Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56

 

 

www.nurullohuz.com



 

18 


Xo‘sh, o‘sha respublikalardan bittasi bo‘lgan O‘zbekiston boshlig‘i bunga javoban 

nima qildi? 

Oradan to‘rt kun o‘tkazib (demak, rosa o‘ylab, mulohaza qilib, nihoyat bir 

to‘xtamga kelib) O‘zbekiston SSR Prezidenti, O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy 

Komitetining Birinchi sekretari Islom Karimov shaxsan bunday bayonot berdi: 

“Bugun ishontirib aytmoqchimanki, biz bundan buyon ham kommunistlar bilan 

maslahatlashmay, Markaziy Komitet Plenumi a’zolarining fikrini inobatga olmay hech 

qanday tub qarorlarni qabul qilmaymiz... 

Men M.S.Gorbachyov qabul qilgan qarorga mutlaqo qo‘shilmayman. U KPSS 

Markaziy Komiteti Bosh kotibi vakolatlarini zimmasidan soqit qilish huquqiga ega, 

albatta. Lekin partiya o‘zini o‘zi tarqatib yuborishi to‘g‘risidagi, partiya mulkining 

taqdiri to‘g‘risidagi masalani Plenum yoki partiya s’ezdi hal etishi kerak”

14



Jaydaricha aytganda, “Ey Misha Gorbach, sen partiyamizga boshliqlikdan 



ketmoqchi bo‘lsang o‘zing ketaver, katta ko‘cha, ammo muqaddas partiyamizning 

taqdirini bizga ‒ Plenum a’zolariga qo‘yib ber! Biz esa “bundan buyon ham 

kommunistlar bilan maslahatlashmay, Markaziy Komitet Plenumi a’zolarining fikrini 

inobatga olmay hech qanday tub qarorlarni qabul qilmaymiz”!!! 

Bunday fikrdagi odamni “mustaqillik me’mori” desa bo‘ladimi?! 

Menimcha, izoh shart bo‘lmasa kerak. 

Eng ajablanarli ish Respublikada mustaqillik e’lon qilib bo‘linganidan keyin yuz 

berdi. 1991 yil 3 sentabir kuni “Xalq so‘zi” gazeti bir hujjat chop etdi. U “SSSR 



Prezidenti bilan ittifoqdosh respublikalar oliy rahbarlarining BAYONOTI” deb 

atalgan (respublikalar rahbarlari sha’niga bitta “oliy” sifati qo‘shilganini demasa, 

SSSRning eski holatidan hech narsa o‘zgarmagan!). 

Bayonot katta bo‘lgani uchun uni bu yerda to‘liq keltirish imkonimiz yo‘q, 

qisqachasi bunday: respublikalarga “Ittifoq shartnomasi” berayotganidan ko‘proq va 

kengroq huquqlar beriladi, ichki-tashqi siyosatini o‘zi yuritadigan bo‘ladi, hatto 

Birlashgan Millatlar tashkilotiga alohida-alohida a’zo bo‘lishi mumkin, lekin... 

Lekin mamlakat hududi yaxlit bo‘lib qoladi, pul va armiya birligi saqlanadi... va 

hokazo. 

Yana o‘sha Ittifoq shartnomasi! Eskisidan farqi ‒ endi respublikalar oldiga sal 

kattaroq suyak tashlangan, xolos. 

Bayonotga qo‘l qo‘yganlar: SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyov va RSFSR, Ukraina, 

Belorussiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Tojikiston, 

Turkmaniston respublikalarining “oliy” rahbarlari! (Bu bitim imzolanishi marosimida 

Gurjiston kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan, Armaniston, Moldaviya hamda 

Boltiqbo‘yi respublikalari umuman yo‘q!) 

Ana sizga 31 avgustda e’lon qilingan “mustaqillik”imiz bahosiyu qadr-qiymati! 

Bunga ham izoh shart emas, shundoq ham o‘zi tushunarli bo‘lib turibdi. 

                                                

14

 “Xalq so‘zi” gazeti 1991 yil 29 avgust soni. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

19 


Albatta, avgust oyi yarmidan to yil oxirlarigacha ko‘p “oliy rahbar”lar qatori 

O‘zbekiston “oliy rahbari” Islom Karimovga ham juda og‘ir bo‘lgan: ko‘nglida, 

Shukrullo Mirsaidov aytganidek, mabodo millatparvarlik va vatanparvarlik tuyg‘usi 

bor bo‘lgan taqdirda ham, bir yoqdan, respublika kommunistlari boshlig‘i sifatida 

Maskovdagi bevosita xo‘jayinlariga so‘zsiz bo‘yin sunishi va SSSRni bus-butun saqlab 

qolishga jonbozlik ko‘rsatishi lozim

15

, ikkinchi yoqdan, ozodlik istab maydonlarga 



to‘kilgan xalqining bosim-talabiga ham quloq solishga majbur edi. 

Bugun bizni o‘ylantirayotgan va bizga tarixiy adolatsizlik bo‘lib tuyulayotgan 

masala shu nuqtada: “Muhtaram davlatboshimiz” chindan ham mustaqillikning yagona 

tashabbuschisi va loyihachi-me’morimi yoki ichki-tashqi shart-sharoit taqozosi bilan 

o‘rtaga qalqib chiqib, kechagina mustaqillikni istamagan, hatto unga qarshi bo‘lgan 

“Birinchi sekretar”dan bugun majburan “mustaqillik me’mori”

 

ga aylanib qolgan bir 



arbobmi?! 

Ha, agar “mustaqillik me’mori”

16

 unvonini kimgadir berish lozim bo‘lsa, bir 



zamonlar bizni mustamlaka qilgan davlat (O‘rusiya)ning o‘ziga berish kerak bo‘ladi. 

Chunki O‘rusiya rosmana ketiga tepib haydab solmagunicha O‘zbekiston rahbariyati 

sira mustaqil bo‘lgisi kelmadi!

17

 



1991 yil martida o‘tkazilgan referendumda SSSRni saqlab qolish yo‘lida tish-

tirnog‘i bilan kurashib, targ‘ibot-tashviqotni kuchaytirib, xalqining mutlaq (97 foizdan 

ortiq

18

) ko‘pchiligiga O‘zbekistonning SSSR tarkibida qolishiga ovoz berdirtirgani 



sababi ham shunda. 

                                                

15

 Chor O‘rusiyasi Turkiston tuproqlarini bosib olgani hodisasini sovet-kommunist tarixchilari uzoq yillar “O‘rta Osiyo 



respublikalarining O‘rusiyaga qo‘shib olinishi” deb tushuntirib boshimizni qotirib keldi. Xuddi mahalliy davlatlar o‘zini 

o‘zi boshqara olmay qolib, shimoliy qo‘shnisiga “Iltimos, bizlarni o‘zlaringga qo‘shib olinglar!” deb yalinganday. Bu 

talqinlari albatta ulkan yolg‘on edi. Bu yerlarda bosqinchilik qilib to‘kkan qonlarini xaspo‘shlash edi. Lekin endi ‒ 1991 

yilga kelib, “O‘rta Osiyo respublikalarini SSSRdan quvib solmagunimizcha (talog‘ini bermagunimizcha) bizdan hech 

ajragisi kelmadi” desa, to‘g‘ri aytgan bo‘ladi. Chunki to O‘rusiyaning o‘zi tashabbus ko‘rsatib O‘rta Osiyo jumhuriyatlari 

hiqildog‘idan qo‘lini tortib: “Tur yo‘qol! Endi aravangni o‘zing tort!” demagunicha biznikilar uning oyog‘ini mahkam 

quchoqlab: “Tashlab ketma bizni! Bizni o‘z boshimizga yolg‘iz qo‘yma!” deb yalinib yotgan edik. Hatto 31 avgust kuni 

e’lon qilingan “mustaqillik” ham omonat, kemtik edi. 1991 yil 8 dekabir kuni O‘rusiya, Ukraina va Belorusiya boshliqlari 

Boris Yelsin, Leonid Kravchuk va Istanislav Shushkevich uchalasi Belorusiyaning Beloveje o‘rmonligida “SSSR” 

nomidagi tuzilmani tarqatib yuborish haqidagi hujjatga qo‘l qo‘ymagunlaricha hali SSSR yashab turgan, qo‘g‘irchoq 

hukmida bo‘lsa ham Mixail Gorbachyov uning prezidenti edi... 

16

 O‘quvchilar yanglish anglamasinlar, “mustaqillik me’mori” atamasini ilk bor qo‘llab kitob yozgan marhum Ozod 



Sharafiddinovni kinoya uchun takror-takror eslanmayapti bu birikma. Men Ustozdan bevosita ta’lim olganman, u kishini 

hurmat qilaman va

 

hur yuraklarni tarbiyalashda O‘zbekistonda Ozod akaning xizmati katta bo‘lganini yaqindan bilaman. 



Podshoh tomonga bir-ikki ta’zimini esa, o‘zi og‘zaki suhbatlaridan birida: “Shu melisa bolamning kelajagini deb ayrim 

prinsiplarimga teskari borishimga ham to‘g‘ri keldi...” degandek afsusnamo e’tirof qilgani uchun, insoniy bir ojizlikdan 

deb bilaman (chindan, Ozod aka ayrimlarning buyurtmasi bilan prezidentni madh etadigan maqola va kitoblar yoza 

boshlaganidan keyin sal fursat ichida melisa o‘g‘illari Alisher Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘ldi!).  Bu kabi 

ojizliklardan kamdan-kam kimsa himoyalangan. 

Boshqa tomondan qaralsa, qo‘shtirnoqlar ichiga olinishga loyiq bunaqa xunuk “mustaqillik”ning yolg‘iz tashabbuschisi, 

me’mori, ustasi deb bemalol Islom Karimovni ko‘rsatsa bo‘laveradi. “Mustaqillik me’mori” derkan, Ozod aka ta’rifi shu 

ma’noda to‘g‘ri.

 

17

 Solishtirish uchun: Litva 1990 yil martida birinchi bo‘lib o‘z mustaqilligini e’lon etdi! Maskov Litvani iqtisodiy qamal 



qildi. Xalq so‘zidan qaytmadi. 1991 yil yanvarida sovet armiyasi Vilnyusni ishg‘ol qildi. Shunga qaramay, 1991 yil 

fevralida referendum o‘tkazilib litvaliklarning 90 foizi SSSR tarkibidan uzil-kesil ajrab chiqish uchun ovoz berdi! 

18

 Albatta, O‘zbekistonda o‘tkazilgan referendum ko‘rsatkichiga to‘la ishonib ham bo‘lmaydi. Chunki u paytlar 



xalqimizning ko‘p tushungan qismi (2,5 foizdan ancha ko‘p ekani aniq!) mustaqillik tarafdori edi va referendumda 

O‘zbekistonning SSSR tarkibida qolmasligiga ovoz bergani aniq. Mustaqillik tarafdorlarining ovozi bizda Litva 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

20 


Tashqi vaziyat yetilib turganida ichki vaziyat unga moslashadi, tabiiy. Kurashib 

olinmagan, mustamlakachilarning o‘zlari tepib-surib bir chekkaga chiqarib 

tashlaganidan keyingina erishilgan “mustaqillik”da shaxsning ahamiyati bo‘lmaydi. 

Ya’ni, Islom Karimov o‘rnida kim bo‘lsa ham osmondan tushib qolgan 

“mustaqillik”ni e’lon etishga majbur bo‘lar edi, demoqchimiz. 

Diqqat qilganmisizlar,  kurashib erishilgan mustaqilliklar tepasiga o‘sha 

kurashganlar kelgan, o‘shalarni ozmi-ko‘pmi “me’mor” desa bo‘ladi ‒ bular Gurjiston, 

Ozarboyjon va Boltiqbo‘yi jumhuriyatlari edi. 

Ammo mustaqil bo‘lib ajrab chiqishga majburlangan bizlarniki kabi davlatlar 

tepasida Kompartiyaning o‘sha palladagi Birinchi sekretarlari qolaverishdi! Ko‘ylak-

ishtonini almashtirib oldi, xolos! Kechagi qul “Birinchi sekretar”dan bir kunda 

mustaqil “prezident”ga do‘ndi! 

Bu do‘nganlar asosan O‘rta Osiyo jumhuriyatlari va ayrim boshqalar edi! 

Mana shu holatning o‘zidan ham ko‘p narsani anglab olsa bo‘ladi. 

Ha, “mustaqillik”ning e’loni O‘zbekistonda chindan ham Islom Karimovning 

og‘zidan chiqdi va yigirma yildan beri... miyalarimizga buni qayta-qayta quyib-uqtirib 

kelyapti. 

Holbuki, ozgina vijdoni bo‘lganida bu narsa Ollohning xohish-irodasi, xalqning 

harakati bilan yuzaga chiqqanini tan olar va hech qachon unutmas edi! Jangovar 

maddohlari va jurnalistlariga ham tayinlab: “E baraka topkurlar, har ishga mening 

otimni tiqishtiravermanglar, men chekimga tushganini qildim. Aslida mustaqillik istab-

talab qilib maydonga chiqqanlar boshqalardir

19

,  ana o‘shalarni chinakam ma’noda 



“mustaqillik tashabbuskori va me’mori” desa bo‘ladi, ularning xizmatini ham 

gapiringlar, yozinglar!” deyishi kerak edi.  

Amalda bunday bo‘lmadi, bo‘lmayapti. 

Yoki bo‘lmasa, deylik, agar Islom Karimov eskidan xalqini ozod ko‘rish ishtiyoqida 

yonib yurgan-u, bu ishtiyoqini har xil siyosiy nayranglar bilan yomon ko‘zlardan pana 

qilib kelgan bo‘lsa (mayli, bu taxminni ham hisobga olaylik), unda bugun haqiqatni 

ochiq aytishi lozim.

 

Xalq to‘g‘ri gapning gadosi. 



Bir og‘iz: “Siyosat o‘zi o‘yin, u og‘ir vaziyatda ko‘nglimizda bir narsani o‘ylab 

tashimizda boshqa ishni qilishga majbur edik. Lekin asl niyatim xalqimning niyati 

bilan bir bo‘lgan, shu xalqimga suyanib mustaqillik e’lon qildim. Xalqim bo‘lmasa 

men kimman? Demak, mustaqilligimizning bosh tashabbuschisi ham, ijodkoriyu 

me’mori ham erksevar xalqimdir!” deb qo‘ysa, olam guliston edi. Shu bilan tarixiy 

haqiqat qaror topgan, insof yutgan, adolat tantana qilgan bo‘lardi. 

                                                                                                                                                               

ko‘rsatkichi darajasida bo‘lmasa ham, rasmiy idoralar e’lon etgan ko‘rsatkichdan ancha yuqori bo‘lgani ehtimoli 

kuchlidir. Saylov natijalari odatdagidek soxtalashtirilganining o‘zi respublika rahbariyati aslida mustaqillikka qarshi 

bo‘lganini ko‘rsatadi. 

19

 Ayrimlari ichkarida pana-pastqamlarda sasini chiqara olmay yuribdi, ayrimlari jonini saqlash uchun tashqariga chiqib 



ketishga majbur bo‘ldi. O‘zlari kurashib erishgan narsaning qurboniga aylandi sho‘rliklar. 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

21 


Bunday deyilmadi. Bunday deyilmayapti. Kitoblarda, darsliklarda, gazet-

jo‘rnollarda hamma yaxshilikka bir o‘zini ega qilib ko‘rsatyapti. 

Asl mustaqillikchilar, milliy haq-huquqlari talabida ko‘chalarga, maydonlarga 

chiqqan fidoyilar esa tiraqaylatib yurtdan quvildi, qolgan-qutganini bitta-bitta topib-

yig‘ishtirib qamoqlarga tiqildi. Xalq dami ichiga tushib qolaverdi. 

Yigirma yildan beri mamlakat boshida mana shu yoqimsiz, tushunarsiz, og‘ir holat 

qalqib turibdi

20



Bu aytilganlar bor gapni yuzaga chiqaradigan misollardan bir-ikkitasidir. Kelgusida 

tarix ilmi jiddiy shug‘ullansa, bunaqa misollardan ko‘pini topadi.  

Bizga hozir shunisi yetadi. Chunki shuning o‘zi ham ayniqsa bu kunlarda Bir Kishi 

boshi uzra chalinayotgan karnay-surnaylar quruq shovqindan boshqa narsa emasligini 

ko‘rsatadi. Quruq shovqin esa, bilasizlar, quloqlarni qomatga keltirgani, ko‘ngillarni 

huzursiz qilgani qoladi, xolos.  

 

Kichik xulosa 

 

Haqparastlik va haqsevarlik hissi, ozodlikni, mustaqillikni istash tuyg‘usi onamning 



pokiza sutlari va otamning hisobsiz tagdor hikoyalari bilan qon-qonimga singib ketgan 

menday bir odam ham “mustaqillik” diktaturasi ostida kechgan keyingi yigirma 

yilimizni bundan oldin qayta qurish bergan erkinlik yillariga solishtira-solishtira, ayrim 

onlarda: “SSSR bu qadar tez bo‘linib ketmay turishi kerakmidi”, degan xayolga borib 

qolaman. 

“Mustaqillik homilasi rosmana to‘qqiz oylik tabiiy bosqichni bosib o‘tmay, sakkiz 

yo yetti yo hatto olti oylik pallasi chala tug‘ilib qoldi, yetilib tug‘ilgani boshqacha 

bo‘larmidi”, deyman. 

Ya’ni, qayta qurish zamoni bir oz uzoqroq cho‘zilgani yaxshi edi, nazarimda. 

Chunki bu ikki davr bir-biriga solishtirilsa, Gorbachning qayta qurish davri 

mustaqillikning hozirgi o‘zbekistoncha nusxasidan ko‘p tomonlarda ustun ko‘rinadi 

menga. Yanayam to‘g‘risini Olloh biladi. 

Ya’ni, oyi ko‘rilmay boshlab yuborilgan yolg‘on hayitdan chin arafasi totliroq edi! 

Birinchidan, qayta qurish davrida so‘z erkinligi, e’tiqod erkinligi, siyosiy 

erkinliklar kuchli edi va bunday arafa davri qancha uzaysa, undan foydalanaroq 

bo‘lg‘usi mustaqillikka g‘oyaviy bukilmas, pishiq poydevor qurib olingan bo‘lardi. 

Ikkinchidan, O‘rta Osiyo respublikalari va xalqlarining bir-biriga talpinishi kuchli 

edi va bu jarayon xayrli yechimiga borib olgan bo‘lar edi

21



                                                



20

 Bu holatning shaxsiy-ruhiy sabab-ildizlarini ko‘rish uchun Islom Karimovni shaxs sifatida yaxshiroq tanish kerak 

bo‘ladi. U kim, qachon, qaysi yo‘llar bilan hokimiyatga keldi, qanday usullar bilan boshqaryapti ‒ kamida shularni bilish 

lozim. Tafsilotli bilgilar uchun boqing: 

http://lenta.ru/lib/14160040/full.htm

 

21



 Albatta, Buyuk Turkistonni zo‘rg‘alatdan bo‘lib tashlagan bosqinchi davlat endi, mahalliy xalqlar qachon birikib 

olarkan, deb qarab o‘tirarmidi? Yo‘q! Tub yerli millatlar o‘zaro og‘a-ini ekanini his etib, bir-biri bilan eskiday apoq-

chapoq bo‘lib ketmasin deb u yer-bu yerda milliy nizolar chiqarib turdi. O‘sh ‒ O‘zgan, o‘zbek ‒ ahiska (meshet) turki 

qonli mojarolarining juda ko‘p alomatlari bu jirkanch ishlar tepasida davlatning o‘zi, uning xavfsizlik qo‘mitasi (KGB) 

turganini ochiq-oydin ko‘rsatgan. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

22 


Uchinchidan, diniy sohadagi erkinlik natijasida machit va madrasalar ko‘payar va 

diniy ta’lim kuchayar, dinimiz bor haqiqati bilan xalqimizning ko‘proq qismi orasiga 

kirib qolar va chinakam o‘zlikka qaytish, milliy-diniy o‘zlikni qaytadan tiklash 

mumkin bo‘lar edi (busiz millat kuchli bo‘lmaydi). 



To‘rtinchidan, uzoq yillar mustamlakada yashash natijasida odamlarimiz ongiga 

o‘tirib qolgan qullik ruhiyati o‘rniga o‘ziga ishonch tuyg‘usi rosmana oyoqqa turib 

olar, o‘tmishini to‘g‘ri anglagan holda kelajakni to‘g‘ri qurishga harakat kuchayar edi. 

Beshinchidan, tarixning qora va qorong‘i nuqtalari oqarib-yorishib, xalqimiz eng 

oldin o‘zini, so‘ngra dunyoni, do‘st bilan dushmanni yaxshiroq tanib olar edi. 



Oltinchidan... 

Xullas, gap ko‘p. Yana ancha-muncha yaxshiliklar bo‘lishi mumkin edi, 

bizningcha. Lekin qayta qurish davri tez tugab qoldi ‒ yondiyu o‘chdi go‘yo. 

Kechagina “Ittifoq shartnomasi”ga qo‘l qo‘yishga shay turgan “Birinchi sekretar” 

hatto yeng ichidagi “xalq vakillari” oldidan ham o‘tmay, birdan mustaqillik e’lon qilib 

yubordi


22

. “Xalq vakillari” bu olamshumul voqeani oldindan bilmagani “me’mor” 

ularning chapagini ham tilab olganidan sezildi. 

Albatta, bu ishlarda Katta Dunyoning ham ko‘rinmas irodasi bor. “Qaltiroq qo‘lli” 

FHDQning SSSRni saqlab qolish yo‘lida qilgan oxirgi qo‘pol va o‘xshovsiz 

tipirchilashini fursat bilib, Yelsin boshliq bir hovuch demokrat Katta Dunyoning 

axborot va boshqacha qo‘llovi bilan Maskov ko‘chalariga chiqdi. Markaz o‘zi bilan 

o‘zi ovora bo‘lib qolgach, respublikalarga otni qamchilashga pishanglar berildi: 

“Davay, tez mustaqillik e’lon qil, biz quvvatlaymiz!”  

Busiz bo‘lmasdi ham. 

Katta Dunyoning maqsadi mustamlaka ostida ezilib yashayotgan yurtlarni chinakam 

ozodlikka chiqarish, oldingi qaram respublikalar o‘rnida kuchli, ma’naviyatli, 

hartomonlama hur yangi davlatlar barpo etish emasdi, albatta. Asosiy niyati SSSRday 

katta bir davlatni yemirib-bo‘ldaklab tashlash, so‘ngra yangi davlatchalarni o‘zining 

manfaat quchog‘iga tortish edi. 

Ammo bu degani boshqalarning quchog‘iga tushmaslik uchun SSSR tarkibida 

qolaverishimiz kerak edi degani emas. 

Aslo! 


Ularning niyati boshqacha bo‘lsa bo‘lsin, muhimi o‘zimizning niyatimizdir. Bizning 

niyatimiz har qanday kir maqsadlarga qarshi tura oladigan kuchli, hamiyatli bir 

mustaqillikka erishish bo‘lishi kerak edi. 

                                                

22

 Islom Karimov 1991 yil 31 avgust kuni “Respublika mustaqilligi”ni e’lon qilaturib ham ehtiyotan: “Biz Ittifoq 



shartnomasini imzolash g‘oyasini batamom rad etayotganimiz yo‘q. Ammo bu shartnomaga jiddiy o‘zgartishlar kiritish 

lozim. Bo‘lajak Ittifoq mustaqil davlatlarning konfederatsiyasi, erkin ittifoq sifatida shakllanmog‘i kerak ‒ davlatlar 

yagona iqtisodiy hududga ega bo‘lib, harbiy, siyosiy, tinchlik, ijtimoiy taraqqiyot, yadro halokatidan saqlanish uchun 

kurashda o‘zlarining tashqi siyosatdagi faoliyatlarini ham birlashtirishlari lozim”, deb qo‘yishni unutmagan edi (“Xalq 

so‘zi” gazeti 1991 yil 1 sentabir). 

Bundan chiqdi, bugun O‘zbekiston bayram qilib kelayotgan kun xalqimiz va davlatimiz erishgan to‘la “Mustaqillik kuni” 

ham emas ekan! “Konfederatsiya kuni” ekan! 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

23 


Afsus, ishlar orzularimiz, armonlarimiz, umidlarimizga ko‘ra emas, 

peshonalarimizda bitilganiga ko‘ra bo‘ldi. O‘yimizga yarashasini emas, xo‘yimizga 

yarashasini berdi Olloh. 

Xo‘sh, o‘shanda hokimiyat tepasiga bugungilar emas, mustaqillik uchun 

kurashganlar kelganida ahvol boshqacha bo‘larmidi? 

Boshqacha bo‘lishi aniq, lekin bugungidan yaxshi bo‘larmidi, yo‘qmidi – u yog‘ini 

Olloh biladi. Harholda voqelik achchiq haqiqatlarni ko‘rsatdi:  

1. Gurjiston bilan Ozarboyjonda hokimiyat maydondagilarga o‘tdi. Natija nima 

bo‘ldi? Mustaqillikchilarning qisqa muddatli hokimiyatlari birida fojiali, ikkinchisida 

orqaga qaytish bilan yakunlandi. 

Sababi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, natija ayanchli bo‘ldi.  

2. Uzoqqa bormaylik, yonqo‘shnimiz Tojikiston boshiga nimalar tushmadi! Xalqi 

birikkanroq va demokratiyasi bizdagidan kuchliroq bo‘lganiga qaramay, aytarli biron 

ijobiy natijaga erisholmadi. Agar bugungi holatidan xulosa qilsak, balki bizdagidan 

battarroq natija berdi. O‘rtada shuncha qon to‘kilgani, qanchadan-qancha odamning 

yostig‘i qurigani qoldi, xolos. 

Bunday natijaning sababi ko‘p, albatta. Shulardan biri – qaysi millat, qaysi 

respublika bo‘lmasin, o‘ris-sovet mustamlakasidan tezroq qutulishni istagan 

mustaqillikchilar ko‘pincha o‘tkir siyosatchilar emas, balki cheksiz orzumand, siyosiy 

sodda kishilar edi. 

Ozodlik fikrini ko‘tarib chiqqanlar fikr boshqa narsa, boshqarish boshqa narsa 

ekanining farqiga ko‘p ham bormas edi. Nazariy tomondan farqiga borsa ham, 

siyosatning kirliklariga, eski iqtidorning yuzsizliklariga sira tayyor emasdi. Hokimiyat 

cheki-chegarasi yo‘q imtiyoz ekani, bitmas-tuganmas osh-non ekani va ular bunday 

imtiyoz va osh-nonlarini katta ko‘chalarda, bosh maydonlarda bayroq ko‘tarib yurgan 

qayoqdagi yalangoyoqlarga osonlikcha berib qo‘ymasligi xayollarga sira kelmagan edi. 

Hokimiyatni berish tugul, aksincha, birov pishirgan tayyor oshni yuzsizlarcha 

o‘zlashtirib olishdan ham toymasligi aslo kutilmagan edi. 

Ya’ni, biz xayolparastlar o‘tmishi ham, buguni ham, vijdoniyu qo‘li ham kir 

kimsalardan mardlikni kutib o‘tiribmiz. 



“Bizlar eski zamon kadrlarimiz, istasak-istamasak qonimizda uzoq vaqtlargacha 

sovet mikroblari oqishi aniq, lekin endi xalqimiz mustaqillikka erishdi, endi uni 

munosib kadrlar boshqarishi kerak... yaxshimi-yomonmi sovet davrida rahbar bo‘ldik, 

qo‘limizdan kelganicha yurtni boshqardik, yo‘l qo‘ygan xatolarimiz uchun xalqimizdan 

uzrlar so‘raymiz, zotan u zamonlarda shunday boshqarishga majbur edik... kelinglar, 

lozim topsalaring, bundan bu yog‘iga yurtni birgalikda boshqaraylik, tom ma’nodagi 

mustaqillikka xalaqit beradigan bo‘lsak, unda qo‘limizdan keladiganini qilib, shu 

xalqimizning manfaati uchun, haqiqiy mustaqil hayot kechirishi uchun bir chetga o‘tib 

turaylik, unga to‘siq bo‘lmaylik, o‘rnimizga o‘tinglar, yangi hayotni sizlar 

boshlanglar, so‘rasalaring va bizlarning ham aqlimiz yetsa, tajribalarimizdan kelib 

chiqib maslahatlar berib turaylik... o‘tmish hammamizniki, undan qochib 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

24 


qutulolmaymiz, endi yangi pallaga o‘tdik, kelinglar, birgalikda yangi hayotni 

quraylik”, deydi deb o‘ylabmiz. 

Bitta mayizni qirqqa bo‘lib birgalikda yeyishga o‘rgatilgan millat bitta davlatni ham 

birgalashib boshqarishni taklif etib qolar deb tamshanib o‘tiraveribmiz. 

Albatta, bu ishimiz soddalik... soddalik ne, borib turgan go‘llik edi. 

Mustaqillikning tashabbuskori va me’mori Bitta Kishi bo‘lmaganiga eng yorqin 

dalil hamma respublikalar aytarli bir paytda mustaqilliklarini e’lon etganidir

23



Boltiqbo‘yi respublikalari, Qofqoz va O‘rusiyada kechdi mustaqillik uchun haqiqiy 



kurash. 

O‘rusiya mustaqilligi yo‘liga to‘g‘anoq bo‘laverganimizdan oxiri ketimizga 

ochiqdan-ochiq tepib yubordi va shundan keyingina O‘rta Osiyo respublikalari birdan 

“mustaqil” bo‘lib qoldik. 

Ha, ketimizga tepib quvib solmagunlaricha biz u umumiy uy (mustamlaka davlatga 

qaramlik)dan chiqqimiz kelmadi! Shu narsa qattiq alamlar qoldirdi yuraklarimizda. 

Hatto mustamlaka siyosatining markazi Maskovda o‘tgan ayrim mitinglarda 

(shaxsan o‘zim guvoh bo‘lganman

24

) “Долой СССР! Пусть убирается в Средную 



Азию!” (Yo‘qolsin SSSR! O‘rta Osiyoga daf bo‘lsin!) singari sha’nimizga haqoratli 

shiorlar yangraganini eshitib turib ham respublikamiz boshliqlari oxirgi nafasini 

olayotgan SSSRning dumiga osilib olib, sira qo‘yib yuborgisi kelmay, jon chiqar 

mahali ixtiyorsiz sizadigan shaltog‘ini yalashga harakat qilganlari bo‘ynimizni bukdi. 

Turli zamonlarda katta-katta saltanatlar qurib dunyoga maydon o‘qigan bobolar va 

otalar davomchilarining o‘sha damlardagi ahvoliga qarab turib xo‘rligi keladi 

odamning. “Qani u shon, qani u shavkat, qani u g‘urur?!” deb hayqirgisi keladi... 

Afsus, ishlar bugungiday bo‘lib chiqdi. Shunday bo‘lib chiqdimi, demak, shunisi 

taqdirimizga bitilgan ekan. 

Buni bugun bildik. 

Lekin u kezlar – taqdir yozig‘i hali yashirin turgan, orzular qopqasi hali katta ochiq 

bo‘lgan u zamonlar biz yuraklarga yaqin boshqacha... eh, boshqacha mustaqillikni 

kutgan edik. 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling