Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
- II. Fiqhda boshqachalik va yangiliklar 1. Asl fiqhda
- 3. Asl fiqhda
- “Namoz o‘qish taqiqlanadi!”
- “O‘smirlar dispanserida diniy libosda yurish qat’iyan ta’qiqlanadi”
- imon
13. Asl aqidada: Podsholarga va rahbar amaldorlarga, agar ular gunoh-ma’siyat ishlarga buyursalar, itoat etilmaydi. “Bo‘tqa dini” aqidasida: Prezident buyurgan har qanday ish gunoh hisoblanmaydi, tekshirib o‘tirmasdan so‘zsiz itoat etiladi. 14. Asl aqidada: Haj va jihod to qiyomatgacha musulmonlarning solih yoki fojir rahbarlari boshchiligida davom etadi. Ularni hech narsa bekor qilmaydi. “Bo‘tqa dini” aqidasida: Haj bekor etilmasa-da, unga ayrim cheklovlar qo‘yish kerak. Haj davlat ruxsat bergan kishilargagina farzdir. Jihod hukmi mutlaqo bekor bo‘lgan. Uning vaqti o‘tgan ‒ hozirgi zamonga to‘g‘ri kelmaydi. Jihodni farz deb chiquvchilar ekstremist va terrorchilardir. Jihodni amalda qo‘llash tugul, uni farz deyish va bu so‘zni tilga olishning o‘zi katta gunoh, kechirilmas jinoyatdir. 15. Asl aqidada: Ollohning dini yerda ham, osmonda ham bir, ya’ni Islom dinidir. “Bo‘tqa dini” aqidasida: Islom dini osmonda, “Bo‘tqa dini” yerda amal qiladi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 32
“Bo‘tqa dini”ning eng ulug‘ aqidasi diniy bag‘rikenglikdir. Bag‘rikenglik faqat Islom dinidan talab etiladi, davlatdan, dinsizlardan, dunyoviylardan yoki boshqa din va konfessiyadagilardan bag‘rikenglik talab etish bag‘rikenglik yo‘riqlariga ziddir.
“Bo‘tqa dini”ga zo‘rlash bor. Davlat butun kuch-qudratini ishga solib bu yangi “din”ga hammani yoppa o‘tishga chorlaydi. Bu yo‘lda hatto ayyorlik ishlatish ham halol. Ya’ni, “bo‘tqa dini”ning barcha yo‘l- yo‘riq va hukmlari johil el orasiga “hanafiy mazhabi” deb kiritiladi-singdiriladi...
Mansur tarjimasida 1992 yili chop etilgan “Aqoid” kitobiga suyanildi. Iqtibos chog‘i ayrim jumlalar boshqa o‘ringa – ma’nosi yaqin jumlalar yoniga ko‘chirilganini bildirib qo‘ymoqchimiz. 2. Solishtirishda davom etilsa, “bo‘tqa dini” aqidasida yana boshqa o‘zgachalik va yangiliklar ham chiqaveradi, lekin biz bu yerda eng asosiylari deb o‘ylaganlarimizni keltirdik, xolos.
1. Asl fiqhda: Islom dinining ustuni beshta – imon (iqror kalimalarini aytish), namoz, ro‘za, zakot, haj. “Bo‘tqa dini” fiqhida: Beshala ustun ham uzil-kesil emas. Dinboshi ra’yiga ko‘ra, ayrim istisnolar qilinishi mumkin (bu istisnolar keyingi moddalarda keladi). Yangi dinning ustuni bitta: prezidentga va “mustaqillik”ka imon – prezidentni mutlaq gunohsiz, xatolardan pok, qullik qilishga loyiq yagona zot deb so‘zsiz ishonish; “mustaqillik” hukmlariga to‘la bo‘yin sunish.
insoniyat imonga kelishga chaqirilgan. Namoz, ro‘za, zakot va hajda ayrim uzrlar bor, lekin imonsizlikning uzri yo‘q, u hammaga birlamchi farzdir.
uzrlar aytilishi va targ‘ib qilinishi kerak. Shundan kelib chiqilsa, imonda ham uzr bor. Imonsiz bo‘lsa-da, zino qilsa-da, harom-harish yesa-da, “ko‘ngli toza bo‘lsa bo‘ldi”.
mo‘minaga farzdir. Balog‘at yoshi mamlakatlarda iqlimiga qarab: mas., Markaziy Osiyo davlatlarida qizlarga 9 yosh, o‘g‘il bolalarga 12 yosh qilib belgilangan. Issiq iqlimli o‘lkalarda bolalar bundan ham ertaroq, sovuq iqlimli o‘lkalarda kechroq balog‘atga yetishi mumkin.
borsa, farzi kifoyadir. Ya’ni, ayrimlar o‘qisa, boshqa hammadan soqit bo‘ladi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 33
Yanayam to‘g‘rirog‘i ayrimlarning (keksalarning) o‘qishiga ruxsat, ammo ayrimlarning namoz o‘qishi umuman taqiqlanadi. Mas., maktab, kollej o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari, askarlar, amaldorlar, biron joyda ishlovchilar namozdan ozoddirlar. Boz ustiga, bular namoz o‘qisa, jazolanadi. (Aslida, namoz o‘qish “qarta o‘ynash va giyohvand moddalar iste’mol qilish” qatoridagi zararli ishlardandir 27 , ammo qoloq jamiyat hozircha bu hukmni ko‘tara olmasligini hisobga olib siyosat uchun vaqtincha bu hukm mamlakat bo‘ylab joriy etilmay turibdi.) “Bo‘tqa dini” shariatiga ko‘ra O‘zbekistonda taxminan balog‘at yoshi deb 19-20 yoshlar belgilangan, ammo bu yosh ham faqat ro‘zg‘or qurish uchundir, aslo ibodatlarni boshlash uchun emas.
o‘qiladigan joydir. “Bo‘tqa dini” fiqhida: Machit va uydan boshqa joylarda namoz o‘qib bo‘lmaydi. Ishxona, o‘quv yurti va boshqa turli muassasalarda namoz o‘qigan kishi qamoqqa otiladi. Bir devorga “Namoz o‘qish taqiqlanadi!” deb yozilgani kabi 28 mamlakatning hamma devoriga shu yozuvni katta va quyuq harflar bilan yozib chiqish kerak. Oldidan va ketidan “Ogoh bo‘ling!” bitigi ham tirkab qo‘yilsa, nur ustiga nur. Ko‘chalarda, oshxonayu ishxonalarda namoz o‘qilsa, ayab o‘tirilmaydi. Hatto ishxonalardan, shaxsiy avtomoshinalardan joynamoz topilsa, qattiq jinoyat hisoblanadi, shafqatsizlarcha jazolanadi, televizorda ko‘rsatib, olamga sharmanda qilinadi.
jinnilik, hushsizlik, ayollarda hayz yo istihoza (ya’ni, belgili kunlar) kiradi. Qolgan (o‘limdan boshqa) hollarda namoz o‘qilishi shart. Hatto qimirlashga majoli yo‘q keksa yo kasal kishi ham ishora bilan namoz o‘qiydi. “Bo‘tqa dini” fiqhida: Namozni bo‘yindan soqit qiladigan sabablar ko‘p va hammasi shar’iydir. O‘quvchilik, talabalik, askarlik, amaldorlik, muhim ishlar bilan bandlik... kabi holatlar maxsus uzrlardir. Bu hukmga ergashmaganlar vahobiy, hizbchi, yot oqimchi, soxta tariqatchi, ekstremist, terrorchi, kofirdir va h.z.
27 Respublika tumanlaridan biridagi choyxonaga xuddi shunga ishora qilib yozib qo‘yilgan! Namoz o‘qish qarta o‘ynash va giyohvand moddalar iste’mol qilish bilan tenglashtirilgan zamonlarga ham yetib kelibmiz! Odatda jamiyat yomon ishlardan qaytarilardi, demak, namoz ham yomon ishlar qatoriga kirgizilibdi! Ammo-lekin, diqqat qilsangiz, jamoat yerlarida ispirtli ichkilik ichishdan qaytarilmagan! 28 Masalan, Ohangaron shahri “Majnutol” oshxonasi yonboshidagi “To‘xtash joyi” devorida (2012 yil) va Qo‘qon oshxonalaridan birida shunday yozuvni o‘zimiz o‘qidik. Bular misol xolos, aslida, xo‘roz butun mamlakatda bir xil qichqirib yotibdi. Necha yillardan beri. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 34
5. Asl fiqhda: Balog‘atga yetgan, aqlan va jisman sog‘lom har bir mo‘min erkak kishiga, agar u safarda bo‘lmasa, juma namozi vojibdir. “Bo‘tqa dini” fiqhida: Hammaga vojib emas. Maktab, kollej va oliy o‘quv yurtlari talabalariga juma namozini o‘qish tugul, o‘qimaslik farz. Bu farzni buzganlarni davlat ma’muriy jazoga tortishga haqli. Otasiga ergashib yoki yashirinib va yo boshqa biron yo‘lini qilib juma yoki hayit namozlariga borgan o‘quvchilarni tutishga maktab va kollej o‘qituvchilari hamda melisa xodimlari yalpi safarbar etiladi. Bu tadbir “bo‘tqa dini” fiqhiga uyg‘un bo‘lishi uchun talab etiladigan tartib bunday: bitta o‘qituvchi ayolga ikkita melisa tirkalib, ular machit yo‘llariga, machitning eshigi yo darvozasi taglariga, hayit namozlarida esa, uzoqroq joylarga ham qo‘yiladi. Ayol o‘qituvchining qo‘lida daftar-qalam bo‘ladi, ko‘zlari olazarak, hushyor turishi lozim. Har bir o‘qituvchi machitga oqib kelayotgan olomon orasidan o‘zining o‘quvchisini ko‘z qiri bilan ham tanib olishi va melisa xodimiga ishora etib ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Qolganini dinga rioya etmaslik to‘g‘risida tilxat yozib berib ishga kirgan melisa bolalar o‘zlari o‘xshatishadi. “Bo‘tqa dini”ning bu hukmi boshqa hukmlari kabi majburiydir, e’tirozlarga qaralmaydi. Aksincha, har qanday norozilikka qarshi zudlik bilan chora ko‘riladi. Kutilmagan noroziliklarning oldini olish maqsadida imomlarga tezis ko‘rinishida qat’iy topshiriqlar beriladi. Tashqarida o‘qituvchi va melisalar namozga kelayotgan yoshlarni ovlash bilan ovora ekan, ichkarida – xonaqolarda, Ollohning uylarida muhtaram imom-domlalar ulug‘-ulug‘ minbarlarga turg‘izib qo‘yilib: “Xalqimizga eminlikda-erkinlikda ibodat qilish imkonini bergan Muhtaram Mustaqillikka hamdu sanolar bo‘lsin!” deb xutbalar o‘qittiriladi. 6. Asl fiqhda: Balog‘at yoshiga yetgan qizlardan tortib barcha ayol-qizlarga uyat yerlarini yopish (hijob) farzdir. Badanning kaft, barmoqlar, yuz, oyoq (shillikdan pastki qismi)dan tashqari yerlari uyat yerlardir. Hijob tana a’zolarini bo‘rttirib ko‘rsatmaydigan darajada keng-mo‘lgina bo‘ladi.
kiyimi bo‘lib, qumli shamollardan asranish vositasidir, xolos. O‘zbek ayollariga o‘z milliy kiyimlarinigina kiyishga ruxsat. Ammo milliy kiyim ham badanning ko‘p yerlarini to‘ssa, unga targ‘ib qilinmaydi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 35
Ayol-qizlar tanasining ozgina qismi – ko‘krak atroflari va chot oralarigina (yigitlarda faqat chot oralari) uyatli (avrat) yerlar bo‘lib, tananing qolgan qismini bemalol ochib, yalang‘och yurilsa bo‘laveradi 29 . Masalan, qizlar va ayollar qorinlaridan bir qarich badanni aylanasiga hamda mammalarining yarmigacha ochib yurishlari joiz, hatto madaniyat belgisidir. 7. Asl fiqhda: Ilm olish har bir mo‘min va mo‘minaga farzdir. “Bo‘tqa dini” fiqhida: Ilm olish og‘ir va nozik masala bo‘lib, hammaga ham mumkin emas. Jumladan: a) hijobli ayol-qizlarning ilm (ayniqsa, dunyoviy ilm) olishi qat’iyan taqiqlanadi; boshini va badanining ko‘p qismini ochsagina ruxsat beriladi; o‘qish davrida hijobga kirgan bo‘lsa, o‘sha zahoti haydaladi; b) Islom dini yo‘l-yo‘riqlariga qat’iy amal qiladigan yoshlarning universitetlarga o‘qishga kirib qolishi kelajak uchun hijoblilardan ham xavflidir, shu bois ilm olish ularga farz emas. E’tiqodini yashirib o‘qishga kirib olganlarni aniqlab-topib o‘qishdan haydash mutasaddilarga farzdir; v) islomiy ta’lim nihoyatda ozchilikka, faqat belgilangan joylarda – rasmiy madrasalarda davlat siyosatiga uyg‘un holga keltirilib o‘qitiladi; talabalarga ko‘proq prezident asarlari g‘oyasi singdiriladi; g) xususiy diniy ta’lim ‒ hujra tizimi “bo‘tqa dini” fiqhiga ko‘ra katta gunohdir. Hatto ota-ona o‘z bolasiga islomiy ta’lim berishga haqqi yo‘q! Mamlakatda hamma bola “prezident bolasi” hukmidadir. Birovning bolasiga har kim o‘zicha diniy tarbiya berishi joizmi?! Joiz emas. Hatto og‘ir jinoyatdir! Ammo maktab, kollej, oliy o‘quv yurtlarida, davlat va nodavlat tashkilotlarda, shaharu qishloqlarda, har bir xonadonda, hatto machit va madrasalarda “bo‘tqa dini” ta’limotlari yoyiladi, targ‘ib-tashviq etiladi, o‘qitiladi. Ommaviy axborot vositalari, radio, televideniye, kitoblar, darsliklar hammasi bir og‘iz, bir til bo‘lib har kuni, har soat, har daqiqada “bo‘tqa dini” g‘oyalarini quloqlarga, miyalarga quyadi. Bundan boshqa hamma fikr va g‘oya botildir. 8. Asl fiqhda: Dinga, namozga, yaxshilikka chaqiriq (amri ma’ruf) birlamchi farzlardan – qirq farzdan biridir. Ya’ni, bu ishlar bilan har bir musulmon shug‘ullanishi shart.
zindonlarga tashlanadi, tavbasiga tayantiriladi.
29 Andijonning Eski shahar qismida joylashgan O‘smirlar dispanseri kiraverishiga yopishtirilgan surat. Unda: “O‘smirlar dispanserida diniy libosda yurish qat’iyan ta’qiqlanadi” deb yozilgan. Demak, hijobli qiz tibbiy ko‘rikdan o‘tish huquqiga ega emas! Yoki diniy e’tiqodidan voz kechsagina mumkin.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 36
Odob-axloqqa chaqirishga esa qisman ruxsat. O‘shanda ham oldindan tasdiqdan o‘tkazilgan mavzularda, belgilab qo‘yilgan joylarda va faqat sanoqli daqiqalardagina ruxsat.
deganlar davlat siyosatiga qarshi deb baholanadi. 10. Asl fiqhda: Cho‘chqa eti, terisi, suyagi ‒ tamomi harom. Oshlansa hatto it terisini ishlatsa bo‘ladi, ammo cho‘chqa terisi oshlansa ham harom. Eti halol qilingan hayvonlar Olloh nomi bilan so‘yilmasa yoki Ollohdan boshqaga atab so‘yilsa, eti harom, bu etdan tayyorlangan barcha mahsulot turlari harom. Mast qiluvchi ichkilik harom. Olloh harom qilganlarni halol deyish kufrdir. “Bo‘tqa dini” fiqhida: Halol-harom degan masala yo‘q, birlamchi masala jamiyatning tinchligi va barqarorligini saqlashdir. Qimirlagan hamma narsani yesa, jildiragan hamma narsani ichsa bo‘ladi. Odamlar ichib rohatlansa, ispirtli ichimlik tugul, shaytonning siydigi ham halol! Cho‘chqa etini yemaganlar, mayli, yemasin, lekin davlat siyosatida cho‘chqaga alohida ahamiyat beriladi. Masalan, harbiy qo‘shinlar oshxonalarida yoki zobitlar tayyorlaydigan o‘quv yurtlarida cho‘chqa eti ham boshqa etlar qatorida teng huquqli taomlardan biri qilib olingan 30 va shunday bo‘lib qoladi! Oziq-ovqat mahsulotlari yorlig‘iga “halol” so‘zini yozish mumkin emas! Shuningdek, halol ovqatlar tayyorlanadigan oshxonalar ochish taqiqlanadi! Eskidan ochilib qolganlari yopiladi. Peshtaxtalariga mast qiluvchi ichkilik qo‘yib sotmagunlaricha qayta ochishlariga ruxsat berilmaydi. 11. Asl fiqhda: Bir-biriga mahram bo‘lmagan erkak-ayol aralashib o‘yin-kulgi qilishi shariatda taqiqlangan. Ayollar alohida ayrilib xursandchilik qilishlariga shariat qarshi emas.
ayolni bir-biridan ajratish inson huquqlari tamoyillariga tersdir. Aksincha, ularni bir-biriga aralashtirish bolalikdan targ‘ib-tashviq etiladi. Bolalar boqchalarida bitta qiz, bitta o‘g‘il bola qilib, yechintirib, yonma-yon yotqiziladi, maktablarda bitta partaga o‘tqaziladi va hokazo. To‘y-ma’rakalarni islomiy talabga ko‘ra (erkaklar alohida, ayollar alohida, otarchisiz, ichkiliksiz) o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ygan to‘yxonalar yopiladi, egalariga jarimalar solinadi 31 .
30 Bu masalaga “O‘ninchi ko‘chat”da yana qaytamiz. 31 Masalan, Toshkent shahar hokimiyati yangi “din”ning ushbu fatvosiga ko‘ra maxsus qaror chiqarib hamma to‘yxonaga tarqatgan, devorlariga ostirgan va to‘yxona egalaridan bu qarorga qat’iy rioya etish borasida tilxatlar olgan. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 37
* * * Savol tug‘iladi: Islom aqidasi va fiqhi shu qadar haqsiz va kuchsizmi yoki “bo‘tqa dini” aqidasi va fiqhi shu qadar haqli va kuchlimi, kechagina paydo bo‘lgani va hali to‘la shakllanib ulgurmaganiga qaramay, ming yillar narisidan beri amalda bo‘lib kelgan va yer yuzi aholisining beshdan biridan ko‘prog‘i e’tiqod qiladigan din ustidan bir mamlakat chegarasida osonlikcha va to‘la hukmronlik o‘rnatgan bo‘lsa?! Yo‘q, bu yerda gap haqlilik va kuchlilik haqida emas, gap “bo‘tqa dini” tug‘ilishidanoq hokimiyat dini bo‘lib, hukmdor g‘oya o‘laroq dunyoga kelganidadir. O‘tmishda bunga o‘xshash hodisalar bo‘lgan: mo‘‘tazila oqimi ham bir paytlar xalifalik hokimiyatini ta’sir ostiga olib, buzuq aqidasini el orasiga hokimiyatga suyangan holda singdirishga harakat qilgan edi. Hozir ham alohida olingan bir mamlakatda (O‘zbekistonda) o‘shanga o‘xshash ishlar bo‘lyapti. Tarix takrorlanyapti...
Mustaqillikka eng ko‘p haqli bo‘lgani holda “mustaqillik”ning eng ko‘p jabrini mamlakat musulmonlari chekdi va chekyapti. Yigirma yillik qisqa tariximizni bir-bir eslab ko‘rsak, bunga ishonch hosil qilamiz. Davlatning to‘rt suyanchig‘i – Milliy xavfsizlik, Ichki ishlar, sud-purkuratura va ommaviy axborot vositalari butun kuchini, bor g‘ayratini ko‘proq diniy “jinoyat”larga qarshi yo‘naltirdi. “Ekstremizmga, terrorizmga, oqimlarga qarshi kurashyapmiz” degan
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 38
aldov bilan niqoblanib davlat aslida o‘lkamizda Islom dini rivojiga turli yo‘llar bilan to‘siqlar qo‘yib, dinimizning o‘zak-ildizlariga bolta urib kelmoqda. Buni bir oz kinoya usulida tepada bayon qildik. Ammo so‘zimiz boshida xolislikni, voqealarga o‘rtada turib baho berishni da’vo qilgan edik. Shunga ko‘ra ikki og‘iz qo‘shimcha mulohaza ham bor. Birinchidan, qoq o‘rtada turib tahlil qilganda ham bir tomonning aybi tarozi pallasini bosib ketishi mumkin va buni nazardan qochirmaslik kerak. Ikkinchidan, O‘zbekistonda diniy sohada vujudga kelgan bu ayanchli holatga hamda diniy siyosat to‘g‘ri yuritilmayotganiga birinchi galda davlatning diniy bilimsizligi yoki ochiqdan-ochiq dinga qarshi mavqe egallagani sabab bo‘lsa, Uchinchidan, dindorlar o‘zi ham, ayniqsa, diniy olim va ulamolar ham qandaydir ma’noda sababchidir. Chunki ular davlatga va xalqqa dinning asl haqiqatlarini yetarli darajada, to‘g‘ri shaklda yetkaza olmayapti. Hatto yetkazishga harakat qilmayapti 32 .
To‘rtinchidan, mamlakat musulmonlari boshiga yog‘ilayotgan bu balolarning birdan-bir ijrochisi hozirgi iqtidor (hukumat) bo‘lib ko‘rinayotgani bilan birdan-bir tashabbuskori bularning o‘zi emas, albatta. Dunyoning katta siyosiy o‘yinlaridan ozmi- ko‘pmi xabari bor kishi O‘zbekistonda yuz berayotgan voqealarga ham kengroq va teparoqdan qarashga harakat qiladi. Qancha tepadan va qancha keng boqsak, dunyo ishlarini shuncha katta chegarada qamrab olamiz. Shunda Islomga qarshi kurash bitta bizning mamlakatda bo‘lmayotganini, bugun dunyo bo‘ylab qaqshatqich kurash imon bilan kufr o‘rtasida borayotganini... imon ko‘zi bilan ko‘ramiz. Hamda kufr olami ma’naviyatda tobora tubanlikka qarab ketayotgani bilan moddiy tomondan nihoyatda kuchli ekanini, imon olami esa ma’naviyatda kuchli bo‘lgani bilan moddiy tomondan juda kuchsiz qolayotganini, kufr tomonini qudratli va makkor kuchlar boshqarayotganini va sodda, go‘l, siyosatdan uzoqlatilgan, siyosiy nayranglarga qarshi turish qobiliyati (immuniteti)ni yo‘qotgan musulmon olami ularning haryoqlama kaltaklari ostida ezilayotganini va nihoyat kufr olamining tag maqsadi nima ekanini... mo‘minlik farosati bilan ilg‘aymiz. Ya’ni, makrga asoslangan mafkura va ko‘pyuzlamalikka asoslangan huquq doirasida ish yurituvchi katta siyosiy kuchlar bizning g‘o‘r boshliqlarimizni ko‘z ochirgani va mustaqil siyosat yurgizgani qo‘ymayotganini ham esda tutaylik, demoqchimiz. Taxminimizcha, agar hozirda hokimiyat tepasida bugungi kishi emas, boshqa odam, hatto o‘zini xalq manfaati uchungina kurashuvchi hisoblaydigan olijanob biri o‘tirgan
32 Albatta, umumiy siyosiy vaziyatni bilganimiz uchun bu masalada rasmiy diniy idorani ham, machit imom-domlalarini ham yoppasiga ayblay olmaymiz. Chunki diniga, e’tiqodiga ongli ravishda xiyonat qilayotganlar bor bo‘lganidek, oralarida hamma voqea-hodisani ko‘rib-bilib-tushunib tursa-da, chorasizlikdan hech narsa qila olmayotganlar, dardini ichiga yutib yurganlar, qo‘lidan kelganicha dinga samimiy xizmat etayotganlar ham talaygina topiladi. Gap ayrim shaxslarning xiyonatida emas, ular o‘rnida boshqa birov ham hozir respublikada joriy bo‘lgan o‘yinda o‘ynashga majbur bo‘lardi. Shu hol hisobga olinsa, ko‘p imom-domlalarimiz imkon qadar yaxshilik urug‘ini sochayotganini e’tirof etib qo‘yish kerak. |
ma'muriyatiga murojaat qiling