Nutq nuqsonlarini koreksiyalashda massaj usullari. Massaj va uning organigimga taʼsir xususiyatlari
Download 181.69 Kb.
|
1 2
Bog'liqTaqdimort 3chi mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lotincha daktil alifbosi.
MAVZU: Eshitishida nuqsoni bor bolalarni o‘qitishdagi turli bosqichlarda talaffuzning o‘rni va ahamiyati. Reja
Lotincha daktil alifbosi.Hozirgi kunda mamlakatimizda yosh avlodni xar tomonlama yetuk va barkamol shaxs qilib tarbiyalab voyaga yetkazish dolzarb masalalardan biri bo'lib kelmoqda. Shu munosabat bilan mamlakatimizda jismoniy va ruhiy rivojlanishinda nuqsonli, jumladan zaif eshituvchi bo'lgan bolalarni shaxsini shakllantirish va ijtimoiy xayotga moslashtirishga alohida e'tibor qaratilgan. Butunjahon karlar federatsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda qariyb 72 million EICh odam bor. Norasmiy statistikaga ko'ra, O'zbekistonda 23 mingdan ortiq eshitish imkoniyati cheklangan fuqaro mavjud. Davlat statistika qo'mitasi bu bo'yicha aniq hisobot yuritmaydi. Shu bois EIChlarni 16 yoshdan ro'yxatga oluvchi O'zbekiston Karlar jamiyati (O'zKJ), Maktabgacha ta'lim vazirligi va Xalq ta'lim vazirligi ma'lumotiga tayanishga majburmiz. Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar uchun hissiy sohaning rivojlanish xususiyatlari muammosi alohida ahamiyatga ega. Nuqsoni bo'lgan bolalarda nutqning yetarli darajada rivojlanmaganligi, bilimlarning kamligi, shuningdek, boshqalar bilan cheklangan muloqot shaxsning rivojlanish jarayoniga to'sqinlik qiladi. Bunday bolalarda o'zlarining his-tuyg'ularini tan olish va tasvirlash, shuningdek, hissiy holatini ifodalash ko'nikmalari yetarli darajada shakllanmagan. Eshitishda nuqson bo'lishi bolalarda nevrotik komplekslarni shakillntiradi, bu esa shaxsiyat rivojlanishida og'ishlarga olib keladi. Jumladan bolaning turmush tarzini o'zgartiradi, uni tashvishli, ishonchsiz, uyg'un va tarang qiladi, shuningdek bolalar guruhida nizolar paydo bo'lishi, giperaktivlik, uyatchanlik, tajovuzkorlik, izolyatsiyaga olib keladigan shaxsiy muammolarni vujudga keltirishi mumkin. O'z kamchiliklarini, ayniqsa jismoniy kamchiliklarni bartaraf eta olmaslik, ko'pincha aniq kompensatsiyaga olib keladi, bunda bola o'z kamchiliklari haqida o'ylay boshlaydi, o'ziga nisbatan hamdardlik uyg'otadi va bundan imtiyozlar olishga harakat qiladi. Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar soni sezilarli darajada oshib borishi va ularda nomoyon bo'ladigan salbiy emotsional holatlar mazkur yo'nalish bo'yicha turli soha vakillari tomonidan tadqiqotlar amalga oshirishga sabab bo'lmoqda. Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar muammosi doirasida chet ellik: T.M.Xarlamov, Y.A.Maslova, Y.E.Shurova, V.Petshak, E.Levine, N.G.Morozova, V.F.Matveev, G.C Mercan, J.Stivenson; O'zbekistonlik Z.N.Mamarajabova kabi psixologlar tadqiqot ishlarini olib borganlar. Shartli ravishda bu tadqiqotlarni uch guruhga ajratishimiz mumkin. Jumladan T.M.Xarlamova, Y.A.Maslova o'z tadqiqotlarida eshitish qobilyati buzilgan bolalarni ijtimoiy yo'nalishda, Y.E.Shurova kognetiv yo'nalishda, V.Petshak, E.Levine, N.G.Morozova, V.F.Matveev, G.C.Mercan, J.Stivenson hissiy sohasi bo'yicha o'rganishgan. T.M.Xarlamovaning "Oila koxlear implantlari bo'lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning emotsional rivojlanishining omili sifatida" mavzusidagi ilmiy tadqiqotida oila ota-onalarning hissiy intellekt darajasi va ularning bola bilan munosabatlarining xususiyatlari kabi ko'rsatkichlarning o'zaro ta'siri hamda bu ta'sir orqali bolaning hissiy rivojlanishining omili sifatida ko'rib chiqilgan Tadqiqot ota-onalarning koxlearli bolalarning hissiy rivojlanishiga ta'sirining xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra bolalar va ota-onalarning nazorat guruhlarida bolalarning hissiy rivojlanish darajasi, xususan, "his-tuyg'ularni tushunish" ko'rsatkichi ota-onalarning hissiy intellekt darajasi bilan o'zaro bog'liq bo'lib chiqdi. Shuningdek, ota-onalarning o'zlarining va boshqalarning his-tuyg'ularini tushunish hamda boshqarish qobiliyati bolaning hissiy rivojlanishida namoyon bo'lishi, eksperimental guruhda esa bunday munosabatlarning yo'qligi aniqlandi va hissiyotlarni nazorat qilishning sezilarli darajada yuqori ko'rsatkichlari kuzatildi. Bu ota-ona va bolaning o'zaro ta'siri usulida (I.M.Markovskaya) talabchanlik shkalasi bo'yicha yuqori natijalar bilan bog'liq edi. Bolalar ustidan nazoratning ortishi o'z navbatida ularga bo'lgan talablarni kuchayishi, hissiy tajribasini torayishi, bir qator tajribalar bilan tanishishni cheklashga olib keldi. [7.105-107-b] Y.A.Maslovaning "Kar va eshitmaydiganlar maktab-internatida o'rta maktab o'quvchilarining semantik sohasining xususiyaüari" mavzusidagi tadqiqotida asosiy maqsad kar va zaif eshituvchi o'rta maktab o'quvchilarining semantik sohasining o'ziga xos xususiyatlarini eshituvchi tengdoshlari bilan taqqoslab o'rganishga qaratilgan. Olim tadqiqotida birinchi marta karlar psixologiyasining asosiy qoidalarini zamonaviy ma'no nazariyasi kontekstida talqin qilish amalga oshirilgan. Tadqiqot natijasida eshitish qobiliyati buzilgan katta maktab o'quvchilarining semantik sohasi tarkibiy qismlarining o'ziga xos xususiyatlari, atrofdagi dunyoga munosabati bo'yicha yangi bilimlar olindi hamda eshitish qobiliyati zaif yigitning psixologik portreti yaratildi [2.5-7 b]. Y.E.Shurovaning "Eshitish qobiliyati past maktab o'quvchilarining boshlang'ich maktab yoshidan o'smirlik davrigacha bo'lgan intellektual rivojlanish dinamikasi" mavzusidagi tadqiqoti diqqat markazida eshitish qobiliyati zaif maktab o'quvchilarining intellektual rivojlanish dinamikasini o'rganish va ularning fikrlash va nutq funktsiyalarini rivojlantirishdagi munosabatlarni aniqlash edi. Tadqiqotda eshitish qobiliyati zaif maktab o'quvchilarining intellektual rivojlanish dinamikasi bo'yicha yangi ma'lumotlar olindi va ularning fikrlash va nutq funktsiyalarini rivojlantirishdagi munosabatlari aniqlandi. Olim tadqiqotida eshitish qobiliyati zaif bolalar va o'smirlarning fikrlash samaradorligi va aqliy muammolarni hal qilish uchun harakatlarni tartibga solishni ta'minlaydigan nutq funktsiyalarini shakllantirish xususiyatlari o'rtasidagi bog'liqlik yoritildi. Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar va o'smirlar intellektini rivojlantirishning o'ziga xosligining psixologik mazmuni konkretlashtirildi, bu esa eshitish qobiliyati zaif o'quvchilarning potentsial imkoniyatlarini aniqlash va II tipdagi ta'lim va tarbiya jarayonini takomillashtirish yo'llarini rejalashtirish imkonini berdi. Tadqiqotda eshitishda nuqsoni bo'lgan maktab o'quvchilarining intellektual rivojlanishini diagnostika qilishda birinchi marta kombinatsiyalangan usullar qo'llanildi. Shuningdek tadqiqotda ularning nafaqat intellektini rivojlantirish xususiyatlarini aniqlash, balki ularning psixologik asoslarini tavsiflash imkoniyati ham ko'rsatildi.[6.4-5b] V.Petshak "Maktabgacha va maktab yoshdagi kar bolalarning hissiy rivojlanishini o'rganish" bo'yicha o'tkazgan tadqiqotida quyidagi o'zaro bog'liq muammolar hal qilindi. Birinchisi, maktabgacha va maktab yoshidagi kar bolalarning hissiy rivojlanishi va hissiy munosabatlarining xususiyatlarini ota-onalarning xavfsizligi yoki eshitish qobiliyatiga qarab, shuningdek, bolaning tarbiyalangan va o'qitiladigan ijtimoiy sharoitlariga qarab aniqlash. Ikkinchi muammo - kar maktabgacha yoshdagi bolalar va maktab o'quvchilari tomonidan boshqa odamning hissiy holatini tushunish imkoniyatlarini o'rganish . V.Petshakning eksperimental psixologik tadqiqotlarida kar bolalar va kattalar o'rtasidagi muloqot tabiati va bolalarning hissiy ko'rinishlari o'rtasidagi munosabatlar kuzatildi. Kar maktabgacha yoshdagi bolalarda hissiy ko'rinishlarning nisbiy kaligi faqat bilvosita ularning nuqsoni bilan bog'liqligi va kattalar bilan hissiy jihatdan samarali va og'zaki muloqotning tabiatiga bevosita bog'liqligi aniqlandi. Kar ota-onalarning kar bolalari har xil turdagi hissiy ko'rinishlarning eng ko'p sonini, shu jumladan intellektual his-tuyg'ularni va eshituvchi ota-onalarga ega bo'lgan kar maktabgacha yoshdagi bolalar turli xil hayotiy vaziyatlarda eng kam his-tuyg'ularni ko'rsatdilar. Tadqiqot natijalari kar maktabgacha yoshdagi bolalarda hissiy ko'rinishlarning kamayishi ko'p jihatdan ta'limning kamchiliklari, kattalar eshitadigan odamlarning yosh bolalarni hissiy muloqotga chaqira olmasliklari bilan bog'liqligi hamda uyda tarbiyalangan kar ota-onalarning kar bolalari, uyda yoki maxsus internat tipidagi bolalar bog'chasida bo'lgan eshitadigan ota-onalarning kar bolalariga qaraganda sezilarli darajada ko'proq ijobiy hissiy ko'rinishlarni nomoyon etishini ko'rsatdi.[7] "Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarda psixologik-ijtimoiy qiyinchiliklar va hayot sifati va ularning ota-onalik uslublari bilan bog'liqligi" deb nomlangan G.C.Merqanning tadqiqotida asosiy etibori eshitish qobiliyati buzilgan bolalarda psixo-ijtimoiy muammolar, hayot sifati va ota-onalik uslublari o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganishga qaratilgan edi. Tadqiqotga jami 84 nafar bola (42 nafar eshitish qobiliyati zaif bola va 42 nafar sog'lom bola) va ularning ota-onalari qamrab olingan. Olim tadqiqotida eshitish qobilyati buzilgan bolalarda o'z-o'zini xurmat qilish darajasi sog'lom bolalar bilan solishtirganda sezilarli darajada past ekanligi, shuningdek, bunday bolalarning ota-onalari haddan tashqari himoyalangan va avtoritar tarbiya uslublariga ega ekanligini aniqladi. Tadqiqotidan olingan natijalari bolalarning hissiy muammolari va haddan tashqari himoyalangan va avtoritar ota-ona uslubi o'rtasida sezilarli bog'liqlik bor va unuqsonli bolaning ruhiy salomatlikni davolashda ham, himoya qilishda ham ota-onalarning munosabati muhimligini ta'kidladi.[3] J.Stivensonning "Eshitish qobiliyati buzilgan bolalar va o'smirlardagi hissiy va xatti-harakatlardagi qiyinchiliklar tizimli tahlil va meta-tahlil" mavzusidagi tadqiqoti eshitish qobiliyati buzilgan bolalar va o'smirlar (HI) normal eshitadigan bolalarga nisbatan hissiy va xulq-atvorda qiyinchiliklarning qanchalik yuqori ekanligini aniqlashga qaratilgan.[4] Download 181.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling