Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhammad Solih boshliq demokratik muxolifat
- Bu kunlar
- O‘zbekiston islomiy harakati
- Muhammad Solih + O‘zbekiston islomiy harakati.
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 53
sunniy “Hizbut tahrir” firqasini prezident chalkashtirib yubordi, ularning farqiga bormadi! Sharmanda! 40
Farqiga bormagani yetmaganiday, “Hizbulloh”ning Isroilga tinchlik bermay kelayotganini u yer-bu yerdan eshitib olgan shekilli, ilhomi qaynab ketib: “Haligi, Isroilga qarshi terrorchilik qiladi-ku, Toshkentdagi portlashlarni ham o‘sha “hizbulloh”chilar qildi!” deb o‘zidan qo‘shib yuborgisi keldi. Va, biron kurakda turadigan gap aytarmikan, deb o‘ziga qarab o‘tirgan tevaragidagi davlat boshliqlariga mamnun bir qarab qo‘ydi! Eh, bu gapini uzoqlardagi kerakli davlatlar eshitishini qanchalik xohladi! Xom sut emgan banda-da, o‘z mamlakatida cheksiz hokimiyat egasi bo‘lsa ham, chet mamlakatlardan bir “mehrli do‘st”ga qattiq muhtojligini ko‘rsatdi. Ammo yurtida oldindan “jinoyatchi” qilib “Hizbut tahrir”ni mo‘ljallab qo‘ygan va prezidentga shuni aytasiz deb uqtirgan kuchishlatar idoralar Ostonada prezidentlari juda xunuk adashganiga parvo qilmay, “hizbulloh”chilarni emas (ularni qayoqdan izlab o‘tiradi?!), bosib “hizbuttahrir”chilarni qamay boshladi. Ojizlik, notavonlik, uyatsizlik, masxarabozlik bu qadar! Ikkinchi gumon Muhammad Solih boshliq demokratik muxolifat ustiga tushdi. Davlat 16 fevral portlashlaridan keyinoq har qanaqa yo‘l bilan prezidentning birinchi raqamli dushmani Muhammad Solihni yomonotliq qilishga kirishib ketganidan aslida birinchi mo‘ljal Muhammad Solih bo‘lgani seziladi. Biz bu yerda uni va demokratlarni ikkinchi gumon derkanmiz, natija e’tibori ila 16 fevraldan keyin ko‘proq dindorlar jabr ko‘rganini hisobga oldik. Holbuki, ilk kezlari Muhammad Solihni bosh aybdor etishga ko‘proq tirishilgani Zayniddin Asqarov ko‘rgazmalaridan ham bilinib turibdi. O‘zi prezident qachondan beri demokratlarning dumini tugib qo‘yish payida yurar, ammo sira buning uddasidan chiqa olmayotgan edi. Sababi ‒ birinchidan, demokratlarning asosiy kuchi chet ellarga chiqib ketgan, ikkinchidan, ularni orqadan dunyo hamjamiyati himoya qilib turar edi. O‘zbekiston hukumatining qo‘lini bog‘lab turgan bu arqonni qanday yechsa bo‘ladi? Tepada aytganimizdek, eskidan sinalgan usulni qo‘llab ularni el ko‘zida ham, demokratik olam ko‘zida ham yomonotliq qilish kerak. Yomonotliq qilganda ham ularni demokratiyaga aloqasi yo‘q, qo‘li qon deb, terrorchi-qo‘poruvchi qilib ko‘rsatish kerak, to dunyo ulardan voz kechsin. Islom Karimov boshliq davlat ularni qiyratib to‘g‘ri qilyapti ekan-da, desin!
40 Bir boqimdan qaraganda, uni sharmanda bo‘ldi deya olmaymiz. Sharmanda bo‘lishi uchun boshqalar uning xatosini anglab o‘sha zahoti uyaltirishi kerak edi. Holbuki tevaragidagilar ham podshosiga yarasha shekilli, Islom Karimovning bu boradagi savodsizligini yo birovi sezmadi, yo o‘zini sezmaganga oldi; keyin biron matbuot ham munosabat bildirmadi. (Munosabat bildirilgan-u, ko‘rmay qolgan bo‘lsam, oldindan uzr so‘rayman.)
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 54
Davlat qo‘poruvchilik-terrorchilik ishiga sherik bo‘lib kirar ekan, so‘ngradan mana shu maqsadini ko‘zlagan edi, albatta. Suiqasd va portlash ortida Islom Karimovning bosh raqibi, muxolifat lideri Muhammad Solih turganini dunyoga “isbotlash” rejasi qanday tuzilganini Zayniddin Asqarov ko‘rgazmasidan bilamiz. Iqtibos:
bo‘lishining. ‒ N.M.R.) xabarini berganman... Imenno Yo‘lbars Sheraliyev degan SNBning katta ofitseriga man xabar berganman”, degan gapni gapiryapti... Xullas... buni (16 fevral portlashlarini. ‒ N.M.R.) o‘zlari qilganligi...ni man keyin tushundim... Endi... man nimaga sudda ro‘l o‘ynab berdim? Manga bo‘lgan va’da Bahrom Abdullayev boshchiligidagi oltita “vishka”dagilar otilmasligi edi... “Vishka” berilib, prezident tomonidan afv qilinish va’da qilingan edi. Oxiri man va’da qildim: “Bo‘pti, man ro‘l o‘ynab beraman. Muhammad Solihni yomonlab berishmi?” “Ha”. Muhammad Solih bilan bizning kelishuvimiz shu ediki, sizlar zolimning qo‘liga tushib qolgan vaqtinglarda, menga tuhmat qilish kerak bo‘lib qolsa yo so‘kish... mani
41 O‘rischa “Высшая мера наказания” (oliy jazo)ning jargondagi atamasi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 55
so‘kvorovringlar, chunki xalq ham biladi, degan. Man Muhammad Solih xafa bo‘lmaydi degan maqsadda man mayli deb Muhammad Solihga tuhmat qilib: “16 da aloqasi bor, bir milyon olti yuz ming (do‘llar. ‒ N.M.R.) bergan edi, Tohirning sponsori edi”, deb... yig‘lamsirab gapirib ro‘l o‘ynab berdim. Mani maqsadim Bahrom Abdullayevday legendarniy qorilarni asrab qolish (edi). Chunki O‘zbekiston xalqining ichida yetmish minglab uning orqasida ergashib turgan muxlislar bor edi! Bizning ustozimiz bo‘lardi. Abduvali qori akalarning (ko‘rinmas zindondan. ‒ N.M.R.) chiqishi edi... Qori akalarning hammasi afv bo‘lishi edi... Shularning hammasi... Imenno Ichki ishlar ministri Zokir Almatov mani chaqirib: “Muhammad Solihni yomonlab bersang, mana shu ro‘lni o‘ynab beradigan bo‘lsang, hammasi afv bo‘ladi, otilmaydi bular, sangayam yengillik bo‘ladi, sud zalidan chiqib ketasan!” degani uchun, Olloh shohid, man o‘zimni qutqarish uchun emas, ana o‘shalarni qutqarish uchun shu narsaga majbur bo‘lgan edim o‘sha vaqtda... Lekin bular chiqarganiyam yo‘q... ularga “vishka”yam berib yubordi... “Vishka” berib yuborganining sababi ‒ ular sirni bilardi. Sirni bilgani uchun ularni yo‘q qilib yubordi. Lekin ular bizga aytib ketgan edi hammasini... Shuning uchun sizlarning radiostansiyanglar orqali avvalo “Erk” partiyasining rahbari Muhammad Solihdan kechirim so‘raymanki, o‘sha vaqtida unga tuhmat qilganmiz haqiqatda... majburan tuhmat qilganmiz... Tohir Yo‘ldoshlarning qilmagan ishini qildi deb aytganmiz... o‘zimiz O‘zbekiston xalqini oldida gunohkormizki, chiqib 16 fevralning ba’zi bir narsalariga aldanib qolib, bu zolim, diktator, kofirlarning va’dasiga aldanib, ro‘l o‘ynab, musulmonlarning obro‘siga putur yetkazganimiz uchun butun O‘zbekiston xalqidan biz kechirim so‘raymiz... Muhammad Solihni, Ollohga qasam ichib aytaman bu gapimni dunyoyu oxiratda, umuman terroristlarga, terrorga aloqasi yo‘q... umuman aloqasi yo‘q! Man demokrat emasman, u odamni yaxshi ko‘rish, yomon ko‘rish maqsadim ham yo‘q! Xolisona baho berganda, hech aloqasi yo‘q! Bu bizning siyosiy ko‘rligimiz, ishonuvchanligimiz, Zokir Almatovning yolg‘on va’dalariga ishonganimizning natijasi, xolos. Bu gapdan keyin bizni otvorsa, biz shahid bo‘lib ketovramiz, inson huquqlari tashkilotlari himoya qilsa, yaxshi, turovramiz, lekin bizni birov himoya qilish-qilmasligi bu gapni aytib qo‘yishimizdan to‘sib qo‘ymaydi... ...Xolisona Islom uchun, Alloh roziligi uchun bildiradigan narsamni yana qaytarib aytaman: Muhammad Solih noto‘g‘ri sud qilingan, hech qanaqa terrorga aloqasi yo‘q. Hammasi O‘zbekiston prokuraturasining senariylari xolos bu narsalar. Bu gapimdan qaytmayman. Qiyomatga qolmasligi uchun, qiyomatda hamma: “Asqarov Zayniddin, bizni aldabsan-ku?!” demasligi uchun man ommaviy axborotlar orqali aytib ketmoqchimanki, biz 16 fevralda ro‘l o‘ynab berganmiz, “16”ga Muhammad Solihning aloqasi yo‘q, bizniyam hech aloqamiz yo‘q!..” 42
42 Suhbat to‘lasicha har biri o‘rtacha 15 daqiqadan iborat yetti bo‘ldak qilib yutub (youtube)ga qo‘yilgan. Aslida, bir xayolim, bu bobda o‘zimdan hech narsa qo‘shmay o‘sha suhbatning to‘liq matnini berib qo‘yaqolaymikan deb ham o‘yladim. Lekin suhbat og‘zaki bo‘lgani, Zayniddin Asqarov juda hayajonlanib gapirgani uchun ularni qog‘ozga bir tekis Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 56
“Zayniddin Asqarov va boshqalar”ning suddagi “ro‘li” juda katta boylik edi, ammo shu boylikning o‘zi davlatni to‘la qanoatlantirmasdi. Unga qani edi boshqa toifa kishilar ham shu kabi ko‘rgazma bersa! Shunda ayblov yanada ishonchli bo‘ladi deb o‘yladi. Natijada o‘zbek yozuvchisi Mamadali Mahmudovni ham “Ukrainada Muhammad Solih bilan ko‘rishgani”ni bahona qilib qo‘lga oldi va undan Muhammad Solih zarariga ko‘rgazma istadi. Yozuvchi o‘zi keyinchalik O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovga yozgan xatida ta’kidlashicha, u “Muhammad Solih mening do‘stim!” degani uchungina qamoqqa tashlangan. U yozishicha, “16 fevral voqealarini Muhammad Solih uyushtirdi deb ko‘rgazma berasan!” deya majburlashgan, qiynashgan, lekin u do‘stiga qarshi ko‘rgazma bermagan. Shunda xotini va qizini tergov xonasiga keltirib, ko‘zi o‘ngida ularni tahqirlamoqchi bo‘lishgan! Mamadali Mahmudov shunisiga chidamagan va singan – sudda Muhammad Solihni “sotish”ga majbur bo‘lgan. Davlat sud ishini telega yozib olib, butun respublikaga ko‘rsatgan. Mana shu soxta ko‘rgazmalarga asoslanib davlat 16 fevral uchun “hamma aybni Muhammad Solih bo‘yniga yuklab”, uni g‘oyibona 15,5 (o‘n besh yarim) yil qamoqqa hukm etdi. Ishni qoyillatdik deb o‘ylab Xalqaro polis (Interpol) tashkilotiga Muhammad Solihni dunyoning qaysi burchagida bo‘lsa ham ushlash talabi bilan murojaat qildi... Nihoyat, jinoyatning 5-yiliga kelib, tepada aytganimizdek, “Bi-bi-si” radiosi qayta- qayta murojaati natijasida O‘zbekiston hukumati chet el muxbirlari Zayniddin Asqarov bilan uchrashishi uchun ruxsat berishga majbur qoldi. Shundan keyin hamma parda ochilib ketdi, yolg‘onlar oshkor bo‘ldi ‒ 16 fevral uchun aybni Muhammad Solihga to‘nkash rejasini butun dunyo bilib qoldi 43 !
tushirishning iloji yo‘q, tahrir qilish esa mumkin emas. Og‘zaki va jonli ko‘rgazmadagi ruhiy holat qog‘ozga tushirilganida qisman yo‘qolib ham qoladi. Aslini eshitish juda muhim tuyuldi, chunki nafaqat 16 fevral voqealari, balki undan oldingi va keyingi O‘zbekiston manzarasi ruhiy-hissiy tomondan ham u ko‘rgazma-suhbatni faqat jonli eshitganda to‘liq tasavvur etiladi. Shuning uchun bu yerda u suhbatlarning linklarinigina ko‘rsatishni yetarli deb o‘yladim. Bu ish bilan qiziqqanlarga Zayniddin Asqarovning ko‘rgazmalarini o‘z quloqlari bilan eshitishni tavsiya qilaman: 1.
https://www.youtube.com/watch?v=PbaSF1U3p2k
2. https://www.youtube.com/watch?v=0X5iVgdNUKg
3. https://www.youtube.com/watch?v=KOpThxIkMLQ
4. https://www.youtube.com/watch?v=A3zN3t-yDIw
5. https://www.youtube.com/watch?v=vNT7ufGfOcs
6. https://www.youtube.com/watch?v=TKNGy8SVlZY
7. https://www.youtube.com/watch?v=WDF6xyBP7no
43 Albatta, O‘zbekiston hukumati Zayniddin Asqarov oldiga chet el jamoat tashkilotlari xodimlarini, muxbirlarni kiritar ekan, oldindan ehtiyot chorasini ko‘rgan ‒ “mehmonlar” savollariga u qanday javob berishi lozimligi to‘g‘risida qat’iy va’dasini olgan edi. Ya’ni, Zayniddin sudda aytgan gaplarini takrorlashi, 16 fevral portlashlari uchun aybni yana Muhammad Solihga va Tohir Yo‘ldoshga yuklashi lozim edi. Bundan tashqari, O‘zbekiston qamoqxonalarida mahbuslarga muomala yaxshilanganini, qiynoqlar yo‘qligini, qamoqxonalarda inson huquqlariga to‘la rioya etilayotganini (ajab, ozodlikda rioya etilmayotgan narsaga qamoqlarda rioya etilarkanmi?! ‒ N.M.R.), namozxonlar namozlarini emin- erkin o‘qishayotganini, mahbuslar kutubxonalarda kitob o‘qib, kulublarda konsertlar tomosha qilib maza qilib yurishganini... gapirib berishi kerak edi! Suhbat boshida Zayniddin Asqarov chindan ham orqasida turgan “patronlari”ning aytganini qildi: o‘rgatilgan to‘tiday tegishli tashkilot istagan gaplarni ular istagan ohangda ayta boshladi.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 57
Bu aytilganlarga qo‘shimcha: davlat bu qalbaki ayblov bilan (diqqat qiling: yolg‘ondakam undirilgan ko‘rgazmalar bilan!) yana qanchadan-qancha gunohsiz kishilarni qamadi, ayrimlarini yo‘qotib yubordi, qizlari yo ayollarining nomusini bulg‘adi; hamon o‘sha quruq tuhmat bilan ko‘plar zindonlarda yotibdi! Uchinchi gumon O‘zbekiston islomiy harakatiga tushdi. Bu tashkilot, tushuntirish yo‘li bilan xalifalik qurishni maqsad qilib olgan “Hizbut tahrir”dan farqli o‘laroq, “O‘zbekistonda kufr tuzum o‘rniga ijtimoiy adolatli Islom davlatini jihod yo‘li bilan quramiz” deb hisoblaydi va harakatiga qurolli usulni tanlagan. A’zolari bir paytlar mamlakatdan quvg‘inga uchrab chetga chiqib ketishga majbur bo‘lgan yurtdoshlardan iboratdir. Usullari to‘g‘ri yo xato ekani boshqa masala va boshqa mavzu bo‘lgani uchun bu yerda tafsilotga berilmaymiz, biz faqat va faqat mavzu doirasidagi bitta nuqtaga – ular ham 16 fevral voqealariga aybdor deb topilgani masalasiga diqqatingizni qaratyapmiz. Rosa ayb axtarib ko‘rildi, qalbaki guvohliklar ham olindi, lekin baribir ko‘ngildagidek natijaga erishilmadi. Chunki o‘rtada Zayniddin Asqarovning ko‘rgazmasi turibdi! U aytishicha, qo‘poruvchilar Toshkentda qilmoqchi bo‘layotgan ishlaridan xabar topgan Tohir Yo‘ldosh zudlik bilan oldin Bahrom Abdullayevni, u qamalib qolgach esa Alouddin Boltayevni atay Toshkentga yo‘llab ularni bu ishdan qaytarishga harakat qilgan, hatto, “Niyatlaridan qaytmasa, o‘ldir!” deb buyruq bergan. Davlat oldida uning boshqa aybi ko‘pdir, lekin xossatan 16 fevral voqealarida “O‘IH”ni aybdor qilib ko‘rsatish zo‘rma-zo‘raki bir ish ekani ochiq ko‘rinib turibdi. Yumshoq qilib aytganda, bu ish o‘zi suvga cho‘kmaslik uchun boshqani cho‘ktirishga urinishdir. O‘zini oppoq ko‘rsatish uchun boshqani loyga piypalashdir. Shunda avom chalg‘iydi, ko‘ngillarni tushuniksiz bir qo‘rquv bosadi, so‘ngra davlat nima qilsa, to‘g‘ri qilyapti deb o‘ylayveradigan bo‘ladi u. Diqqat eting: O‘zbekiston davlati va hukumati “O‘zbekiston islomiy harakati”ni terrorchi-qo‘poruvchi tashkilot deb biladi va boshqa davlatlardan ham ularni shunday deb tan olishga chaqiradi. Shunchalik “terrorchi-qo‘poruvchi tashkilot” ham, uning ashaddiy “terrorchi” boshlig‘i Tohir Yo‘ldosh ham bu mudhish ishga – Toshkentda prezidentga qarshi suiqasd qilish va bo‘mbalar portlatishga keskin qarshi bo‘lyapti, ammo O‘zbekiston davlatining o‘zi ko‘pdan-ko‘p vayronagarchiliklarga va qanchadan- qancha tinch aholi o‘limiga olib keladigan terrorchilik harakatiga MXXsi va prezidenti timsolida bosh-qosh bo‘lib turibdi! Buni qanday tushunsa bo‘ladi?! To‘rtinchi gumonli – ikkinchi bilan uchinchining birikmasi, ya’ni, Muhammad Solih + O‘zbekiston islomiy harakati. Bu gumon tug‘ilishiga demokrat Muhammad Solihning O‘zbekiston islomiy harakati boshlig‘i Tohir Yo‘ldosh bilan ko‘rishgani sabab bo‘ldi. Holbuki,
Oxiri chidamadi, vijdoni portladi: suhbatni tepasida kuzatib turishganiga qaramay... ko‘zda tutilmagan yo‘sinda gapira boshladi ‒ ichida bor haqiqatni to‘kib soldi. “Bi-bi-si” muxbiri Pahlavon aytishicha, kuzatib turgan “xodim” dovdirab qolib, vaziyat o‘zgarganini boshliqlariga yetkazish uchun chopib chiqib ketadi. Ammo endi kech ‒ bo‘lar ish bo‘lgan edi!
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 58
ko‘rishishning o‘zi hali hech narsani bildirmaydi. Bular bir-birining harakat usullarini qo‘llab-quvvatlaganmi – shu tomoniga qarash kerak. Zayniddin Asqarov guvohlik berishicha, demokratik muxolifat boshlig‘i Muhammad Solih qurolli kurashga keskin qarshi chiqqan, Tohir Yo‘ldoshni ham tinch yo‘l bilan kurashishga chaqirgan. Ikkalasi til topisha olmagach, har qaysisi o‘z fikrida qolib, ajrashishgan. Xossatan, 16 fevral portlashlari demokrat muxolif Muhammad Solih uchun ham, qurolli muxolif Tohir Yo‘ldosh uchun ham kutilmagan ish bo‘lgan va ikkalasi ham bu qo‘poruvchilikni keskin qoralagan. Endi ularning bu voqealardan oldin bir necha marta bir-biri bilan ko‘rishgani masalasiga kelsak, bu uchrashuvlar Zayniddin Asqarovning tashabbusi bilan, muxolif kuchlarni birlashtirish maqsadida yuz bergan. Zayniddin Asqarov aytishicha, u Tohir Yo‘ldoshni Muhammad Solihdan tashqari “Birlik” boshlig‘i Abdurahim Po‘latov, mustaqil muxolif Jahongir Mamatov, diniy qochoq Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf bilan ham alohida-alohida (1996 yili) uchrashtirgan. Bir necha kunlab gaplashishgan, talashishgan-tortishishgan, hammalari Tohir Yo‘ldosh tanlagan yo‘lga qarshi bo‘lishgan, uni bu yo‘ldan qaytarishga urinishgan, ammo Tohir Yo‘ldosh o‘z yo‘lida qaysarlik bilan turib olgach, birlashish to‘g‘risidagi xayollar puchga chiqib, har kim o‘z fikrida qolib tarqalishgan. Tabiiy, mamlakat ichida qaror topgan tuzumdan qoniqmagan, uni o‘zgartirishga chora axtarayotgan chekkadagi har qanday muxolif shaxs yoki tashkilot bir-biri bilan topishishga, kuchlarni birlashtirishga urinadi. Bu yerda tilga olingan shaxslarning o‘zaro ko‘rishuvini ham shu ma’noda tushunish kerak, xolos. Lekin O‘zbekiston davlatiga haqiqat kerak emas, u muxoliflarni terrorchi qilib ko‘rsatishi, ularni ichkarida o‘z elining, tashqarida dunyo hamjamiyatining nazaridan qoldirib, hokimiyatga bir o‘zini haqli qilib ko‘rsatishi kerak. Shuning uchun kurakda turmaydigan bu tuhmatni ilgari surib, portlashlarga yangicha tus berishga harakat qilib ko‘rdi: “Mana demokratik muxolifatning chin basharasi, ular ochiq terrorchilar bilan birlashdi!” degan shov-shuv ko‘tarib, xalqaro siyosiy maydonda Muhammad Solih obro‘yini to‘kishga, tashqi qo‘llab-quvvatlovlar yo‘lini kesishga urindi.
Ular portlash ishtirokchilari qatorida gumon ostiga olinmadi, lekin natija o‘laroq terrorchi oqimlar ro‘yxatiga kiritildi. Ular “nurchilar” nomida mashhur bo‘lgan, kurd olimi Badiuzzamon Said Nursiyning “Risolai nur” turkum kitoblarini o‘qib imon darsi oladigan shogirdlardir. Ammo davlat bu masalada ham jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydi. Aslida u xavfsirayotgan toifa elaro “Xo‘ja Afandi” nomi bilan mashhur Fathulloh Gulan va uning “Xizmat” degan jamoati edi. Bular ham darslarida “Risolai Nur”larni o‘qigani uchun davlat chalg‘idi ‒ “nurchi”lar bilan “gulanchi”larning farqiga bormadi, ayrim masalalarda ular hatto bir-biriga teskari jamoat ekanini bilmadi: Badiuzzamon Said Nursiy va shogirdlari siyosatga mutlaqo aralashmaslikni targ‘ib etadi, Fathulloh Gulan va uning
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 59
“Xizmat” jamoati esa siyosat va ijtimoiy hayotning qoq o‘rtasida ish yuritadi. Davlat bu ikki toifani bir deb o‘ylagani oqibatida juda ko‘p yoshlar haqsiz jabrga yo‘liqdi... 44
gumonlilar qatoriga mo‘ljallab qo‘yilgan bo‘lishi kerak, albatta 45 . Chunki bizning mamlakatda davlatdan va qonun himoyachilaridan o‘zlari chiqargan qonunga rioyadan boshqa har baloni kutsa bo‘ladi. Davlatning keyingi xatti-harakatlari bu xulosamizni to‘la tasdiqlaydi: 1. Bitta taxmin tasdig‘ini topsa, o‘sha zahoti qolganlardan bu shubha-gumon ko‘tarilishi, haqsiz qamalganlar uzr so‘ralib bo‘shatilishi kerak edi. Unday bo‘lmadi. 2. Chinakam isbot topilganida dunyoga nog‘ora qoqilgan bo‘lar edi. Unday bo‘lmadi. 3. Bunaqa portlashlar yuz bersa, risoladagi har qanday davlatda Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi rahbarlari amallaridan uchib ketishi, vazifasini eplay olmagani uchun el-yurt ko‘zi o‘ngida eng kamida prezident ularning popuklarini yulib olishi kerak edi! Unday bo‘lmadi. MXX raisi Rustam Inoyatov ham, Ichki Ishlar vaziri Zokir Almatov ham suvdan qup-quruq chiqdi – amal kursilarini saqlab qoldigina emas, keyin ham bemalol ishlab yuraverdi! Aksincha, bu mantiqlar o‘rniga O‘zbekiston huquqida oddiy hol bo‘lgan hodisa yuz berdi – 16 fevral voqealari bo‘yicha ochilgan Ish hujjatli-dalilli-isbotli oxirgi natijaga
44 Fathulloh Gulanning shaxsi ham, yo‘li va tutumi ham shubhali chiqdi, albatta (Gap faqat o‘zi haqida ketyapti, unga ergashganlar ko‘pi samimiy musulmonlar edi). Menimcha, u o‘z harakatiga diniy tus berish uchungina shogirdlariga “Risolai Nur” kitoblarini o‘qishni tavsiya etgan. Aslida, chinakam “nurchi”larga aloqasi yo‘q. Uning “Xizmat” deb nomlangan harakati diniy emas, ijtimoiy harakatdir. Yana ham to‘g‘risini Olloh biladi. So‘ng kunlar izohi: Bugun 2016 yil 11 avgust. Kitobni bosmaga tayyorlar ekanman, Fathulloh Gulan va uning “Xizmat” jamoati haqida eng oxirgi bilgilarni kiritmasam bo‘lmaydi. Yaqinda ‒ 2016 yil 15 iyul kuni kechqurun Turkiyada bir guruh harbiy davlat to‘ntarishi yasashga urindi. F-16 qiruvchi uchoqlardan bo‘mbalar tashlandi, tikuchoqlardan odamlar ustiga o‘t ochildi, tanklar to‘p otdi, avtomatlar tevarakka ajal urug‘ini sochdi. 240dan ortiq odam halok bo‘ldi, ikki mingdan ko‘p kishi yaralandi. Lekin oxir-oqibatda quruqqo‘lli xalq bilan polis birligi g‘olib kelib, to‘ntarishchilar yengildi! Davlat harbiy to‘ntarishda fathullohchilarni aybladi. Shu voqealar munosabati bilan matbuotda va ijtimoiy tarmoqlarda 1999 yili Amrikadan boshpana olgan Fathulloh Gulan haqida juda ko‘p eski va yangi ma’lumotlar yoyildi. Iloji boricha ko‘pini ko‘rib chiqdim. Bugungi xulosam: bu shaxsning o‘zi ham, uning jamoati ham, bir necha yil burun yozgan tepadagi izohimda urg‘ulaganimdek, chindan ham shubhali chiqdi! Fathulloh Gulan uzoq yillardan beri Amrikaning Markaziy razvedka boshqarmasi bilan hamkorlik qilib kelgani, eng boshdanoq u o‘zi va jamoati din dushmani bo‘lgan chet kuchlarning yashirin loyihasi ekani ochilib ketdi. Hatto uning samimiy musulmonligi shubha ostida qoldi. E’tiqodidagi buzuqliklar uning Islom aqidalarini ichdan buzish uchun qo‘llanib kelinganini ko‘rsatadi... Ushbu so‘zlarimga alohida manba ko‘rsatmadim, chunki manba juda ko‘p. Istagan kishi guglga bu fitnaboshining ismini turkcha yozsa, biri ikkinchisini to‘ldiradigan manbalar qatorlashib chiqib kelaveradi. 45 Ijrochilarni va orqasida turganlarni davlat taxminan emas, aniq bilganini va bu ishlarga o‘zi bosh-qosh bo‘lganini isboti bilan tepada aytdik. Shunda ham meni bir narsa ajablantiradi va sira tagiga yeta olmayman ‒ suiqasd rejasi Abduvali qorini ozod etishga samimiy bel bog‘lagan muxlislarning o‘zidan chiqdimikan yo bu g‘oya xayollariga “tashqaridan” tashlandimikan deb o‘ylayveraman. Bizning oddiy va sodda xalqimiz bunaqa chirkin ishga qo‘l urmaydigandek tuyulaveradi. Chindan, keyingi ayrim holatlar shu masalada kishini bir oz mulohaza yuritishga majbur qiladi. Masalan, nimaga 16 fevral, Chorsu, Buxoro portlashlaridan keyin bu kabi ishlar mamlakatda taqa-taq to‘xtadi? Davlat ko‘rgan chora-tadbirlar natijasimi bu yoki endi davlatga bunaqa ishlar keragi bo‘lmay qoldimi? Ha-da, agar zulmga qarshi mazlum xalqimiz shunaqa chorani tanlasa, bu ish davom etishi kerak edi. Chunki o‘shandan beri O‘zbekistonda dindorlarga ham, demokratlarga ham zulm kuchaygan bo‘lsa kuchaydi, aslo to‘xtagani yo‘q. Alamzada ham ko‘paysa ko‘paydi, aslo kamaymadi. Ammo hech kim hech qayerni portlatay demayapti... |
ma'muriyatiga murojaat qiling