Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
- 16 fevral yoxud chirik davlatning chirkin ishi
- Nurulloh Muhammad Raufxon”
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 39
bo‘lganida ham u kuchli va nomard davlatlarning tazyiqi ostida ko‘nglidagidek mustaqil siyosat yurgiza olmagan bo‘lar edi. Tarixda kechgan va hozir hayotda kechayotgan hodisalar shu xulosaga olib keladi. Ammo tushkunlikka o‘rin yo‘q. Vaziyat shunday bo‘lgach, tadbir ham unga ko‘ra olinadi, albatta. O‘zbekistonda ham ichki va tashqi sharoit sinchiklab o‘rganilib, so‘ngra oqilona siyosat tanlanishi kerak edi. Bugun bizning sharoitda davlatning asosiy aybi ‒ diniy va milliy masalalarga xato munosabat tanlagani uchun diniy-milliy vaziyatga to‘g‘ri baho bera olmadi ‒ tadbirni xato belgiladi, dinga dushman bo‘lib qoldi. Ikkinchi yoqdan qaralsa, ayrim hollarda mo‘min-musulmonlarning o‘zlari ham davlatni keskin choralar ko‘rishga majbur qilib qo‘yayotganini tan olishimiz kerak. Ayniqsa dinda g‘o‘rlik ilk pallalar ko‘p tushunmovchiliklarni keltirib chiqardi. G‘ayrat ilmga va tajribaga suyanmasa yaxshilik keltirmas ekan. Ko‘rdik, dindan ozgina narsani o‘rganiboq hatto ota-onasini inkor etishgacha borib yetganlar bo‘ldi. Bilib-bilmay bosgan qadamlari natijasida jamiyatda bezovtaliklar, g‘ulg‘ulalar yuzaga keldi. Aslida, din faqat yaxshi narsaga buyuradi, ota-ona hatto kofir bo‘lganida ham bola ularga hurmat ko‘rsatishi, xizmatlarini qilishi lozimligini uqtiradi. Buni haligi g‘o‘r “taqvoli” vaqtida anglab yetmadi. Eng yomoni – hurmatsizlikni ko‘plar “dinni qattiq ushlash” deb baholadi. “Dinni qattiq ushlash” har bir mo‘minning orzusidir. Ammo bu ham ikki xil holatda ikki xil natija beradi: dinni bilib qattiq ushlasa chinakam taqvoga erishiladi, bilmasdan qattiq ushlasa jaholatga ketadi! Insof bilan aytganda, dinni bilmasdan “qattiq ushlaganlar”ning zarari dinga qarshi kurashayotganlarning zararidan kam emas. Xullas, bugungi boshliqlarimizda, birinchidan, xalqimizning holatiga yarasha toqat yetishmadi; ikkinchidan, o‘zida zo‘ravon dunyoning siyosiy nayranglariga qarshi tura oladigan milliy, diniy, siyosiy qobiliyat (immunitet) hosil qila olmadi. Maydonga siyosatchilikni da’vo qilib chiqdimi, xalqning, millatning, Vatanning, davlatning yukini ixtiyoriy (o‘zi intilib) yoki ixtiyorsiz yelkasiga oldimi, shaxsiy va oilaviy manfaatini bir chekkaga yig‘ishtirib qo‘yib shu xalq, shu millat, shu Vatan, shu davlat manfaatlariga uyg‘un yo‘l ishlab chiqishi, shunga ko‘ra siyosiy o‘yinlarda ishtirok etishi lozim edi! Siyosatchi xalq xohish-irodasiga suyangan holda (buning uchun so‘z aytish erkinligi zarur!) hatto xalqaro tazyiq ostida ham farosat bilan mamlakatga va xalqqa foyda chiqarsa bo‘ladi. Lekin bunga boshliqlarimizda siyosiy iroda va malaka yetmadi. Eng achinarlisi, millat birlashib bunday siyosiy iroda va malaka hosil qilishiga ham yo‘l qo‘ymadi. Xalq orasidan zamonga va holatga loyiq yetakchilar yetishib chiqishiga to‘sqinlik qildi. Siyosatda tuzum yo‘l qo‘ygan ko‘plab kechirilmas xatolardan eng kattasi shu deb o‘ylayman. Natijada davlat tepasidagilar jamiyatni birlashtiruvchi “do‘st bo‘lish” usulini emas, parchalab tashlovchi “dushman bo‘lish” usulini tanladi. Chunki birinchisi og‘ir va mashaqqatli, ikkinchisi yengil va osondir.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 40
Ayniqsa, xalqning asosiy bo‘lagi e’tiqod qiladigan dinga johillarcha va dushmanlarcha munosabat O‘zbekiston siyosatining eng kir va eng qora tomoni ekanini bugun ko‘r ham ko‘rib turibdi. Bu hol mamlakat manfaatiga ham, xalq manfaatiga ham tersdir 33 .
dinimiz boshiga tushgan ko‘rgiliklar bu mulohazalarimizni jonli misollar ila to‘ldirib, quvvatlab turibdi, albatta.
16 fevral yoxud chirik davlatning chirkin ishi Voqea yuz bergan kuniyoq sezildi, shu kungacha davom etib kelayotgan oqava mashmashalaridan ham ko‘rinib turibdi va, Olloh xohlasa, kelajakda aniq isbotini topajak haqiqat bitta: 16 fevral voqealarida davlatning, davlat odamlarining, hatto prezidentning qo‘li bor! Uzoqni ko‘zlagan qing‘ir va chirkin maqsadda davlat (yoki juda ozchilikdan iborat bir guruhi) uni atay uyushtirgan yoki uyushtirishda to‘g‘ridan- to‘g‘ri ishtirok etgan! Uzoqni ko‘zlagan u qing‘ir va chirkin maqsad nima edi, qanaqa natijalarni berdi va bu ishlarga davlat aloqali degan da’voimizning dalili bormi – ushbu bobimiz shular haqida.
Eng oldin aniqlab olishimiz kerak bo‘lgan masala: 16 fevral voqealari nimaga va kimlarga kerak bo‘lib qoldi? Bu savolga batafsil javob sal keyinroq chiqadi, lekin undan oldin “O‘rtada davlat nima qilib yuribdi?” degan masalani o‘rganaylik. Shuni bilib-tushunib olsak, o‘shanda 16 fevral bizga o‘zining chin yuzini ochadi. Bugungi iqtidor (Islom Karimov boshliq davlat) nazarida, uning hokimiyatiga xalal beradigan ikkita katta kuch bor edi: biri din bo‘lsa, ikkinchisi demokratik muxolifatdir. Oshkoralik va ko‘pfikrlilik sharoitida ishlab o‘rganmagan, suyagi mafkuraviy yakkahokimlik tizimida qotgan prezident mamlakat ravnaqi yo‘lida muxolifat bilan, albatta, tinch hamkorlik qila olmas edi. Shuning uchun u jamiyatning turfa rang kuchlari bilan til topishishdek erkakcha yo‘lni emas, kelgusida nomini bulg‘aydigan chidamasning yo‘lini tanladi: turli fitnayu ig‘volar uyushtirib, asta-sekin, bosqichma- bosqich siyosiy maydonni shaxsiy raqiblaridan tozalashga kirishdi.
33 Bu o‘rinda balo bugungi davlat va hukumatning samimiy emasligida. Agar: “Kechirasizlar, biz kechagi kommunist sarqitlarmiz, biz Xudoga ishonmaslik ruhida tarbiyalanganmiz, dinni yoqtirmaymiz, shuning uchun qo‘limizdan kelganicha dinga qarshi kurashamiz!” deb ochiq iqror bo‘lganida edi, hech bo‘lmasa to‘g‘ri gapirgani uchun hurmat qilsa arzirdi. “Ha, endi, g‘oyasiga ko‘ra siyosat yurityapti-da”, deyilardi. So‘zda “Biz dinning do‘stimiz!” deb, amalda dushmanning ishini qilayotganiga chidab bo‘lmaydi. Dehqonchasiga aytganda: do‘st bo‘lsang, do‘stlik qil, dushman bo‘lsang, to‘g‘risini ayt, nima qilasan gapni aylantirib?! Mavlono demoqchi, yo boringcha ko‘rin, yo ko‘ringaningcha
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 41
Demokratik muxolifat tashqaridan qo‘llab-quvvatlab turilgani bilan ichkarida kuchsiz edi, uni eplasa bo‘ladi, ammo tobora kuch to‘plab, xalqning katta bo‘lagi yuragini egallab borayotgan dinni sindirish oson emas. Chunki xalq boshqa hech kimga quloq solmasa ham, Islom diniga quloq tuta boshlagan, shariat buyruqlari va qaytariqlariga so‘zsiz va yurak amri bilan bo‘yin sunayotgan edi. Davlat bu holni eng katta xavf deb topdi va dinni kuchsizlantirish, tizginlab olishni o‘ziga birlamchi vazifa etib belgiladi. Kuchsizlantirish va tizginlab olishning ko‘p bor sinovdan o‘tgan samarali usullaridan biri esa dinni yo muxolifatni yomonotliq qilish, avom xalq ko‘ziga uni olabo‘ji etib ko‘rsatishdir. Bu ish qanday qilinadi? Yangi yo‘l axtarib o‘tirishga hojat yo‘q, din dushmani o‘laroq tanilgan eski davlatlarda anchadan beri qo‘llab kelinayotgan usullar yetarli. Buni jaydari tilda ifodalasak, xalqining nafratini qo‘zitadigan, dunyoni ham hurkitib yuboradigan biron “ish”ni o‘zi qiladi, ammo raqibiga to‘nkaydi! Yolg‘onmi? Ha, yolg‘on! Tuhmatmi? Ha, tuhmat! Vijdonsizlikmi? Ha, vijdonsizlik! Nima qipti? Zotan, siyosatda vijdonning sariq chaqalik qiymati yo‘q! “Davlat manfaati” uchun hamma vosita halol! 16 fevral voqealariga ham farosat ko‘zi ila boqilsa, orqa tomonlarida davlat qoldirgan qora izlarni qiyg‘os ko‘rsa bo‘ladi... O‘rni kelib qoldi, kichik bir xotira. Shum portlashlar yuz bergan kunlari men uch oylik “Musulmonlar taqvim kitobi”ning muharriri o‘laroq, So‘zboshisiga nimani yozsam ekan deb mavzu axtarib yurgan edim. Voqealarni televizorda ko‘rdim, holatlarni va tushuntirishlarni bir necha kun o‘zimcha tahlil etdim va... bu ishda bir ishkal bor-ov, degan xulosaga keldim. O‘sha kunlardagi kayfiyatim kichkinagina “So‘zboshi”ga aylandi:
Bismillohir rahmonir rahim. Taqvim-kitobimizning ushbu choragi nashrga qizg‘in tayyorlanayotgan kunlardan birida mamlakat bo‘ylab xunuk bir xabar tarqaldi: poytaxtimizning besh-olti yerida dahshatli portlashlar ro‘y beribdi! Shubhasiz, dastlab kishining xayoliga “Kim?” degan savol keladi. So‘ngra “Nega?” degan savolga javob axtaramiz. Albatta, vaqti kelib bu ikki mushkul, ammo
ketayotgan ekan, oldindan har xil bashoratlar yo gumonlar qilib, bu nozik ishning tadqiqiga xalaqit bermaylik, degan o‘yda gapni shu yerda qisqa qilamiz. Ammo begunoh qonlar to‘kildi. Necha xonadonga kutilmagan musibatlar yog‘ildi. Mehribon va rahmli Ollohdan bu portlashlar oqibatida olamdan ko‘z yumgan barcha mo‘min- mo‘minalar haqqiga mag‘firat va jannat tilaymiz. An’anaga muvofiq kitobimizga muxtasar bir kirish so‘z yozishim kerak edi. Bu mudhish portlashlar va uning oqibatida yuzaga kelgan g‘alati bir holatlar butun o‘y-fikrlarimni ham to‘zg‘itib yuborgandek, ruhimni muvozanatdan chiqargandek edi. Hadeganda yozilavermadi.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 42
Qariyb so‘nggi kuni qo‘limga bir maqolacha kelib qoldi. Unda Janobi Rasulullohning (s.a.v.) bir hadislari qisqacha sharhlangan edi: “Mo‘minning farosatidan qo‘rqinglar, chunki u Ollohning nuri bilan qaraydi”, degan ekanlar Sarvarimiz (s.a.v.) 34 .
emas, Ollohning nuri ila yo‘g‘rilgan, nurlantirilgan farosati... Bunday farosat sohibini o‘tkinchi hech bir narsa chalg‘itolmaydi, hatto kechagi portlashlar ham uni muvozanatidan chiqarolmaydi, fikr-o‘ylaridan tiniqlikni ketkazolmaydi. Mo‘min gumonga berilmaydi, fol ochmaydi, ammo mo‘minlik farosati bilan qarasa, hammasini tushunadi. Bugun yurtimizning, musulmon xalqimizning boshiga tushgan tashvishdan, musibatdan dovdirab qolmaydi. Ollohning buyuk hikmatiga ko‘ra imoni yana bir bor sinalayotganini mo‘minlik farosati ila anglaydi, uning imon qal’asiga qanday yovuz kuchlar tahdid etayotganini biladi, shunga qarab tadorigini ko‘radi. Ollohning rasuli (s.a.v.) xabarini beribdilarmi, mo‘min Ollohning nuri bilan qarashi rost, uni aldab, qo‘rqitib, to‘g‘ri yo‘ldan og‘dirib bo‘lmaydi. Faqat, bunday ulug‘ martabaga erishishning bitta sharti bor. Ya’ni, siz va biz eng oldin mo‘min bo‘lishimiz kerak. Qalblarimizga imon to‘lig‘icha kirgan bo‘lishi kerak. Zero, ushbu taqvim-kitoblarimizdan ko‘zlangan murod ham shu. Shoyad kimningdir imonga kelishiga, kimningdir imoni kuchayishiga sababchi bo‘lib qolsak, degan umiddamiz. Kelinglar, birodarlar, haqiqiy ma’nosi-la mo‘min bo‘laylik, beparvo bo‘lmaylik,
35
Issig‘ida qo‘limdan kelgani bu qadar bo‘lgan. Bilganga ishora yetarli uslubida o‘zimcha nimalardir demoqchi bo‘ldim (matnda u o‘rinlar ajratilib yotiq harflarda hamda tagiga chiziq tortib ko‘rsatildi). Harholda, bu ishoralardan ko‘zlangan maqsadni farosat ahli o‘zi sezib oladi... Odatda, insofini yutgan tuzumlar raqib tomonni uzil-kesil qulatish uchun ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan iflos ishlarga ham qo‘l ura oladi. Odamlar o‘ladimi, binolar buziladimi ‒ qarab o‘tirmaydi. Fikri-yodi ko‘zlagan niyatida bo‘ladi: ‒ jamiyat fikrini chalg‘itish; ‒ raqibga qarshi tuzilgan iflos rejani amalga oshirishga yo‘l ochish; ‒ kelgusida boshlanajak ommaviy zulmni oldindan oqlab olish. So‘ngra bemalol: “Mana, ko‘rib qo‘yinglar, bu ishlarni «falonchi»lar qildi!” deb shovqin-suron ko‘taraveradi. 16 fevral fitnasini yo davlat o‘zi uyushtirdi, yo boshqaning rejasiga suqilib kirib sherik bo‘ldi deb da’vo etarkanmiz, bunga biron dalil-hujjatimiz bormi?
34 Olim ukalarimizdan birilari aytishicha, Imom Termiziy rivoyat qilgan bu hadisni uning aytuvchisi bo‘lmagani uchun ko‘pchilik zaif deydi. Ammo bu hadisni Rasululloh (s.a.v.) aytganlar degan ulamolar ham yo‘q emas ekan. Ayni choqda “Ollohning shunday bandalari borki, ular odamlarni farosat bilan tanib oladilar” degan hadis sobit bo‘lganini ham ulamolar naql qilishgan. 35 “Musulmonlar taqvim kitobi”, 1999 yil II chorak. Toshkent, “Movarounnahr” nashriyoti, 2–3-betlar. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 43
Bor, albatta. Bittagina bo‘lsa ham bor. O‘rni bilan uni keltiramiz. Undan tashqari ham, bu da’vomizga shama qiladigan ko‘plab taxminlar bor. Nega taxmin? Birinchidan, O‘zbekiston sharoitida bu kabi nozik ishlarni bugun hartomonlama, hujjatli o‘rganishning sira iloji yo‘q. Chunki: a) hujjatlar mustaqil o‘rganuvchilar qo‘liga berilmaydi; b) yagona tushuntirishni davlatning o‘zi o‘zining manfaatiga moslab qiladi, muqobil izohlarga yo‘l qo‘yilmaydi; v) u voqealarga tegishli hujjat va ashyoviy dalillar allaqachon yo‘q qilinadi yoki, hech bo‘lmaganda, davlat siri o‘laroq ustiga yetti tamg‘a urib yopib tashlanadi. Ikkinchidan, 16 fevral portlashlari qo‘pollarcha va tajribasizlarcha uyushtirilgani ko‘rga ham ochiq ko‘rinib turibdi, undan keyingi tushuntirishlar ham laqmalargina ishonadigan darajada no‘noqdir. Ammo odamni ikkilantirib turgan, hozircha aniq bir narsa deyish qiyin bo‘lgan bir nuqta bor: bu jirkanch rejani ishlab chiqishda shaxsan prezident ishtirok etganmi yo tor bir doira Bosh qo‘mondonsiz, ichki siyosatni o‘zlari xohlagan o‘zanga solib olish uchun orqadan tuzganmi? Diqqat qilingan bo‘lsa, voqealardan keyin ham davlat bu ishlarni jinoyat qonunlariga ko‘ra jiddiy tekshirmadi, boshlanishidan to oxirigacha jarayonni sinchiklab o‘rganmadi, har bir dalil-hujjatni joy-joyiga qo‘yib xulosa yasamadi, eng ajablanarlisi – mamlakatimiz va xalqimiz boshini tuganmas g‘avg‘oga tiqqan bu hodisalar tergovi yakunini shu mamlakat va shu xalqqa yetkazmadi. Tekshiruvni halol oxiriga olib borsa, bu ishlar orqasida o‘zining qulog‘i ko‘rinib qolishi aniq edi. Shuning uchun birinchi kun birinchi daqiqalardan boshlab ulkan jinoiy ishni imi-jimida siyosiy yo‘nalishga burib yubordi va pala-partish, o‘z bilganicha “aybli”larni sanay boshladi. Olamga g‘avg‘o solib siyosiy raqiblarni qamashga kirishib ketdi. Birvarakayiga turli toifa muxolifni gumon ostiga olish bilan xalq ko‘ngliga qo‘rquv va g‘ulg‘ula soldi. Odamlarni bir-biriga hadiksirab qaraydigan qilib qo‘ydi. Davlat va prezidentning asosiy maqsadi jinoyat izini topish emas, siyosiy manfaat ekani shundan bilindi. Bunday sharoitda haqiqatning tagiga yetish og‘ir, ammo qo‘limizdagi ozgina manba-dalillar yordamida biron xulosaga kelishga harakat qilamiz. 16 fevral voqealarining orqa tomonini ko‘rsatadigan eng qimmatli hujjat shu voqealarning qoq girdobida yurgan Zayniddin Asqarov ismli yigitning “Bi-bi-si” radiosi tashabbusi bilan yuzaga chiqib qolgan ko‘rgazmasidir. Ya’ni, u qamoqda o‘tirgan holida “Bi-bi-si”, “Ozodlik”, “Amerika ovozi” radiolari muxbirlariga so‘zlab bergan, ismlar, hujjat va dalillar bilan asoslangan hikoyadir. Bu ko‘rgazmani balki yuz foiz haqiqat deya olmasmiz, lekin haqiqatga eng yaqini desa bo‘ladi. Chunki bunda Zayniddin Asqarovning yolg‘on gapirishdan manfaati qolmagan, yo‘qotadigan narsasi ham yo‘q edi va u Ollohga qasam ichib, boshini kundaga qo‘yib gapirgan.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 44
Chindan ham o‘shanda boshi kundada turgan ekan ‒ qamoq muddati tugab ozodlikka chiqish vaqti kelib qolganida u yerdan uning tirigi emas, o‘ligi chiqdi! Biz ushbu kitobimizda bu qimmatli guvohning yaqin ikki soat davom etgan suhbati matnini to‘liq bera olmaymiz. Mavzuga tegishli mag‘zinigina bayon qilamiz. Asliga va tafsilotiga qiziqqan o‘quvchilarimiz internetdan “yutub” (youtube)ga kirib, “Zayniddin Asqarov” deb yozsalar, suhbatning to‘lig‘ini ketma-ket chiqarib beradi, 16 fevral oldidan va ortidan kechgan hodisalarni bilib olaveradilar 36 . O‘sha paytlar diniy muxolifat orasida ham, demokratik muxolifat orasida ham o‘ziga yarasha nufuzga ega bo‘lgani, chetdagi va ichkaridagi muxolif harakatlarning o‘rtarog‘ida yurgani Zayniddin Asqarovni 16 fevral borasida davlat uchun ham, xolis o‘rganuvchilar uchun ham nodir guvohga aylantirgan edi. Xo‘sh, bu qimmatli guvohimiz o‘zining eng qimmatli narsasini ‒ jonini garovga tikib turib nimalarni aytib berdi? Uning ko‘rgazmalari umumlashtirilsa, qisqacha ushbu manzara chiqadi: ”Davlat” Andijon shahar jome machiti imomi Abduvali qori Mirzayevni u Maskovga bir diniy anjumanga borayotganida 1995 yili 29 avgust kuni Toshkent qo‘nalg‘asida o‘g‘irlab “yashirib qo‘yadi”. Imomning sodiq shogirdlari miting uyushtirib davlatdan talab etaylik desa, qo‘llovchilar chiqmaydi. Boshqa hech bir chora topmagach, O‘rusiya lashkariga qarshi urushayotgan chechen yo‘lboshchilaridan Xattobning maslahati bilan O‘zbekiston prezidentini jisman yo‘q qilishni rejalashtirishadi. Chechenistonda jiddiy harbiy tayyorgarlik ko‘rishadi. So‘ngra Xattob ularni Afg‘onistonda qo‘nim topgan Tohir Yo‘ldosh boshchiligidagi O‘zbekiston islomiy harakatiga qo‘shilishni tavsiya etadi. “Birlashmasalaring, bir-birlaringning ishlaringga halaqit qilib qo‘yasizlar”, deydi. Lekin Kozimov Murodilla (Chechenistondagi laqabi “Izzat”) boshliq Abduvali qori shogirdlari Tohir Yo‘ldoshni orqavoratdan surishtirib unga niyatlarini aytmay turishga qaror qilishadi. Mustaqil tayyorgarlik boshlashadi. Mablag‘ to‘plab o‘zlariga “yordamchi”lar yollashadi. Shu tarz yollangan, voqelardan keyin nomi ko‘p tilga olingan Ulug‘bek Bobojonovning vazifasi prezident qachon, qayerda bo‘lishi haqida ma’lumot yetkazib berib turish edi. Zayniddin Asqarov aytishicha, O‘zbekiston islomiy harakati mamlakat ichida jihodiy harakat amiri etib Bahrom Abdullayev ismli qori yigitni tayinlagan. Bu yigit har bir viloyatga mas’ul tayinlayotgan payti Xattob unga: “O‘zbekistonda professional tayyorgarlikdan o‘tgan yigitlar bor, Izzat boshchiligida, ularni ham saflaringga qo‘shib olinglar”, degan bo‘ladi. O‘shangacha ular bir-birlarini tanimagan-bilmagan. Xattob tavsiyasidan keyin topishishgach, Bahrom Abdullayev “Izzat”ga: “Bundan buyon birga harakat qilamiz, bitta sharti ‒ sen menga bo‘yin sunasan, men Tohir Yo‘ldoshga itoat etaman”, deydi.
36 Manba sal pastroqda keltirildi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 45
“Izzat” boshliq to‘qqiz kishilik guruhning niyatini Bahrom Abdullayev Dubayga borib Tohir Yo‘ldoshga yetkazadi. Tohir Yo‘ldosh yaqin odamlari bilan mashvarat qilib, Bahrom Abdullayevga nima qilib bo‘lmasin u guruhni Turkmaniston orqali Afg‘onistonga ‒ uning huzuriga keltirishni buyuradi. “Ularni suiqasd va portlatish niyatidan qaytarasan, ko‘nmasa, otib tashlaysan!” deb topshiriq beradi. Bahrom Abdullayev “Izzat”ga tilpon qilib: “To‘y (jihod) sizlar o‘ylagandan ham chiroyli bo‘ladigan bo‘ldi, lekin buning uchun sizlar ozgina shoshmay turishlaring kerak”, deb ko‘ndiradi. O‘zi bu to‘qqiz kishini chegaradan o‘tkazish masalasini gaplashish uchun Zohid Dehqonov bilan birga Turkmanistonga boradi. Ishlar hal bo‘lib qaytayotganida aeroportda Turkmaniston maxsus xizmati ularni soxta (Qirg‘iziston) pasportlari tufayli ushlaydi. Asl holdan xabarsiz ikkalasi “Bizni sotishibdi” deb o‘ylaydi va qo‘yib yuborishlariga katta pul va’da qila boshlaydi. Shundan keyin ishlari jiddiy tekshiruvga tushib, ikkalasi ham O‘zbekistonda qidiruvdagi odamlar ekani bilinadi va turkmanlar ularni O‘zbekistonga topshirib yuborishadi. Bu voqea 1998 yil kuzida yuz beradi. Nima sababdan ushlanganini bilmagan va hali ham “Kimdir bizni sotgan” deb o‘ylagan Bahrom Abdullayev tergovda suiqasd sirini ochib yuboradi. “Toshkentda qo‘poruvchilik bo‘ladi, men shuning oldini olishga kelayotgan edim, qo‘lga tushib qoldim. Kim qayerda nima tayyorgarlik ko‘rayotganini aytaman, nima qilsalaring qilinglar, shu ish bo‘lmasin. Xohlasalaring, ularni otib tashlanglar!” deydi Bahrom Abdullayev (Zayniddin Asqarov aytishicha, buni va keyingi gaplarni 16 fevral voqealaridan so‘ng yuzlashtirilganida Bahrom Abdullayev arabchalab tez Zayniddinga aytib bergan). Uning maqsadi ‒ o‘zi bu ishni to‘xtata olmadi, endi hech yo‘q davlat to‘xtatsin! MXX oldiniga ishonqiramaydi, keyin qarasa, ish jiddiy. Bahrom Abdullayevdan hamma gapni ‒ qo‘poruvchilarning kimligiyu ular bu ishni Abduvali qori uchun qilayotganlarigacha puxta o‘rganib bo‘lganidan keyin to portlashlar amalga oshgunicha uning tergovini taqa-taq to‘xtatib, alohida xonaga joylashtirishadi. Qornigayu ibodatiga hamma sharoitni yaratib, hatto yoniga do‘xtir biriktirib asray boshlashadi. O‘zlari bu paytda boshqa xonalarda boshqa “ishlar”ning rejasi bilan qizg‘in band edi. Ya’ni, suiqasdchilar guruhining maqsadini bilib qolganidan keyin (chindan endi bilib qoldimi yo oldindan bilarmidi?!) O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimi bu haqda... to‘g‘ri topdingiz... o‘z boshlig‘iga yetkazadi. U esa... yana to‘g‘ri topdingiz... prezidentga. Ungacha kimlar kim bilan maslahatlashgan, kim nima degan, suiqasdchi guruh rejasiga sherik bo‘lish g‘oyasi birinchi bo‘lib kimdan chiqqan, bu kelishuvda prezidentning ishtirok darajasi nechog‘lik – bu tomoni bizga buguncha qorong‘i... U yoqda Bahrom Abdullayev qo‘lga tushib qolganidan xabar topgan Tohir Yo‘ldosh O‘zbekistonga yangi vakil etib Alouddin Boltayevni tayinlaydi va unga ham Bahrom Abdullayevga yuklagan topshiriqni yuklaydi: “Qanday yo‘l bilan bo‘lmasin “Izzat”ni va sheriklarini mening huzurimga keltirasan! Ko‘nmasa, otib tashlaysan!”
|
ma'muriyatiga murojaat qiling