Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
- Mantiqiy dalillar Birinchi dalil.
- Uchinchi dalil.
- To‘rtinchi dalil.
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 46
Albatta, O‘zbekiston islomiy harakatining qayg‘usi prezidentning sog‘ qolishi emasdi, balki o‘zlari boshlamoqchi bo‘lib turgan jihodga bu suiqasd rejasi xalaqit qilib qolishining oldini olish edi. Lekin niyati nima bo‘lganida ham Toshkentdagi qo‘poruvchilikni to‘xtatib qolishga so‘nggi daqiqagacha uringani bor gap. Diqqat qiling: “Izzat” boshliq guruhni qo‘poruvchilikdan qaytarish uchun Tohir Yo‘ldosh yuborgan odamni davlat 1999 yil 16 fevraldan uch oylar burun qo‘lga tushirdi! O‘zbekiston islomiy harakati bu ishga keskin qarshi bo‘lganini ham bildi! Endi guruhning qolgan a’zolarini qo‘lga olsa, olam guliston: prezident joniga suiqasdni fosh etib, mamlakatni ulkan fojiadan qutqarib qolishi mumkin edi. Qanday yaxshi! Buyuk sharaf ham! Yo‘q, MXXga bu “yaxshi”lik va bu “sharaf” nimagadir kam ko‘rindi. Mojaro shu bilan tinchib qolishi unga yetarli tuyulmadi. Bu ishni qandaydir katta teatrga aylantirib yuborilsa-chi?! Bahonada o‘lda-jo‘lda yotgan juda ko‘p ishlarni, ayblarni bularning va boshqalarning bo‘yniga ilib tashlashsa-chi?! Shunday qilib, davlat suiqasdchilar niyati ustidan tezlik bilan o‘zi ham bir qabih reja tuzdi. Bahrom Abdullayevning ko‘rgazmasidan keyin Kozimov Murodilla (“Izzat”) boshliq guruhni tez qo‘lga olish o‘rniga ular bemalol niyatlarini amalga oshirishlariga orqadan turib sharoit “yaratib bera boshladi”. Birinchi sharoit ‒ hamma gapdan xabardor bo‘lgani holda ularni go‘yo payqamay turdi! Guruhning devondagi “odamlari” Vazirlar Mahkamasining yillik (1998) hisoboti shu yil dekabr oyida bo‘lishini, prezident unda qatnashib nutq so‘zlashini aytishgan edi. Keyin majlis “nimagadir” kelgusi yil yanvariga ko‘chiriladi ‒ buning ham xabarini berishdi. So‘ngra yig‘ilish yana “nimagadir” 25 fevralga o‘zgaradi. O‘zbekiston islomiy harakatining yangi vakili Alouddin Boltayev Tohir Yo‘ldoshdan suiqasdni to‘xtatish topshirig‘ini olib Dubaydan Olmaotaga 15 fevral kuni uchib keladi va o‘sha zahoti “Izzat”ga tilpon qilib ularni: “Ish sizlar o‘ylagandan ham zo‘r bo‘ladi, faqat shoshilmay turinglar, men ertaga Toshkentga yetib boraman, maslahat bor”, deb ogohlantiradi. Bular ham rozi bo‘ladi. Lekin ikki soatdan sal keyin bu yoqda Ulug‘bek Bobojonov “Izzat”ga tilpon ochib, yig‘ilish 16 fevralga ko‘chirilganini aytib qoladi. Zayniddin Asqarov aytishicha, to‘qqiz kishilik guruh ichida MXXning odami yo‘q. Lekin qachondan beri MXX uchun “ishlashayotganini” o‘zlari bilmaydi. Ular prezidentni o‘ldirsa, Abduvali qorini ozod qilsa (yoki o‘chini olsa) bo‘ldi, boshqa narsa ko‘zlariga ko‘rinmaydi. (Holbuki, hamma ishlari xamirdan qil sug‘urgandek silliq va oson ketayotganidan jillaqursa sergak tortishlari kerak edi! Axir, Toshkentning qoq markazida, Abdulla Qahhor ko‘chasidagi bir uyda ancha vaqt hech kimga sezdirmasdan 2 (ikki) to‘nna bo‘mba tayyorlash hazilakam ishmi!) 16 fevral kuni nimalar bo‘lishini davlat oldindan bilgani uchun ham bo‘mba yuklangan oltita eski-tuski, lag‘ar moshina, Zayniddin Asqarov ta’biri bilan aytganda, “xuddi oldindan kutilgan mehmonday” shaharning turli yeriga (hatto prezident kelishi kutilayotgan bosh maydondagi Vazirlar Mahkamasi binosi tagiga ham!) bemalol kirib
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 47
keladi. Hech kim ularning yo‘lini to‘smaydi. Birov birovning mushugini pisht demaydi. Va belgilangan nuqtalarda, belgilangan vaqtlarda birin-ketin... Bu yog‘ini hamma biladi. Butun xalq ko‘rdi, eshitdi va lol bo‘lib qoldi. Ammo biz hanuz bilmagan, sira kutmagan va hech ishonolmayotgan tomonimiz bor: siz bilan biz ishonib yurgan mana shu sevimli davlatimiz bo‘lg‘usi portlashlarda qanchadan-qancha tinch aholi o‘lishini, binolar buzilishini, mamlakat to‘s-to‘polon bo‘lishini, jamiyat parchalanib ketishini, odamlar bir-biridan gumonsiraydigan- xavfsiraydigan bo‘lib qolishini... oldindan hisobga olgan, shunga rozi bo‘lgandir! “Davlat manfaati” shumi?! “Davlat manfaati” agar shunaqa bo‘lsa, unda bu hokimiyat tepasidagilarni davlat deb bo‘lmaydi, jinoyatchilar to‘dasi ular! Siyosati yolg‘onga asoslanganmi, demak, yolg‘onchidir! Yolg‘on siyosatini jirkanch yo‘llar bilan yuritgani uchun esa millat, vatan, xalq va davlat dushmanidir! “Manfaati” yo‘lida ancha-muncha odamning o‘lib ketishiga ham rozi bo‘lsa, ko‘p gunohsiz-aybsiz kishilarning qamalishiyu haqsiz azoblar chekishi unga cho‘t bo‘lmasa, demak, bunday iqtidor (“davlat”) o‘ta xavfli qotil sifatida insonlik dushmanidir! Asl davlat xalq xizmatchisi bo‘ladi, to‘rt-besh kishining xususiy mulki emas! Xullas, 16 fevral rejasini tuzganlar va uni qo‘pollarcha ijro etganlar kim va niyatlari qanday bo‘lganidan qat’i nazar, bo‘lg‘usi u hodisa davlatga qo‘l keldi va zudlik bilan oraga sherik bo‘lib, sherik bo‘lganda ham rosmana qo‘poruvchi bo‘lib suqilib kirdi. U voqealardan keyin ko‘tarilgan g‘avg‘olar, boshlatilgan qama-qamayu shov-shuvlar bu qabih reja “davlat manfaati”ga naqadar mos tushib qolganini ko‘rsatdi. Portlashlardan keyin, yana Zayniddin Asqarov guvohligicha, davlat Bahrom Abdullayevdan ijrochilarni bilib oldi, “Izlanyapti!” deb suratlarini hamma yoqqa osib tashladi, lekin bu paytda ular mamlakatdan chiqib ketib bo‘lgan edi. Nimaga? Ularni ushlashdan davlat manfaatdor emasdi. Ushlasa, ular davlat “16 fevral” uchun ayblashni mo‘ljallab turgan demokratlar lideri Muhammad Solihga ham, “islomchi”lar lideri Tohir Yo‘ldoshga ham aloqasi yo‘qligi o‘rtaga chiqar va davlat oldindan ko‘zlagan niyatiga yeta olmay qolar edi. Ha, iqtidor chinakam jinoyatchilarni “g‘aflatda” qochirib yubordi va... demokratu dindorlarga qarshi qaqshatqich urush e’lon etdi. Yeng shimarib orqa-oldini siyosiy raqiblaridan tozalashga; yillar davomida yo‘l qo‘yib kelayotgan xatolarini bu “jinoyat” bilan yopishga; xalqini mamlakat ahvolidan chalg‘itishga kirishdi. Savol tug‘ilishi mumkin: bir kishining ko‘rgazmasi bilan davlatga buncha og‘ir ayblarni yuklash qanchalik to‘g‘ri? Birinchidan, bir kishi bo‘lsa ham uning ko‘rgazmasi haqiqatga qanchalar yaqin kelishini, shu ma’noda u nihoyatda qimmatli ekanini sal teparoqda aytdik, qiziqqanlar o‘zlari eshitib bunga ishonch hosil qila oladilar. Ikkinchidan, bordiyu o‘rtada Zayniddin Asqarov ko‘rgazma-guvohligi bo‘lmaganida ham ayrim mantiqiy dalillar davlat boshlig‘i yoki hech yo‘q MXXning o‘zi bu ish ichida borligini, hatto boshqarib turganini bilib olish qiyin emas. Zayniddin Asqarov ko‘rgazmasi bu xulosani inkor etib bo‘lmaydigan qilib tasdiqlayapti, xolos.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 48
Yana takrorlaymiz: MXX ham, davlat boshlig‘i ham Toshkentda portlash bo‘lishidan uch oy yoki ikki oy ilgariyoq xabar topgan edi 37 . Nafaqat bildi, balki so‘ngra o‘zi faol ishtirokchiga aylandi! Aks holda, prezident o‘z joniga qilingan suiqasdning aybdorlarini zudlik bilan topib-aniqlashi, prezident sifatidagi obro‘yini, mustaqilligini saqlab qolish uchun ham tevaragidagi buzg‘unchilarga qaqshatqich zarba berishi kerak edi. Amalda buni ko‘rmadik. Hatto teskarisini ko‘rdik...
ichkarida iqtisodiy ahvol ham, ijtimoiy vaziyat ham yaxshi emas ‒ va’dalarga qaramay aholining turmush tarzi tobora yomonlashib bormoqda; respublikada diniy vaziyat og‘ir, ayniqsa 1997 yilgi Namangan voqealaridan keyin davlat dindor aholisidan xafsalasi to‘la pir bo‘lgan, ta’qib-tazyiqni kuchaytirgan; natijada ichkarida xalqda turli noroziliklar uyg‘ona boshlagan, tashqarida muxolifat va chet davlatlar ko‘zida prezident demokratiya dushmani sifatida tobora obro‘yi tushib borayotgan holat; bular ustiga, prezidentligining ikkinchi muddati ham tugab qolgan... Bunday vaziyatda issiq o‘rnini saqlab qolish uchun prezident hamma narsaga – “davlat manfaati” deb hatto xalqining bir qismini qurbon etishga ham tayyor edi. Mamlakatida terror xavfi borligini olamga ko‘rsatish uchun juda qaltis o‘yinga kirdi. Shunday qilsa, ichkarida xalq bir muddat aldanib turadi, tashqarida esa xalqaro hamjamiyat ko‘zi bo‘yaladi. Bahonada prezident tevaragini siyosiy raqiblardan tozalab oladi. Bular ustiga, Respublika prezidenti BMT minbaridan xitob qilib, Afg‘oniston misolida dunyo jamoatchiligini xalqaro terror xavfidan ogoh etganiga hali hech qancha bo‘lmagan. “Mana ‒ isboti! Hatto O‘zbekistongacha kirib keldi ular!” deya oladi endi. Ikkinchi dalil. Islom diniga e’tiqod kuchayib, O‘zbekistonda odamlar din ta’siriga butkul tushib qolishi xavfi tug‘ildi. Bu degani, sal bo‘sh qo‘yilsa, deyarli to‘la xususiylashtirib olingan hokimiyat qo‘ldan ketdi deganidir. Islom dini yuksalib turgan bir pallada unga qarshi ochiq kurashib bo‘lmaydi, faqat zimdan kurashish mumkin, buning uchun esa jamiyatda dinni yomonotliq qiladigan, hech bo‘lmasa odamlarda shubha-ikkilanish tug‘diradigan nimadir shov-shuvli bir ish qilinishi kerak edi. Uchinchi dalil. 16 fevral voqealari manzarasini xayolda bir tiklang: Prezident yillik hisobotni o‘qib eshittirish uchun Vazirlar Mahkamasi binosiga kelishi belgilangan... Bir joyga Prezident boradigan bo‘lsa, O‘zbekistonda xavfsizlik choralari qanday ko‘rilishini hamma biladi ‒ u keladigan yo‘ldan tashqari yig‘ilish o‘tadigan joyga yaqin hamma yo‘llar oldindan taqa-taq berkiladi; aylanasiga qavat-qavat tekshiruv nuqtalari qo‘yib tashlanadi; tevarakdagi binolarning tomigacha mergan (snayper)lar
37 Dastlab dekabir oyiga mo‘ljallangan hukumat hisoboti ancha orqaga ‒ fevral oyiga ko‘chirilgani ham bejiz emas, bizningcha. Suiqasdchilar bilan qo‘poruvchi davlat “to‘y”ga jiddiy va puxta tayyorlanib olishlari uchun vaqt kerak edi.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 49
joylashtiriladi. Prezident bor joy ustidan qush ham uchib o‘tolmasligini butun dunyo biladi!
Holbuki, raqami va hujjati tayinsiz, “portlatish uchun atay kechagina bozordan sotib olingan” (hukumatning rasmiy tushuntirishi. ‒ N.M.R.) ikkita eski shaloq moshina... qattiq himoya ostiga olingan bosh maydonga... Prezident kelishidan bor- yo‘g‘i o‘n daqiqacha oldin... bemalol kirib kelyapti va bino tagigacha boryapti.
kelyapti! Beshinchi dalil. Ijrochi moshinadan tushib, beriroqqacha chopqilab kelib, “Ollohu akbar!!!” deya hayqirib (voqeadan salgina keyin Prezident o‘sha maydonning o‘zida televizor uchun bergan suhbatida shunday dedi! ‒ N.M.R.) moshinani portlatgach, katta maydon bo‘ylab yana o‘sha hayqiriq bilan tumtaraqay qochib (bemalol!) boryapti, yaqin orada uning yo‘lini to‘sib chiqadigan va ushlaydigan bironta xavfsizlik xizmati xodimi yo‘q (bo‘lishi mumkin bo‘lmagan hol. ‒ N.M.R.)! Prezidentning kunda o‘tib yuradigan yo‘lida salgina shubhali harakatni ham ko‘zdan qochirmaydigan, lozim topilsa, u shubhali “obyekt”ni bitta o‘q bilan yer tishlatishga tayyor turadigan merganlar Prezident ikki soatdan ortiq vaqt qolishi mo‘ljallangan bino atrofiga bitta ham qo‘yilmaganmidi yo?! Qo‘yilgan bo‘lsa, ular qayerda edi?!
bo‘lmaydi. Nega? Vazirlar Mahkamasi binosi tagidan O‘rda yo‘ligacha oradagi masofa to‘rt yuz-besh yuz metrcha chiqadi va shu uzoq masofa har qanday chalg‘ituvchi harakatlar bilan qochilganida ham ancha-muncha vaqtda bosib o‘tiladi ‒ shuncha vaqt ichida hatto eng no‘noq tansoqchi ularni yo tiriklay tuta olgan bo‘lardi, yo bitta emas, mingta o‘q bilan yer tishlatgan bo‘lardi (“Ollohu akbar!” deb qochganini eshitibdi-ku, demak, ularga yaqin yerlarda turishgan azamatlar!). Holbuki, unisi ham, bunisi ham yuz bermadi, oldindan tuzilgan rejada belgilanganidek uchinchi hol yuz berdi – “terrorchilar” eson-omon qochib qutulishdi. Ya’ni, davlat portlatuvchilarga: “Sizlar qoyillatib portlatib beringlar, men sizlarning jonlaringni saqlashga va’da qilaman!” degan qasamini tutdi, ularga tegmadi.
bilamiz. Ayniqsa, televideniye. U har qanday siyosiy mavzuni faqat yuqorining topshirig‘i bilan yoritadi, xodimlar tashabbus qilgan taqdirda ming chig‘iriqdan o‘tkazib, ko‘rinmas kimsalardan roziliklarni olib, shundan keyingina qo‘l uradi. Ammo bu yerda ajoyib hodisa: hisobot yig‘ilishini yoritishga kelgan davlat televideniyesi Vazirlar Mahkamasi binosi tagida portlash yuz bergan zahoti kameralarini ishga tushirib yubordi! Muxbir bola birdan (xuddi oldindan tayyorgarlik
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 50
ko‘rib kelganday!) voqealarga kelajakda berilishi lozim bo‘lgan izohlar ruhida sayray boshladi! Qachondan beri bunaqa hozirjavoblik?! So‘ngra bu “jasoratli muxbir” qisqa muddat ichida telemansabdorlardan biriga aylandi!
yerida sira kutilmagan portlashlar yuz berdi... bunaqa ish ilgari hech ko‘rilmagan... xalq hayron... nimalar bo‘layotganini birdaniga anglab yetish qiyin... Ammo bo‘mbalar portlaganida ko‘tarilgan chang hali bosilib ulgurmasidan maydonga prezident, MXX boshlig‘i, IIV boshlig‘i bemalol kirib kelishdi va... bu jirkanch ishni qilganlar aniqday ularga ishora etildi va hatto nomlari va guruhlari aytila boshlandi! Portlagan joyda turib “jasoratli” telemuxbirga bergan suhbatida “jasoratli” prezident jinoyatchilar jinoyatlarini “Ollohu akbar!” deb qichqirib amalga oshirganini e’lon qildi! Kim portlatganini bilamiz, buni diniy ekstremistlar qildi va ularni tezda ushlaymiz, dedi! Va bo‘lg‘usi tergov-surishtiruv yo‘nalishini rejada belgilangan tomonga burib yubordi – aybdorlarni dindorlar orasidan axtarish lozim, tamom- vassalom! Agar bu ish atay uyushtirilmagan bo‘lganida, hech yo‘q, “Jinoyatchilar kim bo‘lishidan qat’i nazar, biz ularni albatta topamiz!” degan ma’noda umumiy ohangda gapirilishi, har xil taxminlar kamida bir-ikki kundan keyin chiqishi lozim edi. O‘shanda ham ayrim ashyoviy dalillar topilsa! “Ijrochilar”ning tiraqaylab qochayotib tinmay “Ollohu akbar!” 38 deb hayqirishining o‘zi atayinlikni, uyushtirilganlikni bildiradi. Sakkizinchi dalil. Portlash joylari – jinoyat jug‘rofiyasi hech bir mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan darajada bir-biriga bog‘lanmaydi: 1. Agar bu ishni prezidentga suiqasd deb baholansa, suiqasdchilar butun kuchlarini bir yerga to‘plab, asosiy diqqat-e’tiborni prezident keladigan Vazirlar Mahkamasi binosiga qaratsalar (eski shaloq aravani bemalol maydonga olib kirish yo‘lini bilishar ekan-ku!); shov-shuv uchun emas, aniq bir natijaga erishish uchun hamma bombani bir yerga to‘plasalar, mantiqan to‘g‘ri bo‘lmasmidi?! 2. Agar u “yovuz niyatli qora kuchlar” mamlakatdagi barqarorlikni buzish bilan: a) o‘zlarining kuchlarini ko‘rsatib qo‘yish; b) mamlakatda g‘ulg‘ula uyg‘otish va davlatboshini dovdiratib sarosimaga solish; v) davlatboshini o‘zlari bilan hisoblashishga majburlash; g) dindor bo‘lsalar, dinga qilinayotgan zug‘um uchun, demokrat bo‘lsalar, demokratlarga ko‘rsatilayotgan tazyiq uchun o‘ch olish... kabi maqsadlarda bu ishni qildi, deyilsa, unda prezident keladigan joy bo‘lgani e’tiboridan eng kuchli qo‘rilayotgan va qo‘lga tushib qolish ehtimoli kuchli bo‘lgan
38 Dunyo ommaviy axborot vositalari Islomga qarshi kuchaytirgan tashviqot natijasida musulmonlarning “Olloh buyukdir!” degan eng go‘zal shiori sodda odamlar nazarida qo‘poruvchilik, buzg‘unchilik shiori deb tushunib qolindi, afsus... Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 51
bosh maydonsiz ham bu niyatlarini amalga oshirishlari, yanayam jiddiyroq tayyorgarlik ko‘rib, yanayam jiddiyroq xavf tug‘dirishlari va hatto biron natijaga erishishlari mumkin edi. 3. Ularning maqsadida birinchi niyat ham, ikkinchi niyat ham bor edi, deyiladigan bo‘lsa, bunda ham ijro joylari va usuli mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Xullas, bu voqea sodda odamlarni O‘zbekistonda “qora kuchlar” borligiga ishontirish va davlatning bundan keyin u “qora kuchlar”ga qarshi qo‘llaydigan har qanday jazo usuliga oldindan rozi qilish uchun o‘ynalgan shov-shuvli tomosha (spektakl)dan boshqa narsa emas.
berarkan, orqada – yigirma qavatli bino tagida oxirgi portlash yuz berdi. Yelkasi osha bir qarab qo‘ydiyu gapida davom etaverdi! Mayli, prezidentni qo‘rqmadi deylik, lekin bu portlash prezident tevaragini qurshab olgan xavfsizlik xizmatchilarini qattiq sarosimaga solishi, ehtiyot chorasi uchun chopa- chop boshlanishi lozim edi. U yerda nima bo‘ldi? Hamma xotirjam edi. Xuddi bu portlashni oldindan hammalari biladiganday, “Mana, eson-omon oxirgisini ham portlatib oldik”, deganday yengil tortish sezildi bu holatdan. Bir paytlar o‘zbek – turk mojarosi chog‘i Bo‘kadagi to‘s-to‘polon ichiga prezident otda kirib borganida tug‘ilgan “Qo‘rqmadilar!”; “O‘zlarini yo‘qotib qo‘ymadilar!” kabi afsona va shov-shuvlar yana kerak bo‘lgandir balki? “Portlab turgan maydon o‘rtasiga qo‘rqmasdan kirib keldilar!” Unda, mayli, prezident o‘zini yo‘qotmasdan televideniyega suhbatini beraversin. Biz ham bomba paqillagan zahoti prezident orqa-oldiga qaramay qochib ketsin deyayotganimiz yo‘q. Biz aytayotganimiz – hech bo‘lmaganda tevaragidagi mas’ullarda qandaydir sarosima qo‘pishi, qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ko‘rishga qanaqadir harakat sezilishi kerak edi. Buning o‘rniga biz “hamma narsa reja asosida ketayotgan”ini bilgan odamlar holatini ko‘rdik: xotirjamlik! O‘ninchi dalil. Portlatgan shaxslar va orqasida turganlar haqida xilma-xil taxminlar aytila boshlandi, ammo aniq qaysi biri ekani aytilmadi. Ichki va tashqi jabhada hammasiga qarshi birdan kurash boshlandi. Hech bir aybnoma oxirgi variantda tasdig‘ini topmadi – to shu kungacha huquqiy asoslangan, isbotlangan bir gap aytilmadi, aniq bir yakuniy xulosa yo‘q! Ayb hech bir shaxs yoki hech bir tashkilotning bo‘yniga qo‘ya olinmadi. Zotan, qanday qo‘yardi, bosh aybli davlatning o‘zi-ku! Bahonada, prezident siyosatiga qo‘shilmaydigan, ochiq yo yashirin muxolif bo‘lgan toifalardan gumon ostiga tushmagani qolmadi. Ish o‘zi shubhali, qamalganlar ham shubha bilan ayblanib qamaldi, ammo qiyin-qistoqlar, azoblar chinakam edi, ko‘plar bu ish bo‘yicha hali ham qamoqlarda chinakamiga qon qusib yotibdi. Xo‘sh, o‘sha zahoti va keyinroq asosan kimlarga ayb taqaldi? Birinchi o‘rinda diniy aqidaparast (ekstremist)lar. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 52
Bularga asli bor-yo‘q turli nomdagi oqim va oqimchalar kiritilib, bir-biriga qorishtirib, bo‘tqa qilib tashlandi. Mamlakatda umuman mustaqil siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy tahlil bo‘lmaganidek, mustaqil diniy tahlil ham yo‘qligi natijasida bu oqimlar nima, yo‘llari qanaqa, ularni bir qozonga solib dasturxonga bir tovoqda tortsa bo‘ladimi-yo‘qmi – bularni ajratib, haqiqatni yuzaga chiqaradigan odam topilmadi. Ollohdan ko‘ra ko‘proq davlatdan va MXXdan qo‘rqadigan “ulamoi kirom” esa to‘g‘risini aytish o‘rniga, so‘ralgan joy istagiga qarab va kayfiyatiga moslab ma’lumotnomalar tuzib, fatvolar chiqarib berishdi. Yoki bir chekkada o‘zini ko‘rmayotganga-bilmaganga solib o‘tirib oldi. Diniy aqidaparastlar aybdor, degan g‘oyani birinchi bo‘lib prezidentning o‘zi, o‘sha maydonda turganidayoq (“Ollohu akbar!” deb qochishdi deya) ilgari surdi va haligacha davom ettirib kelyapti. Dunyoda “islomchi”larni, “dinchi”larni ayblash urfga kirib borayotgani uchun Islom Karimov ham 16 fevral voqealari haqida qachon gapirsa, “diniy ekstremistlar”ni albatta tilga oladigan bo‘ldi. Hatto bir gal Markaziy Osiyo davlat boshliqlarining Ostonada o‘tgan bir yig‘ilishi chog‘i hamkasablariga Toshkentdagi portlashlar haqida bilgi berayotib: “Haligi, Isroilga qarshi terrorchilik qiladi-ku, o‘sha “hizbulloh”chilar qildi”, deb ham yubordi! Bu gapi bilan prezident, birinchidan, “Hizbulloh” nomi Isroilda va g‘arbda yoqimsiz ekanini hisobga oldi va dunyoga “Sizlarning dushmanlaringiz mening ham dushmanim! Mamlakatda menga qarshilar bo‘lsa, ular sizlar ham yoqtirmaydigan mana shunaqa toifalardir”, degan xabar yo‘lladi; ikkinchidan, “Hizbulloh”ning qon dushmani “Isroil”ning qulog‘ini moylab, ko‘nglini ovlagisi keldi; uchinchidan, xalqimiz nazarida dinni yomonotliq qilishga urindi; to‘rtinchidan, xalqaro suyanchiq qozonmoqchi bo‘ldi. Ammo, o‘zi istamagan holda, 16 fevral voqealari orqasida qaysi tashqi kuchlar turgan bo‘lishi mumkinligini ham ochib qo‘ydi 39 !
Holbuki – bu narsa alohida o‘rganishga arzirli juda qiziq nuqta ‒ prezident Ostonada “Hizbut tahrir” deyishi lozim edi, unga “maslahatchilari” va suyanchig‘i MXX shuni aytasiz deb tayinlab yuborgan. Axir, O‘zbekistonda “hizbulloh”chi yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas! Lubnon shialarining “Hizbulloh” firqasi qattiq istaganida ham bizning mamlakatda bo‘limini ochishi mahol ish. Dindan va dunyo voqealaridan ozgina xabari bor oddiy kishilar juda yaxshi biladigan bu haqiqatni prezident bilmadi! Qurolli lashkariga ega va Eronning Lubnondagi tayanch qo‘rg‘onlaridan bo‘lgan shia “Hizbulloh” bilan siyosiy tushuntirish orqali xalifalikni tiklamoqchi bo‘layotgan
39 Davlat 16 fevral voqealari haqida kitob yozishni bironta o‘zbek jurnalistiga topshirmadi, ishonmadi, keyinchalik ham og‘zidan gullab qo‘yishi mumkinligidan qo‘rqdi, shuning uchun familiyasi o‘zbekchaga yaqin bir juhud jurnalisti O. Yakubovni topib unga ishonch bildirdi (ya’ni, yolladi, tekinga emas, albatta, katta pul evaziga bo‘lsa kerak, chunki juhud aqlli bo‘ladi, o‘zining qadrini ham, bunaqa nozik ishlar necha pul turishini ham juda yaxshi biladi!) va uni Isroildan maxsus chaqirtirib kelib, unga buyurtma berdi. Bu bilan portlashlar ortida bevosita va bilvosita o‘zi turganini tamoman sotib qo‘ydi! Harholda O. Yakubov hali voqea sodir etilmasidan bir kun burunoq MXX huzuriga yetib kelgan, ertaga yuz berishi “kutilayotgan” qo‘poruvchilik-terrorchilik harakati haqida “ashyoviy dalillar” bilan oldindan (!) ta’minlangan edi. (Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda maqola chiqdi, ammo, odatdagidek, hukumat bu xabarga raddiya bermadi!)
|
ma'muriyatiga murojaat qiling