Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
- Bu davlat, bu hukumat
- Adabiyot millatning vijdoni...
- 16 fevral”
- 37-yillar”
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 60
kelmaganiga va bironta taxmin yuz foiz tasdig‘ini topmaganiga qaramay, “jinoyatchi”lar birvarakayiga hamma taxmin bo‘yicha qidirildi, birvarakayiga hamma taxmin bo‘yicha qamoqqa hukm qilaverildi. Boz ustiga, haligacha bu kir Ish uzil-kesil yopilmadi. Bu degani “terrorchilikka qarshi kurash” loyiha-rejasiga ko‘ra boshlangan siyosat “16 fevral” yo‘nalishida hali- veri to‘xtamaydi. Demak, davlatga jinoyatning izi aniq topilganidan ko‘ra, shubha-gumonlar maqomida qolgani yaxshi... 16 fevraldan javobsiz ko‘p savollar qoldi: – o‘sha, maydonda “Ollohu akbar!” deb qochganlar – ism-familiyalari aniq sanalganlar kimlar va qaysi oqim yoki tashkilotdan edi? Qani ular o‘zi: topildimi, keyingi taqdirlari nima bo‘ldi? – MXX va IIV asosiy ishni oxirigacha yetkaza olmagani, natijada qanchadan- qancha gunohsizlar quruq gumon bilan qamoqlarga otilgani uchun aybni bo‘yniga oladimi, xalqdan uzr so‘raydimi? – uyushtirilgan portlashlar oqibatida halok bo‘lgan qurbonlarning xuni kimning yo kimlarning bo‘yniga tushadi?! – bir vaqtlar Toshkentdan ketib qolgan juhud “yozuvchi” O. Yakubov yashab turgan yeri Isroildan maxsus chaqirtirib kelingani hamda bu voqealarga bag‘ishlangan kitobini portlashlardan oldinoq (!) MXX xonalaridan birida yozishni boshlagani haqida ijtimoiy tarmoqlarda aniq-tiniq ayb qo‘yildi, ammo unga rasmiy javobni o‘qimadik, eshitmadik. ‒ Zayniddin Asqarovning chet el radiolariga bergan suhbat-ko‘rgazmasi bo‘yicha jinoiy ish ochildimi-yo‘qmi? Unda tilga olingan va portlashni bilaturib oldini olmaganlikda, u qo‘poruvchilikni g‘arazli maqsadlarida bevosita uyushtirganlikda ochiq ayblangan davlat mansabdor shaxslari Yo‘lbars Sheraliyev, Rustam Inoyatov, Zokir Almatovlar ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildimi? Hech bo‘lmaganda haqiqatni aniqlashtirish uchun ular so‘roq-tergovga tortildimi? ‒ 16 fevral voqealaridan keyin davlat “Jaholatga qarshi ma’rifat!” degan shiorni o‘rtaga tashladi, ammo o‘zi birinchi kundan boshlab qilich yalang‘ochlab(!) o‘rtaga otildi ‒ “olijanob” shioriga qarshi borib o‘zi jaholat deb hisoblagan mafkuraga qarshi faqat kuch ishlatib kelyapti. Qilich qachon qiniga kiradi? ‒ yil o‘tgani sayin 16 fevral nimaga eslanmayapti? Aksincha, atay unuttirilyapti, xuddi hech narsa bo‘lmaganday? ‒ mustaqil jurnalistlarga bu jinoyatni tekshirishga imkon beriladimi? ‒ 16 fevral “Ish”i qachon yopiladi va oxirgi xulosa xalqqa qachon e’lon etiladi? – ...
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 61
Kichik xulosa
salmog‘i, ahamiyati, o‘rganishga arzirliligi boqimidan shu yasama “mustaqillik” e’lon etilgan 31 avgustdan ham ustun turadi, nazarimda. E’tirozga shoshilmang. Vatanimiz o‘ris-sovet mustamlakasidan ozod bo‘lishini umr bo‘yi orzu etib yashagan, bu yo‘lda qo‘lidan kelganicha harakat qilgan bir inson o‘laroq butun boshli bir mustamlaka davrining tugashi kuni bilan Toshkentning u yer- bu yerida yetti-sakkiz bomba paq-puq etgan kunning farqini ajrata olaman, albatta. Lekin masalaga boshqa tomondan qaralsa, bunday g‘alati xulosaga ham kelsa bo‘larkan. Birinchidan, mustaqillik uchun kurashmaganlar, hatto qarshi bo‘lganlar birdan unga ega chiqdi va mustamlakadan qutulishni chin yurakdan istagan, boshini kundaga qo‘yib kurashgan xalqning chinakam mustaqillikni qozonishdek baxtini o‘g‘irlab qo‘ydi. Natijada bu tarixiy hodisa buyuklikdan kichik va tushunarsiz bir voqea darajasiga tushib qoldi. 16 fevral voqealari esa eski kommunistlarning “mustaqillik” chimmati ortiga berkingan asl basharalarini, bundan keyin qanaqa siyosat yuritishiniyu mamlakat qaysi yo‘ldan borishini ko‘rsatadigan, bundan bu yog‘iga oddiy xalq boshida ko‘p kaltaklar sinishi mumkinligidan darak bergani bilan ham ulkan hodisadir.
etilgach, yaxshi kunlar kelishiga ozmi-ko‘pmi umid uyg‘ondi. Ammo keyingi siyosatlar, xossatan “16 fevral uslubi” xalqning butun bu orzu-umidini chippakka chiqardi. Bunday “mustaqillik”ning o‘zi ham, uni e’lon qilganlar ham ikkiyuzlamachi ekanini ochiq ko‘rsatgani, ichki va tashqi siyosatda yomon tomonga keskin burilish nuqtasi bo‘lgani e’tiboridan ham 16 fevral olamshumuldir.
shabada tegadi deb entikib kutgan edi, ammo “kommunistcha mustaqillik”ning eng ko‘p jabri va og‘irligi ayni shu mahalliy xalq boshiga tushdi. SSSR zamonida qo‘li, tili uzun bo‘lganlar SSSR qulaganidan keyin ham hayotdan tom bahra olib, o‘ynab-kulib yurgani holda, eski zamonda zulm va xo‘rlik ko‘rib yashagan mahalliy xalqlar 16 fevral kabi turli bahonayu sabablar bilan yana o‘sha zulm va xo‘rliklar ostida qolaverdi. Ya’ni, 31 avgust mahalliy xalqlarga tom ma’noda mustaqillik bermadi, 16 fevral esa el boshiga tom ma’noda kulfat keltirdi. Bu ma’noda ham 16 fevral 31 avgustdan tepada turadi. Chunki kommunistlar 31 avgust kuni yuziga tortgan “mustaqillikchilik niqobi”ni 16 fevral yirtdi ‒ chin basharalarni ochib tashladi. 16 fevral voqealaridan qanday saboqlar chiqdi?
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 62
1. Bu davlat, bu hukumat o‘z xalqining ko‘ngliga yo‘l, tiliga til topa olmadi. Natijada xalqining do‘sti, himoyachisi, xizmatchisiga aylanmadi. 2. Bu davlat, bu hukumat “Vatan manfaati” deganda eng birlamchi hech to‘ymas nafsini, sira qo‘yib yuborgisi kelmayotgan amalini tushunadi, natijada yuritayotgan siyosati Vatan, Xalq, Davlatning asl manfaatlariga uyg‘un emas. 3. Bu davlat, bu hukumat dinga, xossatan Islom diniga zimdan dushmandir. 4. Bu davlat, bu hukumat Ollohga yashirin dushman, ya’ni, munofiqdir. 5. Bu davlat, bu hukumat so‘ng darajada shafqatsizdir: hokimiyatini saqlab qolish uchun eng jirkanch ishlarga ham qo‘l ura oladi – mansabiga xalaqit qilishi mumkin bo‘lgan raqiblarini, ozgina hur fikrli kishilarni o‘rtadan ko‘tarish maqsadida uyiga yo uloviga giyohvand modda, qurol tashlab qamaydi; tergovda ruhini sindirish uchun ko‘zi o‘ngida xotini yo qizini zo‘rlashgacha boradi; hatto dahshatli portlashlar uyushtiradi... va hokazo. 6. Bu davlat, bu hukumat har qanaqa makrdan qaytmaydi – mazlumlar qoni sachragan yuzini el ko‘zidan yopish, xalqi fikrini mamlakatning chin ahvolidan, ichki va tashqi siyosatda yo‘l qo‘ygan ketma-ket xatolaridan chalg‘itish uchun yo‘q yerdan “dushman” va “qora kuchlar” topib, turli tuhmat-bo‘htonlar uyushtirib, har xil “xavfli” yorliqlar yopishtirib, o‘z aybini ularga ag‘daradi, o‘zini esa tinch hayot, osuda osmon uchun kurashayotgan qilib ko‘rsatadi. Iqtidordan sira ketgisi va hokimiyatni qonuniy yo‘l bilan boshqalarga bergisi kelmaganidan “16 fevral” kabi chirkin va iflos ishlarga ham bemalol qo‘l ura oladi. 2005 yil 13 may kuni Andijonda bo‘lganidek yalpi qirg‘inlardan ham toymaydi. Prezidentning doimiy raqibi va tanqidchisi Muhammad Solih va boshqalarga suiqasd uyushtirib charchamaydi, har gal sharmandali tarzda oshkor bo‘lganiga qaramay, yiqilgan kurashga to‘ymas qabilida yana qotil yollab orqalaridan yuboraveradi! Mas., Abdulla O‘ta, Abduvali qori Mirzayev kabi din ulamolarini o‘g‘irlab, dom- daraksiz yo‘qotib yubordi. Obid qori Nazarovni Shvetsiyada ottirdi. Qamoqxonalardan qanchadan-qancha gunohsizlarning o‘ligi chiqdi... Bunaqa razil ishlar haligacha to‘xtayotgani yo‘q! Ajablanarlisi – siri ochilib qolganidan keyin ham tan olmaydi, uyalmaydi, hech narsa ko‘rmagan-bilmaganday bez bo‘lib turaveradi. Uyat yo‘q, or yo‘q, nomus yo‘q. 7. Bu davlat, bu hukumat do‘st bilan dushmanning farqiga bormaydi. Bir dinli-bir tilli do‘stlariga necha yillardan beri dushmanga o‘xshab muomala qilib kelyapti, hatto yon qo‘shni-jon qo‘shni Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston bilan hech chiqisha olmaydi, viji-vijilashib urishgani urishgan 46 . Xalqimiz asosan musulmon 46 Kelib chiqishi tojikistonlik yo qirg‘izistonlik bo‘lsa ishga, o‘qishga olinmayapti, oldindan ishlab kelganlari bo‘shatilyapti. Kechagacha et bilan tirnoqdek yashab kelgan xalqlar bugun o‘zaro dushmanga aylantirildi. Hatto er-xotinni bir-biridan ajratib, bola-chaqali oilani buzish darajasiga borib yetildi. Bir misol: O‘zbekiston tumanida Tojikistonning Isfara nohiyasi Lakkon qishlog‘i (O‘zbekistonga qo‘shni, o‘zbek-tojik aralash yashaydigan qishloq)dan tushgan kelin, ko‘p yillardan beri O‘zbekistonda yashayotgani, nikohdan ham O‘zbekistonda o‘tgani, bolalari O‘zbekistonda tug‘ilgani Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 63
bo‘lgani holda bironta musulmon davlati bilan qalin do‘st emas. Tili ham, dini ham bir bo‘lgan Turkiya bilan munosabatlar o‘ta tarang, hatto dushman kabidir. 8. Bu davlat, bu hukumat Turkiston tuproqlari qaytadan birlashishiga, yerli aholi boshi birikishiga tarixiy imkon va shart-sharoit yetilgan bir paytda, aksincha, qadimdan bir vatan bo‘lib kelgan o‘lkani tinimsiz mayda-chuyda gap-so‘zlar bilan yanada bo‘linib ketishiga sababchi bo‘lyapti. Umumiy siyosati ayniqsa turkiy millatlarning bir- biriga talpinishiga to‘sqinlik qilishga qaratilgandir. Turkiy davlatlar rahbarlari yig‘ilishlariga O‘zbekiston qatnashmay qo‘yganiga ancha yillar bo‘ldi. Prezident o‘zi ham bormaydi, boshqalarni ham qo‘shmaydi. Turkiy davlatlar bilan tuzilgan va tantanali imzolangan “Abadiy do‘stlik” haqidagi bitim qog‘ozda qolib ketgan. Bunday siyosat kimning manfaatiga xizmat qiladi? Harholda O‘zbekistonning va o‘zbek xalqining manfaatiga emas. 9. Bu davlat, bu hukumat o‘zi tuzgan Asosiy Qonunga suyanmaydi, suyanish tugul, pisand qilmaydi. Davlat siyosatini Bir Kishining qosh-qovog‘i belgilaydi. Odamlarda na Konstitutsiyaga, na xalq irodasiga, na qasamga va na saylovga hurmat qoldi. Qonunga Bosh rioya etmasa, boshqa a’zolar rioya etarmidi! Mamlakatdagi boshboshdoqlikning asosiy sababi shunda. Axloq izdan chiqdi. Poraxo‘rlikni eplab bo‘lmay qoldi. Mansab savdosi ochiq tus oldi. Davlat mulkini o‘marish, o‘g‘rilik, mamlakatga bojxonani chetlab mol olib kirish... kabi qing‘ir ishlar kuchaydi. Inson huquqlari toptaldi. Qonunlar ishlamas holga keldi. Mamlakatda to‘la va uzil- kesil prezident diktaturasi o‘rnatildi. 10. Bu davlat, bu hukumat so‘zining burdi yo‘q: 16 fevral aybdorlarini bir oy ichida topamiz deb xalq vakillari – deputatlar huzurida katta va’da qilgan, MXX boshlig‘i tili bilan: “Islom aka, mana, deputatlar huzurida men sizga so‘z beraman: u jinoyatchilarni bir oy ichida topamiz!!!” deb qasam ichgan edi 47 , oradan yillar o‘tdi, sira yopishmasa ham o‘nlab toifaga o‘nlab ayb qo‘yildi, biroq dalilli-isbotli aniq aybdor ham, dalilli-isbotli aniq sabab ham “topilmadi” va... asta-sekin “unutildi” – u haqda gap ochmay qo‘yildi. “Unutildi” dedik. Chinakamiga unutilgani yo‘q, indalmay qo‘yildi, xolos. Indalmayotgani bilan yuzlab, balki minglab yosh-yalangni qamashni unutgani yo‘q davlat! Qanchadan-qancha gunohsiz kishilarning boshiga yetdi bu qattol 16 fevral! 11. Bu davlat, bu hukumat xalqi bilan birlashib ketmadi, aksincha, bilibmi yo bilmay yuritgan siyosati natijasida davlatni xalqidan, xalqni davlatidan uzdi.
va hammasi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganiga qaramay, tuman MXXsi zo‘ri bilan yurtdan chiqarib yuborildi. Natijada oilasi orqasidan er ham chetga chiqib ketishga majbur bo‘ldi. 47 Albatta, aybdorlarni oldindan “aniqlab-belgilab” qo‘ygani uchun soxta ko‘rgazmalar yordamida ularning bo‘yniga qo‘yvorish oson bo‘ladi deb o‘ylagan edi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 64
16 fevral voqealari oradagi jarlikni yanada kattalashtirdi. Eng achinarli va afsuslanarlisi – davlat xalqiga, xalq davlatiga ishonmaydi, bir-biriga cho‘chinqirab qaraydi, bir-birida do‘stni emas, ko‘proq dushmanni ko‘radi. Bir-biriga to‘la ishonch bilan suyana olmaydi. Xalqning ham, davlatning ham kuchsizligi shundan. Bu degani osongina boshqalarga yem bo‘lish xavfi kuchaydi deganidir. Xalqiga qarshi urish ochib O‘zbekiston o‘zi g‘irrom va makkor tuzoqqa tushdi – iqtidorini chet kuchlarga muhtoj qilib qo‘ydi.
yurt manfaati uchun vijdonan ishlayotgan boshliqlarimiz aslo ozorlanmasinlar. Chunki tepamizda halol va vatanparvar boshliqlar ko‘p va ularning borligi evaziga ham balki mamlakat to‘lasicha cho‘kib ketmayotgandir. Yakkahokimlik sharoitida davlat va hukumat jilovi qo‘lida bo‘lgan juda ozchilik nazarda tutilayotganini alohida eslatmoqchimiz. To‘rtinchi ko‘chat Adabiyot millatning vijdoni... Ikki zamondosh buyuk shoirimizga yozilgan ikki xat 1. O‘zbekiston qahramoni, shoir Abdulla Oripovga
Nechun tomoshaga bunchalar o‘chsan?
Hurmatli Abdulla aka, ushbu xatimda sizning bir vaqtlar shov-shuv bilan o‘qilgan “Olomonga” degan she’ringiz haqida bugungi mulohazalarimni bildirmoqchiman. She’r sovet davrida yozildi. Onglarimizda bo‘mba kabi portlash hosil qildi. Har bir so‘zi, har bir satri orqasida buyuk shoir va buyuk shaxsni ko‘rib ko‘kslarimiz tog‘dek yuksaldi. Xalq she’rni ham, muallifini ham boshiga ko‘tardi. Mana, oradan yillar o‘tdi. Endi sovet yo‘q. Mamlakat mustaqil bo‘ldi. Bugun bu she’ringizni qayta o‘qib, har bir so‘zi, har bir satri orqasidan uning muallifini ‒ Abdulla Oripov shaxsini axtarib ko‘rdim. “Mustaqillik” sharoitida mamlakatda kechgan va kechayotgan, o‘tgan asr 37-yillariga o‘xshab ketadigan holatlarda shoir o‘zini qanday tutdi ekan, so‘ziga o‘zi sodiq qoldimikan, deb shaxsingizga boqqim keldi.
Va men nimalarni ko‘rmadim! Lekin mavzuga kirishdan oldin boshimdan o‘tgan bir hodisani eslasam. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 65
1999 yil erta bahori edi. Qo‘qonga Yaypan tomondan kirib kelishda temiryo‘l osha ko‘prik bor. Shu ko‘prikdan tushiboq meni Davlat avtomobil nazorati (DAN) xodimi to‘xtatdi. Hujjatlarimni so‘radi. Berdim. Aybimni aytdi – ko‘prik ustida bir moshinani quvib o‘tibman, mumkin emaskan. Moshinam raqamini ko‘rib: “Mehmonmisiz?” deb so‘radi. Jarimadan qutulib qolishga bir ilinj tug‘ildi, lekin men to‘g‘risini aytdim: “O‘zim asli shu yerlikman, ammo hozir mehmonman”, dedim. “Toshkentda qayerda ishlaysiz?” deb so‘radi xuddi yo‘l qo‘ygan xatomga ish joyim ham sherikday. “Sharq yulduzi” jurnali tahririyatida ishlardim, aytishimga to‘g‘ri keldi. Bilarkan. “Haliyam chiqyaptimi bu jurnal?” deb so‘rab qoldi. “Ha”, dedim. Hujjatimni ko‘rsatdim. Guvohnomada “Sharq yulduzi” yozuvi tepasiga “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi” yozuvi bitilgan edi. O‘shani o‘qib turib, birdan: “Menga qarang, raislaring Abdulla Oripovmi?!” dedi qiziqishdan ko‘ra ko‘proq do‘qqa o‘xshagan ohangda. “Ha. Nimaydi?” deyishim barobarida xuddi ayblini ushlagannamo qiyofada tirsagim teparog‘idan tutib, bir chetga tortdi. “Elning katta shoiri... Bir paytlar, Abdulla Oripov desa, tomdan tashlardim-a... Kecha televizorda ahvolini ko‘rib, hafsalam pir bo‘ldi. Nima, o‘zbek xalqi molpodamidi, minbarga chiqvolib, xo‘-o‘shsh, xo‘-o‘shsh, deydi?! O‘ziyam rosa ichib olgani bilinib turibdi. Alkash bo‘pqolmaganmi raislaring?!” dedi astoydil qayg‘urib. “Uzr, kechqurun televizor ko‘rmaganidim”, dedim xijolatomuz. “Ha, mayli, mana hujjatlaringiz, qoidani buzmay yuring endi, – deya meni qo‘yib yubordi va orqamdan: – Toshkentga borganingizda bir qiziqib ko‘ring-a, xalqni qirib yuborishga fatvo bervordi-ku bu raislaring!” deb qoldi. Toshkentga kela-kelgunimcha yo‘l melisasining gaplari hech xayolimdan ketmadi. Nima bo‘ldiykan, deyman. Kelasolib surishtirdim. Hammasi oydinlashdi: DAN xodimi aytgan voqea O‘zbekiston mamlakati sahnasida mashhur “16 fevral” tomoshasi o‘ynalgan kunlardan keyin “San’at saroyi”da uyushtirilgan bir tadbir chog‘i yuz bergan ekan. Bu yog‘i esingizda bordir, Abdulla aka. Tafsilotini aytib o‘tirishimga hojat yo‘q deb o‘ylayman. Yana kim biladi deysiz, xalqining boshiga katta kulfat tushib turgan bir kunda(!), bu kulfatning sabab-oqibatlarini muhokama ettirish uchun to‘platilgan o‘ta jiddiy bir yig‘inga(!) mast holda kelgan sizday bir hoji shoir u kunlarni eslaysizmi, yo‘qmi... Yaxshisi, qisqagina eslatib qo‘yaqolay. Xullas, 1999 yil fevralining 16-kuni Toshkentning u yer-bu yerida besh-oltita bo‘mba paq-puq etdi. Va bu paq-puqlar mamlakatda anchadan beri yetilib kelayotgan bo‘lg‘usi qaqshatqich qirg‘in (repressiya)lardan darak berdi. To‘g‘rirog‘i, o‘sha qirg‘inlarning boshlang‘ich nuqtasi (adabiyotcha aytilsa, prologi) bo‘ldi. “16 fevral” alohida tahlilga loyiq bo‘lganidan unga alohida mavzu ajratdim va tafsiloti bundan oldingi bobda kechdi. Bu xatimda hammasini takrorlab boshingizni Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 66
qotirib o‘tirmayman va asosiy masalaga – “San’at saroyi”dagi mashhur yig‘inga va sizning “otashin” nutqingizga o‘ta qolaman. Aytishlaricha, siz bu yig‘inda, sallani opke desa kallani opkeladigan tashkilot boshlig‘iga qarab: “Xo‘sh-sh, Zokirjon aka, bular nima istaydi o‘zi?! Endi ular bilan murosa qilib bo‘ladimi?! Ularni tarbiya qilib bo‘lmasa, Zokirjon aka, hammasini otib tashlash kerak! Nimaga qarab o‘tiribsiz, Zokirjon aka, otamizga qo‘l ko‘targanlarni ayab o‘tirmang, ushlang, qamang, otib tashlang hammasini!!!” degan ma’noda mastona jo‘shib so‘zlabsiz. Minbarga qo‘l bilan bo‘lmasa-da, og‘ir-og‘ir so‘zlar bilan “musht”labsiz. Saroyga va tele tevaragiga to‘planganlar xuddi mol podasiday ularga rosa “xo‘sh-sh, xo‘sh-sh”lab butun xalqimiz yuziga achchiq-achchiq malomat toshlarini otibsiz... Bu holingiz bilan siz boshqa kimsalardan (o‘zingizning iborangiz bilan aytganda, “olomon”dan) nima farqingiz qoldi?! 16 fevral voqealari mohiyatini “olomon” o‘ylamasa, siz o‘ylashingiz, “olomon”ning aqli yetmasa, sizning aqlingiz yetishi, “olomon” bilishga qiziqmasa, siz bilishga qiziqishingiz lozim emasmidi?! Siz kabi bir shoirni tug‘ib, ehtiyotlab katta qilgan, ilm berib mana shu darajalarga yetishtirgan, “16 fevral” tomoshasidan keyin esa “Endi nima bo‘larkin?” deya ming bir xavotirda titrab-qaqshab turgan mushtipar el sizday ziyoli bolasi og‘zidan boshqacha – o‘zingizga, nomingizga, sha’ningizga yarashiqli bir SO‘Zni kutgan edi! Axir siz o‘zingizga xos ijodingiz bilan xalq nomidan gapirishga haq qozongansiz, millatning vijdoni bo‘lmish adabiyotning eng ko‘zga ko‘ringan vakillaridan birisiz! Siz esa millatning vijdoni darajasidan “olomon” darajasigacha tubanlashib, Haqning va xalqning yonini emas, katta yolg‘onning yonini olib o‘tiribsiz! Albatta, odam kamchilikdan xoli emas, hamma ham xato qilishi mumkin – 16 fevral paq-puqlari ortida nima ishlar borligini ko‘p qatori siz ham birdaniga ajrata olmagandirsiz. Chunki hali paq-puqlar shovqini so‘nmay, chang-to‘zonlari to‘la bosilmay turib uning tagidagi va orqasidagi ishlarga, ya’ni, ildiziga birdan yetib borish qiyin, albatta. Lekin xuddi shu bilmaslik odamni sergak torttirishi, xavotirga solishi va he yo‘q-be yo‘q “xo‘sh-sh, xo‘sh-sh”lab xalq ustiga tashlanib qolishdan tiyishi lozim edi. Buning o‘rniga, sal o‘zingizni bosib, nomingiz va sha’ningizga yarasha maqomda turib so‘zlashingiz kerak edi. Ya’ni, masalan: “Rustam aka Inoyatov, Zokirjon aka Almatov, to‘g‘ri, juda yomon ish bo‘ldi, ichimizda qandaydir qora kuchlar borga o‘xshaydi, ular mustaqil vatanimiz tinchini buzish maqsadida jirkanch bir ish qilishdi, buni aslo kechirib bo‘lmaydi, bu qora ishlarning chinakam aybdorlarini topish, munosib jazosini berish kerak! Bu qadar shafqatsizlik xalqimizga xos emas, bizning xalqimiz bunaqa ifloslikka bormaydi, bu yerda boshqa gap borga o‘xshayapti, shuning uchun sizlardan aybdorni axtarishda nihoyatda ehtiyot bo‘lishni, gunohsizlar jabr ko‘rib qolmasligi uchun voqeani chuqur o‘rganib chiqishni iltimos qilaman. Bunday og‘ir kunda biz Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 67
Prezidentimiz yonidamiz, biz sizlarning yonlaringizdamiz!” desangiz ham bo‘lardi, bizningcha. Harholda, qo‘qonlik DAN xodimi kabi oddiy-sodda kishilardan tarkib topgan, sizni tug‘ib, parvarishlab, katta shoir qilib yetishtirgan va boshiga toj qilib ko‘targan xalq (olomon emas!) millat vijdoni bo‘lmish adabiyotning sizday bir vakilidan kam deganda mana shunaqa munosabatni kutgan edi va buni kutishga haqlidir ham! Qolaversa, siz u minbarga shoir Abdulla Oripov bo‘lib emas, O‘zbekistonday katta bir mamlakat yozuvchi va shoirlarining, ziyolilarining darg‘asi ‒ Yozuvchilar uyushmasining raisi o‘laroq chaqirilgan edingiz. Siz buning mas’uliyatini teran his etgan va orqangizdagi yuzlab ziyolining obro‘yini ham saqlagan holda... og‘zingizga qarab gapirishingiz kerak edi! 48
Bunaqa kir ishlar qay tariqa uyushtirilishini va oqibati nimalarga olib kelishini yaqin tarixdan juda yaxshi bilasiz. Chunki “xalqlar otasi, ulug‘ va mehribon” Istalin (Stalin) o‘tgan asr birinchi yarmida tarix sahifalariga o‘zining “37-yillar” fojia asarini bitar ekan, undan oldin “Kirovga suiqasd”, “Do‘xtirlar ishi” kabi “Ish”larni katta rejali qirg‘inlariga boshlang‘ich nuqta (prolog) qilib olganini o‘qigansiz, bilasiz. Ana o‘sha Istalin har bir qatliomi oldidan yo ketidan zovutlarda, fabrikalarda, kolxoz-sovxozlarda xalqni (olomonni!) to‘plashni yaxshi ko‘rar, har bir qora ishiga shu “xalqi”dan fatvo olar edi. “Xalq vakillari” minbarlarga chiqib Yejov, Yagoda, Beriya, Vishinskiy (o‘zimizda Apresyan, Agabek(yan)ov) kabi jallodlarga xitoban: “Mehribon Otamizga, jonajon partiyamizga qarshi chiqqanlar xalq dushmanlaridir! Qamang! Surgun qiling! Oting! Qirib tashlang!” deya ko‘zlari qonga to‘lib shovqin-suron ko‘tarishar, shu damda u “xalq dushmanlari” qo‘liga tushsa yeb tashlaguday vahshat bilan hayqirishar edi. Holbuki, ertaga o‘zlari ham “xalq dushmani” atalishlari mumkin edi! Aytgancha, “Olomonga” deb nomlangan she’ringizda xalqqa qarata “Nimasan?
qilganingizda siz ayni mana shu holatni ‒ odam bolasidagi sotqinlik deb atalmish tuban bir xislatni nazarda tutgan bo‘lsangiz kerak, shunday emasmi?! Abdulla aka, sizning ko‘p she’rlaringiz yosh avlodga o‘z vaqtida eng kerakli ruhiy oziq bo‘lgan. Sovet davrida satrlaringiz orasidan dardlarimizga malham topganday
48 Bunday qaraganda, bu odat siz uchun yangilik emas. Mamlakat va millat taqdiriga tegishli og‘ir va mas’uliyatli masalalar hal bo‘layotgan pallalarda siz nuqul o‘zingizni yengil tutasiz, har qanday mulohazani yig‘ishtirib qo‘yib, kimlarningdir topshirig‘ini bajarib berasiz. Bitta misol. Esingizdami, O‘zbekiston Fanlar akademiyasida ming yillik tarixga ega eski o‘zbek yozuvinimi yo lotin yozuvinimi tanlash masalasida o‘tkazilgan yig‘ilishda siz ham nutq so‘zlagansiz. Ilk Til qonunidagi “asta-sekin eski o‘zbek yozuviga o‘tish” haqidagi modda prezidentga yoqmay qolib lotin yozuvi targ‘ib-tashviq etilayotgan pallalar edi. Odatingizga ko‘ra, davlatning “iltimosi”ni qoyillatib o‘rinlatdingiz ‒ lotin imlosini eski o‘zbek imlosidan ustun deb yoqlab berdingiz. Lekin bironta jiddiy dalil-hujjat keltirmadingiz. Ming yillik tariximiz, merosimiz taqdiri hal bo‘lyapti, siz esa bor-yo‘g‘i kamputir yozuvini va aeroportlarda chiqish qog‘ozlari lotincha to‘lg‘azilishini (!) sabab qilib ko‘rsatdingiz! Xuddi arab, yapon, xitoy, karis, gurji, armani... yozuvlari kamputirga tushmaydigandek! O‘shanda u yig‘inda men ham bor edim va ikki yirik tilshunos olim sizning kurakda turmaydigan bu “dalil”ingizga chidamay: “Bu nima maynavozchilik?!” deb yuborganini o‘z qulog‘im bilan eshitganman, shartta turib yig‘ilishdan chiqib ketganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. |
ma'muriyatiga murojaat qiling