Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Pul chayqalanadigan bozorni davlat rasman tan olgan


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56

Pul chayqalanadigan bozorni davlat rasman tan olgan bo‘lib chiqyapti.  

Bonkadan davlat bahosida valyuta chiqarib, bozorda biryarim baravar bahosiga 

sotish davlat himoyasiga olingan amaliyot ekanini isbotlaydi bu hodisa.  

Tushunishga harakat ham qila ko‘rmang, o‘rtoq. Shundoq ham kal boshingiz battar 

kal bo‘lgani, tirishgan peshonangiz battar tirishgani qoladi. 

Davlatdan bozor kuchlilik qilyapti! Bozor davlatni bir burchakka tiqib tashlagan! 

Bunga davlatning o‘zi aybli, albatta. Bozorcha muomalani hech o‘z holiga 

qo‘ymaganidan keyin, bozor ishiga hadeb burun suqaverganidan keyin shunaqa 

aylanma yo‘llar bilan enasini ko‘rsatvoradi-da! 

Yangi “mustaqil” bo‘lgan yillarimiz boshda Katta Iqtisodchi o‘laroq hamma 

iqtisodchilarimiz do‘llarning kir ishini oldindan ko‘rabilmagani orqasida mamlakatimiz 

o‘tirib qolishiga oz qolgan. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

153 


Do‘llarning davlat belgilagan qiymati bilan bozordagi chin qiymati orasidagi farq 

kattaligi holatidan dunyo ucharlari rosa foydalanib qoldi, cho‘ntaklarini davlat hisobiga 

(nega davlat hisobiga bo‘lar ekan, xalqimiz hisobiga!) rosa qappaytirdi: mamlakatga 

tovar emas, do‘llar olib kirib, uni bozorda oddiy xalqimizga chayqab, topgan vagon-

vagon so‘mlarini bonkadagi hisob raqamlariga kiritib, so‘ngra davlat bahosida 

do‘llarga aylantirib (“konvertatsiya”

112

 qilib!), uch-to‘rt yil ichida xazinamizni 



bo‘shatib qo‘yishlariga sal qoldi. 

O‘zbekistonning toza havosi (kislorod)ni yutib, o‘rnini o‘siriqqa (karbonad 

angidridga) to‘ldirib tashlashdi. To‘g‘riroq aytganda, no‘noq davlatimiz dunyo burniga 

kislorod oqizdirib, o‘zimizga orqadan chiqqani ham bo‘laveradi deganday ish qildi. 

Natijada jannatmakon yurtimizda huzur qilib nafas ololmay qoldik. Xazinamiz tagi 

ko‘rinib qolgachgina davlatning esi kirdi va erkin konvertatsiyani to‘xtatdi. 

Chet bilan aloqa bo‘lar ekan, konvertatsiya butkul to‘xtatilmaydi, buning iloji yo‘q. 

Mudom to‘xtatilmas ekan, uni o‘zimiznikilar aylantirgani yaxshi degan 

“vatanparvarona” bir fikrga kelindi va... 

...bundan keyin konvertatsiya qilish huquqi tanlangan firma va davlat 

tashkilotlarigagina berildi. Lekin do‘llarning qiymati ikki xilligidan hamon kimlardir 

foydalanib yotgani aniq. 

Ichiga kirolmaganimiz uchun endi bu yog‘i qanday bo‘layotgani bizga qorong‘i. Bir 

ularning o‘zi va bir Olloh biladi. 

 

Ikkinchi shox: O‘zimizning moshina!.. 

 

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan moshinalarga tegishli yana bitta gap. 

Bizda moshina nimaga buncha qimmat? Nahot zovutdan shuncha qimmatga 

chiqadi? Unaqa desak, chet ellarga xuddi shu moshina O‘zbekistondagidan ikki yo uch 

baravarcha arzonga sotiladi! Demak, zovutdan yanayam arzonga chiqarkan-da? 

Lekin ko‘chada asl tannarxni surishtirishning sira iloji yo‘q. Davlat siri bu. Davlat 

har bir moshina ustiga qancha ustama qo‘yib sotyapti – jonini sevgan bironta odam 

buni so‘ray ham, surishtira ham olmaydi. Moshin zovuti (aytishlaricha) naq Kottaning 

o‘ziga qaraydi-ya! 

Ammo olamga jar solamiz: “O‘zbekistonda bir necha xilda moshina ishlab 

chiqariladi! O‘zbekiston – avtomoshina ishlab chiqaradigan yigirma sakkiz davlatdan 

biri!” 


Tevaragimizdagi qo‘shnilar, aksincha, mamlakatlarida moshina zovuti 

qurilmaganiga shukr qilishadi: 

“Xayriyat, bizda moshin zovuti yo‘q. Moshina ishlab chiqarilsa-yu, narxi 

O‘zbekistondagiday bo‘lsa, umuman zovut qurilmagani yaxshi. Chunki hozir biz 

dunyo moshinalarini O‘zbekistondagidan ancha arzonga sotib olyapmiz. Hatto 

                                                

112

 Bozorda bu amaliyot “pulni chayqash” deyiladi. Farqi – davlat madaniy usul bilan chayqaydi. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

154 


O‘zbekistonning moshinalari ham bizda suv tekin. Shunday ekan, nimaga endi moshin 

zovuti qurishimiz kerak?! Buning nimasi maqtangulik?!” deyishadi. 

Mantiqan qaralsa, to‘g‘ri aytishadi. Lekin biz bu masalaga mantiqan ham, adolat 

yuzasidan ham qarayolmaymiz. Bu masalada aqlni ishlatishga o‘rin yo‘q. Bizda 

hayajon g‘olib. Biz o‘zimiz moshina ishlab chiqaramiz! O‘zbekiston avtomoshina 

ishlab chiqaradigan yigirma sakkiz davlatdan biri! Avtomoshina derjavasi!!! Qanday 

taraqqiyot, qanday ustunlik! 

Mening aqlim yetmaydigan yeri shu o‘zi. Hech yo‘q ozgina tushunishga urinib 

o‘ylayversam, miyam achib ketadi, lekin sira tagiga yetolmayman

113


 

Uchinchi shox: Bunaqasi dunyoda yo‘q 



 

O‘zimizning moshinaga tegishli yana bir tushunilmas hodisa: 

birinchidan, moshinaga ehtiyoj kundan-kunga, yildan-yilga ortib boryapti va necha 

yildan beri to‘xtovsiz ishlab yotgan Asaka zovuti moshinani ichki bozorga – naqd 

olaman deb turgan odamga yetarli yetkazib bera olmayapti; 

ikkinchidan, xalqimiz ko‘pi kambag‘al bo‘lishiga, moshinaning davlat narxi esa 

otning kallasiday ekaniga qaramay, ustiga yana “shapka”, “do‘ppi”, “chopon”, 

“dasturxon” kabi nomlarda pora berib bo‘lsa ham olyapti. 

Oshkoralik davri bo‘lganida-ku, qo‘lga qog‘oz-qalam olib chayqov alangasi 

gurillatilayotgan o‘choq boshiga shartta borilardi-da, o‘choqboshi-mutasaddilardan 

so‘rab-surishtirib, atroflicha o‘rganib, to‘g‘ri xulosa chiqarsa bo‘lardi. So‘z erkinligi 

yo‘q sharoitda ikki-uch baravar ko‘p kuch-g‘ayrat va ong sarflab, taxminlar qilib 

o‘tirishimizga to‘g‘ri kelyapti. 

Bu masalada xalqimizning o‘ziga xos xususiyati oldga chiqqan ko‘rinadi. 

O‘zbek pul topsa, qishda bolasining oyog‘iga issiq patinka yo etik olib bermaydi, 

moshina mingisi keladi. Uddaburonlar elimizning shu umumiy xususiyatidan 

foydalanadi. 

O‘zbek pul topsa, uyi bir ahvolda, hatto muqim hojatxonasi yo‘q... bo‘lsa ham, tez 

moshina olgisi keladi. Uddaburonlar elimizning shu umumiy xususiyatidan 

foydalanadi. 

O‘zbek pul topsa, uni o‘lib-tirilib, kimlargadir qul bo‘lib, bolasi tengilardan 

otasidan eshitmagan haqoratlarni eshitib zo‘rg‘a topgani esidan chiqadi va... dabdabali 

to‘y qiladi, dasturxonga aroqni to‘kib tashlaydi, shilta bir ashulachiga rosa do‘llar 

qistiradi – hammasini bir kunda havoga sovuradi. Uddaburonlar elimizning shu 

umumiy xususiyatidan foydalanadi. 

O‘zbek pul topsa, ma’rifatga sarflamaydi, men sendan kammi qabilida qo‘shnisidan 

o‘tgisi keladi: qo‘shni “Damas” olsa, bu “Neksiya” olishga, qo‘shni “Lasetti” minsa, 

                                                

113

 Shu kunlarda (2013 yil 15 avgust) internetda o‘qib qoldim: Twitterda opachamiz Gulnora Karimovadan O‘zbekiston 



moshinalari narxi haqida so‘rashgan ekan: “У нас цены на отечественные автомашины нереальны!” deb javob qilibdi. 

Biladi zang‘ar o‘zi ham! 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

155 


bu kamida “Epika” minishga harakat qiladi. Uddaburonlar elimizning shu umumiy 

xususiyatidan foydalanadi. 

O‘zbek pul topsa, ishi tezroq bitishini xohlab qoladi, navbatda turgisi kelmaydi va 

pora uzatib bo‘lsa-da, ikki-uch kun ichida moshinali bo‘lgisi keladi. “Ustiga ikki 

yumaloq ko‘kidan berdim, shu zahoti kalitni qo‘limga tutqazvordi!” deb maqtanib 

maza qiladi. Uddaburonlar elimizning shu umumiy xususiyatidan foydalanadi. Va... 

...moshina savdosida yasama taxchillik hosil qilinib, yo‘q yerdan navbat yaratiladi! 

Talab katta bo‘lganidan keyin qaysi uddaburon foydalanib qolgisi kelmaydi?! Zovut 

talabga yarasha chiqarib ulgurmasa, tabiiy, navbat hosil bo‘ladi, talabga yarasha yo 

ortiqcha chiqarilgan taqdirda ham “o‘zbekistonchasiga” yasama navbat yasaladi. 

Moshina o‘zimizdan chiqadi, zovut to‘xtovsiz ishlab turibdi, navbat nima degani, 

deb hayron bo‘lsangiz, “O‘zingizni ovsarlikka solmang”, deb kulib qo‘yiladi. 

Masalan, o‘zbek “Damas”ni yoqtirdi. Uni ishlatib pul topsa bo‘larkan. Bu holdan 

birinchi galda davlatning o‘zi foydalandi – tani qancha narxga tushganiga qaramay, 

sotuvga otasining bahosini qo‘yib chiqardi. Shunda ham odamlar to‘xtamadi, 

“Damas”ga yopishaverdi. Endi davlatning orqasiga uddaburon ham mingashdi – darrov 

yasama navbat tashkil etib, shoshilganlarga “xolis xizmat” ko‘rsata boshladi. 2000 

(ikki ming) do‘llar “do‘ppi”sini bersin – marhamat, moshina uniki! 

Hol bu ki, bilag‘on kishilar aytishicha, Asaka zovutining hovlisi ham, respublika 

bo‘yicha omborlar ham “Damas”ga to‘lib-toshib ketgan, faqat moshina do‘konida 

yo‘q. Borsangiz: “Pulini to‘lang, navbatga qo‘yamiz”, deyishadi. 

O‘zbek navbatga chidaydimi? 

Yo‘q. 

Demak, haligi ish bo‘ladi. 



O‘zbek “Spark”ni suydi – ko‘rinishi zamonaviy, ham benzinni kam ichadi. “Spark” 

moshinasini tezroq mingisi kelgan odam moshina do‘koni (xalq tilida: avtosalon) 

uddaburoniga kamida 2500 (ikki yarim ming) do‘llar “do‘ppisini kiygizadi”, 

do‘kondan shunday minib chiqib ketaveradi. 

“Do‘ppisi”ni qizg‘onganlarga qibla ko‘rsatib qo‘yiladi. Kutib ko‘zing qorayishini 

istasang, navbatga tur, deyiladi. 

Masalan, Toshkentdagi “Rohat” moshina do‘koni (xalq tilida: avtosaloni) 

uddaburonlari aytishicha, “Spark”ka 2012 yil dekabiridayoq 2013 yil uchun navbat 

to‘lib bo‘lgan. “Yanvardan boshlab 2014 yil uchun buyurtmalar qabul qilamiz”, deydi 

do‘konchi. 

Bu ahvoldan davlat xabarsizdir deb o‘ylamang. Xabari bor. Davlat odamlarning 

ruhiyatini biladi – qancha siqsa, qiziqish shuncha ortadi. Yashirgan saringiz, yopishadi. 

Shu bois “navbatni tashkil etuvchilar”dan biri sifatida davlatning o‘zi maydonga 

tushgan. 

Davlat moshina savdosiga aloqali uddaburonlarga sherik ekaniga dalillardan biri – 

soha vaziri o‘rinbosarining xati bilan do‘kondan navbatsiz va “do‘ppi”siz moshin 

chiqarilishidir. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

156 


Ya’ni, tepalarda ishlaydiganlar yoki tepalarda ishlaydiganlarning tanishlari 

vazirlikka bitta ariza yozadi, vazir o‘rinbosari imzo chekadi, do‘kondan xohlagan 

moshinasini minib chiqib ketaveradi

114


Demak, davlatning navbatdan xabari bor. Navbat tufayli kiygazilayotgan 

“shapka”yu “do‘ppi”yu “chopon”lardan-chi? Bu ishlardan xabari yo‘q desak, davlatga 

tuhmat qilgan bo‘lamiz. Chunki yuqori doiralarda vizalangan arizalarning o‘zi yaqqol 

dalil-hujjatlardir. Va bu hujjatlar O‘zbekistonda tepalarga arizasiz va vazir 

o‘rinbosarining imzosisiz moshinani navbat kutmasdan hamda davlat belgilagan 

narxda olish imkonsiz ekanini, ya’ni, bu sohada ham ishlar pachava ekanini o‘ziga xos 

e’tirof qilishdir. 

“Navbat”dan yana bir maqsad ko‘zlangan. 

Hech diqqat qilganmisiz, “navbat” paydo bo‘ldiyu oylab kutiladigan moshina uchun 

oldindan pulini to‘lab qo‘yish odati kiritildi. Asta-asta kutish muddati bir yilga, goho 

undan ham uzoqqa cho‘zildi. Boshlarida umumiy narxning ellik foizi berilgan bo‘lsa, 

sun’iy ravishda taqchillik hosil qilish bilan bu miqdor sakson besh foyizga chiqazildi. 

Talamosh chog‘i odam hamma shartga rozi bo‘lvorishini o‘tkir ruhiyatshunos Davlat 

juda yaxshi biladi. 

Birov sezdi, birov sezmay ham qoldi: davlat Davlatligidan chiqib allaqachon ayyor 

uddaburon bo‘lib olgan. 

Hali ishlab chiqarilmagan mahsulot uchun siz bilan men kabi ahmoqdan oldindan 

pul olvolyapti! 

Olgan miqdori moshina tannarxidan ancha baland! 

Demak, hali yo‘q moshinani sotib oluvchining puliga ishlab chiqaryapti va 

foydasini ham ancha oldindan cho‘ntagiga tiqyapti! 

Bunda ko‘ptomonlama foyda ko‘ryapti: 

1. Moshina ishlab chiqarishga o‘z cho‘ntagidan bir tiyin ham sarflamayapti.  

2. Sotib oluvchi puliga ishlab chiqarilgan moshinani sotib oluvchining o‘ziga ikki-

uch baravar qimmatiga pullab, katta foyda ko‘ryapti. 

3. O‘zi ishlatgan pul ustidan emas, sotib oluvchi puli ustidan foyda ko‘ryapti. 

4. Hali yo‘q tovarga oldindan yig‘ib olgan pulni yil davomida yoki undan ham 

ko‘proq vaqt xohlaganicha aylantirib foydalanyapti. 

5. Sizning pulingizni bir yil burun olyapti, bir yil davomida siz u pulning o‘zini 

ham, foydasini ham ko‘rmaysiz, aksincha, uning huzurini uddaburon davlat ko‘ryapti! 

6. Mantiqan qaralsa, sotib oluvchi bir yil oldindan katta pul berib qo‘ygani va 



“Davlat + zovut + uddaburon” qo‘shma korxonasi bu puldan armonsiz foyda ko‘rib 

olgani evaziga moshina narxini tushirib berishi kerak edi. 

Zotan, esli dunyoda hatto kapitalist shunday qiladi. Chunki uning esli xalqi shunday 

bo‘lishini talab etadi. 

                                                

114


 Tepalarda ishlaydigan bir yaqin tanishim xuddi shu usul bilan moshinali bo‘lganini aytib qoldi. 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

157 


O‘zbekiston bundan mustasno – narxni tushirib berish o‘rniga, o‘rtadagi 

shartnomaga: “Bordiyu moshina qo‘lga tekkunicha narxlar o‘zgarsa, farqni sotib 

oluvchi to‘laydi!” degan ma’nodagi moddani tirkab, davlat cho‘ntaklarimizni to‘rtinchi 

marta shilyapti. 

Xalqimizni esi yo‘q demaymiz, ammo o‘z haqini talab qilmasdan esi yo‘qning 

ishini qilayotgani aniq! 

7. Butun mamlakat bo‘ylab moshinaga navbatda turganlar sonini har bir kishi 

oldindan berayotgan pul miqdoriga ko‘paytirsak, “xirmon”da juda katta mablag‘ 

to‘plangani ko‘rinadi. Davlatning va davlat himoyasidagi uddaburonlarning 

mug‘ombirlik darajasi ham shunaqa ulkan. 

Nihoyatda pishiq-puxta o‘ylab topilgan bu qalloblik g‘ildiragini to‘xtatish o‘rniga 

tuppa-tuzuk odamlar ham, orqada qolgan – moxov, qabilida shu g‘ildirakning bir 

chekkasiga ilashib qolishga, talamosh orasida o‘ziga rizq chiqarishga tirishib yotibdi. 

Bular avtodo‘konlardan navbatsiz moshina olib chiqib beruvchi “xolis kishilar”dir. 

“Shapka”, “do‘ppi”, “chopon”, “dasturxon”lar mana shu qatlam qo‘li bilan u yoqdan 

bu yoqqa o‘tadi. 

Xullas, moshina savdosidagi ish rasvo, lekin mojaro bular bilan tugamaydi. Biz 

bilmaganlari yana qanchadir. 

Savol tug‘iladi: ayb kimda? 

Ayb menda, sizda, hammamizda. Va hammamizni shunaqa holga tushirib qo‘ygan 

Davlatda! 

Tushunmayman, nimaga moshinaga buncha hirs bilan talpinamiz? 

Xo‘p, kerak. Xo‘p, hamma yaxshi yashagisi keladi. Xo‘p, moshina taqchil. 

Lekin odam jichcha o‘zini bossa, navbatini ozgina kutsa bo‘ladi-ku? Nimaga 

buncha talamosh qilamiz? Kimlardir bizning sabrsizligimizdan foydalanib qolishiga 

imkon yaratamiz? 

Uning o‘rniga, hovliqmasdan, oldin bolamizning oyog‘iga patinka kiydirib qo‘yib, 

bitmay yotgan uyimizni bitirib olib, odamga o‘xshagan bir hojatxona va hammom 

qurib, ana undan keyin, o‘shanda ham qo‘shnining moshinasiga hasad qilmasdan, 

zarurat yuzasidangina moshinaga harakat qilsak bo‘lmaydimi?!  

Shoshilmasak, pora yo‘li kesilar va davlat ham, uddaburon ham to‘g‘ri ishlashga, 

hatto moshinasini yalinib sotishga majbur bo‘lardi! 

Chunki kirim yo‘li kesilishiga kapitalist chidamaydi, ertasigayoq shu savil 

moshinasini reklam qilishga tushadi. Shunda ham olavermasak, do‘konlar moshinaga 

to‘lib ketib (axir zovut to‘xtovsiz ishlab turibdi!), yarim nasiyaga, balki hatto to‘lasicha 

nasiyaga berish boshlanardi. 

Davlatni... kechirasizlar, kambag‘alni urmay, so‘kmay ishtonini yirtish kerak!  

“Davlat + zovut + uddaburon” qo‘shma korxonasining nafsi hakalak otib, har 

qanday insof chegarasidan chiqib ketdimi, demak, uning tegirmonini yurg‘izib turgan 

suvning yo‘lini to‘sish kerak. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

158 


Misol uchun ertadan boshlab bir yil, bor-yo‘g‘i bir yilgina siz, men ‒ hammamiz 

birdaniga moshina olmay qo‘ysak, ajnabiylar tili bilan aytganda, boyqo‘t e’lon qilsak, 

o‘sha zahoti esi kirib qolardi. 

Chunki davlat ham, zovut ham, uddaburon ham moshina sotilsin deydi. Shundan 

foyda ko‘radi. Sotilmasa, cho‘ntagiga pul kirmaydi. Cho‘ntagiga pul kirmasa: 

uddaburonning uyqusi qochadi, zovut o‘tiradi, davlat yuragi yoriladi. 

Shunda u manfaatdor tomonlar bir ovozdan: “Marhamat, xohlagan moshinalaringni 

xohlagancha shart qo‘yib olinglar!” deb yalina boshlamasa, mana, biz kafil. 

Butun dunyoda shunday. Bitta O‘zbekiston bilan bitta Kot De Uvarda boshqacha

115


Kot De Uvardan ham orqada qolmaslik uchun xalqimizdan ozgina ong, ozgina 

to‘zim, ozgina g‘ayrat talab etiladi, xolos. 

 

To‘rtinchi shox: Bir bor ekan, bir yo‘q ekan... 

 

Hozir bir gap aytaman, bunga endi bitta mening emas, yalpi dunyo afkor 

ommasining aqli yetmasa kerak: 

O‘zbekistonning bir harbiy uchog‘i... 

6 (olti) to‘nnami, 24 (yigirma to‘rt) to‘nnami O‘zbekistonning toza oltinini... 

hech qanaqa hujjatsiz... 

hech qanaqa tekshiruvsiz... 

davlat chegarasidan bemalol olib chiqib ketadi...  

“Bo‘lishi mumkinmi shu???” deb so‘raymiz hayajonni kuchaytirish uchun orqasiga 

uchta so‘roq belgisini bosib. 

“Yo‘q, bo‘lishi mumkin emas!!!” deb yuborasiz cheksiz hayratingizni uch karra 

undov bilan ifodalab. 

Nega bo‘lishi mumkin emas ekan, bemalol bo‘lishi mumkin, lekin faqat bitta 

mamlakatda – O‘zbekistonda(!) bo‘ladi bunaqa ishlar... deb oddiy uchta nuqta bilan 

tugallaymiz gapimizni. 

Oddiy va odatiy holga oddiy nuqtalar-da. 

Yana davom etamiz: 

haligi o‘g‘ri uchoq O‘rusiyaga borib qo‘nadi... 

qo‘lga olinadi... 

“Egasi kim?” deb so‘raladi... 

O‘zbekistondan sas-sado (harholda, odamlarga eshitiladigan bir tovush) ham 

chiqmaydi... 

“Bo‘lishi mumkinmi shu???” deb so‘raymiz hayajonni kuchaytirish uchun orqasiga 

uchta so‘roq belgisini bosib. 

                                                

115


 Kuni kecha Kot de Uvardan rasmiy muhr bosilgan xat oldim. Unda: “Bizning mamlakatimizga tuhmat qilibsiz. Bizda 

siz aytgandaqa ishlar qilinmaydi! Bizning davlatimizni O‘zbekiston bilan tenglashtirmang!” deyilibdi. Ol-a! Hatto Kot de 

Uvarda ham bizdagiday nayranglar yo‘q ekan! Uzr... 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

159 


“Yo‘q, bo‘lishi mumkin emas!!!” deb yuborasiz cheksiz hayratingizni uch karra 

undov bilan ifodalab. 

Nega bo‘lishi mumkin emas ekan, bemalol bo‘lishi mumkin, lekin faqat bitta 

mamlakatda – O‘zbekistonda(!) bo‘ladi bunaqa ishlar... deb oddiy uchta nuqta bilan 

tugallaymiz gapimizni. 

Oddiy va odatiy holga oddiy nuqtalar-da. 

Yana davom etamiz: 

olamga yoygulik bu xabarni eshitib xalq uch-to‘rt kun hafsalasizlik bilan gapirib 

yurdi... 

biri, olti to‘nna edi, dedi, boshqasi e’tiroz bildirib, yigirma to‘rt to‘nna edi, dedi... 

biri, qiziniki ekan, dedi, boshqasi kulimsirab, o‘ziniki ekan, dedi... – 

bahs bu o‘zanda kechdi... 

va hamma unutdi...  

Hech kim bosh ko‘tarib: 

“Hoy vatandoshlar, bu oltinlar O‘zbekistonniki edi, qayoqdan O‘zining yo Qizining 

qo‘liga o‘tib qoladi?! 

Qayerdan to‘plangan va qayerga yuborilgan edi u sho‘rlik, egasiz, vatansiz 

oltinlar?! 

Nimaga hujjatsiz edi?! 

U harbiy uchoq qaysi harbiy qismga tegishli?! 

Uning uchuvchisi kim?! 

Qaysi chegaradan qaysi chegarachi uni o‘tkazib yubordi?! 

Kimlar bu xazinani qo‘riqlab ketayotuvdi?! 

Bu ishga aloqador kishilarning va u harbiy uchoqning keyingi taqdiri nima bo‘ldi?! 

Bitta mayda ishbilarmonni bitta mayda kamchilik bilan ushlab, televizorlarda 

ko‘rsatib olamga shov-shuv qilishni vazifasi deb biladigan “hushyor tashkilotlar” qani, 

nimaga oltin mojarosiga hech qaysisi g‘ing deya olmadi?! 

Davlat va millat xavfsizligining posboni – Milliy xavfsizlik xizmati qani?! 

Qonun himoyachisi – respublika purkurorligi qani?! 

Qolaversa, u oltinlarning egasi qani?! 

Nimaga hech kimsa panadan chiqib, qaroqchi O‘rusiyaga: “Qaytar u oltinlarni! 

Mana men uning egasiman! Mana hujjatim, mana yana falonim!” deb O‘zbekistonning 

mustaqilligini ko‘rsatib qo‘ymadi?! 

Agar u oltinlar aslida o‘g‘rilik bo‘lsa, shuning uchun o‘g‘rincha olib chiqib ketishga 

urinilgan bo‘lsa, ichkarida nimaga  katta jinoiy ish ochilmadi, nimaga tekshirilmadi?! 

U oltinlarni qaytarish haqida nimaga O‘rusiyaga talab qo‘yilmadi?! 

Yoki u oltinlar mamlakatdan o‘g‘rincha olib chiqib ketilganidek, O‘rusiya bilan 

ham o‘g‘rincha “muzokara” olib borib

116

, allaqachon o‘g‘rincha qaytarib olib 



kelindimi?! 

                                                

116

 Ko‘chaning gapicha, oltinlarni kerakli manzilga omon-eson yetkazish vazifasi Ismoil Jo‘rabekovga topshirilgan ekan. 



Ish chappa ketgach, shu arzimas ishni ham eplayolmadingmi, deb podsho uni ishdan olibdi!  

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

160 


Bo‘lsa bordir, chunki biznikilardan bu narsaniyam bemalol kutsa bo‘ladi! 

Xo‘p, agar u oltinlar O‘zbekistonga qaytarib olib kelingan bo‘lsa, nimaga bu haqda 

g‘iring deyilmadi, xalqqa bildirilmadi?!. 

Shuncha oltin izsiz yo‘qolib ketishi mumkin emas-ku?! 

...kabi o‘jar savollarni o‘rtaga tashlamadi! 

Ya’ni, shuncha oltin bor edi, 

bir kunda yo‘q bo‘ldi, 

butun dunyo gapirdi, 

ulardan eshitib xalqimiz ham uch-to‘rt kun ming‘irlab yurdi, 

qandaydir ochiqlama bo‘lsa kerak, qaytarishni kimdir talab qilsa kerak deb hamma 

kutdi, 

butun dunyo kutdi, 



ammo bizda odatiy ish bo‘ldi: 

o‘zi ham indamadi... 

qizi ham ham indamadi... 

tegishli idoralar ham indamadi... 

u oltinlarga eng haqdor xalq ham indamadi... 

O‘zbekiston indamadi!.. 

“Bo‘lishi mumkinmi shu???” deb so‘raymiz hayajonni kuchaytirish uchun orqasiga 

uchta so‘roq belgisini bosib. 

“Yo‘q, bo‘lishi mumkin emas!!!” deb yuborasiz cheksiz hayratingizni uch karra 

undov bilan ifodalab. 

Nega bo‘lishi mumkin emas ekan, bemalol bo‘lishi mumkin, lekin faqat bitta 

mamlakatda – O‘zbekistonda(!) bo‘ladi bunaqa ishlar... deb oddiy uchta nuqta bilan 

tugallaymiz gapimizni. 

Oddiy va odatiy holga oddiy nuqtalar-da. 

Ajab, shuncha to‘nna oltin... kecha bor edi, bugun yo‘q. 

Xuddi ertaklardagidek: 

“Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan. Qarg‘a 

qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan. O‘tmishda emas, shu kunlarimizda, 

olisdamas, shundoq burnimiz tagida... u bo‘libdi-bu bo‘libdi, o‘rtada shuncha oltin 

yo‘q bo‘libdi... shunday qilib, oltin o‘g‘rilari ham, o‘g‘rini urgan qaroqchilar ham 

murod-maqsadlariga yetibdi...” 

Bu ertakni tushunishga, to‘g‘risi, bitta mening aqlim kamlik qilyapti. Kelinglar, 

tushunishga birgalashib urinib ko‘raylik. Biron xulosaga kelishimiz kerak-ku axir! 

 

Beshinchi shox: “O‘z uyingni o‘zing asra” 



 

Men sirayam tushunmayman, boshim shishib ketadi: nimaga o‘z uyimni o‘zim 

asrashim kerak? Boshqa ishim yo‘qmi? 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling