Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Grammatik ko‟nikmalarni shakllantirish usullari va yo‟llari


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

 Grammatik ko‟nikmalarni shakllantirish usullari va yo‟llari. 
 
O‘rganilayotgan tilning grammatik tuzilishini shakllantirish metodlari va usullari:
ayrim so‘zlar va iboralar misolida grammatik shakllarni ko‘rgazmali namoyish qilish; o‘yin 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
vaziyatlari, nutqiy mashqlar, ijodiy tusdagi rolli o‘yinlar, hajmi unchalik katta bo‘lmagan 
matnlarni tinglash va boshq. 
Bolalarga o‘zga tilni o‘rgatishda grammatik qoidalar alohida o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan 
predmet hisoblanmaydi va uni bolalarga yod olish taklif etilmaydi. Qoidalarni amalda 
o‘zlashtirib olish ko‘nikmalari maxsus tashkil etilgan va bolalarning o‘rganilayotgan 
grammatik hodisa mohiyatini tushunib yetishlariga qaratilgan o‘yin-mashqlarda 
shakllantiriladi. O‘yindagi harakatlar ko‘plikdagi ot ishtirok etgan fikrlarni tuzishdan iborat 
bo‘lmog‘i lozim. Bunda boshqa har qanday grammatik qiyinchiliklarni bartaraf etishga intilish 
talab etiladi. Bolaning minimal o‘z fikrini aytishi ikki so‘zdan iborat bo‘lishi kerak: ikki 
qo‘g‘irchoq, beshta ayiqcha, sakkizta koptok va h.q. Bunday jumlalar motivini hosil qilish 
uchun bir nechta o‘yinchoqlar, hayvonlar, narsalar tasvirlangan suratlarni namoyish qilish 
tavsiya etiladi yoki pedagog (bola) nomlanishi bir xil bo‘lgan bir nechta o‘yinchoqlarni qo‘liga 
oladi. 
Yetti yoshga kelib, odatda, nutqning sintaktik qatori shakllanadi: bola oddiy gaplarni, bir xil a‘zoli 
gaplarni to‘g‘ri tuzadi, bunda u biriktiruvchi, zidlovchi, ajratuvchi bog‘lovchilarni qo‘llaydi; u o‘z 
nutqida qo‘shma gaplardan, ko‘pincha esa turli xil sintaktik munosabatlarni ifodalovchi ergashgan 
qo‘shma gaplardan foydalanadi: qo‘shimcha gaplar -«Kamol nima ko‘rganligimizni so‘radi»; maqsadli 
gaplar - «Biz oziq-ovqat harid qilish uchun do‘konga ketayapmiz»; shartli gaplar - «Agar yomg‘ir 
yog‘masa, biz sayr qilgani chiqamiz» va boshq. 
O‘z taassurotlari haqida hikoya qilar ekan, olti yoshli bola ravon monologik nutq 
shaklidan foydalanishi lozim. 
Maktabgacha ta‘lim muassasasining tayyorlov guruhida grammatik rasmiylashtirilgan 
nutqni rivojlantirish borasidagi ishlar asosiy o‘rinni egallashi lozim. Xuddi oldingi yillardagi 
kabi, u maxsus mashg‘ulotlarda va boshqa faoliyat turlari bilan bog‘liqlikda amalga oshiriladi. 
Aynan bir fikrni turli vositalar yordamida rasmiylashtirish maktabga tayyorlash 
guruhidagi bolalarda grammatik nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga doir ishlarning asosiy 
turi bo‘lishi mumkin. Masalan, bolalar o‘yin-kulgi qilayotgan syujetli suratni taxlil qilishda 
qator gaplarni tuzish mumkin: «Bolalar quvonchdan sakrab yuborishdi», «Xursand bo‘lib, 
bolalar osmonga sakradilar»; «Bolalar sakrab yuborishdi, chunki ular xursand edilar». Aynan 
bir mavzuda turlicha gaplar tuzishga doir bunday ishlar maktabgacha yoshdagi bolalarga bitta 
fikrni turlicha ifodalash imkonini beradi. Mashg‘ulotlarda tarbiyachi ataylab bolalarga bir-
birining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan gaplar tuzishni o‘rgatadi. 
Aynan bir mavzuga oid gaplar variantlarini yaratish uchun didaktik o‘yinlar, syujetli 
rasmlar, badiiy matnlardan foydalanish mumkin. Aynan bitta fikrni ifodalash uchun turlicha 
gaplar tuzishga oid ishlar yetti yoshli bolalarda grammatik to‘g‘ri nutq ko‘nikmalarini 
shakllantirishda asosiy o‘rinni egallashi lozim. 
Bu yoshdagi bolalarga nutqda sifatdoshlarni qo‘llashni o‘rgatish ular nutqini 
rivojlantirishga doir ishlarning ikkinchi yo‘nalishi bo‘lishi mumkin. 
Bolalar nutqiga sifatdosh shakllarni kiritish uchun bolalar, kattalar, xayvonlar, 
qushlarning turli harakatlarini tasvirlovchi suratlardan foydalanish mumkin (o‘qiyotgan bola, 
raqs tushayotgan qiz, yugurayotgan quyon va x.k.). 
Bolalar surat asosida gap tuzadilar: «Bola o‘qiyapti». Tarbiyachi o‘qiyotgan bola so‘z 
birikmasini tuzishga yordam beradi. Tarbiyachi so‘z birikmasidagi sifatdoshni aytadi, so‘ngra 
bolalardan so‘raydi: «Qaysi bola?» - «O‘qiyotgan bola». 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Mashg‘ulot uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan fe‘llarni olish va ulardan xozirgi zamondagi 
xaqiqiy sifatdoshlarni hosil qilish darkor. Bolalarga hech qanday atamalar ma‘lum qilinmasligi 
kerak, bunda ularning ayrim sifatdoshlarni esda saklab qolishlari va zarur bo‘lganda ularni o‘z 
nutqiga qo‘sha olishlari juda muhimdir.

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling