Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
2. Bolalar so‘z boyligi, nutqni tinglash, eshitish qobiliyati, nutq a'zolarining harakati, holati. 
3. Nutqning grammatik tomonini tarbiyalashda bolalar ruhiyatining shakllanganligi. 
4. Kattalar nutqining grammatik jihatdan to‘g‘ri, ifodali bo‘lishi, bolalar nutqining to‘g‘riligini 
kuzatib borishi. 
Shunday qilib nutqning grammatik qurilishini o‘rgatish kichik guruhdan boshlab amaliy 
tarzda olib boriladi, ya'ni nutqning grammatik qurilishini o‘rgatish nutq o‘stirish 
Mashg‘ulotlarida bolalarning so‘z boyligini oshirish, tevarak-atrof haqidagi bilimlarini 
kengaytirish, bolalarning tanish hikoya, ertakni qayta hikoya qilishi, suhbatda tarbiyachi 
savollariga javob berishi kabi faoliyatlarida amalga oshiriladi va quyidagi metodlardan 
foydalaniladi. 
1. Tarbiyachining nutqiy namuna bo‘lishi. 
Tarbiyachi bolalarga gapirayotganda, hikoya qilib berayotganda so‘z va jumlalarni 
grammatik jihatdan to‘g‘ri, ifodali, bolalarga tushunarli bo‘lishiga ahamiyat beradi, bolalarni 
so‘zlashga qiziqtiradi. Masalan, savatchada olma bor. Men savatchadan olmani oldim, kani sen 
ham savatchadan olmani ol. Sen nima qilding? Savatchadan nimani olding? kabi nutqiy 
namuna bo‘lish metodidan foydalanadi, bolalar nutqni aytishga, nutq anglatgan harakatni 
bajarishga qiziqadi, nutqning grammatik qurilishini egallay boradi. Bu metod ko‘pincha kichik 
guruhda qo‘llaniladi. 
2. Mashq-topshiriq metodi. 
Bu metodda tarbiyachi bolalarga biror so‘zni aytadi, so‘z ishtirokida gap tuzish yoki 
birlikdagi otni ko‘plik aytish, so‘zni kelishiklar bilan turlash, tarbiyachining savoliga javob 
berish kabi topshiriq-mashq metodidan foydalanadi, Bolalar ushbu mashq orqali nutqning 
grammatik qurilishini o‘rganib boradilar. Masalan, mana bu ayiqcha, mana bu ham ayiqcha. 
Bo`lar ayiqchalar, Ayiqchani Ravshanga berdim. Ravshan nima qildi?
Bolalar: Ravshan ayiqchani oldi. Ayiqchani stulga utkazdi kabi javob beradilar. 
3. Ko`rsatmalilik metodi. 
Tarbiyachi o‘yinchoq, narsa, buyumlarni bolalarga Ko`rsatadi, ular o‘yinchoqlar nomini 
aytadilar, aytilgan so‘zlar yordamida gap tuzishni mashq qiladilar. Masalan, tarbiyachi 
o‘yinchoqni Ko`rsatib, bu nima? uni nima qilasan? kimga berasan? kabi savollar beradi,ular 
yordamida gap tuzish, nutqiy mashq qilishni tashkil etadi. Bolalar bu mashina, mashinani 
xaydayman, mashinani Zokirga beraman kabi gaplarni tuzadilar, bu mashqda kelishik 
qo‘shimchalarini to‘g‘ri qo‘llash, fe'lni shaxs va zamonda tuslash, gap tuzish kabi amaliy 
mashqlarni bajaradilar,shu asosda ogzaki nutqni egallab boradilar. 
4. Didaktik o‘yin metodi. 
Ushbu metodda bolalar o‘yinchoq, qo‘g‘rchoqlar yordamida didaktik o‘yin o‘ynaydilar, 
o‘yin jarayonini gap bilan ifodalaydilar, bajargan ishlarini nutq orqali tushuntiradilar, shu 
tarzda nutqning grammatik jihatdan to‘g‘ri, ifodali bo‘lishini bilib oladilar. Masalan, 
―Qo‘g‘rchoqni mexmon qilamiz‖ didaktik o‘yinida bolalar qo‘g‘rchoq mexmonga keldi
qo‘g‘rchoqni stulga o‘tkazamiz, Shaxlo dasturxon yozdi, Gulchexra choy, murabboni 
dasturxonga qo‘ydi. Biz qo‘g‘rchoqni choy bilan mexmon qildik. Choyni piyolada o‘zatdik 
kabi gaplarni aytadilar, hikoya tuzadilar. 
5. So‘z-mashq metodi. 
Bunda tarbiyachi bolalarga narsa buyum nomini aytadi, bolalar tarbiyachi savollariga 
so‘z va gap bilan javob beradilar: Olma qanday? Olma qizil, dumaloq, shirin. 
Behi - sariq, nordon. 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Sabzi - qizil, suvli, qattiq. 
Tarvuz- shirin, qizil, suvli, dumaloq, va hokazo. 
Qizil, chiroyli, xidli-gul; 
Yumalok, qizil, mayda, achchik-olcha; 
Qora, dumaloq, ichi qizil, shirin-tarvuz kabi misollarni aytadilar. 
Shuningdek, katta va tayyorlov guruhida ―Bu nimadan ishlangan?‖ ― So‘zni davom ettir‖ kabi 
didaktik mashqlar ham muhimdir. 
Nutqning grammatik qurilishini shakllantirishda bolalarni tasviriy va ijodiy hikoya 
tuzishga o‘rgatish ham qo`lay usuldir. Chunki bolalar hikoyani tuzish uchun mavzuga mos 
mazmunni uylaydi, fikrni bayon qilish uchun so‘z tanlaydi, gap tuzishni mashq qiladi, uz 
nutqini mazmunli ifodali bo‘lishiga harakat qiladi. 
Demak, nutqning grammatik qurilishini o‘rgatish bolalarning so‘z boyligini oshirish, 
lug‘atini boyitish, ko‘rgan-kuzatganlari, eshitganlarini so‘zlab berish, tarbiyachi savollariga 
javob berish,tasviriy va ijodiy hikoya tuzish, nutqda so‘zni urinli qo‘llash, obrazli bayon etish 
malakalarini shakllantiradi, bolalarda bilishga intilish, ijodiy fikrlash malakalari shakllanadi. 
Ushbu natijaga erishish, ularda nutqning grammatik qurilishini shakllantirish uchun bolalarning 
kundalik hayoti, o‘yin, mexnat faoliyatlari, kattalar bilan nutqiy muloqati, turli o‘yinchoq, 
narsa, buyum, voqea-hodisalar, didaktik o‘yin, Mashg‘ulotlar, sayr, ekskursiyalar muhim omil 
bo‘lib xizmat qiladi, bolalar nutqining ifodaliligini ta'minlaydi. 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling