Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

227 


Vatandosh biron-bir yot yurtda boshiga mushkul tushsayu ko‘zini javdiratib-

mo‘ltiratib davlatiga qarasa (elchixonaga bosh urib borsa), davlati (elchixona) uni 

himoya qanoti ostiga olish o‘rniga, “Bu yoqqa kelayotganingda bizdan ruxsat 

olmagansan, qonunga xilof tarzda kelgansan, endi ham o‘zingga o‘zing egalik qilaver, 

davlatdan himoya kutma!” deyishi qanchalar ajablanarli eshitiladi.  

Himoyaga muhtoj vatandoshini taqdir ko‘chalarida o‘z boshiga yolg‘iz va qarovsiz 

tashlab qo‘yguvchi bunaqa “ota”ni, bunaqa davlatni keyin kim suyadi?!

154


 

Bir kuni bu “ota” ham, bu davlat ham himoyaga muhtoj bo‘lib qolishi mumkin. 

Vaqtida o‘zi himoya ko‘rmagan “bola” davlati boshiga tashvish tushganida otilib 

chiqib uni himoya qilarmikan?! 

Yo‘q. Chapak ikki qo‘ldan chiqadi – himoya qilsa, himoya ko‘radi. 

To‘g‘ri, davlatdan ruxsat olmagandir, uch-to‘rt tanga peshonaterini poraxo‘rdan 

asrab qolish uchun mamlakatdan rasmiy yo‘l bilan chiqmagandir, ammo og‘irligini 

sizga tushirmaslik uchun, hamma qiyinchilikni, hatto o‘lim ehtimolini ham bo‘yniga 

olib ishga ketibdimi, shukr qilmaysizmi, “Ota”?! 

Ko‘zini lo‘q etib: “Nima qilsang qil ‒ ish top! Bola-chaqamning qornini to‘yg‘az! 

Gaz ber, chiroqni yoq! Eplayolmasang, taxtni bo‘shat!” deb turib olganida nima 

qilardingiz?! 

Xayriyat,“bolalaringiz” betgachopar emas. Mamlakatni to‘ydirib, kiyintirib, isintirib 

o‘tirish birinchi galdagi vazifangiz bo‘lgani holda shuni ham yuzingizga solmaydi. 

Do‘ppingizni osmonga otsangiz arziydi, “Ota”! Chunki siz jirkanadigan shu yoshlar 

to‘rt tanga ilinjida dunyoga sochilgani bahonasida bu yoqda siz katta-katta 

tashvishlardan qutulib o‘tiribsiz:  

1. Ish topib berish va boqish tashvishidan. Ishni yer tagidan bo‘lsa ham o‘zi 

topyapti. Ota-onasini, bola-chaqasini eplab-netib o‘zi boqyapti. 

2. Mamlakat xazinasini to‘ldirish tashvishidan. “2012 yili o‘zbekistonlik mehnat 

muhojirlari Rossiyadan O‘zbekistonga 2011 yilga solishtirganda deyarli 1,5 milliard 

dollarga yaqin ko‘proq mablag‘ yuborgan. Rossiya Markaziy banki ma’lumotlariga 

ko‘ra bank jo‘natmalari orqali O‘zbekistonga 2012 yilda 5 milliard 700 million 

dollarga yaqin pul yuborilgan”

 155

.  


“Rossiya Markaziy Bankining so‘nggi ma’lumotlari bo‘yicha o‘zbekistonlik mehnat 

muhojirlari 2012 yili o‘z Vatanlariga 6 milliard dollarga yaqin pul yuborishgan. AQSH 

Markaziy Istihborot Agentligi hisob-kitobiga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 

2012 yilda 51 milliard dollardan sal ko‘proq bo‘lgan. Demak, birgina Rossiyadan 

mehnat muhojirlari yuborgan mablag‘ O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 10 

                                                

154

 O‘z uyi va qishlog’ida aziz bo‘lgan insonimiz chetlarda xor-zor yurgan, kamsitilayotgan, xo‘rlanayotgan, hatto o‘ldirib 



yuborilayotgan bo‘lsa, sababini u davlatlardagi adolatsizliklardan ko‘ryapmiz, nonko‘r o‘risni so‘kyapmiz. Ammo 

o‘zimizda-chi?! Viloyatlardan ish axtarib Toshkentga kelgan yoshlar o‘zlarining mamlakatlarida, o‘z poytaxtlarida 

chetdan battar xo‘rliklar ko‘rmayaptimi?! Sho‘rliklar ko‘cha-ko‘yda, bozorda, metroda bemalol yura olmaydi. Gavjum 

yerlarga maxsus zirhlangan avtobuslar qo‘yib melisalar “qishloqi”larni xuddi hayvon misol ovlab o‘tiradi. “Otdelga 

oboramiz!” deb qo‘rqitadi, bor pulini shiladi, ayrimlarini hatto qamab ham qo‘yadi. O‘zimizniki bunaqa qilib turganidan 

keyin bolalarimizni chet davlat hurmat qilsinmi?! 

155

 

http://www.bbc.com/uzbek/mobile/uzbekistan/2013/03/130311_migrants_remittances.shtml



  

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

228 


foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadi va O‘zbekistonning paxta va gaz eksporti 

daromadidan ko‘proqdir”

156



Aytilgan bu miqdor O‘rusiya Markaziy banki rasmiy qaydidan o‘tib kelayotganidir, 



yana mardikor lippasiga qistirib olib kirayotgan pul qancha! Endi buning ustiga 

Qozog‘iston, Janubiy Quriya, Turkiya, Amrika, Kanada va Ovrupa mamlakatlaridan 

kelayotganlarini qo‘shing-chi!.. 

“O‘h-ho‘!” deb yuborasiz. 

Shukr qiling, “ota”, o‘sha siz jirkanadigan dangasalar topib kelayotgan pul hisobiga 

mamlakat amal-taqal yashab turibdi. Aholida sotib olish qobiliyati o‘lmagan bo‘lsa, 

chetdan kirayotgan pul hisobigadir. Moshinalar, qurilish ashyolari sotib olyapti, uylar 

quryapti, to‘ylar qilyapti ‒ bozorlar aylanib turibdi. 

Ya’ni, siz jirkanadigan dangasa ‒ dunyoga yoyilgan sho‘rlik mardikor qulday 

ishlab, o‘zi bilib-bilmay davlatiga juda katta ko‘mak berib yotibdi! Olti (6) milyard 

do‘llar mamlakatga bir yil kirmay qolsin, nima bo‘larkin. Nima bo‘lardi, iqtisod 

o‘tiradi, g‘alayon boshlanadi... 

3. Isyon ehtimolidan. Qiziqqon, ko‘chalarga otilishga doim tayyor qatlam asosan 

yoshlardir. Buni dunyo jamiyatshunoslari, siyosatchilari va iqtisodchilari – hamma 

biladi. Buni, albatta, siz ham bilasiz. 

O‘zbekistonda yoshlarning katta qismi chetellarga chiqib ketib, tirikchilik 

tashvishlari bilan ovora. Davlatning ham, boshliqlarining ham mushugini pisht 

deyayotgani yo‘q. Bu yoshlarning boshidan suv o‘girib ichsangiz arziydi. Ularning 

ko‘nglini olishingiz, iloji boricha chetga chiqib ishlashiga rag‘batlantirishingiz, 

orqalaridan qayg‘urishingiz, Vatanda qolgan yaqinlaridan xabar olib turishingiz lozim. 

Kerak bo‘lsa, maxsus qonun chiqarib, chetda ishlab pul topib kelayotganlarning 

kelajagini ham ta’minlab qo‘yishingiz, ya’ni, bu yoshlar qariganida yetarlicha nafaqa 

olishlariga sharoit yaratishingiz kerak. 

Axir, isyonga moyil yoshlar qancha uzoqda yursa, sizga shuncha yaxshi emasmi?!  

Ustoz Istalin bir vaqtlar: “Odam bor – tashvish bor. Odam yo‘q – tashvish ham 

yo‘q” (“Net cheloveka – net problem”) deb bekorga aytmagan. 

Shu ma’noda, O‘zbekistonda ham qo‘lidan bir ish keladigan, yosh, g‘ayratli, 

ayniqsa, uncha-muncha tushunchali odamlar qancha kam qolsa, sizning boshingiz, 

davlatning qulog‘i shuncha tinch. Shunday ekan, bo‘lar-bo‘lmas xarxashalar ila 

miyangizni og‘ritmayotgan yoshlardan tonish tugul, bir umr minnatdor bo‘lishingiz 

kerak, “Ota”! 

“Ota”likning so‘raladigan bunaqa tomonlari ham bor! Topishiga sherik bo‘lsangiz-

u, tashvishidan o‘zingizni olib qochsangiz, bunaqada sizni “ota” deb bo‘ladimi?! Otalik 

burchiga chidagan erkak chinakam ota bo‘ladi!

 157

 

                                                



156

 

http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan/2013/06/130621_cy_uzbek_karimov_migrants



 

157


 Prezident Islom Karimovning Tatyana “onamiz”dan oldin o‘risdan bir xotini bo‘lgan. Undan o‘g‘il ko‘rgan: Pyotr 

Karimov. “В 1964 году Каримов женился на еврейке Наталье Петровне (Пинхусовне) Кучми, через два года 



у них родился сын Петр” (

http://lenta.ru/lib/14160040/full.htm

). Hozir Maskov tomonlarda yashaydi deb eshitganmiz. 

Lekin nima uchundir u o‘g‘il “Ota”ning hech qaysi tarjimai holida ko‘rsatilmaydi! Gap shunda! Xuddi ilgari 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

229 


Hartugul, prezidentning “ota”ligini elning katta bo‘lagi jiddiy qabul qilmadi, lekin 

ochiq qarshilik ham qilmadi. Har doimgi ashula-da, deb qo‘l siltab qo‘yaqoldi. Asabini 

buzgisi kelmadi. Nima o‘zgarardi, dedi. Bundan kattalar, hatto juda kattalar ham o‘z 

vaqtida xalqiga “ota” bo‘ldi, “bobo” bo‘ldi, bugun nima qoldi ulardan? Lelin bobo 

qani? Istalin bobo qani? Bittasi olamga sharmanda bo‘lib oyna ichida yotibdi, 

haligacha yer uni bag‘riga olmaydi, ikkinchisidan shapaloqdek qutichada kul qoldi. El 

mana shu narsadan xulosa qilib: “Ha, endi bu “ota”miz ham bir kun o‘tar-da ketar”, 

deb donishmandona bosh silkib qo‘ydi. 

To‘g‘ri, bitta shoir o‘rtog‘imiz yuragida qaynab-toshgan tuyg‘ularini “Islom bobo” 

deb she’r shaklida qog‘ozga to‘kuvdi, xayriyat, tezda unutildi. Lelin bobochalik 

mashhur bo‘lmadi... 

Musulmonchilikda nasl otadandir. Ya’ni, bola otaniki. Millatini, tilini, dinini otadan 

oladi. “Ota tili”, “ota yurt”, “ota bo‘g‘in”, “ota pusht” deyilishlari shundan. Aslida ham 

shunday deb atalishi kerak. Shu bois musulmon erkak juhud yoki nasroniy ayolga, 

hatto u o‘z dinida qolsa ham, uylanishiga ruxsat bor. Sababi – naslda xotin yordamchi, 

ota birlamchidir. Ota birlamchi bo‘lganidan keyin xotinning dini vaziyatni 

o‘zgartirmaydi. Muhimi ‒ otaning dini, naslning dini. Nasl musulmon etib tarbiyalansa, 

yetadi. Xotin Islomni qabul qilmay o‘z dinida qoladigan bo‘lsa, bolani musulmon qilib 

tarbiyalash to‘lasicha ota yelkasiga tushadi. 

Aksincha, musulmon ayolga boshqa dindagilarga erga tegish taqiqlanadi. Bunda 

ham niyat – dinni himoya qilish. Musulmon ayollar boshqa dindagi odamga boshqa 

dindagi bola tug‘ib berishidan qaytarilgan. O‘rtada sevgi bo‘lsa, marhamat, erkak eski 

dinini tashlab, Islomni qabul qilsin va nasl musulmon bo‘lsin. 

Juhudlik dinida buning teskarisi – nasl otadan emas, onadandir. Ya’ni, naslda ota 

yordamchi, ona birlamchidir. Ular shariatida bir juhud erkak boshqa din va boshqa 

millatdan xotin ololmaydi. Juhud urug‘idan boshqa millat tug‘ilib qolmasin, deydi. 

Juhud ayol esa, ularning e’tiqodida, kimdan tug‘sa ham, juhud tug‘adi. Shuning uchun 

ularga duch kelgan millatga tegishga ruxsat berilgan. Ruxsat tugul, juhud millatini 

ko‘paytirish uchun hatto boshqa millatlarga erga tegishga targ‘ib qilinadi. Nasl 

yetishtirishda juhudlarda birlamchi o‘rin onada bo‘lganidan, ularda “ona tili”, “ona 

yurt”, “ona vatan” deyiladi

158


Umuman olganda, nasl qoldirish, uni juhud asilli qilib tarbiyalash, so‘ngra uni 

himoya qilish qobiliyatlari bobida juhudlarga qoyil qolish kerak. 

Nima demoqchimiz? 

                                                                                                                                                               

uylanmaganday! Xuddi bolasi yo‘qday! Shu hodisaga ishora qilib prezidentning sobiq qudasi Abdurauf Maqsudiy 2010 

yilgi bir suhbatida: “Karimov oldingi xotinini qo‘yib yuborib bolalaridan kechgan... Bir inson o‘z bolasini bilmasa, 

boshqalarni qanday biladi?! Millatni qanday biladi?!” degan edi (

https://www.youtube.com/watch?v=O_3BN42pZeA

). 


158

Balki yanglishayotgandirman, ammo bu kabi tushunchalar bizning musulmon-turkcha tushunchalarimizga teskari 

kelayotganday tuyulaveradi menga. Shu soha bilag‘onlariga o‘ylab ko‘rish uchun bir mavzu bu. Chindan men gumon 

qilayotganday bo‘lib chiqsa, bugun tilimiz va qulog‘imizga o‘rganish bo‘lib qolgan xato tushunchalarimizni bahonada 

o‘nglab olarmiz balki. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

230 


O‘zbekiston xalqiga shu kungacha bir kishi “ota”lik da’vo qilib kelgan edi. 

Yaqinlardan beri otaga raqobatchi bo‘lib qizlari ham o‘rtaga suqildi. 

Gulnora Karimova ikki-uch yil narilarda panada turardi. Hozir paranji-chachvonni 

bir chetga otib to‘la ochiqlikka chiqdi, “parchalab kishanlarni o‘zligini namoyon qil”ib 

yuribdi. O‘zbekistonda biron-bir tadbir u kishisiz, u kishining “Fund Forum”isiz 

o‘tmaydigan bo‘lib qoldi. Kiyim ko‘rgazmalaridan tortib xalqaro kino ko‘riklarigacha, 

sunnat to‘ylaridan tortib yoshlarning uylanish to‘ylarigacha, madrasalardan tortib 

universitet talabalarigacha, sport homiyligidan tortib chet el mashhurlarini 

O‘zbekistonga chorlab qornini to‘yg‘azishgacha, ashula aytishdan tortib bir 

mamlakatda elchilikkacha, O‘zbekistonga dunyodan mashhur futbolchiyu aktyorni 

opkelishdan tortib Ispaniyadan tezyurar poyezd yetalab kelishgacha (sanalmagani 

qancha!) – hamma ish tepasida shu ayol turibdi! “Fund Forum” turibdi! 

Bu “Fund Forum” deganlarining moliyaviy manbasi shubhali, egasi Xonim Malika 

esa, axloqi ham, dunyoqarashi ham tayinsizligidan tashqari, xalqaro huquq tashkilotlari 

yo‘laklarida bir necha ish bo‘yicha jinoyatchi hisoblanadi. Lekin ota soyasida va ota 

sharofati bilan uning yo‘lini kesib o‘ta oladigan bironta mushuk tug‘ilmadi hali. 

Dunyoda qachonlardan beri aytilayotgan va ochib tashlanayotgan shuncha ayblarga 

O‘zbekistonda hech yo‘q irimiga tomoq qirib qo‘yilmaydi. Guldur gup! Go‘yo hech 

qanaqa gap bo‘lmayapti, go‘yo hammayoq tinch, go‘yo hammasi shunday bo‘lishi 

kerakday


159

Bugunga kelib Xonim Malika ham, “Fund Forum” ham mamlakatda o‘ziga xos bir 



davlatga aylandi – uning qo‘li yetmagan yer yo‘q, u qila olmaydigan ish yo‘q! Uning 

nazariga tushishga, e’tiborini qozonishga intiluvchilar ko‘paydi. Bu “davlat” ayniqsa 

yoshlarga, ayniqsa iste’dodli yoshlarga dov tikkan. Bilimli, hartomonlama yetuk etib 

tarbiyalash uchun emas, albatta. Niyat ‒ yoshlar iloji boricha machitlardan chiqib 

Xonim Malika huzuriga borsin, “Fund Forum” panohiga sig‘insin. Kelajakda kerak 

bo‘lib qoladi... 

Xonim Malika bilan “Fund Forum”ning obro‘yi oshgandan-oshib yurtning chin 

egasi va xalqning “ota”si soyasidan asta-sekin chiqib, allaqachon mustaqil harakatlana 

boshlaganini prezident yo sezmayapti, yo hech narsa qila olmayapti.  

“Fund Forum” O‘zbekiston ichida bir O‘zbekistonga, davlat ichida bir davlatga 

aylanib bo‘ldi. Faqat yurtboshining tabiiy o‘limi kutilyapti go‘yo. 

Xayriyat, hozircha Xonim Malika o‘zbek xalqini “bolalarim” deb e’lon qilmadi, 

ammo xatti-harakatlaridan butun O‘zbekistonga... ja “ota” emas-u, hech bo‘lmasa 

“ona” deb ega chiqishga tayyorlanayotganga o‘xshaydi. 

                                                

159


 2013 yil kuzida hech qachon bo‘lmaydigandek tuyulgan ishlar bo‘lib ketdi: Gulnora Karimova saltanati quladi! “Fund 

Forum” tugul, Opachaga tegishli hamma tashkilot, muassasa, radio-tele kanallar, savdo... bir-ikki hafta ichida tag-tugi 

bilan quritildi. Opachaning o‘zi deyarli uyqamog‘ida saqlanyapti. Go‘yo adolat qaror topgandek. Aslo! Ijtimoiy tarmoqlar 

orqali Opacha tinimsiz o‘zini MXX qurboni qilib ko‘rsatishga ming urinmasin, o‘nyillardan beri mamlakatda u sodir 

etgan jinoyatlar hali-veri yuvilmaydi. MXX va prezident ham bu ishni mamlakatda tartib o‘rnatish uchungina qilmagani 

sezilib turibdi. Qani, tomoshaning oxirini kutaylik-chi...  



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

231 


Unday desak, “ona”lik o‘rni band! “Ota”miz Islom Karimov bo‘lgach “ona”miz 

o‘z-o‘zidan uning xotini Tatyana xola-da! Ustiga yana bitta “ona” nimaga kerak? Yo 

bunisi o‘gay ona bo‘larmikan? Obbo, ishqilib millat ona-bola o‘rtasida talash 

bo‘lmasin-da. 

Yo‘q, baribir kelishmayapti: ota “ota” bo‘lsa, qiz “ona” bo‘lolmaydi! 

Ip chigallashdi. 

Bu talamoshda xalq boshi qotgan: endi nasl kimdan hisoblanadi; biz “bolalar” 

qanaqa millat bo‘lamiz; tilimizni, dinimizni, yurtimizni qaysi biriga bog‘laymiz – 

“ota”mizgami, “ona”mizgami?!

160


 

Kinoyani yig‘ishtirib masalaga jiddiy yondashsak, ahvolimiz og‘ir. Shu 

damlargacha Xonim Malika boshliq “Fund Forum” qilib kelayotgan ishlar, ketma-ket 

tashkil etayotgan tadbirlar milliyligimizga deyarli aloqasi yo‘q. Shov-shuv ko‘p, yaltir-

yultir hammasi joyida, tantana oliy maqomda, ammo mahalliy millatlarga bu narsalar 

nima beradi va kimga kerak deyilsa, arzirli javob topolmaysiz. Xalqning dardi nimayu 

Opachaning dardi nima? Mahalliy millatlarning ruhi qandayu “Fund Forum” 

o‘tkazayotgan tadbirlarning ruhi qanday? 

Chetdan sinchiklab kuzatilsa, mamlakatda mushtipar xalqimizning chin dardu 

g‘amlariga yot, didiga ham, ruhiga ham o‘tirmaydigan, lekin zo‘r berib 

tiqishtirilayotgan “Fund Forum” madaniyati, “Fund Forum” mafkurasi 

shakllanyapti. 

Bugun yurtimizga “ommaviy madaniyat” degan balo qutqu solayotgan bo‘lsa, uni 

ichkariga yopirilib kirishiga va ommalashishiga shu “Fund Forum” ham sababchidir. 

Opachaga tegishli telekanallarga boqing: nimalar targ‘ib etilyapti, qanaqa 

musiqalaru qanday kliplar berilyapti! Uning “maktabi”da ta’lim olib bitirib 

chiqayotganlar na Vatanini taniydi, na tarixini biladi, na hozirini o‘ylaydi va na Vatan 

kelajagiga qayg‘uradi. Qip-qizil manqurt. Ularga yengil-elpi hayot, diskoteka, pul, 

ashula, klip, kino, yigitga qiz, qizga yigit, shilta SMSlar, kamputir o‘yinlari... bo‘lsa, 

bo‘ldi. 


Bir jumla bilan aytganda, ayrim yoshlar shundoq ko‘zimiz o‘ngida, loqayd 

nigohlarimiz ostida, bilib-bilmay “Fund Forum jugend”larga aylandi-qoldi. 

 

Kichik xulosa 

 

“Hitler jugend”da, o‘ta salbiy irqchilik g‘oyasini istisno qilganda, harholda milliy 



mafkura bor edi, bu mafkura nemis millati asos qadriyatlariga tayanardi. “Fund Forum 

jugend”da nima bor? Nihoyatda sayoz madaniyat va millatga butkul yot mafkura bor, 

xolos. To‘g‘riroq aytganda, shir yalang‘och mafkurasizlik... 

Alohida ta’kidlaymiz: “Hitler bolalari”, “Islom Karimov bolalari” derkanmiz, 

birinchidan, aslo ikkala shaxsni tenglashtirayotganimiz yo‘q, ularni yonma-yon tilga 

                                                

160

 Ollohga shukr, Opacha o‘zini “ona” deb e’lon qilishga ulgurmay qoldi. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

232 


olganimiz fuqarolarini “bola qilib olish”da tutumlari o‘xshash bo‘lgani uchundir, 

xolos. “Nimaga meni fashistga tenglashtirding?” deb boshimizga to‘qmoq ko‘tarib 

kelib yurmasinlar. Ikkinchidan, bu iboralarni biz o‘ylab topmadik, har qaysisi o‘z tilida 

o‘zi suyib muomalaga kiritdi. 

Ablah Hitler jugendlariga otalik qilish bilan olmon xalqi uchun buyuk kelajakni 

qurmoqchi bo‘ldi va bu yo‘lda butun millatni boshini garang qilib orqasidan ergashtira 

oldi, lekin millatchiligi boshiga yetib niyatiga yeta olmadi. 

Bizning “ota”miz ham taxtga o‘tirgan zahotlari qanaqadir buyuk kelajakni 

qurmoqchi bo‘ldilar, yoshlar qo‘llaydi deb o‘ylab ularga qaynoq bag‘irlarini ochdilar, 

“ota”lik taklif etdilar, lekin bu nonko‘r yoshlar ko‘pi ishonchsiz chiqib qoldi; “ota”ga 

juda ozchilik ‒ sovet pionerlari kabi “doim tayyor” turadigan jujur yoshlar, jujur 

chollaru jujur kampirlargina ergashdi. 

Ko‘plar u boshlagan yo‘ldan yurishni xohlamadi: ayrimlari boshiga oqdo‘ppi kiyib 

machitlarga, xonaqolarga kirib ketdi, boshqalari demokratlarning etagidan tutdi, 

yanayam ko‘pi juldurvoqi kiyimini egniga ilib, qorin g‘amida, bir tanga pul topish 

ilinjida yer yuzi bo‘ylab yoyildi. Vatanda qarilar, xotinlar, talabalar va asosan 

o‘spirinlar qoldi, ularning ham ko‘pini asta-sekin “Fund Forum” xo‘rozqandlar ulashib 

o‘z qanoti ostiga tortdi. 

Natijada yil o‘tgan sayin “ota”ning o‘zida ham “buyuk kelajak”ka umid so‘ndi va 

bu dabdabali shiorini keyingi paytlar umuman eslamay qo‘ydi. 

 

 

O‘n birinchi ko‘chat 



Oq paxtaning qora ishlari 

 

Ushbu mavzuga kirishdan oldin sal ilgariroqqa – sovet davriga xayolan bir sayohat 



qilishimizga to‘g‘ri keladi. Chunki o‘sha paytlari kechgan bir hodisani hech 

bo‘lmaganda yo‘lakay eslab olmasak, niyatimiz uncha anglashilmay qoladi. 

Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy Komitetining Bosh sekretari 

lavozimiga Mixail Gorbachyov kelib SSSRday so‘laqmon davlatda “qayta qurish va 

oshkoralik” shiorini o‘rtaga tashladi. 

O‘zbekistonda bu payt Birinchi sekretar Inomjon Buzrukovich Usmonxo‘jayev

161

 

bo‘lib, u “qayta qurish”ni sal ilgariroq boshlab yuborishiga “to‘g‘ri kelgan” edi. 



Uzoq yillar yurt so‘rab, Maskovga sidqidildan xizmat qilib kelgan Sharof Rashidov 

o‘lganidan keyin respublikada mashhur XVI Plenum bo‘lib o‘tdi. Odatdagidek, 

Inomjon Usmonxo‘jayev Plenumda katta ma’ruza qilishi lozim edi. Ma’ruzaga 

tayyorlangan matnni qo‘ltig‘iga qistirib, hech narsadan xabarsiz, minbarga chiqib 

                                                

161


 Bu odam hujjatlarida asl oti “Inomxo‘ja”, otasining oti “Buzrukxo‘ja” edi, lekin xudosiz sovet-kommunist mafkurasi 

“xo‘ja” qo‘shimchasini sira hazm qila olmasdi. Respublika kommunistlariga boshliq bo‘lishi bilan otini “Inomjon”, 

otasining otini “Buzruk” deb o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Shu tariqa rasmiy kommunistcha oti “Inomjon Buzrukovich 

Usmonxo‘jayev” bo‘ldi. Bitta “xo‘ja” qo‘shimchasi qolishiga partiya ham rozi bo‘ldi. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

233 


kelayotganida Respublika Kompartiyasi MKining ikkinchi (o‘ris) sekretari uning 

qo‘liga Markaz pishangi bilan tayyorlangan boshqa matnni tutqazib yuboradi va: 

“Shuni o‘qiysiz!” deydi. 

Sho‘rlik yangi sekretar gap nimadaligini ham bilmay, majbur oladi va shuni 

o‘qishga kirishadi. O‘qiyotgan narsasidan terlab-pishib ketadi. Chunki “ma’ruza” 

mazmunini o‘qiyotgan chog‘idagina, tinglayotganlar bilan birga biladi. Ammo endi 

kech, orqaga yo‘l yo‘q edi. 

Markazga va Kommunistik partiyaga shuncha sadoqati va xizmati evaziga Markaz 

Sharof Rashidovga Kremlda haykal qo‘yish o‘rniga o‘limidan keyin uning nomini 

bulg‘ash rejasini tuzgan, bahonada o‘zbek xalqining sha’nini ham yerga piypalab 

tashlaydigan bir ma’ruza yashirin ravishda tayyorlangan edi. 

Ana shundan keyin respublikada katta tomoshalar boshlanib ketadi: oldingi boshliq 

davrida “yo‘l qo‘yilgan” hamma kamchilik shafqatsizlarcha “ochib tashlandi”, ochib 

tashlanaverdi... 

Shum “XVI plenum” oqavasi bo‘lib ko‘p o‘tmay O‘zbekistonga Markazdan Gdlyan 

va Ivanov boshchiligida bir guruh tergovchilar desanti tushirildi. O‘zimizdan juda ko‘p 

huquqchi ularga yugurdak bo‘ldi. “Paxta ishi” ochildi. Dunyoga “O‘zbeklar ishi” 

nomida ham yoyildi. Qama-qama, ur-sur boshlandi. “Qo‘shib yozish”, qalloblik va 

poraxo‘rlik asosiy ayb o‘laroq tekshirildi. 

Ayrim rahbarlar o‘zini otdi, ayrimlari osdi, qolganlari uzoq yillarga qamaldi. 

Qamoqda ham sirli o‘lishlar ko‘paydi. 

Uylardan, ishxonalardan pullar, oltinlar chiqdi, hammasi yig‘ishtirib olindi, 

qayoqlargadir tashib ketildi. Kattadan tortib kichikkacha, Birinchi sekretardan tortib 

oddiy birgadirgacha hamma tizzasi qaltirab, Gdlyan bilan Ivanovning rahm-

shafqatidan umidvor bo‘lib, ularning “tozalash ishlari”ni tomosha qilib turdi. 

Tomosha qilish ne, hammasi bir-bir qamoqqa kirdi. Hatto respublikaning birinchi 

shaxsi – Inomjon Buzrukovich Usmonxo‘jayev ham qatordan qolmadi! 

To‘y ko‘pga kelgan edi! 

Millat xo‘rlandi... 

Diqqatni tortadigan tomoni ‒ nimaga biri armani, ikkinchisi o‘ris? Hatto kattasi 

armani, orqadagisi o‘ris? Bu holat tarixdan bir narsalarni eslatib yubordi. 

Sovet davlati asoschisi Lelinning “Millatlar taqdirini o‘zlari belgilashi to‘g‘risida” 

chiqargan qaroriga suyanib 1917 yil dekabrida Qo‘qonda “Turkiston muxtoriyati 

davlati” qurildi. 

Lelin u gapni Chor Rusiyasiga qaram bo‘lib qolgan millatlarni o‘ziga moyil qilish 

uchun yo‘liga aytgan, bolshavoylar hech qachon ularga mustaqillik bermoqchi emasdi. 

Endi nima qiladi: xalq irodasi muxtoriyatga ketdi, uni to‘xtatib qolishga 

bolshavoylarning kuchi yetmaydi. 

Shunday paytda armanilarning turklarga doimiy dushman ekani eslandi. Turkiya 

turklarining alamini Turkiston turklaridan olsin, bahonada biz hokimiyatimizni 

mustahkamlab olamiz deb armani millatchilari bo‘lmish dashnoqlar bilan ittifoq tuzdi. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling