Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Maktabgacha yoshdagi bolalarda grammatik ko„nikmalarni shakllantirishning


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda grammatik ko„nikmalarni shakllantirishning
ahamiyati 
Grammatika bolalarning o‗zga tilni o‗zlashtirish jarayonida strategik o‗rin tutadi, zero 
«Grammatika – shunday vositalar repertuariki, uning vositasida birinchidan, mustaqil narsalar 
va fikrlar o‗rtasidagi munosabatlar muayyan qoidalar asosida ifodalanadi, o‗zgadan, muayyan 
qoidalar asosida yangi so‗zlar hosil bo‗ladi» (L.V.SHerba). SHunday qilib, grammatik tizim 
nafaqat mantiqiy munosabatlar ifodalovchisi sifatida sintaksis va morfologiyani, balki so‗z 
hosil qilishni ham o‗z ichiga oladi.Bolalarda grammatik operatsiyalar ko‗nikmalarini 
shakllantirish uchun bola o‗rganilayotgan tildagi u yoki bu grammatik elementlarni qo‗llashga 
zarurot bo‗ladigan o‗yinlardan foydalanish lozim: otlarning ko‗plikdagi soni, son – ko‗plik yoki 
birlikdagi otdir va boshq. O‗rganilayotgan tilning grammatik tuzilishini bola turli xil nutqiy 
faoliyat jarayonida o‗zlashtiradi. Bola sabab-oqibat, miqdor va boshqa munosabatlarni bilish 
orqali, bir vaqtning o‗zida ularni grammatik shakllar va tuzilmalar orqali ifodalash (birlik va 
ko‗plik, rod, otlar kelishigi, fe‘l zamonlar va turlari va boshq.) usullarini ham bilib oladi. Bola 
turli-tuman grammatik vositalarni o‗zlashtirib oladi (Qaratqich kelishigi qo‗shimchalari, so‗z 
hosil qilishda ko‗plik son, suffikslar).
Bolalar nutqiga turli xildagi fe‘llarni kiritishni «harakat - nutq» usulidan foydalangan 
holda fe‘l ustki old qo‘shimchalarni kuzatish ishlari bilan birgalikda amalga oshirgan ma‘qul. 
Bundan tashqari, bola muayyan surat yoki harakatga yo‘nalgani holda old qo‘shimcha fe‘lga 
olib kirayotgan (ketdi, kirdi, yaqinlashdi, chiqdi) ma‘no qirrasini anglab olishi mumkin. Bolalar 
old qo‘shimcha ma‘nosini o‘zlashtirib olganlaridan keyin uni old ko‘makchi bilan taqqoslash 
mumkin (...ga kirdi, ....dan kirdi, ...dan chikdi va x.k.). 
Bolalarning amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etishga doir maxsus mashg‘ulotlarda 
tarbiyachiga o‘yinchoqlar, narsalar, kiyimlar, poyabzal, idish-tovoqlar, oziq-ovqatlar va boshq, 
syujetli o‘yinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bolalar o‘ynaganlari holda atrofdagi kattalar 
faoliyatiga taqlid qiladilar. Tuzilayotgan gapni rang-barang qilish uchun o‘yin syujetini 
o‘zgartirish - yangi o‘yin personajlarini kiritish, bolaga yo‘naltiruvchi savollar berish va shu 
bilan uni muayyan iboralar bilan javob berishga o‘rgatish zarur. 
Namoyish qilinayotgan harakatlar bo‘yicha «bilan» old ko‘makchisi ishtirokidagi 
tuzilmalarni kiritish qulaydir: ayiqcha bilan, kuchukcha bilan o‘ynadi; quyoncha bilan, oyisi 
bilan, Samat bilan gaplashdi. 
Namoyish etilayotgan harakatlar bo‘yicha tuzilayotgan butun gapni bolalar albatta o‘zlari 
aytib ko‘radilar. Agarda bola gapda xatolikka yo‘l qo‘ysa, tarbiyachi uni tuzatishi va gapni 
yana bir bor takrorlashi lozim. 
Bolalarga iboralarni tegishli grammatik shakl bilan rasmiylashtirishni o‘rgatishni o‘yinli 
vaziyatlar asosida ham amalga oshirish mumkin. O‘yinli usullardan bolalar bilan grammatik 
tuzilmalarni qo‘llash borasidagi suhbat sifatida barcha kelishik shakllarini mustahkamlashda 
foydalaniladi. 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling