Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yurtim, olis yo‘lga chiqqan karvoning bor, Karvoningga posbon uyg‘oq sarboning bor, El dardida xalovatsiz o‘g‘loning bor
- Bu kunlar
- Ifoda zarbini dard miqyosi belgilaydi. Ya’ni, og‘riq qancha kuchli bo‘lsa, odam shuncha qattiq dodlar ekan.
- “...muarrixlikning muhim shartlaridan biri ahvolni betarafona yozib, betarafona muhokama yuritmoqdir. Darvoqe
- Haq So‘zni aytish fursati kelmadimi!
- “Men sizlarning eng yuksak parvardigoringizdirman”, dedi
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 83
“16 FEVRAL 1999 YIL
Bu dunyoda yaxshi, yomon kunlar ko‘rdim, o‘kinchim yo‘q, mayli, yillar qaddim egsin. Men hamon bir askaringman, ona yurtim, Sen tomonga otilgan o‘q menga tegsin.
Hali komil atolmasman makonimni, Bekam odil sanolmasman zamonimni. Lek kiprikda saqlayman bu davronimni, Bu davronga otilgan o‘q menga tegsin.
Karvoningga posbon uyg‘oq sarboning bor, El dardida xalovatsiz o‘g‘loning bor, Shu insonga otilgan o‘q menga tegsin.
Tong nurisan, vatan, qalbim osmonida, Erking azal ajdodlarning armonida, Mehring abad avlodlarning imonida, Shu imonga otilgan o‘q menga tegsin”.
Bu satrlardan, ayniqsa, bu yerda bo‘yab ko‘rsatilgan banddan siz endi bundan keyin mo‘ljalingizni qay tomonga burganingiz anglashiladi. Bu hol nimadan dalolat? Demak, adabiyot va haqiqat maydonlarida ishlatsin deb berilgan yuksak iste’dod, nazokat va zarofatlar arzimas bir sabab bilan arzimas bir maqsadlarga qurbon qilina boshlandi. Shunisi alam! Esingizdami, mamlakatda “O‘zbekiston qahramoni” unvoni ta’sis etilib, uning birinchisini kimga berish masalasi Oliy (?!) Majlisda ko‘tarilib, “taxtning abadul abad va tanho egasi” yolg‘ondakam kamtarlik ila: “Meni tinch qo‘yinglar, boshqaning nomzodini ko‘rsatinglar”, deganday ozgina noz qilganida 57 siz, Erkin aka, yumshoq 57 Yolg‘ondakam bo‘lmaganida prezident so‘zida oxirigacha qattiq turardi va unvonni bironta loyiq kishiga o‘tkazib yuborgan bo‘lardi. Teskari hol yuz berdi: Prezident ilk “O‘zbekiston qahramoni” unvonini mamnuniyat bilan qabul qildi! Uning kamtarligi ko‘z bo‘yash uchun ekaniga boshqa yorqin misol bir zamonlar Davlat maslahatchisi bo‘lib ishlagan Mavlon Umrzoqov hikoyasida keladi. Bu hikoyani u qamoqda ‒ Ichki Ishlar vazirligi yerto‘lasida yotganida o‘zi kabi bir mashhur mahbusga aytib bergan: “Prezidentning fe’lini sira tushunib bo‘lmaydi. Farg‘ona shahriga kiraverishda ulkan ark qurilib o‘rtasiga Islom Karimovning qabariq siymosi tushirildi, hokimiyat ichiga byusti o‘rnatildi. Shunda prezidentning o‘sha paytdagi matbuot kotibi televizorga chiqib, “keyingi vaqtlarda ayrim viloyatlarda prezident shaxsini ulug‘lash kuchayayotgani”ni aytdi va bunday salbiy ishlarga chek qo‘yishga chaqirdi. Bu haqda maxsus bayonot ham e’lon etildi. Ideologiyaga men qarayman, bu ish to‘g‘ridan-to‘g‘ri menga tegishli, lekin nima qilishni bilmay qoldim. “Islom aka, arkni buzdiraylikmi, byust-haykalni oldiraylikmi?” deb so‘rashga majbur bo‘ldim. Islom akaning quv qarashi bor. “Qo‘yaver,
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 84
kursida jim o‘tira olmay qoldingiz, ichingizda nimadir qaynab ketdi, minbarga otilib chiqdingiz va butun iste’dodingiz, nazokatingiz va zarofatingizni ishga solib: “Bilasiz, Islom aka, men sizni hurmat qilaman, hamma gapingizga doim xo‘p deb kelganman, ammo... ammo bu gapingizga “Yo‘q!” deyman... “O‘zbekiston qahramoni” unvoniga hammadan oldin Siz loyiqsiz!” deb yubordingiz! Davomli va gulduros chapaklar. Yashasin millat vijdoni! Prezidentga, uning so‘ziga bemalol qarshi bora oldi! Shundoq betiga qarab turib «Yo‘q!» deya oldi! U kishi taxtga o‘tirganidan beri hech kim ko‘rsata olmagan jasoratni bir buyuk shoiri tili bilan ko‘rsatdi! Olqishlar va yana olqishlar!.. Lekin, kinoya qilmagan taqdirimizda ham, tan olishimiz kerak: o‘sha kungacha... va to bugungacha birov bunaqa so‘z demadi, keyin ham bundan oshirib deya olmasa kerak!
So‘z qadri bu qadar yerga uriladimi! Haqiqat ustidan bu qadar kulinadimi! Ezilgan, xo‘rlangan xalqni yana bu qadar xo‘rlash bo‘ladimi! Andijonda tinch aholiga qarshi o‘q uzishga kalovlangan hatto melisamizda, armiyamizda ozgina vijdon bor ekan, adabiyotimiz nega vijdonini yo‘qotdi?! Qayoqqa ketdi Imon, Insof, Vijdon, Hamiyat, Or, Nomus?! Nahot ishongan tog‘larimiz “muhtaram Yurtboshi” to‘qigan: “Andijonda ko‘chaga chiqqanlar terrorist edi, oqimchi edi”, degan cho‘pchagiga ishonsa? Qaynab ketishi lozim bo‘lgan adabiyot vijdoni shu cho‘pchakning muzday suvi bilan sovib, hovurini bosib oldimi yo?
turaversin... ish qanday ketayotgan bo‘lsa, shunday davom etsin!”dedi”.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 85
Butun boshli SSSRday davlatning tugashini talab qilib maydonga chiqqan Tiflis xalqi “tinch aholi”-yu, oddiygina insonlik haq-huquqini himoya qilib, prezident huzurimizga kelsin, dardlarimizni eshitsin, degan sodda talab bilan ko‘chaga chiqqan va, prezidentimiz keladilar, deya go‘llarcha umid qilib o‘tirgan sho‘rlik xalqimiz “terrorchi”, “akromchi” bo‘lib qoldimi? Aytganday, prezident chindan ham Andijonga bordi, ammo qo‘nalg‘adan tashqari chiqmay, butun “mehr-muhabbati”ni o‘qlar ko‘rinishida xalqining boshi uzra yog‘dirdi! Ha, o‘z vaqtida sovetning davlat boshliqlari ham Tiflis maydoniga to‘planganlarni “bo‘lginchilar”, “narkomanlar” deb ayblab o‘qqa tutgan, qirg‘inini shunday kir mag‘zavalar bilan oqlashga uringan, aybini shunaqa niqoblar ostiga yashirib xaspo‘shlagan edi. Ammo siz bu cho‘pchaklarga ishonmay, “Xalqqa o‘q uzganlar bilan bir partiyada turmayman!” deya hayqirib partbiletni uloqtirishingizni e’lon qildingiz! Nega u zamonki davlat boshliqlarining cho‘pchagiga ishonmadingiz-da, bu zamonki davlat boshlig‘ining cho‘pchagiga laqqa tushib ishonib o‘tiribsiz?! Javobi oddiy: u zamonda adabiyot, qisqa muddatga bo‘lsa-da, undan kutilgan haqiqiy maqomga chiqib, millatning vijdoniga aylana boshlagan edi, bu zamonda esa, yana qaytadan “bitta yog‘li suyak ilinjida amirlar ostonasini yalaydigan yuvindixo‘r” darajasiga tushib qoldi. Afsus, afsus... To‘g‘ri tushuning, Erkin aka, sizni haq so‘zning va xalqning eng oldida ko‘rishni istaganim o‘zimni va boshqalarni bir chetga olish va mas’uliyatdan qochish emas, balki biz kabi ukalaringizning so‘zidan Siz kabi ulug‘larimizning so‘zi salmoqda ham, ta’sirda ham o‘ta kuchli ekanini his etganimdandir. Xatim uslubi balki qattiq tuyular, balki bo‘yoqlarni o‘ta quyuqlashtirib yuborayotgandirman. Xalqimiz tiliga chiqara olmay, hatto quduqqa ham aytishga qo‘rqqanidan ich-ichida saqlab kelayotgan gaplaridan ayrimlarini yetkazib qo‘yyapman, xolos. Ifoda zarbini dard miqyosi belgilaydi. Ya’ni, og‘riq qancha kuchli bo‘lsa, odam shuncha qattiq dodlar ekan. So‘zlarim ko‘nglingizga og‘ir botmasin, og‘ir botayotgan bo‘lsa, mening sizga do‘stligimdan, samimiyatimdan, sizga va ijodingizga muhabbatim kuchliligidan deb biling. Harholda, ushbu alamlarim sizga, ijodingizga muhabbatimdan tug‘ilayotgani aniq. Bu og‘riqli gaplarni orqadan yoki zamon o‘tganidan keyin aytgandan ko‘ra, betingizga va ayni shu damda aytishni afzal ko‘rdim. Bunda siz uchun hech bo‘lmaganda muallif bilan munozara qilish yoki jamiyatning bugungi ahvoliga va o‘tgan u qayg‘uli ishlarga o‘zingizning munosabatingizni ochiq bildirish, iloji bo‘lsa, haqiqatni aytib ketish imkoni bo‘ladi. Ko‘rganman va ishonaman: sizda adolat tuyg‘usi kuchli. Nimadir sabab bilan ustini vaqtincha kul bosgandir. Bor narsa yo‘qolib ketmaydi, albatta yana qayta ko‘rinadi va borligini bildiradi, inshaolloh. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 86
Xalq sizdan, sizning timsolingizda adabiyotimizdan go‘zal she’rlar, go‘zal xotira maqolachalar qatori ijtimoiy bir qo‘llov ham kutyapti. Xalqimizga “boshini silashga bir mehribon qo‘l, bir og‘iz shirin so‘z nondek arzanda” bo‘lib turgan bu kunlarda sizday shoirlarimizning yurak qo‘ri bilan aytgan So‘zi unga, albatta, ulkan dalda bo‘ladi! Adabiyot xalqning yonida turishi, haqsizliklarga va zulmga munosabatini ochiq bildirishi kerak. Aslida, sizga va Abdulla Oripovga ochiq xat bitishdan ko‘zlagan niyatim ham shu edi. Sizlarning bir zamonlar momaqaldiroq kabi guldirab xalqimizning uyg‘onishiga, ko‘zi ochilishiga xizmat qilgan siyosiy-ijtimoiy she’rlaringizni bugungi ko‘z bilan boqib siyosiy-ijtimoiy tomondan tahlil etishga harakat qildim, xolos. Tahlil zarbini “Iztirob” va “Olomonga” she’rlarining zarbi belgiladi deb o‘ylayman. Ya’ni, so‘zlarim bir oz achchiq va keskin chiqqani ikkala she’rning zarbi qattiqligidandir. Tarixlar kechadi, gurkiragan saltanatlar so‘ladi, mustahkam va abadiy bo‘lib tuyulgan taxtlar qulaydi, podsholar kelib ketadi, zolimlarining nomlari tarix axlatxonalarida yo‘q bo‘lib ketadi, ammo Haq So‘z qoladi! Bu Haq So‘zni ayta olgan shaxs ham shon-sharaflarga burkanib, zamonlar aro yuraklarda yashaydi, yashnaydi! Tayini yo‘q bir hovuch siyosatchi kimsaga kuni qolgan, egasiz, chorasiz, parishon xalqimiz Sizdan va Siz kabi ulug‘laridan dardiga malhamni – Haq So‘zni kutadi. Millatning vijdoni bo‘lmish dinimiz va adabiyotimiz o‘rtaga tushishini, mazlumni orqasiga olib, zulmga qarshi ko‘ksini qalqon qilishini, o‘ziga Ega chiqishini istaydi 58 .
FURSAT KELMADIMI? To‘g‘ri tushunaylik: suyukli mamlakatimizda yuzaga kelgan bugungi ma’naviy va siyosiy o‘pirilishlar hisobi bitta Abdulla Oripov yoki Erkin Vohidovdan so‘ralmaydi.
58 Ushbu ikki xat g‘oyasi 2005 yil 13 may Andijon qirg‘inidan keyin kelgan, 2011 yili bitildi. Ruhida o‘sha davr izi saqlanib qoldi, albatta. Shuning uchunmi, bularni yaqinda o‘qigan ayrim do‘stlarimga xatlarning uslubi bir oz qattiq tuyuldi. To‘g‘risi, bu kabi andisha o‘zimda ham tug‘ilgan. Yozishga kirishganimda xatlar bunchalik keskin bo‘lib chiqishini kutmaganman. Mening bu buyuklarimiz ijodiga yuksak muhabbatim borligini el bilmasa ham Olloh biladi! O‘rtamizda shaxsiy munosabatlar emas, xalq, millat, Vatan va davlat manfaati, o‘tmish va kelajagimiz turgani uchun men xatlar ohangini ham, uslubini ham yozilgan bo‘yi qoldirdim, keyin deyarli aralashmadim. Shu kunlarda (2013) bir yozuvchi do‘stim Sadriddin Ayniyning “Buxoro inqilobi uchun materiallar” xotira asaridan parcha o‘qib berib qoldi. Nazarimda, Sadriddin Ayniy so‘zlari o‘zimda ham, o‘quvchida ham tug‘ilgan va tug‘ilajak haqli andishalarga harholda munosib javobdek tuyuldi: “...muarrixlikning muhim shartlaridan biri ahvolni betarafona yozib, betarafona muhokama yuritmoqdir. Darvoqe, men betaraf bo‘lmadig‘im holda ushbu sahifalarni yozayotgan chog‘imda iqtidorim doxilida o‘zimni betaraf saqladim. Fojialarning shiddat va ta’siridan tomirlarim buzildi” (Asarlar. Sakkiz tomlik. Birinchi tom. O‘zbekiston SSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti, Toshkent – 1963, 349-bet). Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 87
O‘zini adib, olim hisoblovchi har bir ziyolidan so‘raladi. Sizu bizdan so‘raladi. Bu achchiq ta’nalar eng oldin o‘zimga, qolaversa, hammamizga tegishlidir. Faqat, darajasi yuksaklarga talab ham katta qo‘yilishi udumiga ko‘ra, ushbu dardlarimni o‘zim suygan ikki buyuk ijodkorga to‘kib-solgim keldi. Xohlaymizmi-yo‘qmi, tan olamizmi-yo‘qmi, qiyomat bor, oxirat bor, savol-javob bor. Olimlarning savol-javobi qattiq bo‘ladi, chunki ular biladilar. Shunday ekan, qiyomatdan qo‘rqaylik, tirigimizda oxiratga hozirlik ko‘raylik, savol-javob diyoriga sha’nimiz bulg‘anmagan, yuzimiz yorug‘ holda boraylik. Ushbu ikki xatda bildirgan fikr-mulohazalar bilan barcha adiblarga, barcha shoirlarga, barcha olimlarga, barcha ziyolilarga, barcha maslakdosh yor-oshnalarga murojaat etaman: Haq So‘zni aytish fursati kelmadimi?! Shu aziz vatan chindan ham barchamizniki bo‘ladigan bo‘lsa, uning boshqaruvini surunkali Bir Kishi irodasiga topshirib qo‘ymasdan, hammamiz qo‘lga olaylik! Tarixiga, buguniga, kelajagiga barchamiz ega chiqaylik, ishlarini barchamiz birga yuritaylik. To‘g‘ri, davlatni boshqarish katta salohiyatni, layoqatni talab etadi, duch kelgan odam podsho bo‘lavermaydi. Siyosat bilan siyosatchilar shug‘ullanaversin. Ammo har on xalqning ko‘zi o‘ngida, nazorati ostida shug‘ullansin, yetti qavat devor orqasiga berkinib olmasin. Xalqda boshliqlari ishini tekshirib turish, ishonib topshirilgan vakolat doirasidan chetga chiqishi bilan uni to‘g‘riga yo‘llab qo‘yish, ko‘nmasa, almashtirish qobiliyati va huquqi albatta bo‘lishi kerak. Bir qo‘lga cheksiz hokimiyat berib qo‘yilsa, har qanday odamning nafsi asta-sekin fir’avnlashadi. Boshqacha aytsak, bir yumalab cheksiz hokimiyatga ega bo‘lib qolgan odam, agar u o‘n karra yaxshi odam bo‘lsa ham, ertaga nima karomatlar ko‘rsatishini bilib bo‘lmaydi. Kamdan-kam kishi o‘zini saqlay oladi. Tariximizda oqil, odil podshohlar ham o‘tgan, ammo kam kelgan. Hozir hamma soha qatori davlatchilik ham yuksak darajada rivojlandi, davlat bilan xalq o‘rtasidagi muomala-munosabat chegaralarini belgilovchi xilma-xil o‘lchovlar, bir-biriga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ishlab chiqildi. Bizning mamlakatda ham mana shunday o‘lchov va omillarni yo‘lga qo‘yish kerak. Biz adabiyotchilarmiz, asosan adabiyot bilan shug‘ullanamiz, siyosat bizning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishimiz emas, ammo bu degani adabiyotchilardan siyosatchi chiqmaydi degani ham emas, siyosatni mutlaq o‘z holiga tashlab qo‘yamiz degani ham emas. Ayniqsa, o‘rtada Vatan, Xalq, Millat masalasi turganida! Ayniqsa, siyosatchilar zamon talabiga javob bera olmay qolganida! Bunday pallalarda shu millatning vijdoni bo‘lishni yelkasiga olganlar doim o‘z So‘zini ayta olishi, davlatning o‘tkinchi boshliqlari tomonida emas, shu davlatni bor qiladigan, mamlakatning asosiy boyligi bo‘lgan, vatanni vatan qilib turgan xalq Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 88
tomonida turib, siyosatchilarni aslo yo‘ldan toyishga qo‘ymasligi, shu ma’noda ularga yordamchi bo‘lishi kerak. Aksinchasi – xalqni ezishida, o‘g‘rilik qilishida, zulmda, vatanni sotishida ularga yordamchilik qilish xiyonatdir. Haqiqatga xiyonat, xalqqa xiyonat, omonatga xiyonat, qalamga xiyonat, Vatanga xiyonatdir! Boshqa narsa emas! Olloh taolo aqlimizga ozgina farosat bergan, yuraklarimizga hassosiyat yuqtirgan, qo‘llarimizga qalam tutqazgan bo‘lsa, bularning hammasini vatanning, millatning og‘irini yengil qilish uchun omonat qilib bergan va bu omonatni haqqi-la ado etishga buyurgan. Aks holda, millatning oydinlari yelkalaridagi asosiy vazifani bajarmagan bo‘ladilar. Tevaragimizga ziyrak va hushyor boqsak, afsus, bugun bizning mamlakatimizda do‘st oldida ham, dushman oldida ham odamni xijolatlarga soladigan holatlar yuzaga kelganini ko‘ramiz. Matbuotimizni o‘qing, radioga quloq soling, televizorni tomosha qiling. Axir: Hamma yaxshi ishlarning tashabbuskori faqat Bir Kishi bo‘lsa – UYAT va AYB! Bir Kishidan boshqa hech kim vatan va millat uchun qayg‘urmasa, yurtining ravnaqi uchun hech qanday tashabbus bilan chiqmasa, hech qanday ish qilmasa –
Ichki va tashqi siyosatdagi hamma yutuqlar Bir Kishiniki, barcha yutqiziq va kamchiliklar o‘ttiz milyon xalqniki bo‘lsa – UYAT va AYB! Yigirma yildan beri bir xil holat: viloyat va tuman hokimlari qachon almashtirilsa, barcha xato-kamchiligi bittama-bitta sanaladi va hammasi har gal ularning bo‘yniga ilinadi, ammo o‘sha viloyat va tumanlardan iborat ulkan O‘zbekiston mamlakatida yo‘l qo‘yilgan bu xato va kamchiliklar uchun javobgarlikni shu yurtning tanho egasi, hamma ishlar tashabbuskori va tepasida turgan, o‘sha hokimlarni ham tanlab mansab berib qo‘ygan Zot biron marta o‘z yelkasiga olmaydi – UYAT va AYB! Nimani gapirib, nimani gapirmaslikni Bir Kishi belgilashi, o‘ttiz milyonli xalqni, xuddi qo‘ypodadek, erkin fikrlash va fikrlarini ochiq bayon etish darajasiga yetmagan deb hisoblab, undan so‘z erkinligi huquqini olib qo‘yish – UYAT va AYB! O‘ttiz milyonli katta bir xalq ichidan davlat siyosatining to‘g‘ri tomonlarini quvvatlab, xato va kamchiliklarini dadil gapirib, ularni tugatish yo‘llarini ko‘rsatib turadigan bironta jasoratli, layoqatli, salohiyatli kimsa topilmasa – UYAT va AYB!.. Bunaqa UYAT va AYBlardan yana yuzlabini sanasa bo‘ladi. Ko‘rib turibmiz, eshityapmiz, har kuni shu uyat va ayblar ichiga botib yashayapmiz. Sinchiklab qarasak, bu ayblar faqat o‘sha Bir Kishiniki bo‘lib chiqmaydi, aylanib- o‘girilib kelib siz bilan bizning bo‘ynimizga ham tushadi. Nega deganda, biz hammasini ko‘ra-bilaturib sas chiqarmadik, qo‘rqdik. Oilamizga, bola-chaqamizga, ishlarimizga, tijoratimizga va hokazo manfaatlarimizga zarar yetadi deb qo‘rqdik, dardlarimizni va damimizni ichimizga yutdik... Va bugungi natijaga kelib turibmiz. Tarixda va dunyo tajribasida kuzatilgan bir oddiy haqiqat budir: Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 89
Hech kim bir kunda zolim, yakkahokim, diktator bo‘lib qolmaydi! Zolimlarni qo‘rqoqlar yaratadi, qo‘rqoqlar tarbiyalaydi, qo‘rqoqlar yetishtiradi! So‘ngra jabrini ham qo‘rqoqlar tortadi! Hazrati Muso (u Zotga Ollohning salomi bo‘lsin) zamonida yashagan fir’avn ham boshlabiga oddiy fir’avn (shoh) edi. Og‘zidan chiqqan ma’nili-ma’nisiz har buyrug‘i ortig‘i bilan va so‘zsiz-mulohazasiz bajarilayotganini ko‘raverib, chegaradan oshdi. Qavmining qo‘rqoqligi va unga sig‘inguday yerga yotib olishidan o‘zini xudo deb chog‘lab qoldi. Chog‘lash ne, o‘zini chinakam xudo deb e’lon qildi: “Men sizlarning eng yuksak parvardigoringizdirman”, dedi 59 ! Ammo Olloh taolo suyukli payg‘ambari Musoni (u Zotga Ollohning salomi bo‘lsin) yuborib, fir’avn aslida kim ekanini ko‘rsatib qo‘ydi. “Har fir’avnga bir Muso” degan ibratli gap shundan qolgan. O‘zbekiston prezidenti ham ilk pallalarida ko‘p boshliqlar qatori oddiy bir boshliq edi. Balki u kezlar kelajakda bu qadar zulm qilishiga to‘g‘ri kelishi o‘zining ham yetti uxlab tushiga kirmagandir. Boshda ijobiy boshliq bo‘lgandir ham. O‘tgan asr to‘qsoninchi yillari boshida Yozuvchilar uyushmasida o‘tgan tor doiradagi bir yig‘inda yozuvchi-shoirlar bilan Islom Karimov o‘rtasiga tushib orachilik qilgan Shukrullo Mirsaidov (u paytlar ziyolilar orasida obro‘li shaxs!) og‘zidan: “Islom Abdug‘aniyevichni qo‘llaylik, u millatparvar, vatanparvar odam, ozgina fursat va imkon bersalaring, ko‘p yaxshi ishlar qilmoqchi...” kabi ijobiy fikrlarni eshitgan edik. Chindan, boshlanishi uncha yomon bo‘lmadi 60 . Hozirgi holatiga qiyoslasa-ku, hatto birmuncha yaxshi ishlar bo‘ldi! Ammo bora-bora xalq jilovni qo‘ldan berdi, ziyolilar va matbuot prezidentning xatolariga ko‘z yumdi va asta-sekin surishtirib turuvchilik maqomidan so‘rovchilik- tilanchilik maqomiga indi, ostonasini yalashga qator turdi. Bir so‘z bilan aytganda, ommaga suyanchiq bo‘lish, unga dalda berib turish o‘rniga,
tortib yotibmiz. Albatta, Olloh taolo bu hollarga qarshi ham yaxshi bir holni, bu podshoga qarshi ham bir musosini tayyorlab qo‘ygandir. Hozircha esa, eringan odamgina bizning holimizga kulmaydi, eringan kishigina tushib qolgan ahvolimizni ko‘rib ajab bo‘lsin demaydi. To‘g‘ri, prezident hozircha o‘zini “xudo” deb ochiq e’lon qilmadi, ammo shaxsiga sig‘inishlarning yo‘lini ham to‘sayotgani yo‘q. Hatto ayrim qamoqxonalar boshliqlari qo‘li ostida qon qusib yotgan mo‘min-musulmonlarga xonasidagi devorda osig‘liq
59 Naziot surasi 24-oyat mazmuni. 60 Kechagi millatparvar, vatanparvar zot asta-sekin millat va vatan manfaatlaridan o‘zini ustun qo‘ya boshladi. Bo‘lmasa, bilaklarini kesib bir-biriga qon o‘tkazib abadiy do‘stlikka qasam ichgan Shukrullo Mirsaidovday kishi kechagi qono‘rtog‘iga qarshi chiqishga botinmas edi. Narigi bilak egasi ham keyin bu bilak egasini ayab o‘tirmadi: bir urdi, qaytib odam bo‘lmaydigan qilib qo‘ydi. Bunday holga tushishiga Mirsaidov o‘zi aybli, haq tomonda oxirgi damgacha matonat bilan turib bermagani, orada qo‘rqoqlik qilib qo‘ygani sabab bo‘ldi, deb o‘ylayman. Yanayam to‘g‘risini Olloh biladi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 90
silliq yuzli jonsiz bir suratni ko‘rsatib: “Mening xudoyim mana shu odam!” deb hayqirganlari haqida ishonchli, yozma guvohlar bor. Bu hol qachongacha davom etadi? Xalqimiz, O‘zbekistonimiz bu ayanchli holatdan qachon qutuladi? Fikriy va ma’naviy taraqqiyotdan qachongacha orqada qolib yuramiz? Bir kuni bu savollar javobi albatta so‘raladi. O‘shanda uyalib qolmaylik desak, bugun o‘zimizni to‘g‘rilab olaylik. Bundan keyin mamlakatning qaysi yo‘ldan boruvi, qay tomonga og‘uvi millatning vijdoni bo‘lmish din arboblari, adiblar va olimlar o‘zlarini qanday tutishlariga bog‘liq bo‘lib turibdi. Yo ishlar eski tos eski hammomligicha qolaveradi, yoki tezda hushimizni yig‘ib, bo‘layotgan bu barcha ishlarga xolis munosabatimizni bildiramiz, zulm va adolatsizliklarga keskin chek qo‘yishga chaqiramiz va xalqimizga suyangan holda o‘zimizda jasorat topib, “To‘xtatilsin!!!” deymiz. Ishkalli davlat chinakam adabiyotdan, uning toza, sahih e’tiqodli vakillaridan qo‘rqadi. Qattiq qo‘rqmasa ham, doim undan cho‘chib-xavfsirab turadi. Nega?
Chinakam adabiyot hamisha haqiqatni aytadi. Ishkalli davlat va hokimiyat esa aybi ochilishini sira istamaydi. Aybimni ko‘rsata-ko‘rsata, oxiri hokimiyatimni olib qo‘yadi deb o‘ylaydi. Holbuki, adabiyotning birlamchi vazifasi davlatni qo‘rqitish yo uni ag‘darish va egallash emas, balki jamiyatni to‘g‘rilik va adolat yo‘lida ‒ Haq yo‘lida tarbiyalashdir. To‘g‘rilik asosida tarbiyalangan jamiyat o‘ziga mos hokimiyatini o‘zi yetishtirib- parvarishlab oladi. Tarbiya olgan, vatanini sevgan jamiyat xilma-xil vaziyatlarda ham bir maromda va buzilmay ishlaydigan tizimni yaratishga qayg‘uradi. Tasodifiy odamlar davlat tepasiga kelib qolishiga ehtimol ham qoldirmaydigan insonparvar tuzumni oyoqqa turg‘azadi. Din va adabiyot bu ulkan va ezgu vazifasini bir zum ham unutmay, doim ish boshida turishi millat uchun tiriklik yo o‘lim masalasi kabi juda ahamiyatlidir. Din va adabiyot tarbiya bilan jiddiy shug‘ullanmay qo‘yarkan, bugungiday ayanchli holga tushishimiz muqarrar. Qolaversa, bu ishdagi zarracha bo‘shanglik va vazifasiga xiyonatni kelajak ham kechirmaydi. Ziyolilar – xalqimizning oydin kishilari har birlari derazadan tushgan tola nurdagina bijir-bijirlab ko‘rinuvchi qiymatsiz chang zarralari emas, balki osmondagi chin yulduzlar kabidir. Osmon bo‘ylab sochilib yotganida ham bu yulduzlar har biri yorug‘ligi darajasida tevaragini yoritadi, albatta, ammo bir-biriga yaqin kelsa, har biri o‘zining yorug‘ligi bilan kelib biriksa, xuddi Somonyo‘li turkumi hosil qilgani kabi, muhtasham bir yorug‘likni – nurli yo‘lni hosil qiladi. Va endi bu haqiqiy nur har bir uyning derazasidan tola-tola, taram-taram bo‘lib kirib, u xonadonlarda chinakamiga jivir-jivir tovlana boshlashini bir zum tasavvur eting!..
|
ma'muriyatiga murojaat qiling