Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet83/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
uslubiyotini belgilashdan iboratdir. Tarbiyachi yangi tez aytishni sekinlashgan sur'atda, 
aniq, tez-tez uchraydigan tovushni ajratib, yoddan aytib beradi. Uni baland bo‘lmagan 
ovozda, ohangdor qilib, bir necha marta takrorlaydi. Bolalar oldiga quyidagi o‗quv
vazifasini qo'yish mumkin: tez aytishni qanday aytish kerakligini diqqat bilan tinglashga;
esda olib qolishga harakat qilishga; uni juda aniq aytishga o‗rgatish kabilar. So‗ngra
bolalar tez aytishni mustaqil tarzda yarim ovozda aytadilar (agar tez aytish matni yengil
bo‗lsa, bu bosqichni o‗tkazmasa ham bo‗ladi). Bunday mashqlarning umumiy davomiylik
vaqti 3 — 10 daqiqadir. Bunday mashqlarni xilma-xillashtirish mumkin, masalan,
bolalarning „talablariga ko‗ra tez aytishni takrorlashni taklif etish mumkin, boshlovchining
rolini bolalarga topshirish mumkin va hokazo. Tez aytish matnini qator bo‗yicha
qismlarga ajratib qaytarish ham mumkin. 1- qator: olma shoxida olmaxon, 2- qator:
olmaxonni olma, Olmaxon. Agar tez aytish bir qancha jumlalardan iborat bo‗lsa, uni 
rollarga bo‗lib, guruhlar bilan takrorlash mumkin. 1- guruh: Mashhura moshxo‘rdani, 2-
guruh: Ma'suda moshuranï. 3- guruh: Shura sho'rvani shoshib shimirdi. Hamma birgalikda:
Mashhura moshxo‗rdani, Ma‘suda moshurani, Shura sho‗rvani shoshib shimirdi. Bu
usullarning barchasi bolalarni faollashtiradi, ularning ixtiyoriy diqqatlarini rivojlantiradi. 
Tez aytishni takrorlashda tarbiyachi bolani oldiga chaqiradi, chunki boshqa bolalar uning
artikulatsiyasini, imo-ishorasini ko‗rsin. Bolalar javobini baholaganda, talaffuzining aniqlik 
darajasini ko‗rsatish lozim . Ba‘zan esa bola diqqatini lab harakatining sifatiga ham
yo‗naltirish kerak. Tez aytishlarni kechki o'yin, adabiy ertaliklar dasturiga ham kiritish
mumkin. Bu ularning mazmunan xilma-xil bo‘lishiga, bolalarni faollashtirishga yordam
beradi. Bu ish mazmuni kichik guruhlarda alohida ahamiyatga ega. Chunki bu yoshdagi
bolalarning ko‗pchiligi so'zning bo‗g‗in tarkibini buzib talaffuz etadilar. To'g'ri so‗z
tarkibini saqlash uchun shoshilmay, tekis so'zlash zarur. Bolalarda bu sifatlar matnidagi
so‗zlar jo‗r bo‗lib aytiladigan o‗yinlar, oddiy taqlidiy so‗zlarni sekin o'qib berish (aytib
berish) orqali tarbiyalanadi. So'zni talaffuz etish ustida ishlash uchun ta'limiy o 
‗yinlardan ( „Do'kon ―, „Bu nima?‖) foydalaniladi. Ta'limiy o‗yinlarni kichik guruhlarda
tashkil etishda avval nomi osonlik bilan aytiladigan (ikki bo‘g‗indan iborat bo‗lgan
so'zlar: kubik, mushuk, quyon, kuchuk va boshqalar, so'ngra murakkabroq so'zlardan) 
o‗yinchoqlardan foydalaniladi. Talafïuzi murakkab bo‗lgan so'zlarni quyidagi o‘yinlar 
orqali talaffuz etishga o'rgatish mumkin: „Top, mon nima dedim?― , „Telefon― ,
„Yo‗qlama― va boshqalar. Katta guruhlarda ushbu o‗yinlardan tashqari „K im yaxshiroq
aytadi?― musobaqa-mashqi o‗tkaziladi. Musobaqa-mashqda birdaniga 2 ta zveno (har bir 
zvenoda 2 — 3 ta bola bo‘ladi) qatnashadi. Bir zveno murakkab so'zlar va so ‗z
birikmalarini talaffuz etadi: issiq choy, termometr, trolleybusda , akvariumda, nordon anor, 
achchiq garmdori, plastmassali boshqa zveno ushbu so‗zlarni diqqat bilan tinglaydi
so‗ngra ular murakkab so‗zlarni talaffuz etadilar. Agar katta guruh bolalari qiyin
so‗zlarni buzib talaffuz etsalar, masalan, bidon, suvoq, maymunjon, magnitofon,
tipratikan, motoroller va boshqalar — bu so‗zlarni „Gapni oxiriga yetkaz― nomli so'zli 
o‗yin va mashqning tarkibiga, qisqa ta‘limiy hikoyalarga kiritish mumkin. 
So‗zlarda urg‗ularni ishlatishda ham xilma-xil xatolar uchrab turadi: otlarni bosh
kelishikda ( kapalak, bola, paxta, ruchka va boshqalar), qaratqich kelishigida ( bo‘rining , 
o‗rdakning, tipratikanning) ishlatishda, o‗tgan zamon fe‘lini (oldi, berdi, tushundi va
boshqalar) aytishda. Bular ichida shunday so‗zlar borki, bola atrofidagilar nutqidan bu
so'zlarni qabul qila olmay, o‗zi mustaqil tarzda, noto‗g‘ri urg‗uli so‗z hosil qiladi. Katta
guruh bolalarida so'zlarga urg'uni to'g'ri qo‗yishda mustahkam orfoepik malakalarni
shakllantirish, so‗zning bo‗g‗in tarkibini to‗g‗ri idrok etishda eshituv diqqati yetarli
darajada rivojlangan bo‘lishi kerak. Oddiy so‗z talaffuziga o‗rganib qolgan bola nutqini
to‗g‗rilash ancha murakkab. Ba'zan xatoni to‗g‗rilash ustida olib borilgan ish kutilgan
natijani bermaydi, bola urg‗uni noto‗g‘ri ishlatishda davom etadi. Buning asosiy sababi
nimada? Bola nima haqidadir gapirib berar ekan, u gapning mazmuni bilan band bo‗lib,


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
so‗zning jarangdorligiga diqqatini yo‗naltirmaydi. Bundan tashqari, tarbiyachi shu vaqtning
o ‗zida so‗zning talaffuzini turli shakllarda ko‘rsatishi zarur. Ixtiyoriy diqqatning, esda olib 
qolishning boshlang‗ich shakllaridan foydalanilsa, bolada o'zining nutqiga yangicha
munosabatda bo‘lish imkoniyati hamda eshituv idrokida analiz va sintez qilish uchun
sharoit vujudga keladi. So‗zlarda urg‘uni ishlatishdagi xatolarni tuzatish uchun maxsus
mashqlar o‗tkaziladi. Agar bola boshlamoq fe‘lida xatoga yo‘l qo‗ysa, mashg‗ulotda
namuna hikoyani tinglash taklif etilishi mumkin. Fe'ldagi urg'uli bo‗g‗in {boshlamoq 
fe'lining turli shakllari) ovoz bilan ajratiladi: „Bahor keldi. Bahorda havo isiy boshlaydi.
Qorlar eriydi. Yerni ko‘m -ko'k maysalar qoplay boshlaydi. Daraxtlar gullab, barg chiqara
boshlaydi. Dalalarda ish qaynaydi. Chigit ekiladi. Qushlar uchib kela boshlaydi ― yoki 
„Salim va Lobar bog‗chaga kelishdi. Salim koptok o‗ynay boshladi. Lobar aravachada 
qo‗g‘irchoqni sayr qildira boshladi. So'ngra ular birgalikda kubiklardan uy qura
boshlashdi―. Bolalarning o‗zlariga ham xuddi shunga o'xshash (boshlamoq fe‘li
ishtirokida) hikoya tuzish taklif etiladi. Hamma bolalar ham ushbu fe'lni darrov to‗g‘ri
talaffuz eta olmaydilar. Keyingi mashg‗ulotlarda hikoya mavzusini o‗zgartirish mumkin:
„Navbatchilar nima qila boshlashdi?― va boshqalar. Tushum kelishigidagi otlarda
urg‘ularni to‗g‗ri ishlatishni mustahkamlash uchun sifat mazmuniga doir (3 — 4 jumladan
iborat) ta‘limiy hikoya taklif etish mumkin. Bu ta‘limiy hikoyada yetishmaydigan so‗zni 
qo‘yish taklif etiladi, masalan: Bola anhorga ...(g'ozni) haydayapti, g‗ozchalar ...(g'ozning)
ketidan lapanglab ketishyapti va hokazolar. Bolalar nutqining orfoepik tomondan
to‗g‘riligi kattalar nutqiga taqlid qilish orqali shakllanadi. Og‗zaki nutqning ikki xil 
uslubi bor: 
So‗zIashuv uslubi — bu uslub til vositalarini qo‘llashda erkin bo‗ladi. So‗zlovchi
fikrni aytadi-da, keyin yana biror unutgan so'zini o‗sha gapning ketidan keltira beradi:
Dadam yengil mashina oldilar, „ Neksiya ―. So‘zlashuv uslubida so‘z tartiblash qoidalariga,
orfoepik qoidalarga amal qilinmaydi. Publitsistik uslub tilning ta‘sir qilish funksiyasi
bilan bog‘liq. Bu uslub so‗z tartiblash qoidalariga, orfoepik qoidalarga rioya qilgan holda,
biroz sekinlashgan sur'atda ravshan gapirish bilan ajralib turadi. Bu uslubda ilmiy
atamalar kam ishlatiladi, unda turli uslub elementlari (ilmiy, badiiy, kitobiy, so‗zlashuv 
uslublari) aralash qo'llaniladi. Tarbiyachining nutqi pedagogik yo‗nalishning kuchiga qarab, 
publitsistik nutq harakteriga ega bo‘lishi, orfoepik qoidalarga asoslanishi kerak. Bolalar 
tarbiyachining nutqi ta'sirida gapirishga o'rganadilar, nutq orfoepik tomondan to‗g‗ri
shakilanib boradi. Tarbiyachi ba‘zan, ayniqsa, maishiy faoliyat jarayonida so‗zlashuv 
uslubidan foydalanadi. Shuning bilan bir qatorda, shunday daqiqalar b oladiki, tarbiyachi
to‘liq publitsistik uslubda gapirishi shart: mashg‗ulotlarda, yangi qoidalarni tushuntirishda,
bolalarga badiiy asarlarni hikoya qilib berish, o‘qib berishda, ertaliklarda so‘zga chiqishda 
va boshqalarda. Katta guruhlarda ba'zi bir orfoepik qoidalarni mustahkamlash uchun ayrim
mashqlarni tashkil etish tavsiya etiladi. Masalan, „ Do‘kon― „Kutubxona― va boshqalarda
„keluvchilar― boshlovchining (sotuvchi yoki kutubxonachining) ismi va otasining ismini 
aytib murojat etadi. „G apni tugalla― mashqida -choq (qo‗zichoq, toychoq), -voy
(Laylakvoy, bo'rivoy, quyonvoy), -gina qo'shimchalarini (qizgina, bolagina) olgan
so'zlarni kiritish mumkin. Katta guruhlarda uzluksiz tarzda radioeshittirishlarni,
magnitofon yozuvlarini, plastinkalami, teleeshittirishlarni (mash g‗ulotlarda va
mashg'ulotlardan tashqari vaqtlarda) tinglashni tashkil etish kerak. Tarbiyachi bu ishlarni
tashkii etish jarayonida bolalar diqqatini so'zlovchilarning to‗g‗ri va chiroyli nutqlariga 
yo‗naltiradi, adabiy talaffuz bilan shug‗ullanuvchi kishilar bilan uchrashuvlar tashkil etadi.
Tarbiyachining o‗zi esa adabiy talaffuzni takomillashtirish ustida uzluksiz ishlashi lozim.
Shunday qilib, bolalar nutqiga fonetik ta'sir etish bilan bir qatorda, ularning tovush
talaffuzini va ravshan gapirishini, so‗zni to‗g‗ri talaffuz etishini va adabiy so'z urg‗ularini
to‗g‗ri ishlatishini ham takomillashtirib boramiz. 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling