Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
- “Qalqon bo‘lganmiding kelganda balo”
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 68
bo‘lardik. She’rlaringizni o‘qib yig‘lardik, yupanardik, quvonardik, tevaragimizga boshqacharoq ko‘z bilan qarashga urinardik. Xalqimizning buyuk shoirlari Erkin Vohidov, Rauf Parfi va siz butun ijodlaringiz bilan, ayniqsa sovet davrida – xalqimiz mustamlaka holatida maddoh adabiyotning, maddoh she’riyatning sovetcha yaltiroq devorini teshib, yangicha fikrlashga go‘yo tuynuk ochib berdilaringiz. Keyingi avlod tuynukdan bu yog‘ida ham hayot borligini bilib, bu hayotda quvonch bilan dard hamisha yonma-yon yashashini ko‘rib voyaga yetdi, erkinlik istash ruhida tarbiya topdi, sizlar ochgan tuynukni yanada kengaytirdi, ochgan yo‘llaringizni maromiga yetkazdi – buni xalqimiz minnatdorlik ila eslaydi. Garchi Rauf Parfi, Cho‘lpon Ergash, Shavkat Rahmon kabi mustahkam e’tiqodli shoirlardan farqli o‘laroq, siz sovet davridagi ancha-muncha she’ringizda kommunistik davrni ham to‘lib-toshib kuylagan, “dohiy” Lelin sha’niga chin yurakdan madhiyalar o‘qigan bo‘lsangiz-da, milliy adabiyotimiz cho‘qqisi hisoblangan ayrim she’rlaringiz millat uyg‘onishiga sababchi bo‘lgan deb bemalol aytsa bo‘ladi. Ya’ni, adabiyotimiz qizil shiorlar yig‘indisidan iborat quruq she’riyatdan yurak qoniga yo‘g‘rilgan dardli she’riyatga aylanishida siz qo‘shgan hissani ko‘p qatori men ham yuksak qadrlayman va loyiq o‘rniga qo‘yishga harakat qilaman, juda ko‘p she’rlaringiz qarshisida doim ikki qo‘lim ko‘ksimdadir. Ammo... Afsus, she’r boshqa, shoir boshqa ekan! Adabiyot boshqa, hayot boshqa ekan! Sizning ijtimoiy faoliyatingiz, shaxs sifatida jamiyatda o‘zingizni tutishingiz she’riy va adabiy qozonchlaringizning teskarisi bo‘lib chiqdi! Adolat tarozisiga solib, Haqiqat o‘lchovlarida o‘lchaganda, shoirlik bilan topgan sharafli nomingizni arbob sifatida ancha-muncha qoraga bo‘yab qo‘ydingiz! Aslida-ku, “San’at saroyi”dagi u nutqingiz sizning aslingizdir. Sizni yoshlikdan to shu kungacha taniganlar u nutq ohangiga zarracha ajablanmaydi. Bundan boshqacha bo‘lishi mumkin emas deydi-qo‘yadi. 60 yoshga to‘lganingizda sizning maqtovingizda balandparvoz qasida bitgan bir shoir ukangiz har naqarotda “Zamonlar o‘zgardi, siz o‘zgarmadingiz!” deb qayta-qayta ta’kidlaganida shu ma’noda to‘g‘ri aytgan edi 49 . Ya’ni, 16 fevral voqealaridan keyin “San’at saroyi”da so‘zlangan u nutq yillar davomida shakllangan va o‘zgarmay kelayotgan fe’l-ho‘yning mantiqiy hosilasi edi, xolos. Albatta, xalq dardini ko‘rib turish, doim his etib yashash va xalqqa qo‘shilib kuyish juda-juda og‘irdir. Balki shu og‘ir yukdan qochish uchun ham ayrim tuppa-tuzuk kishilar sovet davrida ichkilikka berilib ketgandir. Hushyorlik beradigan azobdan mastlik beradigan allalovchi rohat yaxshi-da! Lekin mayxona halol boshpana emas, qo‘rqoq va kuchsiz vijdonlar qochib borib bekinadigan harom bir ovloqdir. Bu ovloqqa kirib ketgan odam o‘zini tevaragida yuz berayotgan adolatsizliklarni, zulmni, yolg‘onchiliklarni ko‘rmayotgan-ilg‘amayotganga
49 Boshqa ma’noda u maddoh (sizni maqtab yozgan) shoir haqsizdir: chunki siz har zamonda o‘zgarib, o‘sha zamonning choponini kiyar, o‘sha zamonning ohangida kuylar edingiz. Achchiq haqiqat shu. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 69
solsa ham, to vijdoni to‘la o‘lmagan ekan, azobidan qochib qutula olmaydi. O‘zini aldagani qoladi, xolos. Mastlik juda nari borsa vaqtincha “orom” beradi. Undan ko‘ra achchiq haqiqatga ochiq ko‘z bilan qaraganga nima yetsin! Ham sharaf, ham chinakam ziyoliga munosib! Qaytanga harom ovloqlarga biqinib olgan mast kishining ahvoli xalq dardiga qo‘shilib kuygan hushyor kishining ahvolidan og‘ir va achinarlidir 50 .
Ulug‘ shoirsiz! Shaxsiy o‘rnagingiz ham shu sharafingizga munosib bo‘lsa edi degan ukalarcha orzuda ushbularni yozmoqdaman. Bilasiz, ijodkor nafaqat ijodi, balki hayotda tutgan o‘rni bilan ham xalq orasida adabiyotning obro‘yini yuksaltirishi, millatning vijdoni bo‘lishdek sharafga erishtirishi mumkin. Ammo, ayni choqda, yuksak obro‘ni ketkazib qo‘yishi va millatning vijdoni bo‘lishdek yuksaklikdan o‘tkinchi va yolg‘on siyosatning malayi bo‘lishdek tubanga tushirib qo‘yishi ham mumkin. Shunisidan Olloh saqlasin. Endi asosiy gapga keldik. O‘zi aslida “Olomonga” she’ringiz haqida gapirmoqchi edim. Kirish qismi bir oz cho‘zilib ketdi, uzr. 1992 yili G‘afur G‘ulom nashriyotida chop ettirgan “Munojot” saylanmangizda bu she’r mana bunday kelgan:
Mashrab osilganda qayoqda eding? Cho‘lpon otilganda qayoqda eding? 51
Surishtirganmiding Qodiriyni yo, Qalqon bo‘lganmiding kelganda balo?
Hukmlar o‘qilur sening nomingdan, Tarixlar to‘qilur sening nomingdan.
Nimasan? Qandayin sehrli kuchsan? Nechun tomoshaga bunchalar o‘chsan?
Qarshingda hasratli o‘yga tolaman, Qachon xalq bo‘lasan, ey, sen – olomon?! (1980)
50 2015 yil 23 no‘yabir kuni bir diyonatli shoir ukamizdan xat oldim. Unda yozishicha, Abdulla Oripov yaqin besh yildan beri ichmayotgan emish. Men imonli shoir ukamizning guvohligini qabul etaman. Ollohga shukr. 51 She’r ostiga “1980” sanasi qo‘yilgan. Go‘yo 1980 yiliyoq Cho‘lponni ham himoya qilib chiqilgandek. U yillari Abdulla Qodiriyni to‘la oqlash haqida gap yurardi, ammo, tan oling, Cho‘lpon ismini qo‘ya olmas edingiz! 80-yili yozilgan nusxada “Cho‘lpon” so‘zi o‘rnida ispan shoirining oti “Lorka” kelgan. O‘quvchi chalg‘imasligi uchun sana to‘g‘ri ko‘rsatilishi, hech bo‘lmaganda keyingi tahrir haqida izoh berilishi kerakmidi...
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 70
Bu she’ringiz oshkoralik yillari ko‘plar qatori menga ham juda yoqqan edi. Sovetning diqqinafas hayotida ijtimoiy adolatni qo‘msagan, millat ozodligini sog‘ingan ko‘ngillarimizga o‘ziga xos bir epkin bo‘lib kirdi bu she’r. Odamlar orasiga yoydik, maydonlarda ovozimizni baralla qo‘yib o‘qidik – “olomon”dan xalq yasamoqchi bo‘ldik o‘zimizcha. Mana, oradan hech qancha vaqt o‘tmadi. Orziqib kutganimiz mustaqillik... o‘rniga kelgan “muztar qullik”ning mazasini ham ozmi-ko‘pmi tatigan bo‘ldik. Shu qisqa vaqt ichida yetmish yil sovet davrida ko‘rgan va ko‘rmagan ko‘rgiliklarni ham ko‘rib ulgurdik. Fe’l-ho‘ylarning tovlanishlarini, ijodkorlarning evrilishlarini ko‘rdik. Hayotga, mustaqillikka munosabatlarimiz o‘zgardi. Bugun endi sizning ushbu “Olomonga” she’ringiz ham boshqa qirralari bilan o‘rtaga chiqdi. O‘qisak, boshqacha ta’sir oladigan bo‘ldik. Rosa o‘ylab, rosa sinchiklab quloq solinsa, ayniqsa, sizning shaxsiyatingiz va ijtimoiy faoliyatingiz ‒ keyingi yigirma yil ichida o‘zingizni qanday tutganingiz qirrasidan boqilsa, sirtdan ijtimoiy adolatni kuylagan bo‘lib ko‘rinuvchi bu she’r satrlari ostidan ko‘ngillarni g‘ash qiladigan ohanglar tuyila boshladi... Ha, she’rda sho‘rlik oddiy xalqqa juda og‘ir ayb qo‘yilgan, ta’na-malomatda chegaradan chiqib ketilgan ekan, natijada satrlar so‘ngidagi har bir so‘roq alomati oradan hech qancha o‘tmay o‘z boshingizga kamida o‘ntadan to‘qmoq bo‘lib qaytyapti. Tarix sizdan o‘chini ola boshladi. Siz “Mashrab osilganda qayoqda eding?” deb xalqingizni so‘roqqa tutar ekansiz, zamonlar ichra har xil malomatlar eshitaverib bo‘yinlari egilib ketgan bu sho‘rlik xalq yerga boqib: “Muhammad Solih yurtdan quvilganida, orqasidan bir necha marta suiqasdlar uyushtirilganida 52 , Emin Usmon soxta aybnomalar ila ikki bor qamalganida va oxiri qamoqdan o‘ligi chiqqanida, Yodgor Obid sevgan Vatanidan chiqib ketishga majbur bo‘lganida, Mamadali Mahmud bir kishiga do‘stligini ochiq aytgani va bu do‘stligidan qaytmagani uchungina zindonda uzoq vaqt ushlab turilganida, Gulchehra Nurullayeva siyosatga sal boshqacharoq munosabatda bo‘lgani uchun nafaqat ijtimoiy hayotdan, balki adabiyot dargohidan ham bir chetga surib qo‘yilganida, din ulamolari – imom Abduvali qori va Abdulla O‘ta kuppa-kunduzi o‘g‘irlab ketilib, qayerlardadir gumdon qilib yuborilganida, imom Muhammad Rajab qaytib chiqmas qilib qamoqqa tiqilganida (o‘n bir yilga hukm qilinib, yaqin yigirma yildan beri hanuz zindonda! ‒ N.M.R.)...
52
http://wikibit.me/video/0_UQ7i13kpc
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 71
bu ishlarni 53 sen ko‘rib o‘zingni ko‘rmaganga solib bugun qayerda turgan bo‘lsang, biz manglayi sho‘rlar ham mash’um 37-yillari xuddi shunaqa yerda turgan edik, ey shoir Abdulla bolam...” der edi go‘yo. Siz: “Lorka (Cho‘lpon) otilganda qayoqda eding?” deb xalqqa dag‘dag‘a qilar ekansiz, bunaqa zug‘umlarni ko‘raverib ezilgan, ammo donoligini yo‘qotmagan xalqim alamli nigohlari ila yana yer chizib: “O‘nminglab mo‘min-musulmon vatandosh soxta aybnomalar ila qamoqqa tiqilib, tubi ko‘rinmas zindonlardan yuzlabi o‘lib chiqqanida, yigirma yildan beri yuzminglab musulmon yosh-yalang ta’qib va tazyiqqa uchrab omonat kun kechirayotganida... sen qaysi kavakka biqinib kirib ketgan bo‘lsang, oddiy tirikchilikdan va sen kabi ulug‘larni tug‘ib voyaga yetkazib berishdan boshqa tashvishi bo‘lmagan biz sho‘rliklar ham mash’um 37-yillari o‘shanaqa kavakdan pana topgan edik, ey aqli hamma narsaga yetguvchi buyuk Abdulla bolam...” deyayotganday bo‘ladi. Siz: “Surishtirganmiding Qodiriyni yo?” deb o‘zingizni haqiqatni surishtiruvchi qilib ko‘rsatar ekansiz, Abdulla Qodiriyning asarlarini kechalari jinchiroqlarda o‘qib, bolalariga uning ruhini yetkazgan va ko‘p hollarda uyidan o‘sha Qodiriyning arabcha imloda bitilgan bor-yo‘g‘i bitta asari chiqqani uchungina qon qusishga majbur qilingan chorasiz xalqim zulm tovoni tagida chirpanarkan: “Biz-ku oddiy odammiz, tevaragimizda nimalar bo‘layotganini u zamonlarda surishtirishga ko‘p ham ongimiz yetmagandir, ammo sen, ey dunyoning tubiga yetgan, hatto butun boshli xalqni olomonga chiqazib o‘zidan boshqaga pisandsiz bo‘lib qolgan arbob Abdulla bolam, sen nima qilding? Mustamlaka bilan “mustaqillik”ning farqiga bora olmayotgan, yangi davrning butun jabr-sitamlarini yigirma yildan beri qadoq yelkasida ko‘tarib kelayotgan mushtipar xalqingning ahvolini bir marta surishtirdingmi sen? Qo‘ling “mustaqillik me’mori”ga qasida bitishdan bo‘shagan damlarda millatingning bugun tushib qolgan va kelajakda tushishi mumkin bo‘lgan ahvolini o‘rgandingmi hech?! Axir sen siyosatchi emas, adabiyotchisan-ku! Adabiyot millatning vijdoni sifatida doim va asosan haq va xalq tomonida bo‘lishi kerak emasmidi?!” deyayotgani tayin. Yana bu mushtipar, ezik xalqim “olomon” degan haqoratga chiday olmay alamdan bundaylar deydi:
53 Sanalmaganlari yana qancha! Shu o‘rinda kichik bir izoh: asarda Abduvali qori Mirzayev, Abdulloh O‘ta, Muhammad Rajab yo Obid qori Nazarov ismlari tilga olinarkan, bu narsa muallifning ular bilan hamfikr yo ular yo‘lida ekanini bildirmaydi. Bu kishilarni va ular kabi juda ko‘p mo‘min-musulmonni davlat qonunsiz va haqsiz usullar qo‘llab qamaganiga misol tariqasida sanalyapti ular. Aybi bo‘lsa, oldidan kelib, qonunga ko‘ra ushlab, ishini mahkamaga chiqarib, aybini bo‘yniga qo‘yib, so‘ng qamasa, uni zulm deyilmaydi. Bittasi uyiga granata va nasha tashlab ushlansa, bittasi aeroportda, boshqasi ko‘chada “o‘g‘irlab” yo‘q qilib yuborilsa, bu ishlar zulmdan tashqari, xalqi uchun davlat xavfli bir tashkilot ekaniga ham dalolat qiladi. E’tiroz shungadir. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 72
chog‘i har xonadondan kamida bir kishisini yo‘qotgan ota-bobolaringni ayblayapsanmi? U og‘ir zamonlarda, balo hammaning boshiga yog‘ilib turganida biz tushunmagan bo‘lsak-da, tushungan sen kabi ziyolilar ham sichqonning inini ming tangaga sotib olishga tayyor bo‘lib qolganini nahot bilmasang?! O‘lganning ustiga tepishing nimasi, Abdullajon bolam?! Shundoq ham xo‘rlanganlarimiz, toptalganlarimiz yetmasmidi?! Aybimiz u og‘ir yillari yashaganimizmi? Mana, sen “mustamlakachilik” deb nomlanmish u zamonlarni ham, “mustaqillik” deb ulug‘lanayotgan bu zamonlarni ham ko‘rding, ko‘ryapsan. Ammo yozgan asarlaringga qaralsa, o‘tgan zamonni ham, bu zamonni ham birday “dorilomon kunlar”, “baxtiyor damlar” deb kuylab kelyapsan. O‘tgan zamonning rahbar tashkilotini “Najot qal’asi” deb ulug‘lagan bo‘lsang, bu zamonning rahbar shaxsiga “Sarbon”, “Yurt egasi” v.h. deb sanolar o‘qiyapsan. Qaysi so‘zingga ishonaylik: u davrga to‘qigan madhiyalaring rost bo‘lsa, bu zamonniki yolg‘on, bu zamondagi madhiyang rost bo‘lsa, ilgarigi gaplaring yolg‘on. O‘zingning holing bunday bo‘lgani holda qanday qilib bizdan adolatsizliklarga qalqon bo‘lishimizni istaysan?! Xo‘p, “xalqlar otasi, ulug‘ va mehribon” Istalin bobo qatliomiga biz noshud xalq hech to‘sqinlik qila olmay, “tomoshaga o‘ch” bo‘lib turgandirmiz. Sen-chi?! Sen bugungi Islomqul boboning qaysi adolatsizligiga qalqon bo‘lding? Aldamchi saylovlar o‘tkazilganida“Yetar!” deb chiqdingmi? Muxolif ijodkorlarga tuhmatlar, siyosiy ayblar taqalganida “Unday emas!” deya oldingmi? Ijod ahlidan bir-ikkitalari siyosiy bosim ostida televizor orqali elning katta bir shoirini azbaroyi siyosatga aralashgani uchun... siyosatchi sifatidagina emas, shoir sifatida ham inkor etganida sen yozuvchi va shoirlarning darg‘asi o‘laroq “Ho‘v hamkasabalar, har narsa desalaring ham shoirligiga til tekizmanglar, bu qadar tubanlashmanglar!” deb ularning og‘ziga urdingmi? Taniqli yozuvchi Emin Usmon haqsiz qamalganida bu bedodlikka qarshi ko‘ksingni qalqon qilib turib berdingmi? Ikkinchi bor qamalib, qamoqdan o‘ligi chiqqanida-chi... hech yo‘q janozasiga bordingmi? Aksincha, bu ayanchli xabar dunyoga tarqalganida chet radiolardan birining muxbiri senga qo‘ng‘iroq qilib bu voqeani sharhlashingni so‘raganida nima deb javob berganing hartugul esingdadir: “Ha, endi... Emin Usmon o‘zi Yozuvchilar uyushmasiga kelmay qo‘ygan... aloqasini uzgan edi...” degan ma’noda chaynalgan eding. Bir inson, bir adib qamoqda shubhali tarzda o‘lib ketyapti, adiblarning darg‘asi o‘laroq sening munosabatingni qara! Zarracha achinish yo‘q. Aksincha, o‘lganning ustiga chiqib tepkilading go‘yo. O‘shanda bu qo‘rqoqliging va ikkiyuzlamachiligingdan biz oddiy qora xalq xijolatlar bo‘lib ketganmiz. Ishongan tog‘imizdan bu xil munosabatni ko‘rib, yer yorilsayu yer ostiga kirib ketsak, deganmiz! Yoki yana: xalqimizning to‘qson foizi mo‘min-musulmon bo‘lgani holda yigirma yildan beri yurtimizda Islom diniga qarshi urush ochildi, minglab, o‘nminglab vatandosh dini uchun qamoqda yotibdi, ko‘plari hatto zindonlarda o‘lib ketdi, shu Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 73
elning ma’naviy yo‘lboshchilaridan biri bo‘lmish sening qaysi bir tuking titradi? Yo namoz o‘qiydigan, ro‘mol o‘raydigan, mast qiluvchi ichkilikni harom deydigan, bolalariga egri bilan to‘g‘rini ajratib tanitishni xohlagan, aybi e’tiqodi bo‘lgan o‘g‘il- qizlarimiz sen uchun haqsiz qamalsa ham, o‘ldirib yuborilsa ham bo‘laveradigan qadrsiz, qiymatsiz borliqlarmi? Nahot achinmaysan? Yo ularning yonini olsang, surishtirsang, qalqon bo‘lsang, obro‘-martabang ketib qoladimi? 2005 yili 13 may kuni insonlik haq-huquqini talab qilib maydonga chiqqan minglab andijonlikni – erkagu ayol demasdan, yoshu qari demasdan, hatto murg‘ak go‘daklarni shafqatsizlarcha otib tashlashga buyruq berilganida nimaga o‘rtaga qalqon bo‘lib otilib chiqmading?! Siyosat ularning barchasini yoppasiga jinoyatchi deb atagan bo‘lsa, hamma yoppasiga jinoyatchi bo‘lishi mumkin emas(!)ligini millatning vijdoni bo‘lmish adabiyot darg‘asi sifatida sen juda yaxshi bilar eding-ku! Bilmasang, bilishing lozim edi-ku?! Bizlarni “olomon” deb haqoratlab tilimizni qichitib nima qilasan, ey buyuk shoir Abdullajon bolam?! Aytgancha, kuchishlatar idoralarni millatiga qarshi olakishlab, yuksak minbardan... tele orqali... o‘ttiz milyonli xalq (olomon emas!) ko‘zi o‘ngida... “Qamang! Oting! Qiring!” deb turgan senday bir shafqatsiz bolamiz xalqni zulmlardan qo‘riydi, adolatsizliklarga qarshi qalqon bo‘ladi deb kutishning o‘zi xato. Sen mustamlaka sharoitida ham ko‘proq o‘zingni o‘ylading, xalqqa qalqon bo‘lmading, xalqni tashlab, “Najot qal’asi”ga sig‘inding, hozirgi “mustaqillik” sharoitida ham faqat o‘zingni va bola-chaqangni o‘ylayapsan, qalqon bo‘la olmayapsan, shu ketishing bo‘lsa, bundan keyin ham qalqon bo‘lmaysan, bo‘la olmaysan. Qalqon bo‘lish ne, bugun o‘zingni tutishingdan bilinib turibdi: xuddi 37-yillar Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor kabi yozuvchilar buyuk adibimiz Abdulla Qodiriy go‘rga kirishiga sababchi bo‘lgani singari, sen ham hech ikkilanmasdan ularning ishini takrorlayverasan. Bo‘lmasa, Oybek ham, G‘afur G‘ulom ham, Abdulla Qahhor ham hazilakam adiblar, hazilakam shaxslar emasdi! Sendan baland bo‘lsalar baland edilar, aslo kam emasdilar. Ammo iste’dodlari ularni nozik pallalarda mard sifatida asrab qololmadi! Nachora, yuksak iste’dodning o‘zi shaxsni butun qilib bera olmas ekan. Endi, insofing bo‘lsa, o‘zing ayt: tomoshaga o‘ch bizlar ekanmizmi yoki yigirma yildan berigi hamma tomoshani yutoqib ko‘rib kelayotgan, adolatsizliklarga qarshi g‘ing deyish tugul, aksincha, zulm kuchaygani sari zolimning har bir harakati va so‘zini olqishlab turgan sen o‘chmisan?! Ana shunaqa, bolam, pichoqni oldin o‘zingga ur, og‘rimasa birovga ur. Biz sen nazarda tutgan ma’nodagi olomon emasmiz, oddiy odamlardan tashkil topgan xalqmiz. Aqllilarimiz, kuchlilarimiz, boshliqlarimiz bizni qayoqqa yetalasa, Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 74
ketaveramiz. Xohlasang ham, xohlamasang ham yetovga muhtojmiz. Hozirgacha shunday bo‘lib keldi, bundan keyin ham shunaqa bo‘ladi. Bizni to‘g‘ri yo‘llarga boshlasin deb Olloh ichimizdan senga o‘xshaganlarni yetishtiradi. Sen yelkangdagi vazifani bajarmay, aksincha, teskari tomonlarga yetalab ketayotgan bo‘lsang, bizda nima ayb?! Issiq xonalarda, yumshoq oromkursilarda, xalqdan ajralib olib, seni yetishtirgan va boshiga ko‘targan xalqni malomat qilish, “Qayoqda eding?.. Nimaga qalqon bo‘lmading?.. Odam emassan, olomonsan sen!” deb yerga piypalash oson!..” ...demaydimi? Desa, haq bo‘lmaydimi?! Albatta, xalqning bu kabi haqli malomatlari sizga ham, ayrim muxlislaringizga ham og‘ir botar, “Bunchalik emas-da endi!” deb e’tiroz bildirishar. “O‘ziga emas, so‘ziga qarang! Abdulla Oripov so‘zi (she’ri) bilan tarixda qoladi!” deyishar. Ammo qachondan beri o‘lchovlarimiz buzildi?! Qachondan beri o‘zi boshqa-so‘zi boshqalik ijobiy baholanadigan bo‘lib qoldi?! Siz va muxlislaringiz Alisher Navoiyni o‘zi boshqa edi, so‘zi boshqa edi deya olasizlarmi?! Kim Zahiriddin Muhammad Boburni, Mashrabni, Ogahiyni... o‘zi boshqa, so‘zi boshqa deya oladi?! Boshda payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) o‘laroq barcha sahobalar, ulardan keyingilar, buyuk olimlar, adiblar, barcha ulug‘larimiz nimaga bunday martabaga erishganlar? Albatta, so‘zlari bilan o‘zlari bir bo‘lgani uchun! Aks holda musulmon xalqimiz ularni bunchalik qadrlamas edi. Chunki ijobiylikning o‘lchovi bitta va u o‘zgarmaydi ‒ kishi so‘zi bilan o‘zi bir bo‘lsin! Bunday yuksak holat juda ozchilikka nasib etsa-da, xalq shundaylarni izlab topadi, shundaylarga ergashadi va kerak bo‘lsa boshiga ko‘taradi! Ha, Abdulla aka, siz ulkan shoirsiz. Balki shaxsingiz ham iste’dodingiz darajasida ekanmi-yo‘qligini sinab ko‘rish uchun Olloh 37-yillardagiga o‘xshash jabr-zulmlarni “mustaqillik” zamonida qaytadan xalqimiz boshiga atay yuborgandir. Bir paytlar o‘ylamay xalqqa qarata otgan og‘ir malomat toshlari evaziga o‘shanday kunlarni bu bandam ham bir yashab ko‘rsin-chi, o‘zini qanday tutarkin deb sizni bu jabr-zulmlarga guvoh qilgandir. Chunki Olloh taolo hech bir ishni hikmatsiz qilmaydi. Va siz ko‘plar qatori bu imtihondan o‘ta olmadingiz – o‘zingiz malomat qilgan o‘sha “tomoshaga o‘ch” olomonning bittasiga aylanib qoldingiz! Sizni yigirma yildan beri mamlakatda yuz berayotgan shuncha salbiy ishlardan xabarsiz edi, bilmasdi deb bo‘lmaydi, albatta. Ikki holatdan biri: yo hamma ishni ko‘rib-bilib turib o‘zingizni ko‘rmagan-bilmaganga solib yashayapsiz, yoki vijdonni ko‘rpacha qatiga yashirib, mastona tomosha qilib o‘tiribsiz! Afsuslanarli taxminimizcha, bu yerda ikkala “yo” ham to‘g‘ri. Xalqimiz oldingizga va ma’naviyatimizning siz kabi darg‘alari oldiga masalani shu tarz ko‘ndalang qo‘yishga, yuksak talablar bilan shunaqa og‘ir so‘zlarni aytishga, |
ma'muriyatiga murojaat qiling