Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni
Download 5.04 Kb. Pdf ko'rish
|
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH
Tayanch tushuncha va iboralar.
Grammatika, morfologiya, sintaksis, leksik ma'no, grammatik ma'no, shakl, qo‘shimcha, grammatik kategoriya, kelishik, ko`plik, shaxs, zamon, uyushiq bo`lak, sodda gap, qo‘shma gap. Grammatika tilning grammatik qurilishi haqidagi ta'limot bo‘lib, unda so‘zlarning shakllari, bog`‘lanishi, gap qurilishi va uning turlari o‘rganiladi. Grammatika morfologiya va sintaksisdan tarkib topadi. Morfologiya so‘zning grammatik shakllari, so‘z turkumlari, grammatik o‘zgarishlar haqidagi ta'limot bo‘lib, so‘z leksik va grammatik ma'noga ega bo`ladi. Sintaksis so‘zlarning o‘zaro bog`‘lanishi, gap uning ma'no turlari va tuzilishi jihatdan turlarini o‘rgatadi. Tilda so‘zning obyektiv borlik haqidagi tushunchani ifodalashi uning leksik ma'nosidir. So‘zning morfologik tuzilishi, ularning o‘zaro bog`‘lanishiga ko‘ra ifodalangan ma'nosi esa so‘zning grammatik ma'nosi hisoblanadi. Grammatik ma'no so‘zning leksik ma'nosini o‘zgartirmaydi, so‘zga qo‘shilgan qo‘shimchalar-grammatik shakl yoki yordamchi so‘zlar orqali grammatik ma'no ifodalanadi. Masalan, olma, qalam, o‘yinchoq so‘zlarining leksik ma'nosi meva turi, yozuv quroli, o‘ynaladigan narsa nomini ifodalashi bo‘lib, ularning birlikda va bosh kelishikda ekanligi grammatik ma'no ifodalashidir. Olmani, qalam bilan, o‘yinchoqlar kabi so‘zlarning tushum kelishikda ekanligi, ko`plikni bildirishi ham grammatik ma'noni ifodalaydi. Demak, grammatik ma'no grammatik shakl bilan bir butunlikni hosil qiladi, bu esa grammatik kategoriyalarni tashkil etadi, grammatik kategoriyalar xilma- xil bo‘lib, tilshunoslikda ular son kategoriyasi, egalik kategoriyasi, kelishik, zamon kategoriyalarini tashkil etadi. So‘z shakllari esa so‘zning asosiy va shakl qismga bo‘linishi xususiyatini ifodalaydi, so‘zning morfologik tuzilishini ifoda etadi. Ya'ni so‘zning grammatik qismga bo‘linmas qismi morfema deyiladi, u o‘zak morfema yoki asosiy morfema hisoblanib, so‘zga qo‘shimcha qo‘shish yoki yordamchi so‘z qo‘shish yordamchi morfemani ifodalaydi. Masalan, quyoncha, mushukni, kanddon kabi so‘zlarda asosiy va yordamchi morfemalar mavjuddir. Masalan, quyon-asosiy morfema, -cha esa qo‘shimcha morfemadir. So‘zning grammatik shakli ikki xil bo`ladi: sintetik shakl va analitik shakl. Sintetik shaklda so‘zga qo‘shimcha qo‘shiladi: Masalan, quyidagi misolda so‘zga bir necha qo‘shimchalar qo‘shilgan bo‘lib, u sintetik shakldir; Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni Kapalaklar gulzorda, Qanot qoqib uchishar. Xursand bo‘lib gulzordan, Guldan gulga qo‘nishar. Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o`stirishda nutqning grammatik tomonini o‘rgatish, ya'ni nutqni grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzishga o‘rgatishda tarbiyachining so‘zning asosiy va qo‘shimcha morfemalarini bilishi va uni bolalarga amaliy o‘rgatishi muhim ahamiyat kasb etadi. Nutqning grammatik tomonini o‘rgatish bolalarning nutqni to‘g‘ri ifodalash malakalarini shakllantiradi, ular nutqidagi grammatik xatolarni bartaraf etish, nutqni to‘g‘ri, ifodali, tushunarli bayon etishga o‘rgatadi. Nutqning grammatik tuzilishini o‘rgatish maktabgacha ta'limning kichik guruhidan boshlanadi va quyidagilarni amaliy o‘rgatish asosiy vazifa hisoblanadi: a) otlarni kelishiklar bilan to‘g‘ri turlash (Anvarning, Anvarni, Anvarga va hokazo) b) fe'llarni shaxs-zamon qo‘shimchalari bilan to‘g‘ri tuslashga o‘rgatish (oldim, oldi) v) hayvon va parrandalarning nomini birlik va ko‘plik ifodalashga o‘rgatish s) uyushiq bo`laqli gaplar tuzishga o‘rgatish (Odil tupni, sharni va bayroqchani oldi) d) ertak, she'rni ifodali aytish ko‘nikmasini tarkib toptirish, chiroyli, to‘g‘ri gapirishni o‘rgatish e) grammatik to‘g‘ri nutqni shakllantirish, rasm asosida, suhbat orqali bolalar nutqida sifatlarni to‘g‘ri qo‘llash, otlarni kelishikda to‘g‘ri turlashga o‘rgatish. O‘rta guruhda nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish mazmuni quyidagicha: 1. Gapirganda, hikoya qilganda so‘zlarni grammatik jihatdan to‘g‘ri qo‘llashga, ya'ni kelishiklarda to‘g‘ri turlashga o‘rgatish. 2. So‘zlarni birlik, ko‘plik aytish, fe'llarni shaxs va zamonda to‘g‘ri tuslash, ayrim so‘zlarning yasalishini bilish. 3. Jumlani to‘g‘ri tuzish, nutqda sodda, qo‘shma gaplardan foydalanish. 4. Topishmoq, tez aytish orqali ogzaki nutqni shakllantirish. 5. Nutqda fe'lning buyruk maylini qo‘llash va to‘g‘ri ishlatishni o‘rgatish. Katta guruhda nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish davom etadi, bunda quyidagilar amalga oshiriladi. 1. To‘g‘ri gapirish, so‘zlarni o‘zaro bog`lash, jumlani to‘g‘ri tuzish. 2. Nutqda uyushiq bo‘laqli, sodda yoyiq va qo‘shma gaplardan foydalanish. 3. Fikrni xilma-xil ma'noda bayon etish. 4. Yangi so‘z yasashni, grammatik to‘g‘ri nutqni shakllantirish talab etiladi. Maktabga tayyorlov guruhida nutqning grammatik tuzilishi buyicha quyidagilarga ahamiyat beriladi: 1. Nutqning morfologik va sintaktik tuzilishini shakllantirishni davom ettirish. 2. Bolalarda o‘z nutqi va boshqalar nutqiga tanqidiy munosabatda bo‘lishni tarbiyalash. 3. Ot, sifat, fe'llarning murakkab grammatik shakllaridan foydalanishni mashq qilish. 4. So‘z yasash malakasini mustahkamlash. 5. Rasmga karab hikoya qilishga o‘rgatishni davom ettirish. 6. Bolalar nutqidagi grammatik xatolarni bartaraf etish. Nutqning grammatik tomonini o‘rgatish amaliy mashqlar, Ko`rsatib berish, o‘rgatish orqali amalga oshiriladi, quyidagilar nazarda tutiladi. 1. Bolalarning psixologik va fiziologik rivojlanishi, rivojlanganlik darajasi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling