Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

75 


sizdan va ma’naviyatimizning siz kabi darg‘alaridan bu savollarga qoniqarli javob 

kutishga haqlidir. 

Bir paytlar xalq tomon irg‘itgan malomat toshlaringiz aylanib-o‘girilib kelib bugun 

bu tarzda o‘zingizga qayta boshlagan bo‘lsa, endi uni iste’dodingiz va shoirlik 

martabangiz darajasida munosib qarshilashga, ko‘ksingizni mardlarcha tutib berishga 

majbursiz! Chunki, yana qaytaraman, siz katta shoirsiz! 

O‘rni kelib qoldi, o‘tgan asrning bugungiday taloto‘pli davrlarida SSSR 

yozuvchilari darg‘asi Maksim Gorkiy o‘zini qanday tutganini bir qur eslasak. 

Proletar diktaturasi qilichini yalang‘ochlab, to‘g‘ri bilan egrini, do‘st bilan 

dushmanni ajratmay yalpi qatag‘onga kirishgan pallalar. Maksim Gorkiy butun dunyo 

ishchi-dehqonlari dohiysi, “xalqlar otasi” Iosif Istalinning ham, Bosh siyosiy 

boshqarma bo‘limi (OGPU) boshlig‘i Yagodaning ham sodiq do‘sti, proletarcha g‘oya 

qon-qoniga singib ketgan bir inson o‘laroq, 30-yillar boshlarida “zararkunanda 

injenerlar”ga qarshi boshlatilgan “Shaxta ishi” va “Prompartiya ishi” nomidagi yalpi 

qama-qamalarni jon-jon deb qo‘llab-quvvatlagan edi. Hatto “prompartiyachilar”ga 

yumshoqroq hukm chiqqanidan norozilanib Yagodaga atay gina xati yo‘llaganini ham 

bilamiz. Ammo shunga qaramay, harholda katta bir yozuvchi va ziyoli emasmi, ayrim 

adiblarni, hatto o‘zi shaxsan yoqtirmagan ijodkorlarni ham diktaturaning qattiq 

qahridan saqlab qolgan. 

Ikkita misol keltiraman. 

Mana uning Istalinga yozgan bir xatidan parcha: 

“Булгаков мне «не брат, не сват», защищат его я не имею ни малейшей охоты. 

Но – он талантливый литератор, а таких у нас – не очень много… В данном 

случае я за то, чтоб перевоспитать. Это – легко”

54

. (Ya’ni, qamamang, o‘ldirmang, 



qayta tarbiyalagan yaxshi, deyapti.) 

Shuningdek, o‘zi sha’niga tanqidiy fikr bildirganlarga davlat tazyiq 

o‘tkazayotganini eshitib, Italiyaning Sorento shahridan Istalinga yozgan xatida 

ashaddiy tanqidchilarini ham himoya qiladi: 

“Но «брань на вороту не виснет», мне она жить не мешает, а в работе – 

поощряет. Человек я, как Вы знаете, беспартийный, значит: все, что по моему 

адресу, – партию и руководящих членов ее не задевает. Пускай ругаются… Так 

что не наказывайте ругателей, Иосиф Виссарионович, очень прошу Вас”

55

, deydi. 



Nochorlik bilan bo‘lsa-da, qo‘lidan kelganini qilganiga e’tibor bering! Holbuki, u 

qip-qizil proletar yozuvchisi edi! 

Bu ikki misol sizga kichkinagina eskartishdir... 

Uzr, xalqimiz har zamon ulug‘-ulug‘ shoirlarni tug‘ib-etishtirib berib turgani bilan 

o‘zi to‘pori, jaydari, sodda bir xalqdir. Yoppasiga shoir bo‘lmasa-da, yoppasiga 

og‘zaki ijod bilan shug‘ullanib turadi. “Olomonga” she’ringizga ham og‘zaki 

o‘xshatma to‘qibdi. O‘zi singari to‘pori, jaydari, sodda. Erkaklar quduqlar boshida, 

                                                

54

 Бенедикт Сарнов. Сталин и писатели. Книга первая. Стр. 16. Москва, «ЭКСМО», 2008. 



55

 Бенедикт Сарнов. Сталин и писатели. Книга первая. Стр. 11 – 12. Москва, «ЭКСМО», 2008. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

76 


ayollar beshiklar ustida ming‘irlab aytib yurganmish. Qofiyasi yo‘q hisobi, turog‘i 

tumtaroq, ichkiyu tashqi ohanglari ham shunga yarasha. Ya’ni, badiiyati siznikiday 

darajaga yeta olmaydi, albatta. Lekin o‘qib, nimalarnidir anglasa bo‘ladi: 

 

“Muhammad Solih quvilganida qayoqda eding? 



Mamadali Mahmud qamalganida qayoqda eding? 

 

Zindondan o‘ligi chiqdi, achindingmi Emin Usmonga? 



Qalqon bo‘loldingmi dindorlar boshiga kelganda balo? 

 

“Nimalar bo‘lyapti o‘zi?!” deb so‘radingmi hech? 



Yo vatan va millat taqdiri senga hechmi, hech?!  

 

Andijon qonga botdi... g‘ing demaysan? 



Ayt, nechun tomoshaga bunchalar o‘chsan? 

 

Hukmlar o‘qilur fatvoing ila, parvoing yo‘q! 



Tarixlar bitilur madhiyang kabi, savdoing yo‘q! 

 

Qarshingda hasratli o‘yga tolaman horib: 



Qachon odam bo‘lasan, ey Abdulla Orif?!

56

” 



Hurmat ila 

Nurulloh Muhammad Raufxon 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

                                                



56

 Albatta, bu xil xitob Abdulla Oripovday ulug‘ shoirga og‘ir keladi, uning minglab muxlisi ham ranjishi tabiiy. Lekin 

masalaga xolis va jiddiy qaralsa, xafa bo‘lishga o‘rin yo‘q: Abdulla Oripov butun boshli xalqqa “Zulm bo‘lganida 

qayoqda eding?! Odamlar otilganida, osilganida nimaga jim tomoshabin bo‘lib turding?! Olomonsan, xalq emassan!” deb 

og‘ir malomatlar qilgan bir paytda xuddi shu savollar bor-yo‘g‘i bitta o‘ziga qaytarilyapti, xolos. Abdulla Oripov o‘zini 

xalqimiz o‘rniga qo‘yib, malomatim bir kuni o‘zimning boshimga qaytib kelib qolmasin deb zulmga ko‘kragini qalqon 

qilganida edi, XALQ bo‘lib, xalqning ishongan bir vakili bo‘lib turib berganida edi, so‘zi bilan o‘zi bir bo‘lganida edi, 

aytgan so‘ziga eng oldin o‘zi rioya etganida edi, bu ta’nalarga o‘rin qolmasdi. So‘zi bilan o‘zi bir bo‘lish har qanday 

odamni bezaydigan fazilatdir! Abdulla Oripov misolida biz teskarisini ko‘rib turibmiz: shu kungacha o‘zi ham 

“olomon”ning bittasi kabi yashab keldi va hamon shu tarz hayot kechirmoqda ‒ mamlakatda yuz berayotgan haqsizlik va 

zulmlarga miq etmayapti, aksincha, tomosha qilib turibdi! Shunchaki tomosha qilmayapti, chapak chalib tomosha 

qilyapti! 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

77 


* * * 

2. O‘zbekiston qahramoni, shoir Erkin Vohidovga 

 

Derazamdan tushgan tola nur 

Somonyo‘li kabi tovlanur. 

 

Hurmatli Erkin aka! Xat boshiga mayoq qilib keltirganim bu ikki satringiz meni 



ko‘p o‘yga toldiradi. Shu she’ringizni ilk o‘qiganimda menga negadir o‘zgacha ta’sir 

qilgan. Bir o‘qiganimda esimda qolgani ham shundandir. 

Chindan ham, derazadan tushgan nur, ayniqsa, tola-tola nur xonadagi chang 

zarralarini bo‘lakcha bir tovlantiradi: ular doim harakatda, ammo nur chegarasida gird 

kesilgan holda bijirlab ko‘rinadi. Chang zarrasi o‘z holicha ko‘rinmas narsadir, nur 

ham o‘z holicha ko‘zga ko‘rinmaydi, ammo bu ikki ko‘rinmas borliq bir-biri bilan 

uchrashganida, uchinchi shart ham topilsa, biri ikkinchisini oshkor etib yuboradi – nur 

zarrada, zarra nurda ko‘rinadi. Uchinchi shart deganimiz, tevarakda nur tushmagan 

soya joyning bor bo‘lishidir. Osmondagi Somonyo‘li turkum yulduzlari yer zimiston 

qorong‘ulikka cho‘mganida bor go‘zalligi bilan ko‘ringanidek, xona derazasidan 

tushgan tola-tola, taram-taram nur ham o‘zini oshkor etishi va ko‘zlarni quvontirib 

jivir-jivir tovlanishi uchun xonaning soya qismi bor bo‘lishini taqozo etadi!  

Mana shu ajoyib manzaraga termilib o‘tirgan shoirni tasavvur qilaman: derazasidan 

tushgan tola nurda tovlanayotgan havo (chang) zarralarini Somonyo‘li turkumining 

g‘ij-g‘ij va bijir-bijir yulduzlariga o‘xshatib, undan ko‘zini uza olmay qolgan va 

Borliq, Hayot, Odam haqida teran o‘y-xayollarga tolgan kishi, albatta, buyuk shoir 

bo‘ladi-da, deyman. 

Erkin aka, menga sizning ijodingiz yoqadi. Nimasi yoqadi deb o‘zimcha ko‘p 

o‘ylaganman. Topgandayman ham. She’rlaringizning yuksak ichki madaniyati, 

(sovetga va kompartiyaga xizmatni istisno etganda) mulohazalaringizning to‘g‘riligi va 

teranligi, shaxsiy dard va dardchalaringizni aslo she’r qilmasligingiz (ya’ni, g‘oyada 

maydalashmaganingiz), milliylik, o‘ynoqilik, o‘zingizgagina xos o‘xshatishlaringiz... 

meni rom etardi ko‘proq. 

O‘ris mustamlakasi davrida umuman adabiyotimizdan, xossatan siz kabi katta 

shoirlarimiz ijodidan ozodlik istagan ko‘ngillarimizning tashnaligini qondiruvchi hech 

bo‘lmaganda ishoralar axtarganlarim, hatto sharqiy qirg‘oq bilan g‘arbiy qirg‘oq 

ramzan solishtirilgan she’ringizdan sharqiy qirg‘oq foydasiga xulosalar chiqarib, 

o‘zimcha quvonib yurganlarim esimda.  

Nihoyat, taqdirimda bitilgan ekan, “Yoshlik” jurnali yangi tashkil bo‘lgan yilidan 

boshlab uch-to‘rt yil qo‘lingizda, nasr bo‘limida ishlash nasib etdi va sizning 

muharrirlik faoliyatingizga ham mehrim tushdi. O‘sha yillar mazasini hamon 

minnatdorlik ila esimda ardoqlab saqlayman, o‘rganganlarimni hayotga tatbiq etaman... 

Albatta, ilk ijodini Istalindan keyingi davrda – siyosat yumshagan, mafkuraviy 

havolar bir oz iliqlashgan pallalarda boshlagan siz mansub avlod ongida ijtimoiy adolat 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

78 


tuyg‘usi shakllana boshlagan edi, zotan u davrda yozilgan asarlarda bu yangi epkin 

ta’siri bo‘lmasligi mumkin ham emas. Shuning uchunmikan, oradan yigirma yildan 

mo‘lroq vaqt o‘tib, Gorbachning oshkoralik siyosati boshlangach, shoir-yozuvchi 

qalamining ijtimoiy uchi birdan o‘tkirlashdi, elimiz-yurtimiz sog‘ingan g‘oyalar 

kuylana boshladi. Xalq quloq soldi, ergashdi. 

Qayta qurish yillari kichikroq bir davrada o‘tirganimizda: “Yozib qolinglar, 

dardlarni aytib qolinglar, yaqinda bu do‘konlar (oshkoralik. ‒ N.M.R.) yopilib qolishi 

mumkin”, degan edingiz oltmishinchi yillar iliqligi ketidan sovuq shabadalar esganiga 

ishora qilib. Shu bitta o‘gitingizdanoq mendek bir yosh qalamkash sizning ijtimoiy 

siymongizni ham yaxshi ko‘rib qolgan edim. 

Bilmadim, esingizda bormi-yo‘qmi, bir kuni qaysidir ish bilan sizga uchraganimda 

menga bir qog‘oz uzatdingiz. Yozuv mashinkasida ko‘chirilgan bir she’r. 1989 yili 

Tiflisdagi maydonga sovet tanklari kiritilib, tinch namoyishchilar shafqatsizlarcha 

o‘qqa tutilgan qonli voqeaga bag‘ishlangan ekan. She’r yangi yozilgani (o‘sha kuni 

Tiflis voqeasidan qancha o‘tgan edi, hozir esimda yo‘q) bilinib turardi. 

Ota-bobolarimizdan sizib kelgan, yuraklar tub-tubida yashirin asrab-avaylaganimiz 

ozodlik haqidagi orzularimizni oshkoralik maydonlariga to‘kib-solib yurgan 

kunlarimiz edi. 

Tikka turgan holda o‘qib chiqdim. 

She’ringiz menga bo‘mbaday ta’sir qildi. O‘zimni qo‘yarga joy topa olmay qoldim. 

Qayta-qayta o‘qidim. Nihoyat: “Boshqalarga ham o‘qitsam, ko‘paytirib tarqatsak, 

maylimi?” deb ruxsat so‘radim. Balki elga yoyish maqsadida ham uni yosh bir ijodkor 

qo‘liga bergandirsiz. 

Harholda, oshkoralik siyosati hukm surib turganiga qaramay uni O‘zbekistondagi 

hech qaysi matbuot birdaniga bosa olmasligi bor gap edi.  

Ruxsatingizni oldimu “Birlik” xalq harakati pakkasi joylashgan O‘zbekiston 

Yozuvchilar uyushmasi binosi tomon chopdim. Tiflisda ro‘y bergan qonli 

qirg‘inbarotga Erkin Vohidovning(!) munosabatini xalqimiz tezroq bilishi men uchun 

juda muhim edi. 

“Birlik” pakkasida odatdagidek odam gavjum ekan. Hovliqib she’rni o‘qib berdim. 

Hali Kompartiya ot ustida turgan, hali sovet tuzumi goh Olmaota, goh Boku, goh 

Vilnyus, goh Tiflisda vahshiy kuchini ko‘rsatib pishqirib yotgan bir paytda bu kabi 

she’rlar xalqqa kuchli ta’sir etishi, uni ijtimoiy karaxtlikdan ijtimoiy faollikka uyg‘otib 

yuborishi, ko‘nglidagi hadiklarni ketkazib ruhini ko‘tarib yuborishi tayin edi. Shu bois 

zudlik bilan uni ko‘paytirib tarqatishga qaror qilindi. O‘ziyam o‘sha zamon 

uskunalarida(!) balki milyon, balki undan ham ko‘p nusxa ko‘chirib tarqatilgandir 

she’ringiz! 

  

 



 

 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

79 


Iztirob  

 

Betavfiq rahbarni so‘kkanim uchun, 



Uch yil yotar bo‘lsam yotganim bo‘lsin. 

Uning yo‘q obro‘yin to‘kkanim uchun, 

To‘lov bersam borim sotganim bo‘lsin. 

 

Xalqimga qadringni bil desam agar, 



Kurash, haqni oshkor qil desam agar, 

Bu qutqu atalsa davlatga zarar, 

Qancha azob bo‘lsa tortganim bo‘lsin. 

 

Amaldor der esa, tuzum ‒ men o‘zim, 



Farmon farmonimdir, so‘z mening so‘zim, 

Men bunday tuzumdan o‘girib yuzim, 

Tamom jinoyatga botganim bo‘lsin. 

 

Tiflisda xalq uzra tank yuborgan zot, 



Sha’nin qilar bo‘lsa qonun ehtiyot, 

O‘sha zot kommunist bo‘lsa, men hayhot, 

Firqa daftarimni otganim bo‘lsin... 

 

degan jangovar so‘zlar yozilgan edi unda. 



Ha, Erkin aka, siz shunaqa Odam, shunaqa Shoir edingiz! Muxlislaringizdan bir 

muxlis, ukalaringizdan bir uka, shogirdlaringizdan bir shogird o‘laroq ko‘p qatori men 

ham siz bilan faxr va g‘urur tuyar edim. Adabiyot millatning vijdoni bo‘ladigan bo‘lsa, 

kam deganda mana shunday bo‘lishi kerak, derdim. 

Ammo... 

...bir kuni sizni tanib bo‘lmay qoldi, Erkin aka! Siz singandek edingiz, xuddi sizni 

sindirishgandek... Joningizga suiqasd uyushtirib (to‘g‘ri, keyin so‘zingizdan qaytib 

o‘qni tasodifiy tosh ekan dedingiz) sindirishdimi yo deputatlik kursisini berib 

sindirishdimi? Yo oldin sindirib keyin deputat qilishdimi? 

Sindirishlariga nega jim rozi bo‘lib turdingiz? Siz kim-u, sizni sindirganlar kim edi 

– ular sizga tengmi?! 

Teng qo‘yish tugul, bir kuni ularni o‘zingizdan hatto ustun bilib qoldingiz! 

Qadringizni qachon yerga urdingiz, qachon arzimaslarning oyog‘i tagiga to‘shadingiz u 

qadrni?! 

Jaloliddin Rumiy hazratlari “Ichindagi ichindadir” asarida “Olimning amirning 

huzuriga borishi zillati (past ketgani)dandir, amirning olimning huzuriga kelishi 

izzatidandir”, deb juda chiroyli aytgan ekanlar.  

Erkin Vohidov!.. Abdulla Oripov!..  



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

80 


Bu sharafli nomlar butun bir davrga ishoradir! Sizlar o‘z qadr-qiymatlaringizni 

bilmasangizlar, xalqimiz juda yaxshi bilar edi! Sizlarni tanib-bilganidan boshiga toj 

qilib ko‘targan! 

Amirlar ostonalaringizga kelib, huzurlaringizga navbat kutishiga loyiq zot 

bo‘lganlaringiz holda nega amirlar ostonasiga bosh egib bordilaringiz?! Qorinlaringiz 

ochmidi, ustlaringiz yupunmidi?! 

Ollohga ming qatla shukr, och ham, yupun ham emas edingizlar. Och yo yupun 

bo‘lganlaringizda ham sizlar ma’nan to‘q va boy kishilar o‘laroq, millatning vijdoni 

bo‘lish sharafiga erishgan ulug‘ insonlar o‘laroq amirlarning, podsholarning izzat-

ikromiga loyiq edilaringiz. 

Xalq boshiga toj qilgan sizlarday zotlarga loyiq darajada muomala qilmasa, unday 

amiru podsholarning bir mirilik ham qiymati bo‘lmas. Sizlar amirlarning ostonasiga 

borib qanchalar past ketgan bo‘lsangizlar, amirlar sizlarning ostonalaringizga bosh urib 

kelganida Haq huzurida ham, xalq huzurida ham shunchalar izzat-ikrom topgan 

bo‘lardi. Ya’ni, qorin to‘q, ust but, martaba ulug‘ bo‘lsin deb ruhan va ma’nan 

singandan ko‘ra qorin och, ust yupun holida izzatni saqlab, Haq va xalq huzurida ulug‘ 

martabalarni qozongan a’lo edi. Zamonlarga shunisi qoladi, zamonlar ana shunday 

erlarni e’zozlaydi. 

Biroq siz kabi mashhur adiblarimizning xossatan “mustaqillik”dan keyingi ijtimoiy 

faoliyati muxlislar ko‘nglida dog‘li alamlar qoldirdi. Nega? 

Chunki mamlakat hayotida, ayniqsa ma’naviyat sohasida jiddiy o‘pirilishlar bo‘lib 

yotibdi, lekin adabiyot jim, sizlar jim, hammamiz jim, ko‘rsak ham ko‘rmaganga olib 

turibmiz: 

‒ siyosat borgan sari yovvoyilashib bormoqda; qayerga qaramang adolatsizlik, 

odamlarda kichkinagina ham huquq qolmayapti; 

‒ qamoqxonalar haqsiz qamalganlar bilan liq to‘la, katalakday xonalarga bir yarim 

baravar, ayrim qamoqxonalarda ikki baravar ko‘p mahbus tiqib tashlangan; 

– jamiyatda o‘g‘rilik, firibgarlik, zo‘ravonlik kuchaydi, aldov madaniylashdi; davlat 

mulkini talashning turli zamonaviy yo‘llari chiqib ketdi; 

– poraxo‘rlik misli ko‘rilmagan darajada yuksaldi; 

– paxta va bug‘doyda yana qo‘shib yozishlar boshlandi, hatto ochiq tus oldi, rejada 

ko‘zlangan marralar pul bilan do‘ndirilyapti; 

– xalqning katta bo‘lagi amal-taqal qilib kun ko‘rayotir, o‘shanda ham ko‘plarning 

chet ellarda mardikorlik (qullik) qilishi evazigadir; 

– ayollar – uylarimizning malikalari bolalarini jamiyatga chiroyli tarbiyalab 

chiqarishdek vazifalarini tashlab, bir tishlam non ilinjida ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy 

izg‘ib yuribdi; tungi klub (islovatxona)larda va chet ellarda tan (nomus)larini sotib 

buzuqlikka botgan; 

– xalqimizning umumiy axloqiy ahvoli kundan-kunga yomonlashib ketyapti, 

yoshlar orasida buzuqchilik urchidi, ta’lim sohasidagi kollej tizimi yoshlar tarbiyasini 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

81 


to‘la izdan chiqardi, hatto sovet davrida mustahkam bo‘lib kelgan oila tizimimiz 

buzilishga yuz tutdi; 

bular hammasi jamiyatning qudratli tozalovchi inshooti bo‘lmish din quvg‘inga 

uchragan, siquv ostiga olingan, da’vat yo‘llari kesilgan, bolalarga diniy tarbiya 

qatag‘on qilingan bir vaziyatda yuz beryapti; 

– adabiyot sohasiga kelsak, so‘z erkinligi to‘la-to‘kis bo‘g‘ilib, yot g‘oya o‘laroq 

hayotimizdan uzil-kesil siqib chiqarildi, o‘ttiz milyonli bir mamlakatning fikriy 

maydonida sho‘ppayib Bir Kishigina qoldi, butun boshli mamlakat uning aql darajasi 

bilan kifoyalanishga majbur, almoyi-aljoyi gaplarini eshitishga, eng yomoni, bu 

almoyi-aljoyi gaplarni eng dono, eng oliy fikrlar deb qabul qilishga majbur, ulardan 

oshirib gap aytishga hech kimning haddi sig‘maydi va hokazo; 

natijada millat ijtimoiy-fikriy taraqqiyotdan anchagina orqada qolib ketdi; shu 

ketish bo‘lsa, oradan hech qancha o‘tmay xalqimiz do‘st bilan dushmanni ajratolmay 

qoladi, hatto otasini tanimaydigan holga tushadi...  

...lekin nimagadir bu ishlarni ko‘rib turgan, tushungan, eliga-yurtiga qayg‘urishi 

lozim bo‘lgan adabiyot jim, Erkin Vohidov jim, Abdulla Oripov jim, deyarli hamma 

jim! Mum tishlaganmiz go‘yo! 

Adabiyot nimadan qo‘rqadi, Erkin aka? Yo mamlakatda faqat ijobiy ishlar 

bo‘lyaptimi?! Hozirgina sanaganimiz balki yuzdan bir, mingdan bir salbiy ishlarni 

adabiyot salbiy hisoblamaydimi yo?! 

“Ulug‘”imizga bu qadar mahliyolikni qanday tushunsak bo‘ladi?!  

Mushtipar xalqimiz yaqin kechmishda yuz bergan Istalin shaxsiga sig‘inish 

ta’siridan hali to‘la-to‘kis qutulib ulgurmay endi Islom Karimov shaxsiga sig‘intirish 

boshlab yuborilgani nahot ziyolilarimizni xavotirga solmaydi?! 

Necha yillardan beri mamlakatda bosqichma-bosqich, qavatma-qavat repressiya 

ketyapti – ko‘rmayapmiz-eshitmayapmizmi?! 

“Terrorchilikka qarshi kurash” niqobi ostida mutlaqo gunohsiz qanchadan-qancha 

imonli-ibodatli o‘g‘il-qizimiz gulday umrini uzoq muddatli qamoqlarda o‘tkazyapti, 

yosh-yosh bolalari esa bu yoqda otasiz-onasiz o‘syapti.  Bu ko‘ngli o‘ksik, bag‘ri 

kemtiklar ertaga qanaqa jamiyatni tashkil etadi?! 

Oqsaroy egasi esa yigirma yildan beri o‘zining bosh tashvishi bilan band ‒ 

mamlakatning Asosiy Qonunini necha bor buzib, o‘zini qayta-qayta “saylatib” 

kelyapti. Shu ishmi?! 

Ko‘tarib chiqilishi va hal etilishi lozim bo‘lgan bu kabi qanchadan-qancha dolzarb 

masala turganida, matbuot hayotning chinini bir chetga surib qo‘yib, qimmatli 

sahifalarini yolg‘on-yashiqqa to‘ldirib tashlagan – ongimiz-shuurimizga bir xildagi 

axlatini to‘kib yotibdi; radio-televideniye tishsiz og‘izlarini tandirning og‘ziday katta 

ochib, ertayu kech “amir”imizga hamdu sano alangasini gurillatadi, “mustaqillik”ni 

din, uning “me’mori”ni iloh darajasiga chiqarishga uringani uringan. 

Bugun televideniye nasroniy ruhli yo buzuq kinolarni ketma-ket ko‘rsatib, 

mamlakatimizga qanaqa qadriyatlarni olib kiryapti, nima ishlarni targ‘ib qilyapti?! 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

82 


Bozori o‘tmay qolgan ashulachiyu o‘yinchilarni bitta choyxonaga yig‘ib olib, 

mayda-chuyda ”gap”larini, hiring-hiring va ho-holarini o‘ttiz milyon xalqqa ibrat qilib 

taqdim etyapti. Na bir ma’ni, na bir hikmat bor ularning shilta “gap”larida! 

Xalqning boshi garang bo‘lib qoldi, kimga ergashishni bilmaydi, tele ekranlarini 

sportchiyu ashulachi egallagan, yoshlar Vatan, millat tarixini bilmaydigan, otasini, 

onasini yaxshi tanimaydigan, mamlakatda faqat Bir Kishini ko‘radigan, o‘sha kishining 

darajasida fikrlaydigan manqurtlarga aylana boshladi...  

Bu kabi holatlar o‘ylashga, bong urishga arzimaydimi?! Bular haqida millatning 

vijdoni bo‘lmish adiblar qayg‘urmasa, kim qayg‘uradi?! 

Xullas, aytaman desa gap ko‘p, Erkin aka. Zotan, bu aytilganlariniyu 

aytilmaganlarini o‘zingiz ham juda yaxshi bilasiz. 

Meni va men kabi hayron xalqimizni o‘ylantirib turgan nuqta o‘zi shu – nimaga 

ko‘rib-bilib turib adabiyotimiz darg‘alari indamayapti? Nimaga Erkin Vohidov 

indamayapti? 

Nimaga olis Tiflisda to‘kilgan qon uchun o‘sha damlardagi eng obro‘li 

guvohnomasini – kommunistlik biletini otishga tayyor bo‘lgan vijdon egasi yillar 

davomida guruh-guruh qamoqqa otilayotgan, u qamoqxonalarning zax yerto‘lalarida 

sirli ravishda o‘ldirib yuborilayotgan, hech bo‘lmaganda sil qilinayotgan minglab, 

o‘nminglab vatandoshimizning boshiga tushmish qora kunlarni ko‘ra-bilaturib bu 

zamonning obro‘li guvohnomasini – deputatlik yo qahramonlik nishonini otishga jur’at 

topmadi?! 

Tiflisdagi qirg‘inni ko‘rib-eshitib qaynab toshgan vijdon, g‘ayrat nimaga Andijonda 

yosh-yosh yigitlar, qizlar, erlar, ayollar, chollar, kampirlar – qanchadan-qancha 

insonimiz shafqatsizlarcha otib-qirib yuborilganini ko‘rib-eshitib ham qaynab 

ketmadi?! Qaynash ne, hatto qilt etib qo‘ymadi! Nimaga deputatlik yo qahramonlik 

guvohnomasi uloqtirilmadi?! 

Olisdagi gurjining joni u qadar qadrli, o‘z xalqining joni bu qadar qadrsizmi 

adabiyotimizga?! 

Shunga o‘xshadi... Shunga o‘xshaydi... Bo‘lmasa, Gurjistonda o‘lganlarga achingan 

yurak O‘zbekistonda o‘ldirganga achinib o‘tirarmidi! 

“16 fevral 1999 yil” she’ringizda siz ko‘ksingizni himoyaga muhtoj xalqning 

himoyasiga tutmay, o‘q otgan zolimning himoyasiga qalqon qilganingiz “Andijon 

qirg‘ini”dan keyin ham sizdan xalq himoyasiga bir narsa kutib bo‘lmasligini ko‘rsatdi. 

Achinarli... afsuslanarli... 

O‘shanda, esingizda bo‘lsa, “16 fevral” voqealarini chuqur tahlil qilmay, hukumat 

tushuntirishini shoshma-shosharlik bilan mutlaq haqiqat deb olganingiz davlatga juda 

qo‘l keldi va she’ringizni davlat 16 fevraldan so‘ng "xit" qilib yubordi: deyarli barcha 

nashrlarda bostirdi, TVda o‘zingizga qayta-qayta o‘qittirdi: 

 

 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling