar jamiyat tinchligiga tahdid soladigan, manglayiga 

“xatarli” deb yozilgan qandaydir olabo‘ji kuchday

194


Hatto xudosiz sovet paytlari hayit kunlari hayitday o‘tar, namozxonlar machitdan 

chiqiboq uyiga, bola-chaqasiga sovg‘a-salom olar edi. Ayniqsa, bolalar yayrardi: 

qishloq guzari har xil milliy shirinliklarga, o‘yinchoqlarga to‘lib ketardi, 

hayitliklarimizga ularni sotib olardik, pulimiz tugab qolsa, qavm-qarindoshlarnikini 

bittama-bitta aylanib hayitliklar to‘plardik. Qani ular hozir?! 

Shaharlardagi ayrim katta machitlarni istisno etganda, atrofda sayil yo‘q, bayram 

shukuhi yo‘q. Pana-pasqamlarda an’anaviy xo‘rozqandu surnaychalar sotilishini 

demaganda, boshqa katta shod-xurramlik yo‘q. Odamlar machitga melisa kuzatuvi 

ostida kelganidek, yana melisa kuzatuvi ostida uy-uyiga tarqaladi. To‘g‘rirog‘i, 

tarqalishga shoshiladi. 

Bu “tadbir”lardan maqsad hayitni hech kim (ayniqsa bolalar) bayram deb his 

qilmasin! Ta’ziyaxonalardagi yig‘i-sig‘ini ko‘rib, motam kuni deb o‘ylayversin. 

To‘g‘ri, har hayit arafasida hukumat miqyosida alohida yig‘ilish qilinib, hayitni 

“tantanali o‘tkazish” bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatiladi, 

topshiriqlar beriladi, ammo hayotda, ya’ni amalda “tantana” qismi ko‘rinmaydi-

sezilmaydi, “vahima” qismi yashaydi, xolos. Aslida, xalqqa bunaqa minnatli “maxsus” 

qarorlar kerak emas, unga hayitni o‘z ko‘nglidagiday bayram qilishiga to‘sqinlik 

qilinmasa bo‘ldi. 

3. “Mustabid sovet davrida bor-yo‘g‘i 1 ta madrasa, 1 ta Islom oliy o‘quv yurti 



bo‘lgan bo‘lsa, istiqlol sharofati va muhtaram prezidentimiz rahnamoliklarida 

bugun respublikamizda yoshlarning diniy ta’lim olishlari uchun to‘qqizta 

madrasa, bitta Islom instituti ochib qo‘yilibdi!” degan minnatga javob: 

                                                

194

 Bir hayit namozi arafasi Xorazm viloyatida yuzini “hijob” bilan to‘sib olgan maxsus xizmat xodimlari imom-xatiblarni 



eshik tagiga qorovul qilib qo‘yib, o‘rgatilgan iskovuch itlarini machitlarga olib kirib, mehroblarni iskalatib-bulg‘ab 

chiqdi. Bu ishlarini “xavfsizlik chorasi” deb tushuntirdi. Maqsad xavfsizlik chorasimi yoki odamlarning ko‘ngliga 

g‘ulg‘ula solib tahoratlarini ketkazishmi edi ‒ bilolmay qoldik. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

292 


Birinchidan, sovet davrida madrasa va Islom oliy o‘quv yurti bittadan bo‘lsa ham 

bor edi. Yetmaganiga uylarda, hujralarda o‘qitilardi. Ta’qib va tazyiqlar ham hujra 

tizimini butkul tugata olmagan. 

Ikkinchidan, hozirda ishlab turgan madrasalar ko‘pi, boya aytganimizdek, qayta 

qurish siyosati tufayli asosan sovet davrida, bir-ikkitasi “mustaqillik”ning ilk pallalari 

ochilgan. Chunki bu ilk pallalarda o‘sha qayta qurish siyosatining oqavasi o‘laroq 

birmuncha erkinlik davom etgan edi. Hamda madrasa hozirgidan ancha ko‘p edi. 

So‘ngra... “Mustaqillik” mustahkamlangan sari davlat 20 yil ichida uch-to‘rt ming 

machitni yopganidek, madrasalarni ham bitta-bitta yopdi va hozir bor-yo‘g‘i 9 

(to‘qqiz)tagina qoldirdi. 

Ilk yopilgani Qo‘qondagi madrasa bo‘lsa, oxirgisi Samarqandda ishlab turgan Imom 

Buxoriy nomidagi “Hadis markazi”dir. 

Marg‘ilonda Burhoniddin Marg‘inoniy nomida “Fiqh markazi”ga deb mo‘ljallab 

qurilgan tayyor bino tortib olinib tayinsiz bir kollejga aylantirildi. 

Xususiy diniy ta’lim tizimi (“hujra” usuli) haqida-ku, aytmasa ham bo‘ladi: ular yot 

unsur sifatida yo‘q qilib yuborildi go‘yo. Hujra egalari va hujrada ta’lim ko‘rganlar 

qamab bitirildi. Hujra ta’limini olganlar hozirgacha “ijtimoiy xavfli shaxslar” o‘laroq 

ko‘riladi. 

4. “Diniy adabiyotlar, tarqatma vositalari, diniy gazet-jo‘rnol chiqib turibdi!” 

degan minnatga javob: 

Diniy adabiyot kam bo‘lsa-da chiqib turgani to‘g‘ri, ammo bu adabiyot siyosat 

tarozisiga solinib, ko‘rinmas chig‘iriqlardan o‘tkazib, qattiq tekshiruv va tozalovlardan 

keyingina Diniy qo‘mita ruxsati bilan chop etiladi. 

Ruxsat esa ko‘pincha respublikada olib borilayotgan diniy siyosatni targ‘ib-tashviq 

etuvchi kitobchalarga tegadi

195


Diniy adabiyotlarni nazorat (senzura) elagidan o‘tkazib taqdim etish an’anasi bizga 

Chor O‘rusiyasi tutimidan meros bo‘lib qolgan. 

Turkistonni Chor O‘rusiyasi bosib olganidan keyin mahalliy musulmon xalqlarni 

boshqarish uchun o‘ziga xos yo‘l tutgan. Masalan, keyinchalik hokimiyatga kelgan 

kommunistlardan farqli o‘laroq, bid’atu xurofotga qorishib ketgan bo‘lsa ham, hayotda 

din hukmlari yurib turishiga ruxsat bergan. Mahalliy aholi ko‘zini allalab turish uchun, 

albatta. Sallalar boshda, chakmonlar eginda, obro‘-martabalar joy-joyida qolgan. 

Shariat idoralari, qozilar ishlab turgan. Vaqf tashkilotlarini yopmagan. Diniy adabiyot 

yangicha usullarda ‒ toshbosmalarda ko‘plab adadlarda bosilishiga ijozat bergan. 

Albatta, bu ishlar hammasi uzoq zamonlar davomida din dushmanlari ishlab chiqqan 

tavsiyalarga tayanib belgilangan cheklovlar doirasida va davlatning qattiq kuzatuvi 

ostida yuritilgan. 

                                                

195

 Kamina “Movarounnahr” nashriyotiga mudir etib tayinlanganimda aqida, tarix, tafsir, fiqhga oid eng mashhur asos 



manbalarni nashriyot rejasiga kiritib, ro‘yxatini O‘zbekiston musulmonlari idorasiga taqdim etdim. Ammo bular o‘rniga 

boshimizga yuqorining topshirig’i bilan imomlar yozgan “dolzarb” mavzulardagi ijtimoiy kitobchalar yog’ilib ketdi, 

o’shalar bilan band qilib tashlandik. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

293 


Jumladan, diniy adabiyot nashri masalasida Chor O‘rusiyasi hukumati ayniqsa ikki 

nuqtaga diqqat qilgan: 

1. Sankt Peterburg senzura tashkiloti nazoratini kuchaytirib, chopga uning ruxsati 

bo‘lishini majburiy qilib qo‘ygan. To Lelin boshliq bolshavoylarning O‘ktabir 

to‘ntarishigacha oraliqda toshbosmalarda chop etilgan kitoblarning ichki muqovasiga 

boqsangiz, “Razresheno tsenzuroyu Sankt-Peterburga” yozuvli muhrni albatta ko‘rasiz. 

2. Musulmonlarni asl e’tiqodidan burish va bu yo‘l bilan dinga zimdan zarba berish 

maqsadida Sankt Peterburg senzurasi orada bid’iy va xurofiy e’tiqodlar aralashib 

ketgan kitob va kitobchalarga ham “ruxsat berardi”. U kitoblar basmala, hamd va 

salovatlar bilan boshlangani xalqimizni aldab qo‘yardi. Ayniqsa, duoxonlik, 

maqbaralarga sig‘inish, tushlarni ta’bir etish, aziz-avliyolar shaxsini ulug‘lash... kabi 

shubhali, hatto harom ishlar ijobiy qilib ko‘rsatilgan kitoblarga keng yo‘l edi. 

Ko‘zlangan maqsad ham shu edi aslida. Shundoq ham keyingi asrlar davomida asl 

dinidan uzoqlasha-uzoqlasha, zulmatga bota-bota oxiri kofirlar qo‘lida qul bo‘lishday 

tubanlikka ingan musulmonlar bu kabi “adabiyot”lar ta’sirida battar zulmatga va 

botqoqqa botdi. Bugungi ko‘p tortishuv va janjallar sababi va ildizi chorizmning aniq 

reja asosida olib borgan o‘sha siyosatiga taqaladi. 

Sovet kommunistlari esa dinni afyun dedi, so‘sializm va kommunizmga faqat dinsiz 

erishish mumkin dedi, butun mafkurasi bilan dinga qarshi kurashdi. Dinsiz “yangi 

sovet kishisi”ni yaratish maqsadida qaram musulmon o‘lkalar xalqlarining diniy 

e’tiqodlarini yuraklaridan zo‘rlab chiqara boshladi, diniy xotirani onglaridan 

o‘chirishga kirishdi. 

Faqat, Ikkinchi Jahon urushi chog‘i (1943 yili): 1) jabhada do‘ppi tor kelib 

qolganida; 2) dindorlarning ham ma’naviy, ham moddiy ko‘maklariga muhtoj bo‘lib va 

ham 3) dunyo hamjamiyatining tazyiqi ostida dinga bir oz yengillik berishga, diniy 

tashkilotlar tuzishga majbur qoldi. Lekin o‘shanda ham dinni va u diniy tashkilotlarni 

to‘lasicha davlat siyosatiga bo‘yin sundirgan holda.  

Ya’ni, SSSR Ministrlar soveti qoshida Din ishlari bo‘yicha maxsus kengash (“Sovet 

po delam religii” ‒ bugungi “Din ishlari bo‘yicha qo‘mita”ning otasi) tuzib dinni to‘rt 

buklab tagiga bosib oldi va faqat o‘zi ruxsat bergan darajada qimirlab turishiga, o‘lib 

qolmaguday miqdorda nafas olishiga “ijozat” berdi. 

Sovet dinga ochiq dushman edi, shuning uchun diniy adabiyotni yoqib-ko‘mib yer 

yuzidan izini o‘chirmoqchi bo‘ldi. Shu bois u davrni bir chetga qo‘yaturaylik-da, Chor 

O‘rusiyasiga qaramlik davrimiz bilan hozirgi “mustaqil” davrimiz orasida diniy 

adabiyotga munosabatni solishtiraylik. Insof bilan aytganda, qaram holimizdagi vaziyat 

“mustaqil” holimizdagi vaziyatdan ancha erkin va hur edi. 

Mana, bir qiyos. 

Sankt Peterburg senzurasi diniy adabiyot nashrini nazorat etar ekan, din gapidan 

taxminan 20-25 foizcha qismi olib tashlar, 80-75 foiziga ruxsat berar edi. Bunga o‘sha 

davrda bosilgan adabiyotlarni kutubxonalardan topib o‘rganib ishonch hosil qilasiz. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

294 


Ammo hozir tom teskarisi ‒ “mustaqil davlat”imiz din gapining taxminan 25-30 

foiziga ruxsat beradi, qolgan 70-75 foiz qismini aytish yo yozishni “maqsadga muvofiq 

emas” deydi! 

Raqamda 10-15 foizga adashgan bo‘lsak, uzr so‘raymiz, 10-15 foiz bilan mohiyat 

o‘zgarib ham qolmaydi: ruxsat va taqiq nisbati shunga yaqin

196


Xo‘p, ana, 70-75 foiz emas, dindan bor-yo‘g‘i 1 (bir) foiz qismini aytish- yozish 

man etildi, o‘zgartirildi yo kitoblardan olib tashlandi, bor-yo‘g‘i 1 (bir) foiz hukmiga 

amal qilish taqiqlandi, deylik. Mumkinmi shu?! 

Diniy ulamolarimiz aytsin, mayli, diniy idora “ulamolar kengashi” aytsin: 

mumkinmi shu?! 

Agar imon yutilmagan bo‘lsa, agar Ollohdan qo‘rqilsa, javob bitta bo‘ladi: ASLO! 

Chunki dinning 99 (to‘qson to‘qqiz) foiz gapi aytilmadi nima,1(bir) foiz gapi 

aytilmadi nima ‒ ikkalasining hukmi bir ekanini, birday xiyonat sanalishini hamma 

biladi. 


Din nozikdir, aqidasi yo hukmidan bittasi buzilsa, butun din buziladi. Kishi bitta 

ochiq hukmga ishonmasa, mas., halolni harom, haromni halol desa yoki, misol uchun, 

barcha payg‘ambarga ishonsa-yu, bittasiga ishonmasa... dindan chiqadi. Bu ma’noda 

buyuk alloma Shibliyning (Olloh rahmatiga olgan bo‘lsin): “Har narsadan hammasi 

olinsa, bir qismi qoladi (mas., suv to‘kib tashlansa, idishda yuqi qoladi. ‒ N.M.R.)

ammo dindan bir qism olinsa, hech narsa qolmaydi”, degan gapi mashhur. 

Shunday ekan, diniy adabiyotni G‘arb sharqshunosligi ruhi va uslubida ta’lim-

tarbiya olgan kishilar tekshirishi va istagan yerini o‘chirib, istagan yerini o‘zgartirib 

chiqarishi yoki umuman bosishga ruxsat bermasligi, tabiiy, umuman dinga qarshi 

siyosatning bir bo‘lagi deb tushuniladi. 

Qayta-qayta aytayotgan bir gapimizni shu o‘rinda yana takrorlaymiz: gap 

O‘zbekiston musulmonlari idorasida yoki Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari 

bo‘yicha qo‘mitada emas, bu joylarda ishlaydigan kishilarda ham emas, gap tizimda va 

tuzumdadir! Davlatning dinga munosabati tubdan o‘zgarmas ekan, u tizimlarda kim 

ishlashidan qat’i nazar vaziyat o‘zgarmaydi. 

Chor O‘rusiyasi din boshqaruvini Olloh va Uning elchisi qo‘lidan, Qur’on va sunnat 

hidoyatidan olib Sankt Peterburg senzurasi ixtiyoriga bergan bo‘lsa, Sovet davlati bu 

vazifani SSSR Ministrlar soveti qoshidagi Din ishlari bo‘yicha kengash qo‘liga berdi, 

“mustaqil” O‘zbekiston esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita qo‘liga topshirdi. Har uch holda ham bu tashkilotlar 

orqasida maxfiy tashkilotlar ‒ O‘rusiya davrida chor oxrankasi, Sovet davrida Davlat 

xavfsizlik komiteti (DXK ‒ KGB) turdi, “mustaqillik”ka erishganimizdan beri Milliy 

xavfsizlik xizmati (MXX) turibdi. 

                                                

196

 “Ikkinchi ko‘chat”da dinimiz aqidasi va fiqhi bilan “bo‘tqa dini” aqidasi va fiqhi solishtirilganida kinoya uslubida bu 



masala kengroq aytildi. 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

295 


Demak, tuzumlar o‘zgardi, dinga munosabat o‘zgarmadi ‒ bu uch xil tuzumda bir 

xil davom etyapti. Hatto har tuzum o‘zgarganida keyingisi oldingisidan battar bo‘lib 

bordi. 

Dinning so‘zini din ulamosi aytmas ekan, din masalasi davlat siyosatiga qarab 



emas, Qur’on va hadisga tayanib hal etilmas ekan, bundan keyin ham ahvol yaxshi 

tomonga o‘zgarmaydi.  

So‘zimiz quruq bo‘lmasin, nashrga tayyorlangan adabiyotlardan bugun qaysi gaplar 

olib tashlanayotganiga, davlat dinning qaysi aqidayu hukmlaridan qo‘rqayotganiga 

besh-olti misol keltiramiz: 

I. “– 10-betdagi “Insonlarning ko‘p so‘zlari ulamolar nazdida kufrdir” deb 

boshlangan xatboshidan 11-betdagi “dinsiz, imonsiz, e’tiqodsiz. Sen fojirsan, fosiqsan, 



munofiqsan” deb tugallangan jumlagacha qisqartirish; 

– 43-50 betlardagi “Namozni qasddan tark etish” nomli sarlavha ostida berilgan 

mavzuni to‘liqligicha qisqartirish; 

– 51-56 betlardagi “Uzrsiz jamoat namozini tark etish” nomli sarlavha ostida 

berilgan mavzuni to‘liqligicha qisqartirish; 

– 56-57 betlardagi “Juma namozini tark etishga odatlanish” nomli sarlavha ostida 

berilgan mavzuni to‘liqligicha qisqartirish; 

– 86-87 betlardagi “Qodir bo‘la turib haj qilmaslik” nomli sarlavha ostida berilgan 

mavzuni to‘liqligicha qisqartirish; 

– 189-198 betlardagi “Xamr (mast qiluvchi ichimlik) ichish” nomli sarlavha ostida 

berilgan mavzuni to‘liqligicha qisqartirish lozim. 

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekspertlik guruhi “Gunohi kabiralar” nomli kitob 

qo‘lyozmasida ko‘rsatilgan holatlarni bartaraf etish sharti bilan uning mazmuniga diniy 

nuqtai nazardan e’tiroz bildirmaydi” (Din ishlari bo‘yicha qo‘mita(DIQ)ning 2013 yil 



31 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi(O‘MI)ga yo‘llagan 2038 raqamli ruxsat 

xatidan)

“Diniy nuqtai nazardan e’tiroz bildirmaydi”, deydi-yu, ammo katta gunoh (gunohi 

kabira)lardan besh-oltitasini sanashni, odamlarga eslatishni man etadi, bunday kitobda 

din qoladimi? Ayrim ishlarni kufr deb bo‘lmasa, namozni qasddan tark etish, uzrsiz 

jamoat namozini tark etish, juma namozini tark etishga odatlanish, qodir bo‘laturib 

hajga bormaslik, mast qiluvchi ichkilik ichish hukmlarini bayon qilish mumkin 

bo‘lmasa, dinga berilayotgan erkinlikmi shu?! 

II. “– 71-76 betlardagi “Aroq ichguvchini mazammat qilish” nomli sarlavha ostida 

berilgan mavzuni to‘liqligicha qisqartirish; 

– 121-126 betlardagi “Zolimlarga yordam berishning mazammat qilingani haqida” 

nomli sarlavha ostida berilgan mavzuni to‘liqligicha qisqartirish; 

– 159-162 betlardagi “Namozni tark qiluvchilar bayoni” nomli sarlavha ostida 

berilgan mavzuni to‘liqligicha qisqartirish lozim. 

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekspertlik guruhi “Durrat an-nosihin” nomli kitob 

qo‘lyozmasida ko‘rsatilgan holatlarni bartaraf etish sharti bilan uning mazmuniga diniy 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

296 


nuqtai nazardan e’tiroz bildirmaydi” (DIQning 2013 yil 31 iyul kuni O‘MIga yo‘llagan 

2040 raqamli ruxsat xatidan)

Diqqat qiling: demak, araq ichuvchini ham, zolimlarni ham, zolimga yordam 

beruvchini ham, namozni tark qilganlarni ham ayblab bo‘lmaydi bugun! 

Jamiyat ichuvchi bo‘lgani uchun araq ichganlarni ayblash taqiqlangandir balki.  

Namoz o‘qishni tashlab yuborganlarni ham so‘kma deyishdan maqsadi – o‘zi 

davlatning niyati odamlarni namozdan chiqarish-u, senlar nima qilyapsanlar, deyishdir. 

Ammo zolimni nimaga zolim deb bo‘lmaydi? Zolim o‘z nomi bilan zolim bo‘lsa, 

bu so‘z har zamon va har makonda salbiy ma’no tashisa, nimaga O‘zbekistonda 

zolimni ham, unga yordam qiluvchilarni ham ayblab bo‘lmaydi?  

Demak, mantiqan qaraganda, fikrni elakdan o‘tkazuvchi mutasaddilar o‘zlari 

bilmagan holda davlatni ham, davlatning boshlig‘ini ham zolim deb tan oladilar! 

O‘zlari bu ishlari bilan zolimga yordam berayotganlarini ham bilib turibdilar! Agar 

boshliqlarini zolim, o‘zlarini zolimga yordam beruvchilar deb o‘ylashmaganida edi, 

kitoblardan, diniy gazet-jo‘rnollardan, juma nasihatlaridan bu mavzuni o‘chirtirib 

yurmagan bo‘lishardi. 

III. Shuningdek, “Mo‘ylabini lab chetidan oshirib o‘stirish kofirlar odatidir” deb 

yozilgan jumlani olib tashlash; “Ayollarni sochlariga boshqa sochni, sun’iy bo‘lsa 



ham, ulashlari haromdir” deb boshlangan xatboshidan “...sochiga boshqa sochni ulab 

qo‘yishni so‘ragan ayolni Alloh taolo la’natlaydi” deb yozilgan jumlagacha 

qisqartirish... lozim” (2013.24.01. 181-raqam)“Zolimlar va ularning yordamchilari 



do‘zaxiydirlar”“Mast qiluvchi narsani doim ichishga odat qilgan kishi butga ibodat 

etgan kishi kabidir”; “Kim uch marta juma namozini sababsiz qoldirsa, 

munofiqlardan deb yoziladi” jumlalarini qisqartirish; “Shahidlarga atalgan xos 

ne’matingni so‘rayman” deb yozilgan jumlani, “Bunda cho‘chqa go‘shti harom 

bo‘lgani uchun narda o‘ynaganning qo‘li ham haromga tekkaniga ishora bor” 

jumlasigacha qisqartirish. 

Hatto cho‘chqa go‘shtini harom deb bo‘lmasa! 

Mast qiluvchi ichkilikni harom deb bo‘lmasa! 

Yo davlat bu masalalarni mayda-chuyda deb o‘ylaydimi?! 

Dinda mayda-chuyda bo‘lmaydi, eng mayda tuyulgani ham g‘oyat ahamiyatli bo‘lib 

chiqadi. Bu hukmlar kitoblardan, gazet-jo‘rnollardan, juma mav’izalaridan osongina 

qaychilab tashlanaversa, din qoladimi?! 

Dinga to‘la hurlik berilgan degani shumi yo?! 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling