Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet81/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Xulosa: 

«Nutq madaniyati» atamasi ko‘p qirralidir: 1-uni keng ma‘noda tushunish mumkin
bunda u «nutq madaniyati» sinonimiga ega bo‘ladi (bu o‘rinda u namunaviy xusnixat 
matnlarini va umuman olganda, til tizimining potensial xususiyatlarini ko‘zda tutadi); 2-tor 
ma‘noda, nutq madaniyati - bu kundalik, og‘zaki va yozma muloqot sharoitida til xususiyatlari 
hamda imkoniyatlarini aniq yuzaga chiqarishdir; 3-nutq madaniyati - bu mustaqil lingvistika 
fanidir. 

Nutq madaniyati - og‘zaki va yozma adabiy nutq me‘yorlarini (talaffuz, urg‘u, 
grammatika, so‘zni qo‘llash qoidalari va boshq.), shuningdek nutq maqsadi va tarkibiga 
muvofiq holda til vositalaridan foydalana olish qobiliyatini o‘zlashtirish. 

Lingvistik adabiyotlarda odatda, adabiy tilni o‘zlashtirishning ikki bosqichi haqida, 
ya‘ni: nutqning to‘g‘riligi va nutqiy maxorat haqida aytish qabul qilingan. 

Maktabgacha yoshda nutqda tovush madaniyatini tarbiyalash vazifasi bu - bolalarda 
so‘zdagi tovushlarni sof va tushunarli qilib talaffuz etishni, so‘zlarni o‘zbek tili orfoepiyasi 
me‘yorlariga muvofiq holda to‘g‘ri talaffuz qilishni, aniq talaffuz qilishni (yaxshi diksiya) 
hamda nutq ifodaliligini tarbiyalashdan iborat. 

Bolalarning tovush artikulyatsiyasini o‘zlashtirish jarayoni ancha davomli bo‘lib, u 5-7 
yilga cho‘ziladi. 

Agarda bolalarga o‘z vaqtida va muntazam ravishda o‘rgatilsa ular hech bir 
qiyinchiliksiz barcha prosodemalarni (intonatsiyalarni) o‘zlashtirib olishlari mumkin. 

Intonatsiyalarning 6 ta turi mavjud: sanash intonatsiyasi, qarama-qarshi qo‘yish, 
chaqirish, ogoxlantirish (yoki ikki nuqta), kirish, ajratib qo‘yish. 

O‘zbek tilining fonetik va fonologik vositalaridan ravon nutqda bir vaqtning o‘zida 
foydalanilmoqda. 

Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash nutqning boshqa jihatlarini ham, ya‘ni: 
lug‘at, ravon, grammatik to‘g‘ri nutqni rivojlantirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. 

Nutqiy rivojlantirishning dastlabki bosqichida tinglash qobiliyatiga alohida o‘rin 
beriladi (garchi asosiy mazmun yuki yuqori tovushni tinglay olish qobiliyati zimmasiga tushsa 
ham). 

YAxshi rivojlantirilgan nutqni tinglash qobiliyati ona tilining barcha tovushlarini aniq, 
tushunarli va to‘g‘ri talaffuz qilinishini ta‘minlaydi, so‘zni talaffuz qilish balandligini to‘g‘ri 
boshqara olish, oxista sur‘atda, intonatsion ifodali so‘zlash imkoniyatini beradi. 

Artikulyatsiya apparati organlarining yaxshi harakatchanligi, yaxshi tinglash qobiliyati 
bolaning tovush talaffuzidagi nuqsonlarni bartaraf etish imkonini beradi. 

To‘g‘ri nutqiy nafas olish normal tovush vujudga kelishini ta‘minlaydi, tegishli nutq 
balandligiga, pazualarga aniq rioya qilishni ta‘minlash, nutqning bir tekisligini va intonatsion 
ifodalilikni saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. 

Ovoz sifati nafas olish, ovoz va artikulyatsiya apparatlarining birgalikdagi faoliyatiga 
bog‘liq bo‘ladi. 

Maktabgacha yosh ona tilining barcha tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish 
uchun eng qulay davr hisoblanadi. 7 yoshgacha bola ona tilining barcha tovushlarini adabiy til 
me‘yorlariga muvofiq holda talaffuz qilishni o‘rganib olishi shart. 

Diksiya (tovushlar, so‘zlar, iboralarni to‘g‘ri talaffuz qilish) artikulyatsiya apparati 
faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish bilan bir vaqtda asta-sekin shakllantiriladi. 

Pedagog (bola atrofidagi kattalar) bolalarning adabiy talaffuz me‘yorlariga rioya 
qilishlari ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishlari, barcha xatoliklarni to‘g‘ri talaffuz 
namunalarini ko‘rsatgan holda bartaraf etishlari lozim. 

Maktabgacha yoshda barcha bolalarda so‘zlar ancha tiniq talaffuz etiladigan oxista nutq 
sur‘atini shakllantirish darkor. 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 

Intonatsiya - bu jaranglayotgan nutqqa oid barcha ifoda vositalarining murakkab 
majmui bo‘lib, uning yordamida muloqot jarayonida fikrlar va ifodalarni, shuningdek 
emotsional-iroda munosabatlarini aniqlashtirish amalga oshiriladi.

Bolalar nutqining intonatsion ifodaliligi ustidagi ishlar asosan taqlid yo‘li bilan amalga 
oshiriladi.

Nutqni rivojlantirishning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda nutqning tovush 
madaniyatini shakllantirishni 3 ta bosqichga bo‘lish mumkin: 1-bosqich - 1 yilu 6 oydan 3 
yoshgacha; 2-bosqich - 3 yoshdan 5 yoshgacha; 3-bosqich - 5 yoshdan 7 yoshgacha. 

1-bosqichda nutqning tovush madaniyatini shakllantirish kattalarning bolalar bilan 
muntazam muloqoti orqali amalga oshiriladi. Asosiy vazifa -tinglash qobiliyatini doimiy 
ravishda rivojlantirib borish, artikulyatsiya apparati organlarini mustahkamlash va 
rivojlantirishdan iborat. Bunda har xil tovush taqlidlarini o‘zida jamlagan o‘yinlar, she‘rlar, 
qo‘shiqlar, hikoyalardan foydalanish mumkin. 

2-bosqichda nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash tovush talaffuziga doir ishlarni 
olib borish jarayonida amalga oshiriladi. Asosiy vazifa -bolalarda fonematik tinglash va ona 
tilining barcha tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qilish, so‘zlar va iboralarni aniq hamda tushunarli 
qilib talaffuz etish; ovoz balandligini vaziyatdan kelib chiqqan holda boshqarish qobiliyatini 
tarbiyalash, so‘zlarni ulardagi urg‘ularga aniq rioya qilgan holda to‘g‘ri va aniq talaffuz 
qilishdan iborat. Ayni paytda tovush taqlididan foydalanish darkor. Ona tilidagi barcha 
tovushlarni mashq qilish navbati bilan bir-birini almashtiruvchi to‘rtta turni ko‘zda tutadi: 
artikulyatsiya apparati organlarini tayyorlash, ajratilgan tovushni talaffuz qilishni aniqlashtirish 
va ushbu tovushni boshqalari ichidan ajrata olish, iborali nutqda tovushni to‘g‘ri talaffuz 
qilishni mustahkamlash. 

3-bosqichda nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashni bolalar tomonidan ko‘p 
xollarda aralashtirib yuboriladigan tovushlarni (shuvillovchi, xushtaksimon, jarangli, jarangsiz 
va boshq.) tabaqalashtirishga doir ishlar bilan bog‘liq holda amalga oshirish lozim. Bunda 
asosiy vazifa nutqiy tinglashni yanada takomillashtirish, aniq, to‘g‘ri, intonatsion ifodali nutq 
ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.

Tabaqalashtirish ajratib qo‘yilgan tovushlar bo‘yicha ham va ayni paytda so‘zlar hamda 
iborali nutqlar bo‘yicha ham amalga oshiriladi. Bu esa bir vaqtning o‘zida bolalarda nutqiy 
nafas olish, diksiya, intonatsion ifodalilik, ya‘ni nutq tovush madaniyatining barcha qirralarini 
takomillashtirish imkonini beradi. 

Har qanday tovush juftligini tabaqalashtirish uch turdagi ishni amalga oshirishni ko‘zda 
tutadi: ajratib qo‘yilgan tovushlarni tabaqalashtirish; so‘zlarda tovushlarni tabaqalashtirish; 
nutqda tovushlarni tabaqalashtirish. 

Tovushlarni tabaqalashtirish uchun materiallarni she‘rlar, hikoyalar, tez aytishlar orqali 
berish va bir vaqtning o‘zida bolalar bilan nutq sur‘ati, diksiya, ovozdan to‘g‘ri foydalana olish, 
so‘zlarni adabiy me‘yorlarni hisobga olgan holda talaffuz qilishni mashq qilish lozim. 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling