Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
qo‘llashga yordam berishi zarur. Bolalarni amalga oshirilayotgan va amalga oshirib bo‘lingan 
harakatlarni farqlashga o‘rgatish uchun ularga tanish vaziyat bilan bog‘liq holda aniq xususiyat 
baxsh etish lozim. 
Gap tuzishda «bugun», «xozir», «endi» ravishlarini xozirgi zamon fe‘li bilan, «kecha», 
«anchadan buyon», «yaqinda» ravishlarini o‘tgan zamon fe‘li bilan bog‘lash muhimdir. 
Maxsus mashqlarda bog‘langan qo‘shma gap va ergashgan qo‘shma gaplardan iborat 
bo‘lgan qo‘shma gaplar tuzishga doir ishlar sezilarli ahamiyat kasb etishi darkor. Buning uchun 
savol-javob shaklidan foydalangan ma‘qul. Dastlab bola qo‘shma gapning faqat ikkinchi 
qismini (aslida qo‘yilgan savolga javob ham shu) aytadi, keyinchalik esa undan qo‘shma gapni 
butunicha aytishini talab qilish zarur. Ko‘pincha bolalar aynan ergash gaplarni qo‘llashda 
xatoga yo‘l qo‘yadi. 
Qo‘shma gaplarni tuzishga doir mashg‘ulotlar turlicha o‘tkazilishi mumkin: suratlar 
bilan: syujeti bir-biriga yaqin bo‘lgan ikki surat tanlab olinadi: uning birida o‘rin-ko‘rpasini 
yozayotgan qizcha, ikkinchisida esa - uxlayotgan qizcha tasvirlangan. Tarbiyachi rahbar ligida 
bola gap tuzadi: «Guli endigina joy solayapti, Lola bo‘lsa uxlab qoldi». 
Gap tuzish «Nima oldin, nima keyin?», «Hammasi teskari», «Xatosini top» kabi o‘yinlar 
bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Ushbu o‘yinlarni o‘tkazishda bolalar «va» biriktiruvchi 
bog‘lovchisi va «yoki» ajratuvchi bog‘lovchisi yordamida g‘ap tuzadilar. 
Nima uchun? Nega? savollariga javob beruvchi gaplarga alohida e‘tibor qaratish lozim. 
Bunday gaplarni tuzish uchun o‘yinchoqlardan, suratlar turkumidan foydalanish, syujetli-rolli 
o‘yinlarni tashkil qilish mumkin. Bu borada «Telefon» o‘yini katta imkoniyatlar yaratadi - 
bolalar o‘zlarining «telefon» suhbatlarini hikoya qilishda qo‘shma gap tuzishlari shart: «Barno 
unga qo‘g‘irchoqni keltirishimni iltimos qildi», 
Qo‘shma gaplarni tuzishga doir ishlar sayrda, tabiat bilan tanishuvda, rasm chizish, musiqa 
mashg‘ulotlarida davom ettirilishi lozim. Orttirilgan nutqiy ko‘nikmalar sahnalashtirish, didaktik va 
harakatli o‘yinlarni o‘tkazishda mustahkamlanadi. 
Hayotning yettinchi yilini boshdan kechirayotgan bolalarda grammatik ko‘nikmalarni 
shakllantirish. yetti yoshga kelib, bola odatda, nutqning barcha grammatik shakllarini, ya‘ni: 
otlarni turlash, eng keng qo‘llaniladigan fe‘llarni tuslashni egallashi lozim. Harakat belgisini 
(kenglik, vaqt, harakat obrazi) tavsiflash uchun ular ravishlardan foydalanadilar, buning uchun 
bolalar ularni so‘z birikmasi va gap qatorida qo‘llaydilar: tez yurdi, sekin gapirdi, chapga 
burildi va boshq. 
Etti yoshli bolalar nutqida old ko‘makchilar ko‘pincha nafaqat o‘z ma‘nosida, balki 
noaniq tarzda ham qo‘llaniladi. SHunisi diqqatga sazovorki, old ko‘makchilar dastlab kenglik 
ma‘nosi ko‘rsatkichi sifatida to‘rt-besh yoshli bolalar nutqida paydo bo‘ladi (uydan, devordan 
uzoqlashdi); so‘ngra besh-olti yoshli bolalar ushbu old ko‘makchini ob‘ektiv ma‘no 
ko‘rsatkichi sifatida ham qo‘llaydilar (onamning sovg‘asi, dadamning xati) va faqat, keyinroq, 
yetti-sakkiz yoshlarga kelib, bola sabab ma‘nosini ifodalash uchun «dan» old
ko‘makchisidan foydalanishi mumkin (qo‘rqqanidan qichqirib yubordi, og‘riqning‘ zo‘ridan 
yig‘lab yubordi). 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling