Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56

BIZ: 

                                                

23

 To‘g‘ri tushunilsin, prezidentdan “me’morlik” unvonini qizg‘anayotganim yo‘q. Adolat bo‘lsin deyapman, xolos. 



Chunki biron-bir nomga, unvonga yo kashfiyotga mualliflik huquqini qo‘lga kiritish uchun da’vogar u ishni o‘zidan 

boshqa odam qilmaganini, g‘oyasidan tortib hisob-kitobigacha, loyihasidan tortib shaklu shamoyiligacha ijodchisi va 

egasi faqat o‘zi ekanini isbotlab berishi kerak. Bu o‘rinda ko‘ryapmiz: mustaqillik aslo u kishining g‘oyasi emas, amalga 

ham alohida bitta mamlakatda oshmagan. Shu ma’noda mustaqillikka mualliflikda ozgina kamtarlik qilib tursa bo‘lardi. 

24

 1990 yili “Islomiy madaniyat” nomida gazet tashkil etib, guvohnomasini olish uchun 1991 yil yanvari oxirlari yo fevrali 



boshlarida Maskovga ikkinchi kez bordim. Yanvar o‘rtalarida sovet tanklari Litva poytaxti Vilnyusga kirgan va ancha-

muncha litvalik o‘qqa uchrab yoki tanklarning temir g‘ildiraklari tagida majaqlanib o‘lgan edi. Shu munosabat bilan 

Litvaning Maskovdagi konsulligida har kuni uch-to‘rt marta o‘sha fojia lavhalari ko‘rsatilayotgan ekan. E’lon bo‘yicha 

men ham topib bordim. Lavhalarda tinch namoyishchilarga qarshi sovet armiyasi qilgan vahshiyliklarni ko‘rish mumkin 

edi. Qayta qurish va oshkoralik zamoni emasmi, u dahshatlarni ko‘rgan har bir guruh o‘zini tutib turolmas va ko‘chaga 

chiqasolib konsullik qarshisida miting boshlab yuborar edi. Maskovliklarning ana o‘shanday shoshilinch mitinglaridan 

birida men ham qatnashib, hatto o‘z-o‘zidan tashkilotchilar qatorida turib qolganman. Duma deputatlaridan ayrimlari ham 

atay kelib mitingda ishtirok etgani va jo‘shib so‘zlagani esimda. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

25 


bir zamonlar mustaqilligini sharaf bilan, erkakchasiga urushib yutqazgan millat 

o‘laroq erkakchasiga kurashib, sharaf bilan qozonilgan mustaqillikni; 

mustaqillik yo‘lida kurashib o‘tgan insonlarning qadri toptalmagan, hurmati o‘rniga 

qo‘yilgan, davlati ularni e’zozlaydigan mustaqillikni; 

tashabbuskori, me’mori va quruvchisi bir kishi bo‘lmagan, balki Yaratganning 

taqdiri va yordami ila tashabbuskori ham, me’mori ham, quruvchisi ham XALQ 

bo‘lgan mustaqillikni; 

o‘ris bosqinidan, keyinchalik sovet zulmidan jabr chekkan, Vatanni yuragiga joylab 

chetlarga chiqib ketishiga to‘g‘ri kelgan musulmon bobo-momolarimiz va ularning 

bolalarini ham Vatanning ajralmas bir bo‘lagi o‘laroq tan oladigan, ularning hurmatini 

o‘rniga qo‘yadigan mustaqillikni; 

soxta me’mor va uning bir hovuch yugurdaklarigina emas, balki o‘ttiz milyonlik 

butun boshli bir xalq yurak amri bilan ko‘chaga chiqib, sayillar qilib, tom ma’noda 

shod-xurram nishonlanadigan mustaqillikni; 

davlati xalqini, xalqi davlatini chin yurakdan sevadigan, unisining yo bunisining 

boshiga bir tashvish tushsa, himoyasiga unisi yo bunisi yana o‘sha yurak amri bilan 

boshini-jonini tikib chiqadigan mustaqillikni; 

adolat hukmron bo‘lgan, xalqining ruhiga, urf-odatlariga va orzu-umidlariga mos 

qonunlar asosida boshqariladigan davlatni o‘rtaga qo‘yuvchi mustaqillikni; 

xalqni “mustaqillik”, “istiqlol” so‘zlaridan bezdirmasdan, hatto bu so‘zlarni hech 

tilga olmasdan ham boshlarni baland ko‘tarib yashasa bo‘ladigan mustaqillikni

25



vatandoshlarni, millat va ummatni bir-biridan ayirmaydigan, aksincha, bir-biriga 

bog‘laydigan, hatto qonunni bosib o‘tganlar bilan ham til topisha oladigan bir oiladay 

ahil mustaqillikni; 

Vatan himoyachilarini “bosmachi” demaydigan, dinini toptamaydigan, dindorlarini 

“ekstremist”, “terrorist” atamalari bilan xo‘rlamaydigan, boshqacha fikrdagilarni 

qamamaydigan, uzluksiz yolg‘onu tuhmatlar bilan xalqining ruhini cho‘ktirmaydigan, 

muxolifat vakillarini quvib yurib otib o‘ldirmaydigan mustaqillikni; 

amal uchun, kursisini saqlab qolish uchun bu bebaho Vatanni goh u, goh bu, goh 

uchinchi bir kuchli davlatga kepak bahosiga sotmaydigan, bosh egib yashagandan 

ko‘ra tik turib o‘lishni ustun qo‘ya oladigan mustaqillikni; 

o‘tmishi, tili, dini, hatto tuprog‘i bir bo‘lgan qo‘shnilar bilan hadeb 

jiqillashavermaydigan, aksincha, ularning boshini qovushtirib, uzoq zamonlar bir 

davlat, bir mamlakat bo‘lib yashab kelganimizni hamisha tarixiy xotirasida e’zozlab 

eslaydigan mustaqillikni;  

va nihoyat, qo‘shtirnoqlarsiz mustaqillikni... KO‘ZLAGAN EDIK! 

Yana qanchasini sanay! Ko‘zlagan orzularimiz qancha edi, bu yerda esimga 

kelganlarinigina sanadim, xolos. 

                                                

25

 Sobiq kommunistlar balki xalq mustaqillikdan tamoman bezsin, bu quruq gaplarga bo‘ka-bo‘ka bir kuni: “Bor-e, 



bundan ko‘ra o‘ris qo‘lida qolganimiz yaxshi edi! He o‘sha mustaqilligingniyam!..” deb yuborsin deb atay bu so‘zni 

tinimsiz qo‘llaydimi deb ham o‘ylab qolasiz kishi! 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

26 


Ammo, Ollohga shukr, tushkun emasmiz. Olloh xohlasa, bir kuni, balki judayam 

yaqin zamonlarda bu orzularimiz ham ushalajagiga ishonchimiz bor. 



 

 

Ikkinchi ko‘chat 

Yangi yo‘lmi, yangi dinmi? 

 

Bu mavzuni yoritishga kirishar ekanmiz, din eskidan bor ekanini e’tiborga olib, 



yigirma yil oralig‘idan sal orqaroqqa, hatto judayam orqa zamonlarga bir-bir ko‘z 

tashlashimizga to‘g‘ri keladi. Hamda tarixan solishtirma usulidan foydalanishga 

majburmiz. Aks holda, masala qiyin tushuniladi yoki umuman tushunilmaydi. 

Islom dinida haqda turguvchi bitta katta yo‘l (mazhab) bor – sunnat va jamoatga 

ergashganlar yo‘li. Bu yo‘lga ergashganlar o‘z ichida to‘rt mashhur mazhabda 

birlashadi: hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik, hanbaliylik. 

Hanafiylik asoschisi Imomi A’zam Abu Hanifa, molikiylik asoschisi Imom Molik, 

shofi’iylik asoschisi Imom Shofi’iy, hanbaliylik asoschisi Ahmad ibn Hanbaldirlar (ey 

Olloh, bu yo‘lboshchilarimiz ustlariga mo‘l-mo‘l rahmatingni yog‘dir). 

Bu to‘rt yo‘l ayrim fiqhiy masalalardagina, nihoyatda arzimas darajada bir-biridan 

boshqachadir. Asosan o‘zaro kesishib-chirmashib ketgan, ayrilgan nuqtalari ham bir-

biridan uncha uzoqlamagan.  

Lekin hozir gap necha asrlardan buyon amalda yashab kelayotgan ushbu mashhur 

yo‘llar haqida emas, ularning yonida (balki o‘rniga) O‘zbekistonda “mustaqillik” 

yillari – atigi yigirma yil ichida o‘rtaga chiqqan yangi bir yo‘l (“din” desa ham 

bo‘laveradi) haqidadir. 

Birov bildi, birov bilmadi, bu yangi yo‘l o‘zining antiqa-antiqa aqidasiyu g‘alati-

g‘alati fiqhiy hukmlari bilan hayotimizga sezdirmay, asta-sekin va ustma-ust bostirib 

kirib kela boshladi. 

Bu yangi yo‘lni qurayotganlar hali tirik, o‘z yo‘llarini qurish ishlari ham hanuz 

davom etyapti, hali tugal holga kelmagan. Lekin hozirgacha amalga kiritgan aqida va 

hukmlaridanoq ancha-muncha oraliq xulosa chiqarsa bo‘ladi. 



Birinchi xulosa: aqidasi va fiqhi sinchiklab o‘rganilsa, bu yangi yo‘l mazhabdan 

ko‘ra ko‘proq dinga o‘xshaydi. Islom aqidasini mahkam ushlab, amali boshqacharoq 

bo‘lganida uni yangi mazhab desa bo‘lardi. Holbuki, sal o‘tmay pastda o‘qiysiz: 

ularning aqidasi tom bo‘lakchadir.  



Ikkinchi xulosa: yangi yo‘lni chiqarganlar yo‘lini aslo yangi demaydi. Bunday desa, 

el ulardan yuz burib ketishi mumkin. Shuning uchun ular nuqul “Ahli sunna va 

jamoadanmiz, mazhabimiz hanafiy!” deb turadi. 

Qo‘yib bersangiz, adashgan “bahoiy” guruhi ham o‘zini Islom dinida sanaydi, lekin 

aslida Islomga bog‘liqligi qolmagan yasama bir “din”dir. 

Aslo aldanmaslik kerak: aqidasi buzuqlar qanaqa qilib hanafiy bo‘ladi?! 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

27 


Uchinchi xulosa: bu “din” mamlakatda Islom dini qayta uyg‘onishi yuz bera 

boshlagan pallalarda ko‘zdan pana yerlarda paydo bo‘ldi. Boshida sal orqaroqda yurdi, 

so‘ng qadamma-qadam izidan quvib yetib oldi, keyin yonboshga o‘tdi, nihoyat o‘zib 

keta boshladi. O‘zgani sayin Islomdan uzilib-uzoqlashib boraverdi. 



To‘rtinchi xulosa: bu yangi “din”ning ko‘zga eng tashlanib turgan tomoni asosan 

“Devon (boshliqlar) dini” o‘laroq tug‘ilgani va birdaniga “Davlat dini”ga aylanganidir. 

Bu degani, u hayotga davlat kuchi bilan joriy etila boshladi. 

Beshinchi xulosa: bu yangi “din”ni chiqargan ham, shogirdlariyu ergashuvchilari 

ham “din”larida samimiy emas, ular aholi orasida ochiq ishlamaydi, Islom diniga 

niqoblanib ishlaydi. Tuxumini esi yo‘q boshqa qushlar tagiga bostirib zotini 

ko‘paytirib yotgan mayna (lo‘li qush)ga o‘xshab, aqida va hukmlarini hushyorligini 

yo‘qotgan musulmonlarning aqidasi va hukmi ostiga bostirib, sunnat va jamoat ahli 

mazhabiga yo‘g‘irib-singdirish yo‘li bilan tobora yoyilib boryapti... 

Yana boshqa xulosalar ham bor, albatta, lekin hozircha bilishimiz lozim bo‘lgani 

shulardir. 

Demak, yangi “din” yaqin yigirma yildan beri mamlakatimizda rasman yashab, 

tobora kuch to‘plab kelyapti. 

Nasoro missionerlari musulmonlar orasiga “Bismillohir rahmonir rahim” deb kirib 

kelganidek, bu yangi “din”ni yoyuvchilar ham oramizga “Biz musulmonlarmiz, sunnat 

va jamoat ahlidanmiz, hanafiymiz” deb suqilib kirib oldi va hamon shu niqob bilan asl 

basharasini yashirib kelmoqda. 

O‘zlari chiqargan yangi “din”ga hali-beri bironta ot qo‘ymagani shundan. Ot 

qo‘ysa, odamlar u yo‘lning Islomdan boshqa ekanini bilib qolishi va ergashmay 

qo‘yishi mumkin-da. 

Mayli, o‘zini tanitmasa tanitmasin, otini yashirsa yashirsin, ularga munosib otni biz 

qo‘yaqolamiz. To yuzlaridagi niqob tushsin, xalq ularni tanisin. To bu jinsi bo‘laklar 

musulmonlar jinsiga aralashib ketmasin. 

Albatta, yangi “din”ga uni o‘rtaga chiqarayotgan zotning otini qo‘ysak ayni 

adolatdan bo‘lardi, lekin ayrim mulohazalar (qanaqa mulohazalar ekanini har kim o‘zi 

keyinroq bilib oladi) bunga to‘sqinlik qildi. Hozircha jo‘nroq bir ot qo‘yilgani yaxshi 

ko‘rindi. 

Aqidasida ham, fiqhiy masalalarida ham turli din va falsafalar aralashib-quralashib 

ketgani uchun uni “Bo‘tqa dini” deb atay qoldik. Hozircha shu ot yaraydi. Oxirgi 

hukmlari “tushib” mukammal holga kelganidan keyin o‘ziga munosib boshqa ot chiqib 

qolar... 

Nimaga bugunga kelib yangi “din”ga ehtiyoj tug‘ildi? O‘n to‘rt asrdan beri yashab 

kelayotgan o‘zimizning dinimiz birdan eskirdimi? Yo “mustaqillik” o‘rtaga qo‘ygan 

talablarga javob bera olmay qoldimi? degan kabi savollarni hozircha qo‘zg‘amay 

turganimiz yaxshi. Buning ketidan rosmana tushsak, gap cho‘zilib ketadi. Bitta kitob 

yozsak, uning ham betlari yetmaydi. Yaxshisi bu ishni keyingi bilag‘onlarga qoldirsak-

da, biz bu yerda asosiy masalaga o‘tsak. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

28 


Xo‘sh, bu yangi “din”ning aqidasi va fiqhi Islom keltirgan aqida va fiqhdan nimasi 

bilan ajraladi? 

Solishtirishda Islom aqidasini va fiqhini “asl aqida”, “asl fiqh”  deb oldik. 

Demak... 

 

I. Aqidada boshqachalik va yangiliklar 

 

1. Asl aqidada: Olloh bordir, Birdir, sherigi yo‘qdir. Qullik faqat Unga qilinadi. 

Hamdu sanoga faqat U loyiq. U o‘zi yaratgan narsa, kimsa va hodisalar ustidan Mutlaq 

Hokimdir. Islom oxirgi va haq din bo‘lib, butun insoniyatga tushirilgandir. 

“Bo‘tqa dini” aqidasida: “Bo‘tqa dini” garchi dunyoning juda ko‘p musulmon 

mamlakatlarida ancha ilgari “yaratilgan” o‘zi kabi “din”larning qardoshi bo‘lsa-da, bu 

ko‘rinishda O‘zbekistongagina xoslab tushirilgan oxirgi va haq dindir.  

Yigirma yil ichida “istiqlol”, “mustaqillik” nomlarida yaratilgan yangi bir iloh, 

yangi bir dinga so‘zsiz va shubhasiz ishonish vojibdir. Har daqiqa va har nafasda qullik 

(ibodat) bu yangi iloh (din)ga, “bo‘tqa dini”ning mutlaq egasiga qilinadi. 

Hamdu sanoga ham faqat shu yangi dinni o‘rtaga chiqargan Zot loyiq. Har bir gap 

va har bir ishni “istiqlol” ilohiga bir ta’zim qilib olishdan boshlash farz. Busiz hech bir 

gap, hech bir ish “huzuri ilohiyai mustaqilliya”da qabul etilmaydi. So‘zini yo ishini shu 

ilohlar nomi bilan boshlamaganlar jazoga tortiladi.  

“Istiqlol” va “mustaqillik” ilohlariga tinimsiz hamdu sano va zikr yo‘llab 

turuvchilarga ulug‘-ulug‘ savoblar bor, “huzuri ilohiyai mustaqilliya”da yuksak 

martabalar ato etiladi.  

Olloh jamiyat hayotiga aralashishga haqqi yo‘q, U faqat Unga ishongan 

odamlarning qalbida, yuragidagina yashaydi. Zotan, “bo‘tqa dini”ning imon kalimasi 

budir: “Olloh qalbimizda, yuragimizda”. 



2. Asl aqidada: Har bir ish Ollohning xohishi, ilmi, taqdiri bilangina bo‘ladi. 

Ollohning xohishi barcha xohishlardan ustundir. Odamlarning xohishlari Uning 

xohishiga bog‘liqdir. Ya’ni, U nimani xohlasa, bo‘ladi, xohlamagani bo‘lmaydi. 

Xohlagan bandasini o‘z fazli bilan gunohlardan saqlab, hidoyat yo‘liga solib qo‘yadi, 

xohlagan bandasini o‘z adli bilan adashgan holicha qo‘yib, yordamsiz qoldiradi... 

Ollohning qazo va qadari barcha hiyla va tadbirlardan g‘olibdir. Olloh o‘zi 

xohlagan ishni qiladi, lekin hargiz zulm qilmaydi. U har qanday yomonlik, aybu 

nuqsondan pokdir. “U (Olloh) qilayotgan ishidan hech kimga hisobot bermaydi, balki 

Unga hisobot beriladi...” 

Olloh taoloning hukmi qat’iy va amri hamisha g‘olibdir. Bularning hammasiga 

imon keltiramiz. 

“Bo‘tqa dini” aqidasida: O‘zbekistonda hamma narsa davlatboshining xohishi, 

belgilagan taqdiri bilan bo‘ladi, uning xohishi hamisha va har bir ishda ustundir, 

odamlarning xohishlari davlatboshi va oilasining xohishiga bog‘liqdir. Ular nimani 

xohlasa, bo‘ladi, xohlamagani bo‘lmaydi. Xohlagan (ya’ni, o‘ziga “imon” keltirgan) 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

29 


qulining boshini silab mansab-martabalar berib qo‘yadi, xohlagan (ya’ni, o‘ziga imon 

keltirmagan, “dini”ni xato degan) bandasini adashganga chiqarib, yordamsiz qoldiradi, 

qamoqlarga tashlaydi...  

Zulmi hargiz zulm sanalmaydi, yaxshilik deyiladi va bu “yaxshilik” evaziga 

xalqidan har kuni har soat har daqiqada shukrona istaydi... 

Davlatboshi hech kimga hisobot bermaydi, undan bunday hisobot so‘rashning o‘zi 

katta gunoh. Boz ustiga, u hatto Ollohni tergashga haqli. Mas., “Nega ayrim narsalarni 

‒ ichkilik, foizxo‘rlik... singari yaxshi ishlarni harom qilding?”; “Nega jihodni farz 

qilding?” kabi... 

Davlatboshining hukmi qat’iy va amri hamisha g‘olib. Yetti yoshdan yetmish 

yoshgacha hamma yoppasiga bularga imon keltirishga majburdir. 

3. Asl aqidada: Hazrati Odamdan tortib to oxirgi payg‘ambar Hazrati 

Muhammadgacha o‘tgan hamma payg‘ambarga (ularga Ollohning salomi va saloti 

bo‘lsin) umumiy imon keltiramiz – ulardan ayrimlarining ismlari Qur’oni karimda 

kelgan. 


Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) Ollohning tanlagan quli va oxirgi 

payg‘ambaridir. U zotdan keyin qilingan har qanday payg‘ambarlik da’vosi yolg‘ondir.  



“Bo‘tqa dini” aqidasida: Payg‘ambarlarga imon keltirish haqida qat’iy ko‘rsatma 

yo‘q. Bunga davlatboshi og‘zidan birda “Olloyi taollo”, birda “Xudoyi taollo” kabi 

so‘z chiqib turganiga qaramay, “Payg‘ambarimiz Muhammad” degan kabi e’tirof 

chiqmagani eng ishonchli hujjatdir. (U yer-bu yerda og‘zaki aytilgan bo‘lsa bordir, 

ammo “mo‘‘tabar manbalari”da bu ifoda uchramadi.) Zotan, yangi din kelayotgan 

ekan, uning payg‘ambari ham boshqa bo‘lishi tabiiy. Ya’ni, hali payg‘ambarlik 

tugamagan. 

4. Asl aqidada: Qur’on Ollohning So‘zi, insoniyatga To‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun 

Rasulullohga vahiy yo‘li bilan so‘zma-so‘z tushirilgan. Oldin yuborilgan va odamlar 

ularni buzib-qo‘shimchalar kiritib ilohiylik maqomidan tushirib yuborgan barcha 

“ilohiy” Kitoblar Qur’oni karim tushgach bekor bo‘lgan... Qur’on So‘ziga teng 

keladigan so‘z yo‘q. 

“Bo‘tqa dini” aqidasida: Qur’oni karimning bir (odob-axloq) qismiga istisnolar 

bilan “imon” keltiriladi, bir (e’tiqodiy) qismi ko‘rmaganga-bilmaganga olinadi, yana 

bir (fiqhiy, m., halol-haromga, jihodga bag‘ishlangan) qismini aytish yo unga amal 

qilish taqiqlanadi. Qur’on so‘ziga va ko‘rsatmalariga yangi dinboshi so‘zi va 

ko‘rsatmalari ters kelib qoladigan bo‘lsa, Qur’on so‘zi va hukmi tashlanib, yangi 

dinboshi So‘zi va Hukmi olinadi. 

“Bo‘tqa dini”ning o‘z muqaddas Kitoblari bor

26

, hamma maktab va oliy o‘quv 



yurtlarida o‘shalar o‘qitiladi. 

                                                

26

 Adashmasak, hozircha 18 jildga yetdi. Bir zamonlar Lelin boboda bunaqa kitoblardan 55 jild bo‘lgan. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

30 


5. Asl aqidada: Oxiratga imon keltiriladi; jannat bor, do‘zax bor, bu dunyoda 

Ollohga ishonib, yaxshi ishlar qilgan kishilar jannatga, kofir bo‘lib yomon ishlar qilgan 

kimsalar do‘zaxga tushadi. Do‘zax azobi esa, qattiqdir. 

“Bo‘tqa dini” aqidasida: Jannat ‒ O‘zbekistondir. Dinboshi So‘zida “Ollohning 

nazari tushgan diyor” deyiladi. Do‘zaxni tilga olish, u bilan odamlarni qo‘rqitish 

harom. Do‘zaxni eslayverish jamiyatni bezovta qiladi – odamlarni o‘z istagi va 

maylicha yashashga qo‘ymaydi. 

Umuman, oxirat hayoti haqida indamaslik vojib.  

6. Asl aqidada: Olloh taolo izni ila qiyomatda Payg‘ambarimiz (u Zotga salot va 

salom bo‘lsin) gunohkor ummatlariga shafoat qilib mag‘firat so‘rashlari haqdir. 



“Bo‘tqa dini” aqidasida: Prezident yakka o‘zi o‘z irodasi bilan o‘zining gunohkor, 

adashgan va qamoqlarda yotgan fuqarolariga shafoat qilib, gunohlarini kechirishi 

haqdir. 

Bunda, xuddi nasroniylikdagi poplar kabi ayrim imom-domlalar orachi vazifasiga 

yollanadilar – gunoh qilib qamalgan fuqaro bilan prezident o‘rtasiga tushib, 

prezidentga tavba qildiradilar va ularning haqiga prezidentdan mag‘firat so‘raydilar. 

Qamoqxonama-qamoqxona yurib, gunohlilarni prezidentga tavba etishga zo‘rlash, 

majburiy tavbalarini qabul etish halol va vojibdir. 

Prezidentga tavba qilganlarga najot beriladi, tavba qilmaganlar surunkali qamoqqa 

hukm etiladi. 



7. Asl aqidada: Barcha ishlar oqibatiga va natijasiga qarab baholanadi. 

“Bo‘tqa dini” aqidasida: Barcha ishlar yangi dinboshining kayfiyatiga, 

munosabatiga qarab baholanadi. 



8. Asl aqidada: Olloh taolo yaratganlarida bo‘ladigan barcha ishlarni oldindan 

biladi va ularni uzil-kesil belgilab qo‘ygan. Uning belgilaganini o‘zgartirib qo‘yadigan 

biron kuch yo‘q. 

“Bo‘tqa dini” aqidasida:

 

Taqdir mutlaq emas, nisbiy tushuncha, uni davlatboshi 

belgilaydi va u o‘zgartira oladi. Butun mamlakatning taqdiri uning qo‘lida. 

9. Asl aqidada: Bizning qiblaga qarab namoz o‘qiganlar (qibla ahli)ni musulmon 

sanayveramiz. Sharti – Muhammad (alayhissalom) keltirgan barcha xabar va 

ahkomlarni e’tirof etgan bo‘lsin. 

Qibla ahlini, agar ular gunoh ishlar qilsalar ham, ammo bu ishning gunoh ekanini 

ko‘r-ko‘rona inkor etmasalar, kofir sanamaymiz. 

Imonli kishiga qilgan gunohi zarar bermaydi ham demaymiz. 



“Bo‘tqa dini” aqidasida: Tanasi bilan ham, ruhi bilan ham Oqsaroyga egiluvchilar 

“Oqsaroy ahli” deyiladi va bular birinchi toifa jannatilardir.  

Tanasi qiblaga sajda qilsa-da, ruhi Oqsaroyga yuzlanganlarga ham Oliy Dargoh 

oyoqostlaridan joy ato etiladi. 

Ammo “bo‘tqa dini” farzu vojibotlariga yurmagan, bu dinni va dinboshisini inkor 

etgan yoki qaysarlik qilib tan olmagan har qanday odam inkori darajasiga qarab yo 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

31 


kofir, yo osiy, yo bog‘iy, yo murtaddir. Ularning joyi qamoq (dunyo do‘zaxi)dir, tavba 

qilmasalar, abadiy o‘sha yerda qoldiriladi yo biron bahona bilan o‘ldirib yuboriladi. 

Bu dinga ko‘ra, qamoqxonalarda ishlovchi azob chinovniklariga ularning tanasi 

ham, qoni ham, joni ham haloldir. 

 10. Asl aqidada: Musulmon jamoasiga qarshi bo‘lmaymiz. 

“Bo‘tqa dini” aqidasida: Chinakam jihod “musulmon jamoasi”ga qarshi kurashdir. 

11. Asl aqidada: Olloh taolodan mo‘min gunohkorlarning gunohlarini kechirishini 

so‘raymiz. Ularga Ollohning azobi bo‘lishidan xavfsiraymiz, ammo ularni Ollohning 

rahmatidan umidsiz ham qilmaymiz. 

Solih mo‘minlarning tavbalarini qabul etib, gunohlaridan o‘tadi va jannatga kiritadi 

deb Ollohdan umid qilamiz. 

“Bo‘tqa dini” aqidasida: Davlatboshi-prezidentga so‘zsiz bo‘yin sunmaslik katta 

gunohlarga kiradi va bu gunohni ishlaganlarga shafqatsiz azob bo‘lishi muqarrar. 

Ammo ular prezident marhamatidan umidsiz ham qilinmaydi. 

Tavba faqat prezidentgadir. Dallollar gunohkor bilan prezident orasiga tushib, 

gunohkorni tavbaga ko‘ndiradi, prezidentning bag‘rikengligi va kechirimliligiga 

ishontiradi. Xuddi nasroniy poplari singari prezident ularning tavbasini qabul etib 

gunohidan o‘tadi va qamoqxonalardan chiqazadi deb umid qilinadi.  

Prezidentga tavba qilmaganlar abadiy qamoq (do‘zax) azobiga loyiqdir. 



12. Asl aqidada: Rasululloh (u Zotga salot va salom bo‘lsin) orqali bizga 

yetkazilgan shariatning barcha ahkomlarini haq deb bilamiz. 



“Bo‘tqa dini” aqidasida: Yangi dinboshi keltirgan va keltirayotgan barcha hukmlar 

so‘zsiz va shubhasiz haq deb bilinadi. Bularda zarracha kamchilik bor degan yo ularga 

amal qilmasa ham bo‘laveradi degan kimsa bu dunyoda ham u dunyoning do‘zaxi 

azobini tortadi. 



Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling