Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
ta‘lim pedagogikasi lug‘atni rivojlantirishga nutqni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biri 
sifatida qaraydi. 
Lug‘atni rivojlantirishni xalq tomonidan tarixiy davrlar mobaynida to‘plangan lug‘at 
zahirasini o‘zlashtirishning uzoq davom etadigan jarayoni sifatida tushunish darkor. 
Ushbu jarayonning miqdoriy va sifat jihatlarini ajratish mumkin. Eng avvalo bola 
lug‘atidagi miqdoriy o‘zgarishlarni qayd etish lozim. Chunonchi, 1 yoshda kichkintoy 10-12 ta 
so‘zni faol biladi, 6 yoshga kelib esa uning faol lug‘ati 3-3,5 mingtagacha ortadi. 
Lug‘atning sifat xususiyatlari haqida so‘z yuritganda bolalar so‘zning bilish natijasini aks 
ettiruvchi ijtimoiy biriktirilgan mazmunini asta-sekin egallab olishlarini nazarda tutish lozim. 
Ushbu bilish natijasi so‘zda mustahkamlanadi, shu tufayli odamlar tomonidan anglanadi va 
muloqot jarayonida boshqa odamlarga uzatiladi. 
Har bir so‘zning mazmuni tushunchadir. Fikr, so‘z umumiylikni ko‘rsatadi. 
Psixologiyada ham so‘z mazmuni umumlashtirma yoki tushuncha sifatida belgilanadi. «So‘z 
mazmuni psixologik jihatdan aynan umumlashtirilgan tushunchaning o‘zidir. Biz so‘z 
mazmunini fikrlash fenomeni sifatida ko‘rib chiqishga xaqlimiz» (L.S.Vыgotskiy
12
). SHuning 
uchun lug‘atni egallash jarayoni tushunchalar bilan uzviy bog‘liq va shu tufayli u quyidagi 
o‘ziga xos xususiyatlarga ega: 
I-xususiyati – bolalar lug‘atining mazmuni. Fikrlashining ko‘rgazmali-ta‘sirchan va 
ko‘rgazmali-obrazli tusga egaligi bois bola eng avvalo ko‘rgazmali taqdim etilgan yoki uning 
faoliyati uchun mumkin bo‘lgan, bolalar lug‘atida ancha keng aks ettirilgan narsalar, hodisalar, 
sifatlar, xususiyatlar, munosabatlarni o‘zlashtirib oladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolaning lug‘atida nisbatan mavxum tushunchalarni belgilaydigan 
bunday so‘zlarning yo‘qligi yoki ularning ma‘nosi buzilishi ham shu bilan izoxlanadi. 
II-xususiyati – so‘zning ma‘nosi, mazmun-mohiyatini asta-sekin egallash. Maktabgacha 
yoshdagi bolada tushunchalar asosida fikrlash hali shakllanmaganligi sababli u egallab olgan 
so‘zlarning ma‘nosi ham muayyan yosh bosqichida tushunarli bo‘lmaydi. Dastlab bola so‘zni 
muayyan narsa yoki hodisa bilan bog‘laydi. Bunday so‘z umumlashtiruvchi xususiyatga ega 
emas, u faqat bolaga muayyan narsa, hodisa haqida signal beradi va ularning obrazini chaqiradi 
(masalan, bola uchun soat so‘zi faqat uning xonasida osilib turgan soatni anglatadi, xolos.). 
Maktabgacha yoshdagi bolaning atrofdagi borliqni – narsalar, hodisalar (xususiyatlar, 
xossalar, sifatlar)ni o‘zlashtirishining borishiga qarab u ularni u yoki bu belgisiga qarab 
umumlashtirishni boshlaydi. Ko‘pincha umumlashtirishlar ahamiyatsiz, biroq bola uchun 
emotsional jihatdan muhim bo‘lgan belgilariga qarab qilinadi. 
Shunday qilib, maktabgacha bosqichdagi bolalikda so‘z mazmuni bolaning bilish 
imkoniyatlari rivojlanishiga qarab o‘zgarib boradi. 
III-xususiyati – bola lug‘ati hajmining kattalar lug‘ati hajmidan ancha kamligi. CHunki 
bolaning bilish tajribasi va pirovardida atrof-olam haqida to‘plagan ma‘lumotlari katta yoshli 
odamning bilimlari hajmidan ancha kam bo‘ladi. 
Lug‘atni rivojlantirshdagi mazkur xususiyatlar maktabgacha ta‘lim muassasasidagi 
bolalar bilan olib boriladigan lug‘at ishlarining vazifalarini aniqlash imkonini beradi. 

Mazmunli muloqot uchun zarur bo‘lgan miqdordagi so‘zlar to‘planishini ta‘minlash 
a) so‘zlar mazmunini atrof-olamdagi ob‘ektlarga taqqoslash, ularning xususiyatlari va 
munosabatlari asosida egallab olish; 
b) narsalar va hodisalarning ahamiyatli belgilarini ajratish asosida so‘zning 
umumlashtiruvchi ma‘nosini o‘zlashtirish; 
s) nutqning obrazli qatoriga kirish va undan foydalana olish. 

Ijtimoiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan so‘zning o‘zlashtirilishini ta‘minlash. 
12
Vigotskiy L.S. Izbranniye psixologicheskiye issledovaniya. M., 1956, 322-bet. 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Ushbu vazifani xal etish quyidagilarni ko‘zda tutadi: 

Lug‘atni faollashtirish, ya‘ni nafaqat so‘zlarni bilish, balki ularni muloqot amaliyotiga 
kiritish. 
Bolalar lug‘atining xususiyati va lug‘at ishlarining vazifasini maktabgacha ta‘lim 
muassasasidagi lug‘at ishlari dasturi va metodikasining asosini tashkil etadigan tamoyillar 
belgilab beradi: 

Bolalar lug‘atini shakllantirishda ularning atrof-olamni faol va ta‘sirchan bilishlariga 
tayanish. 

Lug‘at ishlari mazmunining bolaning asta-sekin atrof-olamni bilish imkoniyatlari 
rivojlanayotgani bilan bog‘liqligi. 
Lug‘at ishlari dasturi mazmunini murakkablashtirish uchta yo‘nalishda amalga 
oshirilmoqda: 

Bolani asta-sekin ortib borayotgan narsa va hodisalar doirasi bilan tanishtirish asosida 
uning lug‘atini kengaytirish. 

Atrof-olamdagi narsa va hodisalar haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish asosida sifat, 
xususiyat va munosabatni belgilovchi so‘zlarni kiritish. 
Lug‘at ishining ushbu yo‘nalishlari barcha yosh guruhlarida ro‘y beradi va turli 
mazmunda kuzatiladi: ob‘ektlar va tabiat hodisalari, moddiy madaniyat buyumlari, ijtimoiy 
hayot ko‘rinishlari bilan tanishtirishda va x.k. 
 
Lug‘at ishlarining mohiyati – til leksikasi sohasida bolalarning ularga tanish yoki notanish 
bo‘lgan, ammo ular uchun qiyin hisoblangan so‘zlarning o‘zlashtirishlariga, nutq madaniyatini 
oshirishga qaratilgan ta‘lim-tarbiya ishlarini bir tizimga keltirishdan iboratdir. 

Lug‘atni rivojlantirish – bu xalq tomonidan tarixiy davrlar mobaynida to‘plangan lug‘at 
zahirasini o‘zlashtirishning uzoq davom etadigan jarayondir. 

Lug‘atni egallash jarayoni tushunchalarni egallash bilan uzviy bog‘liqdir va shu tufayli 
u o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi: bolalar lug‘ati tarkibi; so‘zning mazmuni, mohiyatini 
asta-sekin o‘zlashtirish, kattalar lug‘atiga qaraganda lug‘at hajmining ancha kamligi. 

Lug‘at ishining vazifasi – bu lug‘atni boyitish; so‘zning ijtimoiy-mustahkamlangan 
mazmunini o‘zlashtirish; lug‘atni faollashtirishdir. 

Lug‘at ishining tamoyillari bu – bolalar lug‘atini shakllantirishda ularning atrof-olamni 
faol va ta‘sirchan bo‘lishlariga tayanish; lug‘at ishlari mazmuni bolaning asta-sekin 
rivojlanayotgan atrof-olamni bilish imkoniyatlari bilan bog‘liqligidir. 

Lug‘at ishi barcha yosh guruhlarida quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilmog‘i lozim: 
Bolani asta-sekin ortib borayotgan narsa va hodisalar doirasi bilan tanishtirish asosida uning 
lug‘atini kengaytirish; narsalarni sezilarli belgilariga qarab farqlash va umumlashtirish 
asosidagi oddiy tushunchani belgilovchi so‘zlarni o‘zlashtirish; atrof-olamdagi narsa va 
hodisalar haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish asosida sifat, xususiyat va munosabatni 
belgilovchi so‘zlarni kiritish. 

Lug‘at ishining yetakchi vositasi – ta‘limdir. 

Lug‘atni boyitish metodlari bu: atrof-olamni bevosita kuzatish; mazmuni bolalarga 
notanish bo‘lgan yoki juda kam tanish bo‘lgan suratlarni ko‘rsatish;; badiiy asarlarni o‘qish, 
diafilmlar va kinofilmlar (bilish uchun xizmat qiladigan xujjatli filmlar) ko‘rsatishdan iboratdir. 

Lug‘atni mustahkamlash va faollashtirish metodlari bu o‘yinchoqlar, rasmlarni, ko‘zdan 
kechirish, didaktik o‘yinlar, so‘zli mashqlar va boshq. 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling