Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Do‘ppini almashtirguncha bu boshlarni almashtirsak yaxshi edi, o‘rtoqlar! Bu yag‘ir, pandavaqi boshlar bilan biz uzoqqa bora olmaymiz!
- Bu kunlar
- Ko‘cha Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
- Katta Machitda katta ashula
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 176
Telekameraga tushib qoladi. “Muhtaram Yurtboshi” ko‘rsalar, nozik kayfiyatlari buziladi. Oqdo‘ppiga, ko‘kdo‘ppiga allergiyalari bor. To‘g‘ri tushunasizlar... Xayriyat, Eski Jo‘va bozori yaqin. Tanishim aytishicha, bir uchar yigit bozorga zipillab, hamma marg‘ilonnusxa do‘ppini ko‘tarasiga arzongarov sotib olib, oqdo‘ppili- ko‘kdo‘ppililarga chakanasiga pullabdi. Vaziyatdan foydalanib, tirikchiligini qilib olibdi, qandini ursin! Lekin hech kimsa... takror aytaman, hech kimsa(!): “Nimaga do‘ppimni almashtirishim kerak? Do‘ppida nima ayb? Mening do‘ppim bilan kimning ishi bor?” demadi. Yo o‘rnak uchun ham ortiga qaytib ketmadi! Bu yog‘i ham bor. Demak, ayb do‘ppida emas, do‘ppi kiyganlarda. Or yo‘qolibdi. Nomus degan narsa qolmabdi. Natijada qo‘ydan ham battar yuvosh tortib... hamma do‘ppisini almashtirdi. Do‘ppini almashtirguncha bu boshlarni almashtirsak yaxshi edi, o‘rtoqlar! Bu yag‘ir, pandavaqi boshlar bilan biz uzoqqa bora olmaymiz! Ha, ayb o‘zimizda. Kecha bir xurmacha qiliqlariga parvo qilmadik, bugun boshqa xarxashalarini ko‘taryapmiz, ertaga bundan battariga ham chidashimiz kerak bo‘ladi! Chidaymiz ham! Qayoqqa borar edik? Pandavaqi bo‘lsa ham, oqdo‘ppi yo ko‘kdo‘ppidan ko‘ra bosh aziz. Alisher Navoiyni o‘qing 125 ‒ suv itining terisini tortib zo‘rg‘a bu holga keltirilgan boshlarni ko‘rasiz! Chingiz Aytmatovni o‘qing 126 – boshiga tuya terini sirib tortib “tarbiyalangan” kimsalar qanaqa bo‘lishini bilib olasiz. Xullas, bu boshlarga bu do‘ppilar chindan ham xayf! Endi tushunilgandir gap nima haqda borayotgani? Bir zamonlar O‘rusiya podshohi Pyotr Birinchi isqirt mujiklarining to‘rva soqollarini qirdirib, iflos kiyimlarini o‘zgartirib, kunlab, haftalab suv ko‘rmaydigan basharasini yuvdirib, xalqi yuzini G‘arbga burmoqchi bo‘lgan. Bir miqdorcha maqsadiga erishgan ham. Bugun bizning podshoh nima qilmoqchi: isqirt mujiklardan farqli o‘laroq mening musulmon xalqim besh mahal tahoratda yuradigan pok-pokizadir. Soqollari ham har tahoratda parvarishlanadi. Har tukida bittadan farishta o‘tiradigan bu soqollarni qirdirib, qirmaganlarini qamab... oqdo‘ppiyu ko‘kdo‘ppilarni yechtirib, o‘rniga shapkayu shilyapalar kiydirib... ayollarning ro‘mollarini yechtirib... boshinigina emas, oldiyu orqasini ham
125 “Falak boshingg‘a qoplab it terisin, Sen oni jahldin deb kishu sanjob. Ajab yo‘q odamiylig‘ni unutsang, O‘zungni bo‘yla it charmida asrob”. 126
“Asrni qaritgan kun” ro‘manidagi manqurt haqidagi rivoyat. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 177
yalang‘ochlab, qizlarning kindiklarini ochtirib... bizning yuzimizni ham tahoratsiz- g‘uslsiz Ovrupaga burmoqchimi?! Bizni ham ovrupalik qilmoqchimi?! Pyotr jirkangan isqirt o‘ris mujigi o‘sha to‘rva soqolini qirdirib, hammomga opkirib yuvintirilsa, o‘zi ko‘rinishdan ovrupalikka tortib turadi. Mazhabi boshqa bo‘lsa-da, dini bir. Yuzini o‘sha yoqqa bursa, uncha fojia emas edi. Ammo ilgari ‒ Pyotr Birinchi Ovrupaga tuynuk ochgan pallalari ham, keyin ‒ O‘rusiya u tuynuklardan Ovrupaga mo‘ltirab kelayotgan uch yuz yildan beri ham na G‘arb bularni qatoriga qo‘shdi, na o‘ris ularga kirishib ketdi! Garchi ikki gapining birida o‘zini ovrupalik desa-da! Boshqacha aytganda, shaklini oldi, ruhda begonaligicha qoldi. G‘arb esa o‘risning shaklini ham, ruhini ham borlig‘iga kiritmadi. Hatto o‘zi kabi slavyan hisoblanuvchi ukrainlar va polshaliklar haligacha o‘risni kamsitib keladi, ruhidan begonasiraydi. Bugunga kelib bizning Birinchi Podshohimiz o‘risning Birinchi Pyotriga taqlid qilgilari qistab qoldi shekilli, O‘zbekiston tuprog‘idan G‘arbning suviga loy qorib, biz sharqlik musulmon kishisidan bir “ovrupalik” yasamoqchi bo‘lyapti! Pyotr Birinchi boshlab bergan ishni bu kishi oxiriga yetkazmoqchimi? Ovora bo‘lgani qoladi. Chunki biz ovrupaliga hech bo‘lmaganda jisman o‘xshaydigan o‘ris kabi emasmiz. Bo‘tqa loy qorib, ming yil tepib pishitilmasin, biz baribir boshqachaligimizga qolaveramiz. Bizning milliy qadriyatlarimiz bo‘lak! Dinimiz bo‘lak! Shubhasiz, orqada qolgan millat sifatida bugun G‘arbdan o‘rganishimiz va olishimiz lozim bo‘lgan xususiyat ko‘p. Bir zamonlar biz musulmonlar yo‘qotgan juda ko‘p ijtimoiy fazilat bugun G‘arbda bor va shuning orqasidan gurkirab yashnayapti. Buzuqliklarini istisno qilganda, bugun toza va yuksak madaniyati ila G‘arb Islom o‘rtaga qo‘ygan ayrim ijtimoiy muomalalarda bizdan ko‘ra musulmonroq. Bu ma’noda ovrupalashsak, g‘arblashsak qaniydi! To‘g‘ri yo‘l shu. Gap bitta do‘ppida emas! Afsus, hozir O‘zbekistonda bilib yo bilmay millatni millat qilib turguvchi asillarni o‘zgartirishga, dinimizning shaklinigina qoldirishga, fitratimizni buzishga harakat kechyapti. O‘zimiz o‘tirgan shoxga bolta urib yotibmiz... To‘qqizinchi shoh: Reklam Reklam deganlariga ayniqsa hech tushunib bo‘lmaydi! Masalan, patinka bog‘ichiga yarim yalang‘och ayolning nima aloqasi bor?! Sal enkaysa keti ko‘ringuday kalta ko‘ylakli, ishtonchasi bor-yo‘qligi ham bilinmaydigan bir ajnabiy ayol to‘nqayib olib, uzun tirnoqli nozik qo‘lchalari bilan, ishvali va ishratli qarashlar og‘ushida... patinka bog‘ichini bog‘layapti! O‘tgan-ketgan bu reklamsuratga boqsa, eng birinchi nimani ko‘radi?
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 178
Ha, topdingiz – o‘shani! Patinka bog‘ichini ko‘rmaydi. Ko‘rsayam, yarim soatlardan keyin ko‘radi! Tushunmayman – maqsad nima o‘zi? Maqsad odamni patinka bog‘ichiga shavqlantirishmi yo kalta ko‘ylakkami? Yo ingichka va yupqagina ishtonchagami? Yoki uzun-uzun yalang‘och oyoqlargami? Yo ayolning o‘zigami? Yo buzuqliqqami? Ha, bular hammasiga va bular orqali eng oxirida sanaganimiz buzuqliqqa targ‘ib niyati yotibdi bu kabi reklamda. Patinka bog‘ichi bir vosita, xolos. Biz “patinka bog‘ichi” reklamini misol uchunga oldik. Bu xil reklamlar tagida millatimiz ko‘zini asta-sekin buzuq qiyofalarga ko‘niktirib borib, milliy tarbiyalarimiz ildiziga bolta urish, millatni milliy asoslardan chiqarish va oxirida ma’naviy ildizlaridan uzilgan, o‘zligini yo‘qotgan, manqurtnamo bir xalqni “etishtirish” niyati bo‘rtib ko‘rinib turibdi. Niyat to‘g‘ri bo‘lganida ‒ buzuqlikni emas, patinka bog‘ichinigina reklam qilish bo‘lganida, masalan, ikkita polvonni topardi-da, bog‘ichni ikki tomonidan torttirardi: qani, uza olarmikan? Qo‘li shilinib ketsa ham, uza olmasa, demak, patinka bog‘ichi pishiq, uzoqqa chidaydi! Yoki bitta semiz qassob patinkaning bog‘ichiga qo‘yning tanasini ilib, terisini shilsin – uzilib ketmadimi, pishiqligi ko‘rinadi. Sifatga eng yaxshi dalolat shu-ku! Xullas, yana boshqa xilma-xil holatlar o‘ylab topsa bo‘ladi. Yo‘q, reklamlarda albatta yarim yalang‘och bir ayol ishtirok etishi kerak! Bu bir misol. Ko‘cha-ko‘yda, gazet-jo‘rnolda, televideniyeda bunaqa xil reklamlar tiqilib yotibdi. Saqichga ham yalang‘och ayol... ustaraga ham yalang‘och ayol... ketmonsopga ham ayol... hojat qog‘oziga ham yalang‘och ayol... deyarli 90 foiz reklamda albatta ayol va... qichiq holat! Ey ayollar! Qani sizlarda hamiyat, qani or, qani nomus?! “Biz senlarga tovarmizmi, timsolimizdan buzuq niyatda foydalanyapsan?! Nimaga aziz narsalarga emas, nuqul buzuqliklarga bizni vosita qilasan?!” demaysizmi?! Buzuqi timsolingizni yaratayotganlarga qarshi isyon ko‘tarmaysizmi?! Hayronman. Jannat oyog‘ingiz tagida tursa, jannatga erishaman degan odam har ma’noda sizni boshiga ko‘tarishga intilsa – siz mana shunday ulug‘ martabaga loyiq bo‘lsangiz-da, pulga sig‘inadigan bu chayqovchi dunyo Ollohning huzurida oliy qilingan qadr-qimmatingizni, sha’ningizni bu xil reklamlar, iflos kliplar, buzuq kinolar orqali bir tiyin qilib tursa, ulug‘likdan olchoqlikka indirsa – qanday chidaysiz?! Yo axloqsiz jamiyatlar sizlarga yuklagan bu iflos vazifalarga ko‘ndingizmi?! Rozi bo‘ldingizmi?! Albatta, orangizda buzuqi ayollar ham bor, lekin ular hamma ayolga misol bo‘lmaydi! Tuzugi ko‘p! Va bu tuzuk ayollar bunaqa buzuq munosabatga, albatta, keskin javob berishi kerak.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 179
Bir daraxtga boshqa daraxtning novdasini ulab boshqacharoq xil meva olishni bugun hamma biladi. Bunda asosan bir turdagi yoki bir-biriga yaqin turlardagi daraxt novdalari ulanadi. Masalan, olmaga olma, olchaga gilos, na’matakka atirgul... Ilm yuksalgandan yuksalib, endi shunchaki boshqacharoq emas, butkul yangi – uchinchi bir tur yaratishning usullari chiqib ketdi: endi novdani novdaga kirgazib yo gullarni bir-biriga changlatib o‘tirilmaydi, bir-biriga mutlaqo begona, qoni qoniga to‘g‘ri kelmaydigan, shu damgacha bir-biriga hech ham qovushmasa kerak deb o‘ylangan ikki yot tur borlig‘idan irs (gen) olinadi-da, bir-biriga chatishtiriladi. Masalan, pamildorining irsiga chayonning irsi chatishtirilib, pamildorining yangi turi yaratildi! Kartoshkaga cho‘chqaning, olmaga qurtning irslari chatishtirilyapti. Qarabsiz, yangi bir tur paydo bo‘lib turibdi! Davlat butunlay boshqa turga kiradi, mafiya uning tamoman teskarisi va dushmani bo‘lgan boshqa turga kiradi. Lekin, qarang, ilm-fan yuksalib, yo‘li topilsa, bir-birini ko‘rgani ko‘zi yo‘q, qoni bo‘lak bu ikki tur ham alohida olingan bir mamlakatda irslari bemalol bir-biriga chatishib-chirmashib ketaverar ekan. Xavotirli tomoni ‒ chatishtirilgan bu ikki begona irsdan paydo bo‘lgan uchinchi turning asli jinsini bilib bo‘lmay qolarkan. G‘irt xunasa tur deysiz. Bu o‘xshovsiz turga qarab turib: “Bu o‘zi davlatmi yo mafiyami?!” deb boshingiz qotarkan. Shunisi o‘ylantiradi odamni. Bir yangi jins paydo bo‘lsa-yu, uning nimaligi yo kimligini bilmasangiz! Unga birdan ot ham qo‘ya olmasangiz! “Davlat”mi u, “mafiya”mi? Mantiqan olib qaraganda, u ikkala tur irsining chatishishidan tug‘ildimi, demak, oti “davlatmafiya” yoki “mafiyadavlat” bo‘lishi kerak, lekin bu atamaga ko‘z-quloq o‘rganmagan ‒ ko‘rinishiyam, eshitilishiyam g‘alati. Odatda yangi jins paydo bo‘lishida qaysi turning hissasi ko‘proq bo‘lsa, o‘shaning oti tanlanadi. Demak, eng birinchi galda buni aniqlab olish kerak. Mafiyadan irs olib davlat irsiga kiritildimi yoki davlatdan irs olib mafiya irsiga kiritildimi, surishtirib-bilib olaylik desak, bu ish qaysi ilmiy izlanish institutining qaysi labarotoriyasida qilinganini bilmaymiz. Bu masala endi abadiyan sirligicha qoldi. Chunki bir kechada u labaratoriya ham, institutning o‘zi ham buzib yuborilgan. Bo‘shagan yeri tekislanib, archazorga aylantirilib, tagiga irsi chatishtirilgan Amrika ajrig‘i ekib qo‘yilgan. Kecha ishdan qaytayotganingizda u binoni ko‘rgan bo‘lsangiz, bugun erta bilan ishga borayotganingizda u yo‘q, o‘rnida maxsus kiyimi orqasiga “...TOB” deb yozilgan bir kishi yangi archazor tagidagi ajriqlarga suv sepib yurgan bo‘ladi!.. Xullas, men hech tushunmayman: davlatga kadrlarni mafiya yetishtirib beradimi yoki mafiya “kadr”larini davlat tayyorlaydimi? Kim bilsa, aytsin. Bir zamonlar prezident Islom Karimov Oliy Kengash minbaridan qiziq bir gap aytgan: “Men melisa va purkuratura xodimlariga murojaat qilaman: har bir tadbirkorning tepasiga turib olmalaring, erkin savdo-sotig‘ini qilishiga yo‘l berlaring!..” degan. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 180
Bu murojaat aslida kimga yoki kimlarga qaratilgan edi? Buni aniqlash uchun u kezlarni xotirada tiklab olish kerak: maydonlarda demokratiya shabadalari hali to‘xtamagan... muxolif kuchlar hammasi ochiqda... bir yoqda jamiyatga dinning ta’siri kuchayib boryapti... Islom Karimov esa hali hozirgiday kuchga to‘lmagan... Shunday nozik pallalarda odamlar orasida: “Oqsoqol saylovga kirishdan oldin Oquydan 127
oq fotiha olib ketdi”, degan gap yurib qoldi 128
. Oquy ham oq fotihasini tekinga bermas? Oldin bir-ikkita “arzimas” talabini qo‘ygandir? Nomzodni tiz cho‘ktirib, rozilik qasamini olgandir? Balki “saylovchilar nakazi” o‘laroq gap orasida: “Mayli, biz sizni tanlaymiz, faqat, anov itlaringizni bizdan sal uzoqroqqa bog‘lab qo‘ying, hadeb akillayverib, ishlagani qo‘ymayapti!” deb qistirib o‘tgandir. Harholda, saylangan zahoti prezident birinchi bo‘lib shu nakazni bajardi va ilk nutqidayoq “itlarini” bir chekkaga bog‘laganini, endi xavotirsiz “ishlayverishlari mumkin”ligini televizordan turib e’lon qildi. Zamonlar o‘tgani sari “yangi tur hosil bo‘lishi”da qaysi irsning hissasi ko‘p bo‘lgani asta-sekin bilina boshladi. Bittasi doim el ko‘zida, ikkinchisi doim panada. Lekin odamlar ko‘proq panadagisini gapiradi. Panadagisiga havas bilan talpinadi, narigisini nazariga ilmaydi. Vatandosh nazarida Oqsaroydan Oquy mashhurroq. Kim Oquyga aloqali bo‘lsa, o‘sha odam boshqacha hurmat ko‘radi. “Kim kimning odami” degan so‘rov uyushtirilsa, aniq Oquy yutadi. Oqsaroyga ishonmaydi, Oquyga to‘la ishonadi. Hatto Oqsaroyda ishlaydiganlar ko‘pi o‘zi Oquyga yaqinligi bilan maqtanadi. Chunki Oquy mard. Oqsaroy tutimsiz bir idora. Oquy birso‘zli – aytganida turadi va qilganiga javob beradi. Oqsaroy aytovradi ham, qaytovradi ham – so‘zining tayini yo‘q. Oquy masalani joyida va uzil-kesil hal etadi. Oqsaroy “nimaga deganda...”, “baraka topkurlar...” deb chaynalgani chaynalgan. Oquy adolatli – qaysi ishga qo‘l ursa, o‘zining ichki qonun-qoidalariga ko‘ra adolat bilan hal etadi. Oqsaroy o‘zi chiqargan qonunlarga, hatto eng Asosiy Qonuniga – Konstitutsiyasiga ham amal qilmaydi... Va hokazo. To‘ylarning to‘ri oquyliklarniki. Ikkala tomondan ham to‘qnash kelib qolinsa, oqsaroyliklar oquyliklarga yo‘l berayotgani, ko‘proq mulozamat ko‘rsatayotgani sezilib turadi 129 .
Keyingi zamonlar odamlar tilida “Ko‘cha” degan yangi atama paydo bo‘ldi. Hozir hech kim “mafiya” demay qo‘ydi. Mafiya yo‘q bizda hozir. “Ko‘cha” bor. “Bu odam
127
“Oquy” derkanmiz, Amrikadagi Oq uy bilan chalkashtirilmasin. Biz aytayotganimiz “Oquy” Toshkent Qo‘ylig‘idagi bir mahallaning el og‘zidagi oti. 128 Oquy tevaragida o‘ralashib yuradigan bir odamdan o‘z quloqlarim bilan eshitganman. Yolg‘on aytgan bo‘lsa, gunohi aytuvchining bo‘yniga. Men bu yerda “o‘shanda odamlar orasida shunday gaplar yurgan”ini aytyapman, xolos. 129
http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan/2011/01/110114_cy_uzbek_wikileaks_latest.shtml
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 181
kim?” deb so‘ralsa, javobiga ayricha mehr-muhabbat bilan: “Ko‘chaning odami”, deb qo‘yiladi. “Ko‘chaning bolalari” deb erkalab gapirishadi bilag‘on kishilar. Bir hisobga bu yaxshi bo‘ldi. “Mafiya” qanaqadir ajnabiycha so‘z, o‘zbekchada qo‘polroq, haqoratomuzroq eshitiladi. Shundanmi, ilgariroq bitta gazet bu so‘z o‘rniga o‘zicha “maxfiya” atamasini tavsiya etdi. Ommalashmadi. “Ko‘cha” ommalashdi. Harholda begonamas, qadrdon. Shu o‘zimizning ko‘cha-da! “Ko‘cha” – juda topib aytilgan! Til mana shunaqa bo‘lishi kerak. Begona so‘zlar tarjima qilinganida yoki o‘rniga yangi so‘z tavsiya etilganida, xalq ruhiga uyg‘un kelishiga diqqat qilish kerak. “Ko‘cha” tom o‘zbekning ruhini, kayfiyatini, orzu- umidlarini ifodalaydi. Xalqning g‘amu tashvishlariga, shodligiyu quvonchlariga sherik buyuk makon! Milliy menligimizni yaqqol ko‘rsatadigan yorqin So‘z! Yuz ellik yil narida yo‘qotgan mustaqilligini til birgina “Ko‘cha” so‘zida topdi desak xato qilmaymiz. Xullas, odamlarga Devondan Ko‘cha qadrdonroq. Bu erkatoy so‘z faqat ko‘cha- ko‘yda oddiy odamlar og‘zidan emas, vazirlar og‘zidan ham, Devon xodimi og‘zidan ham, oddiy melisadan tortib to generali og‘zidan ham, Milliy xavfsizlik xizmati xonalarida qo‘r to‘kib o‘tiradigan kazo-kazolar og‘zidan ham bosh harflar bilan, shirali-shirali bo‘lib chiqishlarini eshitasiz. Va... o‘ylanib qolasiz: Davlat odamlari Ko‘cha odamlarimi yoki Davlat o‘zi Ko‘chami? Irslari shu qadar chatishib ketganidan qaysi biri kim va asli jinsi nima ekanini bilib bo‘lmay qoldi. Mana, yigirma bir yildan beri ikkala jins apoq-chapoq: birlari Oqsaroydan, ikkinchilari Oquydan turib, yurtni so‘rab yotishibdi baraka topkurlar. Sohalar, tarmoqlar, zovut-fabrikalar, sport turlari, bozorlar, mozorlar, vazirliklar, mansablar... – qayerdan azgincha pul chiqadigan bo‘lsa, o‘rtada “adolat bilan” bo‘lishib olingan. Har kim o‘zining makonida hokim. Bugun O‘zbekistonning eng chekkasidagi tog‘lar oralig‘iga joylashgan kichkinagina ohak sexchasi ham Kimnikidir. O‘sha “Kim” o‘zi kim ekanini yoki kimning kimi ekanini yetti yashardan yetmish yashargacha biladi... Ammo-lekin keyingi yillar dunyoda irsi chatishtirilgan mahsulotlar (IChM)ga qarshi kurash boshlangan. Olimlar aytishicha, irslar qo‘shilishidan hosil bo‘lgan “yangi tur” odam salomatligiga zarar ekan. Salomatlik tugul, keyingi nasllarda aynish ham bo‘lishi mumkin emish. Masalan, davomli ravishda IChM yeb yurganlardan kelajakda dumli, shoxli, cho‘chqatumshuqli maxluqlar dunyoga kelib qolishi hech gap emasmish. IChMning natijasi bu bo‘lsa, “Ko‘cha” bilan “Davlat” irslari chatishib hosil bo‘lgan “Ko‘chadavlat” (“Davlatko‘cha”) kelajakda qanaqa meva berarkan?! Bu yog‘i hammamizga uyga vazifa...
Tashqarida qor. Do‘rmonning toza havosidan simirib, oyoq chigilini yoyib yursam, orqa tomondan bir moshina kela boshladi. Qarasam, “Matiz” ekan. Uzoqdanoq
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 182
qanaqadir qo‘shiqning varanglagan shovqini, musiqa asboblarining gup-gupi moshinaga sig‘may, eshik tirqishlaridan tashqariga toshib-sachrab kelardi. Yonimdan yanayam bo‘kirib o‘tdi. So‘zlari ma’nosini anglay olmagan bo‘lsam-da, sezishimcha, nimadandir kuygan bir yigit jazavaga tushib, yangi chiqqan rep uslubida birnimalar deya jigar-bag‘rini mijg‘ilab yotibdi. Oldin ham bir-ikki eshitganim bor. Odatda repda: “Unday qildim-bunday qildim... nega kelmading? Matematikadan ikki olib yuribsanmi?.. Axir men seni to‘yga obormoqchi edim-ku?! Kuz keldi-kuz keldi, kuzdan keyin qish keldi...” kabi poyintar- soyintar gaplar bo‘ladi. Umuman ma’no bo‘lmaydi. Ashula ham emas, faqat shovqin va shu shovqin ichida jinnicha oldi-qochdi gaplar... Birdan xayol qochdi, ulug‘ minbarlardan tez-tez yangrab qoladigan, rep so‘zlarini eslatuvchi poyintar-soyintar, ma’nosiz nutqlar esimga tushdi: “kerak bo‘lsa...”; “nimaga deganda...”; “rivojlanib osmonlarga chiqib ketishimizga kim bizga halaqit qilyapti?!”; “to‘g‘ri aytyapmanmi-yo‘qmi?!”; “nimaga qarsak chalmayapsizlar?!” U yog‘iga o‘ta olmayman... u yog‘iga chuqur ketmagan yaxshi... Olloh kechirsin... Darrov xayolimni chalg‘itdim. Chalg‘ishga chalg‘idi-yu, o‘rniga... endi nimagadir ashulachi Gugusha xonimning ovozi keldi. To‘g‘ri, u rep aytmaydi, o‘zicha “baland saviya”dagi qo‘shiqlar kuylaydi. Hatto ko‘rik-tanlovlarga qo‘yila oladigan! Oliy mukofotlarga loyiq! Ayniqsa, Amrikadanmi yo boshqa bir go‘rdanmi rejissur bilan chaqqon “shayton-o‘yinchi” opkelib, klip yasalsa bormi!.. Buxoro jinko‘chalarida... Machit hovlisida... Minora zinasida... Yo madrasa tomida (“Boshqa yerlar qurib ketgan!”)... Milyon-milyon do‘llar sarflab... Astag‘firulloh, o‘zimning gaplarim ham rep singari poyintar-soyintar bo‘lib qolyapti ‒ bog‘dan boshlab, toqqa o‘tlab ketib qolyapman. Xullas, gap Buxoroi sharifda, Toshkenti azimda va yana allaqayoqlarda suratga olingan kliplar haqidadir. Oldin so‘zni Buxoro klipidan boshlaymiz. Rejissur katta pulga qaysi ochiq mozordan yollab kelingan bo‘lsa, o‘yinchi- “shayton” ham o‘sha mozordan. Klipni ko‘rib, ashulaning “shayton”ga, “shayton”ning Gugusha xonimga, Buxoroi sharifning palid rejissurga, palid rejissurning Masjidi Kalon, Minorai Kalon yo Arkka... bular hammasining o‘zbek xalqiga nima tegishlisi bor, deb rosa o‘yladim. O‘lay agar, topolmadim. “Zamondan orqada qoldimmi? San’atni, madaniyatni tushunmayapmanmi?” deb ham xavotirlanaman. Unday desam, klipni ko‘rgan deyarli hamma shunday deyapti. Bironta maqtov eshitmadim. Klipda bor-yo‘q narsa ma’nosiz mayingina tovush, turfa ochiq-sochiq kiyimli xonim, eskidan qolgan qimmatbaho moshin va anavi “shayton”ning chopa-chopi, xolos. Boshqa hech narsa yo‘q. Notiqning repidan nimanidir anglasa bo‘ladi, u harholda o‘zbekcha gapiradi, “ashillachi Malika”nikini umuman tushunmaysiz. Xonishlari, yonishlari, nolishlari o‘zbekcha tugul, o‘rischayammas. G‘oyasi ham, ruhi ham, senariyi ham, shaklu shamoili ham turgan-bitgani bizga begona! Yarimyalang‘och badanga uzun ko‘ylak... to‘nqaytirilgan go‘dak dumbalari kabi (Abdulla Qahhor o‘xshatishi) yalang‘och mamma... xo‘rlangan Katta Machitning
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 183
xo‘mraygan ustuni va devorlari... oyoqosti qilingan machit ayvoni... zo‘rlangan Katta Minoraning aylanma zinalari... necha asrlar ilm-fan o‘chog‘i bo‘lgan Mir Arab madrasasining tepkilangan tomi... va Buxoroning qadim tarixiga guvoh Arkning hayronu lol jinko‘chalari... Ammo-lekin tuyg‘ularga erk berib yuborish ham xavfli! Ichimdan o‘ksinaman. Manavi la’nati “shayton” klipga tushaman deb “Masjidi Kalon”imni, “Minorai Kalon”imni, “Mir Arab” madrasamni, “Ark”imni rosa oyoqosti qiptashlabdi-ku, deb yuborishdan o‘zimni zo‘rg‘a tiyaman. Axir, klip yurt egasining qiziga tegishli-ya! Naq boshim ketadi! Bir iloj qilib, illat emas, hikmat axtarishga urinaman: “Masjidi Kalon tomidan yugurgilab borib, Minorai Kalonning qorniga bir tepib, shataloq otib yerga sakrashlarini qarang! Madrasa tomidagi qubbalar uzra o‘mbaloq oshib chopishlari-chi!” deyman chapak chalib. Bu “shayton”i qurmag‘ur o‘ziyam rosa yayradi-e! Yurtimizga cho‘ntagidan pul chiqarib oddiy sayyoh bo‘lib kelsa va, orqamga qizil dum osib tomlaringda shataloq otmoqchiman desa, nima bo‘lardi? Hamiyatli musulmon elim ikki dunyoda ham rozi bo‘lmasdi! “Har bir yurtning muqaddas yerlari, tuyg‘ulari, qadriyatlari bor, bu aytgan joylaring bizning ma’naviy ildizlarimizdir, senday bir yuvuqsiz-g‘uslsizga uni toptashiga yo‘l qo‘ymaymiz!” degan bo‘lardi. Ammo u chetellik “shayton” rosa ayyor ekan, “Islom dinining quvvati” bo‘lmish sharafli Buxoromizga oddiy sayyoh bo‘lib emas, naq Xonim Malika Gulnora Karimova (ashulachi Gugusha)ning qo‘ltig‘i ostida, pul sarflash naryoqda tursin, aksincha, katta pulga yollanib kirib keldi! Va... “shayton” qiyofasiga kirib, muqaddasotlarimizni harom oyoqlari bilan bir-bir tepkilab chiqdi! Ko‘rinib turibdi, hech qaysi kinoda bunaqa yayrab o‘ynab bermagan bo‘lsa kerak o‘ziyam! Musulmonlarning diniy tuyg‘ulari ustidan kulishga, ota-bobolarimiz merosini ayamay toptashga, shundoq ham arosatda qolgan xalqni battar xo‘rlashga, diniy-milliy ruhini sindirishga bundan qulay imkonni topib bo‘ladimi?! Buning uchun Xonim Malika Gulnora-Gugushadan bir umr minnatdor bo‘lib o‘tsa kerak bu la’nati “shayton”! Yana bir gap. O‘zbekistonda ayollar machitga borishi taqiqlangan 130
. Har-har zamonda mehroblardan “Ayollar machitga kelmasin!” deb turiladi. Lekin endi bilsak, Download 3.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling